Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 19,33 Mb.
bet14/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

TSitoplazmatik membrana. Uning qalinligi 9 nm. cha bo’lib, u hujayra devoriga ichki tomondan yopishib turadigan, tsitoplazmaning tashqi qavatidir. U ikki qavat lipid molekulalaridan tuzilgan, har bir qavat monomolekulyar oqsil bilan qoplagan. TSitoplazmatik membrana hujayra quruq moddasining 8-15% tashkil etadi va hujayrani lipid qismining 70-90% ni tutadi. TSitoplazmatik membrana osmotik bar’er vazifasini bajaradi va hujayraga moddalarning kirib chiqishni boshqarib boradi. Ko’pincha tsitoplazmatik membrana ichki tomondan bo’rtib chiqib undan mezosomalar hosil bo’ladi. TSitoplazmatik membrana va mezosomalar yuqori darajali organizmlardagi membrana va mitoxondriyalar vazifasini bajaradi. Ularning usti va ichida ferment va energiya bilan ta’min etuvchi sistemalari joylashgan. Bularga nafas fermentlari, hujayraga moddalarning kirib – chiqishini regulyatsiya qiluvchi ferment sistemalari, azotofiksatsiya, xemosintez va boshqa jarayonlarni amalga oshiruvchi fermentlar sistemasini misol qilib keltirish mumkin.
Hujayra devori va kapsulasining biosintezi, tashqariga ekzoferment ajratish, bo’linish, spora hosil qilish funktsiyalari tsitoplazmatik membrana, mezosoma va shunga o’xshash strukturalarga bog’liqdir.
TSitoplazma. TSitoplazma membrana bilan o’ralgan. U kolloid sistema bo’lib suv, oqsil, yog’, uglevodlar, mineral moddalar va boshqalardan tuzilgan. Uning tarkibi bakteriyaning yoshi va turiga qarab o’zgarib turadi. Unda, ya’ni tsitoplazmatik membrananing ichki qismida, genetik apparat, ribosomalar, kiritmalar bo’lib, bulardan qolgan qismini tsitozol tashkil qiladi. TSitozol tsitoplazmaning gomogen qismi bo’lib, oqsillar, fermentlar, substratlar, eruvchan RNK va boshqa hujayra granulalaridan iborat.
TSitoplazma strukturasini o’rganish natijasida uning mayda granulali ekanligini va bu granulalarning diametri 10-20 nm ekanligi aniqlandi. Ularning ko’pchiligi ribosomalardir (ribosomalarning 60% RNK va 40% oqsil), ribosomalarni miqdori bitta bakteriyada 5000dan 50 000gacha bo’lib, ular oqsil sintezini poliribosoma holida olib boradi.
TSianobakteriylar tsitoplazmasida tilakoid (fikibilisomlar) bo’lib, ular fotosintez olib boruvchi membrana qurilmalaridir. Ular xlorofil va karatinoidlardan tuzilgan.
Qirmizi rangli oltingugurt bakteriyalarda fotosintez olib boradigan fermentlar (bakterioxlorofill, karatinoidlar) xromotoforlarda joylashgan. Ular hujayra massasining 40-50% tashkil etadi. Tilakoidlar oqsil va lipidlardan tuzilgan. Tilakoidlar tsitoplazma yoki ichki membrana bilan bog’langan deb taxmin qilinadi.
Yashil bakteriyalarda fotosintezda qatnashuvchi pigmentlar xlorosoma deb ataladigan membrana qurilmasida mavjud.
Suv bakteriyalarining ko’plari gaz bilan to’lgan struktura – gaz vakuolalar (aerosomalar) tutadi. Ba’zi bakteriyalarda esa poliedr tanachalar (ko’p burchakli) yoki karboksisomalar bo’lib, ular SO2 ni bog’lash vazifasini bajaradi.
Nukleoid. TSitoplazmada, yadroda ekvivalenti – nukleoid bakteriya hujayrasining markazida joylashgan. Taxminlarga ko’ra, hujayraning rivojlanish stadiyasiga qarab, nukleoid ikki holatda: diskret (uzuq-uzuq ayrim strukturalar) tayoqchasimon yoki xromatin to’ri (yadro moddasi tsitoplazmada dispers holatda yoyilgan) shaklida bo’ladi. Bakteriya nukleoid molekulalar massasi 2-3109 dalton DNK ga ega. Bu DNK o’ralgan halqa shaklida bo’lib, uzunligi 1.1 - 1.4 mm ni tashkil etadi. U bakteriya xromosomasi (genofor) deyiladi.
Tinch holatdagi bakteriya hujayrasida 1 ta nukleoid bo’lsa, bakteriya hujayrasining bo’linishi oldidan nukleoid ikkita bo’ladi. Bakteriya ko’payish fazasining logarifmik davrida esa, u to’rtta va undan ham ko’p bo’lishi mumkin.
Ba’zan, bakteriya hujayralarining o’sish davrida muhitda salbiy ta’sir etadigan moddalar bo’lsa, bakteriya hujayrasidan ko’p yadroli ipsimon hujayra hosil bo’lishi mumkin. Bunday hujayra, hujayra o’sishi va bo’linish sinxronligining buzilishidan paydo bo’ladi.
Bakteriya nukleoidini hujayradagi asosiy funktsiyasi, axborotlarni saqlab, uni irsiy xususiyatni avloddan-avlodga berishdir. Nukleoiddan tashqari, hujayra tsitoplazmasida undan yuzlab marta mayda DNK iplari ham mavjud. Ular irsiyat faktorlarini tutuvchi plazmidalardir. Hamma hujayralarda ham plazmidalar bo’lishi shart emas. Ammo ular tufayli hujayra qo’shimcha, xususan, ko’payishda, dori moddalarga turg’unlik namoyon etishda, kasallik yuqtirish va hokazo xususiyatlarga ega bo’ladi.

Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish