Qisqacha xulosalar
M oliya — davlat to m o n id an tashkil etiladigan pul munosa- batlarining yig'indisi bo‘lib, unda umumdavlat pul mablag‘lari fondlarini tashkil etish va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy* vazifalarini bajarish uchun taqsimlanish hamda sarflanish amalga oshadi.
M oliya siyosati — davlat zimmasiga yuklatilgan funksiyalarni bajarish uchun moliya munosabatlaridan foydalanish yuzasidan tashkil etiladigan chora-tadbirlarning yig‘indisi.
M oliya tizimi real iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy muam- m olarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlar, dastaklar hamda moliya institutlarining barcha b o ‘g‘inlari faoliyatining yig'indisidan iborat.
Davlat budjeti — davlat pul mablag‘larining (shu jumladan, davlat maqsadli jamg'armalari mablag‘lari), markazlashtirilgan jamg'armasi bo ‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratilgan m ablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |