‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. U m a r o V



Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/102
Sana14.09.2021
Hajmi5,98 Mb.
#174227
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   102
Bog'liq
psix

Dunyoqarash.  E’tiqod  va  qiziqishJar  har  birimizdagi  dunyoqa- 
rashni shakllantiradi. Shaxsning dunyoqarashi — tartibga solingan, yaxlit 
ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvurlar va g‘oyalar majmui bo‘lib, 
u shaxsni ma’lum bir qolipda, o‘z shaxsiy qiyofasiga ega tarzdajamiyatda 
munosib o ‘rin egallashga chorlaydi.  Mustaqiliik davrida shakllanayotgan 
yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni,  milliy qadriyatlar, 
an’analami e’zozlashni, o‘z yaqinlariga mehribon va tanlagan yo‘liga — 
kasbi,  maslagi va e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash 
va yangicha tafakkur aynan mustaqiliik maikurasi ruhida taibiya topib, 
sayqal  topgan  milliy  ong,  dunyoqarash  va  e’tiqoddir.
7.  5.  Shaxs  taraqqiyotidagi  ijtimoiy  va  genotipik  om illar
Shaxs  individual  taraqqiyotining  muhim  omillaridan  yana  biri 
uning yoshiga bog‘liq bo‘lgan xususiyatlaridir.  Chunki, taraqqiyotning 
har bir yosh bosqichi  o‘zining  rivojlanish omillariga,  qonuniyatlariga, 
yangiliklari  va  o‘zgarishlariga  ega  bo‘lib,  ular  shaxsning  xarakteri, 
temperamenti,  iqtidori,  bilish jarayonlariga bevosita ta ’sirini o‘tkazadi.
Yosh  taraqqiyoti  davrlarining  ham  sifat,  ham  m iqdor  o ‘zgarish- 
lariga  ega  bo‘lgan  ko‘rsatkichIari  borki,  amaliy  psixologiya  h ar  bir


yosh  xususiyatlarini  ana  shu  ikkala  ko‘rsatkich  nuqtai  nazaridan 
o ‘rganishi  va  shaxs  xulqini  boshqarish  va  ta’sir  ko'rsatishda  ularga 
tayanm og‘i  lozim.  Umuman,  psixologiyada  isbot  qilingan  faktlardan 
b in   shuki,  turli  davrlardagi  inson  taraqqiyoti  o‘ta  murakkab jarayon 
bo‘lib,  har bir davming o ‘z  qonuniyatlari  mavjud.  H ar bir bosqichda 
shaxsning  biror  bir  xususiyatlari  o ‘zining  etuklik  fazasiga  erishadi. 
M asalan,  olam ni  sensor  jih a td a n   bilishning  etuklik  fazasi  18-25 
yoshlarda  (Lazarev  m a’lum otlariga  ko‘ra),  intellektual,  ijodiy  yetuk- 
lik  —  35  yoshlarda  (Leman  m a ’lumotlari),  shaxsning  etukligi  50-60 
yoshlarga  kelib  eng  yuqori  nuqtasiga  erishadi.  Shunga  o ‘xshash 
xususiyatlar insonning butun  um ri  mobaynida  muttasil  kamolga etib, 
rivojlanib  borishini  ta’minlaydi.  Shunisi  xarakterliki,  har  bir  yoshda 
biror funksiyalaming rivojlanishi  boshqa bir funksiyalaming susayishi 
hisobiga  ro ‘y beradi.  M asalan,  bolalikning ilk bog‘cha yoshida fazoga 
moslashuv jud a  kuchaysa,  keyinchalik  uning  o‘mini  vaqtni  adekvat 
idrok  qilish  kuchayadi.  Q ariyalam ing  biror  narsalar  xususida  bilim- 
donligi,  m a’lumotlar dunyosidagi  yaxshi  oriyentasiyasi,  psixomotorik 
funksiyalar  va  bevosita  bilish jarayonlarining  susayishi  hisobiga  ro‘y 
beradi.
Psixologiyaning  maxsus  tarm o g ‘i  hisoblanmish  yosh  davrlari 
psixologiyasining eng  asosiy  muammolaridan biri  shuki,  inson  psixik 
taraqqiyotida  qanday  om illar  —  genetik,  tug‘ma  yoki  orttirilgan, 
ijtimoiy  om illar  roli  etakchi  ekanligi  masalasidir.  Bir  tom ondan, 
bolaning  o ‘z  ota-onalaridan  m eros  sifatida  o‘zlashtirgan  sifatlari, 
masalan,  anatomo-fiziologik  xususiyatlar,  miya  faoliyatining  o‘ziga 
xosligi,  tan a  tuzilishi  (qo‘l,  oyoq,  yuz  tuzilishi  va  boshq.)  albatta, 
psixologik jahatdan  odam bolasining muhitga moslashuvi,  unga erkin 
harakat qilishi, jarayonlami ongida aks ettirishiga sabab bo‘ladi. Chunki, 
oddiygina anatomik anomaliya holati (qo‘lning kaltaligi, bo‘yning juda 
kichikligi kabi) psixikaga va shaxsning jamiyatda o‘zini tutishiga salbiy 
ta’sir  ko‘rsatadi.  Lekin,  ikkinchi  tomondan,  tashqi  muhit  ta ’sirini 
ham  kam sitib  bo‘lmaydi.  M asalan,  agar bola  maxsus  o‘quv  maskan- 
larida  o‘qimasa,  unga  tarbiyaviy  ta ’sirlar  ko‘rsatilmasa,  uning  rivoj­
lanishi  qanday  bo‘lishini  ta sa w u r  qilish  qiyin  emas.
Bu m uam m olar ustida bosh qotirgan olimlar L. Vigotskiy, J.  Piaje,
S.  Rubinshteyn, A.  Leontev va ko'plab boshqa psixologlar ikkala omil 
rolini  h am   inkor qilmagan  holda  ijtimoiy  muhitning etakchilik ta’siri 
to ‘g‘risidagi  fikmi  baravar  yoqlaganlar.  Chunki  to ‘g‘ri  tashkil  etilgan 
ta’lim-tarbiya, oila va undagi o ‘zaro munosabatlaming xarakteri, shaxs


muloqotda bo‘ladigan ijtimoiy guruhlar, u tanlagan kasb va kasbdoshlari 
muhiti,  nikoh  va  m a’lumot  masalalarining  qanday  hal  qilinganligi 
kabi  qator  ijtimoiy  omillar  shaxsning  rivojlanishi,  uning  o‘z-o ‘zini 
anglashi va o‘zgalarga munosabati, bilish jarayonlari hamda intellektual 
taraqqiyotida katta ahamiyatga egaligiga shubha yo‘q.  Respublikamiz 
Prezidenti  I.  Karimov  boshchiligida  mustaqilligimizning  dastlabki 
yillaridayoq boshlangan ,,Sog‘lom avlod uch u n “  shiorini amalga oshi- 
rish siyosati farzandlarimizning ham jism onan,  ham ruhan, ham aqlan 
etuk  bo‘lishlariga  qaratilgan.  Jismonan  sog‘lom   tanada  sog‘lom  ruh 
bo‘lishi  tabiiy.
7.6.  Insoniy  m unosabatlar  psixologiyasi
Shaxs —  ijtimoiy munosabatlar m ahsuli,  deyilishining eng  asosiy 
sababi  —  uning  doimo  insonlar  davrasida,  ular  bilan  o ‘zaro  ta ’sir 
doirasida  bo‘lishini  anglatadi.  Bu  shaxsning  eng  etakchi  va  nufiizli 
faoliyatlaridan biri  muloqot ekanligiga ishora qiladi.
Muloqotning  turi  va  shakllari  turlichadir.  Masalan,  bu  faoliyat 
bevosita ,,yuzma-yuz“ bo'lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, 
telegraf va shunga o ‘xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror profes­
sional  faoliyat  jarayonidagi  amaliy  yoki  d o ‘stona  bo‘lishi;  subyekt- 
subyekt  tipli  (diologik,  sheriklik)  yoki  subyekt-ob’ektli  (monologik) 
bo‘lishi mumkin.
Insoniy  munosabatlar  shunday  o ‘zaro  ta ’sir jarayonlariki,  u n d a 
shaxslaro  munosabatlar  shakllanadi  va  nam oyon  bo‘ladi.  B unday 
jarayon  dastlab  odam lar  o ‘rtasida  ro ‘y  beradigan  fikrlar,  h is-k e- 
chinmalar,  tashvishu  —  quvonchlar  almashinuvini  nazarda  tutadi. 
Odamlar  muloqotda  boMishgani  sari,  ular  o‘rtasidagi  munosabatlar 
tajribasi ortgan sari ular o‘rtasida umumiylik,  o‘xshashlik va uyg‘unlik 
kabi  sifatlar paydo  bo‘ladiki,  ular bir-birlarini  bir qarashda tushuna- 
digan yoki „yarimta jumladan“ ham  fikr ayon bo‘ladigan bo‘lib qoladi, 
ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tig‘izligi teskari reaksiya- 
lami  —  bir-biridan  charchash,  gapiradigan  gapning  qolmasligi  kabi 
vaziyatni  keltirib  chiqaradi.  M asalan,  oila  muhiti  va  undagi  m u n o ­
sabatlar ana shunday tig‘iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig‘izlik 
oilaning barcha a ’zolari o‘rtasida em as,  uning ayrim a’zolari o‘rtasida 
bo‘lishi mumkin  (ona-bola,  qaynona-kelin va h-zo).
0 ‘zaro  munosabatlarga  kirishayotgan  tom onlar  m unosabatdan 
ko‘zlaydigan  asosiy  maqsadlari  —  o ‘zaro   til  topishish,  b ir-b irin i 
tushunishdir.  Bu jarayonning  murakkabligi,  kerak bo‘lsa,  Jo z ib a si“ ,


betakrorligi  shundaki,  o ‘zaro  bir  xil  til  topishish  yoki  tomonlaming 
aynan bir xil o‘yIashlari va gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday 
vaziyatni  tasaw ur qiladigan  bo‘lsak,  bunday  muloqot  eng samarasiz, 
eng  beta’sir  b o ‘lgan  b o ‘lar  edi.  Masalan,  tasaw u r  qiling,  uzoq  vaqt 
ko‘rishmay qolgan d o ‘stingizni  ko‘rib  qoldingiz.  Siz undan hol-ahvol 
so‘radingiz,  lekin,  u  tashabbusni  sizga  berib,  nimaiki  demang,  sizni 
m a’qullab, gapingizni  qaytarib turibdi.  Bunday  muloqot juda bemaza 
b o ‘lgan  va  siz  ikkinchi  m arta  o'sha  odam  bilan  iloji  boricha  rasman 
salom-alikni bajo keltirib o ‘tib ketavergan bo‘lardingiz. Ya’ni,  muloqot 
faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi, 
betakrorligi, bilimlar va tasaw urlam ing xilma-xilligi namoyon boiadi 
va shunisi bilan  u  insoniyatni asrlar davomida  o‘ziga jalb etadi.
H ar qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin,  faqat odam 
muloqotdan,  ayniqsa,  uning  norasmiy  samimiy,  bevosita  shaklidan 
charcham aydi,  yaxshi  suhbatdoshlar  d o im o  m a’naviy  jih atd an  
rag‘batlantiriladilar.
XXI  asrda  yashar  ekanmiz,  odamning  eng  tabiiy  bo‘lgan  mulo- 
qotga ehtiyoji, uning sirlaridan xabardor bo‘lish va o ‘zgalarga samarali 
ta ’sir eta olishga bo‘lgan intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari 
bor.
Birinchidan,  industrial  jamiyatdan  axborotlar  jamiyatiga  o‘tib 
bormoqdamiz. Axborotlaming ko‘pligi aynan inson manfaatiga aloqador 
m aium otlam i  saralash,  u  bilan  to ‘g‘ri  munosabatda boiishni taqozo 
etdi. Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga aylandi va bu o‘z navbatida 
insonlarga  zarur  axborotlar  o‘zatilishi  tezligi  va  tempini  o ‘zgartiradi.
Ikkinchidan,  turli  kasb-faoliyat  sohasida  ishlayotgan  odamlar 
guruhining  ko‘payishi,  ular  o ‘rtasida  munosabatlar  va  aloqaninng 
dolzarbligi axborotlar tig‘iz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki 
professional, bilim donlik asosidagi  muloqotni  talab qiladi.  Umuman, 
XXI  asming korporasiyalar asri,  deb bashorat qilayotgan iqtisodchilar 
ham   bu  korporasiya  insonlam ing  o ‘zaro  til  topishlariga  qaratilgan 
malakalaming rivojlangan,  mukammal bo‘lishi haqida gapirmoqdalar. 
U ndan  tashqari,  bu  kabi  korporativ  aloqa  ko‘p  hollarda  bevosita 
yuzma-yuz  emas,  balki  zamonaviy  texnik  vositalar  —  uyali  aloqa, 
fakslar,  elektron  p ochta,  internet  kabilar  yordamida  aniq  va  lo‘nda 
fikrlami  uzatishni  nazarda  tutadi.  Bu  ham  o‘ziga  xos  muloqot  ma- 
lakalarining  ataylab  shakllantirilishini  taqozo  etadi.
Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, 
u lar  sosionomik  gu ruh  kasblar  deb  atalib,  ularda  „odam -odam “ 
dialogi  faoliyatning  samarasini  belgilaydi.  Masalan,  pedagogik  fao- 
182


liyat,  boshqaruv  tizim i,  turli  xil  xizm atlar  (servis),  marketing  va 
boshqalar  shular  jum lasidandir.  Bunday  sharoitlarda  odam lam ing 
ataylab  muloqot  bilim donligining  o sh irilishi  m ehnat  m ahsuliini 
belgilaydi.
Shuning  uchun  ham  muloqot,  uning  tabiati,  texnikasi  va  stra- 
tegiyasi,  muloqotga  o ‘rgatish  (sosial  psixologik  trening)  masalalari 
bilan  shug‘ullanuvchi  fanlaming  ham jam iyatdagi  o‘mi  va  salohiyati 
keskin oshdi.
Shaxslararo munosabatlarni o‘rganish psixologiya fanida eng dol- 
zarb muammolardan hisoblanadi. Chunki inson shaxsining eng nufuzli 
va  etakchi  faoliyatlaridan  biri  boMgan  m uloqot  va  u  orqali  o ‘zaro 
munosabatlar odamlar orasida umumiylik,  o ‘xshashlik, uyg‘unlik kabi 
sifatlar paydo bo‘lishiga olib keladi.  Ayniqsa, oila muhitida shaxslararo 
munosabatlaming,  chunonchi,  ota-ona  va  farzand  orasidagi  m uno- 
sabatlaming  o‘ziga  xos  tom onlari  shaxsning  hayoti,  faoliyatining 
samarasi  va mazmuniga bevosita ta’sir etadi.  Shunday ekan,  insonlar 
orasida  amalga  oshadigan  shaxslararo  munosabatlar,  ulaming  turli 
psixologik xususiyatlarini o‘rganish masalasi ijtimoiy psixologiya fanida 
muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Muomala shaxslararo  m unosabatlam ing  shunday ko‘rinishidirki, 
uning yordamida odamlar o ‘zaro psixik jih atd an   aloqaga kirishadilar, 
o‘zaro  axborot  almashinadilar,  ta ’sir  o ‘tkazadilar,  ta’sirlanadilar, 
idrok etadilar, tushunish va baholash jarayonlarini kechiradilar. Shuning 
uchun muomala ijtimoiy psixologik hodisa,  ijtimoiy kategoriya sifatida 
ijtimoiy turmushning barcha sohalarida bevosita ishtirok etib, hamkorlik 
faoliyatining  moddiy,  m a’naviy,  em osional,  kognitiv,  motivasion, 
regulyativ  qirralarini  aks  ettiruvchi  o b ’ektiv  va  subyektiv  ehtiyoj 
sifatida vujudga keladi, ijtimoiylashuvning asosiy omili, negizi vazifasini 
bajaradi.
Shaxslararo munosabatlarda m uom alaning inson psixik dunyosiga 
ta’siri  masalalarini  psixolog  olimlardan  L.S.  Vigotskiy,  S.L.  R ubin­
shteyn,  A.N.  Leontev,  B.G.  Ananev,  A.V.  Zaporojes,  A.A.  Bodalev, 
B.F.  Lomov, A A  Leontev,  M.I.  Lisina tadqiqot ishlarini olib borganlar.
L.S.  Vigotskiy  bola  shaxsi  ruhiy  dunyosi  rivoji  va  taraqqiyotida 
muom alani  tushuntirib  shunday  deydi:  „B ola  shaxsiy  faolligini 
namoyon  bo'lishining  asosiy  yo‘li  k attalar  bilan  muomalasi  hisob­
lanadi...Uning tashqi olamga munosabati ham isha boshqa odam orqali 
munosabat  bildirishdir“.
L.S.Vigotskiy  fikricha,  ontogenezda  genetik  jihatdan  birlam chi 
o‘zaro  ta’sir  bahs,  dialogdir;  ikkilamchi  esa  individning  ongi,  ruhiy


jarayonlarining individúanigidir:  „Biz madaniy rivojlanishning umumiy 
genetik qonunini m ana shunday shaklda ifodalashimiz mumkin: bolaning 
madaniy o‘sishida har qanday funksiya baholanishi uchun ikki marta, 
ikki  xil  rejada  paydo  b o ‘ladi,  aw al  ijtimoiy,  keyin  psixologik,  shu- 
ningdek, shaxslararo interpsixologik kategoriya sifatida so‘ng bola ichki 
dunyosida intropsixologik kategoriya tariqasida“ .
L.S. Vigotskiy shuningdek, shaxslararo munosabatlarda asosiy qurol 
va  vosita  m uom ala  jarayoni  ekanligini  uqtiradi.  Uning  fikricha, 
shaxslararo  munosabatlarda dastawal muomala asosiy vosita,  so‘ngra 
esa xulq atvor vositasi turadi. Chunki, inson yakka qolgan paytda ham 
muomala funksiyasini o ‘zida saqlaydi.
L.S. Vigotskiy qarashlaridan yana shu jihat ko‘rinadiki,  muomala 
intereorizasiya, ya’ni ichki nutq va ektereorizasiya tashqi nutq, muomala 
shakllarida  nam oyon  bo‘ladi.  Bundan  ko‘rinadiki,  muomala  tufayli 
shaxs ijtimoiylashuvi yuzaga keladi.
Demak,  L.S.  Vigotskiyning  muomala,  shaxslararo  munosabatlar 
psixologiyasiga  oid  fikrlari  g‘oyat  qimmatli,  chunki  unda  biz  shaxs 
ijtimoiylashuvi jarayoni uchun muhim asos sifatida muomalani ko‘ramiz 
va shaxs shakllanishida bu jarayonning qimmati cheksiz ekanligini yanada 
anglaymiz.
V.M.  B exterevning  boy  merosida  shaxslararo  m unosabatlar 
muammosi,  xususan,  m uom ala  mavzusi  ijtimoiy  psixologik  nazariya 
jihatidan o‘rganilgandir.  U ning qarashlarida insonlaming o ‘zaro ta’sir 
etishlari muhim m uam m o sifatida talqin etiladi. V.M.  Bexterev ijtimoiy 
hayotda muomalaning rolini tavsiflab, uning funksiyalarini hamkorlik 
faoliyatini  amalga  oshirish  mexanizmi  sifatida  ajratib  talqin  qiladi. 
Uning  fikricha,  shaxsning  atrofdagilari  bilan  muomalasi  qanchalik 
xilma xil  va boy bo‘lsa,  shunchalik  uning  taraqqiyoti  muvaffaqiyatli 
amalga oshadi.
V.M.  Bexterev  m uom alaning  ijtimoiy  roli  va  funksiyasini  tahlil 
etishda uning ko‘rinishlari  bo‘lmish taqlid va ta ’sirlanish  ahamiyatiga 
to ‘xtaladi.  Uning fikricha,  taqlid bo‘lmasa,  shaxs  ham yuzaga kelmas 
edi.  Chunki,  taqlid  o ‘z  materialini  muom aladan  olishini  uqtiradi. 
T a ’sirlanish  esa  ijtim oiy  jarayonlar  nam oyon  b o ‘lishining  omili 
tariqasida qaraladi.
V.M.  Bexterev  m uom alani  shartli  ravishda  bevosita  va  bilvosita 
turlarga ham ajratadi.  Bilvosita muomala tarkibiy qismlari sifatida xat, 
telefon,  telegramma,  erkalash,  urishish  va  boshqalam i  olsa,  bevosita 
184


muomala  turiga  nutqni  kiritadi.  Shuni  ta ’kidlash  joizki,  muomalani 
eksperim ental  o ‘rganish  ishini  V.M.Bexterev  to m o n id an   amalga 
oshirilgandir.
V.N.  Myasishevning  „Shaxsning  m unosabatlar  psixologiyasi“ 
konsepsiyasiga ko‘ra, shaxs „dialogik“ xususiyatli, muomaianing shaxsiy 
tajribasi  va  boshqa  odamlar bilan  o‘zaro  munosabat  mahsuli  sifatida 
namoyon boiadi.  Shu tufayli shaxsda qiziqish darajasi, emosiya kuchi, 
hoxish,  ehtiyoj,  ijtimoiy yo‘nalganlik  kabi  shaxsni  harakatlantiruvchi 
ichki  kuchi  tarldb  topadi  va bu  uning kechinmalari,  xulqida,  haraka- 
tida ifodalanadi.
V.N.  Myasishevning shaxslararo munosabatlar psixologiyasiga oid 
asarlarining tahlilidan ko‘rinadiki,  muomala jarayoni shaxsning xusu- 
siyatlari,  xarakteri,  mayli,  qobiliyatiga  ta ’sir  etishdagina  rivojlan- 
masdan, balki muloqotda ishtirok etuvchilaming psixik jarayonlari bilan 
ham bog‘liqligi namoyon bo‘lar ekan.  Shuning uchun V.N.  Myasishev 
ishlarining alohida tomoni muom ala, uning psixologik tuzilmasi bilan 
muloqot  ishtirokchilari  psixik jarayonlari  orasidagi  m unosabat  xusu- 
siyatlarini ochib berilishida yaqqol  ko‘rinadi.
Shaxslararo  munosabatlarda yuzaga keladigan uch  xil vazifalar va 
murakkab jarayon tuzilmasini G .M . Andreyeva „Ijtimoiy psixologiya“ 
kitobida  ushbu tuzilishini  taklif etadi:
1.  Muloqotning  kommunikativ  tomoni,  ya’ni  o ‘zaro  munosabat 
yoki  muloqotga kirishuvchilaming o ‘rtasida m a’lum otlar almashinuvi 
jarayoni  sifatida;
2.  Muloqotning  interaktiv  tomoni,  ya’ni  muloqotga  kirishuvchi­
laming  xulq-atvorlariga  ta’sir jarayoni  sifatida;
3.  Muloqotning  perseptiv  tom oni,  ya’ni  m uloqotga  kirishuv­
chilaming  bir-birlarini  idrok  etishlari  va  tushunchalari  bilan  bogiiq 
jarayon  sifatida.
0 ‘zaro  munosabatlarda  muloqotning psixologik jihatdan  murak­
kab  ekanligini  B.F.  Parigin  shunday  yozadi:  „M uloqot  shunchalik 
ko‘p  qirrali  jarayonki,  unga  bir  vaqtning  o‘zida  quyidagilar  kiradi:
A)  individlarning  o‘zaro  ta ’sir  jarayoni;
B)  individlar  o ‘rtasida  axborot  almashinuvi jarayoni;
C)  bir  shaxsning boshqa  shaxsga  munosabati jarayoni;
D)  bir  kishining  boshqalarga  ta’sir  ko‘rsatish  jarayoni;
E)  bir-biriga  hamdardlik  bildirish imkoniyati;
F)  shaxslaming  bir-birini  tushunishi jarayoni“ .
Demak, shaxslararo munosabatlar, ya’ni muloqot jarayoni odam­
lar  amalga  oshiradigan  faoliyatlar  orasida  eng  murakkabligi  va  ko‘p


qirraliligi  bilan  xarakterlanar  ekan,  ijtimoiy  psixologiya  fanida  olib 
borilgan ja h o n  psixologlarining ju d a ko‘p tadqiqotlari  shu  fenomenni 
shaxs  uchun  ham   zarur,  ham  oddiy,  ham  ta’sirchan  deb  qaraydi.
7.7.  S h ax slararo   muomalaning  shaxs  taraqqiyotidagi  o ‘rni
Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi,  uning  insoniy qiyofasi, 
fazilatlari, hattoki,  nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. 
Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‘lish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan 
odam  o ‘zida  individ  sifatlarini  saqlab qolishi  mumkin,  lekin  u  shaxs 
b o ‘lolm aydi.  Shuning  uchun  m uloqotning  shaxs  taraqqiyotidagi 
ahamiyatini  tasaw ur qilish  uchun  uning  funksiyalarini tahlil  qilamiz.
H ar  qanday  muloqotning  eng  elementar  funksiyasi  —  suhbat- 
d o shlarning   o ‘zaro  bir-birini  tushunishlarini  ta ’m inlashdir.  Bu 
o‘zbeklarda  sam im iy  salom-alik,  ochiq  yuz  bilan  kutib  olishdan 
boshlanadi.  0 ‘zbek xalqining eng nodir va buyuk xislatlaridan bin ham 
shuki,  uyiga  birov  kirib  kelsa,  albatta  ochiq  yuz  bilan  kutib  oladi, 
ko‘rishadi, so'rashadi, hol-ahvol so‘raydi.  Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga 
borgan chog‘da ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz.  Bu 
kabi  birlam chi  kontakt  usullari  boshqa  millat  va  xalqlarda  ham  bor, 
ya’ni bu jih a t  milliy o ‘ziga xoslikka ega.
Uning ikkinchi muhim funksiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. 
Odam  bolasi  faqat  odamlar  davrasida  ijtimoiylashadi,  o ‘ziga  zarur 
insoniy  xu susiyatlam i  shakllantiradi.  Odam  bolasining  yirtqich 
hayvonlar  tom onidan  o‘g‘irlanib  ketilishi,  so‘ng  m a’lum  muddatdan 
keyin yana odam lar orasida paydo b o ‘lishi faktlari shuni ko‘rsatganki, 
„m auglilar“  biologik  mavjudot  sifatida  rivojlanaveradi,  lekin  ijti- 
moiylashuvdan  ortda  qolib  ketadi.  Bundan  tashqari,  bunday  holat 
boladagi  bilish  qobiliyatlarini  h am   cheklashi  ko‘plab  psixologik 
eksperim entlarda o cz  isbotini topdi.
M uloqotning  yana  bir  muhim  vazifasi  —  u  odamni  u  yoki  bu 
faoliyatga  hozirlaydi,  ruhlantiradi.  Odamlar guruhidan  uzoqlashgan, 
ular  nazaridan  qolgan  odamning  q o ‘li  ishga  ham  bormaydi,  borsa 
ham jamiyatga emas, balki faqat o ‘zigagina manfaat keltiradigan ishlami 
qilishi m um kin.  Masalan, ko‘plab tadqiqotlarda izolyasiya, ya’ni odamni 
yolg‘izIatib  q o ‘yishning  inson  ruhiyatiga  ta’siri  o‘rganilgan.  Masalan, 
uzoq  v aqt  term okam erada  bo‘lgan  odamda  idrok,  tafakkur,  xotira, 
hissiy  holatlarning  buzilishi  qayd  etilgan.  Lekin  ataylab  emas,  taqdir 
taqozosi  bilan  yolg‘izlikka  m ahkum  etilgan  odamlaming  maqsadli 
faoliyatlar  bilan  o ‘zlarini  band  etishlari  u  qadar  katta  salbiy  o ‘z- 
186


garishlaiga olib kelmasligini h am  olimlar o‘rganishgan.  Lekin, baribir 
har  qanday  yolg‘izlik  va  m uîoqotning  etishmasligi  odam da  mu- 
vozanatsizlik,  hissiyotga  beriluvchanlik,  hadiksirash,  havotirlanish, 
o‘ziga ishonchsizlik, qayg‘u, tashvish hislarini keltirib chiqaradi.  Shunisi 
qiziqki,  yolg'izlikka  mahkum  boMganlar  ma’lum  vaqt  o ‘tgach  ovoz 
chiqarib,  gapira  boshlasharkan.  Bu,  aw al  biror  ko‘rgan  yoki  his 
qilayotgan  narsasi  xususidagi  gaplar  bo‘lsa,  keyinchalik  nimagadir 
qarab  gapiraverish  ehtiyoji  paydo  bo‘lar  ekan.  M asalan,  bir  M.Sifr 
degan  olim  ilmiy  maqsadlarini  amalga  oshirish  uchun  63  kun  g‘or 
ichida  yashagan  ekan.  Uning  keyinchalik  yozishicha,  b ir  necha  kun 
o‘tgach,  u turgan erda bir o‘rgimchakni ushlab oladi  va u bilan dialog 
boshlanadi.  „Biz,  deb  yozadi  u,  shu  hayotsiz  g‘o r  ichidagi  tanho 
tirik  mavjudotlar  edik.  M en  o ‘rgimchak  bilan  gaplasha  boshladim, 
uning taqdiri  uchun  qayg‘ura boshladim...“
Shaxsning muloqotgaboMgan ehtiyojining to 'la qondirilishi uning 
ish  faoliyatiga  ham  ta’sir  ko‘rsatadi.  Odamlar,  ularning  borligi,  shu 
muhitda o*zaro gaplashish  imkoniyatining mavjudligi  fakti  ko‘pincha 
odam ni ishlash qobiliyatini ham  oshirarkan, ayniqsa, gaplashib o ‘tirib 
qilinadigan  ishlar,  birgalikda  yonm a-yon  turib  bajariladigan  ope- 
rasiyalarda odamlar o‘z oldida turgan hamkasbiga qarab ko‘proq, tezroq 
ishlashga  kuch  va  qo‘shimcha  iroda  topadi.  T o‘g‘ri,  bu  hamkorlikda 
o ‘sha yonidagi odam  unga yoqsa,  ular o‘rtasida o ‘zaro simpatiya hissi 
bo‘lsa,  unda odam ishga „bayramga kelganday“  keladigan bo‘lib qoladi. 
Shuning uchun ham amerikalik sosiolog hamda psixolog Jon  M oreno 
o‘tgan  asming  boshidayoq  ana  shu  omilning  unum dorlikka  bevosita 
ta’sirini o ‘rganib,  sosiometrik texnologiyani, ya’ni so‘rovnoma asosida 
bir-birini  yoqtirgan  va  bir-birini  inkor  qiluvchilarni  aniqlagan  va 
sosiometriya metodikasiga asos solgan edi.
Insoniyatning muomala quroli til bo‘lib, odam lar bir-birlari bilan 
bo‘ladigan barcha munosabat va muloqotlarini so‘zlashish yordamida 
amalga oshiradilar. Dono xalqimizda  so‘zlashish qoidasi, tilga ehtiyotkor 
b o ‘lish,  har  bir  so‘z,  har  bir  jum lani  o ‘ylab  gapirish,  qisqasi  - 
so ‘zlash  odobi  va  muloqot  m adaniyati  haqida  ju d a   k o ‘p  ibratli 
hikmatlar bor. Ulardan birida keltirilishicha, odamning sharafi va iftixori 
uning  madaniy  so‘zlashishida  ko'rinadi.  Kim-ki  so‘zlashish  odobiga 
rioya qilmasa, unda insoniylik  ham ko‘rinmaydi. G ap  o‘rinli va m a’noli 
aytilgan  boMsa,  uni jim  turib  tinglamoq  foydalidir.
Bu borada so‘zlashishning sakkizta qoidasini keltirishni  lozim deb 
topdik:


•  bem avrid  gapirmaslik;
•  lutf ila yumshoqlik bilan so‘zlashish;
•  ochiq  chehra bilan gapirib,  yuzda samimiylikni saqlay olish;
• eshituvchiga malol kelmaydigan tarzda gapirish;
•  faqat  foydali  gaplami  gapirish;
•  o ‘ylab,  andisha bilan  so‘zlash,  o ‘ylamay  aytilgan  gap  pushay- 
m onlik  keltirishini yodda tutish;
• kishilar gapirayotganda oraga gap qo‘shmaslik, so‘zini bo‘lmaslik;
•  ko‘p  gapirmaslik,  zero,  bu  yaxshilik  alomati  emas.
H ar  b ir  odam  kishilarga  zarar  keltiradigan  so‘zlardan  o‘zini 
saqlashi  lozim .  Buning  uchun  tilga  ehtiyot  bo*lish,  kishi  dilini 
og‘ritadigan,  ko‘ngilni  qoldiradigan,  izzat  nafsiga  tegadigan,  or- 
nomusi,  sha’nini oyoq-osti qiladigan so‘zni hech so‘zlamaslik darkor. 
H am m a  vaqt  shirin  so‘z  bo'lish,  doimo  yaxshi,  m a’nili  so‘zlash 
kerak,  chunki,  tildan  etgan  ozor,  nayza  ozoridan  yomon.
S hunday  qilib,  muloqot  odam larning  jamiyatda  o ‘zaro  ham - 
korlikdagi  faoliyatlarining ichki psixologik  mexanizmini tashkil etadi. 
Qolaversa,  hozirgi  yangi  dem okratik  munosabatlar  sharoitida  turli 
ishlab  chiqarish  qarorlarini  yakka  tartibda  emas,  balki  kollegial  — 
birgalikda  chiqarish  ehtiyoji  paydo  b o ‘lganligini  hisobga  olsak, 
odam larning  muomala  m adaniyati  va  muloqot  texnikasi  m ehnat 
unumdorligi va samaradorlikning muhim omillaridandir.
7 .8 .  Insoniy  muomalaning  psixologik  asoslari
O dam lar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ulaming asosiy 
ko‘zlagan  maqsadlaridan  biri  —  o ‘zaro  bir-birlariga  ta’sir  ko‘rsatish, 
ya’ni  fikr-g‘oyalariga  ko'ndirish,  harakatga  chorlash,  ustanovkafami 
o ‘zgartirish  va  yaxshi  taassurot  qoldirishdir. 

Download 5,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish