Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 19,33 Mb.
bet16/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

4-MAVZU: Mikroorganizmlar KLASSIFIKATSIYaSI


Reja:
1. Bakteriyalar sistematikasi mikroorganizmlarning strukturalari
2. Binominar nomenklatura
3. Tur, avlodlarning atalishi.


Bakteriyalar sistematikasi mikroorganizmlarning strukturalari, fiziologo-kimyoviy xususiyatlari. Fenotip va genotip xususiyatlari. Binominar nomenklatura. Tur, avlodlarning atalishi. Prokariotlar olamining to’rt bo’limi va ularga tavsif. Bakteriyalar sistematikasi bakteriyalar orasidagi qarindoshlik aloqalari va aniq belgilar asosida guruhlarga (taksonlarga) ajratish (klassifikatsiyasi) dir.

Zamonaviy klassifikatsiya mikroorganizmlarni atroflicha o’rganib, ularning barcha xususiyatlarini bilishni taqozo etadi. Buning uchun mikroorganizmlarining tashqi va ichki strukturalari, fiziologo – biokimyoviy xususiyatlari, mikroorganizmlar yuzaga keltiradigan jarayonlarini bilish zarur bo’lib, bunda ularning quyidagi xususiyatlari asos qilib olinadi:


1. SHakli va o’lchami;
2. Harakati (hivchinlarining bor-yo’qligi va joylanishi);
3. Kapsulasi;
4. Endospora hosil qilishi;
5. Gramm usulida bo’yalishi;
6. Modda almashishi;
7. Energiya olishi;
8. Tashqi muhitni o’zgartirishi;
9. Tashqi muhitning mikroorganizmga ta’siri.
Mikrobiologiyaning rivojlanishi mikroorganizmlar tavsifini yanada chuqurroq bilishni talab etdi. SHu vaqtgacha fenotip xususiyatlari asosiy hisoblangan bo’lsa, endi genotip xususiyatlarini ham o’rganish kerak bo’ldi va molekulyar biologiya erishgan yutuqlar bunga imkoniyat yaratdi. Bunda:
1) mikroorganizm nuklein kislotasining nukleotid tarkibi, purin va pirimidin asoslarining bir-birlariga bo’lgan nisbati o’rganiladi va shu asosda ikki guruh mikroorganizmlar farqlari aniqlanadi.
2) ikki guruhga mansub mikroorganizm nuklein kislotalarini bir-birlari bilan gibridlab, ular orasidagi nukleotid gomologiyasi (o’xshashligi) o’rganiladi. Agar, nuklein kislota tarkibi 80-90% ga gomolog bo’lsa, o’rganilayotgan mikroorganizmlar yaqin “qarindosh“, gomologligi 50% dan kam bo’lsa, mikroorganizmlar uzoq “ qarindosh” hisoblanadi.
Mikrorganizmlarning bizda ikkita sistematikasi qo’llaniladi, ya’ni amerikalik mikrobiologlarning Bergi tahriri ostidagi (1980 y), va rus olimi N.A.Krasilьnikov (1949) sistematikasi.
Bergi hamma bakteriyalarni 4 bo’limga bo’ladi:

  • Gracilicutes – Grammanfiy hujayra devori yupqa.

  • Firmicutes – Grammusbat hujayra devori qalin.

  • Tenericutes – mustahkam hujayra devoriga ega emas

  • Mendesicutes – defekt hujayra devori bo’lgan (qadimgi arxebakteriyalar)

N.A.Krasilьnikov esa hamma mikroorganizmlarni ikki guruhga ajratadi:
1. Schizophyceae – xlorofill hosil qiluvchilar
2. Schizomyceae – xlorofillsizlar, ular o’z navbatida 4 sinfga bo’linadi:
1. Actinomycetes – aktinomitsetlar, 2. Eubacteriaechin bakteriyalar, 3. Myxobacteriae – miksobakteriyalar, 4. Spirochaetae – spiroxetalarga bo’linadi. Har bir sinf qator, oila, turkum va turlarga bo’linadi.
Mikrobiologiyada maxsus terminlar keng qo’llaniladi, bular to’plam, shtamm, klon.
To’plam – bu ozuqa muhitidagi mikroorganizmlar o’sishini ko’rish mumkin bo’lgan bakteriyalar yig’indisi. Sof to’plam (bir turdagi mikroorganizmlar yig’indisi) va yo’ldosh to’plam (ikki yoki undan ko’p bo’lgan mikroorganizmlar yig’indisi) bo’lishi mumkin.
SHtamm – ma’lum manbadan olingan mikroorganizmlarning genetik jihatdan bir xildagi toza to’plami. Masalan turli joylardan ajratib olinsa yoki biror xususiyati bilan asosiy turdan farq qilsa shtamm deyiladi.
Klon bu bitta hujayra naslidan tarqalgan mikroorganizmlar yig’indisi.
Mikroorganizm xususiyatlari aniq o’rganilgandan so’ng, unga K. Linney taklif qilgan binominal nomenklatura talabi kabi, ikki lotin atamasidan tashkil topgan ilmiy nom beriladi.
Birinchi atama avlod nomini bildirib, mikroorganizm morfologiyasi yoki fiziologiyasi yoki shu avlodni kashf etgan olimning ismi-sharifi yoki ajratib olingan muhitni ifodalaydi. Ikkinchisi esa kichik harflar bilan yozilib, mikroorganizm koloniyasining rangi, kelib-chiqish manbaini, yoki shu mikroorganizm yuzaga keltiradigan jarayon yoki kasallik yoki boshqa bir farqlantiruvchi belgilarni bildiradi. Masalan, Bacillus albus da birinchi so’z – Bacillus - spora hosil qiluvchi, Grammmusbat kabi xususiyatlarni anglatsa, ikkinchi so’z – albus - koloniyasi rangining oq ekanligini bildiradi (albus – oq).
Mikroorganizmlarga 1980-yil 1-yanvardan boshlab Xalqaro bakteriya nomenklaturasi kodeksi qoidalariga muvofiq nom beriladigan bo’ldi. Mikroorganizmlarni yaqin belgilariga qarab guruxlash uchun tur (speciess), avlod (genus), oila (familia), tartib (ordo), sinf (classis), bo’lim (divisio), saltanat yoki olam ( regnum) kabi taksonomik kategoriyalari ishlatiladi.
Tur deb, fenotipik o’xshashlikka ega bo’lgan bir genotipga mansub indvidlar (osoblar) yig’indisini bildiruvchi taksonomik birlikka aytiladi. Ular kichik tur (podvid) va variantlarga bo’linadi.
Quyida biz, D.X.Bergining 1984-yil 9-martda nashr etilgan “Bakteriyalar aniqlagichi”da keltirilgan eng muhim mikroorganizmlarining qisqacha tavsifini Ye.N.Mishustin (1987) ta’rifi bo’yicha keltiramiz.
Aniqlagichda jami mikroorganizmlar Procariotae dunyosiga birlashtirilib, u o’z navbatida to’rt bo’limga (divisio), bo’limlar esa sinflarga ((classis), tartiblarga (ordo) oilalarga (familia) avlodlarga (genus)va turlarga (cpeciess) bo’linadi.
Mikroorganizmlar asosan, hujayra devorining bor-yo’qligi va ularning turiga qarab bo’limlarga, sinf va undan mayda (kichik) taksonomik birliklar esa mikroorganizmlarning morfologiya, fiziologik-biokimyoviy belgilari yig’indisiga qarab bo’lingan.
Bergi Procariotae dunyosini to’rtta bo’limga ajratadi.


I BO’LIM - GRASILICUTES

(grasilus - so’zi lotincha so’z bo’lib yupqa degan, cutes - po’st, teri degan ma’noni bildiradi). Bu bo’limga grammanfiy hujayra devoriga ega, sharsimon, ipsimon yoki tayoqchasimon bakteriyalar kiritilgan bo’lib, ular harakatchan yoki harakatsiz, endospora hosil qilmaydi. Lekin meva tana hosil qiluvchi miksobakteriyalar miksosporalar hosil qiladi. Ko’payishi kurtaklanish yoki binar bo’linib sodir bo’ladi. Bo’limga 3 sinf kiradi.



Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish