Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


- MAVZU: MIKROBIOLOGIYaNING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISHI



Download 19,33 Mb.
bet3/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

1 - MAVZU: MIKROBIOLOGIYaNING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISHI


Reja:
1. Mikrobiologiya fanining ahamiyati.
2. Mikrobiologiya fanining maqsadi va vazifalari.
3. Mikrobiologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
4. Mikrobiologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi

Mayda ko’zga (ko’rinmaydigan) organizmlar – mikroblar ularning tuzilishi va hayot faoliyatini o’rganadigan fan mikrobiologiya deyiladi. Mikrobiologiya grekcha so’zdan olingan bo’lib, micros - mayda, bios - hayot va logos - fan demakdir.


Mikrobiologiya mikroorganizmlar morfologiyasini (tsitologiyasi bilan birga), sistematikasi va fiziologiyasini o’rganadi. Ularning hayot faoliyatida kechadigan umumiy sharoitni tekshiradi hamda bizni o’rab turgan tabiatda turli xil moddalarning o’zgarishida mikroorganizmlarning rolini tushuntirib beradi. Tuproqda va tabiatda boradigan bioximiyaviy o’zgarishlarni ko’p qismi umuman mana shu mayda organizmlar ishtirokida bo’ladi. Mikroorganizmlar tabiiy tuproq hosil qilish jarayonida, ekin ekiladigan yerlarda, yerni ishlash va o’g’it solish yoki boshqa hamma agrotexnika tadbirlari (sug’orish, zah yerlar suvini qochirish va boshqalar) bilan bog’liq jarayonlarda va organik o’g’itlar tayyorlash, ularni saqlash hamda ishlatish jarayonlarida ham juda katta ahamiyatga ega. Hozir tuproq holati va uning mikroflorasi o’rtasidagi mustahkam aloqa qat’iy belgilangan. SHuning uchun tuproqni o’rganayotganda undagi mikroorganizmlarning hayot faoliyatini e’tiborga olish kerak. CHunki tuproq mikroorganizmlarini xususiyatini ularning tuproqdagi hayot faoliyatini xisobga olmagan holda o’rganib bo’lmaydi. SHuning uchun mikrobiologiya tuproqshunoslik fani bilan chambarchas bog’langan. Bundan tashqari mikrobiologiya agroximiya fanlari bilan ham aloqadordir. Yerga solingan organik o’g’itlar tuproq mikroblari tufayli sodir bo’ladigan jarayonlar natijasida o’zgargandan keyingina o’simliklar o’zlashtira oladigan holga kelishi hammaga ma’lum. Yerga solingan mineral o’g’itlar ayni vaqtning o’zida vujudga kelgan sharoitda mikroorganizmlar tomonidan dastlab o’zlashtirilmagan va ular hosil qiladigan organik birikmalarga aylantirilgandagina bu mineral o’g’itlar o’simliklar ildizi orqali singdirilishi mumkinligi ham hammaga ma’lum edi.
Bundan tashqari, o’simliklarning ildiz sistemasi juda hilma - hil mikroflora bilan to’liq qoplangan bo’lib, bular o’simliklar ildizi ajratgan mahsulotni o’zlashtiradi va ildiz atrofida turli hil organik hamda mineral moddalarni o’zlashtirib o’simliklarning o’sishi va oziqlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bu mikroorganizmlar asosan bakteriyalar va mikroskopik zambrug’lar “rizosfera mikroflorasi“ deb ataladi. Ayrim rizosfera mikroflorasi o’simlik ildiziga kirib olib aloqada bo’lishi mumkin. Rizosfera zambrug’lar o’rtasida SIMBIOZ organizmlar ham, PARAZIT organizmlar ham bor. Simbioz zambrug’lar - o’simlikning ildizi bilan birga (zamburug’ ildiz) hosil qiladi. Bu zamburug’ ildiz o’simlikning oziqlanishiga yordam beradi. Parazit fitopatogen zamburug’lar o’simliklarda turli xil kasalliklarni hosil qiladi.
Agar bir gektar yerdan tarkibida 80 ming tonna atmosfera azotni tutgan havo ko’tarilib turishini hisobga olsak, bu azot o’simliklarga kam deganda million yilga yetadi. Buni o’simliklarga ko’pincha azot yetishmaslik fakti bilan solishtirsak, mikroorganizmlar qishloq ho’jaligi ishida naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi ravshan bo’lib qoladi.
Atmosferadagi azot molekulyar holda bo’lganligidan o’simlik uni oziq sifatida o’zlashtirishga qodir emas. Buning oqibatida atmosferadagi azot miqdori bilan o’simliklar o’zlashtira oladigan azot miqdori o’rtasida farq vujudga keldi. Faqat ba’zi bir tuproq mikroorganizmlarigina bunday hususiyatga ega. Mikroorganizmlar nobud bo’lgandan keyin tuproqda bog’langan azot birikmalarini qoldirib, yerni o’simliklar uchun muhim bo’lgan elementga boyitadi. Agar bog’langan azot zahirasi chimli-podzal tuproqli erlarda gektariga 5-6 tonna va qora tuproqli (30sm chuqurlikda haydalgan) yerlarda gektariga 18-20 tonna borligini hisobga olsak, chimli-podzol tuproqli yerlarda o’suvchi qishloq ho’jaligi ekinlarining ko’pi azot yetishmaganligidan kam hosil beradi. Mo’l hosil olish uchun esa har gektar yerga 100 kg. ga yetkazib azot solish kerak. Bundan ma’lumki bog’langan azotning barcha formalarini o’simliklar o’zlashtira olmas ekan. O’simliklar tuproq chirindisi tarkibiga kiruvchi tuproqdagi bog’langan azot zapasining 99% ga yaqinini o’zida tutuvchi murakkab azot birikmalarini umuman o’zlashtirmaydi. A.A.Timiryazev o’simliklar quyosh energiyasi hisobiga karbonat angidritni o’zlashtirib va o’z tanasining moddalarini sintezlab, kosmik funktsiyani bajarishini o’z vaqtida aniq isbotlab berdi. Saprofit mikroorganizmlar ham nobud bo’lgan o’simlik va hayvon qoldiqlarini parchalab, o’simliklar o’zlashtira oladigan karbonat angidrit va azot birikmalari hosil qilib juda muhim funktsiyani bajarishi aniqlangan. Mana shu mikroskopik organizmlarsiz biologik jihatdan eng muhim bo’lgan elementlar yer yuzida aylanib yurmagan va yerda hayot rivojlanish tomonga qarab taraqqiy etmagan bo’lar edi.
Mikrobiologiya biologiyaning nisbatan yosh tarmog’i bo’lib, u kun sayin rivoj topmoqda. Bioximiya, molekulyar biologiya, biotexnologiya, agroximiya, veterinariya, meditsina, epidemiologiya, qishloq xo’jaligi, sanoat, geologiya, genetika, kosmik mikrobiologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog’liqdir.
Ko’pgina foydali qazilmalarning (torf, toshko’mir, neft, temir, oltingugurt rudalarining) hosil bo’lishi ham bakteriyalar faoliyati bilan bog’liqdir.
Tuproqda uchraydigan azot to’plovchi mikroorganizmlarni o’rganish atmosfera azotidan foydalanish masalasini hal etishda muhim ahamiyatga ega. Akademik V.L.Omelyanskiy mikroblarni shunday xarakterlaydi: «Ular (mikroblar) hamma joyda bor... Ular ko’zga ko’rinmasdan, odamning hayot yo’lida hamroh bo’ladi». Lekin ba’zi bir mikroorganizmlar oziq-ovqat mahsulotlarni (go’sht, baliq, don, kartoshka va rezavor mevalarni) buzadi yoki turli-tuman yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu to’g’rida V. L. Omelyanskiy shunday degan: «Mana shu mikroskopik, lekin shafqatsiz dushman tufayli butun-butun bir oblast xalqlarini qirib bitiradigan va qisqa muddat ichida yuzlab, minglab odamlarning yostig’ini quritadigan xavfli epidemiya paydo bo’ladi». Masalan, vabo, sil, gonoreya, difteriya, kuydirgi, qoqshol va boshqa kasalliklar shular orqali tarqaladi. Amerika Qo’shma SHtatlarida 200 turdan ortiq bakteriyalar, o’simliklarni zararlaganligi aniqlangan.
Mikrobiologiya fanining bir qancha tarmoqlari mavjud:

  • Umumiy mikrobiologiya;

  • Tibbiyot mikrobiologiyasi:

  • Qishloq ho’jalik mikrobiologiyasi ;

  • Veterinariya mikrobiologiyasi;

  • Sanoat mikrobiologiyasi ;

  • Suv mikrobiologiyasi;

  • Kosmik mikrobiologiya va boshqalar.


Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish