Professiogramma ushbu tamoyülarga k o ‘ra tuziladi:
1) m a’lum faoliyatning aniq, o ‘ziga xos tasnifi;
2) kompleks o‘rganilganlik;
3) o ‘rganish dinamikasi (rivojlanish sharti bilan, faoliyat o ‘zga-
rislii);
4) sistemalilik (faoliyatning alohida xarakteristikalarini o ‘zaro
bog‘liqligi va o ‘zaro ta’siri);
5) qabulning o‘xshashligi (kasblarni aniq taqqoslash uch u n);
6) miqdoriy va sifatiy m etodlam i qo‘llash.
Professiogramma ushbu xarakteristikalardan tashkil topadi:
1) kasbga oid umurniy m a’lum otlar (tarkib, tayinlash, xodim -
laming majburiyatlari, mehnat samaradorligi ko‘rsatkichlari);
2) faoliyat mazmuni (asosiy vazifalar tahlili, m a’lum otlar oqi-
minin o ‘ziga xosligi, xatolar tahlili);
3) faoliyat vositalari (m a’lum otlam i ko‘rsatish, ulam i joylash-
tirish, obzor);
4) m eh n at sharoitlari (sanitar-gigiyenik, ijtim oiy-psixologik,
estetik);
5) faoliyatni tashkillashtirish (ish yuklamasining ko‘rinishi va
hajmi, ish va dam olish rejimi);
6) faoliyat subyekti (funksional holatlar, kommunikativ sifatlar,
vazifalarga taalluqlilik).
Faoliyat psixogrammasi m ehnat egasining kognitiv, em osional-
irodaviy, motivasion, individual-psixologik va boshqa kasbiy m uhim
bolgan sifatlarga qo'yiladigan talablar hamda xarakteristikalardan iborat
bo'lishi kerak.
8.6. K asblar klassifikatsiyasi
Kasblar klassifikasiyasiga oid lug‘atlar ko‘riladigan bo‘lsa, u holda
7000 dan 35000 gacha kasblar mavjud ekanligi kuzatiladi. Psixologiyada
ilmiy-amaliy vazifalami echish uchun bu kasblami sistematizasiyalash,
ularni qandaydir kasbiy va psixologik belgilarga ko‘ra taqsimlash va
qiyoslash kerak bo‘ladi.
I.A. Klimov tom onidan „kasblaming to ‘rt xil daraja“si taklif
etilgan. Unga ko‘ra, birinchi darajaga ob’ekt tizim ini inobatga otib,
besh xil toifadagi kasblar kiritilgan:
1) odam -tabiat (O -Ta) — agronom, mikrobiolog, ...;
2) odam-texnika (O -Te) — mexanik, operator, payvandchi,
3) odam -odam (O-O) — vrach, o‘qituvchi, sotuvchi, ...;
4) odam-belgilar sistemasi(O-Bs) — matematik, redaktor,...;
5) odam-badiiy obraz (O-Bo) — dirijyor, m usaw ir, artist, ....
Ikkinchi darajada m ehnat maqsadiga ko‘ra uchta toifa keltirilgan:
1) Gnostik (yunoncha,bilim) kasblandegustator (O-Ta), nazo-
ratchi (O-Te), sosiolog (O-O), korrektor (O-Bs), san’atshunos (O-Bo).
2) 0 ‘zgartiruvchi kasblar: cho‘pon (O-Ta), payvandlovchi (O-
Te), o ‘qituvchi (O-O), buxgalter (O-Bs), gul bezovchi (O-Bo).
3) A lohida kasblar: kuzatuvchi-uchuvchi (O -T a ), injener-
konstruktor (O-Te), tarbiyachi (O-O), programmist (O-Bs), kom-
pozitor (O-Bo).
U chinchi darajada awalgi darajadagi har bir kasb to ‘rtta alohidaga
b o ‘linadi, bo‘linishda esa m ehnat qurollari asos etib olinadi:
1) Q o‘l mehnatiga asoslangan kasblar — payvandlov ishlari nazo-
ratchisi, ximiyaviy tahlil laboranti, veterinär, payvandchi;
2) M ashina va qo‘l m ehnati kasblari — tokar, avtomobil haydov-
chisi, ekskavator mashinisti;
3) Avtomatik sistemalami qoilaydigan kasblar — programmali
boshqaruv stanogi operatori, aviadispetcher, el.tarm oqlari smenli
operatori;
4) M ehnatda funksional vositalarga ko‘ra kasblar-aktyorlar,
akrobatlar.
T o ‘rtinchi darajada m ehnat sharoitiga ko'ra har bir guruhning
o ‘ziga xos quyidagi belgilari ko‘rinadi:
1) N orm al sharoitda ishlaydiganlar - laborantlar, buxgalterlar;
2) O ch iq havoda ishlaydiganlar-agronom, m ontajchi, DAN
xodim i;
3)
Alohida noqulay sharoitda ishlaydiganlar — g‘awoslar, shax-
tachilar, o ‘t o‘chiruvchilar;
4)
Ish sharoiti o ‘ta mas’uliyatli bo‘lganlar — bolalar bog‘chasi
tarbiyachisi, o‘qituvchi, tergovchi.
Mazkur klassifikasiya tufayli kasblaming umumiy sxemasi ko‘rinadi.
Bu, o‘z navbatida, ko‘p kasblar turli xarakteristikalariga xos ravishda
bo‘linishini biidiradi.
8.7. M ehnat egasining shakllanishi
„M ehnat egasi“ , ya’ni m ehnat subyekti tushunchasi psixolo-
giyaning fundam ental kategoriyasi b o ‘lib, u insonning anglab,
maqsadli, faol harakat qilishini biidiradi. M ehnat egasi sifatida aniq
bir inson (individ)gina emas, balki ijtimoiy guruh, ya’ni mehnat
jamoasi ham olinishi mumkin. Shunday qilib, m ehnat subyekti, egasi
— bu faol harakat qiluvchi, anglash va o ‘zgartirishga layoqatli, ong
va iroda bilan ish olib boruvchi individ yoki ijtimoiy guruhdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |