. Korxonaning moliya resurslari
Korxonaning moliya resurslari bu — korxonalar ixtiyorida bo‘lgan pul tushumlari va pul daromadlaridan iboratdir. Ularning qo‘llanilishi- ning maqsadi bo‘lib davlat budjeti, tijorat banklari, sug'urta va boshqa korxonalar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini pul mablag‘lari bilan t a ’minlash hisoblanadi.
Moliya resurslari ishlab chiqarishning barqarorligini saqlab turish, uni kengaytirish va korxona ishchi-xodimlarining moddiy rag‘bat- lantirish uchun asosiy manba bo ‘lib xizmat qiladi. Korxonalaming mohya resurslarini manbayi bo‘lib ularning xususiy mablag'lari va turli manbalardan jalb etilgan mablag‘larni tashkil etadi.
Mohya resurslarini birlamchi resurslarini shakllantirilishi korxo naning tashkil etish jarayonida uning ustav fondini shakllantirishda amalga oshadi. Bunda korxona tom o n id an m uom alaga oddiy va
—O.Yu. Rashidov va bosh. 145
imtiyozli aksiyalar chiqarib. ular aksiyadorlar orasida joylashtiriladi. Ustav fondining miqdori tashkil etilayotgan korxonaning mol-mulki, asosiy va aylanma fondlarning miqdoriga bevosita bogiiqdir.
Korxona moliya resurslarining shakllanishining keyingi jarayonni foyda va amortizatsiyadan ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi. Ama- liyotda ushbu ajratmalardan tashqari korxonalar moliya resurslarining manbalari b o i ib quyidagi xizmat qiladi:
ishlab chiqarishga yaroqsiz mol-mulkni sotishdan kelgan tushum;
qurilishda ichki resurslarni jalb qilish;
xorijiy valuta kurs o ‘zgarishidan keladigan tushum;
boshqa tushumlar.
Yangi tashkil etilayotgan korxonalar moliya resurslari tarkibida moliya bozorida muomalaga turli qimmatli qog‘ozlar chiqarish yor- damida (obligatsiyalar) mablag‘ jalb qilish ham alohida o ‘rin egallashi mumkin. Korxona moliya resurslarini shakllantirishda jalb etilgan mablag‘lar, ya’ni tijorat banklaridan olingan kreditlardan ham foydla- nishlari mumkin.
Biz yuqorida t a ’kidlab o ‘tgan moliya resurslaridan tashqari korxo nalar o'zlari kiradigan assotsiatsiyalar, konsernlar, xoldinglar o'rtasida foydani qayta taqsimlanishi, sug'urta kompaniyalar tomonidan zararni qoplash uchun toMovlarni to'lash orqali ham qo'shimcha mablagiarni olishlari mumkin.
Biz korxonalar moliyasining resurslari va manbalarini 8-chizma yordamida yoritishga harakat qilamiz. Chizmada xalqaro amaliyotda korxonalar moliya resurslar va ularni tashkil etishning barcha m anba lari keltiriladi.
Korxonalar turli manbalari hisobiga jalb etilgan moliya resurslaridan ishlab chiqarishni kengaytirish, uni texnikaviy qayta jihozlash. ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda foydalanadilar.
Korxonalar ishlab chiqarish xarajatlarini moliyaviy ta’minlash quy dagi uch shaklda amalga oshirilishi mumkin:
0 ‘z - o ‘zini moliyalashtirish;
Kreditlash;
Davlat tom onidan moliyalashtirish.
0 ‘z - o ‘zini moliyalashtirish korxonalar o ‘z faoliyatini xususiy resurslaridan foydalanishga asoslanadi. Ushbu holatda korxonalar mablag‘lar yetishmay qolganda moliya bozorida qimmatli qog‘ozlarni m uom alaga chiqarish orqali qo'shim cha mablag‘lar jalb etishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |