8-chizma. Korxonalar moliya resursiarining taríibi va lining maiilmfari.
Kreditlash shaklida korxonalar o ‘zlarining ishlab chiqarishda yuzaga chiqqan vaqtinchalik moliya resursiariga boMgan ehtiyojlarini tijorat banklari jan maqsadlilik, ta ’min'anganlik, to ‘lovii!ik, qaytarib berishlik va muddatlilik tamoyillan asosida kredit olish nalijasidan qondirishlari inurnkin.
Davlat tomonidan moliyalashtirishda korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlar hisobidan qaytarib bermaslik asosida pul mablag‘lari bilan ta ’minlanishi amalga oshiriladi. Moliyalashtirishning ushbu shakli yordamida davlat maqsadli ravishda iqtisodiyotning moddiy va nom oddiy sohalari, tarm oqlar, hududlar, xo‘jalik subyektlari va aholining ayrim toifalari o'rtasida moliya resurslarini qayta taqsimlanishini amalga oshiradi.
Amaliyotda korxonalar moliya resurslarini tashkil etishda moliya- lashtirishning uch shaklidan birdaniga foydalanish mumkin. Bundan asosiy maqsad ular o'rtasidagi oqilona muvozanatni saqlash hisoblanadi. Bunday oqilona muvozanatga erishish korxona moliya xizmatining faol moliya siyosatini olib borishga bevosita bog‘Iiqdir.
Korxonalar moliya resurslarining sarflanishi turli yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin. Ushbu yo'nalishlarning asosiylari quyidagi- lardan iborat:
kapital qo‘yilmalar, ishlab chiqarishni kengaytirish, texnikaviy qayta jihozlash xarajatlari;
moliya va bank tizimidagi tashkilotlar oldidagi moliya majbu- riyatlarini bajarish (davlat budjetiga va budjetdan tashqari fondlariga soliqlar to‘lash, kreditdan foydalanganlik uchun to'lovlarni amalga oshirish);
moliya bozorida qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilish xara jatlari;
korxona ishchi-xodimlariga ish haqi, mukofotlar to‘lash;
moliya resurslaridan homiylik uchun mablag'lar ajratish va boshqalar.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini uzluksizligini ta’minlashda moliyalashtirishni amalga oshirishda ular tom onidan moliyaviy zaxira- larni tashkil etishlari m uhim ahamiyatga egadir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mohyaviy zaxiralarning ahamiyati yanada oshadi. Korxonalar faoliyatida ko'zda tutilgan omillar natijasida yirik miqdorda zarar ko'rish holati yuzaga chiqqanda ishlab chiqarishning uzluksizligini zarur moliya resurslari bilan ta’minlashda moliyaviy zaxiralar katta ahamiyatga egadir.
Moliya zaxiralari korxonalar tam onidan foydadan ajratm alar hisobiga, yuqori tashkilotlariga normativ ajratmalar hisobiga, sug'urta tashkilotlariga badallar to ‘lash hisobiga va davlat tomonidan zaxira fondlari tashkil etish yordamida shakllantirilishi mumkin.
B ozor iq tisodiyoti sharoitida k o rx o n alar faoliyatini m oliya resurslari bilan uzluksiz ta ’minlash va ularni oqilona boshqarishda moliya xizmati faoliyati qanday saviyada tashkil etilishi juda m uhim ahamiyatga egadir.
0 ‘zlik va jalb etilgan moliya resurslaridan moliya xizmati tomonidan faoliyati xalqaro amaliyotda «moliyaviy menejment» deb nomlanadi. Korxonaning moliyaviy barqarorligi aynan moliyaviy menejmentning qanday yo‘lga qo‘yilganligiga bevosita bog‘liqdi.r.
Hozirgi zamon korxonalari doimiy ravishda o ‘zgarib turuvchi bozor munosabatlar sharoitida va raqobat asosida o ‘z faoliyatini olib boradi. Korxonalar asosiy faoliyatining pirovard maqsadi nafaqat darom ad olish va shuning bilan bir qatorda shaxsiy kapitalni saqlab turish, uni ko ‘paytirish ham da tadbirkorlikning bir m arom da ushlab turish hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini olib borish jarayonida korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulot sotish, ishlarni amalga oshirish, xizmatlar ko‘rsatish, shaxsiy moliya resurslarini shakllantirish, tashqi manbalaridan mablag'lar jalb qilish, uni taqsimlash va sarflanishi bilan bevosita bog‘liq moliyaviy munosabatlar yuzaga chiqadi. Bu ta ’kidlab o'tilgan barcha moliyaviy m unosabatlar 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2002-yil 27-dekabrdagi 140-sonli buyrug‘iga va 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tom onidan 2003-yil 24- yanvarda 1209-son bilan ro‘yxatga olingan 1-sonli shakl «Buxgalteriya balansida» aks ettiriladi.
Korxonalarning buxgalteriya balansi o ‘z mohiyatiga ko'ra aniq
bir muddatdagi korxonaning mulkiy va moliyaviy holatida aks ettirgan jadvaldan iborat. Buxgalteriya balansi asosan ikki aktiv va passiv qismdan tashkil topgan. Balansning aktiv qismida korxonaning m ol- mulki, nomoddiy va joriy aktivlari, passiv qismida esa korxonaning o ‘z mablag'lari manbalari ham da majburiyatlari aks ettiriladi. Quyida korxonaning buxgalteriya balansini tarkibi yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |