‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. U m a r o V



Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/102
Sana14.09.2021
Hajmi5,98 Mb.
#174227
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   102
Bog'liq
psix

diskommunikasiya holatini keltirib chiqaradi.  Bunda odamlar oddiy til 
bilan aytganda, bir-birlarini tushunolmay qoladilar, shuning oqibatida 
pishib  turgan  loyiha  yoki  yaxshi  reja  amalga  oshmasligi,  bir  necha 
oylarga cho‘zilib ketishi mumkin.
Shuning  uchun  ham  hozirgi  zam on  ijtimoiy  psixologiyasining 
tatbiqiy yo‘nalishida, boshqaruv psixologiyasida katta yoshli odamlami 
kommunikativ  bilimdonlikka  o‘rgatish,  ularda  zarur  kommunikativ 
malakalami hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqda.  Har bir korxona, 
xususiy firma yoki  davlat  muassasasini  boshqaruvchi  menejer,  rahbar 
tayyorlash muammosi ana shu rahbarlami, boshqaruvchilami psixologik 
jihatdan  odam lar  bilan  ishlashga  o‘rgatish  muammosini  chetlab 
o‘tolmaydi.  U m um an,  hozirgi davrda har qanday  mutaxassis -  vrach, 
muhandis,  o ‘qituvchi,  iqtisodchi, 
agronom ,  quruvchi,  jurnalist, 
madaniyatshunos yoki boshqalar ham kommunikativ malakalarga ega 
bolm aguncha, bozor munosabatlari sharoitida tezda jamoaga kirishib, 
ko‘pchilik bilan til topishib, o‘z professional mahoratini ko‘rsata olmaydi. 
Har  bir  ziyoli  inson  boshqalar  bilan  ham korlik  qilish  mahorati  va 
san’atiga ega bo‘lishi kerak.


Bu  vazifa  odamlami  muom ala  va  muloqot  etikasiga  o‘rgatishni 
har  qachongidan  ham  dolzarb  qilib  qo‘ymoqda.  T o‘g‘ri,  muloqotga 
kirishish  ijtimoiylashuv jarayonida  barcha  sifatlardan  oldinroq shakl- 
lanadigan  qobiliyatlardan,  u  tabiiy  va  hayotiy  narsa.  Bola  tili  juda 
yaxshi  chiqib  ulgurmay,  atrofidagilar  bilan  aktiv  muloqotga  kirisha 
boshlaydi.  Lekin  masalaning paradoksal  tomoni  ham  shundaki,  yillar 
o‘tgan  sari  ongli,  aqlli  odam  har  b ir  gapini  o‘ylab  gapiradigan,  har 
bir  qadamini  o ‘ylab  bosadigan  b o iib   qoladi,  bu  uning  jamiyatdagi 
mavqeini  belgilovchi  vositadir.  Bu  muloqotga  kirishishga  ruhan 
tayyorlanishning  ahamiyatini  h am   odam   anglashini  taqozo  etadi.
M aiu m k i,  gaplashayotgan  odam lar  biri  gapiradi,  ikkinchisi 
tinglaydi,  eshitadi.  Muloqotning  samaradorligi  ana shu  ikki  qirraning 
qanchalik o‘zaro mosligi, bir-birini to ‘ldirishiga bogiiq ekan.  N o to ‘g‘ri 
tasawurlardan  biri  shuki,  odam ni  muomala  yoki  muloqotga  o ‘rgat- 
ganda,  uni  faqat  gapirishga,  m a n tiq a n   asoslangan  s o ‘zlard an  
foydalanib, ta’sirchan gapirishga o‘rgatishadi.  Uning ikkinchi tom oni — 
tinglash  qobiliyatiga  deyarli  e ’tib o r  berilmaydi.  M ashhur  amerikalik 
notiq,  psixolog Deyl Kamegi  „Yaxshi suhbatdosh — yaxshi gapirishni 
biladigan  emas,  balki  yaxshi  tinglashni  biladigan  su h batdoshdir“ 
deganda,  aynan shu qobiliyatlaming  insonlarda rivojlangan b o ‘lishini 
nazarda tutgan edi.
Mutaxassislaming aniqlashlaricha, ishlayotgan odam lar vaqtining 
45%i tinglash jarayoniga ketar ekan, odam lar bilan doim iy m uloqotda 
boiadiganlar  35—40  %  oylik  m aoshlarini  odam lami  „tinglaganlari“ 
uchun  olarkanlar.  Bundan  shunday  xulosa  kelib  chiqadiki,  kom- 
munikasiyaning eng qiyin sohalaridan  hisoblangan  tinglash  qobiliyati 
odamga ko‘proq foyda keltirarkan.
Shuning  uchun  bo‘lsa  kerak,  nemis  faylasufi  A.  Shopengauer 
„O dam larni  o ‘zingiz  to‘g‘ringizda  yaxshi  fikrga  ega  b o ‘lishlarini 
xohlasangiz,  ulami  tinglang“  deb  yozgan  ekan.  D arhaqiqat,  agar  siz 
kuyunib gapirsangizu, suhbatdoshingiz sizni tinglamasa, boshqa narsa 
bilan  ovora  bo‘laversa,  undan  ranjiysiz,  nafaqat  ranjiysiz,  balki  u 
bilan  aloqani  ham  uzasiz.  0 ‘qituvchi  gapirayotgan  p ay td a  uni 
tinglam aslik  odobsizlikning  en g   keng  tarqalgan  k o ‘rin ish i  deb 
baholanishini  bilasizmi?
Nim a  uchun  biz  ko‘pincha  yaxshi  gapiruvchi,  so‘zlovchi  b o ia  
olamiz-u, yaxshi tinglovchi bo‘la olmaymiz? Psbiologlaming fikricha, 
asosiy  xalaqit  beruvchi  narsa  —  bu  bizning  o ‘z  fikr-o‘ylarimiz  va 
xohishlarimiz og‘ushida bo‘lib qolishimizdir. Shuning uchun ham  ba’zan


rasm an  sherigimizni  tinglayotganday bo‘lamiz,  lekin  aslida xayolimiz 
boshqa  erda  bo‘ladi.  Tinglashning  ham  xuddi  gapirishga  o ‘xshash 
texnikasi,  usullari  mavjud.  Ulam ing  turi  ham  ko‘p,  lekin  asosan  biz 
kundalik  hayotda uning ikki  usulini  qo‘llaymiz:  so ‘zma-so ‘z  qaytarish 
va  boshqacha  talqin  etish.  Birinchisi,  suhbatdosh  so kz)arining  bir 
qism ini  yoki yaxliticha qaytarish  orqali,  sherikni qo‘llab-quwatlashni 
bildiradi.  Ikkinchi  usul  esa  —  sherigimiz  solzlarini  tinglab,  undagi 
asosiy g ‘oyani  muxtasar,  o ‘zimizning talqinimizda  ifoda etish.  Ikkala 
usul  ham  sherik uchun  m uhim ,  chunki u sizning tinglayotganingizni, 
hattoki,  undagi  g‘oyalarga  qarshi  emasligingizni  bildiradi.  Bundan 
tashqari,  biz  yaxshi  tinglayotgan  b o lib ,  „Yo‘g‘-e?“ ,  „N ahotki?“ , 
„ Q a ra -y a ? “ ,  „Yasha!“  lu q m a lari  bilan  ham   suhbatdoshim izni 
gapirishga,  yanayam  o ‘z  fikrlarini  oydinlashtirishga chaqirib turamiz.
Demak,  aslida  bizdagi  gapirayotgan  shaxs  etakchi,  u  suhbatning 
m utloq xokimi, degan tasaw ur unchalik to‘g‘ri emas. Yaxshi tinglashda 
ham   shunday  kuch  borki,  u  suhbatdoshni  Sizga juda  yaqinlashtiradi, 
ishonchni tugkdiradi. Chunki muloqot jarayonidagi eng qimmatli narsa — 
bu  axborotning  o‘zi.  Tinglayotgan  odam  m a’nili,  yaxshi  dialogdan 
faqat yaxshi,  foydali m a’lum ot oladi.  Gapirgan esa aksincha,  o ‘zidagi 
borini  berib,  gapirmaydigan  suhbatdoshdan  „teskari  aloqani“  olib 
ulgurm ay,  hech  narsasiz  qolishi  ham  mumkin.  Shuning  uchun 
m uloqotga  o ‘rgatishning  m uhim   yo‘nalishlaridan  biri  —  odamlami 
faol  tinglashga,  bunda  barcha  paralingvistik  va  noverbal  omillardan 
o ‘rinli  foydalanishga  o‘rgatishdir.  Muloqotning  samarali  faoliyatiga 
tinglash  texnikasi  ham  o ‘ziga xos  ta’sir  ko'rsatdi.
• 

Download 5,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish