‘zbek ist n respublikasi



Download 26,01 Mb.
bet73/134
Sana18.01.2022
Hajmi26,01 Mb.
#384136
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   134
Bog'liq
Pul, kredit va banklar (1)

. Bank tizimi va uning operatsiyalari

Agar mamlakatda yetarli darajada bank faoliyatini ko‘rsatayotgan banklar, kredit tashkilotlar hamda iqtisodiy tashkilotlar mavjud b o ‘lsa u holda bank tizimi mavjudligi to ‘g‘risida gap yuritsa b o ‘ladi. Ushbu rharoitda banklar va kredit tashkilotlari turli shakllarida ham da doimo o'z mijozlari — iqtisodiyot subyektlari, Markaziy bank, boshqa organ-



lar, davlat hokimiyatlari va davlat boshqaruv organlari, o'zaro yoki yordamchi tashkilotlar bilan muloqotda (munosabatda) bo'lib turadi. Bank tizimi — tashkiliy tuzilma sifatida yirik tizim bo‘lib —

mamlakatning iqtisodiy tizimiga kiradi. Bu shuni bildiradiki, banklar- ning faoliyati va rivojlanishini moddiy va nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, muomala va iste’mol qilish bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqish zarurdir. 0 ‘zining amaliy faoliyatida banklar xujvalik hayotini tartibga solish mexanizmi bilan uzviy ravishda bog‘liq.

Shu bilan birga banklar soliq tizimi, baho tizimi, baho va daromad siyosati, tashqi faoliyat iqtisodiy faoliyat shartlari bilan uzviy aloqada bo‘lishlari shartdir. Bu shundan darak beradiki, mamlakatdagi ijtimoiy- iqtisodiy o'zgarishlar ko'p hollarda bank tizimi faoliyatiga boshqa ijtimoiy — xo'jalik mexanizm i bilan aloqadorligidagi harakatiga bog'liqdir.

Bank tizimi — bu m amlakat hududida tarixan shakllangan va qonun bilan mustahkamlangan kredit tashkilotlarining faoliyat ko‘r- satish shaklidir. Xuddi pul va moliya tizimi kabi bank tizimi o ‘ziga xos milliy belgilariga egadir. Shu belgilar shu hududning, geografik shartlari ob-havo aholi milliy tuzilishi, ularni nima bilan mashg'ulligi, q o 's h n i la r bilan m unosabati, savdo yo'llari va om illar asosida shakllanadi.

Bank tizimi — yagona m a’noga ega emas. Uni turli tamoyillarni ko‘rish, turli holatlariga qarab guruhlash mumkin. Masalan, ularni tashkiliy tuzilishiga ko‘ra intitutsional chizma ko‘rinishida ko'rib chiqish mumkin. Bundan tashqari, bank tizimini bajaradigan funk- siyalari, o ‘zaro aloqadorligi, mavqeyi, maxsus yo'nalishi, bajaradigan operatsiyalarga va ularni tahlil etilishiga qarab ham guruhlash mumkin.



O'zbekiston Respublikasida banklar faoliyati, jumladan ularning qimmatli qog'ozlar bozoridagi faoliyati 0 ‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25 - aprelda qabul qilingan « Banklar va bank faoliyati to ‘g'risida»gi hamda 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan « 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to ‘g‘risida»gi Qonunlariga asosan tashkil etiladi va tartibga solinadi. Amaldagi qonunchilikka k o ‘ra, bank — bu tijorat tashkiloti bo‘lib, yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlarni qabul qilish, olingan m ablag‘lardan o ‘z qaltisligi va xatari ostida kreditlash yoki investitsiyalash, shuningdek, to'lovlarni amalga oshirish uchun foydalanadigan yuridik shaxsdir. Dunyoning ko‘plab rivojlangan davlatlaridagi kabi, bizning davlatimizda ham ikki pog'onali bank tizimi shakllantirilgan va u faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Respub-

likamizning bank tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa tijorat banklar faoliyatini tartibga solib turuvchi, hukumatning «bankchisi» vazifasini o ‘taydigan, mamlakatda pul muomalasini tartibga solib turuvchi va hukumatning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi rasmiy agenti hamda dileri hisoblangan, banklarning banki bo‘lgan 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqarib turadi (birinchi pog'ona). Tijorat banklari xo ‘jalik yurituvchi subyektlarga kredit, hisob-kitob yuritish xizmatlarini ko‘rsatadi, ular passiv (o‘z shaxsiy resurslarini shakllantirish bilan bog‘liq bo'lgan), aktiv (omonatlarni joylashtirish operatsiyalari) hamda vosi- tachilik kredit bilan bog'liq bo‘lmagan operatsiyalarni amalga oshiradi (ikkinchi pog'ona).

Mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka asosan, ya’ni 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan « 0 ‘zbekiston Respublikasi M ar­ kaziy banki to ‘g ‘risida»gi va 1996-yil 25 - aprelda qabul qilingan

«Banklar va bank faoliyati to ‘g‘risida»gi qonunlariga asosan mamla- katimiz hududida tijorat banklari turli muikchilik shaklida, ya’ni davlat, aksiyadorlik-tijorat, hususiy hamda xorijiy sarmoya ishtirokida tashkil etilishi mumkin.

Tijorat banklarining belgilariga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin. Muikchilik shakliga qarab banklar: davlat bankiga, aksiyador banklarga, kooperativ, xususiy, mintaqaviy, aralash mulkchilikka asos- langan bankka bo‘linadi. Aksiyador banklar aksiyador jamiyat kabi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi aksiyador banklar b o ‘lishi mumkin. Aksiyadorlar safiga kirish aksiyalarni sotib olish yo ‘li bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning aksiyalarini sotib olishi va aksiyadorlar bo‘lishi mumkin.

Aksiyador tijorat banklarining yuqori organi — aksiyadorlarning um um iy yig'ilishi hisoblanadi. H ar yili aksiyadorlarning yig'ilishi ustavdagi va ustav kapitalidagi o'zgarishlarni, yillik faoliyat va uning natijalarini, bank daromadlarini tasdiqlash, Bank Kengashi tarkibini saylash bankning sho’ba inuassasalarini tashkil qilish va bekor qilish kabi masalaiarni ko‘rib chiqishi mumkin.

Ba’zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi m umkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham huquqiy va jismoniy shaxslar bo'lishi mumkin.



Xususiy banklar — jismoniy shaxsning pul mablag‘lari hisobidan tashkil qilingan banklar hisoblanadi.

Joylashish belgisiga qarab tijorat banklar: xalqaro, Respublika, mintaqaviy, viloyat banklariga b o ‘linishi mumkin.

Bajaradigan operatsiyalariga qarab tijorat banklar — universal va maxsus banklarga bo'linadi.

Universal banklar xilma-xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlar amalga oshirish xususiyatiga ega bo ‘ladi. Maxsus banklar m a ’lum yo'nalishlarga xizmat ko'rsatib, o ‘z faoliyatini shu yo‘nalishlarda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga bag‘ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko'rsatuvchi banklar, eksport-import operatsiya- larini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, ipoteka-zamin banklari kirishi mumkin.



Banklarni intutisional tuzilishi b o ‘yicha guruhlari bir qancha unsurlarning majmuyini bevosita va bilvosita bank faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarni, ularning tuzilishini, vazifalari, funksiyalari, mu- hitdagi operatsiyalarini o ‘zaro aloqadorlikda o ‘z ichiga oladi. (tashkilot va korxonalar).

Tashkiliy tuzilish bo‘yicha guruhlash ushbu davlatda faoliyat olib boradigan kredit turlari va shakllarini, bunda ishtirok etadigan banklarning turlarini o ‘z ichiga oladi. Tuzilma kredit shakllari va bank ishtiroki belgilariga qarab tuziladi.

Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo'lgan bank tizimlarini shartli ravishda universal va segmentlangan turlarga ajratish mumkin. So‘nggi paytlarga qadar Germaniya, Fransiya, Gollandiya, Shvetsariya kabi rivojlangan mamlakatlarga universal banklar xos edi. Hozirda universal banklar asosiy mamlakatlarda mavjuddir.

Segmentlangan bank tuzilmasi tijorat va nobank kredit tashkilot- lariga faoliyat muhitini (operatsiyalarini) qat’iy qonuniy tomonidan chegaralab qo'yilishini bildiradi. Bunday holat hozirda AQSH, Yaponiya, Kanada kabi davlatlarda mavjud bo‘lib ularda korporativ mijozlarning qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish operatsiya- lari bilan shug‘ullanishlari taqiqlanadi. Biroq bugungi kunda AQSH 1933 -yilda qabul qilingan G lass- Stegal qonuni bekor qilinishi kutilmoqda.

0 ‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari Markaziy bankdan litsenziyani olgandan so'nggina davlat qimmatli-qog'ozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirilishi mumkin.



Ularga qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar qilish uchun, to ‘lov xarajatlari funksiyasini bajaruvchi qog‘ozlar uchun (veksel-chek) yoki pul mablag‘larini jam g‘armalarga va bank raqamlariga jalb qilishlarini tasdiqlovchi qog'ozlar (depozit va jam g‘arma sertifikatlari) uchun maxsus litsenziya olishlari shart emas.

Bugungi kunda banklarni va boshqa moliya-kredit tashkilotlari orasidagi farqini yo‘qotishni mamlakatdagi kapital harakatining markaz- lashuvuni va jamg'arilishi bilan bevosita bog‘liqdir.

Bunday harakat natijasida o ‘zaro yaqin va o ‘xshash b o ‘lmagan kredit tashkilotlarini yo'qolib ketishi yoki qo‘shilishi jarayoni amalga oshirilishi mumkin.

Shuni bilan birga banklarning universallashuvi m akroiqtisodiy omillariga bog‘liqdir. Ammo bu faoliyat uzoq muddatni o ‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda farqlarning yo‘qolishi va banklar tom onidan funksional va yuridik xususiyatlarni bekor b o ‘lishi asosan yirik tijorat banklarida sezilarli amalga oshmoqda.

Shuni qayd qilish lozimki, yirik banklarning universallashuvi va global yo'nalishlarining olib borilishi kichik banklarning, maxsus kredit tashkilotlariga, y a ’ni m a ’lum turdagi operatsiyalarga m oslashgan tashkilotlarga aylanishiga sabab b o ‘lmoqda. Bu esa ko'pgina m am la- katlarda faoliyot ko'rsatayotgan ko‘p bosqichli bank tizimiga xos xususiyatdir.

Bugungi kunda banklarning ko‘p pog‘onali bo'lishi ularning tashkiliy tuzilishiga bog‘liq.

Ammo, rivojlangan mamlakatlarga bir yoki ikki pog'onali bank tizimi xosdir

Bir pog‘onali bank tizimi varianti mamlakatda yagona markaziy bank hali mavjud bo'lm asa yoki bitta m arkaziy b ankdan iborat bo'lsagina real (haqiqatda) mavjud bo'lishi mumkin.



Ammo sivilizatsiya darajasidagi bozor iqtisodiyoti sharoitiga ikki pog'onali bank tizimi xos. Bunda birinchi pog‘ona banklari-bu M ar­ kaziy bank, ikkinchi quyi pog'ona esa-tijorat banklari va kredit tashkilotlaridir.

Markaziy bank-bank tizimi mavjud bo'lgan barcha davlatlar pul- kredit tizimining asosini tashkil qiladi. Markaziy bankning moliya bozoridagi o ‘rni m am lakatda bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga va xususiyatiga bog'liq.

Bu esa o ‘z navbatida ikki pog‘onali bank tizimining shakllanishiga asosiy omil bo'lib hisoblanadi. Chunki buning tepasida M arkaziy bank bo‘ladi.



Ikki pog‘onali bank tizimining zarurli bozor munosabatlarining qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tomondan, bu xususiy moliya mablag'laridan erkin foydalanish huquqini talab qiladi. Bu quyi pog'ona banklar-tijorat banklari orqali amalga oshiriladi.

Ikkinchi tomondan, bu munosabatlarni m a’lum miqdorda tartibga solish nazorat qilish maqsadli yo'naltirish zarur. Bunday maxsus institut sifatida Markaziy bank yuzaga chiqadi.

Yuqorida ko‘rib o'tganimizdek, bank faoliyatini maxsus litsenziya asosida amalga oshiriladigan faoliyatdir. Biz aytganimizdagi O'zbe- kiston Respublikasi Tijorat banklari Markaziy bank tomonidan berila- digan litsenziya asosida faoliyat olib boradilar.

Ularga qo'shimcha retsenziya zarur emas (faqat valuta operatsiya- laridan tashqari).

Bozor iqtisodiyoti va jahon xo‘jaligi rivojlanishi bilan bank tizimi ham rivojlana bordi. Hozirgi sharoitda banklar tobora ko‘proq faqat sof bank operatsiyalarini bajaradigan emas.

Tijorat banklari quyidagi operatsiyalarni bajaradi:

  • passiv operatsiyalar;

  • aktiv ssuda operatsiyalari;

  • bank xizmatlari va vostitachilik operatsiyalari;

  • bankning o ' z m a b l a g ia r i hisobidan amalga oshiradigan operatsiyalar va boshqalar.

Tijorat banklarini boshqa barcha tashkilot va muassasalardan farqi faqatgina o ‘ziga xos xususiyatga ega muassasa deb qarash mumkin. Tijorat banki davlatning, yuridik shaxslarning hamda aholining vaqtincha bo'sh pul mablag'larini qaytarib berishlilik, to‘lovlilik va muddatlilik shartlari asosida jamlab, ularni o 'z nomidan daromad olish maqsadida joylashtirish faoliyatini amalga oshiradigan muassa- sadir. Tijorat banklarining asosiy faoliyati bu vaqtincha bo‘sh pul mablagMarini kreditorlar va qarzdorlar o'rtasida hamda sotuvchilar va xaridorlar o'rtasida aylanishini vositachilik asosida olib borish hisoblanadi.

S h u n i t a ’k id lash lozim ki, iq t iso d iy o td a pul m ab la g 'la r in i joylashtirish yuzasidan faoliyatni tijorat banklaridan tashqari bir qator maxsus-ixtisoslashgan moliya-kredit institutlari, ya’ni investitsiya fondlari, kredit uyushmalari, sug'urta kompaniyalari, brokerlik va dilerlik firmalari ham olib boradi. Lekin, tijorat banklarining mamlakat moliya bozorida faqatgina o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Ular quyidagilardan iborat:



-- birinchidan, tijorat banklari faoliyati uchun qarz majburiyatlari

yuzasidan ikki tom onlam a tasnif mavjud. Ular birinchi tom ondan yuridik va jismoniy shaxslar uchun muomalaga o'zlarining qarz majbu- riyatlarini, ya’ni depozit sertifrkatlari, depozit-jamg'arma sertifikatlari,

obligatsiyalarini chiqaradi. Ikkinchi tom ondan esa tijorat banklari qo‘shimcha daromad olish maqsadida boshqa emitentlarning muoma- laga chiqargan qarz majburiyatlarini (aksiyalar, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari) sotib oladilar:

  • ikkinchidan, tijorat banklari o ‘z nomidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlar (obligatsiyalar, depozit sertifikatlari) bo'yicha qat’iy belgi- langan foiz bo‘yicha daromad toManishi majburiyatini oladilar. Inves- titsiya fondlari esa daromad toManishi yuzasidan qaltisliklarni inves- torlar zimmasiga yuklaydilar.

Tijorat banklari o‘z faoliyatini yuritish uchun chetdan qo‘shimcha mablag* jalb etishlari lozim. Bu faoliyat-tijorat banklari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan vaqtincha bo‘sh pul mablag'larini qavtarib berishlilik, to‘lovlilik hamda muddatlilik shartlari asosida jalb etish bilan bog‘liq faoliyat passiv operatsiyalar hisoblanadi. Tijorat banklaririing aktiv operatsiyalarini amalga oshirish uchun pul sarmoya- lariga bo'lgan ehtiyojning 90 foizi chetdan jalb qilingan mablag'lar hisobiga qoplanadi.

Chetdan jalb qilingan mablag'lar jalb qilinish rnanbalariga qarab quyidagilarga boMinadi:

  • banklararo bozorda kreditlar olish:

  • veksellar hisob-kitobi va Markaziy bankdan kreclit olish;

  • muomalaga qimmatli qog‘ozlarni chiqarish (aksiyalar, obliga- tsiyalar,depozit sertifikatlari, depozit-jamg'arma sertifikatlari, veksellar);

  • depozitlarni jalb etish;

  • qimmatli qog'ozlarni qaytib sotib olish sharti bilan sotish shartnomalari («Repo» operatsiyasi)ni amalga oshirish;

  • Yevronot va Yevrobondlar bozorida ishtirok etish;

  • Bank akseptlarini (aval sifatida) sotish.

Tijorat banki tashkil etilishiga asosan aksiyadorlik jam iyati hisoblanadi. Bu yerda xususiy ochiq turdagi aksiyadorlik tijorat banki va hususiv yopiq turdagi aksiyadorlik tijorat banklari shaklida boMishi mumkin.

Lekin tashkil etilishidan qat’i nazar tijorat banklari balansining



passiv qismi moddalari bir-biridan farq qümaydi.

Tijorat banklari o ‘z faoliyatining pirovard maqsadi darom ad topishdir. Xalqaro amaliyotda banklarning daromad topishga yo‘nal- tirilgan faoliyati aktiv operatsiyalar deb nomlanadi. Tijorat banklarining o ‘zlik va yuridik hamda jismoniy shaxslarning vaqtincha bo ‘sh turgan pul mablag'larini jalb etish natijasida m a’lum daromad topish uchun

  • ‘z nomidan foydalanishdagi faoliyati aktiv operatsiyalardir. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari juda xilma-xildir, lekin xalqaro amaliyotda aktiv operatsiyalar quyidagi asosiy turlarga ajratiladi:

    • yuridik va jismoniy shaxslarga turli muddatlar va turli maqsa- dlarga hamdaturli shartlar asosida kreditlar berish;

    • bank mijozlariga har xil vositachilik xizmatlarini ko'rsatish;

    • davlat va boshqa yuridik shaxslarning qimmatli qog'ozlariga o ‘z nomidanva o ‘z hisobidan investitsiya qilish;

    • lizing operatsiyalarini amalga oshirish;

    • investitsiya loyihalarini amalga oshirish;

    • «repo» operatsiyalarini amalga oshirish;

    • valuta dilingi operatsiyalarini amalga oshirish;

    • mijozlarga boshqa turdagi an’anaviy va noan’aviy bank xizmatlarini ko‘rsatish.

Tijorat banklari aktiv operatsiyalarni olib borish y o ‘li bilan darom ad olishga harakat qiladi, lekin bu faoliyatni olib borish jarayonida tasdiqlangan qonunchilik me’yorlariga amal qilishlari lozim. Tijorat banklari o ‘zlari uchun o‘rnatilgan likvidlik darajasini saqlab turishlari hamda olib borilayotgan aktiv operatsiyalarining turlari b o ‘yicha yuzaga chiqishi mumkin bo'lgan qaltisliklarni oqilona taqsimlashlari shart

Am aldagi qonunchilikka asosan tijorat banklari o ‘zlarining aktivlarining m a’lum qismini daromad keltirmaydigan hamda juda kam miqdorda daromad keltiruvchi aktivlarga yo'naltiriladi. Masalan, daromad keltirmaydigan aktivga 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob raqamida saqlanadigan majburiy zaxiralarni, asosiy vositalarni, jihozlar va buyumlarni, hamda kam miqdordagi daromad keltiruvchi aktivga esa kassadagi naqd pulni ko'rsatib o ‘tishimiz mumkin.

Shu bilan birga banklar moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan moliyaviy muassasalarga aylanmoqda, bu bank balansida aks ettirilmaydi, lekin juda katta daromad keltiradi. Masalan; banklar valuta operatsiyalarini bajarganda sarroflar-brokerlar sifatida maydonga chiqadilar va katta m iqdorda vositachilik haqi oladilar. Lekin bu operatsiyalar bank balansida aks ettirilmaydi.



Hozirgi paytda yirik tijorat banklari qariyib 350 turdagi moliyaviy xizmat ko'rsatmoqda.

Shuni ta ’kidlash lozimki Respublika Tijorat banklarining moliyaviy holati bugungi kunda barqaror emas. Shu sababli Respublikada bir

qancha banklarning litsenziyasi chaqirib olindi, bu esa ularni haqiqatda bankrotlikga uchraganligidan darak beradi.

Bank retsenziyasi chaqirib olinish jarayonidan likvidatsion komissiya tuziladi. Ular qiyin va uzoq muddatli murakkab faoliyat olib boradilar.





    1. Download 26,01 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish