‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. U m a r o V



Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/102
Sana14.09.2021
Hajmi5,98 Mb.
#174227
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   102
Bog'liq
psix

Bob  yuzasidan  savol  va  topshiriqlar

1.  „Shaxs“  tushunchasining ta’rifi qanday?
2.  Ijtimoiy norma nima?
3.  Ijtimoiy sanksiya nima?
4. „Men“ obrazi deb nimaga ataladi?


5 .0 ‘z-o‘ziga nisbatan baho qanday ko‘rinishlarga ega?
6.  Ijtimoiylashuv qanday jarayon?
7.  Shaxs  dunyoqqarashi  va  e’tiqodini  o‘zgarishiga  sabab  bo‘luvchi 
omillar  qaysi?
8. 0 ‘zingizga o‘zingiz savol-javoblar tarzida xat yozishga harakat qiling. 
Yozganda ko‘p o‘ylanmay, kallaga kelgan savolga, mos tarzda javob 
yozing. Javoblami sharhlash o‘zingizga havola. 0 ‘zingiz xolis xulosa 
chiqaring?
9.  Ilovada  keltirilgan  metodikalar  orasida  o ‘z-o‘zini 
baholash 
metodikasini toping va o‘zingizni tekshiring.
10.  Muloqot qanday amalga oshiriladi?
11.  Muloqotga ehtiyoj qanday sabablarga asosan yuzaga keladi?
12.  Psixologik ta’sir vositalari qanday?


V U / BOB
M E H N A T   FA O LIY A TI  PSIX O LO G IY A SI 
Bobning  qisqacha  mazmuni
Psixologiya  va  mehnat.  M ehnat faoliyati  psixologiyasining  asosiy 
vazifalari.  Mehnat,  kasb,  mutaxassislik,  mehnatning psixologik mazmuni.
M e h n a t  fa o liy a tin i  o ‘rganish  m etodiari.  M ehnat faoliyatini 
o'rganish  m etodlarining  kla ssifikasiyasi.  Professiografiya.  Pro- 
fessiogrammani  tuzish  tamoyillari.
M e h n a t  fa o liy a tin in g   k la ss ifik a s iy a si.  M ehnat  turlarining 
klassifikasiyasi.  Kasblar  klassifikasiyasi.
P ro fe ssio n a l  shaxsning  s h a k lla n ish i.  M ehnat  subyektining 
professionallashuvi.  Shaxs  va faoliyat.  Yosh  va  biografik  inqirozlar.
8.1.  M eh n at  psixologiyasi
M ehnat  psixologiyasi  —  kishi  mehnat  faoliyati  psixologik  xu- 
susiyatlarini,  m ehnatni  ilmiy  asosda  tashkil  etishning  psixologik 
jihatlarini  o ‘rganadigan  fan  sifatida,  bugun  tom  m a’noda,  mehnat 
faoliyatining  psixologik  qonuniyatlarini  bilish,  mehnat  vazifalarini 
ro ‘yobga  chiqarishda  inson  shaxsi  imkoniyatlarini  va  chegarasini 
aniqlash,  inson  va  m ehnat  shart-sharoitlarining  o‘zaro  ta’siri  hamda 
moslashuvining  qonunlarini  o ‘rganish  eng  muhim  hisoblanadi.
M ehnat  faoliyati  psixologiyasi  —  bu  psixologiyaning  bir  sohasi 
bo'lib,  inson  shaxsini  m ehnat  subyekti  sifatidagi  shakllanishi  xusu- 
siyatlarini,  m ehnatning  shart-sharoitlari,  yo‘llari  va  usullarini  ilmiy 
jihatdan  o ‘rganadi.
M ehnat  faoliyati  psixologiyasining  asosiy  vazifalariga  quyidagi 
muammolarbo‘yicha amaliy tavsiyalami o‘iganish va ishlab chiqish kiradi:
Kasbiy faoliyat muayyan turlarining psixologik xususiyatlari (uning 
vositalari,  m azm uni,  tashkil  etish  va  shart-sharoitlar,  xatolar  tahlili, 
kasblar klasifikasiyasi  va  boshqalar);
Shaxs  individual-psixologik  xususiyatlarini  m ehnat  samarasi, 
muvaflaqiyati va xavfsizligiga ta ’siri;
Kasbiy  layoqat  shakllanishining  psbtologik qonuniyatlari  (kasbga 
yo‘naltirish,  tanlov,  tayyoigarlik,  mehnatga  moslashuv);
M ehnat  kishisining  funksional  holati  (toliqish,  emosional  zo‘- 
riqish,  stress,  m onotoniya  va  boshqalar)  va  ulami  diagnostika,  pro- 
filaktika va korreksiya qilish usullari;


Inson-texnika munosabatlarining psixologik qonuniyatlari;
Yangi texnikani yaratish va qoMlash jarayonining injener-psixologik 
ta’minoti  (loyihalash,  baholash).
M ehnat faoliyati psixoiogiyasi faoliyatni  takomilashtirish yoMlari, 
usullari va vositalarini o‘rganishdan tashqari,  inson psixikasining  fu n ­
damental hodisalarini tadqiq etadi (m ehnat subyektining shakllanishi, 
mehnat  sharoitida  shaxs  xususiyatlarining  roli,  kasbiy  qobiliyatlami 
shakllanishi va boshqalar).
Atrof  muhitni  o ‘zgartiruvchi  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayon  sifatida 
mehnat  va  psixologiyaning  o‘zaro  m unosabatlari  mehnat  faoliyati 
psixoiogiyasi  mohiyatining  bir  qator jiddiy  holatlariga  tayanadi:
•  U  nafaqat  inson  mehnatini  engillashtirishga,  balki  m ehnatni 
yanada  mahsuldor,  jozibali,  xavfsiz  etib,  zavq  va  iqtisodiy  jih atd an  
naf berishiga qaratilgan;
• U mehnatni insonga va insonni mehnatga moslashtirishga qaratilgan 
(insonning tabiat, texnika, boshqa odam lar ustidan hukmronlik qilishi 
g‘oyasini  munozarali,  gohida  mavhum  etadi);
•  U mehnat faoliyatida psixikaning shaxsga bogiiq va o‘zgaruvchan 
xususiyatlarini turli toifadagi odamlarga xos ekanligini aks ettiruvchidir.
8.2 .  M ehnat,  kasb,  m utaxassislik
M ehnat  —  inson  ehtiyojini  qon d irish   asosida  tashqi  o lam n i 
o‘zgartirishga  qaratilgan maqsadli faoliyat b o ‘lib,  u  inson faolligining 
anglangan  bir  turiga  kiradi.  M ehnat  inson  uchun  shaxsiy  va  ijtim oiy 
hayotida o‘zini ro‘yobga chiqarish va ko‘rsata olish vosita hamda usu- 
lidir.  Bu  o‘z  navbatida,  uning  muom alasi,  o ‘zini  va  tashqi  olam ni 
anglashi,  o ‘zini  shaxs  sifatida  rivojlantirishi,  moddiy  va  m a’naviy 
qadriyatlami yaratishida aks etdi.  Bu vazifalam ing bajarilishi m ehnat - 
ning maqsadini tashkil etadi.
Mehnat funksiyalarining samarali amalga oshishi quyidagi omillarga 
bog‘liqdir:
1)  muayyan  faoliyat  uchun  layoqatli  kishilami  tanlash;
2)  kasbiy  tayyorgarlik;
3)  mehnat jarayonini  tashkil  etish  va  rasional  sharoitlar;
4)  mehnat  qurollarining  qulayligi  va  samarali  ekanligi;
5)  ish  ko‘lamiga  inson  imkoniyatlarining  mos  kelishi;
6)  mehnat xavfsizligi tizimi,  kasbiy  salomatlik va umm i  saqlash, 
ishga layoqatlikni psixologik quw atlash.


M ehnat  —  inson  imkoniyatlarining  psixologik,  fiziologik,  kasbiy 
va boshqa jihatdan  nam oyon  eta  olish  xususiyati  bo‘lib,  u  turli  toifa 
odamlarda  turlicha  bo'ladi.  Asosan,  yoshga  ko‘rsatkichiga,  kasbiy 
tayyorlik darajasiga,  salomatlik holatiga bog‘liq ravishda kechadi.
16-rasm.  Mehnat va uning asosiy vazifalari
M ehnat  faoliyatini  takomillashtirish  bo4yicha  ko^pgina  amaliy 
vazifalami  bajarish,  shuningdek,  shaxs  psixik  faolligining  asoslarini 
mehnat faoliyatiga bog‘liqlik tomonlarini o'rganish masalasi muhimdir. 
Unga  ko‘ra,  m ehnat  faoliyati  tashkil  etuvchilarining  tizimini  ko‘rib 
chiqish  mumkin.  M ehnat  faoliyati  tashkil  etuvchilarining  tuzilmasi 
17-rasmda aks ettirilgan.
17-rasm.  Mehnat faoliyatini tashkil etuvchi komponentlar tuzilmasi 
200


Mutaxassislik  —  faoliyat  shakllari  birlashmasi  bo‘lib,  mazmun, 
vositalar,  tashkilotlar,  m ehnat  natijalari  ham da  m ehnat  subyektini 
tayyorlashga qo‘yiladigan talablar majmuini tashkil etadi.  Bu tushunchada 
mehnat faoliyatining  turli tomonlari  va turli  darajasi  aks ettiriladi:
1)  mehnat  ob’ekti vapredm eti,  uning mazmuni,  shartlari  hamda 
tashkiliy jihatlari;
2)  maqsadli  vazifa va  mehnatning  natijaviy xarakteri;
3)  mehnat  egasining  xususiyatlari  —  uning  bilimlari,  malaka, 
ko‘nikma,  qobiliyatlari;
4)  iqtisodiy  va  ijtimoiy  tomonlari  —  ishga  joylashish,  moddiy 
ehtiyojlaming  qondirilishi,  ijtimoiy  mavqeyining  tasdiqlanishi;
Mutaxassislik tushunchasi, odatda, konkret faoliyat turi  va xususiy 
xarakterisstikasini ifodalaydi,  mehnatning qay darajada bo‘linish imko- 
niyatini  aks ettiradi  (masalan,  vrach  kasbi,  mutaxassislik  —  terapevt, 
jarroh,  ko‘z  vrachi,  kardiolog  va  boshqalar).
8.3.  M ehnatning  psixologik  mazmuni
Mehnat  faoliyatining  har bir  aniq turi  m a’lum  darajada  normativ 
tasdiqlangan  bo‘ladi.  Bunda,  albatta,  samaraliroq  va  ixchamroq  vari­
ant muhim mezon etib olinadi.  Inson kasbni o'zlashtirish jarayonida bu 
yozilgan  normalami  individuallashtiradi,  ya’ni  o ‘ziga,  ungagina  xos 
bo‘lgan  shaxsiy  fazilatlar va psixologik xususiyatlami  namoyon  etadi.
1)  faoliyat  motivlari,  uni  harakatlantiruvchi  kuchlari  (moddiy, 
bilish,  estetik va boshqalar);
2)  faoliyat  maqsadlari,  uning  mazmunini  shakllantiradi  va  aniq 
kutiladigan  natijalarda ifodalanadi;


3) faoliyat dasturi,  mazmunning tasawuri va jarayonni aks ettiradi;
4)  faoliyatning  axborotga  asoslanganligi,  m a’lum otlar  bazasi, 
kasbiy bilimlarga oid  predmetli va subyektiv sharoitlar,  ulami  amalga 
oshirishga oid m a’lumotlar;
5)  qarorlam i  qabul  qilish jarayoni,  muammoli  vaziyatni  ko‘rish, 
farazni,  ilgari  surish,  bajarish tamoyilini aniqlash,  hal etish variantlari 
baholashni am alga oshirish;
6)  psixom otor  jarayonlar;
7)  m uhim  professional sifatlar,  mehnat egasining psixologik xusu- 
siyatlari,  aniq  m ehnat  jarayonida  namoyon  boiadigan  individual- 
psixologik sifatlar, fazilatlar.
8*4.  M ehnat  faoliyatini  o‘rganish  metodlari
Shaxsning m ehnat faoliyatida psixik holati, jarayonlari, mehnatdagi 
yutuqlarini aniqlash maqsadida turli metodlar qo‘llaniladi.  Bunda qaysi 
mezonlarga k o ‘ra shaxs muvaffaqiyatlarga erishishi amalga oshganligi 
masalasi  m uhim  b o iad i.  Shuning  uchun ushbu toifadagi  metodikalar 
qo'llanishi  kuzatiladi:
1)  aniq  faoliyatning  o‘ziga  xos  tomonlari  bilan  tanishish  uchun 
ish  hujjatlarini  tahlil  etish;
2)  faoliyat  mazmuniga  oid  m aium otni  vizual  to ‘plash  uchun 
ish jarayonini  kuzatish;
3)  x ronom etraj,  mehnat  jarayonining  ayrim  ko‘rsatkichlarini 
baholash;
4)  m ehnat kishisidan yozma yoki og‘zaki ravishda m aiu m o t olish 
uchun  so‘rov  (anketa,  suhbat,  ekspert  baholash)  metodi;
5)  m e h n a t  vazifalarini  bajarishga  oid  shaxsiy  tasavvur,  fikr, 
kechinm alam i  o‘zida kuzatish va hisoboti;
6)  m eh n at  faoliyatiga  qo‘yilgan  eksperimentatordan  faoliyatga 
oid  m a’lum otlarni  olish  uchun  mehnat  metodi;
7) shaxsning hayotiy va faoliyatga oid ma’lumotlarini tahlili uchun 
biograflk m etod;
8)  faoliyat  sharoitlarini  o ‘rganish  uchun  fiziologo-gigiyenik 
metodlar;
9)  m ehnat subyektining psixologik xususiyatlarini o‘rganish uchun 
tajriba  (tabiiy va laboratoriya )  metodi.


M ehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini  tahlili  olingan  sifat. va 
miqdor  ko‘rsatkichlarini  har  tom onlam a  o ‘rganish  hamda  sistem a- 
lashtirishga  asoslanadi.  Professiografiya  deb,  mehnat  subyektining 
faoliyat  tarkiblari  (uning  mazmuni,  vositalari,  sharoitlari,  tashkilot) 
bilan  o ‘zaro  munosabati  va  bog'liqligini  o ‘rganish  va  aniqlashga 
qaratilgan  kompleks metodga aytiladi.  Faoliyatni o‘rganish  natijasida 
professiogramma,  ya’ni  kasbning  turli  ob’ektiv  xarakteristikalarining 
tasnifi va psixogramma, ya’ni faoliyatning psixologik xarakteristikalari 
tasnifi  tuziladi.

Download 5,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish