‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. U m a r o V



Download 5,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/102
Sana14.09.2021
Hajmi5,98 Mb.
#174227
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102
Bog'liq
psix

!

*
Bob yuzasidan savol va topshiriqlar
L  Oliy  maktab psixologiyasining  umumiy masalalari.
2. Oliy maktab psixologiyasining predmeti, maqsadi, vazifalari.
3.  Oliy  maktab psixologiyasi,  oliy o‘quv yurti rahbarlari,  o'qituvchi- 
lari va talabalari faoliyatining psixologik xususiyatlari.
4.  Oliy  maktab  psixologiyasining  asosiy  vazifalari  va  psixologiyasi 
metodlari.
5.  Oliy  m a’lumotli  muttaxassis,  komil  shaxs  rivojlanishiga  qo‘yi- 
ladigan talablar.
6. Oliy maktabdagi ta’lim va tarbiyaning  psixologik tavsifi.
7.  OÓ‘Yu da ta’lim va tarbiyaning o‘ziga xosligi.
8.  Ta’lim va tarbiyada o‘qituvchi bilan talabalaming hamkorligidagi 
faoliyati.
10. Talaba asosiy faoliyat turlarining psixologik xususiyatlari.
11.Talaba ijtimoiy faoliyatining psixologik xususiyatlari.
13. Talabalar jamoasidagi psixologik muhit.
14. Oliy maktab o ‘qituvchilari faoliyatining psixologik tahlili.
15.  0 ‘Yu  o ‘quvchilari  faliyati samaradorligini oshirishning  hamkor- 
likdagi asosi.
16.  Oliy  maktab  o‘qituvchisi  mehnatini  ilmiy tashkil  qilishning  psi­
xologik masalalari.


VII  B O B
SHAXS  IN S O N IY   M U N O SA B A TLA R   S IS T E M A S ID A . 
M U O M A LA   VA  SHAXSLARARO  M UN O SA BA TLA R 
P S IX O L O G IY A S I
Bobning  qisqacha  mazmuni
Psixologiyada  shaxs  tushunchasi.  Psixologiyada  inson  shaxsini 
o ‘rganish  muammosi,  shaxs  ijtimoiy  t a ’sirlar  mahsuli  sifatida,  ijtimoiy 
normalar,  sanksiyalar  va  shaxs,  shaxs  dunyoqarashi  va  e ’tiqodini 
o ‘zgartiruvchi omillar, shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar
Insoniy  munosabatlar  psixologiyasi.  Shaxslararo  muomalaning 
shaxs taraqqiyotidagi o'mi,  insoniy muomala  va muloqotningpsixologik 
vositaîari,  muloqot  va  uni  o ‘rganish  muammolari.
7.  1.  Psixologiyada  shaxs  m uam m osini  o ‘rganilishi
Inson  shaxsini  o ‘rganish  m asalasi  bilan  falsafa,  psixologiya, 
pedagogika kabi fanlar shug‘ullanadi.  Hozirgi davrda inson m uammosi 
aniq  va  gumanitar  fanlaming  um um iy  tadqiqot  ob’ektiga  aylanib 
bormoqda.  Shunga  qaramasdan,  bir  tom ondan,  insonni  o ‘rganishda 
differensiasiya  hodisasi  yuz  berm oqda,  ikkinchi  tom ondan,  inson 
taraqqiyotining  sintetik  tavsifi  b o ‘yicha  integrasiya  holati  k o ‘zga 
tashlanmokda.  Inson bir qator  fanlam ing  tadqiqot  ob’ekti  ekanligini 
yig'iq tarzda tasaw ur etish uchun uni biososial va sosiobiologik jihatdan 
o‘rganish maqsadga muvofiq.
M a’lumki,  inson  hayoti  va  faoliyatining  operasional  ( 0 ‘quv, 
operasiya,  harakat, malaka) mexanizmi uning ontogenezda funksional 
mexanizmga o ‘sib o‘tadi, binobarin,  unda komillik belgisi shakllanadi, 
natijada u kamolot cho‘qqisining m uayyan darajasiga erishadi.
Inson  — jamiyat — tabiat — turm ush  munosabatlarini tekshirgan 
rus  olimlari  S.L.Rubinshteyn,  L.S.  Vigotskiy,  A.N.  Leontev,  B.G. 
Ananev  odamning  ular  bilan  har  xil  turdagi  va  ko‘rinishdagi  kauzal, 
strukturaviy,  funksional,  fazoviy va  m akoniy  aloqalar tizimi  mavjud- 
ligini  ta ’kidlab  o‘tganlar.
Birinchidan,  inson  u  yoki  bu  aloqalar  tizimiga  binoan  biologik 
mahsuli  „Homo  Sapiens“  sifatida o ‘rganiladi.
Ikkinchidan,  tarixiy  jarayonning  h am   ob’ekti,  ham  subyekti 
tariqasida shaxs tadqiq etiladi


Uchinchidan,  individ  muayyan  koiam da  o‘zgaruvchan,  taraq- 
qiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzot tarzida 
ilmiy jihatdan tekshiriladi.  Insonni jamiyat ishlab chiqarishining etakchi 
tarkibi, bilish, kommunikasiya va boshqaruv subyekti, tarbiya predmeti 
sifatida  tadqiq etilishi  m uhim   ahamiyatga  ega.  Inson va  uning borliq 
bilan ko‘p qirrali munosabatga hamda aloqaga kirishishi quyidagi tarzda 
nam oyon boiishi  mumkin:
— tabiatning biotik va abiotik omillari —  inson;
— jamiyat va  uning  tarixiy  taraqqiyoti  —  inson;
—  inson  —  texnika;
—  inson  —  madaniyat;
—  inson va jam iyat  —  yer va fazo.
XXI asrda ham odam  individ, shaxs, subyekt, komil inson sifatida 
talqin qilinishda davom ettiriladi,  lekin har bir tushuncha mohiyatida 
sifat  o ‘zgarishlari  yuz  berishi  mumkin.
Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va 
individual-tipologik  xususiyatlariga  asoslaniladi.  Yosh  davri  sifatlari 
ontogenetik evolyusiya bosqichlarida izchil ravishda namoyon bo‘ladi 
va  takomillashuv  jarayonida  o ‘z  ifodasini  topadi,  jinsiy  demorfizm 
xususiyati  esa  ularga  mos  tushadi.  Individning  individual-tipologik 
xususiyatiga konstitusion (tana tuzilishi, bioximik individuallik) holatlar, 
simmetriya va assimetriya juft reseptorlari, effektorlari funksiyasi kiradi. 
Bu xususiyatlar va xossalar birlamchi hisoblanib, hujayra va molekulyar 
tuzilishning barcha darajalarida ishtirok etadi.
Yosh, jinsiy va individual tipologik xususiyatlar sensor,  mnemik, 
verbal va mantiq psixofiziologik funksiyalari dinamikasi hamda organik 
ehtiyojlar tuzilishini aniqlaydi.  Individning bu xususiyatlarini ikkilamchi 
deb  atab,  ulaming  integrasiyasi  temperam entda  va  tug‘ma  mayllarda 
ifodalanilishini ta ’kidlab  o ‘tish joiz.
Yuqoridagi  sifatlar  rivojining  muhim  shakli  ontogenetik  evo- 
lyusiyadan  iborat  b o iib ,  ular  filogenetik  dasturga  asoslanib  hukm 
suradi. Yosh va individual o ‘zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy 
taraqqiyoti ta’siri ostida har xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Individning 
dinam ik  xususiyatlariga  shaxsning  ijtimoiy  sifatlari  ta ’sir  etib,  uning 
individual  o‘zgaruvchanligi  omilini  kuchaytiradi.
Insonning  shaxs  sifatida  tavsiflashning  muhim  lahzasi,  uning 
dinam ik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, 
huquqiy,  mafkuraviy,  ya’ni  uning  jamiyatda  egallagan  o ‘mi)  orqali 
ifodalanadi. Status negizida doimiy o‘zaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning


ijtimoiy funksiyasi muayyan  maqsadlarga va qadriyatlarga yo‘nalganlik 
shaxsni  faollashtiradi.  Status,  rol,  qadriyatga  yo‘nalganlik  shaxs  xu- 
susiyatlarining  birlamchilarini  tashkil  etadi  va  uning  tuzilishida  asos 
bo'lib  xizmat  qiladi.  Shaxsning  ta’rifi  xulq  motivasiyasi  xususiyati  va 
ijtimoiy  fe’l-atvor  tuzilishini  belgilab,  uning  tarkibidan  ikkilamchi 
alomatlar  sifatida  joy  egallaydi.  Shaxsning  birlamchi  va  ikkilamchi 
sifatlarining o‘zaro ta’sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson 
xarakteri  va  mayllari  yuzaga  keladi.  Insonning  shaxs  xislatlarini 
rivojlantiruvchi asosiy shakl — uning jamiyatdagi hayot yo‘li va ijtimoiy 
tarjimai  holi  hisoblanadi.
Individ,  shaxs  va  subyekt  taraqqiyotining  tadqiqotida  quyidagi 
holatlarga  e ’tibor  qilishi  zarur:
—  inson  rivojining  asosi  hisoblangan  om illar  va  shart-sharoitlar 
(ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy,  huquqiy,  m aikuraviy,  pcdagogik  va 
yashash  muhiti  omillari);
— insoning o‘ziga taalluqli, asosiy tavsiflar, uning ichki qonuniyatlari, 
mexanizmlari,  evolyusiya bosqichi,  barqarorlashuvi va evolyusiya;
—  inson  yaxlit  tuzilishning  asosiy  tarkiblari,  ulaming  o ‘zaro 
aloqalari, shaxsning tashqi ta’sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot 
jarayonida ulaming takomillashuvi kabilar.
Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning 
amaliy va nazariy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki faoliyatda 
yashash  m uh iti  tarixiy  ta jrib an i  e g allash d a  in teriorizasiya  va 
eksteriorizasiya amalga oshadi.
Odamning maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati prosessida 
hayotiy deb ataladigan mexanizmlari va ongli  faoliyatining funksional 
sistemasi prosesslari yuzaga keladi. Ana shular tufayli odam bilimlami, 
ko‘nikma va malakalami, kishining sosial tajribalarini o‘zlashtiribgina 
qolmay,  balki,  o ‘zining  idroki,  tafakkuri,  xayoli,  hissiyotlari  va  iro- 
dasini bir so‘z bilan  aytganda,  voqelikka  bo‘lgan  ongli  munosabatini 
hamda o‘z harakatlari  va xulq-atvorining  motivlarini  tarkib toptiradi.
Shaxsning barcha xususiyatlari,  munosabatlari va xatti-harakatlari 
shaxsning  hayoti  faoliyatida  m a’lum  rolni  bajaruvchi  va  har  b in  
murakkab  qurilmadan  iborat  bo‘lgan  ham da  shartli  ravishda  to'rtta 
o‘zaro mustahkam bog‘langan funksional bosqichlarga birlashtiriladi:
Birinchisi  —  boshqaruv  tizimi;
Ikkinchisi  —  stimullashtirish  tizimi;
Uchinchisi  —  stabilizasiyalash  tizimi;
To‘rtinchisi  —  indikasiyalash  tizimi.


Shaxsning  an a  shu  sosial  ahamiyatga  ega b o ig an  barcha sifatlari 
ijtimoiy taraqqiyotning  yuksak ongli  faoliyatchisi  sifatidagi shaxsning 
xulq-atvori  va xatti-harakatlarini belgilaydi.
Birinchi tizimning hosil bo'lishida analizatorlar o‘rtasidagi doimiy 
tabiiy aloqani aks ettiruvchi filogenetik mexanizmlar katta rol o‘ynaydi. 
Biroq,  bu  ilgari  yuqorida  ta ’kidlab  oHganimizdek,  ontogenez  pro- 
sessida filogenetik  analizatorlar o‘rtasidagi  aloqa vaqtli  aloqalar bilan 
organik jihatdan  q o ‘shilib  keladilar.  Bunda,  mazkur tizimning ichida 
perseptiv  tizimiga  o ‘tib  ketadigan  yuksak  darajada  integrasiyalangan 
m aium   ichki  sensor komplekslami  hosil  qiladi.  Bunday komplekslar 
qatoriga  nutq,  eshitish,  ko‘rish  hamda  sensom otor  komplekslami 
kiritish mumkin.  M ana shu komplekslaming hammasi odamning hayot- 
faoliyati jarayonida o ‘zaro bir-biri bilan  doimiy aloqaga kirishib, sen- 
sor-perseptiv uyushishning yagona funksional dinamik tizimini yaratadi. 
Insonning  sensor-perseptiv jihatlari  doimo  takomillashib  boradi.
Ikkinchi  tizim   barqaror psixik holatlami o ‘z ichiga oladi.  Bu ho- 
latlar bolaning aniq maqsadni ko‘zlovchi va foydali faoliyatning ongli 
subyekti  sifatida  bola  boshlagan  ilmlarining  dastlabki  yillaridayoq 
shakllana boshlaydi. Tem peram ent,  intellekt, bilim va munosabat ana 
shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi.
Uchinchi tizim  — shaxsni arbob sifatida stabilizasiyalash tizimidir. 
Yo‘naltirilganlik,  qobiliyat,  mustaqillik  va  xarakter  uning  tarkibiy 
qismini  tashkil  etadi.
Yo‘naltirilganlik bilim,  munosabatlaming hamda shaxsning xulq- 
atvori va xatti-harakatlarida ijtimoiy ahamiyat etakchilik qilgan motiv- 
laming bir butun ekanligida o‘z ifodasini topadi.  Bu xususiyat odamning 
dunyoqarashi, qiziqishJari va m a’naviy ehtiyojlarida namoyon boiadi.
Yo‘naltirilganlik strukturasida g‘oyaviy e ’tiqod katta rol o‘ynaydi. 
G ‘oyaviy e ’tiqod — bu bilimning, o‘sha shaxsga xos boigan intellektual, 
emosional  va  iroda  sifatlarining  sintezi,  g‘oyalar  va  xatti-harakatlar 
bir  butunligining  negizidir.
To‘rtinchi  tizim   o ‘z  ichiga  shunday  xususiyatlar,  munosabatlar 
va  xatti-harakatlam i  oladiki,  ularda  real  shaxslaming  ijtimoiy  „o ‘y 
fikrlari  va  his-tuyg‘ulari“  aks  ettiriladi.  U lar bu  shaxslaming  siyosiy 
jihatdan  ongli,  ijtimoiy taraqqiyotning  mas’ul  arboblari  sifatida xulq- 
atvorini belgilab beradi.  Bunga gumanizm,  kollektivizm,  optimizm va 
mehnatsevarlik fazilatlari  kiradi.


„Shaxs“  tushunchasi  psixologiyada  eng  ko‘p  q o ‘llaniladigan 
tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘iganadigan barcha fenomenlar 
aynan  shu  tushuncha  atrofida  qayd  etiladi.  Inson  ruhiy  olami 
qonuniyatlari  bilan  qiziqqan  har  qanday  olim  yoki  tadqiqotchi  ham 
shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo‘lgan aloqasi masalasini 
chetlab  o ‘tolmaydi.
Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  „Homo  sapiens“  —  „aqlli  zot“ 
tushunchasini o'zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo‘lganiga taxminan 
40  ming  yildan  oshibdi.  Bu  davrda  olimlaming  e’tirof etishlaricha,  16 
ming avlod almashgan emish. Darvin ta’biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish 
jarayonida er yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlaming keyingi 
davrdagi  taraqqiyoti  ko‘proq  biologik  omillardan  ko‘ra,  ijtimoiy-sosial 
omillar  ta’sirida ro‘y  bermoqda.  Shuning  uchun  ham  har  bir  individni 
yoki  shaxsni  o‘rganish  masalasi  uning bevosita ijtimoiy  muhiti va uning 
ijtimoiy normalari doirasida o‘rganishni taqozo etadi.
Sosial  yoki  ijtimoiy  m uhit  —  bu  insonning  aniq  maqsadlar  va 
rejalar  asosida  faoliyat  ko‘rsatadigan  dunyosidir.  M azm unan  har bir 
insonning  shu  ijtimoiy  olam  bilan  aloqasi  uning  insoniyat  tajribasi, 
madaniyati  va  qabul  qilingan,  tan  olingan  ijtimoiy  xulq  normalari 
doirasidagi harakatlarida nam oyon bo‘ladi.
Psixologiya ilmining  namoyondalari  bolm ish  olim lam ing  butun 
bir  avlodi  ana  shu  shaxs  va jam iyat  aloqalari  tizimida  insonning  tub 
mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini 
izlaganlar.  Abu  Nasr  Farobiy,  A.  Navoiy,  Ibn  Sino,  Beruniy  kabi 
yuzlab Sharq allomalari ham bu o ‘zaro bog‘Iiqlikning falsafiy va ijtimoiy 
sirlarini  ochishga  o ‘zlarining  eng  durdona  asarlarini  bag‘ishlaganlar. 
Barcha  qarashlarga  umumiy  b o ‘lgan  narsa  shu  b o ‘Iganki,  odam ni, 
uning mohiyatini anglash  uch u n  aw alo,  uning shu jam iyatda to ‘tgan 
o ‘m i va mavqeini bilish zarur.  Shaxsni o‘rganishning birlamchi mezoni 
ham  shundan  kelib  chiqqan  holda,  uning  ijtimoiy  mavqei,  ijtimoiy 
m unosabatlar  tizimidagi  o ‘m i  bilan  belgilanishi  kerak.
Demak, inson jamiyat a’zosi sifatida uning normalariga bo‘ysunadi, 
uning  kutishlariga javob berishga  harakat  qiladi  va  o ‘z  xulqini  uning 
talablariga monand qilishga intiladi.  Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, 
shaxs fenomeniga ta ’rif berish  mumkin.
Shaxs  —  ijtimoiy  va shaxslararo  munosabatlaming mahsuli,  ongli 

Download 5,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish