Bog'liq ‘zbek ist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi X.
4.10. Bipolyar tranzistorlaming chastota xususiyatlari Analog sxemalarda kuchaytiruvchi element sifatida ishlovchi BTning
asosiy parametrlari bo'lib EO‘ning r£ va KO‘ning /^differensial
qarshiliklari va mos ravishda UB hamda UE ulangan sxemalarda esa
h2,B va h2lE differensial tok uzatish koeffitsientlari xizmat qiladi.
Tranzistor chastota xususiyatlari parametrlarining chastotaga
bog'liqligi bilan ifodalanadi. Tok uzatish differensial koeffitsientining
chegaraviy chastotasi fCHEG tranzistor sifatini belgilovchi eng muhim
ko‘rsatkich hisoblanadi. U UE ulangan sxemada, tok uzatish differensial
koeffitsienti h2IE qiymati birga teng bo‘ladigan chastota sifatida
aniqlanadi. UE va UB ulangan sxemalar tok uzatish koeffitsientlarining
chastotaga bog‘liqligi 4.21-rasmda logarifmik masshtabda keltirilgan,
shu yerda chegaraviy chastotalar ham belgilangan bo‘lib, f = f CHEG bo‘lganda birga ekstropolyatsiyalanuvchi to‘g‘ri chiziqli kesma mos
keladi. Bundan f CHEG - f h2lFhll[: ekanligi kelib chiqadi.
To‘g‘ri chiziqli kesmada f h2lEh,lE ko'paytma o‘zgarmas qolgani
uchun, chegaraviy chastotani \h2iE\ ni to‘g‘ri chiziqli kesmaga mos
ixtiyoriy chastotada o'lchab topish mumkin.
h2IE va h21B parametrlar orasidagi bog‘liqlik asosida f h2W chegaraviy
chastota f h2lE chastotaga nisbatan (/?+ 1) marta katta. Bu UE ulangan
sxemaning chastota xususiyatlari UB ulangan sxema chastota
xususiyatlariga nisbatan yomon ekanligini bildiradi.
Dinamik rejimda h2IB va h21E kattaliklar chastotaga bog‘liq bo‘ladi.
Shu sababdan ushbu uzatish koeffitsientlari kompleks qiymatlari bilan
almashtiriladi.
Tranzistor o‘tishlari sig‘imlarining chastota xususiyatlariga ta’siri
4.22-rasmda ko‘rsatilgan. Sxemada chiqish sig‘imi chiqish qarshiligi
RYu bilan RC — zanjirni tashkil etadi (RYukollektor bilan yuklama
qarshiligini, CYu esa o‘tish bilan yuklama sig'imini o‘z ichiga oladi).
Shu sababli / = 1 / 2nRYuCyu chastotada signal pasaya boshlaydi.
Manba qarshiligi RM\a kirish sig'imi Cfi£haqida ham yuqoridagilarni
aytish mumkin.
CKB sig'im boshqacha xususiyatga ega. Kuchaytirgich kuchlanishwww.ziyouz.com
kutubxonasi
4.21-rasm. UE va UB ulangan sxemalarda tok uzatish koeffisietlarining
chastotaga bog'liqligi.
bo‘yicha ma’lum kuchaytirish koeffitsienti Kv ga ega. Kirishdagi kichik
signal kuchlanishi kollektorda kirishdagiga nisbatan Kv marta kuchayadi.
Bundan signal manbayi uchun CKB uni baza va umumiy nuqtaga
ulangandagiga qaraganda (Ки+\)marta kattaligi kelib chiqadi, ya’ni
kirish signali kesilish chastotasini hisoblashda teskari aloqa sig‘imi
o'zini kirish va umumiy nuqta orasiga ulangan CKB (Кц+X) sig‘imli
kondensatordek tutadi. CKB sig‘imning effektiv ortishi Miller ejfekti deb ataladi. Bu effekt kuchaytirish pasayishida asosiy sabab hisoblanadi,
chunki teskari aloqani hosil qiluvchi sig‘im CKf z 4pF ni tashkil etadi
va umumiy nuqtaga ulangan bir necha yuz pikofaradalik effektiv
sig‘imga mos keladi.