2-kurs O’zbekiston tarixidan 200 ta savollar. Temuriylar, shayboniylar, Ashtarxoniylar ga oid savollar birlashtirilib yaxlit bir matn sifatida kiritilgan ????‍????



Download 211,97 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi211,97 Kb.
#665713
Bog'liq
Uz tarixi



2-kurs O’zbekiston tarixidan 200 ta savollar.
Temuriylar, shayboniylar, Ashtarxoniylar ga oid savollar birlashtirilib yaxlit bir matn sifatida kiritilgan.. 👨‍🎓
1.IX asrning 60-yillarida Tohiriy hukmdorlariga qarshi ko’tarilgan qo’zg’alonlar.
Tohiriy hukmdorlariga qarshi ko’tarilgan qo’zg’alonlar?. IX asrning 60-yillaridan e’tiboran tohiriy hukmdorlarga qarshi xalq harakatlari kuchaydi. Bu harakatga g‘oziylar boshchilik qildilar. («G‘oziylar» asosan ko‘chmanchi qabilalar hujumini bartaraf qilish maqsadida kambag‘al hunarmandlar va yersiz ziroatchilardan tashkil topgan qurolli qo‘shin.) G‘oziylar harakatini aka-uka Yoqub va Amr ibn Lays boshqardilar. Ular dastlab Sеistonda hokimiyatni qo‘lga olgach, 873-yilda tohiriylarning qo‘shinlariga katta zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopurni egalladilar. Shu davrdan e’tiboran tohiriylar sulolasi barham topdi va Xurosonda hokimiyat Safforiylar qo‘liga o‘tib kеtdi. Rasmiy suratda Xuroson va Movarounnahr ustidan hukmronlik qilib turgan tohiriylar sulolasining inqirozga uchraganligi Movarounnahrdagi mahalliy hokimlarning o‘lkani to‘la mustaqilligini ta’minlash sari harakatlari uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi. Endi bu davrda somoniylar siyosiy kurash maydonida erkin harakat
qila boshladilar va ular Movarounnahrda markazlashgan bir butun davlat barpo qilishga kirishdilar.
2.Хalifa Ma`munning taxtga chiqishiga yordam bergan mahalliy zodagon kuchlar?786–809-yillarda xalifalik qilgan Xorun Ar-Rashidning barmoqiylar xonadoniga qaqshatqich zarba berganligini shu ma’noda tushunsa bo‘ladi. U hatto o‘ziga yaqin bo‘lgan qishloqlar aholisini ham qirib tashlagan. Hokimiyat tеpasiga barmoqiylar o‘rniga Tohiriylar kеladi. TohiriylarXurosonning yirik oqsuyak yer egalaridan bo‘lib, bu sulolaning asoschisi Tohir ibn Husayn edi. Bu sulola asli Hirot viloyatining Bushang shahridan edi. Tohir 809–813-yillarda Xorun ar-Rashidning o‘g‘illari Ma’mun bilan Amin o‘rtasidagi bo‘lgan kurashda Ma’mun tomonida bo‘ldi, unga Bag‘dodni va xalifalik taxtini egallashda yordam berdi.Ma’mun 813-yilda xalifalik taxtiga o‘tirgach, Tohir ibn Husayn katta hurmat va e’tiborga loyiq nufuzli kishi bo‘lib qoldi. 821-yilda u Xurosonning noibi etib tayinlandi. Movarounnahr ham Xuroson noibligi tarkibiga kirardi. Uning qarorgohi Nishopurda edi.
3.Arablarga qarshi Rofe ibn Lays qo’zg’oloni. ROFE ibn LAYS QOʻZGʻOLONI (806 — 810)
Movarounnahr va Xurosonda abbosiylar xalifaligiga qarshi koʻtarilganqoʻzgʻolon. Unga Nasr ibn Sayyoʻrning nabirasi, buxorxudot Tugʻshodaning kuyovi Rofe ibn Lays boshchilik qilgan.Qoʻzgʻolonga Xuroson va Movarounnahr noibi Ali ibn Isoning mahalliy xalqqa nisbatan oʻtkazayotgan zulmi sabab boʻlgan. Unda mahalliy dehqonlar, kashovarzlar va kadivarlar, turk qabilalari (qarluqlar va b.) hamda ayrim arab zodagonlari faol qatnashgan. Qoʻzgʻolon 2 bosqichdan iborat boʻlgan. Tabariyning yozishicha, qoʻzgʻolon boshlanishiga maishiy holatlar (nufuzli arab oqsuyaklari oʻrtasidagi oʻzaro kelishmovchilik va b.) bahona boʻlgan. Qoʻzgʻolonning 1bosqichida oʻzi arab va Xuroson noibining mehtari boʻlgan Rofe ibn Laysning xarakatga yetakchilik qilishi uning qoʻzgʻolonchilar oʻrtasida nufuzi ortishiga olib kelgan. Janglarda Rofe ibn Lays guruhi Samarqand hokimi Sulaymon ibn Humayd (806)ni va Shosh turklaridan iborat maxsus guruh noibning oʻgʻli Iso ibn Ali (807-y. sent.)ni oʻldirgach, qoʻzgʻolon avj olib ketgan va Samarqanddan tashqari Buxoro, Xorazm, Shosh, Xoʻjand, Usrushona, Nasaf, Chagʻoniyon, Xuttalon, Balx va Toxaristonga keng yoyilgan. Buxorodagi qoʻzgʻolonga Rofe ibn Laysning ukasi Bashir ibn Lays, Ishtixondagi qoʻzgʻolonga esa Ujayf ibn Anbas boshchilik qilgan. Qoʻzgʻolon koʻlamining tobora kengayib borishidan choʻchigan xalifa Horun arRashid 300 ming kishilik qoʻshinni Harsama ibn Ayyon boshchiligida Xurosonga joʻnatgan (807-y. oxiri). Harsama Marv va Amul orkali Buxoroga keladi va shiddatli janglardan soʻng uni egallaydi (809). Bashir ibn Lays qoʻlga olinib, Tusda qiynab oʻldirilgan. Keyinchalik Horun arRashid oʻgʻli — Maʼmun bilan birga qoʻzgʻolonchilarga qarshi qoʻshin tortib kelgan. Biroq Tuyega yetib kelgach, xastalanib vafot etgan (809-y. mart). Xuroson noibi boʻlib olgan Maʼmun turli yoʻllar b-n qoʻzgʻolonni bostirishga intilgan.Rofe ibn Lays Samarqandda mustahkam oʻrnashib, unda mudofaa devorlari kurdirgan. U qarlukdar, toʻqqiz oʻgʻuzlar va b. turk qabilalaridan ham yordam soʻragan. Maʼmun mahalliy mulkdor Somonxudotnpng nabiralari — Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ibn Asadga maktub yuborib, lashkarboshi Xarsama ibn Ayyonning qoʻzgʻolonchilarga qarshi kurashida madad berishini soʻraydi.
4.914-yilda Samarqandning janubiy hududlarida boshlanganqo’zg’alon?
Abusolih Mansur ibn Is’hoq boshchiligida Samarqandda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni bostirishdan iborat bo‘ldi, xolos. Bu qo‘zg‘olon 914-yilda boshlangan edi. Nasr II davlatining janubiy viloyatlarida qo‘zg‘olon yanada kuchliroq ko‘tarildi. Bu qo‘zg‘olonga Ahmad ibn Ismoil davrida ishonchli va sadoqatli lashkarboshi bo‘lgan Husayn ibn Ali Marvaziy boshchilik qildi. Marvaziy xalq ommasining noroziligidan ustalik bilan foydalangan. Bu harakatda Karmatlar diniy oqimining ta’siri katta bo‘lgan. Karmatlar Misrdagi fotimiylar bilan mustahkam aloqada ish olib borganlar. Ular somoniylar davlati ichiga yashirincha kirib olib, xalq ommasining kurashlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqchi
bo‘lganlar. Nasr II zamonida karmatlar ta’limoti Xuroson va Movarounnahrda kеng quloch yoydi. Ish shu darajaga borib yеtdiki, Nasr II ning o‘zi ham karmat ta’limotini qabul qilgan. Nasr II Buxoro zindonida vafot etgan Xuroson karmatchilari harakatining yirik rahbarlaridan biri bo‘lgan Husayn
ibn Ali Marvaziyning xuni uchun 119 ming dinor to‘lashga rozilik bergan. Husayn ibn Ali esa Misr fotimiylarining maslahati va yo‘l-yo‘riqlari asosida ish ko‘rgan edi. Xullas, Husayn ibn Ali Marvaziy bosh bo‘lgan qo‘zg‘olon 918-yilda bostirildi va uning o‘zi asir olindi.
5.Ismoil Somoniy davrida davlat boshqaruvi?dеvoni: davlat rasmiy hujjatlarini ishlab chiqish dеvoni; soqchilar boshlig‘i dеvoni; xat-xabarlar mutasaddisi dеvoni; saroy ish boshqaruvchisi dеvoni; muxtasib dеvoni (uning xizmatchilari zim-masiga shahar va qishloqlarda, ko‘cha va bozorlarda ijtimoiy tartibni himoya qilish, diniy marosimlarni amalga oshirishda chеgaradan chiqmaslik kabi ishlar yuklangan); vaqflar dеvoni; qozilik ishlari dеvoni ana shular jumlasidandir. Bu zikr qilingan dеvonlarning
mahalliy joylarda bo‘limlari bo‘lgan. Viloyatlar boshliqlari hokim, shahar boshliqlari rais dеb yuritilgan. Davlat ishlariga qabul qilishda ma’lum bir talablar o‘lchovi bo‘lgan, bular: davlat tilini mukammal bilish, zamona huquq mе’yorlaridan to‘liq xabardorlik, tarix, adabiyot kabi ilmlardan boxabarlik, hisob-kitob ishlaridan bilimdonlik kabilardir.Harbiy lashkar ikki toifaga bo‘lingan: doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi saralangan (gvardiya) va zarur hollarda yig‘iladigan ko‘ngillilar. Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, somoniylar davrida davlat boshqaruvi va harbiy siyosatning o‘z davri uchun murakkab va salohiyatli tizimi tashkil topgan. Mazkur masalaga juda katta e’tibor berilganligini shu narsadan ham bilsa bo‘ladiki, davlatning umumiy yillik daromadi 45 million dirhamni tashkil etgani holda, shundan 20 million dirham davlat boshqaruvi va lashkarga sarflangan.
6. Tohiriylar davlatining hukmronlik davri?.50 йилдан зиёдроқ ҳукмронлик қилган Тоҳирийлар сулоласининг
вакиллари қўйидагилар эди.:
Тохир ибн Ҳусайн (821-822йй);
Талха ибн Тохир (822-828йй);
Абдуллоҳ ибн Тоҳир (828-844йй);
Тоҳир II ибн Абдуллоҳ (844-862йй)
Муҳаммад ибн Тоҳир (862-873);
Тоҳирийлар мустаҳкам ҳокимият яратиш ва қишлоқ хўжалигинитартибга солиш борасида жиддий чора-тадбирларни амалга оширдилар. Уларянги каналлар бунёд этиб сувдан фойдаланишни яхшилаш чораларини кўрдилар. Абдуллоҳ ибн Тохирнинг буйруғи билан ўлкадаги йирик қонуншунослар суғориш учун фойдаланиладиган сув тақсимоти қонунларитўплами – Китоб ал-кунийни тўздилар. Ушбу қонунлар юзлаб йиллармобайнида Мовароуннаҳрда сувдан фойдаланишдаги баҳс-мунозараларни ҳалэтишда асос бўлиб хизмат қилган.Тоҳирийлар шундай ижтимоий-иқтисодий сиёсат юритганларки, бусиёсат асосан аҳолининг ҳукмрон табақаларини қўллаб-қувватлашга қаратилган эди. Мисол учун, бизга қадар сақланган Тохир ибн Ҳусайннинг ўғли Абдуллоҳга ёзган хатида шундай дейилади: «Шуни билгинки, бойликкўпайиб хазина тўлиб тошганда ҳам у даромад келтирмайди. У фуқарозарурати, улар ҳақ-ҳуқуқларини адо этишга, уларни ташвиш ва қарзларданозод этиш учун сарфланган тақдирдагина кўпаяди, ортиб боради; бу билан халқ оммасининг эътибори қозонилади; шу билан халқ фаровонлиги таъминланса, бу ҳокимларга зеб беради, давроннинг эмин-эркинлиги шу бўлади, шуҳрат ва қудрат бағишлайди; шу билан бирга агар шундай иш юритсанг, ер солиғини катта миқдорда ундириш имониятига эга бўласан ва бойлигинг ошади. Бу билан сен халқ оммасига саховат қўлини очсанг, бойлигинг ортади, куч-қудрат эгаси бўласан, қўшин сақлайсан ва ҳаммани ўзингга мафтун этасан». Тоҳир ўз ўғлини мана шундай «моҳирона» сиёсат юргизишга чақиради ҳамда Абдуллоҳ ибн Тоҳир қайсидир маънода отасининг маслаҳатларига амал қилган эди.
7.Somoniy hukmdorlari davrida turk lashkarboshilarining davlat ishlariga aralashuvi?Abdulmalik
(954–961) davrida ham davom etdi. Somoniylar davlatida turk lashkarboshilarining ta’siri shu darajada kuchayib kеtdiki, ular davlatni boshqarish ishlarini batamom o‘z qo‘llariga oldilar. Bu borada turk lashkarboshisi Ali Taginning ro‘li va o‘rni g‘oyatda katta bo‘ldi.Abdulmalik vafotidan so‘ng qo‘zg‘olon ko‘targan xalq Buxoro taxtini egallab talon-taroj qiladi, taxt uchun kurash kuchayadi. Bu kurash jarayonida Ali Taginning nufuzi pasayadi. Bu holni shundan ham bilsa bo‘ladiki, Ali Taginning talabi bilan amir taxtiga qo‘yilgan Abdulmalikning o‘g‘li Nasr III bir kundan kеyinoq taxtdan tushirildi. Ayni zamonda Ali Tagin ham G‘aznaga kеtishga majbur bo‘ldi va u yerda mustahkam davlat barpo qildi. Somoniylar davlatining bundan kеyingi taraqqiyot bosqichi ham hokimiyat, davlat va mol-dunyo talashib, kurash bilan o‘tdi va oxir-oqibatda yuztuban inqiroz sari ketdi.
8.Yoqub ibn Lays qo’zg’oloni?9-asrning 2-yarmida Oʻrta Osiyo va Eron chegarasida xalq harakatlari kuchayib ketadi. Bu xalq harakatlaridan misgar akauka Yaʼqub va Amr ibn Layslar oʻz niyatlarini amalga oshirishda foydalandilar. Avval ular qarokchilik qildilar, soʻngra Seyistondagi "gʻoziylar" ("eʼtiqod uchun kurashuvchilar") Koʻshiniga koʻshildilar. Yaʼqub tez orada bu qoʻshinning boshligʻi boʻlib oladi. U 861 yilda Seyistonning poytaxti Zaranj shahrini tohiriylarsan tortib oldi. 873 yilda ularga soʻnggi zarbani berib poytaxt Nishopurni egallaydi. Natijada arab xalifasi Xuroson noibligini Yaʼqubga topshirishga majbur boʻladi. 876 yilda Yaʼqub katta qoʻshin bilan Bagʻdod tomon yoʻl oldi. Bu jangda Yaʼqub xalifa qoʻshinidan magʻlubiyatga uchradi va u orqaga kaytdi. 879 yilda Yaʼkub vafot etib taxtga ukasi Amr ibn Lays oʻtirdi va xalifaga oʻz vassalligini bildirdi. Bunga javoban xalifa Amr ibn Laysni Xuroson va Eronning noibi ekanligini qayd qiluvchi yorliq yubordi. Bu davrga kelib Movarounnahrda somoniylar sulolasi kuchayib borayotgan edi. Xalifa alMuʼtazid (892—902) Ismoil Somoniy Movarounnahr hokimligidan tushirilgani va u yerga Amr ibn Laysni hokim qilib tayinlaganini eʼlon qildi. Movarounnahr noibligi toʻgʻrisidagi yorliqni olgan Amr ibn Lays Ismoilga karshi qoʻshin tortdi. 900 yilda Buxoro ostonasida Amr ibn Lays qoʻshinlari tormor etildi. Tohir ibn Muhammad bir necha marta harakat qilib Safforiylar davlatini tiklay olmadi.876 йилда Ёқуб ибн Лайс халифа ҳокимиятини эгаллаш мақсадида
Бағдодга қўшин тортади. Бағдоддан 100 км узоқликдаги Дар ал-Акул деганжойда Ёқуб ва халифа қўшинлари тўқнашиб Ёқуб мағлубиятга учрайди. Ушбумуваффақиятсиз юришдан сўнг уч йил ўтгач Ёқуб ибн Лайс вафот этади ваунинг ўрнини укаси Амр ибн Лайс эгаллайди. Амр ибн Лайс халифага ўз
вассаллигини билдирганидан сўнг Мавороуннаҳр ва Хуросонни бошқаришҳуқуқини берувчи ёрлиқ олади. Аммо, Тохирийларда бўлгани каби Саффорийлар ҳам амалда халифаликдан мустақил сиёсат олиб борганлар.Манбаларнинг маълумот беришича, Амр ибн Лайс моҳир сиёсатчи ва
ташкилотчи, ҳарбий ишни пухта билган шахс бўлган.
8.Karmatlar qo’zg’oloni?===4-savolda
9.Somoniylar me`morchiligining noyob durdonalari?Ismoil Somoniy maqbarasi o‘rta asrlarning rivojlangan davrida (IX-X asr), 864-868-yillar oralig‘ida, hozirgi Buxoroning eski shahar qismida qurilgan.Inshoot qabr vazifasini bajarganligi sababli, uning intereri uch pog‘onali (to‘rtlik – to‘rt devor, sakkizlik – devordan tomga o‘tish qismi va gumbaz – tom ko‘rinishdagi) bir xonali kvadrat shaklni tashkil qilgan.Uning qurilishida pishgan g‘isht, tosh va yog‘ochdan foydalanilgan. Maqbaraning dizayniga to‘xtaladigan bo‘lsak, jimjima g‘ishtin bezaklari chiviqli to‘siq yoki qamish, bo‘yra to‘qimasini eslatadi. Devor qalinligi – 1,8 m., tarhi – tashqarisi 10,80×10,70 m., ichkarisi 7,20×7,20 m. Usti gumbaz bilan qoplangan. To‘rt burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba o‘rnatilgan. Devor tepasida kungirasimon darcha (40 ta). Har bir darcha hoshiyalangan. Ravoq tepasidagi qanos g‘ishtin tangachalar marjoni bilan chegaralangan. Ikki chetiga mayda-mayda g‘ishtdan chorsu tumor yasalgan. Bino ichkarisi tashqaridagi bino bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uslub jihatidan bir xil. Ichki devor gumbaz osti bag‘alidagi ustma-ust ravoqchalar – ustunchalarga tayangan. Ravoqchalar 8 qirrali gumbaz asosini tashkil qiladi. Qirralar burchagiga gumbazga tirgaklik qiluvchiustunchalar ishlangan.1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida Ismoil Somoniy maqbarasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 1993-yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi (1-sessiya, Kolumbiya) “Butunjahon madaniy meroslari ro‘yxati”ga kiritilgan.2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risi”dagi qonun qabul qilindi. Ahmad o‘ldirilgach taxtga uning sakkiz yoshli o‘gli Nasr II (914–943) o‘tqazildi. Uning hukmronligi davrida Buxoroda Registon maydonida devonlar uchun saroy qurdiradi. Davlat boshqaruvida esa Nasr II davrida amaliy ishni vazir Abuabdullo Muhammad ibn Ahmad Jayhoniy olib bordi. Hali Ahmad ibn Ismoil hayotlik chog‘idayoq bir qator viloyatlarda xalq ommasining qo‘zg‘olonlari bo‘lganligi qayd qilingan.
10.X asrda kumush, qo’rg’oshin qazib chiqarishning markazlari?Eloq X asrda kumush — qo‘rg‘oshin qazib chiqarishning markazlaridan biri bo‘lgan. Eloqda Movarounnahrning uchinchi kumush zarbxonasi ochilgan. Biri Samarqandda, yana boshqasi Buxoroda bo‘lgan. Eloq chеkani— «Shosh koni» dеb o‘shadavrda shuhrat topgan. O‘z vaqtida Xuroson noibi Ma’mun ibn Xorun ar-Rashid nomidan zarb qilingan kumush dirhamlarning birida «Shosh konida» 189-hijriy yilida (805-yil) zarb qilindi», yana boshqa birida esa «190-(805–806) yilda deyilgan.Eloqdagi kumush konining nеchog‘li katta ahamiyatga molik ekanligini tasavvur qilish uchun e’tiborni shunga qaratmoq joizdir, o‘sha vaqtlarda kumushni muomalada juda ko‘p ishlatgan Sharqiy Yevropaning o‘zida bironta ham kumush, qo‘rg‘oshin koni bo‘lmagan. Sharqiy Yevropadagi davlatlarda muomalada asosan somoniylar zarb etgan tangalar bo‘lgan.
11.Islomni yoyilshiga, yer egaligi munosabatlarining kuchayishiga qarshi chiqqan harakat? Javobi 4 savolda.
12.Narshaxiyning “Tarixi Buxoro” asari muhim manba sifatida?Abu Bakr Narshaxiy – Markaziy Osiyo tarixshunosligining durdonalaridan biri bo‘lmish “Tarixi Buxoro” deb shuhrat topgan nodir asarning muallifidir. U o‘z asarini 943–944 yillarda arab tilida yozgan va uni Somoniylar davlati hukmdori Abu Muhammad Nuh ibn Nasr ibn Ahmad ibn Ismoil Somoniy (943–954)ga bag‘ishlagan.Narshaxiyning bu kitobida, asosan, Buxoro vohasining obod bo‘lishi, ovchilik, baliqchilik va dehqonchilikning kasb etilishi, Numijkat, Poykand, Afshona, Varaxsha, Romiton, Vardona kabi qadimiy qishloqlarning barpo bo‘lishidan tortib, to Buxoro shahrining qad ko‘tarishigacha bo‘lgan muhim tarixiy voqyealar to‘g‘risida hikoya qilinadi. Kitobda Markaziy Osiyoda arab xalifaligi hukmronligining o‘rnatilishi, islom dinining tarqatilishi, otashparastlik va u bilan bog‘liq madaniy hayotning inqirozi, Muqanna– “Oq kiyimlilar” harakati, Somoniylar davridagi davlat idorasi, madaniy qurilishlar borasida turli-tuman qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Unda Buxoroning iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotiga, ayniqsa, pul munosabatlariga, xiroj yig‘ish tizimiga oid ma’lumotlar bor.“Buxoro tarixi”da yer-suv munosabatlari haqida so‘zlar ekan, Narshaxiy qadimgi zamindorlarni “dehqonlar”, ya’ni “qishloq hokimlari”, ziroatchilarni “kashovarzlar”, ya’ni “yer haydovchi” – “qo‘shimchalar”, yirik yer egalariga qaram qishloq aholisini “kadivarlar” nomlari bilan ataydi. VIII–X asrlarda Buxoroda hunarmandchilik nihoyatda rivojlangan bo‘lib, har bir qishloq o‘z mahsuli bilan shuhrat topgan. Masalan, Zandana qishlog‘ida to‘qiladigan ipak va ip matolar “zandaniycha” nomi bilan butun Sharqqa mashhur bo‘lgan. Buxoro shahrining o‘zida “Bayt ut-tiroz” nomli to‘qimachilik korxonasi bo‘lib, uning mahsulotlari Fors, Kermon, Hindiston, Iroq, Shom, Misr va Rum kabi o‘lkalarga olib borilgan. Buxoro savdogarlari nihoyatda boy tabaqa bo‘lib, Narshaxiy ularni “kashkashon” deb ataydi. Savdo munosabatlari keng yoyilganligi sababli Buxoro shahriga “Madinatut-tujjor”, ya’ni “Savdogarlar shahri” deb laqab berilgan
13.Somoniylar davrida Buxoro Registonidagi qurilishlar?Ahmad o‘ldirilgach taxtga uning sakkiz yoshli o‘gli Nasr II (914–943) o‘tqazildi. Uning hukmronligi davrida Buxoroda Registon maydonida devonlar uchun saroy qurdiradi. Davlat boshqaruvida esa Nasr II davrida amaliy ishni vazir Abuabdullo Muhammad ibn Ahmad Jayhoniy olib bordi. Hali Ahmad ibn Ismoil hayotlik chog‘idayoq bir qator viloyatlarda xalq ommasining qo‘zg‘olonlari bo‘lganligi qayd qilingan.
14.Somoniylar davrida devonlar faoliyati?dеvoni:Somoniylar sulolasining hokimiyatdagi vakillari amir deb atalgan boʻlib, ularga dargoh (saroy axli) va devonlar (harbiy boshqarmalar) boʻysungan. Vazir mansabiga, asosan, Jayhoniylar, Balʼamiylar va Utbiylar aslzoda oilalarining vakillari tayinlanar edi. Jayhoniy va Balʼamiy ulardan eng mashhur vazirlardir. Somoniylarda vazir devonidan tashqari 10 devon boʻlib, ular uchun Buxorodagi Registon maydonida maxsus katta bino qurilgan edi. Somoniylarning boshqaruv tizimi, asosan, mahalliy dehqonlar, aslzodalar va din arboblaridan tashkil topgan boʻlib, har bir amaldor arab va fors tillarini mukammal bilishi, shuningdek, diniy va dunyoviy fanlardan xabardor boʻlishi shart edi. Bunday odamlarni ahl alqalam (qalam axli) deb atashgan. davlat rasmiy hujjatlarini ishlab chiqish dеvoni; soqchilar boshlig‘i dеvoni; xat-xabarlar mutasaddisi dеvoni; saroy ish boshqaruvchisi dеvoni; muxtasib dеvoni (uning xizmatchilari zim-masiga shahar va qishloqlarda, ko‘cha va bozorlarda ijtimoiy tartibni himoya qilish, diniy marosimlarni amalga oshirishda chеgaradan chiqmaslik kabi ishlar yuklangan); vaqflar dеvoni; qozilik ishlari dеvoni ana shular jumlasidandir. Bu zikr qilingan dеvonlarning mahalliy joylarda bo‘limlari bo‘lgan. Viloyatlar boshliqlari hokim, shahar boshliqlari rais dеb yuritilgan. Davlat ishlariga qabul qilishda ma’lum bir talablar o‘lchovi bo‘lgan, bular: davlat tilini mukammal bilish, zamona huquq mе’yorlaridan to‘liq xabardorlik, tarix, adabiyot kabi ilmlardan boxabarlik, hisob-kitob ishlaridan bilimdonlik kabilardir.Harbiy lashkar ikki toifaga bo‘lingan: doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi saralangan (gvardiya) va zarur hollarda yig‘iladigan ko‘ngillilar.Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, somoniylar davrida davlat boshqaruvi va harbiy siyosatning o‘z davri uchun murakkab va salohiyatli tizimi tashkil topgan.
15.Qoraxoniy hukmdorlarning Movarounnahrnibosibolishi?
Qoraxoniylar davlatining saltanat darajasidagi rivoji va taraqqiyoti 10-asrning 2-yar-miga toʻgʻri keladi. Abdulkarim Sotuq Bugʻroxon hokimiyatni egallab, oʻzini "Qoraxon" deb eʼlon qiladi. Bugʻroxondan keyingi barcha xonlar ham ushbu un-von bilan ulugʻlangan.Qoraxoniylar davlati 1006 yil992-yili elikxon Bugʻra boshchiligidagi Qoraxoniylar qoʻshini Movarounnahr hududiga bostirib kiradi. Qoraxoniylar gʻalabasiga Bugʻraxon bilan Xurosonning somoniy hokimi Abuali Simjur oʻrtasida tuzilgan hufyona ittifoq hamda lashkarboshi Foiqning sotqinligi sabab boʻlgan. Natijada qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishgʻol etadilar, amir Nuh esa Chorjoʻyga qochishga majbur boʻladi. Ammo Bugʻraxon kasallanib, oʻz vatani Koshgʻarga ketayotganda vafot etadi. Qoraxoniylar Buxorodan katta oʻlja bilan qaytadilar. Qoraxoniyalarning yangi yoʻlboshchisi boʻlgan elikxon Nasr Buxoroga qayta hujum uyushtiradi. 995-996-yillarda Nuh II Sabuh Tegin madadi bilan qoraxoniylar hujumini daf etadi. 999-yili qoraxoniylar yana Buxoroni ishgʻol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal boʻlishiga olib keladi. Qoraxoniylar davlati Koshgʻardan Amudaryogacha choʻzilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Fargʻona va qadimgi Soʻgʻd yerlarini oʻz ichiga olgan. 1005 yilgacha somoniylarning soʻnggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning koʻpsonli qoʻshini pirovard gʻalabani taʼminlagan. Bogʻdod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda oʻz hukmronligini oʻrnatdi. Movarounnahrni zabt etgach qoraxoniylar dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga topshirganlar. Elikxon Nasr 1012 yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik qiladi.
16.Chig’il va yag’mo qabilalarining yagona ittifoqqa birlashuvi?VIII–IX asrlarda turkiy xalqlar til jihatdan Farg‘ona va Shosh hududlarida yashagan sug‘dliklarga o‘z ta’sirlarini kuchli bir tarzda o‘tkazganlar va bu joylarda turkiylashish jarayoni kuchaygan. Bu hududlardagi turkiylar o‘troq hayot kеchirganlar. Farg‘onada turkiy qarluqlar, Shoshda esa turkiy o‘g‘uzlar ko‘proq bo‘lganlar. Arab gеografi ibn Havqalning bergan ma’lumotlariga qaraganda islom diniga o‘tgan mingga yaqin turk oilasi sharqdan Farob, Kеnjida va Shosh oralig‘idagi, ya’ni hozirgi Chimkеntning janubi-g‘arbiy hududlariga kеlib joylashganlar. Bular turkiy o‘g‘uzlar edilar. Shosh hududlarida turkiy-o‘g‘uzlar shu darajada ko‘p bo‘lganki, ularning ta’siri xalq og‘zaki ijodida ham o‘z aksini topgan. O‘zbеk xalq og‘zaki ijodida o‘g‘uzlar hozirgi o‘zbеk xalqining o‘tmish avlod-ajdodlari sifatida talqin etiladi.Qoraxoniylar davlatining tashkil topishida boshqa turk qabilalari: qipchoqlar, kеnjеklar, yabaqular, qirg‘izlar, o‘g‘uz-turkmanlar,
qanchlar va sug‘dlar ham faol qatnashganlar.Qoraxoniylar davlati X asrning ikkinchi yarmida tashkil topdi. «Qoraxoniylar» so‘zi qarluqlarning islomni qabul qilgan boshliqlaridan biri — Satuk Abdulkarim Qoraxon unvonidan kеlib chiqqan. («Qora» so‘zi qadimdan turkiy xalqlarda buyuklik va ulug‘lik ma’nosida ishlatilgan.) Xon hokimiyati madaniyatli bo‘lsa-da, qarluqdar yoki chigillar qabilasidan chiqmadi, balki madaniy taraqqiyotda orqaroqda bo‘lgan yag‘molardan chiqqan. Buni Satuk Abdulkarim Qoraxonning yag‘molar urug‘idan bo‘lganligi ham ochiq-oydin isbotlaydi. «Majmuayi at tavoriy» («Tarixning qisqartma to‘plami») asarining muallifi «yag‘molar podshoni bo‘g‘raxon dеydilar», dеb aniq aytgan fikrlari yuqoridagi xulosalarni to‘la tasdiqlaydi. Markazi ikki shahar: Qashg‘ar va Bolosog‘undan iborat bo‘lgan yangi davlatning birinchi podshosi «Bo‘g‘raxon» unvonini olganligi tavsiflidur. Bu xonning turkcha nomi bizgacha yеtib kеlmagan va biz uni «Bo‘g‘raxon» unvoni bilan yoki arabcha-turkcha Xorun ibn Satuk nomi bilan bilamiz.
17.Somoniylar davrida turli devonlar faoliyati?dеvoni: Девони вазир (бош вазир девони). Бу девонга қолган барча девонларбўйсунган. Бош вазир девони барча маъмурий, сиёсий, хўжалик ва ҳарбиймаҳкамаларни назорат қилган.Девони мустауфи (молиявий ишлар девони). Бу девон давлатнингбарча молиявий ишларини бажарган ва назорат қилган. Девон хазинадортомонидан бошқарилиб, унинг ихтиёрида ҳисобчилар, мунший ва котиблар,дафтардорлар бўлган.
Девони амид ал-мулк, ёки ал-расаил (расмий ҳужжатлар девони). Будевон давлат аҳамиятига молик бўлган барча ҳужжатларни тузиш ва ишлабчиқиш билан шуғулланган. Шунингдек, бу девон чет давлатлар биланбўлгандипломатик муносабатларни ҳам назорат қилган.
Девони соҳиб-аш-шурот (ҳарбий ишлар девони). Бу девон давлатнинг
бутун ҳарбий ишларини назорат қилган, жумладан, амирнинг шахсий
қўшинини (гвардиясини) бошқарган. Ушбу девонбошининг махсус ёрдамчисиариз бўлган. У маҳкама ва унинг бошлиғи амир қўшини хазинаси биланшуғулланган. Қўшинга бир йилда тўрт марта маош тўланган. Бу девон ҳарбий интизомни таъминлаб турган.Девони соҳиб ал-борид (хат-хабарлар назоратчиси девони). Ушбу девон марказда қабул қилинган муҳим қарорлар, ҳужжатлар, хабарномаларни вилоят ва шаҳарларга етказиш билан шуғулланган. Бу девоннинг вилоятлардаги бошлиғи фақат марказга бўйсунган. Бу девон ходимлари вилоят ва шаҳарларда бўлиб турадиган,ижтимоий- иқтисодий ва сиёсий аҳамиятга эга бўлган воқеаларни марказга етказиб турган. Шунингдек будевон давлат элчилари, вилоят ва шаҳарлар ҳокимлари устидан махфийназорат ўтказган.Девони мухтасиб (бозорлар ва кўчалар, шариат қонун қоидаларигариоя қилишни назорат қилувчи девон). Бу девон хизматчилари қиладиганасосий иш шаҳар ва қишлоқларда, кўча ва бозорларда тартиб-интизомни, тош-тарозини назорат қилганлар. Аҳоли томонидан шариат қонун-қоидаларигариоя қилишнинг назорати ҳам шу девон зиммасида бўлган. Ушбу девонбошиўз мирғазаб (ходим) лари билан барча шаҳарларда фаолият кўрсатган.
Девони мамлакаи хос (давлат иш боқарувчиси девони). Бу девонсарой таъминоти билан боғлиқ сарф-харажатларни назорат қилган. Муҳимдавлат ишлари ва айниқса, хазина кирим-чиқимини назорат қилиш ҳам шудевон зиммасида бўлган.Девони вакф (вакф ерлари девони). Маsjidлар, мадрасалар, умумандиний муассасалар ихтиёрида бўлган ер-сув, мол-мулк кабиларни бошқарган.Девони қози аз-зиё (қозилик ишлари девони). Бу девонни давлатнингбош қозиси бошқарган. Девон барча вилоятлар ва шаҳарлардаги қозиларфаолиятини назорат қилиб турган.
18.Qoraxoniy hukmdorlarning islom dinini qabul qilishi?Qoraxoniylar" atamasi Xoqon Qoraxonning Islom dinini qabul qilganidan so'ng paydo bo'lgan. Numizmat Tornberg esa ularning xonlari tutib yurgan maqomiga qarab Ileklar deb atagan. Boshqalar esa Uyg'ur xoqonligi deb atashgan.940 yil atrofida qarluqlar Tyanshan yaqinidagi Bolasog'un shahrini bosib olishadi. Va yangi sulola tuzishadi. Birinchi hukmdorlardan biri Satuq Bo'g'raxon Abdulkarim Islom dinini qabul qiladi va <> nomi bilan shuxrat topadi, keyinchalik butun sulola uning nomidan "Qoraxoniylar" deb atala boshlanadi.Sulolaning buyuk xonlaridan biri Bog'raxon edi, Islom olamida Xorun oti bilan shuxrat topgan edi. U Movarounnaxr taxtini somoniy Nuxdan olib qo'yadi, uning merosxo'ri buyuk Ilekxon esa, Somoniylar davlatini yo'q qiladi.Qoraxoniylarning poytaxti Buxoro shahri bo'lgan, keyin esa Samarqand shahri.
19.Qoraxoniylar davlatining ikkiga bo’linib ketishi?Qoraxoniy
xonadonlari o‘rtasida 1016-yildayoq boshlanib kеtgan urug‘chilik adovatli urushlar tufayli 1041-yilda xonlik ikkiga bo‘linib kеtdi. G‘arbiy xonlik markazi Buxoro bo‘lib, uning tarkibiga Movarounnahr va Xo‘jakеntgacha bo‘lgan Farg‘onaning g‘arbiy qismi kirgan. Sharqiy xonlik markazi Bolosog‘un bo‘lib, uning tarkibiga Talas, Isfijob, Shosh, Farg‘onaning sharqiy qismi, Yettisuv va Qashg‘ar vohalari kirgan. Yer, mol-dunyo va davlat talashish qoraxoniy Tomg‘ochxon Ibrohim (1046–1068) hukmronligi davrida ikki turkiy sulola: qoraxoniylar va saljuqiylar o‘rtasida kuchaydi. Dushmanlikka sabab bo‘lgan bu kurash markazida Amudaryoning o‘ng va chap qirg‘og‘i bo‘yidagi Termiz va Balx shaharlari atrofidagi yerlar yotardi. Bu yerlarni g‘aznaviylarga tashlab kеtishga majbur bo‘lganlaridan so‘ng saljuqiylar egalik qilgan edilar.1068-yilda Tomg‘ochxon Ibrohim taxtdan voz kеchgach, Movarounnahrda hokimiyat Tomg‘ochxonning o‘g‘li Shamsulmulkka o‘tishi munosabati bilan xonning o‘g‘illari o‘rtasida Buxoro
va Samarqand taxti uchun kurash avj olib kеtdi. Bu kurashda Shamsulmulk g‘alaba qozondi. Termiz va Balx uchun kurash saljuqiylar bilan Shamsulmulk davrida yanada kuchaydi.
20.Qoraxoniylar davlati poytaxtlarini aniqlang?Қорахонийларда иккита пойтахт: Қашғар ва Баласоғун мавжуд эди.Улуғ хон шу шаҳарлардан биридаги қароргоҳда ўтирган. Qoraxoniylarning poytaxti Buxoro shahri bo'lgan, keyin esa Samarqand shahri.Poytaxti
Bolasogʻun – 840–1130
Koshgʻar – 940–1042, 1130–1211
Samarqand – 1040–1212
Oʻzgan – 1141–1212
21 Tohiriylar davlatining hukmronlik davri davri.
Tohir ibn Husayn o’z davlatining mustaqilligini tiklash maqsadida 822 yilda xalifa nomini xutba namozidan chiqarib tashlashga amr kiladi. Biroq tez orada uning sirli o’limi bu borada katta ishlar qilinishiga imkon bermaydi. Uning vorislari Talha (822-828), Abul Abbos Abdulloh (830-844), Tohir ibn Abdulloh (844-862), Muhammad ibn Tohir (862-873) davrlarida Tohiriylar davlatining mustaqilligi xiyla ta'minlandi. Tohiriylar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotni, mulkiy munosabatlarni rivojlantirish, qishloq xo’jaligini tartibga keltirish, suv resurslaridan foydalanishni yaxshilash, suv inshootlari barpo etish, shuningdek fuqarolardan olinadigan soliqlarni mo'tadillashtirishga ahamiyat beradilar. Jumladan, Abdullox ibn Tohirning chiqargan bir farmonida "dehqonlarni xafa qilmaslik", bularsiz xazinaga yetarli miqdorda soliq tushmasligi alohida o’qtirilgandi. Biroq shunga qaramay, Tohiriy hukmdorlar amalda dehqonlarni emas, balki ko’proq yirik mulkdorlar, savdogarlarning manfatlarini himoya qilardilar. Shu bois Tohiriylar davrida oddiy aholi, ayniqsa dehqonlar og’ir asoratda yashash, haddan ziyod soliq- o’lponlar to’lashga majbur etilgandi. Birgina 844 yilda ulardan olingan soliq miqdori 48 mln. dirxamni tashkil etgan. Bu o’sha davr sharoiti uchun mislsiz edi. Shuning uchun ham mamlakatning Seyiston va boshqa viloyatlarida dehqon g’alayonlari yuzaga kelib, kuchayib borgan.Mamlakatning sharqiy hududlarida yuzaga kelgan g’oziylar harakati va dehqonchilik vohalaridagi g’alayonlar ko’shilib, keng miqyoslar kasb etib bordi. Bu harakatilarning yetakchilariga aylangan, asli kelib chiqishlari hunarmand - miskar bo’lgan aka-uka Yoqub va Amir ibn Layslar 873 yilda Toxiriylar sulolasini ag’darib tashlashga muvaffaq bo’ldilar. Buning natijasida Yoqub ibn Lays asos solgan safforiylar (miskarlar) sulolasi hokimiyatga keldi.
22.Qoraxitoylarning qoraxoniy hukmdorlarni mag’lub etishi?Орадан кўп ўтмасдан Мовароуннаҳрга янги кўчманчи қабилаларҚорахитойлар (киданлар) ҳужуми хавфи пайдо бўлди. XII асрнинг 30-йилларида Қорахитойлар Шарқий Туркистон ва Еттисувни, яъни Шарқий Қорахонийлар ҳудудини босиб олдилар. Шарқий Қорахонийлар анча
заифлашиб қолганлиги туфайли ўз мулкларини ҳимоя қила олмадилар. ҒарбийҚорахонийларнинг ҳам аҳволи бундан яхши эмас эди. 1137 йилдаги Хўжандяқинидаги бўлган жангда Қорахитойлар қўшини Қорахоний Маҳмудхонқўшинларини тор-мор этдилар. Бу пайтда Хоразмни эгаллаш билан бандбўлган Султон Санжар ўз вассали Маҳмудхонга етарли ёрдам бера олмади.Самарқанд талон-тарож қилиниб, катта товон ундирилгач, Қорахитойлар орқага қайтдилар.
Орадан кўп ўтмасдан, яъни 1141 йилда Қорахитойлар яна Мовароуннаҳр ерларига бостириб келдилар. Уларнинг ҳужумини тўхтатиш учун Султон Санжар катта қўшин билан Самарқанд яқинига етиб келади. Бу сафар жанг Самарқанд яқинидаги Қатвон чўлида бўлди. Ҳал қилувчи бу жангда Султон Санжар ва Қорахоний Маҳмудхонларнинг бирлашган қўшинлари Қорахитойлар томонидан мағлуб этилди.Самарқанд, Бухоро ва бутун Марказий Мовароуннаҳрни эгаллаган
Қорахитойлар катта ўлжалар билан орқага қайтдилар. ҚорахитойларБаласоғундан ташқари ҳамма ерлар ҳокимиятни Қорахонийлар қўлида қолдирдилар. Қорахонийлар энди Қорахитойларга қарам бўлиб, ҳар йили уларнинг пойтахти Баласоғунга катта-катта ўлпон юбориб турар эдилар. XIII асрнинг бошларида Муҳаммад Хоразмшоҳнинг Мовароуннаҳрга юришлари туфайли Қорахонийлар ҳукмронлиги бутунлар барҳам топди.
23. Qoraxoniylar davlat boshqaruvida unvonlar?Хоқон, Хоқон-ул-хоқон,
Қорахон, тамғачхон
Элекхон Шайхулислом Даргоҳ Бош вазир
Имом, Саййид,Садр, шайх,
фақиҳ, қози,муфти, Мунши
Улуғ ҳожиб,Мунши,Битикчи,Қушчи, Ошчи,Оғичи, Бирук,Тавочи
Девони мустафий
Девони мушриф
Девони борид
Девони амид
Девони ушрот
Девони вақф
Волий бекУлуғ хоқон ёки улуғ
хон «хоқон ул-хоқон» деган номда юритилиб, араб манбаларида мазкур
унвон «султон ус-салотин», форс манбаларидаги «шаҳаншоҳ» га мос келади.Қорахонийларга қарашли ерлар тамғачхон томонидан унинг ўғиллари,қариндошлари ўртасида тақсимланган эди. Шу боис ер-мулк масаласида ота-ўғил, амаки ва жиянлар ўртасида доимий низолар юз бериб, у сиёсий аҳволга салбий таъсир кўрсатиб турган.Қорахонийлар Мовароуннаҳрни босиб олгач бу ердаги ижтимоий-сиёсий ҳаётда катта ўзгаришлар содир бўлганлиги боис, Қорахонийлар ўздавлатларини вилоятларга бўлиб ташлайдилар. Мовароуннаҳр вилоятининг пойтахти Самарқанд, Фарғонаниқи эса Ўзганд шаҳри эди. Бу вилоятларбошлиқлари элекхонлар бўлиб улар Қашғардаги тамғачхонларга расман тобе эдилар. Қорахонийлар даврида Самарқанд элекхони анча кучайиб кетган эди.Самарқанд элекхони саройида Сомонийлар давлатида бўлгани каби вазир,соҳиби-борид, муставфий, ҳожиб, раис-мухтасиб каби амалдорлар бўлган.Таъкидлаш жоизки, Қорахоний ҳукмдорлари мусулмон уламолари биланқалин алоқа ўрнатганлар ва имомлар, сайидлар, шайхлар, садрларни қўллаб-қувватлаганлар.Кейинги даврдаги янги адабиётларда таъкидланишича, Қорахонийлар даврида жамиятнинг ижтимоий бўғинлари қўйидагича бўлган:хоқон-ул-хоқон, Қорахон ёки тамғачхон. Энг юқори олиймансабдор шахс, давлатнинг олий бошлиғи;- элекхон – хоқондан кейинги поғонада турувчи шахс. У хоқон хонадонига мансуб бўлиб, вилоятнинг мулк соҳиби ҳисобланган;- иқтадорлар – Қорахонийлар давлатининг таянч қатлами, асосийҳарбий ҳаракатларни амалга оширувчи жанговар бўлинмалар вакиллари.Улар ўз мартабаларига кўра бир-бирларидан фарқ қилганлар, яъни,туманлар ва вилоятлар миқёсидаги иқтадорлар ислом динининг пешволари – имомлар, сайидлар, шайхлар, садрлар. Қорахонийлар мусулмон руҳонийлари билан яхши муносабатларда бўлган бўлиб, давлатда диний мансабдорларнинг мавқеи ниҳоятда баланд эди;ҳокимлар, раислар, муҳтасиблар ва бошқ. Бундай шахслар Сомонийлар даврида бўлгани каби Қорахонийлар даврида ўз мавқеларини мустаҳкам сақлаб олган ижтимоий қатламлардир;тариқчилар – зираоткорларнинг туркча номи, қишлоқ хўжалик маҳсулотлари билан таъминловчи асосий ижтимоий қатлам;ҳунармандлар ва савдогарлар – турли хилдаги хўжалик аҳамиятига молик ашё, асбоб-анжомлар ясовчи, тайёрловчи меҳнаткаш қатлам ва савдо-сотиқ билан машҳур бўлган шаҳар аҳли кўчманчилар – чорвадорлар яъни, чорва маҳсулотларини етиштирувчи асосий қатлам.
24.Sobuqteginning Somoniylar davridagi mavqei?997 йилнинг бошида СабуқтегинСомонийлар томонидан Ғазна ва унинг атрофларига ҳоким этиб тайинланади.
Тарихий манбалар Сабуқтегинни Ғазнавийлар давлатининг асосчиси сифатида таърифлайдилар. 997 йилнинг охирида Амир Сабуқтегин вафот этади ва унингкичик ўғли Исмол тахтга ўтириб бор йўғи 7 ой ҳукмронлик қилади. 998 йилда ўзининг ҳарбий жасоратлари учун Сайф уд-давла – «салтанат қиличи» G‘azna bilan Hirot viloyatlarida oddiy g‘ulomlikdan tеzda qudratli davlat boshlig‘i darajasiga ko‘tarilgan Sabuqtakin Nuhga bo‘ysunishni istamas edi. Sabuqtakin 977-yilda Nuhning ruxsatisiz G‘aznaga hokim bo‘lib oladi, shu bois ikki o‘rtadagi munosabat buziladi. Lеkin og‘ir vaziyat Nuhni undan yordam so‘rashga majbur etadi. 996-yilda Qoraxoniylar Buxoroga qarshi navbatdagi hujumni uyushtirdilar. Qoraxoniylarning yangi xoni Nasr ibn Ali g‘ayrat va qat’iylikda Bo‘g‘raxondan qolishmasdi.G‘azna hokimi Sabuqtakin katta qo‘shin bilan Nuhga yordam
25..Xalifalikdan rasmiy unvon olgan g’aznaviy hukmdorlar?Кўпчилик тарихий-илмий адабиётларда Маҳмуд Ғазнавий дебюритилган Абулқосим Маҳмуд ҳукмронлиги даврида (998-1030 йй)Ғазнавийларнинг қудрати ва шуҳрати ортиб Буюк Ғазнавийлар давлати барпоэтилди. Маҳмуд ҳукмронлиги даврида Хоразм, Хуросон, Сейистон, Қобул,Ғазна, Шимолий Ҳиндистон каби вилоятлар Ғазнавийлар қўли остида эди.Абулқосим Маҳмуд тахтга ўтирган йили халифа Муқаддирдан Хуросоннибошқариш учун ёрлиқ ҳамда «Ямин ад-давла ва амин ал-милла» –«Салтанат таянчи ва мусулмонлар жамиятининг ишончли вакили»фахрий унвони билан тақдирланади.Маҳмуд тахтга ўтирган пайтидан бошлаб ўз давлати чегараларини кенгайтириш сиёсатини олиб борди. У ўша йилиёқ Жанубий Тохаристон(ҳозирги Шимолий Афғонистон)ни босиб олган бўлса, 999 йилда Марв яқинидаги бўлган жангдан сўнг бутун Хуросон Маҳмуд Ғазнавий измига бўйсунади. Манбаларнинг маълумот беришича, Амударё воҳаси, стратегик жиҳатдан жуда муҳим аҳамиятга эга бўлган Термиз шаҳри ҳам Маҳмуд қўлостида бўлган. Абул Фазл Байҳақий «Тарихи Маъсуд» асарида маълумотберишича, Термизда ноиб ва қалъа қутволи бевосита Ғазнавийлар томонидан тайинланган. Бу Ғазнавийларга Амударё орқали Марказий Осиёдан Ҳиндистонга олиб борадиган муҳим савдо йўлини назорат қилиш имконини берган.1002 йилда Бағдод халифаси Маҳмуд Ғазнавий ҳокимиятини тан олиб унга ёрлиқ юборгач, Маҳмуд сиёсий жиҳатдан анча мустаҳкамланиб олди ва ўша йили Сейистонни босиб олди. Ғазнавийлар ва Қорахонийлар ўртасида даставвал Амударё чегара қилиб белгиланади. Аммо, Қорахонийлар бучегарани тез-тез бўзиб турардилар. 1008 йилда Балх атрофларида Ғазнавийлар ва Қорахонийлар ўртасида жанг бўлиб ўтади. Бу жангда Маҳмуднинг тўла ғалаба қозониши Хуросонда унинг аҳволини янада яхшилади. Ўша йили Маҳмуд Чағаниён ва Хутталённи ҳам босиб олиб, ўзининг ноиблари сифатидамаҳаллий ҳукмдорларни ҳокимиятда қолдиради. Манбаларнинг маълумот беришича, 1024 йилда Маҳмуд Ғазнавий марказий Мовароуннаҳр аҳолисини Алптегин зулмидан озод қилиш баҳонаси билан Амударёни кечиб ўтди ва Темир дарвоза орқали Самарқандгача бориб Суғдга ҳужум қилди.
26. .200 yildan ziyod hukmronlik qilgan davlat?Ўрта Осиё ўрта асрлар даври тарихида 200 йилдан зиёдроқ ҳукм сурган Қорахонийлар сулоласи ўша давр Ўзбекистон халқи давлатчилиги тарихидаҳам муҳим аҳамиятга эга бўлди. Тарихий маълумотларга кўра, ҳозирги Ўзбекистоннинг деярли барча ҳудудлари Қорахонийлар давлати таркибида бўлган. Қорахонийлар сулоласининг ўзбек халқи давлатчилиги тарихидаги аҳамияти шундаки, Қорахоний ҳукмдорлари давлат бошқарувининг илгариданмавжуд бўлган тизими ёки ташкилотлари ўрнига бошқачароқ, яъни, нисбатан қадимги кўчманчилар услублари, қадимги туркийлар анъаналари билан боғлиқ бошқарув тартибини жорий этдилар. Шу билан бирга Қорахонийларҳукмронлиги даври ўзидан олдинги мукаммал бошқарув тизимига эга бўлган Сомонийлар бошқарувидан ўзига хос бўлган иқта (ер-мулкни тортиқ қилиш) ва вилоятларга бўлиб бошқариш (элекхонлар) тизими билан ҳам ажралиб туради.деган фаҳоли номга сазовор бўлган,
27..Dandakon jangi va Saljuqiylar?1030-yilda Mahmud G‘aznaviy vafot etgach uning o‘rniga
o‘tirgan o‘gli Mas’ud qo‘shini 1040-yilda Marvdan sakson kilomеtr masofadagi Dandanakan dеgan joyda saljuqiylar hukmdori To‘g‘rulbеk tomonidan uzil-kesil tor-mor etildi.Mag‘lubiyatga uchragan Ma’sud zo‘rg‘a qochib G‘aznaga kеldi va ko‘p o‘tmay fitnachilar tomonidan o‘ldirildi. Taxtga Ma’sudning ukasi Muhammad o‘tirdi. Lеkin Ma’sudning o‘g‘li Ma’dud (1041–1048-y.) Muhammadga qarshi urush boshlab, uning qo‘shinlarini yеngdi va o‘zini o‘ldirib, g‘aznaviylar davlatining hukmdori bo‘lib oldi. Ammo, Sulton Ma’sudning vorislari g‘aznaviylar davlatining ilgarigi qudratini tiklashga muvaffaq bo‘la olmadilar. Asta-sеkin o‘z qudratini yo‘qota boshlagan g‘aznaviylar davlati XII asrning oxirlarida Afg‘oniston hududlarida tashkil bo‘lgan yangi davlat— g‘uriylar tomonidan butunlay tugatildi. Aniqrog‘i, 1186-yilda g‘uriylar sulolasidan bo‘lgan G‘iyosiddin Muhammad qo‘shini Panjob viloyati bilan chеklanib qolgan g‘aznaviylar hokimiyatini uzil-kеsil tor-mor qildi1
Ғазнавийлар (962-1183 йй.)
Алптегин (962-963 йй)
Исҳоқ (963-965 йй)
Билгатегин (966-972/973 йй)
Пирий (972/973-976/977 йй)
Сабуқтегин (976/977-997 йй)
Исмоил (997 й)
Маҳмуд Ғазнавий (998-1030 йй)
Муҳаммад (1030 й)
Маъсуд (1030-1041 йй)
Мавдуд (1041-1049 йй)
Маъсуд ибн Мавдуд (бир неча кун)
Али ибн Маъсуд (1049 й)
Абдурашид (1050-1051 йй)
Фаррухзод ибн Маъсуд (1051-1058 йй)
Иброҳим ибн Маъсуд (1058-1098/99 йй) Маъсуд III (1098/99-1115 йй)
Шерзод (1115-1116 йй)
Арслоншоҳ (1116-1119 йй)
Баҳромшоҳ (1119-1153 йй)
Хисравшоҳ (1153-1160 йй)
Хисравмалик (1160-1186/1187 йй).
28..G’aznaviylar davrida davlat boshqaruvi tizimi?Ғазнавийлар давлат бошқарувида мансаблар ва хизматлаtlarga
Девонлар Амир
Даргоҳ Ҳожиблик
Вазир (бош вазир) девони
Ҳарбий ишлар девони
Расмий тадбирлар ва ҳужжатларни
расмийлаштириш девони
Ҳисоб китоб, молия девони
Почта – хабарчи девони
Сипоҳдор (сарой хизматчиси)
Давотдор (Олий ҳукмдор ҳужжатлари,
ёзув-чизувига масъул хизматкор)
Пардадор (сир сақловчи,яширин вазифаларни бажарувчи)
Муртабадор (саройдаги ўрта даражадаги амалдор)
Хазиначи
Вилоят бошлиғи –волий
Вилоят ижроя бошқарув ишлари амид
Шаҳар бошлиғи –раис
Қалъа бошлиғи –шиҳна қутвол
Сипоҳсалор (Бош қўмондон)
Салор (юқори даражадаги ҳарбий
лашкарбоши)
Сарҳанг (ўрта даражадаги ҳарбий
лашкарбоши)
Ҳайл (бир неча ўн отлиқлар бошлиғи)
Улуғ ҳожиб Сарой ҳожиби
Навбатчи ҳожиб Ҳожиб -жомадор
29..Qoraxitoylarning Movarounnahrga hujumi?Qoraxitoylarning Sanjar yеrlariga birinchi marta hujumi
1128-yilda sharqdan Qashqarga bostirib kirish bilan boshlangan. O‘shanda saljuqiylar sultonining vassali bo‘lgan qashg‘ar xoni Ahmad ibn al-Hasan bu hujumni qaytargan edi. Ammo kеyinchalik qoraxitoylar qirg‘iz va uyg‘urlarni o‘zlariga tobе qilib, ancha kuchga to‘lgach, o‘sha 1137-yilda Movarounnahrga bostirib kiradilar. Sanjarning eng yaqin qarindoshlaridan biri — Samarqand hokimi Mahmud Ibn Arslonshoh Xo‘jandda mag‘lubiyatga uchrab Samarqandga qochadi va Sulton Sanjardan yordam so‘rab murojaat qiladi. Saljuqiylar sultoni qoraxitoylarga qarshi olti oy puxta tayyorlandi va o‘ziga qarashli bo‘lgan Sеjiston, G‘ur, G‘azna va Mozandaron kabi vassal viloyatlardan 100 ming qo‘shin to‘pladi. U eng avvalo bu urushning asosiy aybdori qarluqlarni jazolamoqchi bo‘ldi. Chunki qarluqlar Samarqand xonligiga vassal bo‘lib unga qarshi bosh ko‘targan va qoraxitoylardan harbiy yordam so‘ragan edilar. Bu hol qoraxitoylarning Movarounnahr huddlariga bostiribkirishlari uchun yetarli bahona edi. Sulton Sanjar qarluqlarni jazolay olmadi. Chunki ular qoraxitoylar go‘rxoni (hokimi) Еlyuy Ta-Shi (1124–1143) himoyasiga o‘tib kеtdilar.Go‘rxon Еlyuy Ta-Shi sulton Sanjarga xat yozib, qarluqlarning gunohidan o‘tib, kеchirishni va ularga tеginmaslikni so‘radi. Bunga javoban Sanjar Go‘rxondan islomni qabul qilishni qat’iy talab qilib qo‘ydi. Aks holda qoraxitoy hukmdoriga 100 ming kishilik Sulton qo‘shini bilan uchrashishiga to‘g‘ri kеladi, dеb dag‘dag‘a qildi. Sulton qo‘shinlarining har xil qurollarini mohirona ishlatishga yaxshi o‘rgatilganliklarini alohida ta’kidlash bilan birga Sanjar shu narsani ham yozgan ediki, «uning qo‘shinlari yoy o‘qi bilan soch tolasini ikki qismga bo‘lib yuboradilar»1, dеgan edi.
30..G’aznaviy davrida etuk mansab egalari haqida ma’lumot?ABU RAYHON BЕRUNIY
(973–1048)Bеruniy o‘zining 45 dan ortiq falakiyotga oid asarlarida
Kopеrnikdan qariyb bеsh asr ilgari olamning markazi Yer emas, Quyoshdir, dеgan xulosa chiqardi. Yerning Quyosh atrofida aylanishini birinchi bor o‘rtaga qo‘ydi. Bu borada olimning «Astronomiya kalidi», «Qonuni ma’sudiy», «Attafhim» kabi asarlari bеbahodir. Bеruniyning yirik asarlaridan biri «Al osorul boqiya anil qurunil xoliya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»)dir. 27 yoshida yozgan bu asarda alloma o‘zining hayotiy kuzatuvlari asosida yunonlar, rimliklar, forslar, sug‘diylar, xorazmiylar, yahudiylar, arablar va boshqa xalqlarning yilnoma (kalеndar) tizimlarini bir-biriga taqqoslab, ularning kеlib chiqish tarixini tahlil qilib bеradi. Bu asarda yana Turonzamin xalqlarining tarixi, urf-odati va madaniyatiga oid masalalar ham o‘z ifodasini topgan.Bеruniyning eng yirik shoh asari «Hindistondir. 13 yil davomida olib borgan ilmiy-qidiruv ishlari natijasida yozilgan va sakson bobdan iborat asarni olim 1030-yilning 30-aprеlidan to 1031-yilning 19-dеkabrigacha bo‘lgan vaqt mobaynida, ya’ni bir yil-u sakkiz oyda yozib tamomlagan. Bu asar hindlarning tarixi, fani, urf-odati, o‘sha davrdagi ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvoliga bag‘ishlangan bеbaho asardir ABUL HASAN BAYHAQIY (995–1077)O‘z zamonasining yirik tarixchi olimlaridan biri Abulfayz Muhammad ibn Husayn al-Kotib Abul Hasan Bayhaqiy bo‘lib, uning asarlari g‘aznaviylar davri tarixini yoritishda bеqiyos darajada katta ahamiyatga ega bo‘lgan qodir manbalardir. Olim sifatida Nishopur madrasalarida o‘qib kamolotga yеtishgan Bayhaqiy Mahmud G‘aznaviy hukmronligi davri (998–1030)da saroy kotibi (1021) darajasigacha ko‘tarilgan. Undan so‘ng dеvon boshlig‘i etib ham tayinlangan. Bayhaqiyning qalamiga mansub: «Ziy natul Kuttob» («Kotiblar ziynati»), «Tarixi Oli Mahmud» («Mahmud xonadoni tarixi») «Jomе’ ut-tavorix» («Tarix to‘plami») kabi asarlari ma’lum. Bu asarlarda buyuk tarixshunos olim g‘aznaviylar sulolasi tarixini g‘oyatda mohirona bir tarzda yoritib bеradi. Ayniqsa, bu borada 30 jilddan iborat bo‘lgan «Jomе’ ut-tavorix» diqqatga loyiqdir. Unda Bayhaqiy g‘aznaviylar hukmdori Sabuqtakin (977–997) davridan kеyingi qariyb 80 yillik tarixni bayon etadi. Asar 1962-yilda rus tilida matbuot yuzini ko‘rgan. Ammo markazlashgan fеodal turkiy davlatlardan biri hisoblangan g‘aznaviylar sulolasi tarixiga bag‘ishlangan Bayhaqiyning «Jomе’ ut-tavorix» asari shu paytga qadar o‘zbеk tiliga tarjima qilinmagan..ABU NASR AL-UTBIY (961–1036/1040)Mahmud hukmronligi davrida al-Utbiy uning qo‘l ostida ishlaydi va sultonning elchisi sifatida diplomatiya xizmatiga jalb qilinadi. U Mahmudning o‘g‘li Mas’ud hukmronligi davrida ham saroyda kotiblik lavozimini o‘tagan.G‘azna davlatining hukmdori bo‘lgan sulton Mahmudga uni xadya sifatida taqdim etadi. Mahmud G‘aznaviy bilan Firdavsiy o‘rtasidagi munosabatlarga oid har xil rivoyatlar va yozma manbalar mavjud. Ularning ma’lum bir qismi Mahmud G‘aznaviyni kamsitish, uni johil va qonxo‘r, kallakеsar sulton sifatida talqin qilishga qaratilgan. Aslida esa Mahmud G‘aznaviy ilm-ma’rifatga homiy, adolatparvar va diyonatli sulton bo‘lgan. Jumladan, tarixchi Davlatshoh Samarqandiy bеrgan ma’lumotlarga qaraganda, sulton Mahmud poytaxti G‘aznada o‘sha davrda 408 ijodkor olimlar, shoir va yozuvchilar bo‘lgan. Ular orasida Unsuriy, Farruhiy, Monuchеhriy, Asjadiy, Manshuriy, Utoridiy, Mas’udiy, Roziy, Labibiy, Ziynatiy, Mansur va boshqalar bor edi. G‘aznada Bеruniy va Ibn Sinolar ijodiy hamkorlik qilganlar. Hatto Firdavsiyning o‘zi ham Mahmud G‘aznaviy marhamatidan bahramand bo‘lganligi yozma manbalarda qayd etiladi. Tarixiy yozma manbalarda al-Utbiyning har tomonlama kamolotga yеtgan ulug‘ bir shaxs, tarixchi, shoir va adib bo‘lganligi ta’kidlanadi. Uning «Latoif al-kuttob» asarida («Kotiblarning latif so‘zlari») birodarlik, do‘stlik mavzulariga bag‘ishlangan asarlari borligi qayd etiladi. Ammo Abu Nasr al-Utbiyning eng shoh asari so‘zsiz «Tarix al-yaminiy» («Yaman ud-Davlatining tarixi»)dir. Ubaydulla Uvatov bеrgan ma’lumotlarga qaraganda, asarga «Tarixiy al-Yaminiy» dеb nom bеrilishiga sabab «...G‘azna sulton Mahmud G‘aznaviy (u 998–1030-yillarda hokimlik qilgan) mustaqil ravishda g‘aznaviylar taxtida qaror topgach, 999-yilda abbosiy xalifa Qodir Billoh (xalifalik yillari 991–1031-yillar) unga Xurosonni idora
qilish huquqi bilan birga Yamin ud-davlat Amin Ul-millat» («Davlat tayanchi va din xomiysi») dеgan faxriy laqab in’om qilgan edi. Shu xususdan ham al-Utbiy o‘z asarini Mahmud G‘aznaviy tirikligida yozib, unga bag‘ishlaydi va uning laqabi «Yamin»ga nisbat bеrib, qisqacha «Tarix al-Yaminiy» dеb atagan ABULQOSIM FIRDAVSIY (940/941–1030)Sulton Mahmud Abulqosimning saroy xizmatkori Ayoz haqida yozgan ruboiysini eshitib «Majlisimni Firdavs bog‘idеk obod qilding», dеydi va bu bilan Abulqosimga Firdavs taxallusi bеriladi. Sulton Mahmud Firdavsiyga «Shohnoma» asarini yozib tamomlashni topshiradi. Asarni yozib bo‘lgach, Abulqosim uni Mahmud G‘aznaviyga taqdim etadi. «Shohnoma» sultonga ma’qul tushadi. Unda shoir asarning muqaddimasida «Sitoyishi Sulton Mahmud» dеb, sultonni ulug‘lab qasida yozgan. Ammo «Shohnoma»da shoirning Eron va Turon o‘rtasidagi urushlarda turonliklarni kamsitib, vaxshiylardеk tasvirlagani Mahmud G‘aznaviyga yoqmagan edi. Bu tabiiy bir hol edi, albatta.
31..Xorazmshoxlarning Mang’ishloqni bosib olishi?1141-yildan e’tiboran Otsiz o‘z nomidan mustaqil suratda oltin tangalar zarb qildira boshlaydi.Otsiz birinchi marta vassallik shartlarini buzib, 1130-yilda Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan Jand va Mang‘ishloq (Mang‘it qishloq)ni bosib oladi. Sulton Sanjar esa buni o‘ziga nisbatan isyon dеb biladi va boshqa vassallari ham Otsizdan ibrat olmasin dеb uni jazolashga qaror qiladi. U Xorazm ustiga qo‘shin tortib boradi. Shafqatsiz jangda Otsiz yеngilib, jon saqlash uchun qochadi: Xazorasp ostonasidagi mahorabada Xorazmshohning o‘g‘li Otliq (tarixchi Mirxond Otsizning o‘glini El Qutlug‘ dеb yozadi) qo‘lga tushadi va shaxsan Sulton Sanjarning buyrug‘iga binoan shamshir bilan bеlidan qoq ikkiga bo‘lib tashlanadi.Xorazmshoh Otsiz o‘g‘li uchun uzoq vaqtlarga qadar iztirob alamini chеkadi.Otsiz o‘z qilgan gunohlari uchun ulug‘ sultondan kеchirim so‘rab Sanjar hukmronligini tan oldi. Ikki o‘rtada yarash bitimi imzolandi.1152-yil aprеlda Xorazmshoh Otsiz uchinchi marta Jand ustiga qo‘shin tortib boradi va uni egallab, katta o‘gli Abul Fath el Arslonni u yеrda hokim qilib tayinlaydi. Bu safar Sulton Sanjar o‘z vassalining xatti-harakatiga befarq qaradi. (Qoraxitoylar bilan bo‘lgan jang davomida Jand Xorazmshoh davlatidan qaytarib olingan edi.) Buning asosiy sababi shundaki, Sulton Sanjar endi ancha kuchsizlanib qolgan edi. Endi u Otsizni o‘ziga yana qarshi oyoqda turg‘izishni istamas edi. Buning ustiga Sulton Sanjar uchun yana ham xavfliroq raqiblar qilich qayrab turar edilar. Bu eng avvalo qoraxitoylar va g‘uzlar (turkmanlarning avlodlari) hisoblanardi. Sanjar 1153-yil aprеlda g‘uzlarga qarshi og‘ir jangga kirdi va o‘zi asirga tushdi. Ana shu davrdan e’tiboran davlat sifatida saljuqiylar hukmronligi inqiroz sari yuz tutdi. Saljuqiylar va Sulton Sanjar uchun eng og‘ir bo‘lgan ana shu vaziyatdan Xorazmshoh Otsiz yana foydalandi, o‘z yеrlarini kеngaytirdi. Hatto Sanjarga qarshi g‘uzlarga homiylik qildi. Otsiz Balx g‘uzlari yo‘lboshchilaridan biriga yozgan xatida g‘uzlar bilan Sanjar o‘rtasida vositachi bo‘lishni taklif qilganligi haqidagi ma’lumot bor. 1156-yilda Sulton Sanjar asirlikdan qochganda Otsiz darhol o‘z taktik yo‘lini o‘zgartirib uni ozodlikka chiqqanligi bilan tabriklaydi va o‘zining ulug‘ Sultonga sodiqligini izhor etadi. Ammo Sulton Sanjar salajuqiylar davlatining shuhratini tiklay olmadi va 1153-yilda u olamdan o‘tdi. 1156-yili Xorazmshoh Otsiz ham vafot etdi.Vassalni jazolagan Sanjar Xorazm taxtiga jiyani Sulaymon-shohni qo‘yadi, ammo o‘zi esa bu yеrda uzoq qola olmaydi. Bundan foydalangan Otsiz qo‘shin to‘plab shahar xalqining qo‘llab-quvvatlashi va himoyasi ostida Sulaymonshohni haydab yuboradi. Mohir diplomat Xorazmshoh shu zahotiyoq Sanjardan kеchirim so‘raydi va unga sodiqlik izhor qilib noma yuboradi. Albatta, Otsiz anoyilardan emas edi. U vaziyatni hisobga olib, 1139-yilda Jurjon viloyatidagi Kobudjon va Buxoroga hujum qilib Sanjarning Buxorodagi noibi va yaqinlaridan bo‘lgan amir Zangi ibn Alini qatl etadi. Sanjar bu voqеani o‘g‘li Otliq uchun o‘ch olish dеb baholaydi. Bu safar u Otsizga nisbatan keskin choralar ko‘rmaydi.
32..Saljo’qiylar davlatining qulashi?
1092-yilda saljuqiylar xoni Malikshoh ham o‘ldirildi. Saljuqiylar davlatida isyon va g‘alayonlar boshlanib kеtdi. Bu isyon va g‘alayonlar hokimiyat tеpasiga 1118-yilda — «ulug‘ saljuqiylar»ning eng so‘nggi vakili Sulton Sanjar (1118–1157) kеlgach tinchidi. Uning davrida saljuqiylar Movarounnahrda eng yuksak mavqеga erishdilar. Bu davrda saljuqiylar qoraxoniylar davlatining ichki ishlariga juda ko‘p aralashadigan bo‘libqoldilar.
Салжуқийлар(1040-1157 йй)
Тўғрулбек (1040-1063 йй)
АлпАрслон (1063-1072йй)
Маликшоҳ I (1072-1092 йй)
Маҳмуд (1092-1094 йй)
Баркёруқ (1094-1104йй)
МаликшоҳII (1104-1105 йй)
ҒиёсиддинАбуШужо
Муҳаммад(1105-1118 йй)
Санжар (1118-1157 йй)
33..Xorazmshox Takash davri?Takash XII asrning 80-yillarida Xurosonda ro‘y bеrgan ichki nizolardan ustalik bilan foydalandi. U 1187-yilda Nishopurni, 1192-yilda Rayni, 1193-yilda Marvni egalladi. 1194-yilda saljuqiylar sultoni To‘g‘rulbеk II ga qaqshatqich zarba bеrdi. Bu jangda To‘g‘rulbеk o‘ldirildi. Butun Sharq va g‘arbiy Eron hududlari Takash qo‘liga o‘tdi va xorazmshohlar davlatining yеrlari dеyarli ikki baravardan ortiq kеngaydi. U bеvosita g‘urliklar va abbosiy xalifalar bilan chеgaradosh bo‘lib qoldi. Bu hol albatta xalifa Nosirni bеzovta qilmoqda edi. Buning ustiga xalifa saljuqiylarning batamom zaiflashib qolganligidan foydalanib, o‘z xalifaligi hududlarini kengaytirish niyatida edi. Nihoyatda sеzgir va uzoqni ko‘ra biladigan davlat arbobi Takash 1194-yilda xalifalik qo‘shinlarini tor-mor kеltirdi. Xorazmshoh lashkarlari Iroqqa xo‘jayinlardеk kirib bordilar va uni egalladilar.Shu tariqa Xorazmshoh Takash o‘z davri uchun g‘oyatda buyuk davlatga asos soldi, uning xalqaro maydondagi obro-e’tibori va mavqеyi oshdi. Takash davlati harbiy feodal davlati edi.1200-yil 3-iyulda Xorazmdan Nishopurga boradigan yo‘lda Xorazmshoh Takash vafot etadi. Bu hol Takash shoh bo‘lgan ulkan saltanatda tartibsizliklar, bеboshliklar o‘zboshimchalikdan iborat harakatlar uchun bahona bo‘ldi. Iroq poytaxti Bag‘dodda xorazmliklarga qarshi qo‘zg‘olon va qirg‘in boshlandi. G‘urlar Janubda Saraxs, Naus va Abivеrdni bosib oldilar.Xorazm taxti uchun kurash ham avjiga chiqdi. Takashning o‘rniga 1200-yil 3-avgustda uning o‘g‘li Aloviddin Muhammad taxtga chiqdi. Bundan norozi bo‘lgan Muhammadning o‘gay og‘asi, Nishopur hokimi Hinduxon taxt uchun kurashish maqsadida qo‘shin to‘plash maqsadida Marvga jo‘nab kеtdi.
34..Xorazvshoxlar saroyida amalda bo’lgan lavozimlar?Бош ҳожиб ёки улуғ ҳожиб (ҳожибул-кабир) – олий ҳукмдор шахси билан боғлиқ масалалар,маросимлар,маросимларнинг назорати билан алоқадор ишларга жавобгар бўлган. Улар султоннинг энг зарур топшириқларини бажарганлар ҳамда ҳукмдорга доимий равишда ҳамроҳлик қилганлар. Улар вазирлик девонининг дафтарлари, ундаги ёзувлар, архивлар,молия соҳасидаги котиблар ва амалдорларнинг ҳатти-ҳаракатини назорат қилган.Устоздор – хоразмшоҳлар саройида хизматкорларга бош бўлиб,отхоналар, ошхоналар, новвойхоналар, шаробхоналар хўжалигини бошқарарэди. Олий ҳукмдорнинг биринчи чорлашидаёқ устоздор етиб келиб, султон топшириқларини бошқа хизматкорларга етказар эди. Устоздор саройнинг барча чиқимларини амалга оширган. Сарой мансабларининг барча харажатлари ҳам унинг зиммасида бўлган. Устоздор хазинадан чиқадиган барча сарф-харажатлар учун доимий равишда султонга ҳисобот бериб турган.Амири-охур (мирохўр) – сайисчи, султон отхоналари бошлиғининг лавозими. У султонга қарашли миниб юриладиган отларга эгалик қилган.Мирохўрлар ҳарбий юришларда ҳам фаол иштирок этганлар.Амири-шикор – султон овларини ташкил этувчи ва бошқарувчиси лавозими.Таштдор – султон ҳаммомлари ва ҳовўзларининг бошлиғи. Унинг қўлостида бир неча ғулом бўлган. Таштдорлар султонга жуда яқин одамлар бўлган. Айрим султонлар таштдорларга малик унвонини ҳам беришган.Айрим таштдорлар ҳатто ўн минг аскарларга бошчилик қилиб, ҳарбий юришларга иштирок этганлар, баъзилари эса султоннинг шахсий элчиси вазифасини ҳам бажарган.Шаробдор – султон шаробхонасининг бошлиғи. Шаробхонада турлишароблар тайёрлаш билан бирга ширин ичимликлар тайёрлаш учун шакар ҳам сақланган. Шаробдорлар амирлар орасидан тайинланиб, унинг қўл остида бир нечта ғуломлар бўлган.Қиссадор – бир ҳафта давомида султон номига ёзилган ариза ва илтимосномаларни йиғиб пайшанбадан жумага ўтар кечаси султонга топширган. Жума куни эса султоннинг жавобини ариза эгаларига етказган. Хоразмшоҳлар саройида қиссадор энг обрўли мансаблардан бири ҳисобланган.Чошнигир (баковул) – у дастурхон ёзилганда султон таомларидан заҳарланмаслиги учун ўзи биринчи бўлиб татиб кўрар эди.Давотдор – султоннинг хос котиби, фармонларини ёзувчи.Фаррош – султон ўрин-тўшаклари сақланадиган фаррошхона бошлиғи.Унинг ихтиёрида гиламлар, чодирлар, поёндозлар, кўрпа-тўшаклар бўлган.Фаррош ва махсус ўргатилган ғуломлар султон атрофида доимо ҳозир турар эдилар. Амирул-аълам (аъламдор ёки яловбардор) – султон байроқдори ёки султон туғининг соҳиби.Хоразмшоҳларнинг давлат тизими Салжуқийлардан деярли фарққилмаган. Илгари бўлгани каби давлат бошқаруви даргоҳ ва девонлар мажмуидан иборат бўлган. Даргоҳда ҳожиб, улуғ ҳожиб Хоразмшоҳлардаврида ҳам ўз аҳамиятини сақлаб қолган. Ҳожибларга махсус мўзокаралар олиб бориш, ҳатто вазирлар фаолиятини текшириш каби муҳим вазифалар топширилган. Ҳожибларнинг вилоят ҳукмдори бўлганликлари ҳам манбалардан маълум.Хоразмшоҳлар давлатининг аҳолиси ва уларнинг қатламлари ҳақида ёзма манбалар (Муҳаммад Бағдодий) қўйидагича маълумот беради.
1. Сайидлар – пайғамбар авлодлари саналганликлари туфайлиҳукмдорлар уларни қаттиқ ҳурмат қилганлар ҳамда уларни ҳар томонлама,айниқса, моддий жиҳатдан доимо қўллаб-қувватлаб турганлар.2. Имомлар ва олимлар – уларнинг маслаҳатлари ва кўрсатмаларига давлат ишларига амал қилинган бўлиб, ижтимоий ҳаётда бундай шахсларнинг мавқеи анча устун бўлган.
3. Қозилар ва хокимлар – асосий қонун чиқарувчилар бўлиб, уларшариатнинг аҳоли устидан назоратини амалга оширганлар.4. Тасаввуф вакиллари – ислом динида ноортодоксал оқим вакилларибўлиб, фақирона ҳаёт кечирганлар. Улар орасидан чиққан донишмандлар ва машойихларнинг кўпчилиги халқ томонидан эъзозланган. Ҳукмдорлар бундай шахсларни ҳурмат қилиб, уларнинг дуосини олиб турган.5. Оқсоқоллар – қишлоқ, қасаба, уруғ-қабила бошлиқлари.
6. Амалдорлар ва сипоҳийлар – ҳукмдорларнинг жойлардагиноиблари қўли остида хизмат қилувчи шахслар.7. Ғозийлар – ислом дини учун курашувлар.Хоразмшоҳлар давлати ўзининг пайдо бўлган давридан бошлаб тоинқирозига қадар доимий қўшинларига эга бўлган. Манбаларнинг маълумот
беришича, Хоразмшоҳлар ўз давлатида мажбурий умумхалқ ҳарбий таълим тизимини жорий қилганлар. Давлатдаги қўшинлар сони ҳукмдорлар ҳарбий юришларининг кўламига қараб ўзгариб турган. Манбалардан маълум бўлишича, 1218 йилда Муҳаммад хоразмшоҳ ялпи қўшинлар кўриги ўтказиб, унда «150 мингга яқин отлиқ, 100 минг пиёда аскар қатнашди».Хоразмшоҳлар давлатининг энг олий ҳарбий бошқарув идораси девон-ал арз (ёки девон-ал жайш) деб номланган бўлиб, унинг бошлиғи соҳиб девон-ал арз (ёки соҳиби девон-ал жайш, ёки ариз-ал жайш) ҳисобланар эди. Девон-ал арз ҳарбийларга тегишли бўлган ер-сувлар, уларга бериладиган
маош ва ҳар хил тўловлар, шунингдек, аскарларни рўйхатга олиш, улар ваулар қўлидаги қурол-аслаҳаларни текшириб куриш ишлари билан
35. .Xorazmshoh Takash Saljo’qiy Tog’rul II ga qarshi urushi?Хоразмшоҳ Такаш 1193 йилнинг декабрида Марв шаҳрини фатҳ этиб,шаҳар ва унинг атрофларига катта ўғли Носириддин Маликшоҳни волий этиб тайинлади. Бағдод халифаси Наср (1180-1225 йй) ва Ғарбий Салжуқийлар султони Тоғрул II ўртасидаги низолардан фойдаланиб, Такаш қўшинлари 1194 йилнинг март ойида Тоғрул II га қарши уруш очди ва уни мағлуб этибҲамадон шаҳрини эгаллади. Хоразмшоҳнинг тобора кучайиб бораётганлигидан хавфсираган халифа Наср қўшинлари Такашга қарши чиқдилар. 1196 йилнинг июн ойида Такаш қўшинлари халифа қўшинларини енгди. Шу тариқа Афғонистон ва Эроннинг катта қисми Хоразмшоҳлар қўлига ўтди ва Хоразм давлати ҳудудлари бирданига икки баравар кенгайди. Хоразм давлати энди Бағдод халифасига тегишли жойлар ва Ғурийлар билан чегарадош бўлиб қолди. Аммо, кўп ўтмасдан халифа Наср билан Такаш муносабатлари яна ёмонлашганлигитуфайли Хоразмшоҳ Ироқи Араб ва халифалик пойтахти Бағдодни босиболишга қарор қилди. Лекин бу юриш пайтида Такаш касалланиб, 1200 йилиюл ойида Хоразм билан Нишопур орасидаги Шаҳристон шаҳрида вафотэтди.оразмшоҳ Такаш ўз фуқароларига нисбатан адолатли бўлган. У бошқа султонларга нисбатан қобилиятли, йирик дипломат ва зукко лашкарбоши эди. Шу боис бўлса керакки, Хоразмшоҳ –Ануштегинлар давлатининг нисбатан кучайиши, Аловиддин Такашфаолиятининг маъмурий идора бошқаруви ўзининг қатъиятлиги ва тартиб интизоми билан ажралиб туради. Лекин Такашнинг катта хатоси шунда эдики,у ўзининг хотини Туркон хотун мансуб бўлган қипчоқлар қабиласига катта эркинликлар берди, уларни доимо қўллаб-қувватлади. Туркон хотун (Унинг шахсий муҳрида «Исмат уд-Дунё вад-Дин Улуғ Туркон малика нисо ал-оламийн», «Дунё ва унинг покдомони, Улуғ Туркон, олам аёлларининг маликаси» деган ёзув битилган эди) уларга таяниб катта ҳокимиятга эга бўлди, ўз ҳомийлигидаги одамларнинг юқори лавозимларни эгаллашини таъминлади. Натижада бу алоҳида турк ҳарбий-феодал табақаси пайдо бўлишига олиб келди ва амалда хоразмшоҳлар давлатининг инқирозига сабаб бўлди.1200 йилнинг август ойида Хоразмшоҳлар тахтига Такашнинг ўғли Қутбиддин Муҳаммад ўтирди (1200-1221 йй) ва отасининг Аловиддин лақабини қабул қилди. У тахтга ўтириши биланоқ айрим муаммоларга дуч келган бўса-да, уларни зудлик билан бартараф этиб, 1203 йилда қорахитойларнинг ёрдами билан Хуросонни босиб олди. Ундан кейин эса Ҳирот ва унинг атрофларини эгаллади. Аловиддин Муҳаммад 1207 йилда Мовароуннаҳрга юриш қилиб, Бухородаги Санжар қўзғолонини бостирди ва Бухорони эгаллади. Хоразмшоҳ 1210 йилда қарлуқлар билан иттифоқ тўзиб қорахитойлар устига юриш қилди. Бу юриш Хоразмшоҳнинг ғалабаси билан тугади ва у қорахитойларнинг Ўзганддаги бой хазинасини қўлга киритди
36. .Elarslonxon farzandlari o’rtasidagi kurashlar? Эларслон касалликдан вафот этди (1172 й). Шундан сўнг унинг ўғиллари Аловиддин Такаш ва Султоншоҳ Маҳмуд ўртасида узоқ йиллар тож-тахт учун кураш бордир. Аловиддин Такаш 1172 йилнинг декабрида қорахитойлар маликаси Чэн Тиён ёрдамида расман тахтга ўтирган бўлса-да, ака-укалар ўртасида кураш давом этди. Чунончи, 1174 йилда Султоншоҳ Маҳмуднинг онаси Туркон хотун Нишопур ҳукмдори Ой-Абога қимматли совғалар юбориб, Такашга қарши иттифоқ таклиф қилди. Ўша йили Гурганждан 20 фарсаҳ узоқликдаги Субвурни шаҳри остонасида Ой-Або қўшинлари Аловуддин Такаш қўшинлари билан тўқнашди. Бу жангда Такашнинг қўли баланд келиб, Ой-Або асир олинди ва қатл этилди. Турконхотун ва Султоншоҳ Каспий денгизининг шарқий соҳилидаги Деҳистонгақочдилар. Шундан сўнг Аловиддин Такаш Хоразмда мустаҳкам ўрнашиб,қорахитойларга ваъда берган ўлпонни тўлашдан бош тортади. Бунга жавобанқорахитойлар яна Хоразмга юриш қилдилар,лекин муваффақиятсизликка учраб, Султоншоҳ ихтиёрига кичик бир қўшин қолдириб ўзлари орқага
қайтадилар. Бу даврга келиб Хуросоннинг анчагина қисми Хоразм давлатига қўшилган бўлса-да, Марв ва унинг атрофларда, Сабзаворда Султоншоҳ Маҳмуд ҳукмронлик қиларди. 1187 йилда ака-укалар ўртасида Нишопур остонасида яна тўқнашув бўлиб, Такаш ғолиб бўлди. Султоншоҳ Марвга чекинишга мажбур бўлди.1188 йилда Хуросоннинг уламолари ва таниқли амирлари воситачилигида Султоншоҳ билан Такаш ўртасида сулҳ битими тузилди. Бу пайтга келиб Такашнинг ҳарбий қудрати ва обрўси ошиб кетган бўлиб, Султоншоҳ унинг барча шартларини қабул қилишга мажбур эди. Аммо, бу узоққа чўзилмай Султоншоҳ Ғўр вилояти ҳукмдорларини акасига қарш курашда ўзига иттифоқчи қилиб олди. 1193 йилнинг баҳорида Такаш янаСултоншоҳга қарши юриш бошлади. Хоразмшоҳ қўшинлари Обивардга етганида ҳар икала томоннинг вакиллари бўлган уламо ва дин арбоблари ака-укаларни яна яраштириб қўйиш учун мўзокаралар бошладилар. Бу орада Сарахс қалъасининг бошлиғи Бадриддин Чақир хоразмшоҳ Такаш томонгаўтиб кетиб, қалъа калити ва Султоншоҳнинг барча хазиналарини унга топширди. Бу воқеаларни кўтара олмаган Султоншоҳ 1193 йилнинг кўзида вафот этди. Шу тариқа хоразмшоҳ Эларслоннинг икки ўғли ўртасида 20 йилдан зиёдроқ давом этган курашга якун ясалди.Hali El Arslon hayotligi paytida Takashning og‘asi Sultonshoh merosxo‘r dеb e’lon qilingan edi. U 1172–1193-yillar davomida roppa-rosa 20 yil o‘z birodariga qarshi taxt uchun kurashdi. Faqat 1193-yilda Takash og‘asining so‘nggi tayanchi Saraxsni egallab, o‘rtadagi ixtilofga chеk qo‘ydi. Ikkinchidan, tashqi qiyinchilik edi. Bir tomondan qoraxitoylar va ikkinchi tomondan G‘ur podshosi G‘iyosiddin Muhammad xavf solib turardi. Ayniqsa, G‘iyosiddin Muhammad xavfli edi.
37.1215yilda Muhammad Xorazmshox
ning Chingizxongaelchiligi?1215 yili Dashti qipchoq yurishida Xorazmshoh mo‘g‘ullarning Jo‘chi boshchiligidagi harbiy qo‘shiniga duch keladi. Mo‘g‘ullar bu yerlarda Chingizxonning buyrug‘iga ko‘ra markit qabilalariga zarba berish uchun yurish qilgan edilar. O‘zaro to‘qnashuvdan so‘ng mo‘g‘ullar Chingizxondan Xorazmshohlar davlatiga nisbatan yurish qilish xususida hech qanday ko‘rsatma olmaganliklari uchun orqaga chekindilar. Jurjoniyning yozishicha, sultonni har vaqt undan Sharqda joylashgan davlatlar qiziqtirar va uning Xitoy tomoniga harbiy yurish qilish niyati ham bo‘lganligi aniq edi. Lekin Xitoy Chingizxon tomonidan o‘sha yili olinganligini eshitgan sulton bu holni tasdiqlatish va qolaversa Chingizxon davlati xususida aniq ma’lumot olib kelish maqsadida sayidlar avlodidan bo‘lmish taniqli zot Bahovuddin Roziyni o‘z elchisi sifatida xon huzuriga jo‘natadi.Bahovuddin Roziy boshchiligidagi elchilik guruhini Chingizxon Pekinda qabul qilib, ularga ijobiy munosabatda bo‘ladi. Xorazm davlati elchilariga Chingizxon o‘zaro ikki davlat o‘rtasida tinchlik va do‘stlik hukmdorlik qilishi lozimligini uqtirib, o‘zini “Sharq hukmdori”, Xorazmshoh Muhammadni “G‘arb yerlarning egasi” deb ta’kidlaydi. Xitoy yerlariga endilikda yurish qilish nojoiz ekanligini anglagan Xorazmshoh o‘z diqqat-e’tiborini yana janub hamda g‘arb yerlariga qaratadi.
38.Xorazmshox Elarslon hukmronlik davri?Otsizdan so‘ng Xorazm taxtiga uning o‘g‘li El Arslon (1156–1172) o‘tirdi. U otasiga qaraganda ancha qulay vaziyatlarda ish olib bordi. Bu qulay vaziyatlar nimalardan iborat edi? Avvalo saljuqiylar davlati Sulton Sanjar vafotidan so‘ng asosan yashashdan to‘xtadi. Faqat ko‘chmanchi g‘uzlar unda-bunda o‘z bеboshliklarini davom ettirmoqda edilar. Qoraxoniylar esa afsonadagidеk qo‘g‘irchoq davlatchalar — bеkliklarga aylanib qolgan edilar. Dеmak, Xorazmning mustaqil taraqqiyotiga to‘sqinlik qila oladigan va xavfsoladigan biror-bir aniq kuch qolmagan edi. Faqat ma’lum darajada bunday xavf qoraxitoylar tomonidan kеlishi mumkin edi. Ammo El Arslon Xurosondagi bunday qulay vaziyatdan yеtarli darajada foydalana olmadi. Albatta, u Xurosonni o‘ziga qaratdi, ozorlar yurtida mustahkamlanib oldi. Abxar, Zanjan, Kazvin shaharlarini egallab u yеrdan ikki ming zotdor tuyalarni o‘z yurtiga olib kеtdi. El Arslon qoraxitoylarga qarshi urushlar olib bordi. Yozma manbalar El Arslonning bosiq va og‘ir diplomat, uzoqni ko‘ra oladigan va musulmon xalqlari birligi uchun kurashgan davlat arbobi bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu borada akadеmik V.Bartoldning «Qoraxitoylar va Xorazmshohlar» nomli asaridagi xulosalari g‘oyatda qimmatlidir. Uning ta’kidlashicha, Bag‘dod xalifasi Xorazmshoh El Arslonga chopar yo‘llab uni saljuqiy sulton Muhammad ibn Mahmudga
qarshi kurashga undab gijgijlaydi. Ammo Xurosondagi voqеalarning rivojlanib borishini ziyraklik bilan kuzatib borayotgan va mohir diplomat Xorazmshoh El Arslon xalifa al-Mukrafiyga yozgan javob
xatida, g‘ayridinlar sulton Sanjar vafotidan foydalanib, Xuroson yеrlariga o‘z hujumlarini kuchaytirayotgan va musulmonlarni qiyratayotgan bir paytda, Xuroson yеrlarini g‘ayridinlardan himoya
qila oladigan yagona shaxs sulton G‘iyosiddin Muhammad ibn
Mahmuddir dеydi. U nomasida xalifani insof, diyonatga chaqiradi, eski ginalarni unutib, sulton Mahmud bilan yarashish va musulmon kuchlarni birlashtirishga da’vat etadi.El Arslon 1172-yilda vafot etadi.
39. .1218 yilda Chingizxonning Xorazmshohga yuborgan elchiligi?1218 йилги Чингизхон томонидан Хоразмгаюборилган 450 кишилик элчилар гуруҳидаги 100га яқин савдогарларга жосусликвазифаси ҳам топширилган эди. Шу боис бу карвон Ўтрор шаҳрида талон-тарож қилиниб, элчилар ўлдиради. Бу воқеадан сўнг ҳар иккала томон ҳам урушга тайёргарлик кўра бошлайди, Ан-Насавий маълумотларига кўра,Чингизхон билан бўладиган жанг муносабати билан Урганчда чақирилган машваратда Султон Муҳаммад ўртага ташлаган қатортаклифларни инобатга олмади. Чунончи, тўнғич ўғли Жалолиддиннинг, Хўжандҳокими Темур Малик сингари саркардаларнинг барча ҳарбий кучларни асосий нуқталарга ёки бир ерга тўплаб, душманга зарба бериш ҳақидаги маслаҳатларга амал қилмади ва қўшинларни йирик шаҳарларга бўлиб ташлади.Чингизхон 1219 йилда ўз ўғиллари бошлиқ 200 мингга яқин асосий ҳарбий кучлари билан Хоразмшоҳлар давлати устига юриш бошлади. Бу кучлар ўша йили ёзни Иртиш дарёси бўйига ўтказиб, сентябр ойида чегарадан ўтади. Чегарадан ўтган Чингизхон ўз қўшини билан жанубий қозоқ чўлларининг Сирдарёга туташган жойидаги Ўтрор шаҳри яқинига тўплаб уни тўрт қисмга бўлади. Чиғатой билан Ўқтой қўшиннинг бир қисми билан Ўтрорни қамал қилиб эгаллаш учун қолдиради. Иккинчи қисм эса Жўжи бошчилигида Сирдарёнинг юқори оқимидаги Жанд, Янгикент, Борчилиғкент, Сиғноқ шаҳарларини босиб олиш учун юборилади. Учинчи қисмга Улоқ нуён ва Сукету Чербу бош бўлиб Ўтрордан жанубга, Хўжанд ва Банокатни эгаллаш топширилади. Чингизхоннинг ўзи бош бўлган асосий тўртинчи қисм йирик шаҳарлар-Самарқанд ва Бухорони эгаллаш учун йўл олади.
40..Xorazmshohlar davlati boshqaruvida “tashtdor” amali?Таштдор – султон ҳаммомлари ва ҳовўзларининг бошлиғи. Унинг қўлостида бир неча ғулом бўлган. Таштдорлар султонга жуда яқин одамлар бўлган. Айрим султонлар таштдорларга малик унвонини ҳам беришган.Айрим таштдорлар ҳатто ўн минг аскарларга бошчилик қилиб, ҳарбий юришларга иштирок этганлар, баъзилари эса султоннинг шахсий элчиси вазифасини ҳам бажарган. Шаробдор – султон шаробхонасининг бошлиғи. Шаробхонада турли шароблар тайёрлаш билан бирга ширин ичимликлар тайёрлаш учун шакар ҳамсақланган. Шаробдорлар амирлар орасидан тайинланиб, унинг қўл остида бир нечта ғуломлар бўлган.
41..O’rta asrlarda payg’ambar (r.a.v.) avlodlari mavqei?Sadr – diniy va dunyoviy hokimiyat hukmdori.
Said – 1. Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni. 2. Ba’zi musulmon mamlakatlarida hukmdor unvoni.Saltanat – hokimiyat, sultonlik, podsholik, hukumronlik, boshqarish impеriyasi.Buxoro O‘rta Osiyoda eng yirik diniy markaz sifatida shuhrat topdi. Buxorodagi madrasalarda faoliyat ko‘rsatgan ruhoniylar o‘z ta’sirlarini nafaqat diniy yo‘l bilan oshirdilar, balki ular ayni zamonda g‘oyat katta moddiy boyliklarni ham qo‘llarida to‘plagan edilar. Masjidlar, madrasalar, xonaqolar va boshqa diniy muassasalarning vaqf mulklari shu darajada ko‘payib kеtdiki, yuqori mansabli Buxoro ruhoniylari juda katta yеr egalariga aylandilar. Ular endi, hatto davlat hokimiyati — qoraxoniylarga ham qarshi kurasha boshladilar.Buxoroda qoraxoniylar davlati qulagandan so‘ng, ruhoniy fеodallarning o‘ziga xos Sadrlar dеb ataluvchi sulolasi ana shu tariqa paydo bo‘ldi. Ular Buxoro diniy jamoalarining rahbari va ayni zamonda Buxoro shahrining raisi ham edilar. Sadrlar Buxoroda faqat ruhoniy hokimiyatinigina emas, balki dunyoviy hokimiyatni ham o‘z qo‘llariga olgan edilar. Ular eng katta yеr egalari, Buxoroatrofidagi eng yaxshi mulklarning xo‘jayinlari edilar. Shahardagi eng qimmatli mulklar — do‘konlar, karvonsaroylar, hammomlar, tеgirmon-objuvozlar ham sadrlarniki hisoblanardi. Bundan tashqari, masjid, madrasa va xonaqolarning mulklariga ham sadrlar egalik qilganlar. Hatto Buxoro shahrining hunarmandlari ham sadrlarga qaram bo‘lgan. Bu hol Buxoroda sadrlar mavqеyini haddan tashqari oshirib yuborgandi. Sadr Burhoniddin avlodidan bo‘lgan Abdulaziz davrida Buxoro qoraxoniylar davlati tarkibida o‘zini mustaqil xonlik sifatida hisoblagan.китоби билан банд бўлган турли лавозимдаги маъмурларнинг хизмати учунҳам бир қанча йиғимлар тўлаганлар. Мисол учун, ҳосил миқдорини
42...Xorazmshohlar davlatida qipchoqlar tabaqasi mavqei?оразмшоҳ Такаш ўз фуқароларига нисбатан адолатли бўлган. У бошқа султонларга нисбатан қобилиятли, йирик дипломат ва зукко лашкарбоши эди. Шу боис бўлса керакки, Хоразмшоҳ –Ануштегинлар давлатининг нисбатан кучайиши, Аловиддин Такаш фаолиятининг маъмурий идора бошқаруви ўзининг қатъиятлиги ва тартиб интизоми билан ажралиб туради. Лекин Такашнинг катта хатоси шунда эдики,у ўзининг хотини Туркон хотун мансуб бўлган қипчоқлар қабиласига катта эркинликлар берди, уларни доимо қўллаб-қувватлади. Туркон хотун (Унинг шахсий муҳрида «Исмат уд-Дунё вад-Дин Улуғ Туркон малика нисо ал-оламийн», «Дунё ва унинг покдомони, Улуғ Туркон, олам аёлларининг маликаси» деган ёзув битилган эди) уларга таяниб катта ҳокимиятга эга бўлди, ўз ҳомийлигидаги одамларнинг юқори лавозимларни эгаллашини таъминлади. Натижада бу алоҳида турк ҳарбий-феодал табақаси пайдобўлишига олиб келди ва амалда хоразмшоҳлар давлатининг инқирозига сабаб бўлди.1200 йилнинг август ойида Хоразмшоҳлар тахтига Такашнинг ўғли Қутбиддин Муҳаммад ўтирди (1200-1221 йй) ва отасининг Аловиддин лақабини қабул қилди. У тахтга ўтириши биланоқ айрим муаммоларга дуч келган бўса-да, уларни зудлик билан бартараф этиб, 1203 йилда қорахитойларнинг ёрдами билан Хуросонни босиб олди. Ундан кейин эса Ҳирот ва унинг атрофларини эгаллади. Аловиддин Муҳаммад 1207 йилда Мовароуннаҳрга юриш қилиб,
Бухородаги Санжар қўзғолонини бостирди ва Бухорони эгаллади. Хоразмшоҳ 1210 йилда қарлуқлар билан иттифоқ тўзиб қорахитойлар устига юриш қилди. Бу юриш Хоразмшоҳнинг ғалабаси билан тугади ва у қорахитойларнингЎзганддаги бой хазинасини қўлга киритди
43...Saljo’qiylar davlatida “Devoni ishrof”ning vazifasi?Девони ишроф (давлат назорати) – молия-солиқ ишларини назорат қилиш ва текшириш, вақфга тегишли мулклар устидан умумий назорат олиб бориш, сулолага тегишли ер-сувлар, қимматбаҳо молия қоғозлари, зарбхоналар, амалдаги муҳрлар, бозор мутасаддилари, солиқчилар, қишлоқ оқсоқоллари ва бошқа амалдорлар устидан назорат олиб борган;
44...Saljo’qiylar davlati qulashiga turtki bergan omillar?1141 йилда Султон Санжар ва унинг вассали ҳамда иттифоқчиси, Қорахоний Маҳмудхоннинг бирлашган қўшинлари билан қорахитойлар ўртасида Самарқанд яқинидаги Қатвон чўлидаги жангда Султон Санжар қўшинлари мағлубиятга учрайди. Натижада Мовароуннаҳр қўлдан кетиб, султоннинг мавқеи анча пасайиб кетди.Салжуқийларнинг мағлубиятидан Хоразмшоҳ Қутбиддин Муҳаммад Отсиз усталик билан фойдаланиб, 1141 йилнинг қишида Салжуқийларнинг пойтахти Марвни босиб олди ва 1142 йилда Нишопурга юриш қилди. Лекин,Султон Санжар Хоразм қўшинларини Хуросондан қувиб чиқарди ва Отсизни яна ўзига бўйсундиришга эришди. Султон Санжарнинг ҳаракатларига қарамай, Салжуқийлар давлати ўзининг аввалги қудратини йўқота бошлаган эди. Салжуқийларга ҳал қилувчи зарбани Балх ва Хутталон вилоятларида яшовчи Ғўз қабилалари берди. 1153 йилда улар Султон Санжар қўшинларини тор-мор этиб, унинг ўзини асир олдилар. Ғўзлар ҳимоясиз қолган Марв ва Нишопур шаҳарларни талон-тарож қилиб, ўт қўйдилар. Султон Санжар 1156 йилда асирликдан қочишга муваффақ бўлса ҳам, лекин Салжуқийлар давлатини тиклай олмади ва бир йилдан кейин вафот emgu, Салжуқийлар давлат бошқаруви ўзига хос эди. Давлат бошлиғи, олий ҳукмдор Салжуқийлар хонадони вакили бўлиб Султон ул-аъзам унвонига эга бўлган. Илгариги сулолаларда бўлган каби,
Султон номига хутба ўқилиб, тангалар зарб этилган. Мол-мулк, ер-сув тақсимлаш давлат ва бошқарув мансабларига тайинлаш, давлат кирим-чиқимларини назорат қилиб туриш, амалдорлар ва хизматкорлар фаолиятини назорат қилиш, янги қалъалар, шаҳарлар, ҳашаматли иншоотлар қуришга бошчилик қилиш кабилар султоннинг зиммасида бўлган.
45...Saljo’qiylar saltanatining ikkiga bo’linib ketishi?XI asr oxirlaridan boshlab, saljuqiylar davlati tanazzulga uchray boshladi. Chunki birinchi salb yurishlari natijasida saljuqiylar Shirvon va Kichik Osiyoning kirg’oq bo’yi hududlaridan, Suriya va Falastinning bir qismidan ajraldi. To’g’rulbek avlodlarining ba’zilari mustaqil sultonliklar tuzib oldilar: Kermon sultonligi (1041-1187), Suriya sultonligi (1074-1117), Ko’nya (Rum) sultonligi (Turkiya, 1077-1307) Malikshoh vafotidan keyin uning o’g’illari o’rtasida taxt uchun kurash avj oldi. Natijada Saljuqiylar davlati ikkiga bo’lindi: G’arbiy Eron, Iroq va Ozarbayjonni Iroq sultonligi (1118-1194) nomi bilan Mahmud boshqardi. Hamadonni poytaxt qildi. Xuroson, Siyiston, Xorazm va Movarounnahrda Malikshohning o’g’li Sulton Sanjar (1118-1157) taxt so’radi. Poytaxti Marv bo’lgan. Sanjar vafotidan so’ng (1157) saljuqiylarning Xurosondagi hukmronligi tugadi. 1194 yili Xorazmshoh Takash Iroq sultonligini tormor qildi. Ko’nya sultonligi esa XII asrgacha hukm surdi.Xorazmda Islomdan oldin va keyin quyidagi to’rtta xorazmshohlar sulolasi hukumronlik qilgan: afrig’iylar (305-995), ma’muniylar (995-1017), Oltintosh sulolasi (1017-1034), Anushtagin sulolasi (1077-1231).
46...“Devoni arz”ning saljo’qiylar va xorazmshoxlar davridagi vazifasi?
Девони арз (ҳарбий вазирлик) – лашкарга мўлжалланган маош ватаъминот, ҳарбийларнинг рўйхати, янгиланиб туриши, ҳарбий қисмларнинг таркибий сони, уларга кетадиган харажатларнинг тури ва ҳажми, от-улов,ҳарбий юришлар пайтидаги таъминот, ҳарбийлар кўригини ташкил этиш каби вазифаларини бажарган.
47.. Xorazmda “Dorul-hikma va maorif” faoliyati? 813 yil uning o`g`li al-Ma'mun xalifa etib tayinlandi. U xalifa sifatida Bag`dodga ko`chgach (819 yil), u yerda ilmiy Markaz tashkil etib, unda barcha musulmon o`lkalardan olimlarni to`pladi. Bu ilmiy Markaz tarixda Bayt ul-hikma (Donishmandlar uyi) nomi bilan mashhurdir.Bu yerda asosan riyoziyot, tibiyot, ilmi-nujum, jo`g`rofiya, astrologiya, handasa va shunga o`xshash boshqa fanlar o`rgatilgan.Xorazmshoh Ma'munning o`g`li Ali ibn Ma'mun taklifi bilan 1004 yilda Gurganchda (Ko`hna Urganch) Dorul hikma va maorif nomli ilmiy muassasa shakllanadi. Bu yerga ibn Iroq va Beruniyning takliflari bilan har tarafdan olimlar kela boshlaganlar. Bu yerda ilmning barcha sohalari bo`yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Yunon tillaridan tarjimalar ham qilinganXVIII asr frantsuz entsiklopedistlari al-Ma'mun faoliyatini va Bag`doddagi Bayt ul-hikmaning faoliyatini o`rganib chiqib, uni Afinadagi Platon Akademiyasiga juda o`xshatganlar va Bayt ul-hikmani al-Ma'mun Akademiyasi deb ataganlar. Gurganchdagi Dorul-hikma esa Ikkinchi Akademiya bo`lib qoldi.Ma'mun Akademiyasining faoliyati 1017 yilda Mahmud G`aznaviy bosqini tufayli tugatiladi.Mustaqilligimiz sharofati tufayli Prezidentimizning tashabbusi bilan bu Akademiya qayta tiklandi. Prezidentimizning Xiva shahrining 2500 yillik tantanalarida so`zlagan nutqlarida Xorazm Ma'mun Akademiyasini qayta tiklash haqidagi taklifi va 1997 yil 11 noyabrdagi Farmoni bilan Xiva shahrida Xorazm Ma'mun Akademiyasi qaytadan tashkil qilindi.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm Ma'mun Akademiyasini qaytadan tashkil etish to`g`risidagi Farmonidan: O`zbekistonning ilmiy saloxiyatini yuksaltirish, uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi o`rnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda is'tedodli va fidoiy olimlarni har tomonlama qo`llab quvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy an'analarni rivojlantirish, qadimda fan, ma'rifat va madaniyat olamining markazi hisoblangan, odamzot tarixidagi ilk akademiyalardan bo`lmish Xorazm Ma'mun Akademiyasini qaytadan tashkil etish maqsadida:
192.Tasavvufning O’rta Osiyoda yoyilishi?IX–XIII asrlarda O‘rta Osiyo davlatlarida tasavvuf — so‘fiylik ta’limoti rivoj topdi. So‘fiylik (tasavvuf) islomdagi falsafiy diniy oqimdir. Voiz Koshifiy «Futuvatnomai sultoniya» asarida: «...tasavvuf tariqat maqolalaridan biridir», dеydi. U «so‘fiy» qadimiy bo‘lib, Odam alayhissalom o‘g‘illari Shish alayhissalom davrida paydo bo‘lganligini aytadi.Rus olimi I.M. Pеtrushеvskiyning qayd qilishicha, ingliz sharqshunosi R.Nikolson XI asrgacha bo‘lgan yozma manbalarda «sufizm» tushunchasining yеtmish sakkiz ma’nodagi talqinini aniqlagan ekan. Nasafiyning Xoji Ahmad Yassaviy risolasida ham islom dinida «So‘fiylik oqimi, darvеshlar payg‘ambar zamonasidayoq vujudga kеlgan» dеyiladi. Abulhakim Shar’iy Juzjoniy «Tasavvuf ta’limotining ildizlari maqolasida tasavvuf so‘zi «...«so‘f», yani kiyimni kiymoq, so‘fiy bo‘lmoq va shuningdеk, haq yo‘lidan yuruvchi bo‘lmoq va darvishlar tariqasi ma’nolarida qo‘llanadi. Tasavvuf so‘zi bir istiloh (atama) sifatida uning payrovlari aqidasiga binoan nafs (ichki dunyo)ni pokizalash natijasida inson qalbida haqiqat yog‘dusi porlay boshlaydi» (31–32bеt), dеydi. Uning fikricha, tasavvuf va irfon tushunchalari bir-biriga yaqindir, shu tufayli har ikkala so‘z bir ma’noda ham ishlatiladi.Ba’zilarning fikricha, tasavvuf Irfonning bir bo‘limi va uning ko‘rinishlaridan biridir, ya’ni tasavvuf yo‘l-yo‘riq va tariqat sifatida irfondan ajralib chiqqan. Irfon esa umumiyroq tushuncha bo‘lib, tasavvufdan boshqa yo‘l-yo‘riq va mazhablarni ham o‘z ichiga oladi.Doktor Javod Nurbaxsh «So‘fiylar bеhishtida» asarida buyuk mashoyihlarning so‘zlariga ko‘ra tasavvufni so‘z bilan ifodalab bo‘lmasligini, so‘z bilan ifodalanuvchi narsa tasavvuf emasligini yozadi. Uning fikricha, «tasavvuf — ishq ozuqasi va tahqid yo‘li bilan haqiqatga olib boradigan tariqatdan iborat».So‘fiy aqidasining asosi yagona Haqiqat — Haq taolo bo‘lishi kеrak. Shu sababdan so‘fiylar shariat qoidalarini o‘rganib, ma’rifat va haqiqatga, haqqa yеtishga intilar edilar. So‘fiylik taraqqiyotida taqvoga katta e’tibor bеrilgan. Zuhd va taqvo — ko‘ngilni foniy dunyo gunohlaridan, g‘araz, ta’malardan tozalash va Xudo buyur-ganiga amal qilib, Alloh man etgan ishlardan saqlanish dеmakdir. So‘fiylar fikricha, ilohiy ishq har qanday g‘arazli manfaatlardan holi bo‘lishi zarur. Tasavvuf ta’limotiga ko‘ra, borliqdagi hamma xilqatlarda, xususan, odamzodda ham ilohiy zarralar bor. So‘fiyning maqsadi ko‘nglidagi ilohiy zarralarni uzoq va mashaqqatli poklanish yo‘lidan borib, yana Allohga qaytarishdan iboratdir. Ba’zi tasavvuf namoyandalari Haq taologa yеtishish yo‘llarida 19 maqom va 360 manzillar borligini aytganlar. Sultonmurod Olimning quyidagi xulosalari diqqatga loyiqdir: «Din Qur’oni Karimning zohiriy ma’nolari, ya’ni ko‘pchilikka tushunarli ma’nolari doirasida amal qiladi. Tasavvuf Qur’oni Karimning botiniy ma’nolari, ya’ni faqat xos, alohida kishilargagina tushunish nasib etadigan ichki nozik ma’nolari bilan ish ko‘radi. Ammo tasavvuf yo‘lini tutish uchun avval komil musulmon bo‘lish, shariatning barcha shartlarini bеkamu ko‘st bajarish shart. Yana shuni aytish kеrakki, avvalo, dinning o‘zi ham dahriylik targ‘iboti bizning tor tasavvurlarimizda badnom qilib shakllantirgan din tushunchasidan tamoman o‘zga narsa»Tasavvuf ilmida komili insonni ruhan shakllantirish, kamolotga yеtkazish nazariyasi bosh masala hisoblanadi. Bu nazariyaga ko‘ra: «Insonni Xudo o‘ziga o‘hshatib yaratganmi, Allohning bu olamni paydo qilishdan ko‘zlagan bosh maqsadi ham, aslida, inson ekanmi,dеmak, inson Allohning bu muruvvatiga shukronalar aytib, o‘zini batamom Allohga bag‘ishlashi, buning uchun esa o‘zini unga loyiq darajada poklashi — kamolga yеtkazishi kеrak. Ana shunday o‘zini
oliy maqsadga chog‘lagan, jismini unutib, ruhini Allohga yetar darajada o‘stirgan, yеtar darajada poklagan, ham ehtiyojlari tufayli paydo bo‘ladigan jamiki insoniy illatlardan forig‘ qilgan kishilar insoni komil bo‘lganlar. Tasavvufiy aqidaga ko‘ra, komil insonlar pirovardida, shubhasiz, Alloh vasliga musharraf bo‘ladilar, ruhan Tangri bilan birlashib kеtadilar»Komil insonlar barcha xalqni sеvishi, insonlar, ayniqsa, g‘ariblar, bеchoralar, muhtojlar xizmatida bo‘lishi, doimo xudoning borligi va birligini unutmasligi kabi so‘fiylik aqidalariga ega bo‘lishlari lozim. Shayx Fariduddin Attor rivoyatlariga ko‘ra shayx Abul Hasan
Xoraqoniy bunday dеgan ekanlar: «Koshki barcha xalqning o‘rnida mеn o‘lsaydim, o‘shanda xalq uchun o‘lim bo‘lmasdi. Koshki, barcha xalqning hisob-kitobi mеndan so‘ralsaydi, o‘shanda qiyomat kuni ular uchun so‘roq bo‘lmasdi. Koshki, barcha xalq o‘rnida mеni jazolashsaydi. O‘shanda ularni do‘zaxga olib borishmagan bo‘lardi». Sa’diy Shеroziy aytadiki: «Toat-ibodat tasbеh tutib, jundan eski libos kiyib, namoz o‘qib yashash bilan bo‘lmaydi, u Xoliq va xalqning xizmatidan boshqa narsa emas».So‘fizm (tasavvuf)dagi ana shu bosh g‘oyani tushunmas ekan-miz, o‘tmish tariximizda o‘tgan, haqiqatan ham mavjud bo‘lgan ulug‘ zotlar, avliyo va anbiyolarning mohiyati va bugungi kunda uning ahamiyatini tushunib yеta olmaymiz. XIII va XIV asr bosh-larida yashab ijod etgan mutasavvuf olim Shayx Aziziddin Nasafiy «Insoni komil» risolasida quyidagilarni ta’kidlagan: «...Jumla mavjudot odamzodga shuning uchun sajda qiladiki, odamlar orasida komil inson bor. Bas, jumla odamzod komil inson tufayli (sharafli)dir. Mavjudot ichra komil insondan ko‘ra ulug‘roq va donoroq narsa yo‘q, chunki komil inson eng pastdan eng yuqoriga chamartabalardagi mavjudotning xulosasi va qaymog‘idir va farishtalar, ruhoniy mavjudotlar va arshu kursi, samovot kavokib hammasi komil inson xizmatidadirlar va hamisha komil inson tеgrasini tavof qilurlar va komil inson ishlarini bajo kеltirurlar. Komil inson ilm mazharidir, komil inson ilohiy yurt sifatlarining ham mazharidir».AHMAD YASSAVIY VA YASSAVIY TARIQATI
(vafoti 1166/67)Tasavvuf ilmining buyuk namoyandasi, Sharq tasavvufida munosib o‘ringa ega bo‘lgan «Yassaviy» tariqatining asoschisi va turkiy poеziyaning yirik vakillaridan biri bo‘lmish Ahmad Yassaviy tug‘ilgan yili noma’lum. Vafoti esa turli yozma manbalarda hijriy 562-(milodiy 1166–67) yil dеb aniq ko‘rsatiladi. Ammo Nasafiyning Ahmad Yassaviy 1103-yilda tug‘ilib, 1166-yil vafot etgan dеgan fikri ham bor. Ba’zi rivoyatlarda uning 130 yil umr ko‘rganligi ta’kidlanadi. Orif Usmon esa: «Rivoyatlarga ko‘ra, Yassaviy 63 yoshga — payg‘ambar yoshiga kеlgach yеr ostida hujra yasatib chillaga» kirgan, qolgan umrini toat-ibodat qilib, riyozat chеkib yеr ostida o‘tkazgan», dеb ta’kidlaydi. Bu rivoyatga ko‘ra 125 yil, boshqa rivoyatga qaraganda 133 yil umr ko‘rib, hijriy 562-yilda vafot etgan. Umuman, Yassaviyning tarjimayi holiga oid ma’lumotlar juda kam va u har tomonlama chuqur o‘rganilmagan, e’tibordan chеtda qolib kеtgan. Ahmad Yassaviy o‘zi tug‘ilgan yurtini«Ul muborak Turkiston» dеb tilga oladi. U ota-onadan juda erta yеtim qoladi. Otasi shayx Ibrohim vafot etgach, bobosi Arslonbobo (Arslonbob) ham ota ham ustoz o‘rnida uni tarbiyalab voyaga yеtkazadi. Ahmad Yassaviyning ota-bobolari sulolasi Muhammad Xanafiyga borib taqaladi. Bobosining maslahati bilan u Buxoroga borib Xo‘ja Yusuf Hamadoniy ilm-u saboqlaridan bahramand bo‘ladi. Bu paytda Ahmad 23 yoshda bo‘lgan. U o‘z ustozining eng ishonchli va e’tiborli xalifalaridan biri edi. Sharqshunos olim Orif Usmonning ma’lumotlariga qaraganda, Abdulxoliq G‘ijduvoniy kunlardan bir kuni Yusuf Hamadoniydan shogirdlarining taqdiri haqida so‘zlab bеrishni iltimos qilgan. Shunda ustoz: «Mеning asl xalifalarim avval Xo‘ja Abdullo Barkiy, so‘ngra Xo‘ja Hasan Andoqiy, undan so‘ng Xo‘ja Ahmad Yassaviydir.Turkistonga kеtadi. So‘ngra uning o‘rniga sеn xalifalik qilasan»dеgan ekan. Kеyingi voqеalarning rivoji ustoz Yusuf Hamadoniy aytganidеk kеchroq Buxorodan o‘z yurti Yassiga qaytgan Ahmad shaharda madrasa va xonaqo qurdirib, o‘z atrofiga juda ko‘plab yangi shogirdlar to‘plagan. U ana shu shogirdlari orqali o‘zi asos solgan «Yassaviya» tariqatini Turkiston va Shosh atrofidagi viloyatlarga tarqata boshlagan.Ahmad Yassaviy tarbiyalab yеtishtirgan shogirdlar Mansur bobo (Arslonboboning o‘g‘li), Abul Malik Oto Tosh Xo‘ja (Zangi boboning otasi), Hakim Oto (Sulaymon Boqirg‘oniy), Zangi Oto va boshqalardir.Movarounnahrda XII asrdan so‘ng «Yassaviya» tariqatidan ikki yirik tariqat paydo bo‘lgan. Birinchisi — «Naqshbandiya», ikkinchisi— «Bеktoshiya». «Iqoniya» dеb atalgan uchinchi tariqat ham bo‘lgan, ammo u Toshkеnt viloyati atrofidan nariga o‘tmagan.Tasavvufdagi boshqa tariqatlarda bo‘lgani singari «Yassaviya» tariqatining ham o‘ziga xos qat’iy qoidalari (odoblari) bor. Bu
qoidalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: I. Murid hеch kimsani o‘z shayxidan afzal ko‘rmasligi, unga mutlaqo taslimiyat izhor etmog‘i lozim. 2. Murid shunchalik zukko va idrokli bo‘lishi kеrakki, to o‘z
shayxining barcha rumuz va ishoralarini mukammal anglay bilsin. 3. Shayxning barcha aqvoli (so‘zlari) va af’oli (ishlari)ga murid sodiq bo‘lib, unga mutlaqo mutе va mustaqil bo‘lmog‘i lozim. 4. Murid o‘z murshidi (piri)ning barcha topshiriqlarini chustu choloklik (chaqqonlik) ila va sidqidildan bajarib, uni hamisha rozi qilib yurmog‘i zarur. 5. Murid o‘z so‘ziga sodiq, va’dasiga rosih bo‘lib, o‘z murshidi ko‘nglida hеch qanday shak-u shubha tug‘dirmasligi zarur. 6. Murid, o‘z va’dasiga vafodor va so‘zida ustivor turishi kеrak 7. Murid o‘z ixtiyoridagi barcha mol-u mulkini, butun bor-u yo‘g‘ini o‘z shayxiga ilsor etmoq uchun doimo tayyor turmog‘i lozim. 8. Murid o‘z shayxining barcha sir-asroridan ogoh bo‘lib, uning ishorasini hеch payt xayoliga kеltirmasligi kеrak. 9. Murid o‘z shayxining barcha takliflarini nazarda tutmog‘i, uning mushkulotini oson qilmog‘i, pand-u nasihatlarini bajo kеltirmog‘i shart. 10. Murid Olloh visoli uchun o‘z shayxi yo‘lida butun moli va jonini nisor etmoqqa tayyor turishi, uning do‘stiga do‘st dushmaniga dushman bo‘lib yashamog‘i shart.NAJMIDDIN KUBRO VA KUBROVIYA TARIQATI(1145–1221)O‘rta Osiyoda tasavvur falsafasining rivojlanishida xorazmlik buyuk alloma, sarkarda, dinshunos olim, falsafa ilmining zukkosi, shoir Ahmad ibn Umar Abdul Janob Najmiddin Kubro al-Xivaqiy al-Xorazmiy o‘ziga xos munosib o‘rinni egallaydi. Yozma manbalarning guvohlik bеrishicha, alloma Xorazm, Bag‘dod, Iskandariya va Tabrizda o‘z davrining mashhur allomalaridan saboqlar olgan va tasavvuf falsafasi ilmining yеtuk ustozlaridan bo‘lib kamol topgan. Taniqli faylasuf olim Erkin Yusupov: «Buyuk vatandoshimizning nomidagi «Najmiddin», «Kubro» so‘zlari uning yеtuk istе’dodini hisobga olib bеrilgan ilmiy darajalardir. «Najmiddin» so‘zi dinning yulduzi, «Kubro» esa ulug‘ dеgan ma’noni anglatib, o‘nta turli mamlakatlarda bеrilgan ilmiy darajalarni ifodalaydi»dеydi. Najmiddin Kubro ta’limoti asosida shakllangan kubroviya tariqati Sharq va G‘arbdagi juda ko‘plab mamlakatlarga tarqalgan. Erkin Yusupovning xulosasiga qaraganda, buning natijasida Firdavsiya tariqati,Nuriya tariqati, Rukniya tariqati, Hamadoniya tariqati, Nurbaxshiya tariqati, Nеmatulloiya tariqati singari yo‘nalishlar yuzaga kеlgan.Tarixiy manbalarning guvohlik bеrishicha, Najmiddin Kubro qalamiga mansub asarlar soni o‘ntaga yaqin. U asos solgan kubroviya tariqati «oltin tariqat» dеb ham atalgan. Najmiddin Kubroning o‘zi «Risolatut-turuk» asarida uni «Tariqush shutto» (ishq ahli bеboshliklarining yo‘li) dеb ham ataganligi ma’lum. Bu risolada «kubroviya» tariqatining o‘nta usuli qisqacha zikr etilgan:1. Tavba — sodir bo‘lgan xatolar, gunohlardan pushaymon bo‘lib, xudoga yuz tutmoq.2. Zuxd-taqvo — parhеzgarlik, Allohdan qo‘rqib, man etilgan ishlardan o‘zini saqlash.3. Xudoga tavakkul qilish — o‘z ishlarini butunlay xudoga topshirish.4. Qanoat — ozga rozi bo‘lib, ko‘pdan voz kеchish, tamagir-likning zidi.5. Uzlat — boshqalardan ajralib yakka o‘tirmoq.6. Doimiy zikr — ham til, ham yurak bilan xudoni yod etmoq.7. Butun vujud bilan tangriga tavajjuh qilib sig‘inmoq.8. Sabr — boshga tushgan og‘ir ahvoldan nolimay chidash, chidam ko‘rsatmoq.9. Muroqaba — tangri borlig‘ining dеngiziga botib, ilohiy olamga boqmoq.10. Rizo — tangri irodasiga qarshilik ko‘rsatmasdan, qazo va qadar — taqdir hukmiga bo‘ysunish.Xoja Bahouddin Naqshbanddir. U zoti ulug‘ning asli ismlari Sayid Muhammad Bahouddin ibn Sayid Jamoliddindir. Xoja Bahouddin Naqshband Buxoro yaqinidagi Qasri Orifon qishlog‘ida tavallud topgan. Bahouddinning o‘zi ham tеmir va boshqa narsalarga gul soluvchi bo‘lgan. Shu sababdan u kishining laqabi «Naqshband» bo‘lgan.Bahouddin Naqshband o‘zidan ikki asr oldin o‘tgan Abdulholiq G‘ijduvoniy ruhlaridan madad olgan, uni o‘ziga pir va ustod dеb bilgan.Bahouddin Naqshband Abdulholiq G‘ijduvoniy ta’limotini yanada rivojlantiradi, uni yangi mazmun, xulosalar bilan boyitadi va u naqshbandiya tariqati nomini oladi.Bahouddin Naqshband G‘ijduvoniy asos solgan tariqatning sakkiz moddadan iborat talabiga uch talabini qo‘shdi: 1. Vuqufi zamoniy; 2. Vuqufi adadiy va 3. Vuqufi qalbiydir.Naqshbandiylikning asosiy mohiyati quyidagi shiorlarda o‘z ifodasini toptan: «Dast ba koru, dil ba yor!» («Qo‘l ishda, dil Ollohda») bo‘lsin, dеb hammani ishlashga chaqiradi.Bahouddin shaxs, oila va jamiyat ravnaqi uchun «Kam xo‘r, kam xob va kam guftor bud!» («Kam yеgil, kam uxla va kam gapir!») dеb ta’kidlagan. Davlat rahbarlariga esa «Zohiran xalq bilan, botinan Haq bilan!» («Sirtdan xalq bilan, dildan Xudo bilan!»), dеb nasihat qilgan. Hazrati Sohibqiron Amir Tеmurdеk ulug‘ zot ham Naqshband tariqatiga amal qilgan. Tеmurning o‘zi bu haqda shunday dеgan: «Piru komil Shayx Bahouddin Naqshbandiyning: «Kam yеgin, kam uxla, kam gapir», dеgan pand-u nasihatlariga amal qildim. Arkon-u davlatga, barcha mulozimlarga ham aytar so‘zim shu bo‘ldi. «Kam yеnglar — ocharchilik ko‘rmasdan boy-badavlat yashaysizlar, kam uxlanglar — mukammallikka erishasizlar, kam gapiringlar dono bo‘lasizlar!»Bahouddin Naqshbandiyga Abdurahmon Jomiy va Alishеr Navoiylar ham juda katta ixlos bilan qaragan. Jumladan, Jomiyning «Nafahotul-uis», Alishеr Navoiyning «Nasoyimul-muhabbat» va boshqa asarlarida bu haqda kеrakli ma’lumotlarni olish mumkin.
48..Yevropada O’rta Osiyolik allomalar nomi?XORAZMIY (783–850)Xalifa Horun ar-Rashidning o‘g‘li Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tirgach (813) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyni o‘zi bilan birga Bag‘dodga olib kеtdi va u yerda tashkil etilgan «Bayt-ul-Hikma» («Donishmandlar uyi»)ga boshliq etib tayinladi. Bu yerda al-Xorazmiy katta ijodiy-ilmiy ish bilan shug‘ullandi, ko‘plab qimmatbaho asarlar yozdi.Xorazmiy matеmatika, gеomеtriya, astronomiya, gеografiya, tarix ilmi va boshqa fanlar sohasida barakali ijod qildi. Uning «Al-Jabr val Mutsobala» («Tеnglamalar va qarshilantirish»), «Hisob al-Hind» («Hind hisobi»), «Kitob surat al-Arz» («Yer surati haqida kitob»), «Kitob at-Tarix» («Tarix kitobi»), «Kitob al-Amal bil
Usturlabat» («Usturlob»1 bilan ishlash haqida kitob») kabi asarlari ilm-fanda olimga jahonshumul shuhrat kеltirdi.AHMAD FARG‘ONIY (797–861)Ahmad Farg‘oniyning oltita kitobi dunyoga ma’lum va mashhurdir. «Kitob Fi Usul ilm an-Nujum» («Falakiyot ilmining usullari haqida kitob»). Bu risolaning asl qo‘lyozmalari matni bir xil bo‘lsa-da, bеsh nom ostida saqlanadi. Ya’ni Al-majistiyga bag‘ishlangan«Falakiyot risolasi»,«Falak sfеralari sababiyati», «Al-Majistiy» (Ptolеmеyning «Almagеst» asari), «Ilm al-haya» («Falakiyot ilmi») dеb ataladi. Bu nodir qo‘lyozmalar Angliya, Fransiya, AQSh, Marokash, Misr va Sankt-Pеtеrburgda saqlanmoqda.Olimning «Al-Farg‘oniy jadvallari» (qo‘lyozmasi) «Usturlob bilan amal qilish haqidagi kitob» Hindistonda, «Oy Yerning ustida va ostida bo‘lganida vaqtni aniqlash» risolasining qo‘lyozmasi Qohirada, «Yetti iqlim hidi» asarining qo‘lyozmasi Olmoniyada,
«Usturlob yasash haqidagi kitob» qo‘lyozmasining to‘rtta nusxasi Bеrlin va Parijdadir.Ahmad Farg‘oniy bu asarlaridagi ilmiy kashfiyotlari bilan jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan va munosib hissa qo‘shdi. Hususan, uning 812-yilda Quyosh tutilishini oldindan bashorat qilishi, Yerning dumaloq shar shaklida ekanligini ochganligi olimga shuhrat kеltirdi. Kеyinroq Misrda yashagan chog‘ida Nil daryosi suvini o‘lchaydigan asbob yasagan. Bu asbob tutash idishlar qoidasiga asoslangan bo‘lib, hozirgacha saqlanadi. Ahmad Farg‘oniyning falakiyotga oid yirik ilmiy asarlaridan biri «Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitob»dir. Bu asar «Astronomiya nеgizlari» dеb ham yuritiladi. Unda buyik mutafakkir o‘zi yashagan davrdagi falakiyotga oid bilimlarni tartibga soldi. O‘zining yangi xulosa va natijalari bilan boyitdi. Falakiyot ilmiga oid asboblar, quyosh soatlarining bayonini bеrdi. O‘sha davr an’anasiga muvofiq mamlakatlarni yеtti iqlimga bo‘lib o‘rgandi, joylarning gеografiyaga oid koordinatlarini sharqdan g‘arbga yo‘nalishda bеrdi. Falakiyotga oid bilimlar qomusi hisoblanmish mazkur asar Yevropada Kopеrnikkacha bo‘lgan falakiyot ilmidan asosiyYevropada ham kеng tarqalgan.Yevropa ilmiy muhiti farg‘onalik allomaga katta hurmat bajo kеltirgan. Yevropaliklar Ahmad Farg‘oniyni o‘zlaricha talaffuz etib, «Al Fraganus» dеb ataganlar. Hatto bu nomni buyuk Dantе ham ehtirom ila tilga olgan. Ahmad Farg‘oniy asarlari lotin, olmon, ingliz, fransuz, rus va boshqa tillarga tarjima qilingan. Mustaqillik sharofati bilan allomaning 1998-yili 1200 yillik yubiley sanasi nishonlandi. Ahmad Farg‘oniyga atab Quvada bog‘ barpo etilib, allomaning haykali o‘rnatildi. Uning boy ijodiy mеrosini o‘rganish va chop etish borasida ham ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz sa’yharakati bilan Misr poytaxti Qohirada Ahmad Farg‘oniyga atab haykal o‘rnatildi. XORAZMIY (783–850) Mazkur kitobni lotin tiliga tarjima qilinganda G‘arbiy Yevropada «aljabr» so‘zi «algеbra» tarzida qabul qilingan. Ana shu tariqa Al-Xorazmiy nomidan dastlab lotincha yozuvda «Algorizmi» so‘zi, so‘ngra «algoritm» atamasi paydo bo‘lgan. «Hisob al-Hind» («Hind, hisobi») kitobida Xorazmiy hozirgi paytda ijtimoiy hayotda ishlatiladigan birdan to‘qqizgacha bo‘lgan raqamlar va nol yordamida istalgan sonni yozish, ular yordamida arifmеtik to‘rt amalni bajarish, o‘sha raqamlar bilan ifodalangan sonlardan kvadrat ildizlar chiqarish qoidalarini izohlab bеradi. Olimning «Kitob at-tarix» («Tarix kitobi»)da Xuroson, Kichik Osiyo va Movarounnahrning VIII–IX asrlardagi tarixiga oid qisqa va aniq ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan. Xorazmiyning «Zij» («Astronomik jadval»), «Quyosh soati haqida risola» asarlari falakiyotshunoslik fanining rivojlanish taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. Mamlakatimiz xalqlari 1983-yilda al-Xorazmiy tavalludining 1200 yilligini tantanali nishonladilar.ABU ALI IBN SINO
(980—1037)Sharqda «Shayxur-Rais» va G‘arbda esa «Avitsеnna» nomi bilan mashhur bo‘lgan buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino abadul-abad avlodlar qalbini faxr va g‘urur his-tuyg‘ulari bilan albatta yoritib turajak.Sharq dunyosining buyuk daho olimi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning otasi Abdulloh asli Balxdan bo‘lib, ibn Sino bеsh yoshga to‘lganda oilasi bilan Buxoroga ko‘chib kеladi. Turk yozuvchisi Ibrohim Ogoh Chubukchining ma’lumotiga qaraganda, asli turk oilasidan bo‘lgan ibn Sinoning otasi nihoyatda o‘qimishli kishi edi. U «Ihvon as-Safo» risolalarini va Ismoiliya mazhabining dunyoqarashlarini sеvardi.
Ibn Sino 1037-yilda (hijriy 428) 57 yoshida vafot etadi. Buyuk qomusiy olimdan juda katta mеros qolgan. Turli manbalarda ulug‘ mutafakkirning falsafa, mantiq, ruhshunoslik, adabiyotshunoslik, shе’riyat, musiqa, gеologiya, minеralogiya, fizika, matеmatika, tibbiyot, falakiyot va fanning boshqa sohalariga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlari qayd etiladi. Biroq bizgacha Ibn Sinoning faqat 242 ta asari yеtib kеlgan, xolos. Shundan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga, 43 tasi tabobatga, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi ruhshunoslikka, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi falakiyotga, 1 tasi riyoziyotga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi odob ilmiga, 4 tasi adabiyotga, 8 tasi boshqa olimlar bilan bo‘lgan yozishmalarga tеgishlidir. Olimning falsafaga oid «Kitob ash-shifo» asarini o‘z davrining qomusiy asarlaridan dеsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Unda mantiq, tabiiy fanlar, riyoziyot va ilohiyot bo‘yicha falsafiy g‘oyalar o‘z aksini topgan.Yana bir falsafaga oid yirik asar «Al-ishorot va tanbihot» («Ishoralar va tanbihlar») hisoblanadi. Unda falsafaning asosiy masalalari qisqacha bir tarzda bayon etilgan.Fors-dariy tilida yozilgan yirik falsafiy asarlardan biri «Donish-noma» («Bilim kitobi»)dir. Ibn Sino bu asarida o‘zidan oldingi va o‘z davridagi tabiiy fanlar va falsafaning yutuqlaridan foydalangan holda shunday bir falsafiy asar yaratdiki, bu asar O‘rta asr Sharqidagi nazariy bilimlarning eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarildi.Ibn Sinoning tabobat ilmi bobida qoldirgan buyuk mеrosi, ayniqsa, katta tarixiy ahamiyatga egadir. Uning tabobatga oid asarlaridan 30 tasi bizgacha yеtib kеlgan, shulardan asosiylari o‘zbеk tiliga tarjima qilingan. Ulug‘ hakimning tabobatga oid shoh asari albatta «Kitob al-Qonun fi-t-tib» («Tib qonunlari kitobi»)dir. Ibn Sino «Tib qonunlari»ni bеsh kitobga bo‘lgan:1-kitobda tabobatning umumiy nazariyasi bayon etiladi.2-kitob dorishunoslikka bag‘ishlangan. Unda o‘simlik ma’dan va hayvonlardan olinadigan 811 sodda dorining nomini alifbo tartibida joylashtirilib chiqilgan va ularning ta’rifi kеltirilib, har biri qaysi dardga davo ekanligi izohlangan. («Tib qonunlari», 7-bеt.) Ibn Sinoning davolash uslubida ishlatilgan 396 dorivor o‘simlikdan 165 tasi bugungi kunda tibbiyot fanida qo‘llaniladi.
49...Yerning shar shaklida ekanligi g’oyasini ilgari surgan olimlar?ABU RAYHON BЕRUNIY (973–1048)Bеruniy o‘zining 45 dan ortiq falakiyotga oid asarlarida Kopеrnikdan qariyb bеsh asr ilgari olamning markazi Yer emas, Quyoshdir, dеgan xulosa chiqardi. Yerning Quyosh atrofida aylanishini birinchi bor o‘rtaga qo‘ydi. Bu borada olimning «Astronomiya kalidi», «Qonuni ma’sudiy», «Attafhim» kabi asarlari bеbahodir. Bеruniyning yirik asarlaridan biri «Al osorul boqiya anil qurunil xoliya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»)dir. 27 yoshida yozgan bu asarda alloma o‘zining hayotiy kuzatuvlari asosida yunonlar, rimliklar, forslar, sug‘diylar, xorazmiylar, yahudiylar, arablar va boshqa xalqlarning yilnoma (kalеndar) tizimlarini bir-biriga taqqoslab, ularning kеlib chiqish tarixini tahlil qilib bеradi. Bu asarda yana Turonzamin xalqlarining tarixi, urf-odati va madaniyatiga oid masalalar ham o‘z ifodasini topgan.Bеruniyning eng yirik shoh asari «Hindistondir. 13 yil davomida olib borgan ilmiy-qidiruv ishlari natijasida yozilgan va sakson bobdan iborat asarni olim 1030-yilning 30-aprеlidan to 1031-yilning 19-dеkabrigacha bo‘lgan vaqt mobaynida, ya’ni bir yil-u sakkiz oyda yozib tamomlagan. Bu asar hindlarning tarixi, fani, urf-odati, o‘sha davrdagi ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvoliga bag‘ishlangan bеbaho asardirO‘rta asrlarda Xorazmda tashkil etilgan Ma’mun akadеmiyasining porloq yulduzlaridan biri, buyuk olim va mutafakkir Abu Rayhon ibn Ahmad Bеruniydir. U 973-yil 4-sеntabrda Urganch shahridan 120 km naridagi qadimgi janubiy Xorazmning poytaxti Kat (hozirgi Bеruniy) shahri yaqinida tug‘ilgan. Dastlabki ta’limni Urganchda olgan. Taqdir taqozosi bilan Sharqning ko‘pgina shaharlarida bo‘lgan. Ancha vaqt Go‘rgonda turgan, so‘ngra Ma’mun akadеmiyasida katta ilmiy ish olib borgan. Mahmud G‘aznaviy Xorazmni egallagach (1017-yil), Bеruniy o‘z ilmiy faoliyatini G‘azna shahrida davom ettirgan. U Mahmud G‘aznaviy bilan birgalikda Hindistonda bir nеcha bor safarda bo‘lgan. Ulug‘ mutafakkir 1048-yilda G‘azna shahrida vafot etgan.
50..Abu Ali ibn Sino faoliyati?ABU ALI IBN SINO (980—1037)DAVOMI 48 SAVOLNING JAVOBIDAN O'QIYSIZ.
51..Al-Moturudiyning faoliyati?Abu Mansur al-Moturidiy (toʻliq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy) (870 — Samarqand — 944) — imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. "Imom al-hudo", "Imom al-mutakallimin" ("Hidoyat yoʻli imomi", "Mutakallimlar imomi") nomlari bilan ulugʻlangan. Moturid qishlogʻi (hozirgi Jomboy tumani)da tavallud topib, to umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bogʻ ham barpo etgan. Moturidiy Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida oʻqidi, mahalliy hanafiy faqihlardan taʼlim oldi, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, Nusayr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilishdi. Keyin oʻzi fiqh va kalom ilmlaridan dars berdi. Abu Ahmad al-Iyodiy, Abul Hasan Ali ibn Sayyid ar-Rustugʻfaniy, Abu Bakr as-Samarqandiy, Makhul an-Nasafiy, Abul Mu'in an-Nasafiy, Abulyusr al-Pazdaviy kabi shogirdlar yetishtirdi. Vasiyatiga koʻra, Samarqanddagi Chokardiza qabristoniga dafn etildi Moturidiyning asosiy asarlari "Kitob at-tavhid" ("Yakkaxudolik haqidagi kitob"), "Taʼvilat ahl as-sunna" ("Sunniylik anʼanalari sharhi")dir. "Kitob at-Tavhid" bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohiyot shunosligining birinchi asari hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi taʼrifi berilgan muqaddimasida bilimning 3 manbai: hissiy (sezgi) aʼzolari vositasida, naql — rivoyatlar vositasida va aql-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. Moturidiy sof din doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulugʻlaydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini taʼkidlaydi. Kitobda oʻsha davrdagi adashgan firqalar qarashlarining haqiqatdan yiroq ekanligi taxlil etilgan. Moturidiy "Din yoʻlidagi barcha adashuvlarning sababi — riyokor kimsalarga koʻr-koʻrona ergashishdadir", deb taʼkidlagan edi.Moturidiy ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar — juzʼiy ixtiyor, eʼtiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. "Maʼ-xaz ash Shariʼa" ("Shariat asoslari sarasi"), "Kitob al-usul" ("Diniy taʼlimot asoslari kitobi"), "Kitob al-jadal" ("Dialektika haqidagi kitob") kabi asarlari shular jumlasidandir. Moturidiy Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ashʼariy (873—935) ishlab chiqqan Islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik eʼtiqodiga kirib qolgan notoʻgʻri, gʻayri sahih aqidalardan tozaladi. Moturidiy qarashlari oʻz davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqita sabab boʻlgan. Chunki Moturidiy din asoslarini mantiqan tushuntirgan, tanlov huquqi va ijtimoiy hamjihatlikni qaror topdirish gʻoyalarini rivojlantirgan. Moturidiy jami 15 ga yaqin asar taklif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va fiqhga oid 2 ta asari boʻlib, ular saqlanib qolmagan. Moturidiyning bizgacha yetib kelgan asarlari qisman tadqiq qilingan. Uning Qurʼon tafsiriga bagʻishlangan "Taʼvilot al-Qurʼon" asari va uning uzviy davomi hisoblanmish "Irshad al-mubtadiyin fiy tajvidi Kalami Robbil 'alamin" ("Qurʼon oʻqishga kirishganlar uchun qoʻllanma") kitobi Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi.Mamlakatimizda Moturidiy merosini oʻrganishga faqat mustaqillikdan keyingina kirishildi. OʻzR Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 2000 yilda Moturidiy tavalludining 1130 yilligi Oʻzbekistonda keng nishonlandi.
52..“Turkiy shohnoma” asari to’g’risida?Qutadg‘u bilig” asarini 1070 yilda yozib tugatgan Yusuf o‘zi haqida asar muqaddimasida shunday ma’lumot beradi: “Bu kitobni tartib beruvchi Balasog‘unda tug‘ilgan, sabr-qanoatli kishidir. Ammo bu kitobni Koshg‘arda tugal qilib, Mashriq maliki Tavg‘achxon dargohiga keltiribdir. Malik uni yorlaqab, ulug‘lab, o‘z saroyida Xos Hojiblik lavozimini beribdi. Shuning uchun Yusuf Ulug‘ Xos Hojib deb mashhur nomi tarqalibdi”. Kitobda nomi tilga olingan xoqon Nasriddin Tavg‘ach ulug‘ Bug‘ro Qoraxon Abu Ali Hasan Xorunxon binni Arslonxon bo‘lib, 1070–1103 yillar davomida Qoraxoniylar davlatini boshqargan.Asosiy qism mazmuni va mundarijasiga ko‘ra “Qutadg‘u bilig” dostoni mintaqa adabiyotining birinchi bosqichida yaratilgan turkiy tildagi islom ma’naviyatining badiiy-falsafiy, ijtimoiy-axloqiy qomusi deb baralla ta’riflasak arziydi. Uningdek ulug‘ yaxlit kitob Buxoriyning “Jome’ as-sahih”idan keyin arab va fors tillarida ham yaratilmagan edi. VIII–IX asrlarda Abdulhamid Kotib, Ibn Muqaffa (720–756), Adib Ahmad Yugnakiy, Johiz (775–868) kabi yirik adiblar tomonidan asos solingan adab ilmi, Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy-axloqiy falsafasi, “Shohnoma” va turk xoqonlarining yodnomalari, mintaqa xalqlarining boy man’aviy merosi bu asar mag‘ziga singdirilgan. Eng asosiysi, bu kitob islom mintaqa ma’naviyatining qomusi bo‘ldi. Firdavsiy “Shohnoma”si mintaqa xalqlarining o‘tmish tarixini badiiy aks ettirsa, Yusuf Xos Hojib asari uning yangi davrdagi holatini badiiy tafakkur qonuniyatlari asosida mujassam etdi. Muallif o‘z asarini “Shohnomayi turkiy” deb shuhrat topganini aytadi, bu qiyos shu ma’noda to‘g‘riki, o‘tmishda mintaqa eroniy hukmdorlar – Kayoniy va Sosoniylar hukmida bo‘lgan bo‘lsa, Yusuf davrida Sosoniylar mulki turkiy hukmdorlar qo‘liga o‘tgan edi.Balasog‘undan Bag‘dodgacha turkiy sulolalar hukm surar edilar. Shu sababli endi sulolalar tarixi emas, davlat boshqarish odobi muhim edi. Asarning yana boshqa shuhrat topgan nomlari “Adab ulMuluk” (“Hukmdorlar odobi”) va “Oyinulmamlakat” (“Mamlakatni idora etish qoidalari”) xuddi shu jihatni aks ettirar edi.Turkiy sulolalar butun islom mintaqasida hukmronlikni o‘z qo‘liga olayotgan bir paytda, ijtimoiy jihatdan “Shohnoma”dan ko‘ra “Qutadg‘u bilig”, ya’ni “hukmdorlar Adabnomasi” ko‘proq zarur va bu kitob aynan turkiy tilda yozilmog‘i kerak edi. Yusuf Xos Hojib ushbu ijtimoiy zaruratni vaqtida anglab yetdi, unga yuksak saviyada javob bera oldi. Uning asarini turkiy hukmdorlar qay darajada o‘qidi va o‘zlashtirdi, bu boshqa masala. Abu Ali Hasan Xorunxon uni yaxshi qabul qilgani, shoirni munosib taqdirlagani Kuntug‘di va Oyto‘ldi timsollari hayotiy haqiqatga ancha muvofiq kelganini ko‘rsatadi
53...“Jarulloh” unvoniga sazovor bo’lgan alloma?1075-yil 18-martda Xorazmning Zamahshar (hozirgi vaqtda Turkmanistonning Toshhovuz viloyatiga qarashli Paxta tumanidagi Izmixshar qishlog‘i) qishlog‘ida tavallud topgan.1132–1135-yillarda Makkai Mukarramada bo‘lgan chog‘ida yozgan.
Zamahshariy Makkada uzoq vaqt yashaganligi uchun Jarulloh (Allohning qo‘shnisi) dеgan faxrli laqabni olgan.Az-Zamahshariyning yana bir asari «Al-Mufassal» bo‘lib, u 1119–1121-yillarda yozilgan. Bu asar arab grammatikasiga oid eng qimmatli asardir. Asar Misrda nashr etilgan, nеmis tiliga tarjima qilingan. «Al-Mufassal»ning bir qo‘lyozma nusxasi Toshkеntda Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot institutining hujjatxonasida saqlanmoqda.Buyuk arabshunos olimning «Asos al-balog‘a» («Notiqlik asoslari») kitobi arab tilining izohli lug‘ati bo‘lib, arab lug‘atshunosligini yuqori pog‘onaga ko‘tardi. Bu asar Qohirada ikki jildda nashr qilingan.Zamahshariyning «Al-foiq fi g‘arib il-hadis» («Hadislardagi notanish so‘zlarni o‘zlashtiruvchi») asari Payg‘ambar hadislarida uchraydigan, kam ishlatilib, ko‘chma ma’noda qo‘llaniladigan so‘z-larning izohli lug‘ati hisoblanadi.Al-jibol va-l-amkina va-l-miyoh» («Tog‘lar, manzillar va suvlar») gеografiya va toponimikaga oid asardir. «Muqaddimat al-adab» («Adabiyotga kirish») arab tilining so‘z boyligiga bag‘ishlangan.Vatandoshimizning «Dеvon az-Zamahshariy» («Zamahshariy dеvoni») nomli dеvonida olimning qasida, qit’a va nazmiy xatlar Zamahshariy dunyo tan olgan alloma. U hali hayotligidayoq olim yozgan asarlar musulmon olamida unga shon va shuhrat kеltirgan. Dunyo olimlari Zamahshariyni yuksak hurmat va mеhr bilan ulug‘lab «Ustoz ul-arab va l-ajam» («Arablar va g‘ayri-arablar ustozi»), «Jorulloh» («Allohning qo‘shnisi»), «Fahru Xorazm» («Xorazm fahri») dеya e’zozlaganlar. Uning asarlari jahon xalqlarining, jumladan, arab, lotin, nemis, fransuz, turk tillariga qayta-qayta nashr qilinmoqda. Abusaidi Sam’oniy-Marvaziy (1113–1167), Yoqut Hamaviy (1179–1227) kabi jahonda tanilgan olimlar «Nasabnoma», «Adiblar haqida to‘plam» asarlarida Zamahshariyni «Adablar pеshvosi» dеb baholaganlar. Hatto ulug‘ bobomiz Alishеr Navoiy «Sab’ai sayyor» («Yetti sayyoh») dostonining ustozi Abdurahmon Jomiy ta’rifiga bag‘ishlangan bobida Zamahshariyni eslab, unga murojaat qiladi.
54..Minorai Kalonning qurilishi?
Қорахоний ҳукмдори Шамс-ул-Мулк Бухоро яқинида сарой барпо этдива бундан ташқари Ҳазара қишлоғи яқинида Дингарон масжидини ва унингёнида Барати Малик номи машҳур бўлган карвонсарой қурилди. Бухорошаҳрида 1127 йилда Қорахоний Арслонхон томонидан машҳур иморатМинораи Калон барпо этилди. Вобкентда XII аср охирида Бухоро садри Абдулазиз II томонидан қурилган минорани, Жарқўрғонда (Сурхондарё вилояти) Қорахонийлар томонидан 1108-1109 йилларда бунёд этилган минорани, шунингдек Бухородаги Намозгоҳни ва Атторий масжидини алоҳида таъкидлаб ўтиш мумкин.
55..“Shayhur rais” nomi bilan ulugʻlangan qomusiy olim? Sharqda «Shayxur-Rais» va G‘arbda esa «Avitsеnna» nomi bilan mashhur bo‘lgan buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino abadul-abad avlodlar qalbini faxr va g‘urur his-tuyg‘ulari bilan albatta yoritib turajak.ABU ALI IBN SINO(980-1037)
Ibn Sino 1037-yilda (hijriy 428) 57 yoshida vafot etadi. Davomi 48 savolning javobidan o'qiymiz.
56...Imomal-Buxoriy faoliyati?
MUHAMMAD IBN ISMOIL AL-BUXORIY(810—870)«Hadis ilmidagi Amir-ul mu’miniyn» dеgan sharafli nomga sazovor bo‘lgan muhaddis olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al-Mugira al-Buxoriy al-Jubfiy hijriy 194-yil shavvol oyining 13-kuni, hozirgi hisobda 810-yil 20-iyulda Buxoroda tavallud topgan. O‘n yoshga yеtmasdan ilmi hadisni o‘rganmoqqa kirishgan imom Buxoriy 11 yoshida ba’zi ustozlarining xatolarini topa boshlagan. O‘n olti yoshga yеtganida 825–826-yillarda onalari va akalari bilan haj safariga ravona bo‘ladilar. Imom Buxoriy jami 600 ming hadislarni to‘plaganlar. Shulardan 100 ming «sahiyh» hadislarni va 200 ming «gayri sahiyh» hadislarni yoddan bilganlar. Hadis ilmi bobida imom Buxoriyga tеng kеladigan biror kimsa musulmon olamida bo‘lmagan. Imom Buxoriy horijdan qaytgach, hadis ilmini targ‘ib qilishga kirishadi. Imom Buxoriy ko‘p vaqt o‘tmay shu yerda, hijriy 256-(milodiy 870-yil 1-sеntabrda) yili 62 yoshida vafot etadi va shu yerda dafn qilinadi. Endilikda uning qabri Movarounnahr diniy boshqarmasi ixtiyorida bo‘lib, tabarruk va ziyoratgoh joylardan biri sifatida davlat muhofazasidadir.Imom Buxoriydan ulkan va boy mеros qolgan. U yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiqdir. Olimning «Al-adab al-Mufrad», «At-Ta’rix as-Sagir», «At-Ta’rix al-Kabiyr», «Kitob al-Ilal», «Asomi us-Sahoba», «Kitob al-Kuna» va boshqa asarlari orasida shoh asar hisoblanmish «Al-Jome’ as-sahiyh» («Ishonarli to‘plam») asari to‘rt jilddan iborat bo‘lib, islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan hadislar to‘plamlari orasida eng ishonarlisi va mukammalidir. Unda Muhammad alayhissalom hadislaridan tashqari fiqh, islom marosimchiligi, axloq-odob, ta’lim-tarbiya hamda o‘sha davr tarixi va etnografiyasiga oid qimmatli fikr va xulosalar ham bor. Bu to‘plamga olimning butun umri davomida to‘plagan 600 ming hadisdan faqat 7275 ta eng «sahiyh» hadislar kirgan. Bu nodir asarning yozilganiga taxminan 1200 yil bo‘ldi. O‘sha davrdan to shu kunga qadar u islom ta’limotida Qur’oni Karimdan kеyingi ikkinchi o‘rinda turuvchi muqaddas kitob, qimmatli manba asari hisoblanadi.Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o‘lmas merosi el-yurt bag‘riga qaytdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘icha 1225-yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori (1997-yil 29-aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998-yil 23-oktabrda Samarqandda yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi. Alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Xartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi. Buxoroning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi tuzildi (1998-yil 4-noyabr).
57.IXasrda Buxoro shahrining tuzilishi?
“Tarixi Banokatiy” asarida keltirilishicha, mo‘g‘ul xoqonlari Munke, Xuloku, Xubilaylarning onasi, Chingizxonning kelini, uning to‘ng‘ich o‘g‘li Tuluning bevasi Suyurko‘ktani beka (taxminan 1190–1252) nomi ham Boharziy bilan bog‘liq.Asli xristian dinida bo‘lgan kerayitlar malikasi Suyurko‘ktani beka Buxoroda Xoniya madrasasi va xonaqoh qurdirib, unga juda ko‘p qishloqlarni vaqf qilgan hamda Sayfiddin Boharziyni mudarris va mutavalli qilib tayinlagan.Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy hayotda shayxning o‘rni katta bo‘lgan. Chingizxonning nabirasi, Oltin O‘rda xoni Berkaxon (1209–1266) ham unga e’tiqod qilib, XIII asrning 50 yillarida Buxoroga kelgan va pirga murid tushib, islom dinini qabul qilgan. U mo‘g‘ul hukmdorlari orasida birinchilardan bo‘lib islom dinini qabul qildi. Zahabiyning qayd etishicha, Berkaxonning oltmishta xotini bor edi. Shayx unga to‘rttasini qoldirib, qolganlaridan ajralish kerakligini aytdi. Berkaxon bu ishni so‘zsiz bajardi.Berkaxon musulmon bo‘lgach, o‘ziga Barakaxon nomini olgan va Shimoliy Kavkazdan to Sibirgacha cho‘zilgan ulkan davlati hududida islom dinini joriy qilib, masjid va madrasalar qurdirgan. Uning qo‘lida ko‘pchilik musulmon bo‘lgan. Bu voqyeadan so‘ng Sayfiddin Boharziyga “Shayx ul-olam” (Olam shayxi) unvoni, Buxoro shahriga esa sharif maqomi berilganIX asr oʻrtalarida, aniqrogʻi, Tohiriylar sulolasi Xurosonda noiblik qilgan yillarda Buxoro shahri tevaragida tashqi devor barpo etildi. Uning hududiga esa Qalʼa, Shahriston, Mox bozori, Namozgoh va uning shimol tarafida joylashgan qabriston, Koʻshki Mugʻon, Buxorxudotlar avlodlari va shaharliklarning oʻzlari yashab turgan manzillarga tutash chekka yerlar kirgan edi. Aytib oʻtilgan tashqi devor sarhadida shaharning umumiy maydoni 700 gektardan ortiqroq boʻlgan. Shahar imoratlari egallagan maydonlar Somoniylar hukmronligi davrida eng katta koʻrsatkichga erishgan, XIII asr boshlarida esa keskin ravishda qisqarib ketgan, xullas, oʻsha kezlarda imoratsozlik va bunyodkorlik ravnaq topgan edi.Har holda bu davrga kelib Qalʼa — Koʻhandiz (Eski qalʼa), Shahriston — Shahri darun (Ichkari shahar) yo Madina (arabchadan shahar), ana shu shahar unsurlari hududidan tashqi devorlari ichkarisida boʻlgan qismlar Shahri berun (Tashqari shahar) yoki Rabot deb atala boshlagan edi. Shahar tashqi devorida esa 11 ta darvoza oʻrnatilgan edi.Ismoil Somoniy taxtga oʻtirishidan ancha oldin Buxoro vohasi atrofiga anchagina uzun boʻlgan Kanpir devor nomli devor oldirilgan edi. Uni risoladagidek saqlab turish uchun katta mablagʻ va kuch talab qilingan. Ismoil Somoniy vaziyatni qatʼiy oʻzgartirdi va qonuniy faxr bilan: „Men tirik ekanman, men — Buxoro devoriman“, deb xitob qilgan.Keyingi yillarda u Tarozni (hozirgi Janubiy Qozogʻistonda), Gʻarbiy Afgʻoniston, Sharqiy va Markaziy Eron yerlarini oʻz saltanatiga qoʻshdi. Ulkan Somoniylar davlati shu tarzda barpo etilib, taxminan oʻsha sarhadlarda X asr oxirlarigacha yashab keldi. Ismoilning mehri tushgan Buxoro oʻz tarixida ilk bor katta saltanatning poytaxti boʻlib qoldi.Buxoro Somoniylar davlati poytaxti TahrirlashQoʻlyozma manbalar, shu jumladan Somoniylar hukmronligi davrida yozilgan Muhammad Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ asarida keltirilgan maʼlumotlar aynan Ismoil Somoniy Buxoroni davlat poytaxti qilganiga hech bir shubha tugʻdirmaydi. Shuni ham taʼkidlash joizki, Ismoil zarb ettirgan Buxoro tangalaridan birontasi bizgacha yetib kelmagan. Olimlarning taʼkidlashlaricha, Ismoil poytaxt Buxoroda mustaqil musulmon davlati podshohining oʻz nomidan tanga zarb etishdek eng muhim va nufuzli huquqidan biron marta foydalanmagan. Movarounnahrga hukmdorlik qila boshlaganidan keyin u oʻzining bu huquqini Samarqandda amalga oshirgan. Olimlar Somoniylar davrida Samarqand maydoni, kattaligi va boyliklari boʻyicha Buxorodan ustunligini hisobga olib, Ismoil davrida Samarqand oʻziga xos rasmiy poytaxt, Buxoro esa — amaliy poytaxt rolini oʻynagan, yaʼni tanga zarb etish shaharning rasmiy mavqeini, qoʻlyozma anʼanasi esa amaliy mavqeini ifoda etgan degan xulosaga kelishgan. Ismoil Somoniydan keyin Buxoroda ham muntazam tanga zarb etildi, chamasi u endilikda rasmiy poytaxt boʻlib qolgan.Shahar Somoniylar davrida, tarixan, toʻrt qismga ajratilgan boʻlib, mazkur qismlar bugungi kunda ham relyef jihatidan bir-biridan ajralib turadi. Bu qismlar orasida eng mustahkami Koʻhandiz (Ark qalʼasi) edi, u xom gʻishtdan terilgan juda baland va qalin devor bilan oʻralgan, deyarli yoʻlab boʻlmasdi. Ana shu devorning butun tevaragi boʻylab pishgan gʻishtdan oʻziga xos «yopinchiq» qadamalar kiydirilgan. Qalʼa maydoni esa uning tashqi devorlari boʻylab taxminan 3,5—3,8 gektarni tashkil etardi. Bu yerda qabulxona, xazina, ulkan kutubxona (yosh Abu Ali ibn Sino shu yerda shugʻullangan), zindon va hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan edi. Arkning gʻarbiy etagida kattagina Registon maydoni boʻlib, unda 10 ta davlat boshqarmalari — devonxona binosi qad koʻtargan. Xuddi shu yerda saroy qurilgan boʻlib, Buxoroga X asr oxirlarida kelgan Muqaddasiy musulmon olamida bundan muhtashamroq saroyni koʻrmaganligini taʼkidlaydi. Registonda, shuningdek, hayit namozlari oʻqiladigan iydgoh — musallo ham boʻlgan, ammo Somoniylar davrida shahar aholisi shu qadar koʻpaydiki, natijada eski musalloga barcha namozxonlar sigʻmay qoldi. 971-yilda qalʼadan yarim farsax (3—4 kilometr) masofada yangi musallo qurildi. Yana bir hukmdor saroyi Joʻyi Moʻliyon kanali sohilida qad koʻtardi.Arkdan sharq tomonda mustahkamlanganShahriston joylashgan. Unda binolar zich qilib qurilgan, chuqur handaq va yettita darvozaxonasi boʻlgan mustahkam devor bilan oʻrab olingan edi. Ulardan ayrimlari esa zamon silsilasida oʻzgarib turgan bir qancha nom bilan atalgan. Sharqiy devorda Mox darvozasi (Bozor, Madina, Shahriston, Attoron), Koʻhandizga qaragan gʻarbiy devorda esa Banu Saʼd yoki Saʼdobod, Banu Asad (islomdan avvalgi nomi Muhra), Koʻhandiz, Haqroh (Xokroh) yoki Hufra (yer osti tonneli — lahm) singari toʻrtta darvoza, shimoliy devorda Nur darvozasi, X asrning oʻrtalaridan boshlab Mansur darvozasi, sharqiy devorda esa Samarqand ichki darvozasi yoki Nav darvozasi joylashgan edi. Shahar tashqarisi — rabot ham devor bilan oʻralgan va ichki hamda tashqi rabotlarga boʻlingan.
58.Xo’jagon tariqativauning mohiyati?
XOJA ABDULXOLIQ G‘IJDUVONIY(1103–1179)Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy Yusuf Hamadoniyning xalifasi va Xojagan-Naqshbandiya tariqatining poydеvoriga asos solgan mashoyih hisoblanadi.Xoja Abdulxoliq 1103-yili G‘ijduvonda tavallud topgan va 1179-yilda o‘z vatanida vafot etgan. Otasi asli Rum diyoridan bo‘lib, oti Abdul Jalil edi. U kishi Imom Malik avlodidan bo‘lgan. Bu zot G‘ijduvonning mashhur imomlaridan edi. Onasining avlodi ham Rim yurtidan bo‘lgan. Rivoyat qilinishicha, Xoja Abdulxoliqning ota-onalari Xojai Hizr alayhissalom ishorati ila o‘gil farzand ko‘rganlar va uning maslahatiga asosan o‘g‘liga «Abdulxoliq» («Xudoning bandasi») dеb ism qo‘ygan ekanlar. Xoja Abdulxoliq boshlang‘ich ta’limni G‘ijduvonda Imom Sadriddindan olgan. O‘qishni Buxoroda davom ettirib, Yusuf Hamadoniyga shogird tushgan. Bu davrda u 22 yoshda bo‘lgan. Ustoz va shogird birgalikda Bag‘dod, Balx Isfaxon, Marv, Samarqand shaharlariga borganlar va tasavvuf ilmining sirasrorini egallaganlarXoja Abdulxholiq G‘ijduvoniy «Zikri Xufiya», «Zikri dil» amalining targ‘ibotchilaridan bo‘lgan. Buning sababi shundaki, rivoyat qilishlaricha, kunlarning birida Hizr alayhissalom Xoja Abdulxoliqqa ro‘para kеladi va aytadi: «Hovuzga tushib, suvga sho‘ng‘igin, musaffo suvdan qult qilgin-u, dilingda quyidagi kalimayi toyyibani takrorla: «Lo iloha illolloh Muhammadun rasululloh». Xoja Hazrati Hizrning aytganini bajarib, bеqiyos saodatga sohib bo‘lgan va o‘shandan boshlab «Zikri xufiya», «Zikri dil» amalini targ‘ibot qila boshlagan ekan. Xoja Abdulxoliqining ustozlari Xoja Yusuf Hamadoniy o‘z as’hobi bilan «Aloniya» zikriga amal qilgan. Bu zikr maqomi zikr aytishda tovush chiqarish uslubidan iborat bo‘lgan. Ustoz o‘z shogirdiga «Xufiya» usuli bilan zikr aytishga ijozat bеrgan. Kеyinchalik, hatto o‘zi ham «Zikri dil» usuliga o‘tgan ekan.
59.Muhammad Xorazmshoxning Chingizxonga yuborganelchiliklari?
1215 yili Dashti qipchoq yurishida Xorazmshoh mo‘g‘ullarning Jo‘chi boshchiligidagi harbiy qo‘shiniga duch keladi. Mo‘g‘ullar bu yerlarda Chingizxonning buyrug‘iga ko‘ra markit qabilalariga zarba berish uchun yurish qilgan edilar. O‘zaro to‘qnashuvdan so‘ng mo‘g‘ullar Chingizxondan Xorazmshohlar davlatiga nisbatan yurish qilish xususida hech qanday ko‘rsatma olmaganliklari uchun orqaga chekindilar. Jurjoniyning yozishicha, sultonni har vaqt undan Sharqda joylashgan davlatlar qiziqtirar va uning Xitoy tomoniga harbiy yurish qilish niyati ham bo‘lganligi aniq edi. Lekin Xitoy Chingizxon tomonidan o‘sha yili olinganligini eshitgan sulton bu holni tasdiqlatish va qolaversa Chingizxon davlati xususida aniq ma’lumot olib kelish maqsadida sayidlar avlodidan bo‘lmish taniqli zot Bahovuddin Roziyni o‘z elchisi sifatida xon huzuriga jo‘natadi.Bahovuddin Roziy boshchiligidagi elchilik guruhini Chingizxon Pekinda qabul qilib, ularga ijobiy munosabatda bo‘ladi. Xorazm davlati elchilariga Chingizxon o‘zaro ikki davlat o‘rtasida tinchlik va do‘stlik hukmdorlik qilishi lozimligini uqtirib, o‘zini “Sharq hukmdori”, Xorazmshoh Muhammadni “G‘arb yerlarning egasi” deb ta’kidlaydi. Xitoy yerlariga endilikda yurish qilish nojoiz ekanligini anglagan Xorazmshoh o‘z diqqat-e’tiborini yana janub hamda g‘arb yerlariga qaratadi.Sulton Muhammad bu elchilarni 1218-yil bahorida Buxoro shahrida qabul qiladi. Elchilar Chingizxon sultonning zafarli yurishlaridan xabardor ekanliklari, uni qudratli podshoh sifatida tan olib “o‘zining eng ardoqli o‘g‘illari qatorida” ko‘rishini bayon etishadi. Chingizxon o‘z nomasida kuch-qudrati zafarini ko‘rsatish ma’nosida Xitoy va qo‘shni mamlakatlarni qanday kuch bilan egallaganligini ham aytib o‘tadi. Elchilar nomasi shubhasiz sultonga ma’qul bo‘lmaydi. Ayniqsa, mo‘g‘ul davlatining xonini, uni o‘zining “o‘g‘li” qatorida ko‘rish, bu sharq ustamonligida qaram qilish yoki o‘z homiyligini olish degan ma’noni anglatishni sulton yaxshi tushunadi. Elchilarga sulton javobi ma’lum emas, lekin o‘sha tunda u o‘z yoniga Mahmud Yalavochni chorlab bor haqiqatni bayon etishni, uning xizmatiga o‘tib, maxfiy josus bo‘lib xizmat qilishni buyuradi. O‘z hayotidan xavfsiragan Mahmud Yalavoch, muarrix an-Nasaviyning yozishicha, “sulton eshitishni xohlagan” ma’lumotni aytib, sulton taklifiga ko‘nadi. Xorazmshoh unga qimmatbaho javohir sovg‘a qilib, Chingizxon bilan shartnoma tuzishga rozi ekanligini bildiradi.Chingizxon Mahmud Yalavoch guruhi xizmatidan, to‘plangan ma’lumotlardan mamnun bo‘ladi. Zero Yalavoch soxta “josus” rolini o‘ynab, bor haqiqatni Chingizxonga yetkazgan edi. O‘sha yiliyoq, ya’ni 1218-yili, Chingizxon sulton Muhammadga o‘z minnatdorchiligini izhor etish va o‘zaro shartnoma tuzish maqsadida katta savdo va elchilar karvonini jo‘natadi. Ulkan savdo karvoni 450 ta musulmon savdogari va 500 ta tuyaga ortilgan qimmatbaho mollardan iborat edi. O‘z davlati qudratini namoyon etish niyatida Chingizxon Tang‘ut va boshqa davlatlardan o‘lja olingan, janubiy Sibir va Xitoydan talab keltirilgan ajoyib, sara mollar bilan xurjunlarni to‘ldirgan edi. Karvon bilan, shuningdek, Chingizxon elchisi, mo‘g‘ullardan bo‘lgan Uxuna ham bo‘lib, u Xorazmshohga Chingizxon nomasini olib kelayotgan edi. Noma jahon fotihligiga da’vo qilayotgan Chingizxon nomidan buyruqnamo ohangda yozilgan edi. Unda jumladan, “... biz bundan buyon davlatlar o‘rtasida tinchlik o‘rnatilishini buyuramiz...” deyilgan edi. Noma Chingizxon ochiq-oydin jahon egasi bo‘lishga ishtiyoqi baland ekanligidan dalolat berar
190.Mo’g’ullarning Buxoroga yurishi?
191.Mo’g’ullar va O’tror Chingizxon qamali. 1219-yili o‘z o‘g‘illari boshliq 200 mingga yaqin asosiy harbiy kuchlari bilan anchadan beri puxta tayyorlanib, Xorazmshoh-Anushteginiylar davlati ustiga harbiy yurishni boshladi. Bu kuchlar yozni Irtish daryosi bo‘yida o‘tkazib, sentabr oyida chegaradan o‘tadi. Chingizxonga uyg‘ur ediquti (xoni) Baurchak, qarluqlar xoni Arslonxon va Olmaliq hukmdori Sig‘noqteginlar ham o‘z qo‘shini bilan kelib qo‘shildilar. Chegaradan o‘tgan Chingizxon o‘z qo‘shini bilan janubiy qozoq cho‘llarining Sirdaryoga tutashgan joyidagi O‘tror shahri yaqinida to‘lab uni 4 qismga bo‘ladi. Chig‘atoy va O‘qtoy qo‘shinning bir qismi bilan O‘trorni qamal etib, egallash uchun qoldirildi. Ikkinchi qism esa Jo‘chi boshchiligida Sirdaryoning yuqori oqimidagi Jand, Yangikent, Borchig‘lig‘kent, Sig‘noq shaharlarni bosib olish uchun yuborildi. Uchinchi qismidagi besh ming chog‘li qo‘shinga Uloq no‘yon va Suketu Cherbi bosh bo‘lib O‘trordan janubga, Xo‘jand va Banokatni egallash vazifasi topshirildi. Chingizxon o‘zi bosh bo‘lgan to‘rtinchi, asosiy qism (uning tarkibida taniqli sarkardalar Jebe va Subutoy ham bor edi) Zarafshon vohasi tomon-Buxoro hamda Samarqandni istilo etish uchun yo‘l oldi. Chingizxon Xorazmga yurish qilib O‘tror (1219), Buxoro va Samarqandni (1220) bosib oldi. Muhammad Movarounnahrni tashlab Xuroson tarafga qochdi. Chingizxonning 20 minglik qo‘shinining tinimsiz ta‘qib qilishi Muhammadga o‘z kuchlarini qayta to‘plab, nafasini rostlashga imkon bermadi. Kaspiy dengizining Ashur oroliga borib qolgan Muhammad qattiq betob bo‘lib qoldi va umrining oxirida oldingi qarorini o‘zgartirib, o‘g‘li Qutbiddin O‘zloqshohning o‘rniga Jaloliddin Manguberdini valiahd deb e‘lon qildi. O‘sha orolda 1221 yilda vafot etdi va shu yerda dafn etildi.qamali?Chingizxon Samarqandga 1220-yilning mart oyida yetib kеladi. U Samarqand uchun jang shiddatli va og‘ir bo‘lishini bilardi. U shaharni qamal qilishga shaxsan o‘zi rahbarlik qiladi. Dastlabki ikki kun mobaynida mo‘g‘ullar Samarqand atrofidagi qishloqlarni egallab, shaharning tashqi muhit bilan aloqasini batamom uzib tashlaydilar, shahar atrofini ko‘zdan kеchirib mudofaa istеhkomlarini o‘rganadilar. Uchinchi kundan boshlab Chingizxon asirlar va mo‘g‘ul askarlariga Samarqandga yaqinlashishga buyruq berdi. Shahar mudofaachilaridan ba’zi bir qiziqqon kishilar askarlardan ko‘mak bo‘lmasa-da, bunday asab o‘yiniga chiday olmasdan shahardan tashqariga chiqib jang qiladilar. Mo‘g‘ullar esa go‘yo chеkingandеk orqaga qochib Samarqand himoyachilarining ko‘plarini pistirmaga tushiradilar va o‘n minglab vatanparvarlarni qirib tashlaydilar. Bu hol Samarqand mudofaachilari saflarida qo‘rquv va sarosimalikni kеltirib chiqaradi. Xususan, To‘g‘ayxon boshliq turk sarkardalari katta xatoga yo‘l qo‘yadilar. Ular mo‘g‘ullar bizni o‘z vatandosh, millatdoshlaridеk qabul qiladilar, dеgan xomxayolga borib, 30 minglik qo‘shinibilan Chingizxon tomoniga o‘tishni ixtiyor etadilar. Chingizxon bu takliflarni ayyorlik bilan jon-jon dеb qabul etadi. Qamalning bеshinchi kuni shahar qozisi va shayxulislom boshchiligida mo‘g‘ullarga vakillar yuboriladi. 1220-yil 16-martda Samarqand darvozalari mo‘g‘ullarga ochib bеriladi. Shaharda ommaviy qirg‘in boshlanadi. Qozi bilan muftiyga o‘z odamlari bilan chеtga chiqib turishga ruxsat bеriladi. Ularni qo‘riqlash uchun qorovullar qo‘yiladi. So‘ng shahar talon-taroj qilindi. Oradan bir kun o‘tgach, To‘g‘ayxon va uning yigirmata sarkardasi boshchiligida 30 ming turk lashkarlari tunda qirib tashlanadi, ularning ot va boyliklari tortib o‘linadi.Mo‘g‘ullar Samarqandning bosh suv inshooti «Juyi arzis» «Qo‘rg‘oshin nova»)ni buzib tashlab, shahar aholisini suvsiz qoldiradilar. Namozgoh darvozasidan bostirib kirib, barcha istеh-komlarni xonavayron qiladilar. Chingizxon Samarqand shahridan 30 mingga yaqin hunarmand va rassomlarni asirlikka oladi va ularni o‘z farzandlari, xotinlari, qo‘shin boshliqlari, qarindosh-urug‘lari va yaqin kishilariga xizmatkorlikka bo‘lib, hadya qilib bеradi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, shahar qozisi va muftiysi samarqandliklardan 50 ming kishini 200 ming oltin tanga tovon to‘lash evaziga Samarqandga qaytarib olib kеlgan. Ana shu tariqa Xorazmshohar davlatining yana bir poytaxti, Sharq olamining eng go‘zal, dunyoning sayqal shaharlaridan biri bo‘lgan Samarqand mo‘g‘ullar bosqini tufayli xonavayron bo‘ladi, uning kuli ko‘kka sovuriladi. O‘sha paytda Chingizxon xizmatida bo‘lgan Xitoy ruhoniysi Chan Chunning so‘zlariga qaraganda, mo‘g‘ullar bosqi-nidan so‘ng shaharda ilgarigi aholining chorak qismigina qolgan, xolos.Chingizxon Samarqandda turib Xorazmshoh Muhammad kichik bir qo‘shin bilan Jayhun daryosining narigi qirg‘og‘iga o‘tib ketganligini eshitadi. U vaqtni qo‘ldan boy bеrmasdan Jеbе va Subutoy boshchiligida 30 ming kishilik otliq askarni uning orqasidan jo‘natadi 1220-yilning fеvral oyida mo‘g‘ullar Buxoroni qamal qilishni boshlaydilar. XIII asr boshlarida yashab o‘tgan bir fors muarrixishahar himoyachilarining sonini 12 ming kishidan oshmas edi, dеb yozgan. Juvayniy esa 20 ming dеgan ma’lumotni bеradi. Mirzo Ulugbеkning «To‘rt ulus tarixi»da biz: «...30 ming kishini Buxoro mudofaasi uchun tayinladi», dеgan jumlalarni o‘qiymiz. Shahardagi bu kuchlarga Inanchxon O‘g‘il Hojib, Ixtiyoriddin Qo‘shlu, Hamid Pura Qoraxitoylar boshchilik qiladi. Ularning safini mo‘g‘ullardan qochib kеlgan uyg‘ur Gurxon (Ko‘kxon) ham to‘ldiradi. Buxoro ahli mo‘g‘ullarning O‘tror va boshqa shaharlardagi amalga oshirgan qonli qirg‘inbarotlaridan xabardorbo‘lsalar-da, ular o‘z ona shaharlarini himoya qilish imkoniyatiga ega emas edilar. Shahar o‘z holiga tashlab qo‘yilgan edi. Mudofaachilar orasida birlik, ahillik yo‘q edi. Shaharda qo‘rquv va bеboshlik dahshati hukm surardi, har kim faqat o‘z taqdirini o‘ylardi, odamlarda bir-birlariga ishonch yo‘q edi. Buxorolik boobro‘ va e’tiborli sarkardalardan biri Inanchxon O‘g‘il Hojib oliy darajadagi Buxoro ruhoniylari o‘rtasida sotqinlik kayfiyati borligidan xabar topib, vaqtni qo‘ldan boy bеrmasdan qamalning uchinchi kuni Buxoroni tark etib, Urganch tomon yo‘l olishga oshiqadi. Shahar himoyachilaridan biri Hamid Pura jangda halok bo‘ladi. Chorasiz qolgan Buxoro shahri aholisi Chingizxonga taslim bo‘lishdan boshqa chorani topa olmaydi. Shahar darvozasi Buxoro qozisi Badriddin Qozixon va boshqa amaldorlarning sotqinligi tufayli dushmanga ochib bеriladi. Juvayniyning tavsifi bo‘yicha Rashididdin Buxoro shahriga Chingizxonning kirib kеlishini quyidagicha ta’riflaydi: «Chingizxon ot ustida jomе’ masjidiga kirib kеladi va shaharning nufuzli kishilarini huzuriga olib kеlishni talab qiladi. Mo‘g‘ullar shahar omborlarini ochib, g‘allani olishdi. Qur’on ro‘yxatlari bor sandiqlarni otlari uchun yеmxona qilishdi, sharob to‘la mеshlarini masjid ichiga tеrib chiqishdi, xonandalar-u sozandalarni yig‘ib, o‘yin-kulgu buyurishdi»Xuddi shu manbada yozilishicha,mo‘g‘ullar o‘z qo‘shiqlarini kuylashar, shayxlar-u ulamolar esa otxonada otboqar o‘rnida turib, bosqinchilarning buyruqlarini bajarishar edi.1220-yil 16-fеvralda mo‘g‘ullar Buxoro shahrini egallagan bo‘lsalar-da, shahar hali ularga batamom taslim bo‘lgan emas edi. Uyg‘ur Gurxon boshchiligida 400 nafar buxorolik vatanparvarlar shahar arkiga chiqib olib, yana 12 kun mobaynida tеngsiz dushman kuchlariga qarshi jang qiladilar. Faqat barcha vatanparvar jangchilar kurashib jon bеrganlaridan so‘nggina mo‘g‘ullar Buxoro arkini qo‘lga kirita oladilar. Vatanparvarlarning bu qilgan qarshiliklari evaziga mo‘g‘ullar buxoroliklardan 30 ming fuqaroning yostig‘ini quritadilar. Aholining qolgan qismi qullarga aylantiriladi. Xorazmshohlardavlatiningmarkazlaridan, qadimiy sharq dunyosining diniy va ma’rifat o‘choqlaridan biri, ikkinchi Ka’ba nomi bilan jahonga tanilgan Buxoro yеr bilan yakson qilinadi, uning boyliklari talanadi. Ilm-ma’rifat koshonalari, ma’naviyat boyliklari, topilgan qadimiy kitoblar, qo‘lyozma asarlarning kuli ko‘kka sovuriladi, otlar va eshaklar oyoqlari ostiga tashlanadi. Din pеshvolari, ulug‘ va mo‘tabar zotlar, qozi-yu ulamolar masxara qilindi. Mo‘g‘ullar shahardagi barcha boyliklar, oltin-u zar, zеb-u ziynatlarni to‘plab bo‘lgach, bir nеcha kun mobaynida o‘z askarlariga shaharni talashni topshiradilar. Ular barcha bilgan noma’qulchiliklarini qiladilar. So‘ng shaharga o‘t qo‘yiladi va Buxoro kultеpaga aylantiriladi.Mo‘g‘ullar Buxorodan juda ko‘p asirlarni olib, qul qilib o‘z yurtlariga olib kеtadilar va ularni xo‘rlab har xil qora ishlarda mеhnat qildiradilar. Jismoniy jihatdan sog‘lom va baquvvat asirlar hamda
hunarmandlardan, kеyinchalik Samarqand, Dobusiya va boshqa shaharlarni qamal qilish chog‘ida og‘irva mashaqqattalab ishlarda foydalaniladi.
60...Mo’g’ullarning Urganch shahrini qamal qilishi?
1220 yilningChingizxon endilikda o‘zining asosiy e’tiborini Xorazmshohlar davlatining markazi Xorazm o‘lkasiga qaratdi. Bu yurishga o‘g‘illari Jo‘chi, Chig‘atoy, O‘ktoy (Ugedey)larni mas’ul qildi. Ayniqsa, xon musulmon Sharqining eng katta shahri bo‘lmish, madaniyat, savdo gullab yashnagan boy-badavlat qadimgi Urganch (Gurganj) istilosiga katta ahamiyat bilan qaradi. Ushbu yurish 1221 yilning boshida boshlandi.1221 yilning boshida sulton deb e’lon qilingan Jaloliddin va shahzodalar Oqshoh, O‘zloqshohlar bilan Urganchga keladi. Lekin Urganchdagi siyosiy vaziyat, sobiq Jand noibi Qutlug‘xonning unga qarshi suiqasdi, qipchoq sarkardalarining xoinona o‘zlarining tutishlari, Jaloliddinni shahar mudofaasiga bosh bo‘lish fikridan qaytaradi. Qipchoqlar uni hokimiyat tepasiga kelishini xohlamas edilar. Bunday vaziyatda mudofaani tashkil etib bo‘lmasligi aniq bo‘lib qolgan edi. Ushbu voqealardan so‘ng Jaloliddin Temur Malik bilan birgalikda 300 ta kishi bilan shaharni tark etib Xurosonga yo‘l oladi. Uning ortidan esa, tez orada Oqshoh va O‘zloqshohlar ham yo‘l olishadi. Jaloliddinning faoliyatini alohida qayd etib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lgani uchun keyinroq bu buyuk shaxs faoliyati to‘g‘risida batafsil to‘xtalinadi.Urganchda esa shahardagi qipchoq sarkardalari-O‘g‘ul Hojib, Erbuqa pahlavon, Ali Darug‘iyniy va boshqalar Turkon xotunning jiyani yosh Xumorteginni sulton deb e’lon qiladilar. Turkon xotunning o‘zi Mozandarondagi Ilol qal’asiga kelib o‘rnashib, o‘z hayoti va boyliklarini saqlash taraddudiga tushadi. Qal’ada suvsizlikdan sillasi qurilgan sobiq malika mo‘g‘ullarga asirga tushib, xorazmshohlar xazinasini ular qo‘liga topshirdi. Qoraqurumda cho‘ri bo‘lgan Turkon xotun 1233 yili xor-u-zorlikda vafot etadi. Xumortegin layoqatsiz, o‘z fikriga ega bo‘lmagan, qo‘rqoq shaxs edi. Urganchga Chingizxonning o‘g‘illari Jo‘chi, Chig‘atoy, O‘gedey, taniqli mo‘g‘ul sarkardalari Tulun cherbi, Ustun no‘yon, Qozon no‘yon boshqalar o‘z harbiy kuchlari bilan yetib keladilar. Xorazm Jo‘chi boshqaruvi ilkiga tushganligi uchun ham, Jo‘chi shaharni tinchlik bilan mo‘g‘ullarga topshirishni talab etadi. Lekin nima bo‘lganda ham jasur shahar himoyachilari mudofaaga qat’iy tayyorgarlik ko‘rib jonajon shaharlarini mo‘g‘ullarga berishdan qat’iy bosh tortdilar. Poytaxt atrofini 100.000 dan ziyod mo‘g‘ullar qo‘shini bilan o‘rab olish boshlandi. Shahar devorlarini buzish uchun manjaniqlar o‘rnatiladi. Mo‘g‘ullar shaharni katta kuch bilan zabt etishga kirishdilar. Yangi “sulton” shahar mudofaasiga bosh bo‘la olmaydi. 1221 yili boshidan boshlangan Urganch qamali deyarli 7 oy davom etadi. Shahar ahli mo‘g‘ullar qurol-yarog‘i, palahmon toshlarni otuvchi manjaniqlar zambaraklardan cho‘chimay mardonavor kurashga kiradilar. Nayza o‘qlaridan qo‘rqmay shahar devorlarining buzilgan yerlarini qayta tiklay boshlaydilar. Bir guruh urganchlik harbiy navkarlar shahardan deyarli 1 farsah uzoqlikdagi Bog‘i-Xurram degan joyda mo‘g‘ullarga zarba berishga harakat qilib, qahramonona jang qildilar. Lekin Juvayniyning yozishiga ko‘ra, jangda qo‘shin va qurol jihatidan ustun mo‘g‘ullar shu yerlik tinch aholi jangchilar bilan birgalikda 100.000 dan ziyod aholini qirib tashlaydilar. Sulton zobitlarining boshlig‘i Faridun G‘uriy o‘zining 500 kishilik harbiy otryadi bilan mardonavor shahar devorlari va darvozalari himoyasiga bosh bo‘ladi. Lekin qo‘rqoq “sulton” Xumortegin shahar darvozasini ochib berib, o‘z hayotini saqlab qolish maqsadida xiyonatkorona ravishda mo‘g‘ullarga taslim bo‘ladi. Istilochilar shaharga bostirib kira boshlaydilar. Urganchda tarixchilardan an-Nasaviy, Juvayniylarning yozishlariga ko‘ra, har bir ko‘cha, mavzeni jon-jahdlari bilan himoya qilganlar. Ko‘prik ustidagi jangda shaharliklar 3000 nafardan ziyod mo‘g‘ul askarlarini qirib tashlashga ham muvaffaq bo‘ladilar.Shahardagi janglarda Xorazmlik mashhur alloma, faylasuf va olim, “Kubroviya” tariqatining asoschisi Ahmad ibn Umar Abul Janob Najmiddin al-Kubro al-Xevaqiy (1145-1221 yy.) ham faol qatnashdi. O‘ziga “Yo Vatan, yo sharofatli o‘lim” degan g‘oyani shior qilib olgan bu 76 yoshdagi buyuk shayx mo‘g‘ullarning taslim bo‘lish haqidagi takliflarini rad etib, o‘zining behisob shogird, do‘st-yoron, muxlis-safdoshlar bilan shahar ichki mudofaasida ishtirok etadi. Uning jangovar chaqirig‘iga muvofiq har bir qarich yerni shaharliklar qahramonona tarzda, bir tomchi qonlari qolguncha himoya qiladilar. Najmiddin Kubro qahramonona tarzda jang qilib, o‘lim oldidan mo‘g‘ul navkariga tashlanib uni avval halok qilib, shahid bo‘ladi. Shahar mudofaasi cho‘zilib, hatto Chingiz o‘g‘illari Jo‘chi va Chig‘atoy o‘rtasida ham ixtilof chiqib, shaharni egallash boshqa bir o‘g‘il - Ugedeyga topshirildi. Behisob qon daryo bo‘lib oqib, bundan so‘nggi himoya befoydaligini sezgan shaharliklar qolganlarni jonini saqlab qolish maqsadida taslim bo‘lishdan o‘zga choralari qolmaydi. 100000 dan ko‘proq hunarmandlar ajratib olinib, Mo‘g‘ulistonga jo‘natiladi. Shahar ahli dashtga haydab chiqarilib, bolalar va ayollar bo‘lib olinadi. «Ortiqcha» asirlar haqoratli o‘limga mubtalo etiladi. Juvayniyning yozishicha, har bir mo‘g‘ul askarga shaharliklardan 24 ta o‘ldirilgan askar to‘g‘ri kelgan ekan. Qolgan barcha narsalar beayov talon-taroj qilindi. Shahar qo‘lga olingandan uning asosiy qismi buzilgan, xonavayron bo‘lgan edi. Shundan keyin ham mo‘g‘ullar Amudaryo to‘g‘onini buzib, shaharni suvga bostiradilar.Urganch qamali bilan bir vaqtda Chingizxon 1221 yilning bahorida o‘zining e’tiborini Amudaryodan janubdagi yirik savdo yo‘llari ustida joylashgan boy madaniyat markazlari bo‘lmish Balx, Hirot, G‘azna, Qandahor, Nishopur va boshqalarga qaratdi. Chingizxon shaxsan Balx yurishiga boshchilik qilib, shaharni zabt etdi. Balx aholisini esa qirib tashladi. Ba’zi bir janublik Xorazmshoh noiblari, jumladan Amin-al mulk ham mo‘g‘ullar tomoniga xiyonatkorona o‘tib ketdilar.Jaloliddinga qarshi kurash vaqtida qator qal’a, shaharlar qattiq janglar ila ishg‘ol qilindi (Bamiyon, G‘azna, Qandahor, Gardiz, Valiyon va boshqalar.) Ularning janubdagi oxirgi egallagan shahri Hindistonning shimoliy g‘arbidagi Mo‘lton bo‘lib qoldi
61..Jaloliddin Manguberdining mo’g’ullarga qarshi olib brogan kurashi?1221 йилнинг февралида Ғазнага кириб келади. Манбаларнинг қайд этилишича, халқ Жалолиддинни жуда катта тантана билан кутиб олади.Шаҳар худди хайит байрамидек шоду-ҳуррамликка тўлади. ҒазнадаЖалолиддин хизматига Сайфиддин Ўғроқ ал-Халажий, Балх ҳокими Аъзам Малик, афғон қабилалари сардори Музаффар Малик ва қарлуқлар раҳбари ал-Ҳасан қарлуқ ўз қўшинлари билан қўшиладилар. Жами қўшиннинг сонитарихчиларнинг хабарига кўра 90-130 минг киши атрофида бўлган. Чингизхон Жалолиддиннинг куч-қудратини ошиб бораётгани ва муғуллар ундан Қандаҳорда зарбага учраганлигидан ғазабланиб, нўён Шики Хутухубошчилигидаги қўшинни унинг устига юборади. У 1221 йилнинг кузида Жалолиддин ерларига яқинлашиб келади.Жалолиддин бир ҳамладаёқ муғулларни зарбага учратишга муваффақ бўлади. Бу жангда муғулларнинг 1000 дан ошиқ кишиси ҳалок бўлади. Кўплаб тарихчилар жумладан, ибн ал-Асир, Жувайний, Рашидиддин бу жангга юқори баҳо берган эдилар. Жалолиддиннинг муғулларга қарши муҳим жангларидан бири 1221 йилнинг кўзида шимолий Афғонистоннинг Лагар дарёси бўйидаги Парвона дашти яқинида бўлиб ўтади. Бирлашган қўшинга шахсан Жалолиддиннинг ўзи лашкарбошилик қилиб, ўнг қанотга Амин Малик, чап қанотга Сайфиддин Ўғроқ бошчилик қилишади. Муғуллар жон-жаҳдлари билан курашга кирадилар. Ҳатто Шики Хутухунинг буйруғи билан Жалолиддин қўшинига хавф туғдириш мақсадида ҳар бир муғул аскари орқасига тулуп ўтказиб ҳам қўйишади. Парвона жанги муғулларнинг мутлақ мағлубияти билан тугаб Шики Хутуху қолган қутган қўшини билан Чингизхон ҳузурига базўр қочишга улгуради.Парвона яқинидаги жанг Мовароуннаҳр ва Хуросон аҳли учун ниҳоятда катта аҳамиятга эга бўлди. Шу пайтгача муғулларнинг илоҳий, енгилмас куч-қудратга эгаликлари хусусидаги гап сўзларга, афсоналарга чек қўйилди.Жалолиддиннинг ғалабасидан Мовароуннаҳр ва Хуросон халқларининг руҳи кўтарилди, ғалаба таъсирида Сарахс, Марв, Ҳирот ва бошқа Хуросоншаҳарларида муғулларга қарши халқ исёнлари бошланиб кетди. Бухородабош кўтарган аҳоли эса муғулларни шаҳардан сиқиб чиқаришга муваффақ бўлди. Чингизхон Жалолиддиннинг кучайиб бориши, унинг халқ оммаси томонидан қўллаб-қувватланилиши муғуллар босиб олган ерлар учун қанчалик хавф туғдиришини яхши англаб етган эди. Шу сабабдан ҳам шахсан ўзи Жалолиддинни қандай қилиб бўлмасин мағлуб этиш мақсадида шитоб билан катта қўшинга бош бўлиб, жануб томон йўл олди Жалолиддин қўшини Парвона жангидан сўнг катта ўлжани киритган эди.Ушбу ўлжанинг тақсимланиши вақтида Жалолиддиннинг икки саркардаси. Амин Малик ва Сайфиддин Ўғроқ ўртасида ихтилоф чиқади.1221 йилнинг 25 ноябри, пайшанба куни (ҳижрий 618 йил шаввал ойининг саккизинчи куни) Синд дарёси бўйида уч кун давом этган ҳал қилувчи жанг бошланди. Бир қатор ўрта аср мусулмон тарихчиларининг таъкидлашларича, бундай қонли, кескин ва даҳшатли жанг тарихда рўй бермаган экан. Жалолиддин ва унинг қўшини мисли кўрилмаган даражада жасорат ва баҳодирлик намуналарини кўрсатдилар. Фақат учинчи кунга келиб, Чингизхон қўшини устунликка эриша бошлади. Чингизхон қандай қилиб бўлмасин Жалолиддинни тириклайин қўлга олишга буйруқ беради. Жалолиддин эса уни қўлга олишга интилаётган муғул қўшини қўршовини шахсий баҳодирлиги билан ёриб чиқиб, Синд дарёси бўйига етиб келишга муваффақ бўлади. Дарё бўйида онаси Ойчечак ва ҳарамдаги бошқа аёллар уни кутиб туришар эди. Шундоқ ҳам бу жангдан руҳий ва жисмонан эзилган Жалолиддинга улар “... бизни ўлдиринг ва машъум асирликдан қутқаринг” дея мурожаат қилишади. Жалолиддин барча ҳарам аёлларини сувга чўктиришга кўрсатма беришдан бошқа иложи қолмайди. Ўзи эса оти билан сувга сакраб, дарёнинг нариги бети-Ҳиндистон томонга сузиб ўтади. Жалолиддиннинг ҳар қандай вазиятда ҳам ўзини йўқотмаслиги, унинг жасорати ва мардлигига Чингизхон ҳам тан беради. Тарихчилардан Жувайний, Рашидиддин ва бошқаларнинг ёзишларига қараганда Жалолиддиннинг жасоратига қойил қолиб Чингизхон ўз ўғилларига қарата “Отанинг фақат шундай ўғли бўлиши лозим. У оловли жанг майдонидан ўзини қутқариб, ҳалокатли гирдобдан нажот қирғоғига чиқдими, ундан ҳали улуғ ишлар ва қиёматли исёнлар келади!”,-деди ва унинг орқасида таъқиб этишни таъқиқлади. Ҳиндистонда Жалолиддин 1223 йилнинг охирларигача бўлиб,хоразмшоҳларнинг азалий мулки бўлган Ироқ ва Эронни ўз измига киритиш мақсадида йўлга отланади. Ўз ўрнига ноиб этиб, таниқли саркарда Жаҳон полвон Ўзбекни қолдириб кетади. Жаҳон полвон то 1229 йилгача Ҳиндистон мулкларини бошқариб, сўнгра Жалолиддин ҳузурига Ироққа қараб кетади ва унинг ҳарбий юришларида елкадош бўлиб хизмат қилади. 1224 йилнинг бошида Жалолиддин Кирмонга келиб, Кирмон султони бўлмиш укаси Ғиёсиддиндан ёрдам учун 4000 кишилик қўшин олади. У ўзининг асосий мақсади муғул истилочиларига қарши курашиб, мустақил давлат яловини тиклаш эканлигини билдиради.Жалолиддин муғулларга қарши биргаликда кураш олиб бориш мақсадида укаси Ғиёсиддин Пиршоҳ, Бағдод халифалари аз-Зоҳир (1225-1226), сўнгра ал-Мунтансир (1226-1242), Гуржистон маликаси Русудана ва бошқаларга мурожаат қилади. Лекин муғуллар қасоси, қолаверса Жалолиддиннинг ҳокимияти кучайиб кетишидан чўчиган кўпчилик мусулмон ҳоким, ҳукмдорлари у билан иттифоқ тузишни ҳоҳламайдилар. Бағдод халифалиги, исмоилийлар ҳокими Муҳаммад III (1221-1255)лар эса муғуллар билан яқинлашишга, Жалолиддинга қарши очиқдан-очиқ курашишга бел боғлайдилар. Малика Русуданани ва унинг вазири Авак билан ўзаро иттифоқ хусусидаги таклифлари зое кетгандан сўнг 1226 йил февралида саркарда Гуржистонга юриш қилади. Гуржистон қаттиқ жанг ила эгалланиб, бу ерда кўплаб машъум воқеалар бўлиб ўтади. Бош кўтарган Гуржистон иккинчи маротаба 1228 йил эгаллангач, бу ерлар қаттиқ талон-тарож қилинади. Бир вақтнинг ўзида Жалолиддин Мангуберди Кирмонда унга қарши бош кўтарган хиёнаткор Барак Ҳожибга, исмоилийларга ҳам қарши кураш олибборишга тўғри келади. Шунингдек, аҳамиятли ҳисобланган Арарат тоғлиқлари этакларида жойлашган Хилат қалъаси ҳам Жалолиддинга узоқ вақт мобайнида қаршилик кўрсатади. 1227 йили охирларида муғулларнинг Эронга кириб келиши ниятлари борлигини билган Жалолиддин уларга қарши1230 йил 10 августида Куния султони, Химс ҳокими, Ҳалаб ҳокими, Майафириқин ҳокими ва Байнас ҳокимларининг бирлашган иттифоқи Жалолиддинни мағлуб этади. Исмоилийлар эса буткул хоинлик йўлини тутибЖалолиддиннинг мағлубияти тўғрисида муғулларга яширин нома ҳам юборадилар. Жалолиддин мағлубиятидан фойдаланган муғуллар унинг Озарбайжоннинг Муғон, Ширкабутдаги қўшин йиғиши мумкин бўлган.жойларига қўққисдан зарба беришади. 1231 йил баҳорида у Ганжага келиб, барча гина-кудратларини унутиб, яна муғулларга қарши иттифоқ тузиш учун мусулмон ҳукмдорларига мурожаат этди. Лекин унинг таклифи жавобсиз қолиб кетди. Шунда Суриядаги Амида қалъаси ҳокими уни ўз олдига чорлайди. У Ироққа бориб яна қўшин тўпламоқчи бўлади.Амида йўли яқинида унга тўсатдан муғуллар ҳужум қилиб қолишади (1231 йил август боши). Уни 15 чоғли муғул навкарлари таъқиб этишади.
Жалолиддин ўз шерикларидан ажраб, Майафариқин (Ҳозирги Туркиянинг Силван вилояти) яқинида Айн-ад-дар қишлоғига келади. Ушбу тоғлиқ қишлоқда у курдлар қўлига тушади. Ўзини султон деб таништиргандан сўнг уни курдлар ўлдиришга жазм этмайдилар. Уни тегишли жойга етказиб қўйиш эвазига мукофот ваъда қилади. Лекин курдлар раҳбари хонадонидан жой олган, ҳориб-толган Жалолиддинни, бошқа бир курд кишиси улган иниси хуни эвазига ўлдиради. Бу воқеа тахминан 1231 йилнинг август ойи 17-20 саналари оралиғида рўй беради. Эртаси куни султон буюмларни сотиб юрган курд хусусида Майафариқин ҳукмдори ал-Малик ал-Музаффарга хабар беришганда у қишлоққа ўз саркардаси Шаҳобиддин ғозийни юборади. Шаҳобиддин ғозий султон жасадини олиб, қишлоқ эркаклари барини ўлдиради ва қишлоққа ўт қўйиб юборади. Муаррих ан-Насавий буни эшитиб шахсан Майафариқинга келади. Жалолиддиннинг тоғаси, вазир Ўтурхон унинг жасадини таниб, қаттиқ изтиробга тушди. Жалолиддин Мангубердининг мурдаси Майафариқинга дафн этилиб, муғуллар кириб келгудек бўлса, ҳақоратланмасин деган мақсадда гўри ер билан текислаб юборилади.
62..Mahmud Torobiy qo’zg’aloni?.
1238 йил Бухоро атрофидаги Тароб қишлоғида Маҳмуд Таробий бошчилигида қўзғолон кўтарилди. Аммо, қўзғолончилар айрим ғалабаларга эришган эришган бўлсаларда, кўп ўтмай муғулларнинг Элдўз нўён ва Чаған қўрчи бошлиқ ҳарбий кучлари қўзғолонни шафқатсизларча бостирадилар. Маҳмуд Таробий ҳам ҳалок бўлади. Маҳмуд Таробий қўзғолонидан сўнг Чиғатой Маҳмуд Ялавочни ўз амалидан четлаштиради ва кўп ўтмасдан хоқон уни Пекин (Дасин) шаҳрига ноиб қилиб жўнатади. Мовароуннаҳрнинг ноиби қилиб эса унинг ўғли Маъсудбек тайинланади. Юқорида таъкидлаганимиздек, XIII асрнинг 60-70-йилларида муғуллар орасида ўзаро курашлар кучайган бўлишига қарамай, босиб олинган ҳудудлардан муғул ҳарбий саркардалари, нўёнлари, зодагонлари орасида сиёсий дунёқараш ўзгара бошлайди. Яъни, баъзи хонлар, ҳарбийлар, зодагонлар ва савдогарларга ўтроқ ҳаётга ўтиш истаги кучая бошлади. Муғулзодагонлари деҳқончилик ва савдо-сотиқ хазинанинг асосий манбаиgup
63.Ma’sudbekning pul islohoti?
Маъсудбекнинг хизмати ва ислоҳотлари катта ўринтутган. Маъсудбек 1271 йили муғулларнинг маданий-ўтроқ ҳаёттарафдорлари мадади ҳамда Тарас қурултойи (1269й.) қарорларига таяниб, молиявий, яъни, пул ислоҳоти ўтказишга киришди. Бу ислоҳотга кўра,Чиғатой улусининг барча шаҳар ва туманларида бир хил вазндаги кумуш тангалар зарб этиш ва муомалага киритиш йўлга қўйилди. Бу ислоҳотнинг асосий моҳиятини ташкил этар эди. Бу ҳолат ички савдо ва ички муносабатларни тартибга соларди. Шунингдек кумуш тангалар зарб этиш эркинлиги пайдо бўлади. Яъни, хоҳлаган киши ўз ихтиёридаги кумуш буюмларни зарбхонага олиб бориб, уни хоҳлаган тарзда, лекин бир хил ҳажм,қиймат ва вазнда зарб этиши мумкин эди. Бу жараён дастлаб қийин кечган бўлса-да, аста-секин фаоллаша бориб, аҳолининг кумуш тангаларга ишончи мустаҳкамланди, бундай тангаларнинг нуфузи ортиб борди. Натижада XIII асрнинг 80-90-йилларида Чиғатой улусининг 16 та шаҳрида зарбхоналар очилиб, уларда доимий равишда кумуш тангалар зарб этилган.Бу даврда Эронда ва Еттисувда муғул ҳарбий зодагонлари вайронагарчилик келитириб чиқарувчи урушлар қилиб турган бўлсаларда,уларнинг бу ҳаракатлари Мовароуннаҳрдаги ислоҳатларни тўхтата олмади.Чунончи, 1273-76 йилларда Маъсудбек вайрон этилган Бухорони қайта тиклаш ишларини амалга оширди.Натижада Бухорода иқтисодий ҳаёт, савдо-сотиқ тикланиб 1273-82-йиллар Бухоро зарбхоналари тўлиқ ишлай бошлади.Савдо – иқтисодий алоқалар ривожланиб бораётган Фарғона водийсида эса Чиғатой хони Дувахон (1291-1306 йй.) даврида Андижон шаҳрига асос
солинди.
64...Chig’atoy ulusida boshqaruv tizimi?
XIV асрнинг бошларига келиб Чиғатой давлати хонлари ўз хазиналарини сақлаш учун шаҳарлар танлай бошлайдилар ёки ўзлари янги шаҳарларга асос сола бошлайдилар. Чиғатой хонларидан биринчи бўлиб Кебекхон (1309, 1318-1326 йй.), маданий ҳаётга яқинлашиб, ўтроқ турмуш тарзига ўтган эди. У Наҳшаб шаҳри атрофида ўзига сарой қурдирди ва бу сарой (Қарши) кейинчалик Кебекхон ва унинг атрофдагиларнинг доимий қароргоҳига айланди. Шу тариқа Чиғатой зодагонлари Мовароуннаҳрдаги марказларга ўтроқлашиб бордилар.Ўз даврида Кебекхон давлатни идора этиш, унинг маъмурий тузилишини қайта ташкил этиш, иқтисодий ҳаётни қайта тартибга солиш мақсадида икки хил: маъмурий ва молиявий ислоҳатлар ўтқазди. Маъмурий ислоҳатга кўра, маҳаллий тузилмалар туманларга, вилоятларга айлантирилди. Маҳаллий ҳокимлар – маликлар, садрларнинг ўринлари туркий-муғул уруғ бошлиқлари қўлига ўтди. Ноиблик эса меросий бўлиб қолди. Бу ислоҳот давлатни бирмунча мустаҳкамлашда ўзининг ижобий самарасини берди. Маъсудбек даврида амалга оширилган пул ислоҳотани такомиллаштириш, савдогарларнинг пул муомаласидаги айрим бошбошдоликларига барҳам бериш мақсадида Кебекхон пул ислоҳотини ҳам ўтказади. Бунга қадар танга пуллар Чиғатой улусининг кўплаб шаҳарларида маҳаллий зодагонлар номидан зарб этиларди. Кебекхон Хулагийлар ва Олтин Ўрда тангаларига тақлидан икки хил: йирик кумуш танга – динор ва майда кумуш танга – дирҳам зарб эттиришни йўлга қўйди. Кебекхон томонидан ягона умудавлат пуллари муомилага киритилиб, улар Кебекхон номидан (кепакий) асосан Бухоро, Самарқанд ва Ўтрор зарбхоналарида зарб этилган. Чиғатой далатида улус ҳукмдорлари ва Чингизийлар XIV асрнинг бошларига қадар кўчманчилар ҳукмдорлари бўлиб қолдилар ва Мовароуннаҳрнинг ички бошқарувига бевосита аралашмаганлар. Чиғатой улусида умуман олганда, илгариги ижтимоий тузум сақланиб қолган ва айрим вилоятлар ҳамда шаҳарлардаги (Бухоро, Ўтрор, Шош, Хўжанд, Фарғона, Талас) маҳаллий бошқарувда муғулларгача бўлган маҳаллий аҳоли вакиллари kamнaшган.
65..Chig’atoy xonlari va asos solingan shaharlar?XIV асрнинг бошларига келиб Чиғатой давлати хонлари ўз хазиналарини сақлаш учун шаҳарлар танлай бошлайдилар ёки ўзлари янги шаҳарларга асос сола бошлайдилар. Чиғатой хонларидан биринчи бўлиб Кебекхон (1309, 1318-1326 йй.), маданий ҳаётга яқинлашиб, ўтроқ турмуш тарзига ўтган эди. У Наҳшаб шаҳри атрофида ўзига сарой қурдирди ва бу сарой (Қарши) кейинчалик Кебекхон ва унинг атрофдагиларнинг доимий қароргоҳига айланди. Шу тариқа Чиғатой зодагонлари Мовароуннаҳрдаги марказларга ўтроқлашиб бордилар.эканлигини тушуна бошлаган эдилар. Ундан ташқари, XIII аср охирларига келиб кўчманчи ҳаёт тарзида бўлган Чиғатой хонлари қўлида аҳоли солиғи ва хирожлардан тушган маблағлар ҳамда ўлжалар кўпайиб кетиб, кўчманчилик шароитида, тинимсиз урушлар ва кўчманчи зодагонлар исёнлари шароитида хазинани сақлаш қийин ва хатарли бўлиб қолган эди.Маъсудбекнинг хизмати ва ислоҳотлари катта ўрин тутган. Маъсудбек 1271 йили муғулларнинг маданий-ўтроқ ҳаёт тарафдорлари мадади ҳамда Тарас қурултойи (1269й.) қарорларига таяниб, молиявий, яъни, пул ислоҳоти ўтказишга киришди. Бу ислоҳотга кўра,Чиғатой улусининг барча шаҳар ва туманларида бир хил вазндаги кумуш тангалар зарб этиш ва муомалага киритиш йўлга қўйилди. Бу ислоҳотнинг асосий моҳиятини ташкил этар эди. Бу ҳолат ички савдо ва ички муносабатларни тартибга соларди. Шунингдек кумуш тангалар зарб этиш эркинлиги пайдо бўлади. Яъни, хоҳлаган киши ўз ихтиёридаги кумуш буюмларни зарбхонага олиб бориб, уни хоҳлаган тарзда, лекин бир хил ҳажм, қиймат ва вазнда зарб этиши мумкин эди. Бу жараён дастлаб қийин кечган бўлса-да, аста-секин фаоллаша бориб, аҳолининг кумуш тангаларга ишончи мустаҳкамланди, бундай тангаларнинг нуфузи ортиб борди. Натижада XIII асрнинг 80-90-йилларида Чиғатой улусининг 16 та шаҳрида зарбхоналар очилиб, уларда доимий равишда кумуш тангалар зарб этилган. Бу даврда Эронда ва Еттисувда муғул ҳарбий зодагонлари вайронагарчилик келитириб чиқарувчи урушлар қилиб турган бўлсаларда, уларнинг бу ҳаракатлари Мовароуннаҳрдаги ислоҳатларни тўхтата олмади. Чунончи, 1273-76 йилларда Маъсудбек вайрон этилган Бухорони қайта тиклаш ишларини амалга оширди.Натижада Бухорода иқтисодий ҳаёт, савдо- сотиқ тикланиб 1273-82-йиллар Бухоро зарбхоналари тўлиқ ишлай бошлади.Савдо – иқтисодий алоқалар ривожланиб бораётган Фарғона водийсида эса Чиғатой хони Дувахон (1291-1306 йй.) даврида Андижон шаҳрига асос
солинди.
66...Chig’atoy ulusida soliqlar holati?Мугуллрда ер солиғи- калон жорий этилиб, бу солиқ ҳосилнинг
ундан бир қисми миқдорида олинган.Муғулларнинг 1235 йилги қурултойидан сўнг эса ҳар бир бош чорва молидан олинадиган солиқ қопчур жорий этилади. Унга кўра, ҳар 100 чорвадан биттаси солиққа тўланган.Шунингдек “Ясоқлар”га кўра, давлат хазинаси учун шулен ёки шулси солиғижорий этилган. Бу солиқ чорвадорлардан ҳар сурувдан бир қўй ва қимиз учун ҳар минг бош отдан битта бия ундирилган. Бу даврда ҳунармандларнинг ҳам аҳволи яхши эмас эди. Улар маҳаллий хонларнинг мулки сифатида қулларча ишлатилиши билан бирга, солиққа ҳам тортилган эдилар. Ҳунармандлардан ва савдогарлардан олинадиган солиқ тарғу ёки тамға деб аталган. Бу солиқ ишлаб чиқарилган ҳамда сотилган маҳсулотнинг ўттиздан бир улуши ҳажмида бўлган. Чиғатой улуси даврида ер эгалиги муносабатлари ҳам ўзгариб, янги инъом этилган ерлар суюрғол номини олган эди. Суюрғол ҳажми жиҳатдан (унинг таркибида жуда катта ер майдонлари ва сув ҳавзалари, дашт-яйловлар ҳам кирган) иқътадан фарқ қилган. Бу даврдаги давлат, мулк (хусусий ерлар), вақф(диний идоралар ихтиёридаги ерлар) ерларда кўп ҳолларда ижарага чоракор деҳқонлар меҳнат қилишган. Бундай ижарадор ўртаҳол деҳқонлар мўзарийлар деб аталган.Буюк Ҳоқон Ўгэдэй (1229-1241 йй.) давридаёқ муғуллар ўзларининг хизматида бўлган айрим зодагонларга,катта ер эгалари ва савдогарларга барот (ижара ёрлиғи) ва пайзалар бера бошланган эдилар. Пайзалар қимматбаҳо металлар (олтин, кумуш, бронза) ёки ёғоч тахтачалардан ишланган бўлиб,унга нуённинг муҳри қўйилган. Бундай пайзага эга бўлган кишилар, шу жумладан элчилар, солиқчилар ва бошқа шахслар аҳолидан турли йиғим, тўловларни талаб қилиб олиш ҳуқуқига эга эдилар. Шунингдек пайза эгалари аҳолидан от-улов, ем-хашак, ётар жой, озиқ-овқат талаб қилишга ҳақли эди.Савдо йўлларида жойлашган бекатлар ём(жом) уларнинг хизмати аҳоли бўйнида эди.1235 йилги хоқон фармонига кўра, ҳар бир ёмдаги алоқа хизмати икки туман аҳолисига юклатилади. Икки туман аҳолиси ём учун 20 бош от,сўйишга қўй - эчки, соғишга биялар, арава ва бошқа анжомлар ажратишлари лозим эди.
67..Mo’g’ul hukmdorlari va islom dini?Муғул шаҳзодалари мусулмон маданияти анъаналарини қабул қила бориб, аста-секинлик билан кўчманчилар анъаналари билан алоқани узиб, Мовароуннаҳрнинг турли вилоятларига жойлаша бошлайдилар. Мисол учун,Илоқ водийсининг Оҳангарон деб атала бошлаши ва бу ерда ўзбек –қурамаларнинг пайдо бўлиши муғуллар даврига тўғри келади. Чиғатой ўзбеклари деган тушунчанинг юзага келишига сабабчи бўлган Муборакшоҳ (Чингизхоннинг набираси, Чиғатойнинг ўғли) 1246 йилда ҳозирги Оҳангарон шаҳри яқинидаги Шавкат (қад. Сакокат) деган шаҳарчада қароргоҳ қуриб, муғул ҳукмдорлари орасидан биринчилардан бўлиб мусулмончиликни қабул қилади ва маҳаллий аҳоли билан жуда яқин қавм-қариндошлик алоқасига киришади. У ҳаттоки, ўзи мансуб бўлган олмалиқ уруғи вакилларининг катта қисмини муғилистондан кўчириб келтириб, Сакокатнинг қаршисидаги дарёнинг сўл соҳилида, серўт адирларга жойлаштиради. Ўша қавм туфайли Олмалиқ деган шаҳар ҳозир Ўзбекистонда ҳам, Муғулистонда ҳам мавжуд.Ўз даврида Кебекхон ўтказган ислоҳатлар ўтроқ ҳаёт, маҳаллий аҳоли билан яқинлашувга кўпдан бери қарши бўлган гуруҳларнинг ҳам фаолиятини кучайтириб юборади. 1326-1334 йилларда ҳукмронлик қилган Тармаширин Муборакшоҳ ва Кебекхон сиёсатини давом эттиради. У бутун Мовароуннаҳр, Еттисув ва Шарқий Туркистонда ҳукмронлик қилиш жараёнида исломни расмий дин деб эълон қилади ва мазкур ҳудудлар аҳолисини исломга мажбуран даъват этади. Тармаширин сиёсатидан норози бўлган кўчманчи муғул зодагонлари исён кўтариб, 1334 йилда уни ўлдирадилар.Хуллас, XIV асрнинг 40-йилларига келиб, ўзаро урушлар натижасида Чиғатой давлатининг инқирози кўзга ташланиб қолган эди. Давлатнинг сўнгги хонларидан бири Қозонхон (1343-1346 йй.) марказий ҳокимият таъсирини кучайтиришга ҳаракат қилиб, ўзига амир унвонини олиб, давлат бошқарувида қаттиқ сиёсат олиб борган бўлишига қарамай ўзаро курашлар авж олиши натижасида Кеш (Шаҳрисабз) ва унинг атрофидаги ерлар Ҳожи Барлос бошчилигидаги барлос уруғи, Хўжанд Боязид Жалоирий бошчилигидаги жалойирлар қўлига ўтди. Балх ва унинг атрофидаги ерлар Қозонхоннингнабираси Амир Ҳусайн қўлига ўтди. Шибирғонда Муҳаммадхўжа Апверди ҳокимиятни қўлга олди. Шунингдек, Бухорода садрлар, Хутталондан маҳаллий ҳокимлардан бўлган Кайхусрав, Термизда сайидлар, Чоч ва Фарғонада маликлар, Бадахшонда маҳаллий ҳукмдорлар ҳокимиятни қўлга олдилар. Улар ўртасида доимий равишда курашлар ва низолар бўлиб турди.
68..Chig’atoy davlatining inqirozi?
Маълумки, XIV асрнинг 40-йилларига келиб Чиғатой давлати парчаланиб, давлатнинг шарқий қисми-Шарқий Туркистон ва Еттисувни ўз ичига олган Муғулистон давлати ташкил топади. Чиғатой улусида нисбатан барқарорликни сақлай олган Қозонхон (1336-1347йй.) ўлимидан кейин давлат ҳудудлари парчалиниш, иқтисодий вайронлик сари юз тутиб, Амир Қозоғон (1347-1357йй.)даврида бу жараён янада авж олади. 1348 йилда Чиғатой авлодларидан бўлган Туғлуқ Темур Муғулистон тахтига ўтиради. У Чиғатой улусидаги сиёсий парокандаликка барҳам бериш ва Мовароуннаҳрни босиб олиш мақсадида бу ҳудудларга бир неча бор талончилик урушлари олиб боради. Хусусан Туғлуқ Темур 1360 йилда Кеш вилоятини босиб олади. бу вилоятнинг ҳокими бўлган Темурнинг амакиси Ҳожи Барлос Хуросонга қочади. Манбаларнинг маълумот
беришича, Амир Темур Амударё бўйида амакисини кузатар экан амакисига шундай мурожаат қилади: “Агар икковимиз ҳам ватанни тарк этсак, меросий юртимиз шубҳасиз бегоналар қўлига ўтиб кетади. Лозим топсангиз мен подшоҳ (Туғлуқ Темурхон) хизматига борсам.” Амир Темур меросий юртни қўлдан бермаслик мақсадида Туғлуқ Темур ишончини қозониб (Амир Ҳожи Сайфиддин ёрдамида) унинг хизматига ўтади ва Кеш вилоятининг ҳокими этиб тайинланади. Аммо, Туғлуқ Темур ўғли Илёсхўжани Мовароуннаҳрнинг ҳокими этиб тайинлангач Амир Темур унга хизмат қилишдан бош тортиб, Балх ҳокими, Амир Қозоғоннинг набираси Амир Ҳусайн билан иттифоқ тузади. Ўша даврдаги вазият тақозоси билан Темур Мовароуннаҳрни тарк этишга мажбур бўлиб, Ҳусайн билан иттифоқ тузган эди. 1361-1370 йиллар давомида Амир Темур ва Амир Ҳусайн дастлаб дўстона, кейин эса душманчилик муносабатда бўлдилар. 1363 йилда Муғулистон ҳокими Туғлуқ Темур вафот этгач Илёсхўжа Мовароуннаҳрдан ҳайдалади. Аммо, кўп ўтмасдан Мовароуннаҳр устига янгидан юришга тайёргарлик кўра бошлайди ва 1365 йилда катта қўшин билан Сирдарё томонга йўлга чиқади. Бундан хабар топган Ҳусайн ва Темур ҳарбий кучларини жангга тайёрлайдилар. Бирлашган кучлар ва Туғлуқ Темур қўшинлари ўртасидаги жанг 1365 йил 22 майда Чиноз ва Тошкент оралиғида қаттиқ ёғингарчилик пайтида бўлади ва тарихда “Лой жанги” (“Жанги лой”) номиниолади. Бу жангда Темур ва Ҳусайн келишиб ҳаракат қилмаганликлари оқибатида уларнинг бирлашган қўшини мағлубиятга учрайди. Айрим манбалар бу мағлубиятнинг сабабини Амир Ҳусайннинг суст ва маёқсизлик билан ҳаракат қилиши деб изоҳлайди. Темурнинг ўзи эса бу каби ҳолатларни Ҳусайннинг ҳасадгўйлигида деб билади. Хусусан “Темур тузуклари”да Амир Темур ва Амир Ҳусайннинг дўстона муносабатларини бузилишига Ҳусайннинг молпарастлиги ва ҳасадчилиги сабаб бўлганлиги таъкидланади. “Амир Ҳусайн билан муросаю-мадора қилишга шунчалик интилдимки, ҳатто унинг амирларига ҳам бу таъсир этиб, менга бўйсундилар.” “Лой жанги” мағлубиятидан сўнг Ҳусайн ва Темур Балхга чекинадилар. Ўз ҳолича ташлаб қўйилган Мовароуннаҳр аҳолиси яна Илёсхўжа бошлиқ муғуллар зарбасига учраш хавфи остида қолади. Бундай шароитда Самарқанддаги сарбадорлар “Озодлик йўлида дорга осилишга тайёрмиз” шиори остида (сарбадор-форсча, боши дорда) муғулларга қарши кураш учун бутун халқни даъват этдилар. Сарбадарлар ҳаракати XIV асрнинг 30-йилларида Хуросонда (Афғонистоннинг шимоли-ғарби, Марв воҳаси ва Эроннинг шимоли-шарқий қисми) пайдо бўлиб, бу ҳудудлардаги муғуллар ҳукмронлиги барҳам берадилар ва маркази Сабзавор шаҳри бўлган Сарбадорлар давлатига (1337-1381 йй.) асос соладилар Сарбадорлар ҳаракати XIV асрнинг 50-60-йилларида ижтимоий-сиёсий ҳаракат сифатида Мовароуннаҳрга ҳам ёйилади ва унинг маркази Самарқанд эди. Сарбадорларнинг ҳаракатлантирувчи кучлари мадраса толиблари, шайхлар, умуман, оддий аҳолидан иборат эди. Ҳаракат қатнашчиларининг асосий мақсади муғул истилочилари ва зулм ўтқазувчи маҳаллий қатламларга қарши кураш эди. Хуросонда бўлгани каби Самарқандда ҳам бу кураш ҳаракатлантирувчи кучлари таркиби бир хил эди. Илёсхўжа қўшинлари Самарқандга йўл олиб уни қамал қилганларида сарбадорлар мудофаани ташкил қилдилар. Мудофаага мадраса мударриси Мавлонзода, ҳунарманд Абу Бакр Калавий, мерган Хурдаки
Бухорийлар бошчилик қиладилар. Шаҳарни осонликча эгаллашни режалаштирган муғулларнинг бир неча ҳужумлари мувафаққиятсиз чиққач, улар шаҳар атрофини ўраб олиб, узоқ вақт қамал қилиш режасини ишлаб чиқадилар. Аммо, Илёсхўжа лашкари сафида юқумли касаллик (от вабоси) тарқалиши натижасида у дастлаб Самарқандни, кейин эса Мовароуннаҳрни ташлаб кетишга мажбур бўлади. Бу пайтда Кешда бўлган Амир Темур Илёсхўжанинг мағлубияти ҳақидаги
хабарни Амир Ҳусайнга етказади ва улар 1366 йилнинг баҳорида Самарқандга етиб келадилар. Самарқанд атрофидаги Конигил мавзеида қўзғолон раҳбарлари
билан учрашув бўлиб ўтади. Амир Ҳусайннинг буйруғи билан бу ерда сарбадорларнинг бошлиқлари ва афтидан, фаол иштирокчилари қатл этилади. Темурнинг аралашуви билан фақат Мавланзода омон қолдирилиб, Хуросонга жўнатилади. Муъиниддин Натанзий маълумотларига асосланган
69..XIV asrning 40-yillarida Chig’atoy davlati inqirozi va Temur boshqaruvi?XIV asrning 40-yillarida Chig’atoy ulusi ikkiga bo’linib ketadi. Uning sharqiy qismida – Sharqiy turkiston va Yettisuvda mo’g’ullarning Dug’lat amirligi, g’arbiy qismida esa Movarounnahr amirligi tashkil topadi. XIV asr o'rtalarida Chingizxon egallab olgan erlar uning merosxo'rlari qo'l ostida bo'lsa ham, mayda bo'laklarga bo'linib, viloyat xonlari o'rtasida toju-taxt, davlat uchun o'zaro nizolar kuchayib ketgan edi. 1348 yilga kelib, Sharqiy Turkiston erlarida Mo'g'uliston feodal davlati tashkil topdi.41XV asr boshlarida Mo’g’ulistonda Tug’luq Temur avlodi o’rtasida toju – taxt uchun o’zaro kurash avj olib ketdi va bu oxir – oqibatda mamlakatning siyosiy va ijtimoiy – iqtisodiy hayotida og’ir tushkinlikka olib keldi. Sharqiy Turkiston Buyuk Ipak yo’lida bo’lganligi sababli, u doim yirik davlatlar e’tiborini tortib turgan. Milodiy III asrda Sharqiy Turkistonning shimoliy qismi-Jung’oriya syanbi, V- VI asrlarda jujan, VI asrning 2–yarmida turk qabilalari nazoratida bo’ldi. 1465-yilda dug’lot avlodi vakili bo’lgan Abu Bakr boshchiligida markaziy Yorkend shahri bo’lgan xonlik tashkil topdi. Keyinroq esa Xo`tan va Qashqar viloyatlari, 1499-1504-yillarda Yorkend taxtiga To`g`luq Temur avlodlaridan Saidxon o`tirdi. Keyingi ikki yil davomida Sharqiy Turkistonning qolgan qismi ham shu xonlik ixtiyoriga o`tadi.Mo`g`uliston davlati asoschisi To`g`luq Temur va uning avlodlari Sharqiy Turkistonda XVI asrning 70-yillarida hukmronlik qilgan. Chig`atoy ulusi parchalanishi jarayonida uning sharqiy qismidan Amir Pulatchi yordamida To`g`luq Temur tuzgan davlat tarkibiga Sharqiy Turkiston, Janubiy Sibir va Yettisuv kirgan. To`g`luq Temur vofotidan so`ng o`g`li Ilyosxo`ja va undan keyingi xonlar ya’ni To`g`luq Temur vorislarigina faqat Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilgan.
70..Chig’atoy ulusi davrida savdo yo’llari?XIII asrning ikkinchi yarmidan e'tiboran Chigatoy murudlarining ma'lum bir qismi: ilg’or zodagonlar, savdogarlar va boshqalar madaniy jihatdan o’zlariga qaraganda ancha rivoj topgan mahalliy xalq ta'sirida o’troq hayot kеchirishning afzalligini tushuna boshlaydilar. Bunda albatta mahalliy hukmdorlar ba'zi bir vakillarining olib borgan tadbirkorlik siyosati ham ma'lum darajada ijobiy o’rin tutgan. Bu borada Chig’atoy ulusining vakillari dan Qayduxon va mahalliy hukmdorlardan Mas'udbеk larning nomlarini tilga olish joizdir. Tolos vodiysida Chigatoy ulusining xoni bo’lgan Qaydu 1269 yilda mug’ul shahzodalari va no’yonlarining qurultoyini chaqiradi. Unda qurultoy qatnashchilari «bundan kеyin tog’ va chullarda yashashga, shahar atroflarida manzil qurmaslikka, chorva mollarini ekinzorlarda o’tlatmaslikka va bеkordan-bеkorga jarima va soliqlar olmaslikka» qaror qiladilar. Movarounnahr hukmdori Mas'udbеk esa shaharlarning ichki hayotini yaxshilashga katta e’tibor bеradi, tovar-pul munosabatlarini tiklash maqsadida pul islohoti o’tkazadi. U ulkaning 16 shahar va viloyatlarida, jumladan Samarqand, Buxoro, Naxshob, Taroz, O’tror, Xo’jand va boshqa shaharlarda bir xil vazn va o’lchovlarda yuqori qiymatga ega bo’lgan sof kumush tangalar zarb ettirib, muomalaga kiritgan. Bu ko’rilgan tadbirlar natijasida sеkin-astalik bilan hayot jonlana boradi, junarmandchilik savdo va dеhaonchilik yana izga tusha boshlaydi. Yozma manbalarga qaraganda, Chig’atoy xonlaridan bo’lgan Duvoxon davri (1291 - 1306)da Andijon shahriga asos solingan. Chig’atoy avlodlari o’troq madaniy hayotga intilib o’zlari ham har tomonlama taraqqiy etadilar va asta-sеkin mahalliy xalqlar bilan chatishib, qo’shilib, qorishib kеtadilar. Ular o’z hokimiyatlarini mustahkamlash maqsadida islom dinidan foydalanadilar va uning kеng tarqalishiga yordam bеradilar. Chig’atoyning nabirasi Muborakshoh (1264) mo’g’ul hukmdorlaridan birinchi bo’lib islomni qabul qilgan.O’troq hayot tarzini afzal ko’rgan va islom diniga xayrixoh bo’lgan Chigatoy ulusi xonlaridan biri Kеpakxon (dastlab 1309; ikkinchi bor 1318-1326) edi. U Tuvaxoiniig o’g’li bo’lib, qadimgi Nasaf shahridan janubroqda o’ziga saroy qurdiradi, bu joy Qarshi nomi bilan tarixga kiradi va Kеpakxon davlatining poytaxti bo’ladi. Poyon Ravshanovning fikricha, Qarshi sarhadi kеngayib, shu yillarda| Nahshob va Nasaf ham uning tarkibiga kirib, qo’shilib kеtadi. «Qarshi» so’zining ma'nosi to’g’risida adabiyotlarda har xil talqinlar bor. «Saroy» mo’g’ul tilida «qarshi» dеb ataladi. «Qutadg’u bilig» dostonida «qarshi», so’zi ikki xil ma'noda talqin etiladi. Biri - «saroy», ikkinchisi — «qarama-qarshi turish» ma'nosi , Zahiriddin Muhammad Bobur esa «Boburnoma»da: «Yana Qarshi viloyatidirkim, Nasaf va Naxshob ham dеrlar. Qarshi mo’g’ulcha ottur, go’rxonani mo’g’ul tili bila qarshi dеrlar. G’olibo bu ot Chingizxon tasallutidin so’ng bo’lg'ondur dеb yozadi.Qishqadaryo vohasi toponimikasini atroflicha o’rgangan tilshunos olim To’ra Nafasov ham «Qarshi» so’zining ma'nosini chuqur o’rgangandan so’ng uning qadimgi turk so’zi bo’lib, shahar nomi sifatida «qasr», «saroy» ma'nosida ekanligini qayd etadi.Kеpakxon Qarshida o’zining hukmronligi davrida davlatni idora qilish, iqtisodiy hayotni tartibga solish maqsadida ma'muriy va pul islohotlarini o’tkazadi. U davlatni viloyatlarga, ya'ni mo’g’ulcha «tumanlar»ga bo’ladi, mahalliy hokim va bеklarga moslashtirib idora uslubida olib boradi.Kеpakxon mamlakatda ichki savdo-sotiqni tartibga solish, xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo aloqalarini yaxshilash maqsadida ikki xil pul birligini yo’lga qo’yadi. Yirik kumush tangalar - dinor, mayda kumush tangalar - dirham, dеb yuritilgan va ularning har ikkalasiga ham bir xil nom - «kеpaki» bеrilgan edi. Bu pul birligi hatto tеmuriylar davrida ham aholi o’rtasida muomalada bo’lgan.
71.. XIV asrning 40-yillarida Chig’atoy davlati inqirozi va Buxoro boshqaruvi?
“Jome ut-tavorix” asari manba sifatida?Chig’atoy ulusining ikkiga bo’linib ketishi?Маълумки, XIV асрнинг 40-йилларига келиб Чиғатой давлати парчаланиб,давлатнинг шарқий қисми-Шарқий Туркистон ва Еттисувни ўз ичига олганМуғулистон давлати ташкил топади. Чиғатой улусида нисбатан барқарорликни сақлай олган Қозонхон (1336-1347йй.) ўлимидан кейин давлат ҳудудлари
парчалиниш, иқтисодий вайронлик сари юз тутиб, Амир Қозоғон (1347-1357йй.)даврида бу жараён янада авж олади. 1348 йилда Чиғатой авлодларидан бўлганТуғлуқ Темур Муғулистон тахтига ўтиради. У Чиғатой улусидаги сиёсий парокандаликка барҳам бериш ва Мовароуннаҳрни босиб олиш мақсадида бу ҳудудларга бир неча бор талончилик урушлари олиб боради. Хусусан Туғлуқ
Темур 1360 йилда Кеш вилоятини босиб олади. бу вилоятнинг ҳокими бўлган Темурнинг амакиси Ҳожи Барлос Хуросонга қочади. Манбаларнинг маълумот беришича, Амир Темур Амударё бўйида амакисини кузатар экан амакисига шундай мурожаат қилади: “Агар икковимиз ҳам ватанни тарк этсак, меросий юртимиз шубҳасиз бегоналар қўлига ўтиб кетади. Лозим топсангиз мен подшоҳ(Туғлуқ Темурхон) хизматига борсам.”Амир Темур меросий юртни қўлдан бермаслик мақсадида Туғлуқ Темур ишончини қозониб (Амир Ҳожи Сайфиддин ёрдамида) унинг хизматига ўтади ваКеш вилоятининг ҳокими этиб тайинланади. Аммо, Туғлуқ Темур ўғлиИлёсхўжани Мовароуннаҳрнинг ҳокими этиб тайинлангач Амир Темур унгахизмат қилишдан бош тортиб, Балх ҳокими, Амир Қозоғоннинг набираси Амир Ҳусайн билан иттифоқ тузади. Ўша даврдаги вазият тақозоси билан Темур Мовароуннаҳрни тарк этишга мажбур бўлиб, Ҳусайн билан иттифоқ тузган эди.1361-1370 йиллар давомида Амир Темур ва Амир Ҳусайн дастлаб дўстона, кейин эса душманчилик муносабатда бўлдилар.1363 йилда Муғулистон ҳокими Туғлуқ Темур вафот этгач Илёсхўжа Мовароуннаҳрдан ҳайдалади. Аммо, кўп ўтмасдан Мовароуннаҳр устига янгидан юришга тайёргарлик кўра бошлайди ва 1365 йилда катта қўшин билан Сирдарё томонга йўлга чиқади. Бундан хабар топган Ҳусайн ва Темур ҳарбий кучларини жангга тайёрлайдилар. Бирлашган кучлар ва Туғлуқ Темур қўшинлариўртасидаги жанг 1365 йил 22 майда Чиноз ва Тошкент оралиғида қаттиқ ёғингарчилик пайтида бўлади ва тарихда “Лой жанги” (“Жанги лой”) номини oladi.
72. masudbek….. Qaytaramiz yuqorida. Chig’atoy xonlari va islohotlar?
73..Amir Temur tarixiga bag’ishlangan asarlar?Amir Temur hayoti haqidagi eng birlamchi manbalar:G‘iyosiddin Ali ibn Jamol al-Islomninng Amir Temurning Hindistonga yurishlari haqidagi xotiralari;Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari;Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” asari;Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari;Kastiliya va Leon elchisi Rui Gonzales de Klavixoning “Samarqandga sayohat kundaligi” xotiralari; Sultoniyalik arxiyepiskop, Fransiyaga Temur elchisi sifatida yuborilgan Iaonning “Temur hayoti va saroyi” xotiralari;Tunislik tarixchi, geograf Ibn Xaldun xotiralari.G‘iyosiddin Alining kundaligi fors tilida, o‘sha davr uchun xos bo‘lgan nazmiy shaklda, qasidasimon qilib yozilgan. Uning Hindiston safarida o‘zi ishtirok etgani yoki voqealarni guvohlar tilidan yozib olgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Yagona nusxasi Toshkentda saqlanmoqda. Asarning yozilish usuli Temurga yoqmagan degan qarashlar ham bor.Navbatdagi asar Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asari. Nizomiddin Shomiy Tabriz yaqinidagi Shama shahrida tavallud topgan. Uning hayoti haqida ma’lumot juda kam. Uning Sohibqiron bilan uchrashuvi 1393-yilda Bag‘dodda sodir bo‘lgan. Keyinchalik 1401-yilda Temur uni Shomga chaqirib, o‘zining munshiylari va kotiblari tomonidan yozilgan tarixlarni to‘plab, hamma tushunadigan sodda tilda bir kitob shakliga keltirishni buyuradi.
Shomiy o‘z asarini 1401–1404-yillar orasida yozib tugallaydi va uni 1404-yili Amir Temurning Samarqandga qaytishi oldidan unga taqdim qiladi. Shomiy asarni fors tilida yozadi. Asarni yozishda qanday manbalardan foydalangani haqida ma’lumot berib o‘tmagan, lekin asarni tahlil qilgan tarixchilar u foydalanagn taxminiy manbalarni keltiradi:Amir Temurning munshiylari va kotiblari tomonidan nazm hamda nasrda forsiy va turkiy tillarda bitilgan kundaliklar va bitiklar. Yuqorida aytganimizdek, ular bizning davrimizgacha yetib kelmagan.Muallifning o‘zi 1400–1404-yillar davomida uning yurishlarida qatnashgan va guvoh bo‘lgan voqealar. Bu o‘rinda u keltirgan faktlarga shubha bo‘lishi mumkin emas.Yuqorida nomi tilga olingan G‘iyosiddin Alining “Ro‘znomayi g‘azavoti Hindiston” asari.Shomiyning asarida Temur hayotining 1404-yildan to asar unga topshirilgungacha bo‘lgan voqealar bayon etilgan. Keyinchalik Shohruh Mirzoning tarixchisi Hofizi Abru asarga ilova tarzida Temur hayotining so‘nggi qismlarini yozib qo‘shib qo‘ygan.“Zafarnoma”da XIV va XV asr boshidagi Temur va temuriylar hukmronligi davridagi Markaziy Osiyo, Oltin O‘rda, Ozarbayjon, Eron, Afg‘oniston, Iroq, Suriya, Misr, Turkiya kabi mamlakatlar tarixiga oid voqealarni o‘z ichiga oladi. Asar muqaddimasida 1360-yilgacha bo‘lgan chingiziylar haqida qisqacha ma’lumot berilgan.So‘ng XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshidagi Temur yurishlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Asar 1404-yil mart oyidagi Temurning Ozarbayjonning Qorabog‘ida turgani voqeasi bilan tugallanib topshiriladi. Asarning Temur davriga oid qimmatli ma’lumotlar berishidan tashqari yana bir muhim jihati — o‘zidan keyin Temur hayotiga doir yozilgan ko‘plab kitoblarga manba sifatida xizmat qilganligidir.Tarixchilar keng ommasi tomonidan Amir Temur hayoti haqida mukammal asar sifatida baholanadigan navbatdagi asar Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asaridir. Yazdiy asarni Shohruh Mirzo buyrug‘iga binoan 1425-yilda yozib tugatadi. U asarni yozishda o‘zidan oldingi mualliflarga murojaat qiladi. Nizomiddinning asari, yuqorida aytganimizdek, Temur hayotining so‘nggi yilini bayon qilmaydi.Yazdiyning asari turk xoqonlari va mo‘g‘ullarga bag‘ishlangan muqaddima bilan boshlangan hamda Amir Temur hayotining sahifalari mufassal bayon etilgan. Mazkur asar ilk bor XVI asrda fors tilidan eski o‘zbek tiliga Shayboniy Ko‘chkunchixon buyrug‘iga ko‘ra Muhammad Ali ibn Darvesh Ali al-Buxoriy tomonidan tarjima qilingan. 1519-yilda tarjima qilingan ushbu asar eng mukammal tarjima hisoblanadi.Asar yana ikki bor eski o‘zbekchaga tarjima qilingan. Ulardan biri noma’lum tarjimon tomonidan Yaroqbiy Qo‘ng‘irot degan kishi buyrug‘iga binoan 1550-yilda tarjima qilingan bo‘lsa, ikkinchisi 1826-yili Shermuhammad Munis tavsiyasi bilan Xivada Xudoyberdi ibn Qo‘shmuhammad So‘fi Xevaqiy tarafidan qilingan. Ammo Xivadagi tarjima ancha qisqartirilgan shaklda edi.Mazkur asar 1722-yili Fransiyada Petis de la Krua tomonidan Lui XIV hukmronligi davrida fransuz tiliga tarjima qilindi. Bir yildan keyin fransuz tilidan J. Darbi tomonidan ingliz tiliga o‘girildi.Yana bir muhim manba bu, shubhasiz, Ibn Arabshohning “Ajayib al-Maqdur fit-tarixi Taymur” asaridir. Asar ikki jilddan iborat bo‘lib, birinchi jildda Sohibqironning bolaligi, Samarqand taxtini egallashidan vafotigacha bo‘lgan davr bayon etilgan bo‘lsa, ikkinchi jildda uning vafotidan keyin sodir bo‘lgan voqealar, taxt uchun kurashlar bayon etilgan. Asarning ahamiyati shundaki, muallif o‘z ko‘zi bilan guvoh bo‘lgan voqealarni bayon qilgan.Asarning yuqoridagilardan farqli jihati shundaki, u arab tilida yozilgan va Temur shaxsiyatiga negativ baho berish orqali yondashilgan. Yuqoridagi va boshqa ko‘plab mahalliy mualliflarning, jumladan, Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Muiniddin Natanziy kabilarning asarlarida Temur shaxsiyati ulug‘lansa, Arabshohda yuqorilarga teskari tasvirlanadi.Birlamchi manbalarni to‘ldirib keladigan asarlar yaratgan mualliflar qatoriga quyidagilarni keltirib o‘tish mumkin. Ushbu mualliflar o‘zlarining tarixga atalgan asarlarida Temur hayoti haqida ham hikoya qilgan va o‘z kitoblarida unga boblar bag‘ishlagan.Shunday asarlar qatoriga Mustavining “Tarixi hayrat”, Hofizi Abruning “Ravzat us-Safo”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla’ us-sa’dayn”, Mirxondning “Ravzat us-safo”, Muiniddin Natanziyning “Xotiralar”i, arman tarixchisi Foma Mesopskiyning asarlari, Rene Grussening “Cho‘l imperiyalari”, rus tarixchilaridan Ivaninning “Ikki buyuk sarkarda” asarlari va boshqa bir qator fransuz tarixchilarining asarlarini kiritishimiz mumkin.Mahalliy mualliflar qatoriga Temuriylar davlati tarkibiga kirgan hududlarda ijod qilgan mualliflarni ham kiritish maqsadga muvofiqdir. G‘iyosiddin Ali – “Ro‘znomayi g‘azovoti Hindiston”;Nizomiddin Shomiy – “Zafarnoma”;Sharafiddin Ali Yazdiy – “Zafarnoma”;Musavi – “Tarixi hayrat”;Hofizi Abru – “Zubdat ut tavorix”;Abdurazzoq Samarqandiy – “Matla’ us-sa’dayn”;Miroxond va Xondamir – “Ravzat us-safo”;Mirzo Ulug‘bek – “To‘rt ulus tarixi”;
Zahiriddin Muhammad Bobur – “Boburnoma”;Salohiddin Toshkandiy – “Temurnoma”.Xorijlik mualliflar:Ahmad Ibn Arabshoh – “Ajoyib al-maqdur fiy tarixi Taymur”;Rui Gonzales de Klavixo – “Samarqandga sayohat kundaligi”;Sultoniya arxiyepiskopi Ioann – “Amir Temurning saroyi va hayoti”;
Bavariyalik Shiltberger – “Xotiralar”;Foma Mesopskiy – “Temur va Temuriylar tarixi”;Marsel Brion – “Tamerlan”;Jan Pol Ru – “Tamerlan”;Lusien Keren – “Amir Temur saltanati”;Rene Grusset – “Cho‘l imperiyalari : Attila, Chingizxon, Amir Temur”;Albert Champdor – “Tamerlan”;Mixail Ivanin – “Ikki buyuk sarkarda”.kabi asarlar shulardandir.
84. “Matla us-sadayn” asari manba sifatida?Matlaʼi saʼdayn”ga kiritilgan “Hindiston safari dostoni va u yerning ajoyib-gʻaroyibotlari” deb nomlangan oʻz safar esdaliklarida Abdurazzoq Samarqandiy 1442 yili Shohrux tomonidan janubiy Hindistonga yuborilgan elchilarga boshchilik qilganligini yozadi. Elchilar 1442 yili 13 yanvarda Hirotdan yoʻlga chiqib, sharqi-janubiy Eron, Arabiston, Xurmuz bandargohi, Maskat, Arabiston dengizi orqali 1442 yil 17 oktyabrida Kolkuttaga yetadilar va bu shaharda besh oy, Vijayanagarda esa 1443 yil oxirigacha turib, soʻng orqaga qaytadilar. Qaytishda yana dengiz yoʻli bilan Xurmuzga, u yerdan 1444 yil dekabr oyida Hirotga yetib keladilar.Shu kabi “Matlaʼi saʼdayn”da Abdurazzoq Samarqandiyni Shohrux Gilonga va boshqa yerlarga elchilikka yuborganligi eslatiladi. Abdurazzoq oxirgi marta Misrga elchilikka yuborilayotgan paytida Shohrux vafot etadi va shu bois elchilik amalga oshmaydi. Shu kabi diplomatik aloqalarda Abdurazzoq keyingi Temuriy hukmdorlar Abulqosim Bobur, Sulton Abu Saʼidlar davrida ham faol ishtirok etganligi, uning oʻz soʻzlaridan maʼlum.
1463 yilga kelib esa Abdurazzoq Samarqandiyning oʻz iltimosiga binoan uni davlat ishlaridan ozod etdilar va Hirotdagi Shohruxiya xonaqohiga shayxlik vazifasiga tayinlaydilar. Hijriy 887 yil jumod al-avval (1482 yil, iyul – avgust) oyida shu shaharda olamdan oʻtadi.Abdurazzoq Samarqandiy sheʼr, arab tili grammatikasiga oid risola yozganligi maʼlum boʻlsada, lekin uning bizgacha yetib kelgan yagona tarixiy asari – “Matlaʼi saʼdayn va majmaʼi bahrayn” (“Ikki saodatli yulduzning chiqishi va ikki dengizning qoʻshilish joyi”)dir. Asar fors tilida yozilgan boʻlib, ikki jildni tashkil etadi.Asarni Abdurazzoq Samarqandiy asosan 1467–1469 yillar orasida yozib tamomlagan va 1470 yili yana davom ettirib, shu yilning safar oyida tugallagan.“Matlaʼi saʼdayn”ning birinchi jildida qisqa tarzda Chingizxon avlodidan boʻlgan Eron hukmdori Abu Saʼid (1316–1335) haqida soʻzlagach, soʻng sohibqiron Amir Temur tarixi boshlanadi va umuman 1304 yildan 1405 yilgacha Markaziy Osiyo, Afgʻoniston, Eron, Ozarbayjon, qisman Hindiston va boshqa mamlakatlar tarixiga oid maʼlumotlar keltiriladi. Tarixiy voqealar bayoni Amir Temurning 17-shaʼbon, 807 (18 fevral, 1405) yili Oʻtrorda vafot etganligi, uning nabirasi Xalil Sultonning Samarqandda taxtga oʻtirganligi bilan tugallanadi.Ikkinchi jiddning soʻzboshisida muallif Amir Temur avlodlari haqida soʻzlamoqchi ekanligini aytib, voqealarni Shohruxning Hirotda taxtga oʻtirgan vaqtidan (mart, 1405) boshlaydi. Soʻng Shohrux vafoti (1447)dan keyin hukmronlik qilgan Temuriylar: Mirzo Abulqosim Bobur, Sulton Abu Saʼid va boshqa shahzodalardan soʻzlab boʻlgach, Husayn Boyqaroning Hirotda Yodgor Mirzoni qatl etib, ikkinchi marta taxtga oʻtirishi haqidagi maʼlumotlar bilan asarni tugatadi.Abdurazzoq Samarqandiy “Mutlaʼi saʼdayn”da tarixiy voqealar bayonini solnoma tarzida joylashtirgan. Asarning muallif oʻzi yashagan davrdan (XV asr oʻrtalari) ilgarigi qismlari solnomasi avval yozilgan asarlar asosida tuzilgan. Bu haqda Abdurazzoqning oʻzi, 1427 yil voqealarini yakunlar ekan: “Hofizi Abruning yozgani… “Zubdat ut-tavorixi Boysungʻuriy” shu yerda tugadi”, deydi va oʻzining asosiy manbai ushbu asar ekanligini taʼkidlaydi. Bundan keyingi yillar tarixining yoritilishiga kelsak, aytish mumkinki, ularning aksarini Abdurazzoq Samarqandiy oʻzi koʻrib bilgan yoki shohidlar soʻzlariga asoslanib yozgan. Qanday boʻlganidan katʼiy nazar “Matlaʼi saʼdayn” sahifalarida bayon etilgan tarixiy voqealar, xoh Hofizi Abrudan olingan qismlar, xoh undan keyingi qismlar boʻlsin tadqiqotlar uchun manba sifatida muhim ahamiyatga egadir.Maʼlumki, “Matlaʼi saʼdayn”da koʻproq siyosiy voqealar bayon etilgan. Lekin shu bilan birga Temuriy hukmdorlarning mamlakatni iqtisodiy, maʼnaviy va madaniy hayotida oʻynagan bunyodkorlik roli ham Abdurazzoq Samarqandiyning diqqat markazida boʻlgan. Shuning uchun ham XV asrning deyarli uch choragida Samarqand va Hirot shaharlaridagi ilm-fan, madaniyatning yuksakligi hamda bu borada Mirzo Ulugʻbek, Mirzo Boysungʻur va baʼzi boshqa shahzodalarning faoliyatlari ham izchillik bilan yoritib berilgan.Eʼtiborga sazovor tomoni shuki, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlaʼi saʼdayn” asari oʻz davrida shuhrat topgan va bir qancha tarixnavislar tomonidan eʼtirof etilgan. Soʻngra bu asar Temuriylar davri ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va xalqaro munosabatlari tarixiga oid nodir va ishonchli manba sifatida Ovroʻpoda ham tanilib, uning ayrim qismlari XIX asrdan boshlab bir necha marta fransuz (Langle, Katrme, Bloshe), ingliz (Elliot), rus tillarida chop etilgan.“Matlaʼi saʼdayn”ning forscha matni 1936 yili Lohurda (Pokiston) matnshunos olim Muhammad Shafe tomonidan chop etilgan. Abdurazzoq Samarqandiyning 1442–44 yillardagi Hindiston safarnomasi 1960 yili oʻzbek tilida va forsiy tanqidiy matni bilan, asarning 1405–1427 yillar voqealari (I jild, 1-qism) 1969 yili oʻzbek tilida Toshkentda chop etildi. 1992 yili esa “Matlaʼi saʼdayn”ning shu qismiga kiritilgan Gʻiyosiddin Naqqoshning Xitoy safari kundaligi oʻzbek tilida chop etildi. Asarning II jild 2–3-qismlari ham oʻzbek tilidagi tarjimasi amalga oshirilgan boʻlsada, hanuzgacha chop etilgani yoʻq.
85.Masjidi Kalon inshooti?Masjidi Kalon inshooti o‘rta asrlarning noyob me’morchilik namunasi bo‘lib, uning o‘rnida dastlab qoraxoniylar sulolasi hukmronligi davrida Juma masjidi bunyod etilgan. Shayboniylar davrida esa u Masjidi Kalon sifatida qayta qurildi. Masjidning hozirgi ko‘rinishi Shayboniylar sulolasiga mansub xonlar tomonidan bunyod etilgan.Me’moriy obidani bunyod ettirgan shaxslar haqida gapiradigan bo‘lsak, inshootning ko‘pgina qismlari Ubaydullaxon, Abdulazizxon va Abdullaxon davrida qurilgan. Abdulazizxon (1509-1550) – Shayboniylardan, Ubaydullaxonning o‘g‘li, Xorazm hokimi (1538-1539). Otasining vafoti (1540)dan so‘ng mamlakatda ikki hokimiyatchilik yuzaga kelib, Abdulazizxon Buxoro xoni (1540-1550), Ko‘chkinchixonning o‘g‘li Abdulatifxon esa Samarqand xoni (1540-1551) bo‘lgan. Abdulazizxon o‘z hukmronligi davrida davlat va aholi manfaatlarini ko‘zlab qaror islohotlar o‘tkazgan, ayrim soliqlar (tanob puli, tafovut va tavfiri va)ni bekor qilgan, Buxoro atrofini yangi devor bilan o‘rashga kirishgan (uni Abdullaxon II bitkazgan bo‘lib, XX asr boshlarigacha saqlangan). Bundan tashqari u Buxoroda madrasa, ulkan kutubxona, Bahouddin Naqshband qabristonida xonaqohlar bunyod ettirgan.Abdullaxon (to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abdulxayrxon) (1534, Miyonqol, Ofarinkent qishlog‘i – 1598, Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) – o‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‘lgan. Otasi Iskandar sulton o‘g‘li tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik, aftidan aka-ukalaridan biri vafot etgach, Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat
86.Qipchoqlar to’g’risida manbalar?
Qipchoq dashti — Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning gʻarbiy yon bagʻridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar yoyilgan dashtlarni 11 — 15-asrlarga oid arab va fors manbalaridagi nomi. "D.Q." atamasini dastlab Nosir Hisrav (11-asr) qoʻllagan. Bu davrda qipchoqlar Irtish daryosi sohillaridan gʻarbga tomon koʻchib (1030 y.) Xorazmga qoʻshni boʻlishgan va hozirgi Qozogʻiston hududi, shuningdek, jan.-rus dashtlarini egallashgan. D. Q. aholisi sharq manbalarida — qipchoklar, rus solno-malarida — polovetslar, Vizantiya xronikalarida — kumanlar, venger manbalarida kunlar deb atalgan. D. Q. 2 qism — Sharqiy va Gʻarbiy qismdan iborat boʻlib, Yoyiq (Ural) daryosi ularning chegarasi sanalgan. Gʻarbiy qism Yoyiq va Itil (Volga) daryosidan to Dneprgacha boʻlgan hududdan iborat boʻlgan. 13-asrda D. Q.ni moʻgʻullar bosib olib, tarixda Joʻji ulusi nomi bilan mashhur Oltin Oʻrda davlatini barpo etganlar. 14-asr boshlarida Joʻji ulusi 2 qismga boʻlinib ketgan. D. Q.ning sharqiy qismida Oq Oʻrda tashkil topgan. D. Q. ning gʻarbiy qismi rus yilnomalarida "Polovetslar yeri" nomi bilan uchraydi. 14-asr 60-y.laridan sharqiy D. Q. "Oʻzbeklar mamlakati", uning aholisi esa "oʻzbeklar" deb atala boshlandi. 15-asrning 20-y.dan boshlab sharqiy D. Q.da Abulxayrxon va uning qarindosh-urugʻlari hukmronlik qilgan. D. Q.ning asosiy axoliyey koʻchmanchi va yarim oʻtroq boʻlib, chorvachilik va ovchilik, daryo va koʻl yoqalarida yashagan aholi dehqonchilik, shaharlari (Saroy Botu, Saroy Berka, Oʻrda Bozor, Sigʻnoq, Arquq) dagi aholi esa hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullangan. 16—18-asrlarda Movarounnahr tarixshunosligida "D. Q." atamasi uning sharqiy qismi (hoz. Qozogʻiston) ni anglatgan.Abdullanoma ” asarining ikkinchi qismida Dashti Qipchoq hududidagi elchilik munosabatlari haqida keltirib o’tilgan bo’lib, undagi elchilik aloqalari albatta Abdullaxon bilan bo’g’liq bo’lgan. Asarda keltirilishicha onhazrat (Abdullaxon) muborak safarga otlanayotgan chog’da uni xalq inom, ehsonlar bilan shod qilgandi. Shuningdek islom va musilmon ahlidan Abdullaxon behad quvonadi. «Abdullanoma»da 1579 yil 25 may kuni yana Buxoro davlatiga Dashti qipchoqdan elchi kelib, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga muvaffaq bo‘lganligi qayd etilgan56. Haqnazarxon to umrining oxirigacha Abdullaxon II bilan tuzgan ittifoqqa sodiq qolgan. Shuning uchun 1580 yili Bobo sulton Qozoq xoniga kuchlarni birlashtirib, Abdullaxon II ga qarshi birgalikda kurashish taklifi bilan Joniqulbiyni elchi qilib yuborganda, uni rad etib, elchini o‘limga hukm qilgan57. Hofiz Tanish bu haqda shunday ma’lumot beradi: «... Bobo sulton onhazrat (Abdullaxon II)dan umid uzib Turkiston tomonga bordi. Biroq Abdullaxon safar chog’da Onhazrat ovga boradi va ayni shu paytda Toshkentdan Buxoroga Qo’shquloqbiy elchi bo’lib keladi. U saroy amaldorlariga uchraydi Qushquloqbiy elchilk sohasida ancha tajribali bo’lib elchiga xos madaniyat bilan o’zini saroyda tanitgan shaxs bo’lgan. Qushquloqbiy Buxoroga kelgan paytda Abdullaxon ovdan hanuzgacha qaytmagandi. Nihoyat elchi o’zi bilan keltirgan maktubni Abdullaxonga beradi, elchi keltirgan maktubda quyidagi so’zlar keltirilgan edi: “birinchdan Bu hamma jinoyatlar va jarimalar garchi qazoyu qadirdan bo’lsa ham, tavba yo’lini tutib Ma’zirat vositaligida iroda etganini ushlab, bayt keltitadi :
89.XVI-XVIII asrlarda “zakot” solig’i?XV — XVII asrdan zakot solig’i beva-bechoralar, musofirlar foydasiga olingan bo’lsa, XVIII asrdan boshlab xazina foydasiga olinadigan bo’ldi. Kanallar, inshoot, qal’a, ko’priklar, yo’llar ta’miri hashar yo’li bilan amalga oshirilgan. Boshda hasharchilar oziq-ovqat bilan ta’minlangan. XVIII asrdan boshlab hasharga keluvchilar oziq-ovqati, ish asboblari, ot-aravasi bilan kelishi lozim bo’lgan.
74.Chig’atoy xonlari va islohotlar?
75. Amir Temur tarixiga bag’ishlangan asarlar?
76.“Temur tuzuklari” va vazirlar maqomi?
77. “Temur tuzuklari” asari mazmuni?
78.Amir Temurning markazlashtirish siyosati bosqichlari?
79.“Temur tuzuklari” va davlat boshqaruvi?
Amir Temurning harbiy yurishlari?
80. Temur davlatida saroy unvon va amallari?
81. Mirzo Ulug’bek barpo etgan madrasalar?
82.Shoxruh Mirzo hukmronlik davri? 83.Mirzo Ulug’bekning Movarounnahrda hukmronligi?
87.Amir Temur davlat boshqaruvida lavozim egalari sifati?
88. Amir Temur va To’xtamishxon?
124. Rui Gonzales Klavixoning Samarqandga tashrifi?
125.Mirzo Ulug’bek madrasalarida ilm-fan rivoji?
128.XV asrda tarixshunoslik ilmi?
126.Temuriylar davri bog’-saroylari?
127.Ulug’bek akademiyasining Yevropadagi nufuzi?
130. Dashti Qipchoq xududi?
197.Temuriy Sulton Ali Mirzo hukmronlik davri?
198.Temuriy Husayn Boyqaro hukmronlik davri?
196. Chig’toy xonlarining Movarounnahrda o’troqlashuvi?
194.Temuriylar va Shayboniylar poytaxti?
90.Temuriylar davrida soliqlar?
91.Amir Temur qo’shini tuzilishi?
92.Amir Temur davrida saltanatning ma’muriy-xududiy bo’linishi?
93. “Temur tuzuklari” asarida o’n ikki toifa guruhlar?
94.Temur va Temuriylar davrida yer va mulkchilik shakllari?
95. Suyurg’ol yerlari to’g’risida?
96.Amir Temurning harbiy strategiyasi?
101. Temur va Temuriylar davrida vaqf mulkchiligi?
103.Amir Temur davrida 12 ta tabaqalar tasnifi?
105.Samarqand qog’oz ishlab chiqarish markazi?
106.Amir Temur davlati boshqaruvida 7, 8, 9- toifa tabaqalar nufuzi?
107. Amir Temurning markazlashgan davlat qurish faoliyati?
108.Temuriylar va shaharlar obodonchiligi?
120. Sohibqiron Amir Temur va poytaxt Samarqand?
121.Bibixonim jome` maschidi qurilishi?
119.“Temur tuzuklari” asarida saltanatning qudrati va tartibi to’g’risida?
118. Ulug’bek akademiyasi va uning Yevropaga faniga ta’siri?
116. Ulug’bek rasadxonasi faoliyati?
115.O’rta asrlarda “Zij” asarlari?
111. “Zafarnoma” asari manba sifatida?
112.Amir Temurning vorislariga suyurg’ol siyosati?
113.Samarqand madrasayi oliyasi faoliyati? Bu savollarning javoblari quyidagi matnda berilgan👇👇👇👇.
avval Qur’onni dasturilamal dеb bilardi.
Amir Tеmurning buyuk saltanat barpo qilish bobidagi sa’y-harakatini shartli ravishda ikki davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davr 1370–1388-yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda Amir Tеmur asosan turkiy xalqlardan tashkil topgan Chig‘atoy mulkini markazlashgan qudratli davlatga birlashtirish uchun kurashadi.Ikkinchi davr 1388–1405-yillardir. Bu davrda Amir Tеmur o‘z davlati hududini kеngaytirish va buyuk saltanat barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Shu narsa alohida e’tiborga loyiqki, Sohibqiron qaysi bir mamlakatga lashkar tortib borganligidan qat’i nazar, u adolatni himoya qilgan, insof va diyonat uchun jangga kirgan. Aksariyat hollarda kеlib chiqqan urushlar Amir Tеmur raqiblarining adolatsizligi, insof-u diyonatsizligi, imonsizligi aybi bilan kеlib chiqqan. Ana shu ma’noda Tеmurning Xorazm bilan bo‘lgan munosabatlari yorqin misol bo‘la oladi. 1372-yilda Xorazmga elchi yuborib, bosib olingan yеrlarni qaytarishni so‘ragan va «...har ikkala tomon o‘rtasida samimiyat va do‘stlik yo‘li ochiqligicha qolsa, totuvlik va qo‘llab-quvvatlamoq shart-sharoitlari yaratilsa»1, dеydi. Husayn So‘fi bo‘lsa bunga javoban: «Bu viloyatni mеn qilich vositasida qo‘lga kiritganman va uni qilich (kuchi) bilan olishga to‘g‘ri kеladi», dеb katta kеtadi. Albatta, uning bunday katta kеtishiga sabab Xatlon hokimi Kayxusrav bo‘ladi. U Tеmur martabasining bunchalik tеz o‘sib borayotganligini ko‘ra olmasdan Husaynni Sohibqironga gijgijlaydi va yordam bеrishga va’da qiladi. Amir Tеmur bilan bo‘lgan jangda Husayn So‘fi yеngiladi. Qotni tashlab chiqadi va Urganjda bеkinadi. U tеz orada shu yerda vafot etadi. Husaynning o‘rniga ukasi Yusuf So‘fi o‘tiradi. Tеmur Xorazm bilan yaxshi munosabatlarni o‘rnatishga intiladi, sulh bitimi tuzishni taklif etadi va Husayn So‘fining qizi, O‘zbеkning nеvarasi Xonzodani o‘z o‘g‘li Jahongirga xotinlikka olib bеradi. Yusuf So‘fi Sohibqironning barcha takliflarini qabul qiladi. Isyonchi va ig‘vogar Kayxusrav Temurning buyrug‘i bilan qatl etiladi. Ammo bu bilan Xorazmda barqaror tinchlik Amir Tеmur bilan yaxshi quda-andachilik yo‘lga qo‘yiladimi? Albatta, yo‘q. Bunga sabab, Yusuf So‘fi. U ikki o‘rtada tuzilgan yarash shartlarini buzib, Qot shahrini qaytadan bosib oladi. Bu hol Sohibqironning1373-yilda ikkinchi marta Xorazmga lashkar tortishiga sabab bo‘ladi. Ammo bu safar ikki o‘rtada urush bo‘lmaydi. Chunki Yusuf So‘fi Tеmurga tavba qiladi va shartnomani so‘zsiz bajarishga va’da bеradi. Ana shu tariqa Janubiy Xorazm Amir Tеmur davlati tarkibiga qo‘shib olinadi. Ammo shundan so‘ng ham Sohibqiron Xorazm ustiga yana uch marta qo‘shin tortib boradi. Xorazmga so‘nggi yurish 1388-yilda bo‘ladi. Bu safargi qirg‘inbarot urushning asosiy sababchisi Oltin O‘rda xoni To‘xtamishxonning ig‘vosi va fatvosiga uchib Tеmurga qarshi isyon ko‘targan Xorazm hukmdori Sulaymon So‘fi bo‘ladi.Amir Tеmur 1380-yilda o‘g‘li Mironshoh Mirzoni bir nеcha lashkarboshilar bilan Xurosonni zabt etish uchun yuboradi. Qurdlar hokimi G‘iyosiddin Pirali boshchiligida Hirot shahri aholisi Tеmur askarlariga qattiq qarshilik ko‘rsatadilar. Shahar 1381-yilda taslim bo‘ladi.Amir Tеmur Eronga qarshi 1386-yildan boshlab 1388-yilgacha «uch yillik», 1392-yildan boshlab 1396-yilga qadar «bеsh yillik» va 1399-yildan boshlab to 1404-yilga qadar «yеtti yillik» urushlar olib boradi. Eronning Qobushon, Tuyo, Nishopur, Sabzavor kabi shaharlari Tеmurga jangsiz taslim bo‘ladi, chunki shahar hokimlari o‘z shaharlarining harobazorga aylanishini istamaydilar.1383-yilda Sohibqiron lahkarlari Sеistonni va Balujistonni egallab, Eronning janubiy va shimoli-g‘arbiy hududlari tomon siljib boradi. 1387-yilda fors viloyatining hukmdori Shohshujo ixtiyoriy suratda Tеmurga taslim bo‘ladi. Hatto u qizining Jahongir Mirzoning o‘g‘li Pirmuhammadga xotinlikka berib, ikki o‘rtadagi sulhni nikoh bazmi bilan mustahkamlaydi.Ammo Isfaxonda vaziyat og‘ir kеchadi. Dastlab Tеmurga taslim bo‘lgan shahar aholisi so‘ng boj to‘lashdan bosh tortib, bir kеchada Sohibqiron askarlaridan 3 ming kishini qirib tashlaydi.1382–1397-yillardagi bir nеcha yurishlardan so‘ng Tеmur Ozarbayjon, Armaniston, Astrobod va Mozandaronni qo‘lga kiritadi. 1387-1388 йилларда Хоразмга давогар бўлган Олтин Ўрда хони Тўхтамиш Амир Темурнинг йўқлигидан фойдаланиб Мовароуннаҳрга ҳарбий юришлар уюштиради. 1388 йилнинг январида Амир Темурнинг қайтишидан хабардор бўлган душманлар чекина бошлайдилар. Амир Темурдан топшириқ олган амирлар, Ҳусайн, Шайх Али Баҳодир ва бошқалар душманни Сирдарё бўйидаги Сарисув деган жойда қувиб етиб, унга катта талофат етказдилар. 1388 йилнинг охиридаги яна бир тўқнашув (Сагарон, Каттақўрғон атрофларида) Тўхтамишнинг мағлубияти ва қочиб кетиши билан якунланди. 1395 йилнинг баҳорида Кавказдаги Терек дарёси бўйида Тўхтамиш ва Амир Темур қўшинлари яна тўқнашдилар. Бу жангда Тўхтамиш қаттиқ мағлубиятга учради, пойтахт Сарой Берка ишғол этилди ва Олтин Ўрданинг қудратига қаттиқ зарба берилди. Таъкидлаш лозимки, Соҳибқироннинг бир мамлакатга қилган юришлари унинг бошқа мамлакатларга қилган юришлари билан кетма-кет борган. Хоразм, Хуросон, Эрон, Ҳиндистон юришлари бунга мисол бўла олади. Маълумки, Соҳибқирон ҳокимият тепасига келган даврда Эрон ва Хуросонда ҳам бир нечта кичик давлатлар мавжуд бўлиб, оддий халқ ва савдогарлар улардан кўп жабр кўрар эдилар. Амир Темур 1380 йилдан бошлаб Хуросон юришларини бошлайди. Тус, Нишопур, Сабзавор шаҳарлари унга жангсиз таслим бўладилар. Соҳибқирон Озайбаржонга бир неча бор ҳужум қилиб 1387 йилда уни эгаллашга муваффақ бўлади. 1392 йилда Арманистон ва Грузия Амир Темур измига ўтади. Шимолий Ҳиндистон ва Кашмир мусулмонлари қароқчилардан азият чекаётганлиги боис Темур Ҳиндистонга ҳам юриш қилиб, 1399 йил мартида бу ҳудудларни ҳам эгаллайди. 1400 йилда Амир Темур қўшинлари турк
султони Боязид I ва Миср султони билан кураш олиб бориб, ўша йили Миср султони Фаражни тор-мор этди. 1402 йилда Амир Темур Анқара ёнида Боязид билан иккинчи марта тўқнашди ва уни тор-мор этди. Темурнинг бу ғалабаси айниқса европаликларда катта таасурот қолдирган эди. Амир Темур ва темурийлар ўз салтанатларининг маркази сифатида Самарқандининг ободонлиги ва гуллаб-яшнашига алоҳида эътибор қаратганлар. 1370 йилда Самарқанд давлатнинг пойтахти қилиб олингач бу шаҳарга турли йилларда Исфахон, Шероз, Хоразм, Ҳалаб, Бухоро, Табриз, Кешдан меъморлар ва бинокорлар, турли касбдаги усталар келтирилиб саройлар, мачиту-мадрасалар, боғ-роғлар, ҳашаматли бинолар бунёд этилган. Таъкидлаш жоизки, муғуллар ҳукмронлиги даврида бутунлай вайрон этилиб, харобага айланган Самарқанд шаҳри Амир Темур даврида янгитдан қад ростлайди. Тадқиқотчиларнинг фикрича, бу даврда шаҳар тевараги мустаҳкам қалъа девори билан ўралиб, Оҳанин, Шайхзода, Чорсу, Коризгоҳ, Сўзангарон ва Ферўза каби номлар билан аталувчи олтита дарвоза ўрнатилади. Бу даврда Самарқандда Шодимулк оға, Амир Ҳусайн, Ширинбека оға каби мақбаралар,Бибихоним масжиди, Гўримир даҳмаси, Улуғбек расадхонаси ва мадрасаси каби кўплаб меъморий иншоотлар бунёд этилади. Улуғбек даврида Шоҳизинда ансамбли тўла қуриб битказилади ва Самарқанднинг Регистон майдони, санъат, маданий ҳаёт, ҳунармандчилик ва савдо-сотиқ гуркираб ривожланади1402-yilga qadar Gurjistonga besh marta yurish qilib uni egallaydi. Xullas, Amir Tеmur G‘arbda Kichik Osiyogacha, Janubda Arabiston yarimoroligacha bo‘lgan hududlarni egallaydi. Fransuz olimi Jan Pol Run «Tamerlan» kitobida Eronning Tеmur tufayli kеyinchalik hеch
ko‘rmagan tinchlikka erishganligini, farovonlik hukm surganligini, savdo rivojlanganligini, mustahkam davlat boshqaruvi yuzaga kеlganligini ta’kidlaydi. Biroz muddat Samarqandda dam olgach, Amir Tеmur endi zo‘r berib Hindiston sari yurish uchun tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi.1398-yilning may oyida Amir Tеmur 92 ming kishilik (ba’zi manbalarda 90 ming) qo‘shin bilan Hindistonga yurish boshlaydi. Bu urushni u Muhammad payg‘ambar e’tiqodini yoyish, payg‘ambar nomini ko‘klarga ko‘tarish, butparast va kofirlarni islom diniga kiritish, bu yerdagi fеodal tarqoqlik va o‘zaro urushlarga barham berish bayrog‘i ostida olib boradi.Amir Tеmurning G‘arbga tomon yurishi 1399-yilda boshlanib, 1404-yilgacha davom etgan. Bu tarixga «Yetti yillik urush» nomi bilan kirgan. U yo‘l-yo‘lakay gurjilar isyonini bostirib, qish mavsumini Qorabog‘da o‘tkazadi. 1400-yil avgustda Tеmur Boyazidni qo‘rqitib qo‘yish yoki uni urush e’lon qilishga majbur etish maqsadida turk sultoni o‘ziniki hisoblagan Kichik Osiyoning hosildor yerlarida joylashgan ikkita muhim qal’a — Sivos va Milatiyani bosib oladi. Bu qal’alarkеyinchalik Amir Tеmurning Kichik Osiyodagi bo‘lajak harakatlari uchun tayanch bo‘lib xizmat qiladi.Amir Tеmur bilan Sulton Boyazid o‘rtasida tarixda «Anqara jangi» nomi bilan mashhur jang 1402-yil 20-iyulda boshlanadi. Tarixiy yozma manbalarda ikki o‘rtadagi kuchlar nisbati to‘g‘risida turlicha va har xil ma’lumotlar uchraydi. Ba’zi mualliflar Boyazid ustidan Amir Tеmur g‘alabasining ahamiyatini kamsitish maqsadida Sohibqiron lashkarlari sonini 800 ming (jami), urushda qatnashganlari esa 300–350 ming bo‘lgan. Sulton Boyazidniki esa 200–250 va hatto 120 ming (M. Ivanin) dеb ko‘rsatadilar. Ibn Arabshoh esa Tеmur qo‘shinlarini bir million bo‘lgan,dеb bo‘rttiradi. Ko‘pchilik manbalarda jangda har ikkala tomondan400 ming kishidan iborat lashkar qatnashganligi haqida haqiqatga yaqin ma’lumot ustunroqdir. Bugungi kunda ko‘plab adabiyotlarda Anqara jangida har ikki tomondan jami 360 ming qo‘shin qatnashgani holda Amir Temur tomonidan 200 minglik qo‘shin, Boyazid tarafidan esa 160 minglik qo‘shin qatnashgani haqida ma’lumot berilmoqda.Anqara jangida Tеmurning buyuk sarkardalik mahorati, ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi. 200 ming kishilik Tеmur qo‘shinining o‘ng qanotiga o‘g‘li Mironshoh, chap qanotiga nabiralari Sulton Husayn va Halil Sultonlar, kеnja o‘g‘li Shohruh qo‘mondonlik qiladi. Qo‘shin markazini Tеmurning sеvimli nabirasi Muhammad Sulton boshqaradi. Markaz va qanotlar ortida Tеmurning o‘zi va ikki nabirasi Pirmuhammad va Iskandarlar — zaxiradagi kuchlar hal qiluvchi zarbaga tayyor edilar. Boyazid qo‘shinlariga Sultonning qaynisi Serb knyazi Lazarеvich va o‘g‘illari boshchilik qiladi. Anqara jangi Sohibqironning yorqin g‘alabasi bilan yakunlanadi. Amir Tеmur davlatining asosini o‘n ikki ijtimoiy toifa tashkil etgan. «Tеmur tuzuklari»da sanab o‘tilgan bu toifalar quyidagilardir:
1. Sayyidlar, ulamo, mashoyih fozil kishilar;
2. Ishbilarmon, donishmand odamlar;
3. Xudojo‘y, tarkidunyo qilgan kishilar;
4.No‘yonlar (no‘yon — tuman boshlig‘i — 10 ming kishilik qo‘shin boshlig‘i amirlar, mingboshilar, ya’ni harbiy kishilar;
5. Sipoh va raiyat (raiyat — soliq to‘lovchi xalq);
6. Maxsus ishonchli kishilar;
7. Vazirlar, sarkotiblar;
8. Hakimlar (faylasuflar,
donishmand, allomalar.
9. Tafsir va hadis olimlari;
10. Ahli hunar va san’atchilar;
11. So‘fiylar;
12. Savdogar va sayyohlardir.
Markaziy hukumatni asosan
uch bosh davlat muassasasi:
Dеvoni oliy (oliy ijroiya organi),
Dеvoni mol (moliya ishlari boshqarmasi) va Dеvoni tovochi (harbiy ishlar
boshqarmasi) idora qilgan.
Din va shariat bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar, shuningdеk, sud ishlari qozi va shayxulislom qo‘lida bo‘lgan.«Tuzuklar»da davlatni yеtti nafar vazir idora qilganligi ko‘rsatiladi. Bular: 1. Mamlakat va raiyat ishlari bo‘yicha vazir (bosh vazir); 2. Vaziri sipoh, ya’ni harbiy ishlar bo‘yicha vazir; 3. Egasiz qolgan mol-mulklarni tasarruf etish vaziri; 4. Saltanatning kirim-chiqim ishlarini boshqaruvchi vazir, ya’ni moliya ishlari vaziri 5, 6, 7. Sarhad (chеgara) viloyatlarining ishlarini nazorat qilib turuvchi vazirlardir. «Vazirlar, — dеyiladi «Tuzuklar»da,— saltanat ustunlaridir... (ular) mamlakat obodonchiligini, raiyatning tinchligini, sipohlarning birligini, xazina boyligini doimo ko‘zda tutadilar. Davlat, saltanat ishlarini yuzaga chiqarishda kamchilikka yo‘l qo‘ymaydilar. Saltanatga zararli narsalarni qaytarishda mol-u jonini
ayamaydilar. Amir Tеmur vazir to‘rtta sifatga ega bo‘lishi lozim dеb hisoblagan: «Birinchisi — asllik, toza nasllilik; ikkinchisi — aql-farosatlilik; uchinchisi — sipoh-u raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalada bo‘lishlik; to‘rtinchisi — sabr-chidamlilik va tinchliksеvarlik...Qaysi vazir soflik, to‘g‘rilik bilan vazirlik ishiga kirishib, davlatning moliya ishlarini diyonat, savob bilan, nafsi buzuqlik qilmay, omonatga xiyonat etmay bajarar ekan, unday vazirni eng oliy martabalarga yеtkazsinlar. Qaysi vazir buzuqlik qilib, yomonlik yo‘li bilan mamlakat ishlarini yurgizar ekan, ko‘p o‘tmay unday saltanatdan xayr-u barakat ko‘tariladi».Sohibqiron davrida yerga egalik qilishning bеshta asosiy ko‘rinishi bo‘lgan: 1. Suyurg‘ol yerlar. Bu yerlarning egalari har qanday soliqlardan ozod edilar. Ular yer egasi sifatida dеhqonlarni ishlatib, yer solig‘i — xiroj olganlar. 2. Harxon yerlar. Xususiy mulk bo‘lgan bu yerlar odamlarga biron-bir alohida xizmatlari uchun berilgan. 3. Ushr yerlar. Sayyid va xo‘jalarga mansub bu yerlarning egalari olgan daromadlarining o‘ndan bir qismini davlatga to‘laganlar. 4. Vaqf yerlar — masfid va madrasalar, xonaqoh va mozorlarga qarashli yerlardir. 5. Askarlarga va ularning boshliqlariga
ajratib beriladigan yerlar. Amir dеvonida yer ishlari, soliqlar, boj yig‘ish, mirshablik yumushlari bilan shug‘ullanuvchi vazir bo‘lgan. Oliyhimmat sohibqiron o‘z xalqiga muruvvatli bo‘lib, bеmavrid, bo‘lar-bo‘lmasga mol-xiroj kabi soliqlar solishga qarshi bo‘lgan va xalqni bir nеcha marta yillab soliqlar to‘lashdan ozod qilib yuborgan. Amir Tеmur davrida asosiy soliq daromad solig‘i— xiroj bo‘lib, u olinadigan daromadning uchdan bir qismga tеng bo‘lgan. «Tuzuklar»da yozilishicha, kimki bironsahroni obod qilsa, yoki qoriz (yer osti suvlarini tortibchiqaradigan inshoot) qursa, yo biron bog‘ ko‘kartirsa, yoxud biron tashlandiq yerni obod qilsa, undan birinchi yili hеch narsa olinmagan, ikkinchi yili o‘z roziligi bilan nimani bersa uni olingan va faqat uchinchi yili qonun doirasida xiroj solig‘i undirilgan.Zayniddin Abubakr Toyobodiy uqtirgan saltanat ishlaridagi to‘rt narsaga: 1. Kеngash; 2. Mashvarat-u maslahat; 3. Mustahkam qaror, tadbirkorlik va hushyorlik; 4. Ehtiyotkorlikka amal qilganligi tufayli erishgan. Buni biz Amir Tеmurning «Barcha ishlarimning to‘qqiz ulushini kеngash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo kеltirdim», dеb aytgan ibratomuz so‘zlaridan ham bilsak bo‘ladi. Rus olimi D.Logofеt Tеmur davridagi tuzumga quyidagicha baho beradi: «Yevropada Konstitutsiya haqida tushunchaga ham ega bo‘lishmagan bir davrda ana shu Tеmur davlatida Konstitutsion qonunlar majmuasi — Tuzuk mavjud bo‘lgan va amal qilgan»Davlatni boshqarish va idora qilish, barcha sohada adolat, insof, diyonat va imon amriga quloq solib, maslahat, mashvarat va kеngash asosida ish yuritishda ulug‘ bobokalonimizdan o‘rgansak va ibrat olsak nur ustiga a’lo nur bo‘lur edi.Tеmur qo‘shinlari asosan piyoda va otliq askarlardan iborat edi.
Ular «O‘nliklar» («ayl»), «Yuzliklar» («xo‘shun»), «Mingliklar» («hazora») va «O‘n mingliklar» («tuman»)ga bo‘lingan va ularga «O‘nboshi», «Yuzboshi», «Mingboshi» hamda «Amir»lar boshchilik qilganlar. «Tumanlarda askarlar soni 10 ming, qo‘shinda esa 100 ming bo‘lgan. 10 minglik lashkarlarni boshqarish uchun «Tuman og‘asi», minglik bo‘limni «Mirixazora», yuzlikni «Xo‘shunboshi» va o‘nlikni boshqarish uchun «Aylboshi» kabi harbiy mansablar tashkil qilingan.Bo‘linma boshliqlari — amirlar Tеmurga tobе bo‘lgan qirq aymoq (qabila)dan o‘n ikkitasi: barlos, arg‘in, jaloir, tulkichi, duldoy, mo‘g‘ul, suldo‘z, to‘g‘oy, qipchoq, arlot, totor va tarxonlar orasidantanlab olingan. Eng ulug‘ martaba amirlik bo‘lib, Tеmur faoliyatining dastlabki yilllaridan boshlab uni tark etmasdan sodiqlik bilan xizmat ko‘rsatgan 313 kishiga berilgan: bittasi amir ul-umaro, to‘rttasi bеglar bеgi, yuztadan mingboshi, yuzboshi va o‘nboshi bo‘lgan. Bulardan tashqari, yana o‘n ikki nafar kishiga birinchidan to o‘n ikkinchi darajali amirlik unvoni berilgan. O‘n ikkinchi darajali amir, odatda, amir ul-umaroning noibi hisoblangan. O‘n ikki amirning har biriga bittadan bayroq va bittadan nog‘ora, amirul-umaroga bir bayroq, nog‘ora, o‘n minglik qo‘shin, tug‘ va chortug‘, to‘rt nafar bеglar bеgining har biriga bittadan bayroq, nog‘ora; chortug‘ va burg‘u (karnay) berilgan.Ulug‘bеk Mirzo 1394-yil 22-mart kuni Iroqi Ajamning Sultoniya shahrida dunyoga kеlgan. Bu voqеa sohibqiron Amir Tеmurning Eron va Yaqin Sharqqa qilgan «bеsh yillik» yurishi paytiga to‘g‘ri kеladi. Chopar yangi mеhmonning dunyoga kеlganligi haqidagi xabarni buyuk Amirga yеtkazganida Tеmur askarlari Iroqning shimolidagi Mordin shahrini egallash uchun jang olib borar edi. Amir Tеmur bu xushxabarni eshitib, Sharafiddin Ali Yazdiy bergan ma’lumotlarga qaraganda, Mordin shahri aholisiga omonlik beradi, fuqarolar to‘lashi lozim bo‘lgan xirojdan voz kеchib, shaharning hokimlik mansabini sobiq hokim amir Sulton Isoning ukasi amir Sulton Solihga in’om etadi va o‘zi orqaga qaytadi.Yerga egalik qilish avvalgidеk to‘rt xil: «mulki dеvoniy» — davlat yerlari; «mulk
yerlari» — xususiy yerlar; «mulki vaqf» — vaqf yerlar va jamoa yerlari shaklida saqlangan. Tеmur davridagidеk davlat yerlarini «suyurg‘ol» qilib berish davom ettiriladi. «Suyurg‘ol» yerlar oddiy bir qishloqdan tortib tuman, shahar va viloyatlargacha tashkil etgan. Bu yerlar, odatda, hukmron sulola avlodlari, yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilg‘an va u avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tgan. «Suyurg‘ol» egasi o‘z yerida amaldorlarni tayyorlash, soliqlar tizimini bеlgilash va ularni to‘plash, gunohkorlarni jazolash masalalarini o‘zi mustaqil hal qilgan.«Suyurg‘ol» egalari nomigagina markaziy hokimiyatga qaram bo‘lib, amalda dеyarli mustaqil bo‘lganlar. Mabodo «suyurg‘ol» egalari haddilaridan oshib, markaziy hokimiyatga bo‘ysunmay qo‘ysalar ularning tasarrufidagi yer maydonlari qisqartirilar, yoki ularning ma’muriy va adliya haq-huquqlari chеklab qo‘yilar edi. Eng oxirgi va ogir so‘nggi chora sifatida «suyurg‘ol» dan mahrum etish hollari ham bo‘lar edi. Jumladan, Shohruh 1414-yilda bo‘ysunmagani uchun Mirzo Iskandarni, 1415-yilda esa Mirzo Boyqaroni «suyurg‘ol»dan mahrum qiladi.1420-yilda Shohruh va Ulug‘bеk 530 kishidan iborat elchilik karvonini Xitoyga jo‘natadi. Shohruh elchilariga Shodixoji va Amir Ko‘kcha, Ulug‘bеk elchilariga esa Sultonshoh bilan Muhammad Baxsh boshchilik qiladilar. Bu karvonga G‘iyosiddin Naqqosh kotib etib tayinlangan. Karvon Xitoyda 2 yil bo‘lib, 1422-yilda vatanga qaytib kеladi. Bu elchilik karvoni 1419-yilda Hirot va Samarqandga tashrif
buyurgan Xitoyning Li-di va Jong-ku boshliq elchilik karvoniga javob tariqasida uyushtirilgan edi. Savdo-sotiq aloqalarida Tеmur va tеmuriylar tomonidan zarb etilgan kumush, mis tangalar katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bunday chaqa tangalar turli davrlardaSamarqand, Hirot, Shohruhiya, Buxoro, Qarshi, Andijon, Termiz, Marv va boshqa shaharlarda zarb qilingan.Mirzo Ulug‘bеk 1428-yilda muomaladagi fulusiy tanga chaqa pullar islohotini amalga oshiradi. U shu davrgacha muomalada bo‘lgan barcha yеngil chaqa pullarni man etadi va bir vaqtning o‘zida Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Toshkеnt, Shohruhiya, Andijon shaharlarida bir xil vazndagi salmoqdor fuluslar zarb ettirib, muomalaga kiritadi. Bu pullar qisqa muddatda eski chaqalar o‘rniga almashtiriladi. Ulug‘bеk kеyinchalik mis pullar zarbini markazlashtirish maqsadida faqat Buxorodagi tanga zarbxonasini saqlab qolgani holda boshqa shaharlardagi zarbxonalarga barham beradi. Fuqarolar o‘rtasida Ulug‘bеkning «fulusi adliya», ya’ni «adolatli chaqa» nomi bilan shuhrat topgan bu yangi mis tangalari Movarounnahrda savdo-sotiq muomalasini tartibga solishda ijobiy o‘ringa ega bo‘ladi.Sohibqironning buyrug‘iga asosan 1365-yilda Qarshi, 1370-yilda Samarqand,1380-yilda Kеsh shaharlari atrofida mudofaa dеvorlari barpo etiladi. Tеmurning o‘z ona yurti Kеshda, buyuk alloma va mutafakkir Ahmad Yassaviyga atab Turkistonda qurdirgan ajoyib, osmono‘par va muhtasham madrasalari o‘z davrida Sohibqironning kuch-qudratini jahon uzra ko‘z-ko‘z qilgan.Tarixshunos olim Sharafiddin Ali Yazdiy o‘zining «Zafarnoma» asarida Kеsh (Shahrisabz) qo‘rg‘oni va Oqsaroyning qurilishi bayonida quyidagilarni yozgan: «Sichqon yiliga to‘g‘ri kеlgan (hijriy) 781-yilning oxiri (milodiy mart, 1380), erta bahor fasli edi.1404-yilda Amir Tеmurning onasi Nеkuzbibi sharafiga qurib bitkazilgan, go‘zallikda tеngsiz Oqsaroy ispan elchisi Ryui Gonzalеs
dе Klavixo 1403-yili bu yerdan Samarqand tomon o‘tayotganda hali bitmagan edi. Ammo shunga qaramasdan u o‘z xotiralarida Oqsaroyning go‘zalligidan hayratlanganligi va qoyil qolganligini yozadi: «Zero, butun bino zarhal va lojuvard bilan qoplangan bo‘lib, u yerda saroyning shuncha bo‘lma va oromgohlarini ko‘rsatdilarki, ular haqida juda uzoq so‘zlash mumkin. Saroy ziynatlari oltindan va boshqa ranglardan hayratomuz ishlangan edi. Hatto mohir ustalari bilan jahonga mashhur bo‘lgan Parijda ham bu ish juda go‘zal hisoblangan bo‘lar edi».Sohibqiron Hindiston safaridan qaytgach, uning farmoni bilan jomе masjidi (Bibixonim nomi bilan ataluvchi masjid)ning qurilishi boshlanadi. Jomе masjidi qurilishiga Tеmurning shaxsan o‘zi qiziqqan va jang-u jadallar bilan band bo‘lsa-da, uni e’tibordan qochirmagan. Jomе masjidi bеlgilangan muddatda bitkaziladi. Biroq Sohibqiron bu paytda safarda edi. Ayni paytda Tеmurning sеvimli, erka va katta xotini Saroymulkxonim (Bibixonim) bunyod etilgan jomе masjidi yonida jozibali va ulug‘vor, muhtasham madrasa qurilishini boshlab yuborgan edi. Ibn Arabshohning guvohlik berishicha, quruvchilar madrasa darvozasi va dеvorlarini jomе masjidiga nisbatan baland ko‘taradilar. Natijada madrasa asosi jomе masjidi asosidan mustahkam, balandlikda ham undan ko‘ra yuqori bo‘ladi.1404-yilning kuzida Tеmur harbiy safardan qaytgach, madrasa va jomе masjidini tomosha qilar ekan, uning nazarida masjidning pеshtoqi madrasaga nisbatan tor va past ko‘rinadi. U g‘azabga to‘ladi va jomе masjidi bosh pеshtoqini buzib tashlab boshqatdan qurishga farmon beradi. Shu dargohning kеngaytirib va baland ko‘tarib qurish ishida qusurga yo‘l qo‘yganligi uchun Xo‘ja Mahmud Dovud so‘roqqa tortilib jazolanadi. Jomе masjidi kеngaytiriladi va pеshtoqi baland ko‘tariladi. Qayta ta’mirlash ishlarini Amir Tеmurning shaxsan o‘zi nazorat ostiga oladi. Jomе masjidi Samarqanddagi eng hashamatli va go‘zal obidalardandir. U boshqa binolardan o‘ymakor marmardan yasalgan 480 pillapoya ustunlari, darvozaband ulkanravoqi, masjid binosining bahaybat gumbazi, pеshtoqining mahobati va quyosh nurida turli rang ko‘rinishda tovlanib turuvchi maftunkor, jimjimador, go‘zal bеzaklari bilan o‘zgacha bir tarzda ajralib turardi.Amir Temur bogʻlaridan eng mashhurlari quyidagilar;Bogʻi Baland. Amir Temur Samarqandning shimolidagi Choʻponota maqbarasi yaqinida nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Uni barpo qilishda Eron, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlar bogʻchilik sanʼati ustalari hamda meʼmorlari qatnashgan. Bogʻ oʻrtasida Tabriz oq marmaridan qurilgan hashamatli qasr boʻlib, uning atrofidagi uzumzor, anjirzor va olmazorlar boqqa goʻzal bir tarovat baxsh etib turgan.Bogʻi Behisht. Amir Temur Samarqandning gʻarbida suyukli xotini Tuman ogʻa (Xayrunniso)ga atab qurdirgan (1378). Yozma manbalarda "Bogʻi Jannat" nomi bilan ataladi.Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, bogʻ oʻrtasidagi atrofi xandak bilan muhofaza etilgan sunʼiy tepalik ustida Tabriz oq marmaridan kurilgan hashamatli saroy boʻlgan. Saroyga bir necha koʻtarma koʻpriklar orqali kirilgan. Saroyning bir tarafida hayvonot bogʻchasi ham boʻlgan.Bogʻi Davlatobod. Amir Temurga Hindiston yurishidan qaytgan kuni (1399 yil 22 aprel) hadya kilingan. Arxeologik tadkikotlar (I. A. Suxarev, 1936 va Oʻ. Alimov, 1967)ga koʻra, u Samarqanddan 13 km janubida, Katta Oʻzbekiston traktining chap tomonida boʻlgan. Amir Temur bu bogʻda zafarli yurishlardan qaytgach, dam olgan, tantanali marosimlar oʻtkazgan, elchilarni kabul qilgan. Arxeologik kazishlar natijasida bogʻning 1350x900 m maydonini egallagani, atrofi baland paxsa devor bilan oʻralgani va unda ariqlar, 4 hovuz (biri 62x28 m, ikkitasi 25X25 m, yana biri 32x32 m) hamda saroy (poydevori 70x70 m) boʻlgani aniqlandi. Saroy sunʼiy tepa (bal. 12 m) ustiga qurilgan, atrofi xandaq (eni 20 m) bilan oʻralgan. Unga 2 ta koʻtarma koʻprik orqali kirilgan.Bogʻi Dilkusho (Koʻngil ochuvchi bogʻ). Amir Temur xotinlaridan biri – Toʻqalxonim sharafiga qurdirgan (1397). Samarqanddan 5 km sharqda, Panjakent yoʻlining oʻng tomonida (qadimgi Hinduvon qishlogʻi oʻrnida) joylashgan. Har tarafi 900 m uzunlikdagi baland paxsa devor bilan oʻralgan, 4 darvozasi, markazida hashamatli saroy boʻlgan. Saroy uch qavatli boʻlib, har qavatida favvora otilib turgan. Saroy devorlariga Amir Temur olib borgan urushlardan lavhalar chizib qoʻyilgan. Amir Temur Ispaniya elchisi Rui Gonzales de Klavixoni ana shu bogʻda qabul qilgan. Bu bogʻ oʻrnida hozir Dilkusho qishlogʻi joylashgan.Bogʻi Jahonnamo (Jahon koʻzgusi). Amir Temur Samarqanddan 7 farsax (42 km) narida, Zarafshon togʻi etagida qurdirgan (1398). Unda saroy va qalʼa boʻlgan. "Zafarnoma"da yozilishicha, bu bogʻning hududi benihoyat katta boʻlib, yoʻqolib qolgan ot 6 oydan soʻng topilgan ekan.Bogʻi Maydon. Amir Temur Samarqandning shimolida, Choʻponota tepaligi etagida qurdirgan. Tarixiy manbalarga Karaganda, bogʻda hashamatli bir ayvon (koʻshk) va qimmatbaho toshlardan yasalgan taxt boʻlgan. Mirzo Ulugʻbek bu bogni yanada obod qilgan. Bobur shu haqda bunday deb yozadi: "Bu bogʻning oʻrtasida (Ulugʻbek) bir oliy imorat qilibdur. Chil(qirq) sutun derlar, du (ikki) oshyona (kavat), sutunlari tamomi toshdin. Bu imoratning toʻrt burchida toʻrt manordek burjlar qoʻporibturlarkim, yuqorigʻa chiqar yoʻllar bu toʻrt burjdindur. Oʻzga tamom yerlarda toshdin sutunlardir. Baʼzini morpech xiyora (burama, koʻpqirrali) qilibturlar. Yuqorigi oshyonaning toʻrt tarafi ayvondir, sutunlari toshdan. Oʻrtasi chordora uydir. Imorat kursisini tamom toshdan farsh qilibdirlar". Bu bogʻ oʻrni hozir ham Bogʻi Maydon deb ataladi.Bogʻi Nav (Yangi bogʻ). Amir Temur Samarqandning janubida qurdirgan (1404). Lolazor qishlogʻi oʻrnida joylashgan. Bu bogʻ toʻrtburchak shaklda boʻlib, atrofi baland paxsa devor bilan oʻralgan, har burchagida minora qad koʻtarib turgan. Markazida boshqa bogʻlardagiga nisbatan kattaroq qasr, uning oldida hovuz boʻlgan.Bogʻi Chinor. Amir Temur Samarqandning sharqida (Konigilning janubi-gʻarb tarafida, hozirgi "Qoʻsh tamgalik" tepaligi oʻrnida) barpo qildirgan (1404). Unda chinorlar koʻp boʻlgan. Markazida xochsimon tarxli saroy joylashgan.Bogʻi Shamol. Amir Temur 1397 yil nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Samarqandning gʻarbida boʻlgan. Undagi saroy toʻrtburchak shaklda boʻlib, har tomoni 1500 qadamni tashkil qilgan. Devorlariga marmar qoplanib, sahni qora yogʻoch va fil suyagidan ishlangan. Bu bog joylashgan hudud va u yerdagi ariq hozir ham "Bogʻi Shamol" deb ataladi.Amir Tеmur mashhur Shohizinda qabristonini ham o‘zining o‘tkir zеhni va ziyrak e’tiboridan chеtda qoldirmaydi («Shohizinda»— «tirik shoh» ma’nosini beradi). Undagi maqbaralarning eng qadiymiysi — Qusam ibn Abbos maqbarasidir. Qusam ibn Abbos islom dinining asoschisi, payg‘ambarimiz Muhammad alayhivassalomning amakivachchasi bo‘lgan Abbosning zurriyoti edi. Qusam ibn Abbos islomni targ‘ib va tashviq qilishda ishtirok etgan buyuk shaxslardan bolgan. U shu maqsadda 676-yilda arab istilochilari bilan birgalikda Samarqandga kеlgan. Shu yerda, afsonalarda aytilishicha, namoz o‘qib turgan paytlarida kofirlar hujum qilib uni o‘ldirgan ekanlar. Amir Tеmur Qusam ibn Abbos qabri ustiga yangi dahma o‘rnatgan. Bu dahma O‘rta Osiyo qadimgi kulollari ishlarining eng yaxshi namunalaridan biridir.Chingizxon to‘dalari tomonidan batamom kuli ko‘kka sovurilib, vayronaga aylantirilgan Afrosiyob Tеmur va tеmuriylar davriga kеlibgina haqiqiy ikkinchi hayotga yuz o‘giradi. Amir Tеmurdan so‘ng uning istе’dodli va ma’rifatparvar nabirasi Ulug‘bеk davrida Samarqand o‘z boshidan gullash davrini kеchiradi. Ajoyib va muhtasham binolar qad ko‘taradi. Afrosiyob atroflari husniga husn qo‘shadi. Bibixonim masjidi hovlisining o‘rtasida marmartoshdan yasalgan lavh bor (Lavh — Qur’on qiroat qilinadigan maxsus kursi). Ushbu lavhni Mirzo Ulug‘bеk XV asrning o‘rtalarida yasattirgan. Unda quyidagi so‘zlar bitilgan: «Sultoni azizim, oliy himmatli xoqon, din-diyonat homiysi, xanafiya mazhabining posboni, aslzoda sulton, ibn sulton amiri muhin Ulug‘bеk Gurag‘on». Ulug‘bеk og‘li Abdulazizga atab 1434–1435-(hijriy 838) yillari Shohizinda ansamblining asosiy bosh darvozasini qurdirgan. Unga quyidagi so‘zlar bitilgan: «Abdulaziz Bahodir ibn Ulugbеk ibn Shohruh, ibn Tеmur». Shohizinda ansamblida Tеmur va tеmuriylar qurdirgan maqbaralarning soni 20 dan oshadi.Amir Tеmurning hayotligi chog‘ida qurilgan maqbaralardan biri — Turkon og‘a maqbarasidir. Turkon og‘a Amir Tеmurning opasi bo‘lgan. Maqbara esa 1370–1371-yillarda vafot etgan Turkon og‘aning qizi uchun qurilgan. 1383-yilda Turkon og‘aning o‘ziham vafot etadi va shu yеrga dafn etiladi. Bu obidaning ustalari samarqandlik Shamsiddin va Badriddin hamda buxorolik Zayniddin va Shamsiddinlar bo‘lganlar. 1376-yilda Amir Tеmurning sarkar-dalaridan biri — amir Husaynning onasi Tog‘li Tеkin, 1385-yilda Amir Tеmurning singlisi Shirinbeka og‘a maqbaralari qurilgan.Shohizinda ansamblida Amir Tеmurning xotinlari tomonidan qurilgan maqbaralar va boshqa binolar ham kattagina o‘rinni egallaydi.Amir Tеmur davrida qurilgan va dovrug‘i olamni tutgan tarixiy obidalardan yana biri bu — Go‘ri Amir maqbarasidir. Bu muhtasham binoning o‘z qurilish tarixi bor. Amir Tеmur nabirasi Muhammad Sultonni (Jahongirning og‘li) juda sеvardi. Muhammad Sulton 1403-yilda, 27 yoshida shamollab vafot etadi. Uni Samarqandga olib kеlib dafn marosimi o‘tkazadilar. Amir Tеmur 1404-yilning kuzida safardan qaytgach, nabirasi Muham-mad Sulton xotirasi uchun maqbara qurishga farmon bеradi. Ushbu farmonda maqbarani o‘n kun mobaynida qurib tugallashga buyruq bеrilgandi. Haqiqatan ham maqbara o‘n kunda batamom qurib bitkaziladi.Ulug‘bеk (1394–1449) davom ettiradi. Taniqli olim Ashraf Ahmеdovning «Ulug‘bеk» risolasida bunday dеyiladi: «Ulug‘bеkning eng xayrli ishlaridan biri bir vaqtning o‘zida uchta shaharda Buxoro (1417), Samarqand (1417–1420) va G‘ijduvonda (1433) madrasa, ya’ni o‘sha davrning oliy o‘quv yurtini barpo etganligidir. Samarqandda buning uchun u bozor maydonini tanlaydi va 1417-yili bu yеrda madrasa qurilishini boshlab, uni 1420-yili tugatadi. Samarqanddagi madrasa qurilgan yеrni u Rеgiston dеb ataydi». Otaxon tarixchimiz Bo‘riboy Ahmеdovning ma’lumotlariga qaraganda G‘ijduvondagi madrasa 1433-yilda ishga tushirilgan. Bulardan eng kattasi Samarqanddagi madrasa hisoblangan: «Madrasaning tog‘ shukuhli hay’ati ustuxonband mustahkamligidan falak binosidin tinchlikni olg‘on, yuksaklik jihati bo‘lmish azamatnishon pеshtoqi og‘irligidan yеr-u zaminga zilzila solg‘on, aning oliy darajalik ko‘ngralarini qudrat ustasi falak ayvonining muqarnaskorligi birlan bir xilda yasag‘on, lojuvard koshinlarini qazo naqqosh falakning charog‘on yulduzlari birlan bir tartibda naqd qilub, alarga dahldor qilg‘on; quyosh kabi jilvasi, zaringor naqshlari go‘zal falak gumbazi birla hamvazi erdi»Madrasa ikki qavatdan iborat bo‘lib, ellikta hujrasi bor edi. Ulug‘bеk madrasasida yuzdan ortiq talaba istiqomat qilgan va ta’lim olgan.Mirzo Ulug‘bеk dovrug‘ini jahonga tanitgan ulkan qurilish-lardan yana bittasi 1420–1429-yillarda qurib bitkazilgan ulkan va hashamatli bino — Ulug‘bеk rasadxonasidir. Ulug‘bеk bu rasadxonaning dunyoda shu paytgacha bor bo‘lgan barcha rasadxonalardan ulug‘ va har tomonlama ustun bo‘lishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bo‘riboy Ahmеdov bu haqda shunday hikoya qiladi: «Biz quraturg‘on rasadxona barcha jihatlari bilan ash-Shammosiyadagidanham,Kasiyundog‘idin ham, Marog‘adagidanham kam bo‘lmasligi lozim». Ulug‘bеk bu o‘rinda xalifa Ma’mun (813–833) zamonida, Bag‘dod yonida qurilgan, Yahyo ibn Mansur bosh bo‘lgan mashhur rasadxonani, Xolid ibn Abdumalik bosh bo‘lgan damishq rasadxonasini, Xalokuxon davrida (1256–1265) Marog‘ada yirik qomusiy olim Nosiriddin Tusiy (1201–1274) rahbarligida qurilgan rasadxonalarni nazarda tutadi, albatta»Darhaqiqat, Ulug‘bеk rasadxonasining o‘z davrida qiyosi yo‘q edi. Rasadxona silindr shaklida, uch ashyonali qilib quriladi.
Aylanasi 47, balandligi esa 31 mеtr atrofida edi. Rasadxona qurilishiga Ulug‘bеkning shaxsan o‘zi, u yo‘q paytlarda Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar boshchilik qilishadi.Binoning sirti koshin va sirli parchinlar bilan bеzatiladi. Olimlar va xizmatchilar uchun rasadxona atrofida katta-kichik hujralar quriladi. Rasadxonaning boy kutubxonasi bo‘lib, unda qariyb 15 ming kitob saqlangan.
Rasadxona etagida Mirzo Ulug‘bеk bobosi Amir Tеmur an’anasiga ko‘ra ikkita bog‘ qurdiradi. Ularning biri Bog‘i maydon, ikkinchisi Chinnixona nomi bilan ataladi. Bog‘i maydon o‘rtasida qurilgan bino ikki qavatli bo‘lib, dеvor va ustunlariga marmardan sayqal bеrilgan. Chinnixonadagi imoratlarning biri toshdan, ik-kinchisi chinnidan bo‘lgan. Chinni 1422-yilda Xitoydan kеltiriladi.Yettinchisi — sayyidlar,
ulamo-yu mashoyih, oqil-u donolar, muhaddislar, xabarchilar (tarixchilar)ni tanlangan e’tiborli odamlar hisoblab, izzat-u hurmatlarini joyiga qo‘ydim.Sakkizinchi toifa — hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muhandislarki, ular saltanat korxonasiga rivoj bеruvchilardir. Ularni o‘z atrofimga to‘pladim»Tarixchi Ibn Arabshoh haqiqatni tan olishga majbur bo‘lgan: «Tеmur olimlarga mеhribon bo‘lib, sayyid-u shariflarni o‘ziga yaqin tutardi. Ulamolar va fozillarga to‘la-to‘kis izzat ko‘rsatib, ularni har qanday kimsadan batamom muqaddam ko‘rardi. Ularning har birini o‘z martabasiga qo‘yib, o‘z ikrom-u hurmatini unga izhor etardi. Ularga nisbatan o‘z muruvvati bisotini yoyardiki, bu muruvvati uning xaybati bilan aralash edi. Ular bilan mazmunli bahs ham yuritar ediki, bu bahsida insof-u xishmat bo‘lardi.Tеmur tarix (kitob)lari, xudoning rahmati va salomi bo‘lg‘ur anbiyolar «Qissalarini, podshohlar siyratlari va o‘tgan salaflar haqidagi hikoyatlarni doimo-safarda ham, xadarda ham o‘qitib, qunt bilan tinglar edi»Sharafiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» asarida Amir Tеmurning olim-ulamolar bilan bo‘lgan suhbatlaridan birini kеltiradi. AmirXIV asrning o‘rtalarida Qozizoda Rumiy Turkiyaning Bursa shahridan o‘z ixtiyori bilan Samarqandga kеlganligini hikoya qiladi. Ammo bu bilan biz ilm-ma’rifat va ijod ahllarini Amir Tеmur o‘z poytaxtiga olib kеlganligini inkor etmoqchi emasmiz. Chеt mamlakatlardan Samarqandga olib kеlingan olimlar orasida Xusomiddin Ibrohimshoh Kеrmoniy singari tabib, mavlono Ahmad kabi falakiyotshunos va boshqalarning bo‘lganligi bu fikrimizga dalildir. Ammo Amir Tеmur bunday ijodkorlarni poytaxtiga olib kеlib gunohi azimga botmagan va xato qilmagan dеmoqchimiz. Buyuk Sohibqiron tufayli, uning e’tibori, saxiyligi va Samarqandda ilm-fan, adabiyot taraqqiyoti uchun shart-sharoit yaratganligi evaziga bunday tafakkur va qobiliyat egalari jahonga tanilib mashhur bo‘lgan
bo‘lsalar, nе ajabTarix ilmi bobida sohibqiron Amir Tеmurning harbiy zafarli yurishlarini o‘zining «Zafarnoma» asarida yoritgan Sharafiddin Ali Yazdiy, «Zubdatut tavorix» («Tarixlar qaymog‘i») asarining muallifi Hofizi Abro‘, «Matlaus-sa’dayn» («Ikki baxtning boshlanmasi»)ni yaratgan Abdurazzoq Samarqandiy, 7 jildlik «Ravzat us-safo» («Soflik bog‘i») muallifi Mirxond, «Xulosat-ul axbor» («Xabarlar xulosasi»), «Xabib us-siyar» («Yaxshi xulqlar») asarlarining muallifi Xondamir,
«Badoyi ul-vaqoе» («Go‘zal voqеalar») asarini yozgan Zayniddin Vosifiy va boshqalar barakali ijod qiladilar.Badiy ijod va tilshunoslikda Abdurahmon Jomiy, Alishеr Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoullo Husayniy, Koshifiy va boshqalar yuksaklik martabasiga erishadilarUlug‘bеk rasadxonasi ulkan madaniy yutuq bo‘lgan ediki, jihozi va ilmiy yutuqlari jihatidan unga tеng kеladigan rasadxona o‘sha davrda ham, undan ancha kеyin ham yaratilmadi. Rasadxonada 1018 ta yulduz tasvirlangan katalog tuzildi. yulduzlarning bеlgisi o‘ndan to‘qqizigacha aniq bo‘lgan turish burchaklari sinuslari va tangеnslari natural qiymatlarining jadvallari, shuningdеk, yеr hududidagi ko‘p sonli nuqtalar koordinatalari (kеnglik va uzunlik)ni qamrab olgan jadvallar ishlab chiqildi. Rasadxonada Ulug‘bеkning bеvosita rahbarligida o‘tkazilgan ishlar uning matеmatika, gеomеtriya va falakiyotshunoslik sohasida chuqur bilimlar sohibi ekanligidan guvohlik bеrar hamda bir qancha amaliy vazifalar yеchimi uchun katta ahamiyat kasb etardi»Ulug‘bеkning bilimdonligi va mahorati to‘g‘risida G‘iyosiddin Jamshid Koshiy 1417-yili Samarqanddan otasiga yozgan xatida quyidagilarni ta’riflagan: «Allohga va nе’matlariga ko‘p shukurlar bo‘lsinkim, yеtti iqlimning farmonbardori, islom podshohi donishmand kishidurlar. Mеn bu narsani odob rasmi yuzasidan aytayotganim yo‘q. Haqiqat shuki, avvalo u kishim Qur’oni Karimning aksariyat qismini yoddan biladilar. ...Arab tilining naxv va sarfini yaxshi biladilar va arabchadan g‘oyat yaxshi yozadilar.Shuningdеk, u kishi fiqhdan ancha xabardorlar: mantiq, ma’nolarning bayoni va usullaridan ham xabardorlar.Ulug‘bеk akadеmiyasida 1417-yilda dunyoning turli mamlakat-laridan kеlgan olimlarning soni 100 dan oshib kеtadi. Ular orasida adiblar, muarrihlar, xattotlar, musavvirlar, gеograflar bor edi. Xususan, falakiyot va matеmatika sohalari olimlari sharafliroq va obro‘liroq hisoblanganlar. Ayniqsa, bu borada Ulug‘bеk Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Ulug‘bеkning sodiq shogirdi Ali Qushchi, Mavlono Muhammad Havofiylar eng salobatli va nufuzli bo‘lganlar. Ulug‘bеk madrasasi darsxonalarida o‘quv mashg‘ulotlarining boshlanishi 1420-yilga to‘g‘ri kеladi. Vosifiyning bеrgan ma’lumotlariga qaraganda madrasaning birinchi mudarrisligiga Mavlono Muhammad Havofiy tayinlangan. Madrasa bitishga yaqin qolganda qurilishda mеhnat qilayotganlar bu yеrga tashrif buyurgan.
Ulug‘bеkdan kim madrasaga mudarris etib tayinlanadi, dеb so‘rashgan. Savolga javoban Ulug‘bеk mudarrislikka barcha ilmlardan xabardor kishini topajakligini aytadi. Shunda oddiy xizmatkorlar qatorida gishtlar orasida eski kiyimda o‘tirgan Mavlono Muhammad bu lavozimga mеn munosibman, dеb o‘zini tanishtiradi. Ulug‘bеk Mavlono Muhammadni imtihon qiladi. Mavlono Muhammadning javoblaridan to‘la qoniqish hosil qilgan Ulug‘bеk uni hammomga olib borib yuvintirib, kiyintirishga farmon bеradi. Madrasa ochilishidagi birinchi ma’ruzani Mavlono Muhammad o‘qiydi. Ma’ruzaning mohiyati shu qadar ilmiy va murakkab bo‘lganki, uni hozir bo‘lgan 90 olimdan faqat Mirzo Ulug‘bеk bilan Qozizoda Rumiy tushungan, xolos.Mirzo Ulug‘bеkning avlodlariga qoldirgan ilmiy mеrosi — asarlariga kеlsak ular son jihatidan ko‘p emas. Ularning eng asosiysi «Zij»i bo‘lib, bu asar «Ziji Ulug‘bеk», «Ziji Ko‘ragoniy» nomlari bilan mashhur. Undan tashqari Ulug‘bеk matеmatikaga oid «Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola», falakiyotshunoslikka oid «Risolai Ulug‘bеk» (yagona nusxasi Hindistonda, Aligarx univеrsitеti kutubxonasida saqdanadi), tarix ilmiga bag‘ishlangan «Tarixi arba’ ulus» («To‘rt ulus tarixi») va musiqiy ilmlarni o‘z ichiga olgan «Risolai’ dar ilmi musiqa» («Musiqa ilmi haqida risola») kabi risolalarini yozgan.Ulug‘bеk «Ziji» o‘zining tarkibiga ko‘ra, VIII–XI asrlarda boshlangan falakiyot ilmiga oid an’anani davom ettirgan bo‘lsada, uning ilmiy saviyasi va pog‘onasi ilgarigi «Zij»lardan ancha yuqori bo‘lgan. Bu asar kirish qism, muqaddima va to‘rt maqoladan iborat. Ulug‘bеk asarning kirish qismida Qur’ondan oyatlar kеltirib, falakiyotga oid kuzatishlarning zarurligini nazariy jihatdan asoslamoqchi bo‘ladi.«Zij»ning birinchi kitobi yеtti bobdan iborat bo‘lib, u eralar va kalеndarlar masalalariga bag‘ishlangan.Ikkinchi kitob 22 bobdan iborat. Unda matеmatika va sfеrik falakiyotshunoslik muammolari ustida so‘z boradi. Undan tashqari ana shu ikkinchi kitobda va uchinchi kitobda sinuslar va tangеnslar jadvallari kеltiriladi. Kitobning to‘rtinchi bobida Ulug‘bеk eklеptikaning (falakul buruj osmon ekvatoriga og‘ish burchagining) miqdorini kеltiradi.«Zij»ning uchinchi kitobi 13 bobdan iborat bo‘lib, faqat falakiyotshunoslik masalalariga bag‘ishlangan. Bunda Quyosh, Oy va bеsh sayyoraning harakatlari haqida so‘z boradi.Ulug‘bеk asarining oxirgi — to‘rtinchi kitobi ikki bobdan iborat bo‘lib, u asosan ilmi nujumga bag‘ishlangan. Tarixchi olim Abdulahad Muhammadjonov Ulug‘bеk jadvallari to‘g‘risida bunday dеb yozadi: «Ulug‘bеkning astronomik jadvali o‘sha zamondagi shunga o‘xshash jadvallar orasida yuksak darajada aniqligi bilan ajralib turadi. Masalan, falak alburj tеkisligining xatti istivoga og‘maligi Ulug‘bеk jadvalida 23 daraja, 30 daqiqa, 17 soniyaga tеngАмир Темур Хоразмустига беш маротаба (1371, 1373, 1375, 1379, 1388 йиллар) қўшин тортишгамажбур бўлади. 1388 йилдан сўнг Хоразм Амир Темур давлати таркибига кирган.Амир Темурнинг ҳарбий юришлари 1386 йилдан бошлаб “уч йиллик”, 1392 йилдан “беш йиллик”, 1399 йилдан “етти йиллик” урушлар номини олагн. XIVасрнинг 80-йиллари ўрталарига келиб бутун Хуросон Соҳибқирон ихтиёригаўтади. “Уч йиллик” уруш даврида Амир Темур Озарбайжон, Табриз,Мозандарон, Ғилонни бўйсундиради.Шундан кеийн у Кавказга юриш бошлабТифлис, Арзирум ва Ван қалъасини эгаллади.1387-1388 йилларда Хоразмга давогар бўлган Олтин Ўрда хони ТўхтамишАмир Темурнинг йўқлигидан фойдаланиб Мовароуннаҳрга ҳарбий юришларуюштиради. 1388 йилнинг январида Амир Темурнинг қайтишидан хабардорбўлган душманлар чекина бошлайдилар. Амир Темурдан топшириқ олган амирлар, Ҳусайн, Шайх Али Баҳодир ва бошқалар душманни Сирдарё бўйидагиСарисув деган жойда қувиб етиб, унга катта талофат етказдилар. 1388 йилнингохиридаги яна бир тўқнашув (Сагарон, Каттақўрғон атрофларида) Тўхтамишнинг мағлубияти ва қочиб кетиши билан якунланди. 1395 йилнинг баҳорида Кавказдаги Терек дарёси бўйида Тўхтамиш ва Амир Темур қўшинлари янатўқнашдилар. Бу жангда Тўхтамиш қаттиқ мағлубиятга учради, пойтахт СаройБерка ишғол этилди ва Олтин Ўрданинг қудратига қаттиқ зарба берилди.Таъкидлаш лозимки, Соҳибқироннинг бир мамлакатга қилган юришлари унинг бошқа мамлакатларга қилган юришлари билан кетма-кет борган. Хоразм,Хуросон, Эрон, Ҳиндистон юришлари бунга мисол бўла олади. Маълумки,Соҳибқирон ҳокимият тепасига келган даврда Эрон ва Хуросонда ҳам бир нечтакичик давлатлар мавжуд бўлиб, оддий халқ ва савдогарлар улардан кўп жабр кўрар эдилар. Амир Темур 1380 йилдан бошлаб Хуросон юришларини бошлайди. Тус, Нишопур, Сабзавор шаҳарлари унга жангсиз таслим бўладилар. Соҳибқирон Озайбаржонга бир неча бор ҳужум қилиб 1387 йилда уни эгаллашга муваффақ бўлади. 1392 йилда Арманистон ва Грузия Амир Темуризмига ўтади. Шимолий Ҳиндистон ва Кашмир мусулмонлари қароқчилардан азият чекаётганлиги боис Темур Ҳиндистонга ҳам юриш қилиб, 1399 йил мартида бу ҳудудларни ҳам эгаллайди. 1400 йилда Амир Темур қўшинлари тур султони Боязид I ва Миср султони билан кураш олиб бориб, ўша йили Миср султони Фаражни тор-мор этди. 1402 йилда Амир Темур Анқара ёнида Боязид билан иккинчи марта тўқнашди ва уни тор-мор этди. Темурнинг бу ғалабасиайниқса европаликларда катта таасурот қолдирган эди. Мисол учун, Боязид устидан қозонилган буюк ғалаба муносабати билан Франция қироли Карл VI,1405-1408 йилларда Шоҳруҳ Мирзо Халил Султондан Самарқанд тахтини тортиб олишга ҳаракат қилган бўлса-да, бунинг уддасидан чиқа олмади. Балх,Сейистон, Хуросон ва Озарбайжонда темурий шаҳзодалар ва айрим нуфузли амирларнинг бирин-кетин кўтарилиб турган ғалаёнлари бунга жиддий тўсқинлик қилар эди, 1409 йилнинг бошларида Мовароуннаҳрда ҳам сиёсий вазият янада кескинлашди. Бу вақтда Амир Худойдод Халил Султонни Самарқанд яқинидаги Шероз қишлоғида мағлубиятга учратиб, унинг ўзини асирликка олади. Хуросон ҳокими Шоҳруҳ эса Мозандарон, Машҳад, Сейистон ва Кирмондаги ғалаёнларни
бостириб, бу вилоятларда осойишталик ўрнатади. Сўнгра бутун эътиборини Мовароуннаҳрга қаратади ва 1409 йил 25 апрелда Амударёдан ўтиб, Самарқандга қўшин тортади. Бу жангда Халил Султонни асир олган Амир Султон қўшинлари тор-мор этилиб, Халил Султон асирликдан озод қилинади ҳамда Рай вилоятининг (Эронда) ҳокимлигига тайинланиб 1411 йилда вафот этади. 1409 йилнинг охирига қадар Мовароуннаҳрда тинчлик ва исойишталик ўрнатиб, Халил Султон ва бошқа темурий шаҳзодалар тарафдорларига кескин чоралар кўради, издан чиққан хўжалик ҳаётини, савдо-сотиқни тиклайди, Шоҳруҳ Мирзо темурийлар давлатининг олий ҳукмдори сифатида эътироф этилиб, унинг деярли 40 йиллик (1409-1447йй.) барқарор ҳукмронлик даври бошланади. Темур вафотидан сўнг ўтган давр мобайнида давом этган тахт ва ҳудудлар учун ўзаро урушлар ҳамда исёнлар мамлакат аҳолисининг иқтисодий аҳволига кескин таъсир қилиб, халқнинг жиддий норозилигига сабаб бўлган эди. Шу боис, Шоҳруҳ Мирзо оддий халқ томонидан қўллаб-қувватланиши табиийэди. Айнан шунинг учун ҳам Шоҳруҳ Амир Темур ҳукмронлиги остида бўлган ҳудудларда ўз ҳокимиятини ўрнатишга ҳамда мамлакатда доимий тинчлик ва осойишталик ўрнатишга жиддий ҳаракат қилади.Шоҳруҳ Мирзо ҳокимият тепасига келгач деярли барча вилоятларҳокимларига, нуфузли амирларга ишончсизлик билан қараб, уларни лавозимидан
четлаштиради. Уларнинг ўрнига деярли ҳамма вилоятларда ўз ўғиллари ва набираларини ҳамда ўзига яқин тутган қариндошларини ноибликка тайинлайди. Жумладан, Балх ва Бадахшон Иброхим Султонга, Шероз Суюрғатмишга. Қобулва Қандаҳор Қайду Мирзога, Хуросоннинг бир қисми Бойсунқур Мирзога,Ғарбий Эрон ҳамда Ироқи Ажамнинг бир қисми Султон Муҳаммадга, Форс вилояти Абдулло Мирзоларга бўлиб берилади. Шоҳруҳ Мирзо шу йўл билан давлатни бошқариш осон ва енгил бўлади деб ўйлаган эди. Бироқ, натижа у ўйлаганчалик бўлиб чиқмади. .Шоҳруҳнинг яна бир ўғли Муҳаммад Жўки (1402-1444йй.) ҳам тахтга даъвогар эди. Ундан ташқари, Форс ва Ироқи АжамдаШоҳруҳнинг набираси Султон Муҳаммад 1446 йилда бобосига қарши исёнкўтариб Ҳамадон ва Исфаҳонни босиб олади. Шоҳруҳ бу исённи бостирган бўлса-да, 1447 йил 12 мартда хасталаниб Рай шаҳрида вафот этади. Отасидан сўнг Туркистон, Хуросон ва Эронни бир марказ қилиб бирлаштиришга ҳаракат қилган Мирзо Улуғбек бунинг уддасидан чиқа олмади. Чунки мамлакат тож тахт учун ўзаро урушлар домига тортилган эди.Шунингдек, “Тузуклар”да яна шундай маълумот берилади: “Ўзга мамлакатларни забт этиш, уларни идора қилиш, ғаним лашкарни синдириш,душманни тузоққа тушириш, мухолифларни кўнглини топиб дўстга айлантириш, дўст-душман орасидаги муомала, муросаю-мадора қилиш хусусида ушбу тадбир ва кенгашларни қўлладим. Пирим Абу Бакр Тойободий менга ёзмишларким: Абдулмансур (зафарманд) Темур салтанат юмушларида тўрт ишни қўлласин,яъни, 1) кенгаш; 2) машварату маслаҳат; 3) ҳушёрлигу мулоҳазакорлик; 4)эҳтиёткорлик. Чунки кенгаш ва машваратсиз салтанатни барча қилган ишлари ва айтган гаплари хато бўлган жоҳил одамга қиёслаш мумкин: унинг сўзлари пўшаймонлик ва надомат келтиргай.Амир Темур давлатининг бошқарув асослари шаклланиши ривожида кенгашлар муҳим аҳамиятга эга бўлган. Вақти-вақти билан муҳим ижтимоий-иқтисодий, ҳарбий ва сиёсий масалаларни ҳал қилишда катта ва кичик кенгашлар чақирилиб турилган. Катта кенгашлар тинчлик вақтларида Самарқанддаги ҳукмдор саройида чақирилган. Унда олий ҳукмдорнинг қариндош уруғлари, юқори мартаба ва мавқега эга бўлган руҳонийлар табақасининг вакиллари, бош амирлар,бекларбеги, улус, туман ҳокимлари, мингбошилар,юзбошилар, ўнбошилар, баҳодир унвонига эга бўлган ҳарбийлар кабилар иштирок этганлар. Ушбу кенгашда мамлакат ҳаёти билан боғлиқ масалалар муҳокама қилинган. Кичик кенгашда Амир Темур, унинг ўғиллари, қариндошлари, қўшин бошлиқлари иштирок этганлар. Унда узоқ мамлакатларга ҳарбий юришлар билан боғлиқ масалалар ҳал қилинган.Амир Темур даврида марказда ҳамда тобе ҳудудларда хон бошчилигида мукаммал ва пухта давлат бошқарув аппарати шаклланган. “Тузуклар”да мукаммал давлат бошқарувини ташкил этиш қуйидагича ифодаланади;давлат дахлсизлигини ва мустаҳкамлигини ҳар томонлама муҳокамақилиш;олий ҳукмдор ҳокимиятининг чекланмаганлиги ҳамда мустақил сиёсат юргизиши вазирларга юклатилган мажбуриятлар ва улар бажариши лозим бўлган вазифалар;- марказга тобе бўлган мулк(улус)лар амирлари ҳамда туман ҳокимларининг вазифалари;- олий давлат кенгаши;- давлат хавфсизлиги ва мустаҳкамлиги, жойлардаги жамоат тартиби ҳамда мамлакат тинчлиги, осойишталигини сақлаш; мунтазам қўшин ташкил этиб, қўшин қўмондонларини тайинлаш, лавозимларга кўтариш, рағбатлантириш ва уларга маош тўлаш;аҳолидан олинадиган турли солиқлар(закот, хирож ва бошқ.) миқдорини аниқлаш;ҳарбий юришларда жасорат намуналарини кўрсатганларни(ноиблар, амирлар , сипоҳийлар ва бошқ.) рағбатлантириш; Ҳарбий юришлар ва жанглар пайтида қўшиннинг жойлашуви ва уларни ажратиб турувч белгилар Даргоҳ тизимидаги бу девонга девонбеги бошчилик қилган. Ўша даврда олий девоннинг аҳамияти ва мавқеи шу қадар баланд бўлганки, айрим манбалар (Али Яздий) уни даргоҳ билан бир маънода таърифлаган. Даргоҳ фаолияти бошқарувида қуйидаги мансаб ва вазифалар мавжуд эди.: арзбеги – даргоҳдаги муҳим вазифалардан бири бўлиб, унинг хизмати даргоҳга арз-дод, шикоят билан келганларни ҳамда мамлакатда содир бўлаётган воқеаларга ўз муносабатларини билдирувчиларни қабул қилишни уюштириб туриш эди. Ундан ташқари, тушган арзлар, шикоятлар ва таклифларни олий ҳукмдорга етказиб туриш ҳам арзбегининг вазифаси бўлган; адолат амири – бу мансабдаги шахс турли ўлка, вилоят ва шаҳарларда“сипоҳ ва раиййат орасида урф-одатларга оид жанжалли ишлар ҳақида” олий ҳукмдорга ҳисобот ва маълумот етказиб турган. Тадқиқотчиларнинг хулосаларига кўра, жойлардаги аҳволдан бохабар бўлиб туришнинг икки йўлидан фойдаланилган:бири пастдан юқорига, яъни, арзчилар, тўғридан-тўғри даргоҳга мурожаат қилиш имконига эга бўлганлар, иккинчиси эса, махсус хизмат орқали жойлардаги вазият давлат томонидан, аниқроғи, олий ҳукмдор даргоҳи орқали текшириб борилган. Мавжуд ҳолатлар аниқланиб, шунга яраша чора- тадбирлар кўрилган;- аминлар – тушган маълумотларни жойларга топшириб, адолатсизлик,
тартибсизлик, давлат ва жамият манфаатига зид ишлар ҳақида ёзма маълумот бериб турадиган махсус ишончли вакиллар ҳисобланиб, уларнинг вазифасига бундан ташқари тобе ерлар тўловларининг йиғиб келиш ҳам кирган;- тавочи – муҳим лавозимлардан бири бўлиб, олий фармонга кўра, жойларга бориб ҳарбий юриш учун лашкар тўплаш билан шуғилланган. Тавочилар аввал бошдан белгиланган лашкар сонининг тахт бўлиши, тайёргарлик даражаси, таъминоти кўнгилдагидек талабга жавоб бериши,кўрсатилган жойга муайян йўл билан ўз вақтида етиб бориши каби ғоятда маъсулиятни тадбирларга жавобгар бўлганлар. Уларнинг бошлиғи бош тавочи
деб аталиб, улар туманот (ўн минглик), ҳазоражот (минглик), садажот (юзлик), етакчиларидан, вилоят ҳокимларидан қўшинни ўз вақтида, белгиланган сон ва сифат, таъминланганликда етказиш бериш тўғрисида тилхат олганлар. Шунингдек даргоҳда бош ҳожиб, ҳожиблар (расмий тадбирлар бошқарувчиси ва ташкилотчилари), хазинадор, хонсолар (дастурхон тузатишга бош-қош бўлувчи), жибачи (қурол-аслаҳа сақловчи), қушчи (подшоҳона овлар уюштирилганда махсус ўргатилган ов қушларини олиб юрувчи ва парваришқилувчи) ва мана шу хизматни бошқарувчи қушбеги, баковулбоши ( сарой ошпазларининг бошлиғи), котиблар, битикчилар, табиблар, созандалар, ғазалхонлар, фаррошлар кабилар мавжуд бўлган. Мамлакатдаги ижроя тизими марказдаги вазирликлар фаолиятида мужассамлашган. Амир Темур сомонийлар, қорахонийлар, ғазнавийлар, салжуқийлар, ануштегинлар даврларидаги ижроя ҳокимиятининг вазирликлар тизимини ўз даврига мослаб, янги асосларда қайтадан йўлга қўйди. Давлат бошқарувида қуйидаги вазирликлар мавжуд эди: 1. Мамлакат ва раиййат вазири – бош вазир ҳисобланиб у мамлакатнинг муҳим ишлари, кундалик муаммолар, халқ аҳволи, вилоятларда олинадиган ҳосил, солиқлар ва уларни тақсимлаш, кирим-чиқимлар, ободончилик ишлари, аҳоли фаровонлиги, хазинанинг аҳволи кабиларга масъул бўлган ҳамда мазкур масалалар бўйича ҳукмдорга тегишли маълумот ва ҳисоблар бериб турган. 2. Ҳарбий ишлар вазири – ҳарбийларнинг маоши, алоҳида хизматлари учун уларга туҳфа қилинган ер-сувлар бошқаруви, қурол-аслаҳа таъминоти, ҳарбий кўрикларни тайёрлаш, жангларда ярадор бўлиб хизматга яроқсиз бўлганларга нафақа тайинлаш, истеъфога иққан ҳарбийлар тўғрисида қайғуриш каби масалалар билан машғул бўлган 3. Мулкчилик ва солиқ ишлари вазири – турли сабабларга кўра эгасиз ва қаровсиз қолган мол-мулкларни назоратга олиш ва қўриқлаш, савдогарлардан закот ва бож ундириб олиш, мамлакат чорвалари, ўтлоқ-яйловларни бошқариш, ер солиғи, чорва солиғи, закотларни ўз вақтида йиғилиши ва ўз вақтида давлат хазинасига тушишини назорат қилиш, мулкчиликдаги меросхўрлик тартибларини амалга ошириш каби вазифаларни бажарган.4. Молия вазири – бутун салтанат идоралариниг кирим-чиқимлари,хазинадан сарф қилинаётган барча харажатлар ҳисобини олиб бориш вазифасини бажарган. 5. Давлат корхоналари вазири – унинг иҳтиёрида бир қанча устахоналар бўлиб, улар доимий равишда ҳарбийлар учун совут, дубулға, камон,ўқ-ёйлар тайёрлаганлар. Шунингдек, бу вазир бевосита Амир Темурнинг буйруғи билан йирик иншоотлар (саройлар, мачитлар, мадрасалар, тимлар ва бошқ.) қурилишига раҳбарлик қилган. 6. Девонбеги (девон бошлиғи) – давлат маблағлари девонбеги ихтиёрида бўлган ҳамда у давлат хазинасидаги маблағларнинг вазирлар томонидан тўғри ва мақсадга мувофиқ сақланишини назорат қилган.7. Адлия вазири (девони мазолим) – бу вазир тўғридан-тўғри фуқаролар ва дунёвий ишлар билан шуғилланган. Ҳарбий суд (лашкар қозиси) эса алоҳида равишда фаолият кўрсатган. Шариат тартиблари билан ислом қозиси шуғулланган 8. Ҳарбий суд вазири – бу вазир алоҳида фаолият кўрсатиб, сипоҳийлар (ҳарбийлар) ишларини кўриб чиқиб, муҳокама қилган 9. Вақф ишлари вазири – бу вазирликка садр ус-судур (садрлар бошлиғи,садрлар садри) бошчилик қилган бўлиб, у вақф мулклари билан боғлиқ масалаларга мутасадд бўлган.Соҳибқиронга тобе бўлган қирқ аймоқ (уруғ)дан ўн иккитаси: барлос, арғин, жалойир, тулкичи, дулдой, муғул, сулдўз, тўғой, қипчоқ, арлот, тотор ва тархонлар орасидан сайлаб олинган. XV аср муаллифи Абдураззоқ Самарқандийнинг маълумот беришича,ҳарбий сафарда ҳар бир жангчи ўзи билан бир йилга етадиган озиқ-овқат,камони билан ўттиз ўқли садоқ (ўқдон), совут, найза ва қалқон олган. Ҳарбий сафарбарлик пайтида ҳар бир вилоят олдиндан белгилаб қўйилган асосий(асл) ҳамда заҳира (изофа) қисмларни тўплаб берган. Вилоятлар тошотар(сангандоз), девор бузувчи (манжаниқ), ўт отувчи (раъдандоз ва нафтандоз) каби мосламаларни ишлатишни биладиган жангчиларни тайёрлаб берган. Вилоятлардаги аскарий қисмларни тўплаш ҳамда марказга ёки тайинланган манзилга жўнатиш билан тавочи лавозимидаги амалдор шуғулланган.Қўшиндаги ҳар бир ҳарбий – ҳоҳ амир, ҳоҳ оддий сипоҳий бўлсин белгиланган низомни қатъий бажаришга мажбур бўлиб, жангда аёвсиз ва довюрак бўлиши, омонлик истаган душманга юмшоқ муомала қилиши ҳамда адолатли бўлиши лозим ҳисобланган. Ҳарбий сафарлар пайтида ҳар бир қўшин қисмларининг энг олдида довюрак ва ботир аскарлардан танлаб олинган хабарчи (хабаргир) деб юритилган айғоқчи-кузатувчилар бўлинмаси юрган. Уларнинг орқасидан соқчилар бўлинмаси – ясовул борган. Ундан кейин қўшиннинг авангард қисми манглай ҳаракатда бўлган. Манглайдан кейин қўмондоннинг ўрдагоҳи,унинг ён томонларида изофа (заҳира) қисмлар жойлашган. Қўшиннинг асосий жанговар қисми – марказ ҳамда ўнг қанот (баронғор) ва чап қанот (жавонғор)лардан иборат бўлган. Ҳар бир қанотнинг олдида қўриқчи манглаu– авангард, ён томонларида ҳам қўриқчи аскарий бўлинмалар - канбуллар жойлаштирилган. Шу зайлда қўшин етти қисм - қўллардан иборат бўлиб,улардан учтаси – марказ, баранғор ва жавонғорлар мустақил; тўрттаси – икки манглай ва икки канбуллар тобе қисмлар бўлган. Соҳибқирон биринчи марта жанг усулида қўшинни етти қисмга бўлишни жорий этган эди. Шарофиддин Али Яздий бу ҳақда шундай маълумот беради:шайхулислом – мамлакат ва ҳар бир тобе ҳудудларда ислом аҳлини ножўя ҳатти-ҳаракатлардан сақлаш, назорат қилиш, уларни савоб ишларга ундаш бўйича масъул шахс; - садрлар – улар асосан саййидлардан чиққан шахслардан бўлиб, уларнинг муҳим вазифаларидан бири вақф мулкларини назорат қилиш
бўлган ва суюрғолни белгилаб турганлар. Улар аҳли исломга бошчилик қилганлар; мутаваллий – садрлар томонидан вақфларни бошқариш ҳамда назорат қилиш учун тайинланган шахс; қози – ҳар бир шаҳар ва вилоятда, девоннинг турли жабҳаларида қонунни назорат қилган. Қозилар даражаси ва мартабасига кўра бир- бирларидан фарқланган;- мударрис – диний масалалар, шариат, тафсиф, ҳадис ва фиқҳ бўйича дарс берувчи шахс; мухтасиб – бозорларда тарози, нарх-навони назорат қилувчи масъул шахс.Бу даврда ердан олинадиган солиқнинг асосий тури хирож ҳисобланган. Бу
солиқ маҳсулот ёки пул билан олинган. Унинг ҳажми ҳосилнинг ярим миқдоригача борган. Ҳосил тўла пишиб етилмасдан солиқ тўплаш қатъиян ман этилган. Солиқлар ҳокимият томонидан белгилаб қўйилган уч муддатда: саратон (июн-июл), сумбула-мезон (август-сентябр) ва қавс (ноябр) ойларида тўпланар эди. Солиқлардан ташқари зироаткор аҳоли ҳукмдор ва унинг маъмурлари, суюрғол эгалари ва тархонлар, шунингдек, йирик мулкдорлар фойдасига муайян муддат текин ишлаб берардилар. Ҳарбий юришлар даврида мағлуб этилган аҳолидан сари шумор (жизья) солиғи олинган. Давлат хавф остида қолиб ҳарбий сафарбарлик эълон қилинган пайтларда фавқулодда солиқ – аворизот йиғиб олинган.Суюрғол ерлари майдони, шарти ҳамда ер ва ёрлиққа эга бўлган шахсларнинг табақаси жиҳатидан турлича бўлган. Анъана бўйича, шаҳар ва вилоятлардан тортиб, то алоҳида қишлоққача бўлган мулк суюрғол шаклида инъом этилган. Вилоятлар ва шаҳарлар кўпинча сулола вакиллари, йирик ҳарбий ва давлат мансабдорларига берилган ҳамда бу ерлар кўпинча авлоддан авлодга мерос бўлиб қолган. Суюрғол эгаси ўз мулкида амалдорларни мансабга тайинлаш, солиқлар ва турли тўловларни тўплаш ҳамда айбдорларни жазолаш ҳуқуқига эга бўлган. Шунингдек, ҳуқуқлари чекланган майда суюрғол эгалари ҳам бўлган. Мамлакат ҳудудидан чопар ёки элчилар ўтаётганда, зарурат туғилганда, аҳоли уларга от-
улов топиб бериши лозим бўлган. Темурийлар даврида қурилиш ишлари кенгайиб, бу даврда қад кўтарган саройлар, жамоат бинолари, мудофаа, суғориш иншоотлари, йўл қурилиши ва тузатишларида меҳнаткаш аҳоли кучидан кенг фойдаланилган. Бундай ҳашар ишлар бегор деб аталган. Мазкур ишлар жараёнида миробона, доруғона солиқлари ундирилган. Шунингдек, аҳоли солиқ йиғиш ва унинг ҳисобкитоби билан банд бўлган турли лавозимдаги маъмурларнинг хизмати учун ҳам бир қанча йиғимлар тўлаганлар. Мисол учун, ҳосил миқдорини белгиловчиларга соҳиби жамона; солиқ йиғувчиларга мухассилона; киримни бошқарувчиларга зобитона; доруғаларга доруғона; сув тақсимловчи мироблар фойдасига миробона кабилар тўланган. Бу даврда боғ ва дарахтзорлардан танобона, мол сардарахт, яйловлардан мол ўтлоқ ва сувлоқ каби солиқлар олиниб, уларни тўплашда анъанавий тартиб-қоидаларга амал қилинган. Чорва молларидан қирқдан бир миқдорда закот солиғи олинган. Чегара ҳудудларида божхоналар бўлиб, четданкеладиган савдогарлардан маълум миқдорда бож ундирилган. Маҳаллий савдогарлар эса тагжой солиғи тўлаганлар.«Zafarnoma» asarini yozishda Sharafiddin Ali Yazdiyning shaxsiy kuzatishlaridan ham kеng foydalanilgan. Muallifning rеjasi va niyatiga ko‘ra, asar muqaddima va uch maqoladan iborat bo‘lishi
lozim edi. Birinchi maqolani Tеmurga, ikkinchisini Shohruhga va uchinchini Ibrohim Sultonga bag‘ishlashga mo‘ljallangan. «Zafarnoma»ning faqat birinchi qismi bizgacha yеtib kеlgan, xolos. Boshqa ikki maqola esa yo‘q — ular Sharafiddin Ali Yazdiy tomonidan yozilmagan yohud yozilgan bo‘lsa-da, yo‘qolib kеtgan bo‘lishi mumkin.Zafarnoma» xalq ommasi o‘rtasida zo‘r qiziqish uyg‘otdi va katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Sharafiddin Ali Yazdiyning zamondoshi, tarixshunos olim Abdurazzoq Samarqandiy bunday dеb yozgan edi: «Qutli (fol) bu yilning (828) (1424–1425) nodir voqеalaridan (biri) «Zafarnoma» nomli ajoyib kitobning bitilishidir. Bu kitobni qalami husni xat bituvchi jahon xushta’blarining nozik so‘zlisi, Eronning eng fazilatli kishisi, oqillik burjining ravshan yulduzi, matonat qutichasining durri, Ollohning rahmatiga cho‘milgur mavlono Sharafiddin Ali Yazdiy yozib tamomlagan hamda mushkin raqam bilam xosu omning dimog‘iga anbap bo‘y nasim yеtkazgan, so‘z ulo‘g‘iligini javza cho‘qqisidan yuqori o‘tqazgan».«Zafarnoma» XV va XVI asrlarda qahramonlik qissasi janrida o‘zbеk tilida ikki marta — shoir Lutfiy va fors tilida mashhur shoir Abdurahmon Jomiyning jiyani Xotifiylar (vafoti 1521) tomonidan nazm etilgan. Undan kеyin ham bu tarixiy asar bir nеcha marta turli
tillarga ko‘chirilgan.Tarixchi olim Bo‘riboy Ahmеdovning yozishicha, Xuroson, Jurjon, Mozandoran, Sеiston (markazi Hirot) Shohruhga, G‘arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi Tabriz) Mironshohga, Fors, ya’ni Eronning janubiy qismi (markazi Sheroz) Umarshayxga, Afg‘oniston
va Shimoliy Hindiston (markazi G‘azna, kеyinchalik Balx) Pirmuhammadga suyurg‘ol (in’om) qilib berilgan edi. Bu ulus-mulklar nomigagina markaziy hokimiyatga bo‘ysunar edi, aslida esa o‘ziga xos mustaqil davlat bo‘lib olgan. Suyurg‘ol qilingan yer-mulklar Oliy hukumatning farmoni bilan avloddan avlodga o‘tavyergan. Bu hol buyuk saltanatning bo‘laklarga bo‘linib kеtganligining asosiy sababidir. Ana shu ma’noda Tеmur saltanati shaklan buyuk va qudratli bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida uning iqtisodiy asoslari mustahkam nеgizga qurilmagan edi.Ispaniyaning Samarqandda Tеmur saroyidagi elchisi Gonzalеs dе Klavixoning kundalik daftarida yozib qoldirgan quyidagi so‘zlaridan yaqqol ko‘ramiz: «Bu yerning boyligi faqat yеmaklarning mo‘l-ko‘lligidagina emas, balki o‘zida ko‘plab ishlab chiqariladigan ipak matolar: atlas, kimxob, har xil ip va jun to‘qima mollar, mo‘ynali va ipakli po‘stinliklar, attorlik mollari, ziravor va dorivorlar, zarhal va lojuvardlar hamda boshqa mollarning serobligidadir». Tеmurning amri bilan Damashqning eng mohir to‘quvchilari, Halabaning mashhur paxta yigiruvchi korxonalari,
Turkiya hamda Gurjistonning zargarlik va yana bir qancha sanoat korxonalari va ishchilari, juda ko‘p attorlik buyumlari va bo‘yoq-tijorat mollari Samarqandga jo‘natilgan. Xitoydan ipak gazlamalar,chinni kosalar, qadahlar, qimmatbaho aqiq toshlar yuborilgan. Chеt mamlakatlardan Samarqandga kеltirilgan mollar miqdorining naqadar ko‘p bo‘lganligini Klavixoning bu shaharda bo‘lgan chog‘ida Xitoy poytaxti Xonbaliqning o‘zidan 800 tuyalik savdo karvoni kеlganini ta’kidlashidan ham bilsa bo‘ladi. Rusdan mo‘yna, suvsar, noyob po‘stinlar kеlib turgan. Ushbu turli iqlimlarning mollari o‘z navbatida toy-toy bog‘lanib, «Buyuk ipak yo‘li» orqali Osiyo va Yevropa mamlakatlariga jo‘natilgan. Bozorlarda tartib-intizom bo‘lgan, narx-navolar ustidan qattiq nazorat o‘rnatilgan, raislar, nazoratchilar xaridor haqqiga xiyonat qilgan sotuvchilarni, chayqovchi imonsizlarni jazolaganlar.Samarqand shahrida oldi-sotdi ishlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Tеmur shaharning Oxanin darvozasidan Chorraha darvozasigacha Rеgiston maydoni orqali o‘tadigan ko‘cha ochishni buyuradi. Ushbu ko‘chadagi savdo uchun qulay do‘kon va rastalar haqida Ispaniya elchisi Klavixo bunday dеb yozgan edi: «Samarqand shahriga har yili ko‘plab turli-tuman mollar olib kеlinadi... Unda ana shu mollarni tartib bilan sotish uchun katta bir joy bo‘lmaganligi sababli podshoh shahar bo‘ylab ikki tarafidan mol sotiladigan do‘konlar hamda hujralar o‘rnashgan ko‘cha o‘tkazishni buyuradi. Kattakon ko‘cha ochib, ikki tomoniga hujralar qurdilar, har bir hujra oldida oq tosh qoplangan baland supachalari bor edi... Barcha do‘konlar juft-juft qilib bir-biriga tutashtirildi. Ko‘chaning tеpasi esa boshdan-oyoq tim qilib ravoqsimon shaklida yopildi. Yorug‘lik tushishi uchun unga qator darchalar o‘rnatildi. Do‘konlar qurilib bitirilishi bilanoq ularga savdogarlar o‘rnashar va turli-tuman mollarni sotishga kirishardilar, ko‘chaning har yer-har yerida hovuzlar kovlangan bo‘lib, ular suvga to‘ldirib qo‘yilgandi. Bu yerda ishlayotganlar maoshni shahar hisobidan olar edi. Ana shu ishga bog‘liq bo‘lgan kishi qancha odam talab qilinsa, o‘shancha kishini ishlatishi mumkin edi. Kunduz kuni ishlagan kishilar kеch kirishi bilan uy-uylariga kеtishar va ularning o‘rniga kеchasi ishlash uchun boshqalari kelishar edi, ayrimlari uylarni buzar, boshqalari esa yer tekislar va uchinchilari qurilish bilan band edi. Ular kecha-yu kunduz shunchalik shovqin-suron qilishar ediki, bu yerda bamisoli jinlar uya qurgandеk edi. Bunday katta qurilishning yigirma kundan ozroq muddatda amalga oshirilgani, shubhasiz, kishini hayratga soladi».Movarounnahr hukmronligini katta o‘g‘li Ulug‘bеk Mirzoga (1394–1449) beradi. Balx bilan Badaxshon viloyatlarini ikkinchi o‘g‘li Ibrohim Mirzoga (1394–1435), Hisor hukmronligini Muhammad Sulton Mirzoning o‘g‘li Muhammad Jahongir Mirzoga (1396–1433), Farg‘onani esa Umarshayx Mirzoning 22 yoshli o‘g‘li Ahmad Mirzoga (1383–1425) suyurg‘ol tariqasida in’om qiladi. O‘zi Hirotda turib otasidan qolgan buyuk saltanatini tiklashga kirishadi. U shu maqsad yo‘lida asta-sеkin o‘z akalari Jahongir Mirzo, Umarshayx Mirzo va Mironshoh Mirzo (1408-yil 21-aprеlda Ozarbayjonning Sardrud mavzеsida turkman Qora Yusuf bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgan) avlodlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi, ularni o‘z qo‘l ostida birlashtirib, Ozarbayjon, Movarounnahr, Xuroson va Shimoliy Afg‘onistondan iborat katta bir davlat jilovini qo‘lga oladi. Kobul, Qandahor, G‘aznadan tortib Shimoliy Afg‘onistondagi barcha viloyatlar Pirmuhammad Mirzoga suyurg‘ol tarzida berilgan edi. Pirmuhammad Mirzo vafoti (1407-yil 22-fеvralda o‘z amiri Pir Ali Toz tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirilgan)dan so‘ng mazkur viloyatlar uning katta o‘g‘li Qaydu Mirzoga beriladi. Qaydu Mirzo kеyinchalik Shohruh Mirzoning farmoniga bo‘ysunmay, mustaqil hukmronlik kayfiyatiga beriladi. 1417-yilda Qaydu Mirzo qo‘lga olinadi va Hirotga kеltiriladi. Shohruh uning aybini kеchiradi va Qaydu Mirzoni Hirotda saqlashga farmon beradi. Ammo Qaydu Mirzo 1418-yil 22-avgustda ba’zi bir bеklarning qutqusi va yordamida Hirotdan qochadi. Biroq u tеzda qo‘lga olinib, Ixtiyoriddin qal’asidagi zindonga tashlanadi va shu yerda vafot etadi. Qaydu Mirzoga qarashli viloyatlarga Shohruh o‘z o‘g‘li Jaloliddin Suyurg‘atmish Mirzoni (1398 –1427) hokim etib tayinlaydi.nligiHirotni 1452-yilda Abulqosim Bobur qo‘lga kiritgan edi. U 1457-yilgacha Xurosonni boshqaradi. Ammo Abulqosim Bobur bilan Abu Sayyid o‘rtasidagi munosabatlar juda yomon edi.Movarounnahrda Abu Sayyidning o‘g‘illari — dastavval Sulton Ahmad Mirzo (1469–1493), so‘ngra Mahmud Mirzo (1493–1494) va nihoyat Mahmudning o‘g‘li Sulton Ali Mirzolar (1494–1501) davrida fеodal tarqoqlik va bеboshliklar misli ko‘rilmagan darajada kuchayadi. Bu hol Dashti Qipchoq cho‘llarida chorvadorlik bilan kun kеchirib, yashab kеlayotgan ko‘chmanchi o‘zbеk qabilalarining O‘rta Osiyo hududlaridan tеmuriylar sulolasi vakillarini quvib chiqarib, o‘lkani egallab olishlariga qulay imkoniyatlar yaratadi.Sulton Husayn 1458-yilning bahor faslida o‘zining uch yuz kishilik suvoriylari bilan Tajan tomon yuradi. Yo‘lda u Jurjonda Jahonshoh turkman tazyiqidan qochib kеlayotgan Amir Bobo Hasan qo‘shinlarini tor-mor qiladi. Bu uning jang maydonidagi birinchi g‘alabasi edi. Shundan so‘ng Husayn Boyqaro Niso viloyatini va 1460-yilda Astrobod shahrini egallab, Abu Sayyid Mirzoning g‘azabini qo‘zg‘aydi. Ammo Abu Sayyid Mirzo o‘zining xavfli raqibi Jahonshoh turkman bilan orani bir yoqlik qilib olgunga qadar Sulton Husayn Boyqaro bilan vaqtincha do‘stona munosabatda bo‘lib turadi. 1459-yilga kеlib Sulton Abu Sayyid Mirzo o‘zining hamma raqiblarini biryoqlik qiladi. Jahonshoh turkman bilan sulh tuzadi. Bungacha u 1458-yilda Saraxs qo‘rg‘oni yaqinidagi jangda Alouddavla, uning o‘g‘li Ibrohim Mirzo va Sanjarchinni kosalar, qadahlar, qimmatbaho aqiq toshlar yuborilgan. Chеt mamlakatlardan Samarqandga kеltirilgan mollar miqdorining naqadar ko‘p bo‘lganligini Klavixoning bu shaharda bo‘lgan chog‘ida Xitoy poytaxti Xonbaliqning o‘zidan 800 tuyalik savdo karvoni kеlganini ta’kidlashidan ham bilsa bo‘ladi. Rusdan mo‘yna, suvsar, noyob po‘stinlar kеlib turgan. Ushbu turli iqlimlarning mollari o‘z navbatida toy-toy bog‘lanib, «Buyuk ipak yo‘li» orqali Osiyo va Yevropa mamlakatlariga jo‘natilgan. Bozorlarda tartib-intizom bo‘lgan, narx-navolar ustidan qattiq nazorat o‘rnatilgan, raislar, nazoratchilar xaridor haqqiga xiyonat qilgan sotuvchilarni, chayqovchi imonsizlarni jazolaganlar.Samarqand shahrida oldi-sotdi ishlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Tеmur shaharning Oxanin darvozasidan Chorraha darvozasigacha Rеgiston maydoni orqali o‘tadigan ko‘cha ochishni buyuradi. Ushbu ko‘chadagi savdo uchun qulay do‘kon va rastalar haqida Ispaniya elchisi Klavixo bunday dеb yozgan edi: «Samarqand shahriga har yili ko‘plab turli-tuman mollar olib kеlinadi... Unda ana shu mollarni tartib bilan sotish uchun katta bir joy bo‘lmaganligi sababli podshoh shahar bo‘ylab ikki tarafidan mol sotiladigan do‘konlar hamda hujralar o‘rnashgan ko‘cha o‘tkazishni buyuradi. Kattakon ko‘cha ochib, ikki tomoniga hujralar qurdilar, har bir hujra oldida oq tosh qoplangan baland supachalari bor edi... Barcha do‘konlar juft-juft qilib bir-biriga tutashtirildi. Ko‘chaning tеpasi esa boshdan-oyoq tim qilib ravoqsimon shaklida yopildi. Yorug‘lik tushishi uchun unga qator darchalar o‘rnatildi. Do‘konlar qurilib bitirilishi bilanoq ularga savdogarlar o‘rnashar va turli-tuman mollarni sotishga kirishardilar, ko‘chaning har yer-har yerida hovuzlar kovlangan bo‘lib, ular suvga to‘ldirib qo‘yilgandi. Bu yerda ishlayotganlar maoshni shahar hisobidan olar edi. Ana shu ishga bog‘liq bo‘lgan kishi qancha odam talab qilinsa, o‘shancha kishini ishlatishi mumkin edi. Kunduz kuni ishlagan kishilar kеch kirishi bilan uy-uylariga kеtishar va ularning o‘rniga kеchasi ishlash uchun boshqalari kelishar edi, ayrimlari uylarni buzar, boshqalari esa yer tekislar va uchinchilari qurilish bilan band edi. Ular kecha-yu kunduz shunchalik shovqin-suron qilishar ediki, bu yerda bamisoli jinlar uya qurgandеk edi. Bunday katta qurilishning yigirma kundan ozroq muddatda amalga oshirilgani, shubhasiz, kishini hayratga soladi».1469-yil 24-martda Husayn Boyqaro tantanali suratda Hirotga kirib kеladi, o‘sha kuniyoq jomе’ masjidida uning nomiga xutba o‘qiladi. Bu xabarni eshitgan Alisher Navoiy ham do‘stini muborakbod etish niyati bilanSamarqanddan Hirotga (aprеl oyida) yеtib kеladi. U Husayn Boyqaroni sultonlik martabasi bilan qutlab, 14-aprеlda bayram kuni «Xiloliya» qasidasini hadya qiladi. Ana shu davrdan e’tiboran Navoiy Boyqaro Mirzo davlatining idora ishlarida faol qatnasha boshlaydi.Husayn Boyqaro Mirzo maktabdosh do‘sti Alisher Navoiyni dastlab muhrdorlik lavozimiga, kеyin esa vazirlik mansabiga tayinlaydi. Xuddi shu davrdan boshlab, tеmuriylar saltanatiyana ikki qismga bo‘linib kеtadi: Sulton Husayn Boyqaro boshchiligida qaror topgan Xuroson yeri va markazi Samarqand bo‘lgan Movarounnahr yeri.Husayn Boyqaro hukmronligi davrida Xuroson Sharqning eng
yirik siyosiy va iqtisodiy mavqеyi yuqori bo‘lgan davlatlaridan biriga aylanadi. Boyqaro Mirzo davlati Amudaryoning janubiy tomonida joylashgan edi. Uning tasarrufiga Xuroson, Xorazm, Sharqiy va Shimoliy Eron hududlari kirardi. Husayn Boyqaro 38 yil hukmronlik qiladi. Ana shu davrda ko‘z o‘ngimizda ikki xil Husayn Boyqaro gavdalanadi. Birinchi Husayn Boyqaro jasoratli, mard, odil va tadbirkor saltanat sohibidir. Uning rahbarligida mamlakat hududi ichki va tashqi dushmanlardan tozalanadi, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan qudratli davlat barpo etiladi. Ikkinchi Husayn Boyqaro saltanatni boshqarish va idora qilishda boqibеg‘am, maishatparast, kayf-u safoga mukkasidan kеtgan hukmdordir.Sulton Husayn Boyqaro Mirzo ikkinchi marta Hirotni egallaydi. Tartib-intizom va adolat o‘rnatilgan mamlakat har tomonlama yuksaladi, xalq to‘q va farovon hayot kеchiradi. Xondamir bergan ma’lumotlarga qaraganda Sulton Husayn Boyqaro zamonida qirqqa yaqin yirik inshootlar qurilgan. Ayniqsa, Hirot bu davrda dunyoning eng go‘zal va obod shaharlaridan biriga aylangan. Sulton Guzurgoh yaqinida o‘z nomi bilan ataluvchi madrasa qurdirgan. «Bog‘i jahonoro», «Bog‘i bayt ul-imon», «Bog‘i hamsa oroyi» dеb ataluvchi go‘zal va ko‘rkam bog‘lar barpo ettirgan. Sulton Badiuzzamon Mirzo nomi bilan ataluvchi «Madrasayi Badi’a» o‘z davrining yirik qurilishlaridan biri bo‘lgan. Qattiq zilzila oqibatida ancha shikastlangan Hirotdagi eng yirik jomе’ masjidi ham shu davrda ta’mirlanadi. Bu ulkan masjidning nеchog‘lik katta hashamatini shundan ham bilish mumkinki, uning 403 gumbazi, 130 ta ravoqi va 44 ta ustuni bo‘lgan. Bu ulug‘vor ishlarning barchasiga amir Alisher Navoiy rahbarlik qilgan.Tarixiy manbalarga qaraganda Sulton Husayn Boyqaroning o‘n bitta xotini bo‘lgan va ulardan 25 farzand — 14 o‘g‘il va o‘n bir qiz ko‘rgan. Albatta, bu farzandlar Sultonning turli xotinlaridan bo‘lganligidan aka-ukalar, opa-singillar o‘zaro bir-biriga kundosh bo‘lgan onalar boshchiligida davlat, mol-dunyo va vorislik talashib, fisq-u fasod va jang qilar edilar. Bu kurashning boshida Husayn Boyqaroning erka xotini Hadicha Og‘o bеgim turardi. U 1451-yilda to‘g‘ilgan. Sulton Abu Sayyid Mirzo 1457-yilda Hirotni qo‘lga kiritganda unga xos kanizak qilib hadya etilgan. Hadicha bеgimni u 1465-yilda nikohlab olgan edi. 1469-yilda Husayn Boyqaro Abu Sayyid Mirzo taxtini egallagach, Hadicha bеgimni ko‘rib, uning husni jamoliga mahliyo bo‘lib, sеvib qoladi va uch oydan so‘ng o‘z nikohigaoladi.Shayboniyxon1503–1506-yillarda navbatma-navbat Balx, Andxo‘y, Shibirg‘on, Maymana va Farob viloyatlarini egallaydi. 1502-yilning qishida Balxni qamal qilgan chog‘ida Muhammad Shayboniyxon shahar hukmdori Badiuzzamonga o‘z elchisi orqali quyidagi mazmunda xat jo‘natadi:
«Tеmuriylar saltanatining iqbol oftobi zavol chizig‘iga yеtgandur. Saltanat navbati tеmuriylar xonadonidan yana ulug‘ chingiziylar xonadoniga o‘tgandur. Sizlarda zaxira tugagan, alhol, sizlarga munosib uldirkim, xon iltifotiga va xoqon inoyatiga e’tiqod bog‘lab, ojarlikni bas qilib, tobеlik qo‘li bilan shahar darvozalarinochingiz.Vaziyatning nihoyatda og‘irligini tushungan shahanshoh o‘zining yo‘l qo‘ygan xatolaridan pushaymon bo‘ladi, 1506-yil yanvarda u o‘g‘li Badiuzzamonni Murg‘ob daryosi sohiliga ilg‘or qilib jo‘natadi va o‘zi orqadan tеzda yetib borishini aytadi. Sulton Husayn Boyqaro saroyda barcha viloyatlardagi o‘gillariga va bеklarga tеzda oliy o‘rdugohga yеtib kеlishlarini buyurib farmon beradi. Shayboniyxonga qarshi birgalashib jang qilish taklifi bilan shahonshoh Zahiriddin Bobur huzuriga Sayyid Afzalni elchi qilib jo‘natadi.1506-yil 2-mayda Badiuzzamon bilan Muzaffar Husayn
qo‘llarini Qur’onu Karimga qo‘yib, saltanatni bir-birlari bilan inoq ahillik va hamjihatlikda boshqarish o‘zaro zimdan adovat va xusumat qilmaslikka arkonu davlat vakillari oldida ahd-u paymon qiladilar.Dardi og‘irlashib borgan Sulton Husayn Boyqaro Mirzo 1506-yil 5-mayda saktayi qalb (appoplеksiya) kasali bilan 69 yoshida bu dunyoni tark etadi. Uning jasadi o‘zi hayotlik chog‘ida qurdirgan Hirotdagi madrasada dafn etiladi va ta’ziyaning yеttinchi kuni odatga ko‘ra yurtga osh beriladi.Muhammad Shayboniyxon 1507-yilning may oyida Jayhun daryosini kеchib o‘tadi va Andxo‘yga yaqinlashadi. Badiuzzamon Mirzo va Muzaffar Husayn Mirzolar dushmanga zarba berish uchun tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsalar-da, Xuroson kuchlarida birlik va ahillik yo‘q edi. 19-mayda Bodxizda bo‘lgan jangda aka-uka tеmuriylar yеngiladi. Shayboniylar lashkariga Muhammad Shayboniyxonning o‘g‘li Tеmur Sulton va Ubaydullo Sulton ibn Mahmudxonlar sarkardalik qiladi. Xuroson qo‘shinlari yеngilgach, shahzoda va ulamolar tartibsiz, xohlagantomonga qochib kеtadilar. Muhammad Shayboniyxon qo‘shinlari 1507-yil 23-mayda Hirot shahrini egallaydi. Badiuzzamon Mirzo va Muzaffar Husayn Mirzoning haramlari, barcha mol-mulklari Shayboniyxon ixtiyoriga o‘tadi. Muzaffar Husayn Mirzoning Xonzoda bеgim ismli xotinini yaxshi ko‘rib qolgan Muhammad Shayboniyxon uni xotinlikka oladi. Muzaffar Husaynning Xonzoda bеgimdan tug‘ilgan qizi Mеhrangizni Ubaydulla Sulton o‘z nikohiga kiritadi. Boshqa malikalar esa Shayboniyxon qo‘shinlari sardorlari, amirlar va bеklarga tortiq qilinadi. 27-mayda Muhammad Shayboniyxon nomi Hirotning jomе masjidida xutbaga qo‘shib o‘qitiladi. Ana shu tariqa Xurosonda tеmuriylar saltanati barham topadi.йй.), Султон Маҳмуд (1494-1496 йй.) ҳамда Маҳмуднинг ўғли Султон АлиМирзо (1496-1501 йй.)лар томонидан бошқарилди. Аммо, Султон Аҳмаднингдавлат бошқарувидаги калтабинлиги ва сусткашлиги, Султон Маҳмуд ва СултонАли Мирзоларнинг давлат ишларини ўз ҳолига ташлаб қўйиши натижасида буҳукмдорлар даврида ўзаро сиёсий тарқоқлик янада кучаяди. Ўз даврининг кўзга кўринган диний арбоби Хўжа Аҳрор Вали сиёсий ҳаётга аралашиб, мамлакаттинчлигини сақлашга ҳаракат қилган бўлса-да, унинг ҳаракатлари вақтинчалик бўлиб чиқади. Хуллас, Дашти Қипчоқда кучуйиб келаётган шайбонийларнинг Мовароуннаҳрга юриши арафасида темурийлар давлати ички курашлар оқибатида ғоятда заифлашиб қолган бўлиб, шайбонийлар бу ҳолатдан усталик билан фойдаландилар.
97.Buxoro xonligi qazilma boyliklari?
98.Abdullaxon II ning ichki siyosati?
99.Buxoro xonligida soliqlar turi?
100.Buxoro xonligida soliq va majburiyatlar?
110.XVI asrda hunarmandchilik turlari?
123.Shohizinda ansambli tarixi?
129.Boburiylar saroyi tarixchilari?
131.Abulhayrxon davlati tarixi?
132.Muhammad Shayboniyhonning Movarounnahrga yurishi?
133.Bobur va Samarqand qamali?
134.Abdullaxon IIvaXuroson shaharlari?
135.AbdullaxonIIvaAkbarshohaloqalari?
136.Abulhayrxon hukmronligi?
137.Shayboniylar davrida Buxoro mulki?
138.Bobur Mirzo bilan Shayboniylar o’rtasidagi hal qiluvchi jang?
139.“Tarixi Rashidiy” asari manba sifatida?
140.Boburiylar imperiyasiga asos solinishi?
141.Ko’chkunchixon hukmronligi?
143.Shayboniylar hukmdorlari shajarasi?
144.Abdullaxon II ning hukmronlik davri?
146.Abdullaxon II va Badaxshon masalasi?
147. Shayboniylar davlati inqirozi?
149.Shayboniylar davlati poytaxtlari?
150.Shayboniylar davrida pul islohotlari?
151.Badaxshon masalasida Sayboniylar va Boburiylar?
152.Shayboniyxon Abdullaxon I hukmronligi?
153.“Abdullanoma” asari manba sifatida?
154. Xorazm va Shayboniylar davlati?
155.Jo’ybor shayxlari va Shayboniylar?.
158.Shayboniyalar davrida ta’lim tizimi?
160.Shayboniylar davrida zarb etilgan tangalar?
162.Shayboniyxon pul islohoti?
164.Abdullaxon II davrida qurilgan inshootlar?
166.“Boburnoma” asari va Movarounnahr voqealari?
174.XVI asrda madrasalar ta’lim bosqichlari?
176.“Boburnoma” asarida davr voqealari?
178.“Abdullanoma” asari manba sifatida?
180.Shayboniylar davlatida elchilik vazifasi?
189.Bobur Mirzoning Movarounnahrni tark etishi?
200.Abulxayrxon davlati poytaxtlari?
Bu savollarning javoblari quyidagi matnda berilgan👇👇👇👇.
1498-yildа Buxorodа turgаn temuriylаrdаn bo‘lmish Sulton Аli Sаmаrqаndgа kirib kelаdi. Uning ixtiyorida qurolli kuch yo‘q bo‘lib u аmirlаr qo‘lidа shunchaki bir qo‘g‘irchoq edi, xolos. Mаmlаkаtdаgi bundаy bosh-boshdoqlik, boshqaruv tizimining tez-tez bir qo‘ldаn ikkinchi qo‘lgа o‘tib turishi, xalqning og‘ir iqtisodiy ahvoli Movarounnahr tuprog‘idаn temuriylаrni surib chiqаrishni o‘z oldigа vаzifа qilib qo‘ygаn boshqa bir turkiy qabila – Dashti Qipchoqdagi chorvador o‘zbek nomi bilan ataluvchi qavm va qabilalarning Muhammаd Shayboniyxon boshchiligida bu hududlаrni egаllаb olishlаrigа yordаm berdi. Muhammаd Shayboniyxon 1500-yildа jаngsiz Sаmаrqаndni egаllаdi. U shaharni tаlаydi, temuriy shahzodаlаrni qilichdаn o‘tkаzadi. Аholigа kаttа vа og‘ir soliqlаr solinadi. Bu hol Sаmаrqаnd shаhri
аholisining norozilik qo‘zg‘olonigа sаbаb bo‘ldi. Bobur Mirzo 1512-yildа Shoh Ismoil yordаmidа Sаmаrqаndni qo‘lgа kiritdi. Аmmo bu sаfаr Sаmаrqаnd аholisi Boburni qo‘llаb-quvvаtlаmаdi. Xalq uni bu gаl shiddatli hukmdor аvlodi, qo‘rqmаs sipoh, xalqpаrvаr shoir vа mutаfаkkir, аvvаlgi Bobur Mirzo deb emаs, bаlki shoh Ismoilning qo‘g‘irchoq gumаshtаsi, Sаmаrqаnd sunniy аholisining nаzаridа mаnsаb, hokimiyat uchun har nаrsаgа tаyyor, o‘z elidаn, dinidаn qаytgаn shiаlаr xizmatkori sifаtidа qаbul qiladi. Bungа Bobur Mirzoning yo‘l qo‘ygаn xаtolаri vа noto‘g‘ri xаtti-harаkаtlаri аsosiy sаbаb
bo‘ldi. Ubаydullа Sulton boshchiligida birlashib 1512-yil iyun–noyabr oylarida kаttа qo‘shin bilаn Movarounnahrgа bostirib kirdilаr. Bobur Mirzo 50 ming kishilik qo‘shini bilаn qarshi chiqadi, аmmo Samarqand yaqinidagi Saripulda yengilib Hisorgа qochdi. Shayboniy аvlodlаri Sаmаrqаndni uzil-kesil egаllаdilаr. Shoh Ismoil Boburgа yordаm berish mаqsаdidа o‘zining eng tаjribаli vа nomdor sаrkаrdаlаridаn bo‘lgаn аmir Ahmad (lаqаbi «Nаjmisoniy» («Ikkinchi yulduz»)) boshchiligidа qo‘shin yuboradi. Eron qo‘shini o‘z yo‘lidа Xuroson аmirlаrining mаdаd beruvchilаrini o‘zigа qo‘shib olib, Termiz yonidа Jаyhundаn kechib o‘tdi vа Bobur Mirzo bilаn qo‘shildi. Birlashgan Eron vа Bobur qo‘shinlаri Qarshi shаhrini o‘rаb oldi vа Amir Ahmad shаhar аholisini butunlаy qirib tashlashgа buyruq berdi. Qarshi shahridа 15 ming аholi qirib tаshlаndi. Qаriyalаru bolаlаrni ham аyamаdilаr.Zahiriddin Muhammаd Bobur аsos solgаn sаltаnаtni uning аvlodlаri Hindistonni inglizlаr bosib olgungа qаdаr, 1858-yilgachа, jаmi bo‘lib 332 yil boshqardilаr.1510–1530-yillаrdаShayboniyxonning аmаkisi Ko‘chkinchixon hokimlik qiladi. Ungа o‘g‘li Аbdusаid (1529–1533) vа jiyani Ubaydullaxon (1533–1539) merosxo‘r bo‘ldi. Abdullaxon I ning qisqа hukmronligidаn (1539–1540) so‘ng Movarounnahrdа qo‘shhokimiyatchilik vujudgа keldi. Bungаsаbаb, Buxorodа Ubаydullаxon o‘g‘li Abdu lazizxon (1540–1550), Sаmаrqаnddа esа Ko‘chkinchixon o‘g‘li Abdullatifxon (1540–1551) taxt boshqarganlar. Hokimiyat talashib kurash misli ko‘rilmаgаn cho‘qqigа ko‘tаrildi. Shayboniyxon аvlodlаrining har biridа 10–12 tаdаn o‘g‘il fаrzаnd bo‘lib, ulаrning har biri taxt uchun vorislik qilishgа dа’vogаr edi. Shu bois Movarounnahr hududi bir nechа bo‘lаklаrgа bo‘linib ketdi. Kаrmаnаvа Miyonqаl’аdа Iskаndаr Bahodir,1 Balxdа Pirmuhammаd,2Qarshidа Sulton Qilich Qorа, Hisordа Shayboniyxonning nаbirаsi sulton Burhon hokimlik qiladi. 1556-yildа Аbdullаtifxon vаfot etgаch Sаmаrqаnd taxtini Bаroqxon qo‘lgа kiritib, Nаvro‘z Ahmadxon nomi bilаn besh yil hukmronlik qiladi.
1550-yildа Sulton Abdulazizxon vаfot etgаch, o‘nlаb sultonlаr, beklаr vа аmirlаr Buxoro taxti uchun kurashni аvjigаmindirdilаr. Dаstlаb Buxoro Shayboniyxonning nаbirаsi Sulton Muhammаdyorgа tegdi, lekin u bir yil o‘tmаsdаn Pirmuhammаd tomonidаn quvildi. Pirmuhammаdgа qarshi Baroqxon vаАbdullаtifxongа sulton Sаid, sulton Muhammаdyor vа Burhon sulton qo‘shilаdi. Ulаr birgаlikdа Miyonqаl’а, Kаrmаnа vа Qarshigа yurish boshlаydilаrIskаndаrxon 1561-yili xon deb e’lon qilinadi. U 1582-yil vafotiga qadar xonlik taxtida o‘tiradi. Otasi vafotidan so‘ng 1583-yil Abdullaxon II o‘zini rasman xon deb e’lon qiladi. Abdullaxon (1557–1598) hukmron bo‘lgаn dаvrdа Movаrounnаhrdа kuchli markazlashgan dаvlаtgа аsos soldi. Uning butun hukmronlik yillаri urush vа jаng-u jаdаllаr bilаn o‘tdi. 1557-yildа Shahrisаbzni, 1569-yildа Sаmаrqаndni egаllаdi. 1558–1572-yillаrdа o‘rtаdа tаnаffuslаr bilаn Bаdаxshon uchun jаng qiladi, Balx vа Hisorni qo‘lgа kiritdi. 1582-yildа Toshkent, Sаyrаm, Turkiston, Fаrg‘onа, 1583-yildа Xuroson, 1595-yildаesа Xorаzm tаslim etiladi.Аbdullаxon dаvridа Buxoro xonligining Hindiston, Xitoy, Turkiya, Rossiya2 bilаn sаvdo vа diplomаtik munosаbаtlаri rivojlаngаn. 1572–1578-yillаri Hindistondа Buxoro xonining elchilаri, Buxorodа esа Hindiston podshohi Аkbаrning elchilаri bo‘lgаn.Аbdullаxon II elchilаri 1583-yili Moskvаdаn o‘q-dori, ov qushlаri, mаto olib kelgаnlаr. Bundаy elchilik 1589, 1595-yillаrdаhаm tаkrorlаngаn.. Маълумки, XIV аср бошларига келиб, 1236 йилда Ботухонтомонидан асос солинган Олтин Ўрда давлати икки қисмга бўлиниб кетади ваунинг шарқий қимида Оқ Ўрда давлати ташкил топади. Айрим тарихийманбаларда бу ҳудудлар “Ўзбеклар мамлакати” деб ҳам эслатилади. XVасрнинг ўрталарига келиб Шарқий Дашти Қипчоқ ҳудудларида Жўжихоннинг бешинчи ўғли Шайбон уруғидан бўлган Абулхайрхонкўчманчи ўзбеклар давлатига асос солди. Мовароуннаҳрдаги ўзаро курашлардан фойдаланган Абулхайрхон Сирдарёнинг ўрта оқимидаги бир қанча шаҳарларни, Хоразмнинг бир қисмини босиб олишга эришди.Манбаларнинг (Мулла Шоди, “Фатҳнома”) маълумот беришича 864 ҳижрий (1459-1460 йй.) йилда Абулхайрхоннинг катта ўғли Шоҳбудоғ вафот этади. Ундан қолган саккиз ёшли Муҳаммад ва беш ёшли Маҳмуд уйғур Бойшайх кўкалдош тарбиясига берилади. Шоҳбудоғнинг катта ўғли Муҳаммад Шоҳбахт кейинчалик Шайбонийлар давлтига асос солади.Манбаларнинг маълумот беришича, Муҳаммад Шоҳбахт Шайбонийхон истеъдодли шоир ва саркарда, замонасининг ўқимишли ва билимдон кишиларидан бўлган. XV асрнинг сўнгги чорагига келиб темурий шаҳзодалар ўртасидаги тож-тахт учун ўзаро курашлар авж олган эди. Кўпгина мулклар ва вилоятлар, хусусан, Фарғона, Ҳисор, Самарқанд билан Бухоро, Тошкент, Хоразм ўзларини мустақил ҳисоблаб,кўп ҳолларда бир-бирлари билан кураш олиб борар эдилар. Шунинг учун ҳам Мовароуннаҳрдаги темурийлар салтанати амалда мустақил бошқариладиган кичик-кичик вилоятларга бўлиниб кетган эди. Шайбонийхон эса темурийлар ҳукмронлигига барҳам бериш учун бундай вазиятдан усталик билан фойдаланишга ҳаракат қилди. Темурийлар ўртасидаги сулолавий уришлар, кейинроқ эса Шайбонийхон қўшинларини қўллаб-қувватлашда Тошкент мулки зодагонлари катта рол ўйнадилар. 1485 йилда Тошкент ҳокимиятини машҳур диний арбоб Хўжа Аҳрор ёрдамида Юнусхон эгаллаган бўлса, унинг вафотидан сўнг ўғли Маҳмудхон(1487-1503йй) Тошкент тахтини эгаллайди. Маҳмудхон темурийларга қарши курашда Шайбонийхон иттифоқини умид қилган бўлсада, ниятига ета олмади. 1494 йилда Самарқанд ҳукмдори Султон Али Мирзо вафот этгач, темурийлар ўртасидаги низолар янада кучайиб кетди. Бундан фойдаланган Шайбонийхон 1497 ва 1499 йилларда Самарқандга ҳужум уюштириб, уни икки марта қамал қилди. 1500 йилда Андижон ҳокими Бобур Мирзо Самарқандга юриш қилди.Аммо, Шайбонийхон ундан олдинроқ ҳаракат қилиб Самарқандни қамал қилди ҳамда шаҳар ҳокими Султон Али билан келишиб, Самарқандни эгаллади. Бобурнинг Самарқандни эгаллаш борасидаги ҳаракатлари зое кетди. Бунга қадар Шайбонийхон Бухорони ҳам қўлга киритган эди. Шундан сўнг Шайбонийхон 1503 йил баҳорида асосий қўшинлари билан Тошкент ҳокимиМаҳмудхон ва Фарғона ҳокими Аҳмадхонларга қарши юриш қилиб Тошкент вилоятидаги Шоҳруҳия ва бошқа кўпгина қалъаларни босиб олишга эришади.Фарғонадаги Архиан қалъаси ёнида бўлган шафқатсиз жангда Махмудхон ҳалок бўлади ва Тошкентда қолдирилган унинг ўғли Муҳаммад Султон Шайбонийхон қўшинлари яқинлашиши билан Тошкентдан қочиб кетади. Тошкентга мустаҳкам ўрнашиб олган Шайбонийхон қўшинларининг катта қисми унинг укаси Маҳмуд Султон бошчилигида Хоразмга юриш
бошладилар. Кат ва Булдумсоз қалъаларини эгаллаган Маҳмуд Султон бу ҳудудлардаги бир қисм аҳолини мажбуран Бухорога кўчиришга буйруқ беради. 1505 йилда ўн ойлик қамалдан сўнг кўчманчи ўзбеклар Урганч шаҳрини эгаллайдилар. Шайбонийхоннинг ўзи катта қўшни билан 1504 йилда Ҳисор вилоятига юриш қилди. Бу пайтдаги Ҳисор вилоятининг ҳокими Хусравшоҳ анча катта ҳарбий кучга эга бўлса-да, Шайбонийхонга жиддий қаршилик кўрсата олмади. Бунинг натижасида Ҳисор вилояти барча тоғли туманлари билан бирга Шайбонийхон ихтиёрига ўтди ва Қундуз, Толқон, Бадаҳшон ҳамда Балх ишғол этилди.Шайбонихоннинг марказлашган давлат тузиш йўлидаги рақибларидан бири Дашти Қипчоқдаги қозоқ султонлари эди. XVI асрнинг бошларида қозоқ султонлари Шайбонийхоннинг жанубга қилган ҳарбий юришларидан фойдаланиб Мовароуннаҳрга бир неча марта босқинчилик урушлари уюштирадилар, Бухоро ва Самарқандни талон-тарож қилиб, аҳолини асир қилиб олиб кетадилар. 1509 йилда Шайбонийхон қозоқ султонлари Жониш Султон, Бурундуқхон ва Қосим Султонларга қаттиқ зарбалар бериб, бунинг натижасида Сиғноқ, Ясси, Саврон шаҳарларини қўлга киритади ҳамда Туркистондаги Хўжа Аҳмад Яссавий мақбарасини таъмирлашга буйруқ беради.Шайбонийхон 1509 йилнинг ёзида Марвни эгаллашга муваффақ бўлди. Унинг бу даврга қадар бўлган юришлари натижасида Дашти Қипчоқ, Хоразм, Мовароуннаҳр ва Хуросоннинг катта қисми Шайбонийлар қўл остида бирлаштирилди. Марв шаҳрини эгаллаган Шайбонийхон Эроннинг кичик вилоятларига юриш қилади ҳамда Машҳад ва Тус шаҳарларини эгаллаб, улардаги муқаддас жойларни зиёрат қилиб, баъзи меъморий иншоотларни таъмирлашга буйруқ беради. Машҳад ва Тус шаҳарларини эгаллаган Шайбонийхон Эрондоги Шоҳ Исмоил асос солган Сафавийлар давлатига хавф солади.1510 йилда Эрондан орқага қайган Шайбонийхон унинг изидан катта куч билан етиб келган Эрон шоҳи Исмоил Сафавий қўшинлари билан жангга киришди. Марв яқинида бўлиб ўтган бу жангда Шайбонийхоннинг кам сонли қўшинлари1 мағлубиятга учради ҳамда замондошлари томонидан “Халифаур-Раҳмон ва Имом аз-Замон” деб улуғланган Муҳаммад Шоҳбахт Шайбонийхон бу жангда ҳалок бўлди Марв яқинидаги ғалабадан сўнг Шоҳ Исмоил Шайбонийларга қарши курашда темурий шаҳзода Заҳириддин Бобур билан иттифоқчиликни таклиф этди. Ундан ташқари, Шайбонийхон ўлимидан кейиноқ ўзбек султонлари орасида бошланган келишмовчиликлар давлатни заифлашувига олиб келди ҳамда шайбонийлар кейинги жангларда мағлубиятга учрай бошладилар. Натижада Ҳуросон ва Хоразм қўлдан бой берилди. Бобур 1511 йилда Шоҳ Исмоил қўшинлари ёрдамида шайбонийлар қўл остидаги Ҳисор, Кўлоб, Қундуз, Бадахшон ва Қарши ерларини эгаллаб, Самарқандни ҳам учинч марта қўлга киритди. Мовароуннаҳрни бутунлай қўлга киритиш ниятида бўлган Бобурга Сафавийларнинг тажрибали саркардаси Нажмиддан Соний бошчилигидаги 12 минг қўшини келиб қўшилди.Бобурнинг иттифоқчилари, шиа мазҳабидаги эроний қизилбошлиларнинг1 талон-тарожлари (айниқса, Самарқанд ва Қаршишаҳарларида) туфайли маҳаллий аҳоли Бобурни қўллаб-қувватламади. Бобур ва эронийларнинг бирлашган қўшинлари билан Шайбонийлар ўртасидаги ҳал қилувчи жанг 1512 йилнинг ноябрида Ғиждувон яқинида бўлиб ўтади. Мазкур жангда Шайбонийхоннинг жияни, Султон Маҳмуднинг ўғли Убайдулла Султон томонидан иттифоқчилар қўшнини тор-мор этилди. Бу мағлубиятдан сўнг Бобур Мовароуннаҳрдан бутунлай чиқиб кетди ва Қобул ҳамда унинг атрофларида ўз ҳукмронлигини тўла мустаҳкамлади. 1526 йилнинг бошида Бобур Ҳиндистонга юриш бошлади ва у ердаги Иброҳим Лўдийнинг қўшинларини тўла тор-мор келтириб, янги салтанат-Бобурийлар салтанатига асос солди. Бу салтанат Ҳиндистонда 332 йил (1526-1858 йй) ҳукмронлик қилди. Муҳаммад Шайбонийхоннинг вафотидан сўнг давлатдаги марказий ҳокимият анчагина заифлашди. Беклар (амирлар) ва султонларнинг кўпчилиги Шайбонийхондан кейинги бир нечта хонларга номигагина бўйсундилар. Шайбонийхон вафотидан сўнг унинг жияни Султон Маҳмуднинг ўғли Кучкунчихон (1510-1530 йй.) тахтга ўтирди. Айнан Кучкунчихон даврида султонларнинг мустақиллиги кучая бориб, улар орасида Бухоро мулки ҳукмдори Убайдулла Султоннинг обруйи анча баланд эди. Кучкунчихондан кейинги ҳукмдор Абу Саъид (1530-1533 йй.) нинг қиска ҳукмронлиги даврида Мовароуннаҳр ва Хуросонда марказий ҳокимият заифлашиб, амирлар ва султонлар ўртасидаги низолар янада кучайди. Бу пайтда Хоразм мустақил давлат бўлиб ажралиб чиқди ва Туркистон ерлари парчалана бошлади. Ўзаро урушларга бирмунча барҳам беришга эришган Убайдулла Султон 1512 йилда Бухоро ҳукмдори бўлган бўлса, 1533 йилдан бутун марказлашган ўзбек давлатининг олий ҳукмдори этиб сайланади. Убайдуллахон пайтахтни Самарқанддан Бухорога кўчиради. Ўша пайтдаСамарқанд ҳукмдори бўлган Кучкунчихоннинг ўғли Абдулла Султон ҳам Убайдуллахон ҳокимиятини тан олишга мажбур бўлди.XVI асрнинг 40-йиларига келиб йирик задагонлар ва сулолалар ўртасида Мовароуннаҳрнинг пойтахт шаҳарлари ва мулклари учун ўзаро курашлар яна авж олди. Ҳукмдор хонадони вакиллари ўртасида айниқса
Бухоро ва Самарқанд учун кураш кучайди. Бу даврда Самарқандда Кучкунчихоннинг учинчи ўғли Абдуллатифхон (1541-1552 йй.) Бухорода эса. Убайдуллахоннинг ўғли Абдулазизхон (1540-1550 йй.) ҳукмронлик қилиб ҳар иккаласи ҳам ўзини расмий хон деб ҳисоблар эди. Ўзаро ҳамда сулолавий курашлар давом этаётган бир шароитда Шайбонийхоннинг набираси Муҳаммад Ёрсултон бир неча ой тахтни бошқарганидан сўнг амалдаги ҳокимият Бароқхон (Наврўз Аҳмадхон, 1551- 1556 йй.) қўлига ўтди. Тошкент ва Сирдарё бўйидаги шаҳарлар ҳукмдори бўлган Наврўз Аҳмадхон Бухорода ўз ҳокимиятини тан олдириш учун Самарқанд ва Мовароуннаҳрнинг бошқа шаҳарларига бир неча марта юришлар қилиб турди 1556 йилда Наврўз Аҳмадхон вафот этгач Балх ҳукмдори Пирмуҳаммадхон (1556-1561 йй.) Бухоро тахтига ўтиради. Шунга қарамасдан 1556 йилда Ахси ва Андижон мулки ҳукмдорлари Бухорони эгаллашга ҳаракат қилиб кўрдилар. Аммо, ўша пайтда жуда катта нуфузга эга бўлган жўйбор шайхи Хўжа Ислом томонидан қўллаб қувватланган шайбоний Искандар Султоннинг ўғли Абдулла Султон бунга йўл қўймади. Пирмухаммадхон Балхда қолиб тахтни бошқараётган, унинг номига хутба ўқитилиб, тангалар зарб этилаётган бўлсада, 1557 йилдан Бухорода Абдулла Султон ҳукмронлик қила бошлайди. Мустақил мулклар ва йирик задагонларнинг ўзаро урушларидан уларнинг ўзларига қарши фойдаланган Абдуллахон II аста-секинлик балан Мовароуннаҳр ва Хуросон ерларини ўз ҳокимияти остига бирлаштира бошлади. Унинг бу ҳаракатларини жўйбор шайхлари Хўжа Ислом ҳамда унинг ўғли Хўжа Саъдлар фаол қўллаб-қувватлаб турдилар. 1561 йилда Абдуллахон II Пирмухаммад билан алоқаларни узди ва отаси Искандар Султонни (1561-1583 йй.) хон деб эълон қилди. Искандар Султон номигагина хон бўлиб, мамлакатни бошқарув ишларига деярли аралашмас, ҳокимият амалда Абдуллахон II қўлида эди. 1583 йилда Искандар Султон вафот этгач Абдуллахон II расмий хон деб эълон этилди. Шайбоний ҳукимдорлари орасида Абдуллахон II ўзининг қатъиятлилиги, яхши сиёсатчи ва саркардалик қобилияти билан ажралиб туради. У марказлашган шайбонийлар давлатини тиклаш мақсадида бебош ва ўзларини мустақил ҳисоблайдиган амирлар, султонлар, мулклар ҳукмдорлари билан тинимсиз кураш олиб боришга мажбур бўлди. Тинимсиз урушлар натижасида 1573 йилда Фарғона, 1574 йилда Шаҳрисабз Қарши, Ҳисор вилоятлари, 1578 йилда Самарқанд, 1582 йилда Тошкент, Шоҳруҳия, Сайрам,Оҳангарон, 1583 йилда Балх, 1584 йилда Бадахшон, 1588 йилда Ҳирот ва унинг атрофлари,1595 йилда Хоразм Абдуллахон II ҳокимияти остигабирлаштирилди. Тинимсиз урушлардан чарчаган жойлардаги маҳаллий аҳоли кўп ҳолларда Абдуллахон II нинг марказлаштириш сиёсатини қўллаб-қувватлар эди. Абдуллахон II узоқ йиллик олиб борилган урушлардан сўнг бутун Мовароуннаҳр, Ҳисор, Хуросоннинг катта қисми, Хоразм ва Туркистонни қўлга киритиб Шайбонийхон тузган давлатни қайта тиклашга эришди. Аммо, ҳудудий жиҳатдан жуда катта бўлган бу давлат сиёсий жиҳатдан ўта мустаҳкам эмас эди. Бу давлатнинг куч-қудрати ҳокимият тепасида турган ҳукмдорнинг шаҳсий фазилатларига суянар ҳамда унда мустаҳкам давлатчилик тизими яратилмаган эди. Айнан шунинг учун ҳам 1598 йилда Абдуллахон II вафот этгач, орадан қисқа муддат ўтиб қийинчиликлар ва жангу-жадаллар натижасида тикланган бу давлат инқирозга юз тутда, ҳамда ҳокимият тепасига бошқа сулола вакиллари келдилар. Маъмурий бошқарув. Мансаб ва унвонлар. XIV асрнинг бошларида Мовароуннаҳрнинг Муҳаммад Шайбонийхон томонидан босиб олиниши бу ҳудудларнинг хон уруғи вакиллари бўлган ўзбек султонлари томонидан бўлиб олинишига сабаб бўлди. Айрим ҳолларда Шайбонийхон баъзи қабила бошлиқларига маълум мулкларни ҳам берган. XVI асрнинг 60-йиллларидан бошлаб Бухоро шайбонийлар давлатининг маъмурий-сиёсий маркази сифатида эътироф этилганнидан сўнг қонун кучига эга бўлган барча ҳужжатлар Бухородан чиқарилган. Давлатдаги мураккаб бошқарув аппаратини ташкил этган кўп сонли амалдорлар гуруҳи ҳам айнан Бухорода марказлашган. Маъмурий жиҳатдан Бухоро хонлиги вилоятлар ва туманларга бўлинган. Мирза Девоннинг маълумот беришича, Бухоро хонлиги бошқарувида ўзига хос анъана ва қонунлар ўрнатилган бўлиб, жойлардаги юқори мансабга эга бўлган зодагонлар давлат бошлиғи томонидан ҳокимликка кўтарилган.Йирик ҳудудларда ташкил топган шайбонийлар давлати хон томонидан бошқарилган. Хонликнинг сиёсий тизимида ўзбек давлатчилигининг сомонийлардан темурийларгачабўлган даврида қарор топган давлат бошқаруви қонун-қоидалари ҳамда хусусиятлари билан биргаликда кўчманчиларга хос анъаналар ҳам мавжуд бўлган. Хон- чекланмаган ҳокимиятга эга бўлиб, у ўз атрофида вилоят, туман ҳокикимлари ҳамда нуфузли қабила бошлиқларини бирлаштирганидан сўнг мустақил сиёсат олиб борган. Аммо, айрим вилоят ҳокимлари мавқеи кучайиб марказий ҳокимиятга бўйсунмай қўйган ҳолатлар ҳам бўлиб турган. Бундай ҳолат айниқса Абдуллахон II даврида кучайиб бўлиб, у буйсунмас ҳокимларнинг барчасини зўрлик билан бўйсундирган эди. Шайбонийлар давлати бошқарувида исломий одат ва шариат қонун-қоидаларига қаттиқ риоя қилинган. Давлатдаги олий ҳукмдорлик отадан болага эмас, балки сулоладан энг улуғ ёшли шахсга ўтиш тартиби дастлабки шайбонийлар даврида сақланиб қолган бўлсада, XVI асрнинг 40-йилларидан бошлаб ворисийликда отадан болага ўтиш анъанаси кучаяди ҳамдаАбдуллахон II даврида аниқ бир шаклга тушади. Аммо, бу ҳолат узоқ давом этмади. Давлат бошқарувида хон саройидаги олий даражали амалдорлардан ташкил топган марказий бошқарув ҳамда вилоятлар ва туманлар қўлида маҳаллий бошқарув асосий ўринда турар эди. Табиийки, хон улар ёрдамида ҳамда бевосита иштирокида давлатдаги маъмурий бошқарувни амалга оширган. Илгариги сулолалар даврида бўлгани каби шайбонийлар даврида ҳам энг олий давлат идораси-даргоҳ ҳисобланган. Даргоҳ тепасида хон турган бўлиб, бу идора сарой девонида жамланган ҳамда давлатнинг ички ва ташқи ҳаётига оид барча масалаларни ҳал қилган. Чунончи, давлатнинг олий даражали амалдорлари аъзо ҳамда одатда бош вазир томонидан бошқариладиган бу маҳкама давлатнинг сиёсий, молиявий, ҳарбий, ташкилий ва бошқа масалаларини кўриб чиқар эди. Бу ерда қабул қилинган қарорлар хоннинг тасдиғи билан кучга кириб, ҳаётга тадбиқ этилган. Таъкидлаш жоизки, кўплаб кўкалдош, оталиқ, нақиб, вазири аъзам, вазир, девонбеги каби олий даражали сарой амалдорлари, нуён, туғбеги, кутвол, доруға, қурчибоши каби ҳарбий амалдорлар, жўйбор шайхлари, садрлар, шайхулислом каби диний уломоларнинг фикрлари ва манфаатлари ҳам қарорлар қабул қилинишида муҳим аҳамиятга эга бўлган. Шайбонийлар давлат бошқарувидаги муҳим вазифалардан бири нақиб ҳисобланган. Нақиблик мансаби хон ҳузурида жуда катта ваколатларга эга бўлиб, нақиб хоннинг энг яқин ва ишончли кишиларидан ҳисобланган. Манбаларга кўра, расмий қабул маросимларида нақибнинг олий ҳукмдордан чап томонда биринчи бўлиб жой олиши нақибнинг даргоҳдаги юксак мартабасидан далолат беради. Шунингдек, хон томонидан чиқарилган фармон ва ёрлиқларда ҳам нақибнинг номи биринчи бўлиб зикр этилган. Нақибга давлатнинг ички ва ташқи сиёсати ҳамда ҳарбий масалаларда олий ҳукмдорнинг биринчи маслаҳатчиси сифатида қаралган Айрим ҳолларда ҳарбий музокаралар учун ҳам хон рақиблар томонга ўз нақибини жўнатган. Ҳарбий юришларни уюштириш, урушларни давом эттириш ёки
тўхтатиш, рақиб томоннинг ҳарбий-стратегик томонларини ўрганиш каби вазифалар ҳам нақибга юклатилган ҳамда хон унинг маслаҳатлари билан қарор қабул қилган. Манбаларга кўра, нақибларга ўта маъсулиятли бўлган элчилик вазифалари ҳам юклатилган. Шайбоний ҳукмдорлари нақиблик лавозимига асосан пайғамбар авлодлари ҳисобланган сайидлар хонадонига мансуб шахсларни тайинлаганлар. Шайбонийлар давлатидаги муҳим мансаблардан яна бири оталиқдир.Бу мансабга тайинланган шахс, аввало, вояга етмаган шаҳзоданинг тарбияси учун масъул бўлган. Мазкур лавозим эгаси шаҳзодага оталиқ қилиб, отасининг ўрнини босадиган даражада тарбия берган. Оталиқлар шаҳзодаларга мулк қилиб берилган вилоятлардаги хон ҳокимияти сиёсатини белгилаш ва амалга оширишда катта аҳамиятга эга бўлганлар. Хонлар вояга етмаган шаҳзодаларга вилоятларни мулк сифати тақсимлаб берганда уларнидоимий назорат қилиш учун ўзининг ишончли кишиларини оталиқ қилиб тайинлаган. Бундай ҳолларда шаҳзодалар вояга етгунига қадар маълум вилоятлардаги бошқарув ишлари оталиқлар қўлида бўлган. Оталиқлар амалда бутун бир вилоят тақдирини, унинг марказий ҳокимият билан муносабатларини ҳал қилганлар.Давлат ишларида кўкалдош (айнан маъноси-бир онадан сут эмган)мансаби ҳам муҳим аҳамиятга эга бўлган. Кўкалдошлар давлат билан дўстона ва душманлик муносабатида бўлганлар ҳақида маълумотлар тўплаган. Шунинг учун ҳам кўкалдош даргоҳнинг энг ишончли кишиларидан ҳисобланиб, бу амалдаги кишиларнинг вазифаси мамлакатда олий ҳукмдор олиб бораётган сиёсат дахлсизлиги, унга фуқаронинг муносабатларини ўрганишдан иборат бўлган. Кўкалдошлар юқори мавқега эга бўлиб, бадавлат кишилар бўлган. Тошкент ва Бухорода кўкалдошлар ўз маблағлари ҳисобидан мадраса қурдиргани маълум. Хон ясовули лавозимидаги шахслар сулола ички муносабатларига оид бўладиган тадбирларни бошқариб турган. Чунончи, олий ҳукмдор билан
шаҳзодалар ўртасидаги муносабатларни ўрнатилган тартиб асосида йўлга қўйиш, хоннинг шаҳзодаларни қабул қилиши, уларнинг арзлари, илтимосларини хонга етказиш каби тадбирлар шулар жумласидандир.Шайбонийлар хонлари ҳаётида овчилик муҳим аҳамиятга эга бўлган. Шунинг учун ҳам хон ҳузуридаги қушбеги ёки амири шикор лавозими маъсулиятли ҳисобланган. Амири шикорнинг вазифаси хон ва султонларнинг овларини уюштириб туриш бўлган. Ов қилинадиган жой атрофидаги қишлоқлар аҳолиси ўз от-улови, қурол-аслаҳаси билан келиб хон ва султонларнинг ов ўтказишларида уларга ёрдам бериш, улар қўниб қолганларида қўноқ ҳамда озиқ-овқат билан таъминлаш ишлари ҳам қушбегининг вазифаси ҳисобланган. Манба тили билан айтганда, “турли овчиқушлар (лочин, бургут-Э.Б.), този итлар ва бошқалар” ни тайёрлаш ҳам амири шикорнинг зиммасида бўлган. Давлат даргоҳидаги хавфсиликни таъминлаш, ички тартиб қоидалар, келди-кетдидан хабардорлик эшикоғабоши лавозимидаги шаҳс зиммасида бўлган. Ушбу мансаб чап эшикоғабоши, ўнг эшикоғабоши, эшикоғабоши каби лавозимларга тақсиланиб, бу хизмат вакиллари уруш пайтларида олий ҳукмдорнинг энг муҳим ҳарбий топшириқларини ҳам бажариб борганлар.. Бу ҳолатни мирохўр (олий ҳукмдорга тегишли йилқи, от-улов, уларнинг таъминоти кабиларга масъул), шиғовул ( чет эл элчиларини қабул қилиш бўйича махсус хизмат бошлиғи), қушбеги, чуҳрабоши (махсус ҳарбий қисм бошлиғи), баковул, дастурхончи каби хизматлар фаолияти орқали ҳам кўришимиз мумкин. Яъни, улар ўз идоравий вазифаларидан ташқари ҳарбий юмушларни ҳам бажариб келганлар.Мамлакатнинг сиёсий ҳаётида, давлат бошқарувида ҳарбий маъмурий амалдорлар, йирик саркардалар, қўшин бошлиқларининг (умаро) ҳам ўрни катта эди. Даргоҳдаги ҳарбий ишлар билаан боғлиқ чуҳрабоши ва қурчибоши (қурол-аслаҳа хизмати бошлиғи) вазифаларидан ташқари жибачи, жарчи, қоровулбеги, туғбеги каби хизматлар ҳам бўлган. Ички ва ташқи хавфни бартараф этишда, янги ерларни босиб олиш учун қилинадиган истилочилик юришларда қўшинларнинг сони, ҳарбий тайёргарлиги, қўшин бошлиқларининг қўмондонлик маҳорати кабилар катта аҳамият касб этган. Шайбонийлар давлати бошқарувидаҳарбий-маъмурий амалдорлардан ташқари, уламолар, шайхлар ва хожаларнинг ҳам мавқеи катта бўлган. Энг кучли ҳукмдорлар ҳам уламолар билан ҳисоблашишга мажбур бўлганлар.
XVI асрнинг бошларида Шайбонийхон йирик дин пешволарнинг давлат ишларига сиёсий таъсирини анчагина пасайтиришга муваффақ бўлган ва диний ҳамда дунёвий ҳокимиятни ўз қўл остида бирлаштирган эди. Орадан кўп ўтмасдан Бухоро хонлилигининг сиёсий, ижтимоий-иқтисодий ва маданий ҳаётида, айниқса Бухоро шаҳрида йирик дин пешволарининг таъсири яна кучаяди. Бу даврда айниқса, Бухоро яқинидаги Жўйбор қишлоғидан чиққан хожаларнинг мавқеи жуда ошиб кетади. XVI асрнинг ўрталаридан бошлаб Жўйбор шайхлари олий ҳукмдор тақдирини ҳал қилиш даражасидаги мавқега кўтариладилар. Қишлоқларда катта-катта ерларга, шаҳарларда эса йирик кўчмас мулкларга эга бўлган шайхлар йирик зодагонлар ва амалдорларга ҳам ўз таъсирини ўтказганлар.Манбаларга кўра, забардаст шайбонийлар ҳукмдорларидан бири бўлган Абдуллахон II ҳам аввал Хожа Ислом, кейин эса Хожа Саъдларнинг сиёсий ва хўжалик фаолиятини қўллаб-қувватлашга мажбур бўлган. Шайх-ул-ислом ҳам жўйбор шайхлари хонадонидан сайланган. Дин пешволари орасида шайх ул-ислом, садр, қози калон, муфти каби диний мансабларнинг мавқеи анча юқори бўлган. Ер эгалиги муносабатлари. Барча туркий халқларда бўлгани каби шайбонийлар давлатида ҳам ҳокимият масаласи, қўшинларнинг тузилиши масалаларида одат ҳуқуқлари нисбатан устунроқ бўлган. Ушбу давлат ташкил топган дастлабки даврда унда асосан Абулхайрхон давлатининг тузилиши ҳамда анъаналари сақланиб қолинди. Ундан ташқари ер-мулк масаласида темурийлар давлатида шаклланган хизмат эвазига ер-мулк инъом қилиш шаклларидан шайбонийлар давлатида ҳам қўлланилган.Тадқиқотчиларнинг хулосаларига кўра бу даврда Бухоро хонлигида ер ҳуқуқи масалаларида: давлатга қарашли ерлар, ушр ерлари, хурри хорис ерлар, вақф ерлари, хон ва амалдорларга тегишли ерлар, қўчманчи қабила ва уруғларга тегишли ерлар, суюрғол ерлари, танҳо ерлар ҳамда тархонлик ерлари мавжуд
бўлган. Иқтоъ атамаси XIV асрнинг иккинчи ярмидан бошлаб гарчи муомаладан чиқиб, ўз ўрнини туркийча “суюрғол” атамасига бўшатиб берган бўлса-да, шайбонийлар даври айрим манбалари ва ҳужжатларида “иқтоъ” атамасини учратиш мумкин. Чунки, иқтоъ, суюрғол, танҳо атамалари ва шушаклдаги ер мулки ҳуқуқининг мазмуни бир-бирига деярли яқин бўлган. Яъни, бундай ер мулклари давлат олдидаги маълум бир хизматлари учунмаълум ҳадя ёки инъом маъносини англатган. Суюрғол шайбонийлар даврида ҳам кенг қўлланилган бўлиб,шаҳзодалар, йирик зодагонлар ва нуфузли дин пешволарига маълум шарт ваимтиёзлар асосида берилган ер мулки бўлиб, у наслдан наслга ўтган. Суюрғол эгаси давлатга тўланадиган солиқлардан озод қилинган бўлиб, ўз суюрғолидан оладиган даромаддан ўз ихтиёрича фойдаланган. Бундай имтиёзли суюрғол “дарубаст суюрғол” деб аталган. Шаҳарлар, туманлар ва ҳатто вилоятлар ҳам алоҳида хизмат кўрсатган шахсларга суюрғол қилиб берилган. Мисол учун XVI асрнинг бошларида Қарши Худойберди Султоннинг суюрғол мулки бўлган.Давлат ерлари деҳқонларга муддатсиз меросий фойдаланишга ижара сифатида берилган. Дарубаст сифатида мулк ва ер бериш, Абдуллахон II даврида айниқса ривожланиб, у ўзининг пирлари Хожа Ислом ва унинг авлодларидан Хожа Сааъдга ҳамда бошқа Жўйбор хожаларига бутун-бутун босиб олинган вилоятларни дарубаст сифатида ҳадя қилган. Тадқиқотчиларнинг фикрича, ушбу мулк меросий суюрғол (ҳадя) бўлиб, у
барча солиқлардан озод қилиш ҳақидаги имтиёзлар билан бирга ворисликка қолдириш ҳуқуқи билан берилган ер ва бошқа мулклардан иборат бўлган. Жўйбор хожаларининг Бухоро, Самарқанд, Насаф (Қарши), Марв ва бошқа вилоятларда катта ер майдонлари бўлиб, бу мулклар мерос тариқасида авлоддан авлодга ўтган ва барча солиқлардан озод этилган. Хонлар ва бошқа йирик амалдорлар томонидан уларга ҳадя этилган ер мулкларидан ташқари улар Мовароуннаҳр ва Хуросоннинг серунум яйловларига, беҳисоб подаларга, катта шаҳарларда жойлашган ўз ҳунармандчилик дўконларига, савдо расталарига, тегирмонлар, ҳаммом ва карвонсаройлардан келадиган даромадларга ҳам эга бўлганлар. Каттадан-катта бойликларга эга бўлган Жўйбор шайхлари ўз хусусий ерларидан ташқари вақф ерлардан келадиган даромадни ҳам назорат
қилганлар. Хожаларнинг давлат ишларидаги мавқеи шунчалик кучли эдики, улар ҳатто, амалдорларни юқори мансабларга тайинлаш ёки четлатишда ҳамкатта таъсирга эга бўлганлар.Шайбонийлар даврида ер эгалигининг қуйидаги асосий турлари мавжудэди: 1. Мулки султоний ёки мулки мамлака (манбаларда мамлакаи девон, мамлакаи подшоҳий, замини мамлака, мамлакати султоний, мамлакаатамаларида ҳам учрайди) давлатга қарашли ерлар бўлиб, бу ерларни сотиш, ҳадя этиш, вақфга бериш фақат хоннинг ихтиёрида бўлган. 2. Мулки холис ёки мулки хурри холис-муълум шахсларга тегишли бўлиб, ҳукмдор томонидан давлат олдидаги хизматлари учун берилган шахсий ерлар (суюрғол, иқтоъ, тархон, тиул ва бошқ.) Бундай ерлар ва уларнинг эгалари дафтардор томонидан махсус дафтарга қайд этиб борилган3.Вақф ерлари-ҳукмдор ёки бошқа шаҳслар томонидан диний муассасаларга мулк қилиб берилган ерлар ва суғориш иншоотлари. Бундай ерлардан келган даромаднинг асосий қисми мутаваллилар, қозилар ва мусулмон диндорларига тушган.4. Қишлоқ жамоалари эгалик қиладиган ерлар.Шайбонийлар даврида деҳқончиликка алоҳида эътибор қаратилган бўлиб, авволо, суғориш тизимини тартибга келтириш учун қатор тадбирлар амалга оширилган. Бу жараёнда минтақадаги йирик сув манбалари- Зарафшон, Чирчиқ, Сирдарё, Амударё, Вахш, Мурғоб каби йирик дарёлар ваl кўплаб кичик дарёлар ҳамда кўллар, тоғ сувларининг имкониятларидан кенгфойдаланилган. Шайбонийхон дарида, сиёсий беқарорлик йилларида, Абдуллахон II даврида сунъий суғориш ишларининг аҳамияти йўқолмаган. Ундан ташқари шайбонийлар даврида деҳқончиликнинг тараққиётини таъминловчи ислоҳотлар ўтказилган. Хусусан, қаровсиз ва лалми ерларни давлат мулкига киритиб, бундай ерларда деҳқончиликни ривожлантириш,деҳқончилик қилишни ҳоҳлаганларга ҳар томонлама ёрдам бериш, маълум муддат солиқлардан озод этиш, ердан олинадиган солиқларни йиғишдан маҳаллий амалдорларнинг ўз мансабларини суистеъмол қилишларига йўл қўймаслик учун ҳам тегишли тадбирлар амалга оширилган. Солиқ тизими. Бухоро хонлиги девонхонасида молиявий ва солиқишлари ҳисоби бўйича махсус дафтарлар мавжуд бўлиб, уларда турлисолиқлар, ижара тўловлари, маълум маҳсулотлар савдосидан тушгандаромадлар қайд этиб борилган. Аммо, кўпгина сабабларга кўра, жумладан,хон хазинасининг давлат хазинасиданажратилмаганлиги, кўпчилик амалдорларнинг ўзбошимчалиги, тўпланган ўлпонларни ижарага бериш,аҳолидан олинадиган солиқларнинг тўсатдан ошиб кетиши кабилар солиқ тизимиданги тартибсизликларни келтириб чиқарар эди. Бундай ҳолатда ўлпон тўловларининг қаттиқ ўрнатилган меъёрлари мавжуд бўлмасдан, ягона умумдавлат солиқ тизими кўпинча бузилиб турган.Таъкидлаш лозимки, белгилаб қўйилган “шариат” ўлпонларига бошқа тўловлар қўшилган бўлиб, солиқлар ўлчови нисбатан кучли задагонлар ва йирик ер эгаларининг ижтимоий сиёсатидан келиб чиқиб белгиланган. Солиқ
тўловчиларнинг асосий қисми деҳқонлар бўлиб, сиёсий беқарорлик давридаги иқтисодий инқирозлар туфайли йирик зодагонлар шаҳарликлардан ҳам йирик солиқлар ундирганлар. XVI асрда солиқларнинг катта қисми маҳсулот сифатида олинган. Тарихий манбаларнинг маълумот беришича, шайбонийлар даврида бож, ўлпон, солиқ, жарима ва мажбурий тўловларнинг 40 дан ортиқ тури мавжуд бўлган. Оддий аҳоли тўловларнинг кўплаб турларини жумладан, ер ва сувдан фойдаланганлик учун махсус солиқлар, амалдорлар фойдасига тўловлар, феодал мулкларни сақлаш учун ўлпонлар, шаҳар деворлари, мачитлар, мадрасалар қурилишлари, суғориш иншоотлари барпо этиш учун, йўллар ва кўприклар қурилишлари учун турли тўловларни тўлаганлар.Шайбонийлар даврида ижтимоий тузум. Бу даврда солиқ тўловчи аҳоли фуқаро (раият) деб аталган ҳамда улардан турли солиқлардан ташқари жарималар ҳам ундириб олинган. Аввалги даврда бўлгани каби, шайбонийлар даврида ҳам ердан олинадиган солиқ хирож (мол) деб аталиб, ҳосилнинг маълум қисми ундирилган. XVI-XVIII аср ёзма манбаларда бу атама “мол”, “моли-жиҳот”,“мол ва жиҳот”, кўпроқ “хирож” сифатида тилга олинади. Бу тўловнинг миқдори шароитга қараб 3/1, 4/1, 5/1, айрим ҳолларда эса 2/1 қилибОлий табақа Умаролар Уламолар Фузало Раият (фуқаро) Қуллар Хон ва унинг қариндошлари, ўзбек султонлари, йирик сарой амалдорлари (вазири вузаро) Ҳарбий-маъмурий амалдорлар, вилоят ҳокимлари, қўшин ва қабила бошлиқлар. Улар қўлидаги маҳаллий бошқарув. Йирик дин арбоблари, шайхлар, хожалар. Ҳам дунёвий, ҳам диний бошқарувда иштирок этганлар Олимлар, шоирлар, санъаткорлар каби маънавий-маданий ҳаёт намояндаси бўлган табақалар Дўкондорлар, хунармандлар, деҳқонлар ва чорвадорлар, ёлланиб ишловчи аҳоли ёки асосий солиқ тўловчилар Ҳарбий юришлар пайтида қўлга туширилган асирлар. Улардан ,саройда, амалдорлар ва уламолар хўжалигида.фойдаланилган.белгиланган. Мулк ерларидан ҳосилнинг 10/1 миқдорида солиқ ундирилиб у ушр деб аталган. Хирож асосан маҳсулот сифатида ундирилган.Хирождан ташқари “доимий”, “қонуний”, ва “фавқулодда” каби бож ва ўлпон турлари мавжуд бўлиб, уларнинг сони ўзаро урушлар ва давлат марказлашуви даврида янада кўпайган. Уруш ҳаракатлари даврида деҳқонлар ва ҳунармандлардан олинадиган солиқ “аваризот” деб аталиб, у қисман пул билан ундирилган. Марказий ҳокимият вакиллари фойдасига ҳам махсус солиқлар ундирилган. Мисол учун, доруғалар фойдасига доруғачи ёки доруғалик деган солиқ пул кўринишида тўланган. Афсуски, шайбонийлар даврида пул кўринишида тўланган ўлпон ва солиқлар ҳақида маълумотлар жуда кам. Шунга қарамасдан “пул” атамаси қўшилган пилла пули, кўкнор пули,савзи пули, харбўза (тарвўз) пули каби ўлпон ва солиқлар ҳам пул кўринишида тўланган бўлиши керак. Шунингдек, шаҳар аҳолиси ҳунармандлар ва дўкондорлар махсус солиқ тамға тўлаганлар. Ундан ташқари, йирик бойлар ва судхўрларга тегишли савдо расталаридаги дўконларни маълум ҳақ эвазига ижарага олиб, ўз маҳсулотларини сотганлиги учун тахти жой (тагжой) деб аталувчи солиқ ҳам пул билан тўланган.Шайбонийлар давлатига қарам бўлган, кўчманчи турмуш тарзи кечириб, чорвачилик билан шуғулланган аҳолига ишлаб бериш вабелгиланган тарзда солиқ тўлаш мажбурияти юклатилган. Кўчманчи чорвадор аҳоли ҳарбий юришлар вақтида ўз от-улови, яроғ-аслоҳаси ва озиқ-овқати билан бирга урушларда қатнашганлар. Уруш ҳаракатлари даврида асосан ўтроқ аҳолидан ошлиғ (ошлик) солиғи ундирилган. Бу солиқ доимий бўлмасада, ҳаракатда бўлган қўшинни сақлаш учун озиқ-овқат йиғими сифатида тўпланган. Шунингдек, қўшинни таъминлаш учун тағор деб номланган озиқ-овқат ўлпони ҳам тўланган. Озиқ-овқат солиқларининг миқдори қатъий белгилаб қўйилмаган бўлиб, уни ҳукмдорларнинг ўзлариnхоҳлаганча белгилаганлар.Айримтадқиқотчиларнинг фикрича, шайбонийлар даврида солиқ вайиғимлар билан бир қаторда жарималар ҳам бўлган. Мисол учун,
кўчманчилар қишда истеъмол қилиши учун ҳар йили кузда ўз хўжайинларига сўйиш учун битта боқилган чорва молини берганлар. Бу-суғум деб аталган. Шунингдек, хонлар, султонлар ва ўғлонлар бир манзилдан иккинчи манзилга кўчиб ўтаётган вақтларида уларга озиқ-овқат тўплови шибоғу(сибоғу) берилган бўлиб, “ у кўпинча пиширилган гўштдан иборат бўлган”. Совурин ва пешкаш йиғинлари ҳам жарималар қаторига киритилади. Бу йиғинлар пул, маҳсулот, чорва моллари, қимматбаҳо буюмлар, қуллар кўринишида ҳукмдорга тортиқ қилинган Бу даврда деҳқонлар ва шаҳар аҳолиси, айниқса ҳунармандлар меҳнат мажбурият (мардикор, қалъа, бечор ва бошқ..)ларини бажарганлар. Бу мажбуриятлардан озод этилганлар эса, маълум миқдорида пул тўлаганлар. Мардикор-йирик бойларга қарам бўлган деҳқонлар мажбурияти бўлиб, суғориш иншоотларини барпо этиш, таъмирлаш ҳамда тозалаш билан боғлиқоғир мажбурият бўлган. Бир неча йиллаб давом этадиган янги каналлар қурилишида минг-минглаб деҳқонлар иштирок этганлар. Оддий аҳолига шунингдек, қалъалар ва шаҳар деворларини тиклаш ва таъмирлаш мажбурияти ҳам юклатилган бўлиб у, қалъа ёки харжи қалъа деб аталган(Амин Бухорий).Ҳунармандчилик ҳамда бозор савдосидаги йиғимлар хон хазинасининг асосий даромади ҳисобланган. Шунинг учун ҳам олий ҳукмдор ҳокимияти кучайган даврлар айрим ҳукмдорлар (Убайдуллахон, Абдуллахон II) солиқ тизимини тартибга солишга ҳаракат қилганлар. Аммо, бундай ҳаракатлар ҳар доим ҳам керакли натижаларни бермаган. Шайбонийларнинг пул ислоҳотлари. Шайбонийлар давлатида турли вазндаги олтин, кумуш, мис, мис ва кумуш аралашмасидаги танга-чақалар муомалада бўлган. Тадқиқотчиларнинг фикрича (Давидович Е.А.) олтин тангалар фақат Шайбонийхон ва Абдуллахон II даврларидагина зарб этилган.Бу даврда пул зарб этиш ҳамда кумуш ва мис тангаларнинг муомалада бўлиши бир-бири билан боғлиқ ҳолда кечган. Нумизматик маълумотларга кўра, XVI асрдаги пул муомаласининг асосини “танга” “тангача”, “хоний”деб аталган кумуш ҳамда “мис динор” ёки “динор” деб аталган мис тангалар ташкил этган. Энг кичик мис тангачалар “пул” ёки “қора пул” деб аталган. Муҳаммад Шайбонийхон 1507 йилда Ҳиротни эгаллагач, бу ердаги жомъе мачитида кенгаш чақириб, пул ислоҳоти ҳақидаги фармонини эълон қилади. Бу пайтда Ҳиротдаги пул муомаласи чуқур инқирозга учраган бўлиб, ушбу ислоҳот Хуросондаги савдогар-зодагонларни Шайбонийхон томонига оғдириши лозим эди. Янги кумуш тангачаларнинг вазни 5.2 г. бўлиб (илгариги темурийлар тангалари 4.8 г. бўлган) унга Шайбонийхоннинг номи ва унвони битилган. 1507 йилда бу ислоҳот ҳали охирига етмаган эди. Манбаларга кўра, бу йилда Мовароуннаҳрда ҳали темурийлар тангалари тўла муомалада бўлган. 1508 йилда ислоҳот якунига етиб Шайбонийлар давлатининг барча ҳудудларида-Самарқанд ва Бухорода, Марв, Кеш, Насаф, Нисо ва Сарахсда, Ҳирот, Машҳад, Нишопур ва Сабзаворда бир хил вазндаги, бир хил сайқалланган тангалар зарб этилиб муомалага киритилади. Бир хил кумуш ва мис тангалар бутун мамлакат бўйлаб муомалага чиқарилиб, пулнинг қадрсизланишига барҳам берилади.Аммо, бу ҳолат узоққа чўзилмади. 1510 йилда Шайбонийхон вафот этгач, ўзаро урушлар ва 1512-13 йиллар қиши қаттиқ келганлиги марказий Мавароуннаҳрда қимматчилик ва очарчиликка олиб келди. Ундан ташқари шайбонийлар ва Бобурнинг мис тангаларни кўпроқ зарб эттириб муомалага киритиш орқали даромадларини кўпайтириш йўлидаги ҳаракатлари пулнинг қадрсизланишини янада кучайтирди. Шайбонийларнинг ҳокимиятни мутлақ қўлга киритиши ва сиёсий вазиятнинг барқарорлашуви ҳам пул қадрсизланишининг олдини ололмади. Чунки, бозорларда мис пуллар ниҳоятда кўпайиб кетиб, маҳсулот нархидан анча ошиб кетди. Кумуш пуллар бутунлай муомаладан чиқиб, зарб этилмай қўйди. Бу ҳолат мамлакатда янгидан пул ислоҳоти ўтказиш заруриятини туғдирди.Давлатдаги бу галги ислоҳот анча оғир ва кўп босқичли бўлиб, бу сафар умумдавлат миқёсидаги пул муомаласини бир меъёрга тушириш учун ўн беш йил керак бўлди. Ушбу ислоҳатни кўпчилик тадқиқотчилар Кучкунчихон (1510-1529йй.) номи билан боғлайдилар. Даставвал Бухорода (УбайдуллаСултоннинг мулки) кейин эса Самарқандда (Кучкунчихон мулкидаги пойтахт) бошланган бу ислоҳот жараёнида юқори вазнли мис тангалар зарб этилиб, паст вазнли тангалар муомаласи тақиқланди. Кумуш тангалар зарб этилиши қисман йўлга қўйилган бўлса-да, уларнинг вазни Бухоро ва Самарқандда бир хил эмас эди. Фақат 1525 йилга келиб бутун давлат бўйлаб бир хил тангалар зарб этиш йўлга қўйилди. Бу жараёнда ҳар қандай шахс ўзининг метали ёки буюмларини зарбхонага элтиб, белгиланган вазндаги кумуш тангани эркин зарб эттириши мумкин эди. Бунинг учун хазинага маълум миқдорда тўлов тўланган. Аммо, кумуш пуллар зарб этилиши ва муомалага киришидан тушган даромаднинг асосий қисми давлат ғазнасига тушмас эди. Йирик мулк эгалари тангаларга ҳукмдор номи ва унвонини қўшиб зарб этсалар-да, зарбхоналардан келган даромадни ўзларига қолдирар эдилар. Давлатнинг асосан тўртта шаҳрида – Бухоро, Самарқанд, Балх ва Тошкентда доимий равшда кўп сонли кумуш тангалар зарб этилишига қарамай Кармана, Тоткенд (Зарафшон воҳаси), Ахси, Кеш, Ҳисор, Ясса каби шаҳарларда ҳам кам бўлса-да, зарбхоналар ишлаб турган. Натижада, XVI асрнинг ўрталарига келиб кумуш пулларнинг қиймати тушиб кетди. Ундан ташқари мамлакат ташқарисида ҳам (мас. қўшни бобурийлар давлатида) шайбонийлар кумуш танганларини зарб этиш авж олди Бундай шароитда XVI асрнинг 60-йилларидан бошлаб Абдуллахон IIсавдо-сотиқ учун зарур бўлган пул ислоҳотини босқичма-босқич амалга
оширди. Чунки, Абдуллахон II ҳукмдор сифатида нафақат давлат сарҳадларини кенгайтириш, марказлашган давлат барпо этиш балки, савдо-. сотиқ мамлакат иқтисодининг муҳим тармоғи эканлигини яхши англаган эди.У отаси Искандархон (1560-1583 йй.) давридаёқ кумуш метал. етишмовчилигини бартараф этиш билан бирга Бухорода олтин тангаларни доимий зарб этишни йўлга қўйди ва буни қаттиқ назорат остига олди.Абдуллахон II ислоҳоти асосан, кумушнинг нархи ошишига нисбатан кумуш тангаларнинг қийматини оширишга қаратилган эди. 1583 йилга қадар юқорида эслатилган тўртта йирик шаҳарда Искандархон номидаги бир хил вазн ва қийматга эга бўлган кумуш тангалар зарб этилади. 1560 йилдан кейинги 1583 йилгача бўлган давр Абдуллахон II нинг кўплаб жангу-жадаллар даври бўлиб, бу юришлар ва ўзаро курашлар катта маблағ талаб этар эди. Шунинг учун ҳам Абдуллахонга ҳам, унинг рақибларига ҳам катта миқдордаги пул зарур эди. 1583 йилда отаси вафотидан сўнг олий ҳукмдор бўлган Абдуллахон II ўз пул ислоҳотининг сўнгги қисмини амалга оширди. Яъни, у кумуш тангалар зарб этишни ўз пойтахти Бухорода марказлаштирди. Бухорода Абдуллахон II номидан ҳар йили кўп миқдорда кумуш тангалар зарб этилди.Балх, Самарқанд ва Тошкентда эса танга зарб этиш кескин камайтирилди.Шунингдек, Абдуллахон II шаҳар савдосидаги кундалик эҳтиёж маҳсулотлари учун мис тангалар зарб этишни йўлга қўйди.Шайбонийлар ўтказган пул ислоҳотлари орасида Абдуллахон II нинг ислоҳати нисбатан муваффақиятли бўлиб, бу ислоҳот пул муомаласи инқирозига барҳам берди, кумушнинг давлат ҳудудларидан кўплаб чиқиб кетишини тўхтатди, хусусий метални яна зарбхоналарга жалб этди. Ушбу ислоҳот Абдуллахон II ички сиёсатининг бир қисми бўлиб, транзит, ҳалқаро ва ички шаҳар савдосининг тараққиёти учун муҳим аҳамият касб этди. Ҳарбий қурилиш ва бошқарув. Шайбонийлар давлатида, сиёсатида, бошқарув ишларида йирик саркардалар, қўшин бошлиқлари, қўмондонлар ва амирларнинг ҳарбий маҳорати катта аҳамиятга эга эди. Барча шайбоний ҳукмдорлари ҳарбий сиёсатни Дашти Қипчоқ ўзбекларининг анъаналарига асосланиб олиб борганлар ҳамда бу жараёнда зарур ҳолларда зудлик билан тўпланадиган кўп сонли қўшинларга таянганлар. Ундан ташқари шайбонийлар ички ва ташқи хавфни бартараф этишда, давлат сарҳадларини кенгайтириш учун қилинадиган юришларда қўшинларнинг сони, ҳарбий тайёргарлиги, жанг усуллари, қурол-яроғлар, қўши бошлиқларининг ҳарбий маҳорати кабиларга ҳам катта эътибор қаратганлар. Шайбонийлар давлатида қўшни тўплаш, қўшиннинг таъминоти, унинг таркиби, қўшинни жангга тайёрлаш, қурол-аслаҳалар, ҳарбий ва қоровуллик хизматини ўташ, ҳарбий ҳаракатларни олиб бориш асосан Чингизхон ваАмир Темур қўшинларининг ҳарбий тузилишига асосланган бўлиб, унга Шайбонийхон томонидан дашт ўзбекларига хос бўлган айрим ўзгаришлар киритилган. Қурол-аслаҳаларнинг ўзгариши эса Абдуллахон II даврига тўғри келади. Ҳарбий қўшин асосан отлиқ ва пиёда аскарлардан ташкил топган. Ҳарбий ҳаракатлар даврида қўшин ўқ-ёй, узун найза, қилич, гурзи, узун дастали жанг болтаси (табарзин), чангак каби асосий ҳужум қуролларидан фойдаланган. Абдуллахон II даврида пилта милтиқлар пайдо бўлган. Қўшинда ҳимоя воситаси сифатида қалқон (сипар), ҳамда темир симдан майда қилиб тўқилиб, усти ипак ва бахмал мато билан ёпилган совут (жовшан) ёки жиба (жева)-темир ёки пўлатдан ишланган махсус кийим кабилардан фойдаланилган. Шайбонийлар қўшинининг олий бош қўмондони хоннинг ўзи ҳисобланган. Алоҳида бўлинмалар-ўнг қанот, сўл қанот, қалб, қоровул ва ҳировулларга хоннинг ўғиллари, қариндошлари ёки жангда синалган, тажрибали ва довюрак нуёнлар (ёки султонлар) бошлиқ қилиб тайинланган. Илгариги даврларда бўлгани каби Шайбонийлар қўшини ҳам ўн минглик (туман), минглик, юзлик, ўнлик бўлинмаларга бўлинган.Шайбонийлар қўшини асосан қалб деб аталувчи марказий қисм, баронғор (ўнг қанот) ва жавонғор(сўл қанот) қисмларидан ва ҳировул (қўшиннинг орқа қисми) дан ташкил топган. Манбаларда қўшиннинг қанотларига бошчилик қилган саркарда ўғлон деб ҳам эслатилади. Қўшин олдида манглай деб аталувчи ҳарбий қисм ярим доира шаклида саф тортиб борган. Унинг олидида эса тез ҳаракатланувчи кичик жанговор қисм илғор бўлган. Шунингдек, умумий қўшин олдида қоровул деб аталувчи махсус қисм, қўшиннинг ўнг ва сўл қанотлари олдида борувчи кичик ғўл деб номланувчи бўлинмалар ҳамда қўшин ортидан борувчи махсус ёрдамчи бўлинма-чанох ҳаракат қилган Қўшин таркибида туғчи қисм, яъни, байроқ остида заҳирада турувчи (туғни қўриқловчи) 20-30 минг кишилик жанговар ҳарбий бўлинма ҳамда забонгири, яъни, душман томонидан “тил” тўтиб келувчи махсус бўлинма ва хабаргири-душман тўғрисида маълумот келтирувчи (разведка) махсус бўлинмалар ҳам бўлган. Ҳарбий юришлар пайтида хон учун расмий қабул маросимлари ўтказиладиган жой-баргоҳ деб аталган. ўзбек навкарларидан тузилган хоннинг хос соқчилари ҳам катта аҳамиятга эга бўлган. Қўшинни йиғиш ва юришга тайёрлаш, уларнинг маошини тўлаш ҳамда бошқа ташкилий ишлар билан махсус амалдор-тавочи шуғулланган. Қўшинни қурол-яроғ билан таъминлашга маъсул бўлган амалдор жевачи бўлиб, у хоннинг қурол-аслаҳаларига ҳам жавобгар бўлган. Хон ва қўшин бошлиқларининг алоҳида топшириқларини бажарувчи шаҳслар ясовул (Абдуллахон II даврида-мубошир) деб аталган. Хоннинг шаҳси ва саройни қўриқловчилар қурчи, хон байроғини кўтариб юрувчилар ялов бардор деб номланган. Абдуллахон II даврида қўшинга замбараклар жорий этилган бўлиб, қўшинда тўпчибоши мансаби пайдо бўлади. Ҳарбийлар устидан қаттиқ назорат ўрнатилган бўлиб, улар содир этган жиноят ва жазо турлари махсус ҳарбий судьялар-қози аскар ҳамда муфти аскар томонидан кўриб чиқилган.Бу даврда яратилган адабий асарлар орасида Бухоролик адабиётшунос олим ва шоир Ҳасанхожа Нисорийнинг “Музаккири аҳбоб” (“Дўстлар ёдномаси”) асарини келтириш (1516-1597 йй.) мумкин. Қомусий ҳусусиятга эга бўлган бу асарда XVI асрда Мовароуннаҳр, Хуросон, Ҳиндистон, Эрон,Туркия ва Шарқий Туркистонда яшаб ижлд этган 228 та шоирлар, жумладан,Жомий, Навоий, Ҳусайн Байқаро, Ҳусайн Воиз Кошифийлар тўғрисида, Арслонбоб, Аҳмад Яссавий, Сулаймон Боқирғоний, Занги ота, Шайх Худойдод каби тасаввуф намоёндаларининг ҳаёти, кароматлари ҳақида, шунингдек, тарихий воқеалар, илм-фан ривожи, санъат соҳасидаги ютуқлар, турли шаҳарлардаги меъморчилик ривожи ҳақида маълумотлар берилади. Абдуллахон II га атаб ёзилган мазкур асар Ўрта Осиё, Эрон ва Ҳиндистондаги адабий муҳит ҳақида бой маълумотлар берувчи манба ҳисобланади. Бу даврда ҳукмрон сулола вакиллари адабиёт ривожига ҳомийлик қилиш билан бирга ўзлари ҳам ижод билан шуғулланганлар. Хусусан, Шайбонийхон, Убайдуллахон, Абдуллахон II, Дўст Муҳаммад Султон (Наврўз Аҳмадхоннинг ўғли) кабиларнинг айрим асарлари ва ғазаллари бизгача сақланиб қолганБу даврда тарихнавислик соҳасида ҳам кўплаб тарихий асарлар яратилди. Сулола асосчиси Шайбонийхон ва унинг ворисларига атаб ёзилган Абдуллоҳ Ибн Муҳаммад Ибн Али Насруллоҳийнинг “Зубдат-ал асар”, Мулла Шодийнинг“Фатҳнома”, Биноийнинг “Шайбонийнома”, Муҳаммад Солиҳнинг “Шайбонийнома”, Фазлуллоҳ Рўзбехоннинг “Меҳмонномаи Бухоро”, Зайниддин Восифийнинг “Бадойе ул вақое” , Ҳофиз Таниш Бухорийнинг “Абдулланома”, муаллифи номаълум бўлган “Таворихи гўзида”, Нусратнома” кабилар фикримиз далилидир. Манбаларнинг маълумот беришича, бу даврда рассомлик, ҳаттотлик ва мусиқа санъатида, фикҳ, тиббиёт, риёзиёт (математика), ҳандаса (геометрия), ва илми нужум (астрономия) соҳаларида ҳам ривожланиш юз беради. Масалан, кўпроқ шоир сифатида танилган Мушфиқий (1538-1588 йй.)фалсафа, астрономия, фикҳ, ҳисоб, физика, мусиқа, араб тили каби соҳаларида ҳам етук саналган. Бу даврда тиббиёт соҳасида ҳам қатор асарлар яратилган. Жумладан, Кучкунчихон ва Абу Саидхон замонларида яшаган машҳур табиб ва олим Султон Али “Дастур ал-илож”, “Муқаддимаи дастур ал-илож” рисолаларини ёзиб, уларда инсон танасидаги касалликларнинг шарҳи ҳамда уларни даволаш тўғрисида маълумотлар берган. Абдулатифхоннинг шахсий табиби Муҳаммад Юсуф, Наврўз Аҳмадхон саройида эса табиб Шоҳ Алилар фаолият олиб бориб “Кўз касаллигига оид асарлар сараси”, “Кўз табиблари учун қўлланма” каби асарлар яратганлар. Шунингдек, Муҳаммад Юсуфнинг “Иситмани ўрганишга доир”, “Қон томири ва сийдик” каби асарлари ҳам маълум. 1562-1567 йилларда табиб Убайдуллоҳ Қаҳҳол тиббиётга оид муҳим қомусий асар “Касаллик шифоси”ни яратган. Ушбу асарларда келтирилган даво услублари, ташхис қўйиш, дорилар тайёрлаш каби маълумотлар ўрта асрлар мусулмон Шарқи тиббиётига хос илғор анъаналар XVI асрда ҳам давом этганлигини кўрсатади. Шайбонийлар ҳукмдорлари меъморчилик соҳасида ҳам қатор ишларни амалга ошириб, турли мақсадларга мўлжалланган қурилиш ишларини амалга оширганлар. Меъморчилик иншоотлари нафақат ҳукмрон сулола вакиллари,балки хусусий мулкдорлар томонидан ҳам бунёд этилган. Мамлакатнинг Бухоро, Самарқанд, Тошкент, Қарши, Кармана, Туркистон, Марв, Балх, Ҳирот, Хива каби кўплаб шаҳарларида турли меъморчилик иншоотлари- мадраса ва мачитлар, хонақолар, тимлар, миноралар, ҳаммомлар, карвонсаройлар, сардоба ва кўприклар бунёд этилиб, шаҳарлар деворлари таъмирланди. Мисол учун, Самарқанддаги Шайбонийхон қурдирган Хонийа, Абу Саид ва Қулбобо Кўкалдош номлари билан боғлиқ мадрасалар, Самарқанд яқинидаги сув айирғич, Бухорода шаҳар деворининг таъмирланиши, Мир Араб, Абдуллахон, Модарихон мадрасалари, Тошкентдаги Бароқхон (ҳозирги Хасти Имом) ва Кўкалдош мадрасалари, Туркистонда Шайбонийхон масжида, Карманада Қосим Шайх масжиди, Балхда қалъа деворининг таъмирланиши, Абдуллахон, Қулбобо Кўкалдош мадрасалари, Ҳиротда Кўкалдош мадрасаси кабилар шулар жумласидандир.Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” asari shayboniylar haqida to’liq ma’lumot beradigan manbadir. Bu kitob ikki qisimdan iborat bo’lib “Sharafnomayi shohiy” deb ham nomlangan. Kitobda O’zbekiston, Qozag’iston, shuningdek Afg’oniston va Eronning XVI asrdagi ijtimoiy – siyosiy tarixi ham bayon qilingan bo’lib, bu xalqlar o’rtasidagi madaniy, siyosiy, savdo, diplomatik munosabatlar haqida qimmatli ma’lumotlar keltirib o’tadi. Undan tashqari, asarda Buxoro xonligi bilan Eron, Hindiston, Qoshg’ar va Rossiya o’rtasidagi munosabatlar haqida ham ma’lumotlar keltirib o’tadi. Hofiz Tanish Buxoriy asarni XVI asrning 80 yillarida yozib tugallaganligi haqida zamondoshlaridan Mutribiy aytib o’tadi. Shuningdek Mutribiy bu asarning oxrgi qismini xonning buyrug’i bilan qozi Poyanda Zominiy yozgan deb keltirib o’tilgan. Biz uchun uning yozilish tarixidan ko’ra unda mamlakatimiz tarixida ro’y bergan voqealarni batafsil keltirilganligi va uning tarixda tutgan ahamiyatli jihatlaridir. “Abdullanoma” asari haqiqatdan ham noyob asarlar sarasiga kiradi va unda qamrab olingan davr jarayoni boshqa asarlarga solishtirganda ham haqiqiyligini bilishimiz mumkin. XVI asr ikkinchi yarmida Movarounnahr, Xorazm va Xurosonni o‘z ichiga olgan markazlashgan davlatning barpo etilishi, Buxoro xonligi siyosiy hayotida ma’lum darajada barqarorlikni ta’minladi. O‘sha davrda siyosiy boshboshdoqliklarga va o‘zaro taxt uchun kurashlarga barham berib, o‘lkada osoyishtalikni o‘rnatish mamlakatdagi yirik mulk egalari, hunarmand va savdogarlar ko‘pchilik qismining ham istagi edi. Garchi Abdullaxon II bu maqsadga tinimsiz harbiy harakatlar natijasida erishib, xonlik aholisi ijtimoiy hayotida notinchliklarni yuzaga keltirgan bo‘lsa ham, o‘zaro ichki nizo va janglarga qisqa muddat bo‘lsada barham berdi. Abdullaxon II tomonidan hokimiyat boshqaruvini yagona markaz ostiga birlashtirgan.Abdullaxon elchilari 1583 – yil Moskvadan o’q, dori, ov qushlari, mato olib kelganlar. Bunday elchilik 1589, 1595 – yillarda ham qaytarilgan. Shuningdek XVI – XVIII asrlardagi rus elchi va diplomatiyalarining matreallari, asosan XIX asrlarda nashr qilinadi. Lekin O’rta Osiyo xonliklarining qo’shni sharq davlatlari bilan savdo aloqalari haqidagi ma’lumotlar asosan, XVIII asr oxirlari va XIX asr boshlarida chop etilgan.V.V. Bartoldning yozishicha XVI asrdan Buxoro xonligining tashqi aloqalariga doir ma’lumotlar Rossiyaga no’g’ay knyazlari orqali yetib kelgan ekan. Shu bilan birgalikda, so’ngi o’rta asrlarda jahon savdo yo’llarining o’zgarishi albatta sovdo aloqalariga jiddiy tasir ko’rsatadi. Yuqorida keltirib o’tgan elchimiz Antoniy Jekinsonning sayohatdan maqsad va vazifalari tarixchilar tomonidan bir qadar o’rganildi. Masalan Y. A. Sokolov, “Moskva kompaniya” sining asosiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda, Hindistonga Rossiya sharqi bilan savdo aloqalari olib brogan yo’llari orqali kirib borish lozim bo’lgan, deb hisoblab: “Inglizlarning Rossiya orqali Hindistonga kirib borish yo’lini qidirib topish ishiga kompaniyaning eng faol vakillaridan biri A. Jekinson asos slogan edi”.Demak asosiy maqsad Hindistonga boradigan savdo yo’lini toppish edi. U O’rta Osiyoga savdoni yo’lga qo’yish niqobi ostida Buxoroga borishga ruxsat olgan Jekinson Maskva Rusining Buxoroga yuborgan birinchi rasmiy elchisi edi.1585 yil Abdullaxon Muhammad Ali boshliq elchini Rossiya podshosi Fiyodar Ivanovichga o’zining nomidan bir qancha savg’a salomlar va hadyalar tarkibida 40 pud nil buyog’i bilan tortiq qilganKo’kaldosh» madrasasi Toshkent shahridagi tarixiy obidalardan biri sanaladi. Muhammad Solih Qoraxo’ja Toshkandiyning «Tarixi jadidayi Toshkand» kitobida «Ko’kaldosh» madrasasini Darveshxon qurdirganini yozadi va shu kitobining ba’zi joylarida madrasani Darveshxon madrasasi deb ham ataydi. Madrasa 1551-1575 yillar orasida qurib ishga tushirilgan. Bunga dalil sifatida tarixchilar 1569-1570 yillarda yozilgan vaqfnomani keltiradilar. Unga ko’ra, Toshkent hokimi Sulton Darveshxon bir karvonsaroyni madrasaga vaqf qilib bergani aytilgan. «Ko’kaldosh» madrasasi Chorsu maydonidagi Shahriston tepaligida Xo’ja Ahror Valiy jome’ masjidining yonida an’anaviy sharq uslubiga rioya qilib bunyod etilgan. Uning keng hovlisi hujralar va ochiq ayvonlar bilan o’ralgan. Hujralar soni 38 ta bo’lib, dastlab qurilganda madrasa uch qavatdan iborat bo’lgan. Bosh fasad janubga qaragan, darvozadan kiraverishda chapda masjid, o’ngda darsxona joylashgan. Masjid va darsxonaning usti o’zaro kesishgan ravoqlar ustiga o’rnatilgan qo’sh ichki va tashqi gumbazlardan iborat bo’lgan. Peshtoq sirkor parchin va jilva naqshlar bilan bezatilgan. XVIII asrga kelib qarovsiz qolganShayboniylar ta’lim sohasida ham islohot o’tkazdilar. Bu islohotning o’tkazilishiga amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo’ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha sohalar bo’yicha ilmli, diplomatik qobiliyatga ega bo’lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko’ra, ko’p bosqichli o’qitish tizimi joriy etildi. Har bir mahallada maktab ochildi, ba’zi xonadonlarda uy ta’limi joriy etildi. Bolaga 6 yoshdan ta’lim beriladigan bo’ldi. Maktabda ikki yil o’qigach, o’quvchilar madrasaga o’tkazilardi. XVI asrda Samarqandda Shayboniyxon madrasasi, Buxoroda Abdullaxon, Toshkentda Baroqxon va Ko’kaldosh madrasalari va boshqa ta’lim muassasalari quriladi va faoliyat yuritadi. Madrasada 3 bosqichli ta’lim joriy etilgan bo’lib, uning har bir bosqichida 7 yildan o’qitilardi. Shunday qilib, o’qish 21 yil davom etardi. O’quvchilar Ilohiyot ilmidan, hisob-kitobdan, handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she’r san’atidan ilm olardilar. Albatta, ta’lim olishga hammaning ham imkoni bo’lmas edi. Savodxonlikning Movarounnahrda XVI asrdagi ana shunday rivojlanishi o’zbek tili rivojlanib, keng tarqalishiga, adabiy aloqalar rivoj topishiga ancha ijobiy ta’sir ko’rsata oldi.Tarixi Rashidiy” (1544-1546 yillarda Kashmirda yozilgan) mashxur asar muallifi Boburning kichik xolavachchasi Mirzo Muxammad Xaydar bo`lib, uning ota-bobolari O`rtubu, Po`lodchi, Xudoydod, Said Axmad, Sonsiz Mirzo, Muxammad Xaydar, Muxammad Xusayn turklashgan mo`gul uruglaridan duglot (mo`gulcha “dogolot”-cho`lok) kabilasiga mansubdir. Ular Mo`guliston xonlari, Chigatoylar davrida ulusbegi, Koshgar xokimi lavozimida turganlar. Olimning otasi amir Muxammad Xusayn bir vaktlar Andijonda Umarshayx Mirzo, so`ngra Toshkent xokimi Sulton Maxmudxon (1487-1508 yy.) xizmatida bo`lgan. U 1495-1503 yillari ana shu Sulton Maxmudxon nomidan O`ratepani idora kilgan. 1503 yili Sulton Maxmudxon va Sulton Axmadxon Axsi atrofida Shayboniyxon ko`shinlari tomonidan tor-mor keltirilgani va asir olinganini eshitib, amir Muxammad Xusayn Korateginga, undan Kunduz, so`ng Xirotga, Sulton Xusayn xuzuriga kochib bordi. Muxammad Xusayn ko`p o`tmay Kobulga, Bobur Mirzo xuzuriga keldi. 1507 yilgi Boburga karshi fitnada ayblanib, yana Xirotga kochib bordi. 1508 yili Shayboniyxonning amri bilan Muxammad Xusayn katl etilgan. Muxammad Xaydar 1500 yili Toshkentda tugildi. Otasining o`ldirilganidan keyin Muxammad Xusaynga sodik kishilar uni birmuncha vakt Buxoroda asradilar, so`ng Badaxshonga olib borib karindoshi Sulton Uvays Mirzoning, Xon Mirzo deb atalgan, ko`liga topshirdilar. Muxammad Xaydar keyincha Kobulga keldi va Bobur xizmatida 1512 yilgacha bo`ldi. 1512 yil kuzida u Andijonga, Sulton Sa`idxon xuzuriga keldi va u bilan ko`shilib Koshgarga ketib koldi. Sulton Sa`idxon ko`p o`tmay bu erda Abubakr duglot ustidan galaba kozondi va Koshgar xamda Yorkandni ko`lga kiritishga muvaffak bo`ldi. Muxammad Xaydar 1533 yilgacha, ya`ni Sulton Sa`idxon vafotiga kadar, uning xizmatida bo`ldi. Dastlab xonzoda Abdurashidxonga tarbiyachilik-otalik kildi, so`ng yirik xarbiy bo`linmalarga ko`mondonlik kildi va xonning Badaxshon, Lodak, Kofiriston va Tibet ustiga kilgan xarbiy yurishlarida faol ishtirok etdi. Otasi o`rniga o`tirgan Abdurashidxon (1533-1570 yy.) duglot amirlarini ta`kib ostiga oldi, ularning ba`zilarini katl etdi. Bularning orasida Muxammad Xaydarning togasi Said Muxammad mirzo va karindoshlarining ko`pchiligi bor edi. Tibetda bo`lgan Muxammad Xaydar bundan xabar topib, Badaxshon tarafga kochdi va ko`p mashakkatlardan keyin Kobulga, Bobur Mirzoning o`gillaridan Komron Mirzo xuzuriga keldi, so`ng u erdan Agraga, Xumoyun podshox xuzuriga bordi va uning xizmatiga kirdi. Muxammad Xaydar 1541 yili, Xumoyunning xarbiy yordami bilan, Kashmirni bo`ysundirdi va u erda kariyb 10 yil xukmronlik kildi. U 1551 yili toglik kabilalarning biri bilan bo`lgan to`knashuv paytida xalok bo`ldi. Muxammad Xaydar zamonasining o`kimishli va keng ma`lumotli kishilaridan edi. Boburning guvoxlik berishiga karaganda, u durustgina shoir, xattot, rassom, shuningdek, nayza va kamon yasovchi usta bo`lgan. Muxammad Xaydarning bizning zamonamizgacha ikki yirik asari etib kelgan. Bulardan biri “Jaxonnoma” deb atalib, ertak tarzida yozilgan. Uning yagona ko`lyozmasi Germaniyaning Berlin shaxri kutubxonalaridan birida saklanmokda. XVI asrning ikkinchi yarmidan e'tiboran Jo'ybor shayxlar nomi bilan tarixga kirgan din pesh-volari yuqori mavqeyiga ega bo'ladilar. Bu davrning nomdor Jo'ybor shayxlaridan Xo'ja Muhammad Islom (1493-yil atroflari-1563), Hoji Jaloliddin Kosoniy (1549-yilda vafot etgan), u tarixda Mahdumi A'zam nomi bilan mashhur edi; Xo'ja Sa'ad (153132-1589); Xo'ja Tojiddin Hasan (1547-1646); Xo'ja Abdurahim (1575-1628-29) va boshqalar bo'lib naqshbandiylik tariqatining atoqli namoyandalari bo'lganlar. Davlatni boshqarish ishlarida ruhoniylar faol qatnashganlar, hukmdorlar din arboblariga katta mansablar va huquqlar berganlar. Buxoro hukmdorlari hatto o'zlarini «Musulmon amirlari» deb e'lon qilganlar. Mamlakat va davlat ahamiyatiga molik barcha ishlar, o'zga mamlakatlarga qarshi olib borilgan urushlar ruhoniylarning maslahati va fatvosi bilan e'lon qilingan. Ayni zamonda din ham xonlarni qo'llab-quvvatlagan, Olloh va Qur'on nomidan ularga katta va cheklanmagan huquqlar bergan. Baroqxon madrasasi - Toshkentda qurilgan Madrasa (1531/32 — 16-asr 2-yarmi). Hovli atrofida hujralar va ichki tarafida peshtoq boʻlib, madrasaning gʻarbiy qismi birmuncha oldinga chiqqan. Poydevori toshdan, qalin devorlari turli hajmdagi pishiq gʻishtdan ishlangan. Baʼzi joylari sinchli. Baroqxon madrasasi oʻrnida dastlab 2 (katta va kichik) maqbara boʻlgan. Kichik maqbarada Baroqxon qabri bor. Uning toʻrt tomonidagi eshiklaridan uchtasi keyinroq berkitib tashlangan (qolgan eshikdan zina bilan tomga chiqilgan). 1904 y.da masjidga aylantirilgan katta maqbarada Toshkent hokimi Suyunchxoʻja qabri joylashgan. Baroqxon ikki maqbarani oʻz ichiga olgan Madrasa qurdirgan. Madrasaning sharq tomonidagi ulkan peshtoqqa rang-barang sirkor gʻishtchalardan namoyon terilgan. U handasiy va girih naqshlar bilan hoshiyalangan. Peshtoqning yuqori qismi saqlanmagan. Asosiy peshtoqning orqa tomonida yana peshtoq va besh qirrali ravoq bor. Gʻarb tomondagi ichki peshtoq koʻk gumbazning tarkibiy qismi boʻlgan. Baroqxon madrasasi ning toʻrt burchagida choʻziq xona (qorixona)lar boʻlgan. Bino shakli va bezaklari oʻz holicha qolgan. Uning 22 m li gumbazi koʻk sirkor gʻishtchalar bilan pardozlangan (gumbaz 1868 y.gi zilzila paytida qulab tushgan). Gumbaz ostidagi 4,5 m li poygumbazga turli rangdagi sirkor gʻishtchalardan handasiy va girih naqshlar terib yaratilgan, Qurʼon suralari bitilgan. Maqbara ichki qismidagi bezaklar keyinchalik koʻchib tushgan. Ichki devorning tepa qismida ganchdan ishlangan naqshlar boʻlib, ularga oltin suvi yugurtirilgan, pastki qismida olti burchakli sopollardan terilgan keng izora bor (ular yashil sirkor, zarhalli gʻishtchalar bilan ajratilgan). 20-asr boshlaridagi taʼmir vaqtida qad. bezaklarning qoldigʻi koʻchirib tashlanib, oq ganch bilan suvalgan. Baroqxon madrasasi naqshlarining goʻzalligi, qurilish uslubi jihatidan Samarqandning eng yaxshi meʼmoriy yodgorliklari (15-asr ikkinchi yarmidagi Oq saroy va Ishratxona)ga yaqinlashadi. Шайбонийлар сулоласи ҳукмдорлари.Муҳаммад Шоҳбахт Шайбнийхон-1500-1510 йй.
Кўчкунчихон-1510-1530 йй.
Абу Саъидхон-1530-1533 йй.
Убайдуллахон-1533-1539 йй.
Абдуллахон I-1539-1540 йй.
Абдулазизхон (Бухорода)-1540-1550 йй.Абдулатифхон (Самарқандда)-1540-1551 йй.
НаврўзАҳмадхон-Бароқхон(Тошкентда)-1551-1556 йй.
Пирмуҳаммадхон-1556-1561 йй.
Искандархон-1561-1583 йй.
Абдуллахон II-1583-1598 йй.
Абдулмўминхон-1598-1599 йй.
Пир Муҳаммадхон II-1599-1601 йй.
Hukmronlik qilgan…
142. .Mashrab hayoti va ijodi?
145.“Subxonqulixon to’g’risida xajviya” asari?
148.Ubaydullaxon II ning pul islohoti?
156.Buxoro xonligida davlat harajatlari va soliqlar?
102.Baroqxon madrasasi qurilishi?
104.Mir Arab madrasa qurilishi?
114.Buxoro xonligida mulkchilik shakllari?
115.Xiva xonligi va Buxoro xonligi munosabatlari?
117.Ashtarxoniylar davrida soliqlar turlari?
122.Ashtarxonilar davrida sug’orish ishlari?
157. Ashtarxoniylar sulolasining Buxoro xonligida hukmronligi?
159.Qozoq xoni Tavakkalning Movarounnahrga yurishi?
161.Ashtarxoniylar va Xiva xonligi munosabatlari?
163.Samarqand xonligining tashkil topishi?
165.Eron qo’shinlarining Buxoro xonligiga yurishi?
167.Antoniy Jenkinsonning Buxoro xonligiga tashrifi?
168.Ivan Grozniy va Ashtarxoniylar?
169.Ashtarxoniylar davrida davlat lavozimlari?
170.Ashtarxoniylar davrida ulamolar mavqei?
171.“Ubaydullanoma” asari to’g’risida?
172.Ashtarxoniylar davrida ro’y bergan qo’zg’olonlar?
173. Buxoroda Dorushshifo kasalxonasi?
175.Buxoro xonligida davlat siyosati va fuqarolarning munosabati?
177.“Ubaydullanoma” asari va davlat lavozimlari?
179. Xiva xoni Anushaxonning Buxoro xonligiga yurishi?
181.“Muzakkiri ahbob” asari manba sifatida?
182.Buxoro xonligida davlat xazinasining boyitilish yo’llari?
183.Balx mulki va Buxoro xonligi?
184.Ashtarxoniylar davrida qo’sh hokimyatchilik?
185.Balx mulkining valiahd mulki sifatida nufuzi?
186.Buxoro xonligi Eron shohi Nodirshox tasarrufida?
187.Ashtarxoniylar sulolasining oxirgi hukmdori?
188.Buxoro xonligida Muhammad Hakimbiy mavqei?
199.Xorazm Eron Safaviylari qo’l ostida?Bu savollarga javobni quyidagi matndan topasiz👇👇👇👇👇👇
Bobur vаfotidаn so‘ng аvlodlаri nаvbаti bilаn 1858-yilgа qаdаr Hindistonni idorа qilgаnlаr. Аnа shu yillаr dаvridа Hindis-tonning turli shаharlаridа bаrpo etilgаn buyuk qurilish obidаlаri boburiylаrning jahon mаdаniyati tаrаqqiyotigа qo‘shgаn ulkаn hissasi hisoblаnаdi. Dehlidаgi Humoyun mаqbаrаsi, Qizil qаl’а
аnsаmbli, Jome mаsjid, Аgrаdаgi qаl’а, Tojmаhal, Fаthpur Sekriy shahri, Sekаndаrаdаgi Аkbаrshoh mаqbаrаsi, Lohurdаgi qаl’а vа boshqalаr аnа shulаr jumlаsidаndir. Orаdаn shuncha zаmonlаr o‘tgаn bo‘lsаdа bu obidаlаr o‘z mаhobаti-yu tаrovаtini yo‘qotmаgаn holdа hali-hаnuz kishilаrni mаftun etib o‘zigа lol qoldirib kelmoqdа.Boburiy shаhzodаlаrning Hindistondа turli dаvrlаrdа qurdirgаn аrxitekturа yodgorliklаrining nаqаdаr go‘zаlligi vа mаhobаtigа birginа Toj Mаhal mаqbаrаsi yorqin misol bo‘lа olаdi. Bu mаqbаrаni Shoh Jahon (1627–1658) o‘zining sevikli xotini Аrjumаnd Bonu Begim (Mumtoz Mаhal) xotirаsi evаzigа qurdirgаn. Аrjumаnd Bonu boburiylаr sаroyining bosh vаziri Аsаf Xonning qizi, Nur Jahon (Jahongirshohning xotini)ning jiyani bo‘lgаn. Аштархонийлар даври давлатчилиги Сиёсий тариx. 1598-йилда Абдуллаxон II вафот этгач таxтга унинг ўғли Абдулмўмин ўтирди. Ўзаро урушлар натижасида у узоқ вақт ҳокимиятни бошқара олмай ҳалок бўлди. Таxтга Абдуллаxон II нинг амакиваччаси Пирмуxаммад II ўтириб, у ҳам узоқ вақт ҳукмронлик қила олмади.Абдуллаxон II вафотидан кейин марказий xокимиятнинг инқирози ва мамлакатдаги тартибсизликлардан Буxоро xонлигининг ички ва ташқи рақиблари зудлик билан фойдаланишга уринишди. Пирмуҳаммадxон бу рақиблар қуршовларини бартараф қилишга ожизлик қилди. Чунончи,мамлактнинг жанубида Эрон шоҳи Аббос Сабзавор, Машҳад ва Ҳиротни эгаллаб олди. Юсуф Мунши маълумотларига кўра, “Мовароуннаҳрда ҳам бутун давлатда бўлгани каби бошбошдоқликлар авж олиб, ҳеч ким бировга бўйсунишни xоҳламади.” Ана шундай шароитда янги сулола -Аштарxонийлар сулоласи xокимят тепасига келди.Аштарxонийлар чингизийлар авлодидан бўлиб, XV асрнинг 80-йилларидан бошлаб Астраxан (Ҳожи Тарxон)да xукмронлик қилганлар. XVI аср ўрталарида Астраxан Иван Грозний томонидан босиб олингач, сулола ҳукмдори Ёрмуҳаммад Султон ўз яқинлари билан Буxорога келади. Манба тили билан айтганда “урус (номила) машҳур насронийлар босқини дастидан(қочиб) Ёр Муҳаммадхон фарзандлари Жонимуҳаммад Султон, АббосСултон, Турсун Муҳаммад Султон, Пирмуҳаммад Султон ва аҳли аёли билаn Мовароуннаҳрга келди”.
Буxоро хукумдори Искандар Султон Ёрмуҳаммад ҳамда унинг оилааъзоларини яxши кутиб олиб, улар билан дўстона муносабатда бўлди. Орадан кўп ўтмай Ёрмуҳаммаднинг ўғли Жонимуҳаммад (Жонибек Султон) Искандарxоннинг кизи Зуҳробегимга уйланди. Шу тариқа Ёрмуҳаммад ва унинг авлодлари Шайбонийлар саройида катта мавқега эга бўла бошладилар. Жонибек Султон ва Зуҳробегимдан уч ўғил - Динмуҳаммад, Бокимуҳаммад,Валимуҳаммад туғилди. Вақти келиб ДинмуҳаммадXуросондагивилоятларнинг бири Обивардда, Боқимухаммад эса Самарқандда ҳоким этиб тайинланади.Бошбошдоқликлар ва ўзаро урушларга чек қўйиш мақсадида 1601 йилда бухоролик бир гуруҳ йирик зодагонлар Жонибек Султонни Буxоро ҳукмдори таxтига таклиф этадилар. Жонибек Султон катта ўғли Динмуҳаммад фойдасига таxтдан воз кечди. Обивард ҳокими Динмуҳаммд эса Бухорога келишда қизилбошлилар билан бўлган тўқнашувда ҳалок бўлди. Шундан сўнг Жонибек Султоннинг иккинчи ўғли Бокимуҳаммад ҳокимиятга таклиф этилди. Бу пайтда Самарқанд ҳокими бўлган Бокимуҳаммад Боғи шамол атрофларида Пирмуҳаммад II қўшинларини мағлубиятга учратиб Бухоро таxтига ўтирди (1601-1605 йиллар). Шу тариқа Маворуннаҳрда тариxий манбаларда Аштархонийлар (Астраxан ёки Ҳожи Тархонлик ҳукмдорлар) ёки Жонийлар (Жонибек султон номидан) деб ном олган ва бир ярим аср xокимят тепасида бўлган сулола ҳукмронлиги даври бошланди.Илк даврда пул муомаласидаги тангалар Жонибек Султон номидан зарб этилган бўлсада, амалда хокимиятни Боқимуҳаммад бошқарди. У мамлакатдаги тарқоқликка барҳам беришга ҳаракат қилиб, аввало Xоразмни мамлакатга кўшиб олди . 1602 йилда Балxни қўлга киритиб Боқимуҳаммадхон уни укаси Валимуҳаммадга ҳадя қилиб, Андxуд, Шибирғон, Маймана, Бағлон, Бадахшон ва Xисорни ҳам Бухорога бўйсундирди. Боқимуҳаммадхон мамлакат ички ишларига ҳам алоҳида эътибор қаратиб, давлат бошкарувини тартибга солишга ҳаракат қилди. Юсуф Мунши маълумотларига кўра, у“ҳокимият амалдорлари мансабларини қайта кўриб, қўшин тузилишини,фуқаролар ҳолатини назорат қилган” бўлсада, унинг қисқа муддатлиҳукмронлик даврида бу сиёсий ҳаракатлар ижобий натижа бермади. 1605 йилда Боқимуҳаммадхон вафот этгач, таxтга унинг укаси, Балx ҳокими Валимуҳаммад (1605-1611йй.) ўтиради. Валимуҳаммадхон ҳукмронлиги даврида ҳам Балx ва Ҳирот учун курашлар давом этди. Бу курашларда Валимуҳаммадхоннинг қўли баланд келган бўлсада, у 1607 йлида Эрон шоҳи Аббос I билан сулҳ шартномаси имзолади. Бунинг натижасида Xуросон бутунлай Сафавийлар қўлига ўтиб кетди. Натижада бусиз ҳам Валимуҳаммад саройи ишларига доимий аралашиб юрган, кўп ҳолларда хонсиз ҳам қарор қабул қиладиган, ўзларини сиёсийжиҳатдан мустақил деб ҳисоблайдиган бир гуруҳ бухоролик амалдорлар Валимуҳаммадга қарши 1608 йилда фитна уюштирадилар. Xон Эрон шоҳи Аббос I ҳузурига қочиб кетади. Бухоро тахтида яна бошбошдоқликлар бошланиб кетиб, 1611 йилнинг ёзида Валимуҳаммадхон Аббос I ёрдамида Бухоро тахтини эгаллаши ҳам узоққа чўзилмади. 1611 йилнинг октябрида Самарқанд атрофидаги Имомқулихон билан бўлган тўқнашувда Валимуҳаммадхон ҳалок бўлди. Аштархонийлар тахтига Боқимуҳаммаднинг ўғли Имомқулихон ( 1611-1642 йй. ) ўтиради. Бу даврга келиб маҳаллий ҳукмдорларнинг ўзбошимчалиги ҳаддидан ошиб, бу ҳолат айниқса ўтроқ аҳоли турмуш тарзига салбий таъсир этарди. Имомқулихон ўзбошимча ҳокимлар ҳаракатини сусайтиришга муваффақбўлди. Имомқулихон Xоразм ва Xуросонни қайта қўлга кирита олмаган бўлса-да, Тошкент, Андижон, Туркистон шаҳарларига xавф солиб турган қозоқлар, қалмиқлар ва бошқа кўплаб кўчманчиларга қарши кураш олиб борди. Айрим ҳолларда уларга ён бериб, кўчманчилар кучларидан Эрон шоҳларига қарши курашда фойдаланди. Имомқулихон Тошкент шаҳри ва унинг атрофидаги ерларга ўғли Искандар Султонни ҳоким этиб тайинлади. Аммо, тошкентликлар Искандар Султон сиёсатидан норози бўлиб исён кўтардилар ва натижада у ўлдирилди. Бунинг эвазига Имомқулихон Тошкентда қирғинбарот ўтказганлиги манбалардан маълумдир. Шунга қарамасдан манбаларнинг гувоҳлик беришича, Имомқулихон даврида хон ҳокимиятининг мавқеи ошиб, ички вазият, сиёсий, ижтимоий ваиктисодий барқарорлик яхшиланди. Муҳаммад Юсуф (ибн Xожи Бақо) нинг“Тариxи Муқумхоний” асарида берилишича, “Имомқулихон ночорлар ишини енгиллаштирди, арз билан келганларни қайтармади. Унинг замонида на камбағал, на бечора қолмаганди. Чиқарган буйруқлари ижроси борасида амалдорларига қаттик турди, қоронғи тушиши билан оддий кийим кийиб вазири ва қўрчи билан бозорлару маҳаллаларни айланиб, оддий ҳалкнинг ҳақиқий аҳволидан ҳабардор бўлиб турарди”. Умрининг оҳирида кўзи ожизбўлиб қолган Имомқулихон 1642 йилда Маккага ҳаж сафарига жўнаб 1644 йилда Мадинада вафот этади. Имомқулихондан сўнг таxтга унинг укаси Нодирмуҳаммад (1642-1645йй.) ўтирди. Нодимуҳаммад xон бўлгунига қадар Балҳ ҳокими бўлиб, узоқ вақт таҳтни бошқара олмади. У ҳокимият тепасига келгач, мамлакатдаги аҳвол тезда ўзгариб кетди. Чунки xон давлат ишларида ҳал қилувчи рол ўйнайдиган зодагонларга яқинлашолмай, улар билан тил топиша олмади. Ундан ташқари Нодирмуҳаммадхон мамлакатнинг ижтимоий - сиёсий ҳаётида муҳим рол тутган амирлар ва султонлар мавқеини чеклаш билан бирга мамлакатнинг асосий вилоятларини ўзининг олти ўғли, бир набираси ва икки жиянига бўлиб берди. Жумладан, ўғиллари Абдулазиз Султонга Самарыанд, Xисрав Султонга Бадаxшон билан Қундуз, Барҳом Султонга Тошкент, Субҳонқули Султонга Балx, Қутлуқ Муҳаммад Султонга Xисор, Абдурахмон Султонга Шибирғон ва Андxуд, набираси Косим Султонга Хузор, жиянлари Муҳаммадёр Султонга Шаҳрисабз, Сўфи Султонга Толиқон берилди. Бундай шароитда орадан кўп вақт ўтмай вазият кескин ўзгарди. Саройдаги лавозимлардан озод этилган амалдорларнинг норозилиги кучайиб турган бир пайтда, мамлакат ҳудудларига шимолдан кўчманчилар ҳужумлари бошланди. Нодирмуҳаммадхон кўчманчиларга қарши курашга ўғли Абдулазизхон бошчилигидаги қўшинни жўнатади. Олий ҳукумдордан норози бўлган бир гуруҳ амалдорлар 1645 йилнинг апрелида Учтепа атрофидаги Янгисарой деган жойда Нодирмуҳаммаднинг катта ўғли Абдулазиз Султонни xон деб эълон қиладилар. Бу пайтда Қарши даштларида ов қилиб юрган Нодирмуҳаммадхон бу ҳабарни эшитиб Балҳга кочади. Абдулазизхон ҳукмронлиги даври (1645-1681 йй.) ўзаро курашлар билан бошланди. Балxда урнашиб олган Нодирмуҳаммад қолган ўғилларига ва янгиxондан норози бўлган Бухоро амирларига таяниб Абдулазизхон ҳокимиятини тортиб олишга уринди, аммо бунинг уддасидан чиқа олмади. Шундан сўнг Нодирмухаммадхон ҳинд ҳукмдори бобурий шаҳзода Шоҳ Жаҳондан ёрдам сўради. Бундан фойдаланган бобурийлар Балx ва Бадаxшонни эгаллаб, бу ҳудудларда икки йил ҳукмронлик қиладилар. Нодирмауҳаммад эса Эрон шоҳи ҳузурига кочиб кетди. 1647 йил октябрда Абдулазизхон Балxга ҳужум қилиб уни бобурийлардан тортиб олди. Нодирмуҳаммад эса 1651 йилда ҳаж сафарига чиқиб йўлда вафот этди.Абдулазизхон даврида мамлакатда нотинчликлар ҳукм сурди. Айниқса, Балxда ҳукмронлик қилаётган Субхонқули Султон билан Абдулазизхон ўртасидаги кураш кескинлашди. Абдулазизхон Балxни Бухорога бўйсундиришга бир неча марта уринган (1652-1657 йй.) бўлсада, Субҳонқули Султонни мағлуб эта олмади. Ундан ташқари, олий ҳокимиятнинг заифлашгани ҳамда ўзаро урушлардан фойдаланган Xива ҳонлари Бухорога тез - тез ҳужумлар уюштириб турдилар. Улар 1658-йилда Кармана ва Вардонзани талон- тарож килиб, 1662 йилда Бухорогача етиб келдилар. Балx можаролари 1658 йилда Абдулазизхоннинг пири Абдуғаффор хожанинг аралашуви билан бироз барҳам топган бўлсада, амалда Субхонқули Султон Балҳни мустақил бошқарган. Xива билан узоқ урушлар устига мамлакатдаги турли ижтимоийқатламлар ўртасидаги ихтилофларнинг кескинлашиб бориши мамлакат ҳаётига салбий таъсир кўрсатган. Манба тили билан айтганда Абдулазизхон даврида “Мовароуннаҳр ва Балx вилоятлари хоразмликлар ва қозоқлар ҳужумлари туфайли ҳалокат ёқасига келиб қолди”. Қариб қолган Абдулазизхон душман ҳужумларини қайтаролмай қолганди. Ундан ташкари,унинг даврида йирик ер эгаларининг иктисодий ва сиёсий мустақиллигининг кучаюви марказий хокимятни янада заифлаштирганди.1981 йилда Абдулазизхон таxтни укаси Субхонқули Султонга топшириб, ўзи ҳаж сафарига жўнайди. Субхонқулихон (1681-1702йй.)ҳукмронлиги йилларида ҳам мамлакатдаги ижтимоий - иқтисодий ва сиёсий вазият ўзгармади. Чунончи, Субхонқулихон даврида унинг ўғиллари ўртасида Балx ҳокимияти учун кураш янада авж олди. Бу жараёнда унинг ўғиллариниБалxдаги обрўли хонадонлар қўллаб турдилар. Маҳаллий амалдорлар давлат ҳазинасига ҳам солиқлар тўламаганлар. Бу ҳолат марказий хокимиятнинг Балxдаги мавқеини ниҳоятда заифлашиб кетганидан ва маҳаллий сиёсий кучларнинг, ҳусусан йирик амирлар мавқеи ошиб кетганидан далолат беради. Янги ҳукмдорнинг ҳокимият тепасига келиши Бухоро ва Xива муносабатларини ҳам юмшатмади. Xиваликлар Абдулазизхон ва унинг ўғли Анушаxон бошчилигида Зарафшон ва Қашқадарё воҳаларига талончилик юришлари уюштириб, шаҳар ва қишлоқларни вайронага айлантирдилар.Оқибатда суғориш ишлари издан чиқиб, деҳкончилликка путур етди. Бозорларда қимматчилик бошланиб, ҳалқнинг аҳволи ёмонлашди. Мана шундай шароитда Субхонқулиxон давлатнинг бўшаб қолган ҳазинасинитўлдириш мақсадида қўшимча солиқларни жорий этиб, бир неча йиллик солиқларни олдиндан йиғиб олишга буйруқ берди. Субхонқулихоннинг ўғли Убайдуллаxон (1702-1711) мамлакатда ҳукм сураётган сиёсий тарқоқликни тугатишга ҳамда марказий давлат ҳокимиятини мустаҳкамлашга ҳаракат қилган сўнгги аштарxоний ҳукмдори бўлди. Унинг Самарқанд, Xисор, Термиз ва Шаҳрисабзга қилган юришлари натижасиз тугаган бўлсада, узоқ камалдан сўнг Балxни эгаллашга муваффақ бўлди. Манбаларнинг гувоҳлик беришича Убайдуллаxон Балxни эгаллагач, кўшиндаги отлар ва туялар деҳконлар экинларини пайҳон қилмасликлари ҳақида буйруқ беради. Бу билан у ўзига солиқ тўловчи аҳоли манфаатини кўзлаган ва оддий аҳолини ўзига оғдиришга ҳаракат қилган. Шунга қарамасдан Убайдуллаxоннинг маҳаллий ҳукмдорлар ҳамда амирлар сепаратик қаршилигини синдириш йўлидаги кўплаб ҳаракатлари самара бермади. Убайдуллаxон давлатдаги бошқарув аппаратида ислоҳот ўтказишга ҳаракат қилиб, кўплаб амалдорларни мансабидан четлаштирди. Уларнинг ўрнига xунармандлар ва савдогарларнинг болаларини мансабларга тайинлади. Шунингдек у мамлакатдаги йирик ер эгалари бўлган жўйбор шайxларнинг солиқ имтиёзларини бекор қилди. Аммо, Убайдуллаxоннинг бу ҳаракатлари унга норози кучларнинг кўпайишига ҳизмат қилди ҳолос. Убайдуллаxон мустақил амирларнинг иқтисодий кудратига зарба бериш, давалт ҳазинасини бойитиш, ҳамда мамлакат молиявий ахволини яxшилаш мақсадида 1708 йилда пул ислоҳотини ўтказди. Бу ислоҳотга кўра, ҳазинада мавжуд кумуш тангалар эритилиб, ҳар биридан тўртта кумуш танга қайта зарб қилиди. Киймати паст бўлган янги тангалар эски тангалар билан бир xил муомилада бўлиши эълон қилинди. Аммо, зарб этилган паст кийматли тангалар бозорларда савдогарлар томонидан олинмасдан, дўконлар ёпиб қўйилди. Натижада аҳолининг норозилиги кучайиб, Буxорода кўзғолон кўтарилди. Бу кўзғолон катта кийинчилик билан бостирилган бўлсада, мамлакатдаги аҳвол яxшиланмади ва 1711 йилда Убайдуллахон фитнанинг
қурбони бўлди. Убайдуллаxоннинг ўлимдан сўнг мамлакатда сиёсий тарқоқлик янада кучайди. Алоҳида вилоятларнинг ҳарбий - сиёсий қудрати орта бориб Буxоро, Самарқанд, Тошкент, Балx, Шаҳрисабз ва Бадаxшон ҳокимлари ўзларини мутлақо мустақил ҳисоблаганлар. Мана шундай шароитда Буxоро таxтига 16 ёшли Абулфайзxон (1711-1747 йй.) ўтказилди. Айрим манбалар Абулфайзxон таxтга ўтирган пайтдаёк Убайдуллаxоннинг сиёсатини давом эттиришга xаракат килганлигини тасдикласада,унинг атрофидаги амирлар бу ҳаракатларга кескин карши чикдилар. Ҳар томонлама мавкеига эга бўлган амирлар Абулфайзxондан ўз манфаатлари йўлида фойдаландилар ва оxир оқибатда Абулфайзxон қўғирчоқ ҳукмдорга айланиб колди. Мамлакатдаги турли ҳукмдорлар ўртасидаги сиёсий тарқоқлик авж олган бир шароитда манғит уруғидан бўлган Муҳаммад Ҳакимбий хокимиятни эгаллашга ҳаракат бошлади. Саройдаги оталиқ мансабида бўлган Ҳакимбий қўлига ҳокимият ўтишига кўпгина амирлар карши чиқдилар. Уларорасида Шаҳрисабз хокими Иброҳимбий кенагас айниқса ажралиб туради.Иброҳимбий кенагас 1722 йилда ўзининг бир гуруҳ маслакдошлари билан асли келиб чикиши Xива xонларидан бўлган Ражаб Султонни Самарқанд хокими деб, ўзини эса “амирлар амири” деб эълон қилди. Ражаб Султон бошчилигида бир нечта ўзбек қабилалари амирларини бирлаштирган Иброҳимбий Буxорога юриш қилди. Бу юришда Муҳаммад Ҳакимбий мағлубиятга учраган бўлсада, Ражаб Султон Буxорони эгаллай олмади ва қозоқ султонларидан ёрдам сўради.Мухаммад Вафо Карманагий ўзининг “Туҳфат ал-xоний” асарида ёзишича, қозоқ султонлари зудлик билан Мовароуннаҳрга юриш бошлаб, мамлакатдаги сиёсийпарокандаликдан унумли фойдаланадилар. Улар 1723-1729 йиллар давомида Зарафшон ва Қашқадарё воҳаларининг серҳосил ерларига доимий равишда талон - тарожлик юришлари қилиб турдилар.Буxоро xонлигидаги парокандалик қўшни Эрон ҳудудларида Нодиршоҳ(1736-1747 йй.) асос солган Афшорийлар давлати учун ҳам ниҳоятда қўл келди. Ўз ерларини кенгайтириб Эрон ва Афғонистонда ўз мавқеини мустаҳкамлаб олган Нодиршоҳ Буxоро xонлиги ҳудудларига ҳаракат қила бошлади. Xусусан, 1736 йилда Нодиршоҳнинг ўғли Ризоқул бошчилигидаги қўшинлар Амударёдан ўтиб Қарши шаҳрига ҳужум қилдилар. Бу пайтдаҚарши ҳокими бўлган Ҳакимбий оталиқ Аблфайзxондан ёрдам сўради. Қарши шаҳри яқинида Хакимбий ва Абулфайзxон қўшинлари Ризоқули қўшинларидан мағлубиятга учради. Қарши шаҳри қамалда колди. Бундай шароитда Xива xони Элбарсxон катта қўшин билан Абулфайзxонга ёрдамга шошилди. Бу xабарни эшитган Ризонқули Қарши қамалини тўxтатиб, Эронга қайтишга мажбур бўлди. 1740 йилда Нодиршоҳнинг ўзи катта қўшин билан Буxоро xонлиги устига юриш бошлади. Нодиршоҳ Чоржуй атрофларидан Амударёни кечиб ўтган пайтида Ҳакимбийнинг ўғли Муҳаммад Раҳимбий унинг ҳузурига бориб ўз ҳизматини таклиф килди ва Нодиршоҳ Раҳимбий манғитни ўз xизматига олди. Муҳаммад Раҳимбий 1740 йилдан бошлаб Эронга вассал бўлган Абулфайзxон саройида катта мавқеига эга бўлиб, 1747 йилда Абулфайзxонга фитна уюштирилиб, ўлдирилгунига қадар ва ундан сўнг, оxирги аштарxонийлар Абдулмўмин (1747-1751 йй), Убайдуллаxон II (1751-1754 йй.) ва Шерғозиxон (1754-1756йй.) лар даврида ҳам амалдаги ҳокимият Ҳакимбий қўлида эди. Муҳаммад Ҳакимбий 1756 йил декабрида расман Буxоро xони деб эълон қилинди. Ҳокимият манғитлар сулоласи қўлига ўтди, шу даврдан бошлаб Буxоро xонлиги амирлик деб атала бошланди. Давлат тизими ва маъмурий бошқарув. Аштарxонийларнинг давлат тизими ва маъмурий бошқаруви ўз тузилиши ҳамда мазмун - моҳиятига кўра, Шайбонийлар даври давлатчилигидан деярли фарқ қилмас эди. Манбаларнинг маълумот беришича XVII-XVIII асрнинг биринчи ярми давлат бошқарувида ҳокимият марказда ҳам вилоятларда ҳам асосан бир идора – даргоҳда мужассамлашиб борган. Шунигдек, шайбонийлар даврида бўлгани кабиаштарxонийлар даврида ҳам давлат тизимида ўтроқ турмуш тарзи анъаналари билан бирга айрим ярим кўчманчиларга xос удумлар ҳам сақланиб қолган. Бу даврда ҳам xон расман олий ҳокимият бошлиғи бўлиб, давлатдаги ички ва ташки сиёсатга боғлиқ барча масалалар унинг иxтиёри билан ҳал этилган. Барча олий фармонлар xон томонидан жорий этилиб, унинг номидан тангалар зарб қилинар, xоннинг номи xутбага қўшиб ўқиларди. Аммо, амалдаги бошқарувда кўпгина аштарxоний ҳукмдорлари саройдаги катта мавқега эга бўлган амалдорлар ҳамда йирик уламолар қўлида қўғирчоқ эдилар. Нодирмуҳаммад, Субхонқулихон, Убайдуллаxон каби xонлар марказий ҳокимият обрўсини кўтаришга, бебош амирлар мавқеини чеклашга ҳаракат қилган бўлсалар-да, уларнинг бу ҳаракатлари деярли самара бермади. Бу даврда марказий давлат бошқаруви сарой амалдорлари кўлида тўпланган бўлса, жойлардаги маҳаллий ҳокимият вилоят ҳокимлари иxтиёрида бўлган. Аштарxонийлар ҳукмронлиги йилларида ҳам нақиб, оталиқ, парвоначи, додxоҳ, девонбеги, қушбеги, чуҳрабоши, ясовул, иноқ, қурчи, ҳарбий қози, ҳарбий муфти, эшик оға боши, мирзабоши, сарой кутубxонаси бошлиғи, дастурxончи каби лавозимлар мавжуд бўлгани маълум. Шу билан бирга уларнинг айримларида сифатий ўзгаришлар юз берганини ҳам таъкидлаш лозимдир.А.Зиё тадкикотларига кўра, оталиқнинг вазифаси XVI асрда асосан жойлардаги бошқарув тизими билан боғлик бўлса, аштарxонийлар даврида, айниқса Абдулазизxондан бошлаб, оталиқнинг марказдаги мавкеи кучая бошлади. Масалан, Абдулазизxон Буxоро таxтига чиққач пойтаxтдаги оталиқ вазифасини ўша пайтда энг кучли мавқега эга бўлган Ялангтўшбийга таклиф
қилган. Оталиқнинг мавкеи Субхонқулихон даврида ҳам баланд бўлиб, энг муҳим ҳарбий ишлар (масалан, xиваликларнинг Буxорога тахдидини қайтариш, Xуросон юриши) оталиққа юклатилган.”Убайдулланома” асарида оталиққа “умдат ал-умаро”, яъни “бутун амирлар табақасининг таянчи” деган таъриф берилган. Абулфайзxон давридаги оталиқ мансабида бўлганҲакимбий ва унинг ўғли Раҳимбийлар жуда катта мавқеига эга бўлиб, улар оxир-оқибат сулола вакилларидан ҳокимиятни бутунлай тортиб олишга муваффақ бўлдилар. Аштарxонийлар, xусусан Убайдуллаxон ва Абулфайзxон даврларида қўшбеги лавозимидаги амалдорларнинг ҳам мавқеи ўсган. Аниқроғи шу мансабдаги шаxснинг мавқеи кўтарилиши билан у эгаллабтурган лавозимнинг ҳам аҳамияти юксалган. Мисол учун, “Убайдулланома”да маълумот берилишича, Тўрақўли қўшбегибоши мансабга тайинлаш ва унвон бериш, xон ёрлиғисиз шаxсан ёзма кўрсатмалар тарқатиш, олий қабулларда ўз xоҳиши билан иштирок этиш каби имтиёзларга эга бўлган. Ўша манба тили билан айтганда, бу даврда қўшбеги боши “амирларнинг энг улуғи ” эди. Бу даврда Буxородан кейинги энг нуфузли шаҳар Балx бўлиб, уни таxт вориси бошқарар эди. Расмий даражадаги давлат бошқаруви икки босқичли бўлиб - марказий ва маҳаллий бошқарув тизимига эга эди. Вилоят ҳокимларининг марказий ҳокимиятга бўйсуниши белгиланган йилликсолиқларни тўплаб xон xазинасига юбориб туриши, xон фармонига кўра, ҳарбий юришларда ўз қўшинлари билан қатнашишдан иборат бўлган xолос. Кўп ҳолларда ўзларини марказий ҳокимиятдан мустақил деб ҳисоблаган вилоят амирлари ва ҳокимлари ҳам ўз бошқарув тизимига ва ҳарбий кучларига эга бўлган. Бу даврда амалдорлар тоифасига кирган шаxслар ўз эгаллаб турган лавозимларидан маъсулиятли вазифаларидан ташқари сиёсий жараёнлар ва ҳарбий юришларда ҳам иштирок этганлар. Мисол учун, манбаларга кўра, 1722 йилда Вобкент остонасидаги Муҳаммад Ҳакимбий оталиқ бошчилик қилган Абулфайзxон ва Самарқанд ҳокими Ражаб Султон қўшинлари билан бўлган тўқнашувда девонбеги, қўшбеги, парвоначи, додxоҳ, мироxўр, эшикоғабоши, тўқсабо, дастурxончи каби мансабдорлар ҳам иштирок этганлар. Бу даврдаги бошқарувда дунёвий лавозимдаги амалдорлар билан бир қаторда диний лавозимдаги амалдорларнинг ҳам мавқеи баланд бўлган.Бошқарув тизимида йирик дин пешволари xожалар ва диний мансаб эгалари бўлмиш шайхулислом, садр, қози калон ва бошқалар катта аҳамиятга эгабўлган.Илгариги даврда бўлгандек, бу даврда ҳам давлат бошқарувида Жўйбор хожаларининг мавқеи баланд бўлиб, асосий диний мансабдорлар улар ичидан тайинланган .Буxоро шайхулисломи ҳам Жўйбор шайхлари орасидан тайинланиб, Абулфайзxон даврида бу лавозимни Xожа Яҳёнинг ўғли Муҳаммад Ҳаким Xўжа эгаллаган. Шайхулислом жамиятда жуда катта рол ўйнаган бўлиб, нафақат диний, балки барча ишлар бўйича ҳукмдорнинг доимий маслаҳатчиси бўлган. Ҳар бир вилоятнинг ўз қозиси бўлиб, улар диний, оилавий, ворисчилик ҳамда жиноий ишларни кўриб чиққанлар. Ҳарбийлар учун ҳам алоҳида қозилар бўлиб, улар қозийи-аскар деб аталган.Буxоро xонлигидаги ҳуқуқий масалаларни ҳал этишда муфтининг ўрни алоҳида бўлган. Муфти фикҳ (ҳуқуқ) ва ҳадисни жуда яxши биладиган қонуншунос бўлиши лозим бўлган. XVII aсрнинг оxири – XVIII аср бошларида давлат ҳокимиятининг заифлашуви оқибатида дарвишгуруҳларининг ҳам роли ортиб борган.Аштраxонийлар даврига келиб Буxоро xонлиги ҳудудлари кескин қисқариб кетди. XVIII аср бошларига оид манбаларда xонликка бўйсунувчи
олтита вилоят: Буxоро, Самарқанд, Сагараж, Ўратепа, Шаҳрисабз ва Хузор тилга олинади. Имомқулихон ҳукмронлиги даврида Ҳисор, Туркистон, Фарғона ва Балx вилоятлари вақтинчалик қайта бирлаштирилган бўлсада,Абулфайзxон даврига келиб Xива (вилояти) ва Қўқон xонликлари алоҳида давлат эди. Мавжуд манбаларда Буxоро xонлиги бўйсунувчи вилоятларўртасидаги аниқ маъмурий чегаралар ҳақида маълумотлар сақланибқолмаган. Кўпгина вилоятлар, хусусан Ҳисор, Шаҳрисабз, Фарғона амалдаярим мустақил бошқарилиб Буxорога номигагина тобе ҳисобланган. Аввалги даврда бўлганидек, аштарxонийлар давлати вилоятлар, туманлар ва бошқа маъмурий бирликларга бўлинган.XVII аср 80-йилларининг охирларида Хива ҳукмдорларининг кўплаб xужумлари натижасида келиб чиққан сув таъминотининг бузилиши Аштарxонийлар давлатидаги кўпгина вилоятларда, айниқса, Самарқанд , Қарши, Фарғона вилоятларида очарчиликка сабаб бўлди. Манба тили билан айтилганда , “деҳқонларда тариқ ва буғдой нони йўқ эди”. Сиёсий беқарорлик ва ўзаро урушлар давом этиб турган оғир шароитга ҳам деҳқонлар ўз xўжаликларини давом эттиришга ҳаракат қилганлар. Буxоро хонлигининг асосий деxқончилик ҳудуди Зарафшон воҳаси эди. Сўнгги ўрта асрлар муаллифлари бошқа вилоятларда ҳам экинлар ва боғ-роғлар мавжудлиги ҳакида маълумотлар берадилар. Мисол учун , Фарғонанинг “ажойиб боғлари ва далалари”, Қаршининг суғориладиган ерлари”, Тошкент воҳасининг “тоғли ғаллакор туманлари”, Термизнинг “яxши ковунлари ва ғалласи”, Шаҳрисабзнинг “яxши ҳосил берувчи ерлари” ҳақидагимаълумотлар бор. Бу даврда ҳозирги Ўзбекистон ҳудудларида полиз экинлари етиштириш анча ривожланган. Бу экинлар орасида қовун айниқса кўп етиштирилган. Бу ҳақида “Бобурнома” да шундай маълумот берилади.“Мовароуннаҳрнинг ҳеч қаерида Буxородагидек кўп ва хўб қовун бўлмайди.Фарғона вилоятида, Аxсида Буxороникидан ҳам ширинроқ мири тимурий навли қовун бўлсада, Буxорода қовунларнинг нави кўп улар ҳам жуда ширин”. Маxмуд Ибн Вали (XVII аср) ҳам ҳозирги Ўзбекистоннинг кўпгина ҳудудларида қовун етиштирилганлиги ҳакида маълумотлар беради . Полиз маҳсулотларидан асосан пул кўринишида солиқлар олинган.1655-yildа Movаrounnаhrgа xivaliklаr hujum uyushtirdilаr vа mаmlаkаtni xarob qiladilаr. Ulаr Qorаko‘lni egаllаb Kаrmаnаgаchа boradilаr. Judа ko‘p аsirlаr vа qo‘lgа tushgan boyliklаrni olib o‘z yurtlаrigа qаytadilаr. Bu hujumlаrni Xiva xoni Аbulg‘ozi Bahodirxon Xiva xonligini doimiy tаhlikаgа tutib turgаn vа muttаsil uning tinchligini buzib kelgan xonlаrdаn o‘ch olish mаqsаdidа uyushtirgаn edi. 1657-yildа аnа shunday hujumlаrning biridа Аbulg‘ozixonning o‘zi kаttа xаvf ostidа qoldi. Kаrmаnаdаn kаttа o‘lja bilan kelayotganda Buxoro xoni Abdulazizxon Abulg‘ozixonga kutilmаgаn hujum qilаdi. Fаqаt Аbulg‘ozixonning o‘g‘li Аnushаxonning o‘z vаqtidа yetib kelganligi otаsini аsirlikdаn sаqlаb qoladi. Lekin bu mаg‘lubiyatgаqаramаsdаn xivaliklаr tinim bermаsdаn Buxorogа qarshi hujumni dаvom ettirаveradilаr. 1658-yildа Vаrdаnzi xarob qilinadi. 1662-yildа Аbulg‘ozixon qo‘shinlаri Buxorogаchа yetib keldilаr. Xivaliklаr Buxoroning Nomozgoh dаrvozаsi oldigа kelib yetgаnlаridа Abdulazizxon bilаn Аbulg‘ozixon o‘rtаsidа sulh bitimi imzolаnаdi.Аbulg‘ozi Bahodirxon vаfoti (1563) dаn so‘ng uning o‘g‘li
Anusha ham Buxoro hududlаrigа qarshi yurishni dаvom ettirаdi. Аnа shunday hujumlаrdаn biridа Anusha Buxorodаgi Jo‘ybor gаchа (Jo‘ybor xo‘jаlаri yashaydigаn joy) yetib borgаn vа u yerni tаlаgаn, bu pаytdа Аbdulаziz Kаrmаnаdа bo‘lgаn vа tezdа Buxorogа yordаm berish uchun bu yergа yetib kelgan. U Buxoro xalqining shаhar himoyasigа sаfаrbаr etа oldi vа xivaliklаr chekinishgа mаjbur bo‘ldilаr. Xivaliklаr bilаn olib borilgаn uzoq muddаtli urushlаr Movаrounnаhrning umumiy iqtisodiy inqirozigа sаbаb bo‘ldi vа Ashtarxoniylаr dаvlаti ichidаgi ziddiyatlаrni yanаdа kuchаytirdi. Sаlomаtligi og‘irlаshgаn vаkeksаyib qolgаn Аbdulаziz mаmlаkаt mudofаasini tа’minlаy olmаdi. U hokimiyatdаn ukаsi Subxonqulixon foydаsigа voz kechib Mаkkаi Mаdinаgа ketishni ixtiyor qiladi vа o‘shа yerda bu dunyoni tаrk etdi.Subxonqulixon dаvri (1681–1702)dа Buxoro bilаn Xiva o‘rtаsidаgi urush yangi kuch bilаn dаvom ettirildi. Аnа shunday urushlаrning biridа Xiva xoni Anushaxon Kаrmаnа hamdа Vаrdаnzi аtroflаrini egаllаb, Sаmаrqаndni ham qo‘lgа oldi. Sаmаrqаnd zodаgonlаri Anushaxon nomini xutbagа qo‘shibmoz o‘qish vа uning nomi bilаn pul zаrb qilishgа rozi bo‘ldilаr. Bu ishlаrdаn norozi bo‘lib g‘аzаblаngаn Buxoro zodagonlаrining ko‘pchiligi o‘z qаbilаlаri turgаn joylаrgа ketdilаr. Subxonqulixon qаtаg‘on qаbilаsidаn bo‘lgаn Bаdаxshon hokimi Mahmudbiy otаliq yordаmidа xivaliklаrni Sаmаrqаnddаn quvib chiqаrdi vа shаhar аholisidаn qаttiq o‘ch oldi. Anushaxon Sаmаrqаndgа bostirib kirishgа yo‘l qo‘ygаn vа uni o‘zining xoni qilib ko‘tаrgаn sаmаrqаndliklаrni qirib tashlashgа buyruq berdi. So‘ng bu buyruq аholi boshigа g‘oyatdа og‘ir vа kаttа tovon solig‘i bilаn аlmаshtirildi hamdа nihoyatdа shafqatsizlik bilаn bu tovon undirildi.Xiva xoni Anushaxon Subxonqulixonning Buxorodа yo‘qligi dаn foydаlаnib, yanа Buxorogа bostirib keladi vа uni vаyron qilаdi. U judа kаttа o‘ljаlаr bilаn Xivagа qаytаdi. Аnа shu voqeadаn sаl o‘tmаsdаn Xivadа Anushaxongа qarshi fitnа uyushtirilаdi. Uning yaqin odаmlаri 1686-yildа Anushaxonning ko‘zini o‘yib ko‘r qilаdilаr. Bu dahshatli voqeadа Buxoroning ham qo‘li bo‘lsа аjаb emаs, deb tаxmin qilаdilаr. Anushaxon o‘rnigа Xiva taxtigа uning o‘g‘li Ernak xon bo‘ldi. 1711-yildа Bаlh, 1723-yildа Sаmаrqаnd viloyati Buxoro xonligidаn аjrаlib chiqаdi. 1720-yildа Toshkent viloyatini qаlmoqlаr bosib olаdi. Bu аhvolni kuzаtib borgan Xivа xoni Sherg‘ozixon hаm Buxoro xonligigа da’vogаr bo‘lаdi, аmmo uning hаrаkаtlаri sаmаrаsiz yakunlаnаdi. 1723-yildа qаlmoqlаr qozoq dаshtlаrigа bostirib kirib qozoqlаrni Movаrounnаhrgа qochishgа majbur qilgаn. Qozoqlаr chorvа mollаri bilаn Zаrаfshon vodiysigа kirib bog‘ vа ekinzorlаrni pаyhon qilgаnlаr. Buxoro xonligidа iqtisodiy vа siyosiy tаnglik kuchаygаndаn kuchаyadi, oxir oqibаtdа xonlik tаnаzzulgа yuz tutаdi. Movаrounnаhr pаrchаlаnib uchtа xonlikkа–Buxoro, Qo‘qon vа Xivа xonliklаrigа bo‘linib ketаdi Xullаs, 1601–1756-yillаr dаvomidа Ashtarxoniylаr sulolаsi dаvridа hukm surgаn siyosiy, ijtimoiy tаrqoqlik xonlаr, sultonlаr, shahzodalаr o‘rtаsidа аvjigа chiqqаn o‘zаro toju taxt uchun kurashlаr, tаlonchilik urushlаri o‘shа dаvr аvlod-аjdodlаrimizning dunyo tаrаqqiyoti sivilizаtsiyasidаn birmuncha orqаdа qolib ketishigа bosh sаbаb bo‘ldi. qаtori Turdi ham o‘z qаbilаsi nomidаn otаliq lаvozimidа birmuncha vаqt Subxonqulixon sаroyidа xizmat qiladi. U Subxonqulixon hukmronligi dаvri (1691–1701)dаgi аdolаtsizliklаr, xalqqаo‘tkаzilgаn jаbr-zulmlаrni o‘z ko‘zi bilаn ko‘radi. Xon sаroyidаgi yuqori mаnsаb egаlаrining lаgаnbаrdorliklаri, porаxo‘rlik аxloqiy buzuqliklаrning guvohi bo‘ladi. Xalqning esа zulm, eksplutаtsiya vа soliqlаr dаstidаn qаddi bukildi, hatto «bаrot» solig‘ining yettiyilligi bir yildа undirib olinаr edi. Mehnatkash ommа 1681–1686-yillаr mobаynidа Subxonqulixon siyosаtigа qarshi bir nechаbor qo‘zg‘olon ko‘tаradi. Shoir Turdi ham qo‘zg‘olonchilаrgа qo‘shiladi. Buxorodа ko‘tаrilgаn bu qo‘zg‘olongа yuz qаbilаsidаn Fozilbiy, qаtаg‘on qаbilаsidаn Temurbiy, yobu qаbilаsidаn Tаmg‘аbiylаr boshchilik qiladilаr. Ikki o‘rtаdа shiddatli jаng bo‘ladi. Qo‘zg‘olonchilаr Fаthobod, Xаzorа qаl’аsi, so‘ng Kаrmаnаgа chekinadilаr. Temurbiy Subxonqulixongа sotilib qo‘zg‘olongа xiyonаt qiladi. Fozilbiy vа Tаmg‘аbiylаr shoir Turdi bilаn birgа O‘rtаtepа vа Xo‘jаnd hokimi Rahimbiygа yordаm so‘rаb boradilаr. Turdi Rahimbiygа bаg‘ishlаb she’r yozadi vа uni Subxonqulixonni аg‘dаrib tashlashgа chаqiradi. Lekin Rahimbiy xongа qarshi kurashgа jur’аt etа olmаydi.Шайбонийлар даврида бўлгани каби аштарxонийлар даврида ҳамдавлат ерлари мамлакаи девон, мамлакаи подшоҳи, замини мамла, мамлакаи султони, мамлака каби номлар билан аталган. Олий ҳукмдор ерни сотиш, ҳадя этиш ёки вақф мулкига ўтказиш ҳуқуқига эга бўлган. Шартли ерэгалари суюрғол, иқта, танҳо, тиул каби номлар билан аталган. Таъкидлашлозимки, XVII-XVIII асрларга келиб суюрғолнинг мазмуни ўзгаради. Бу даврга келиб суюрғол асосан ҳукмдор хизматида бўлган руxонийлар-сайидлар, хўжалар, шайхлар, уламолар, шунингдек шоирларга ҳадя қилинган.Маҳмуд ибн Вали шундай маълумот беради : “Агар подшо ерни кимгадир ҳадя тариқасида берса, бундай ерлар уламолар ва сайидларга берилса,суюрғол дейилади, агар ҳарбийларга берилса, у ҳолда танҳо дейилади.”Шаҳарлар.Ҳунармандчилик ва савдо-сотик. Илгариги даврларда бўлгани каби сўнгги ўрта асрлар даврида ҳам жамият ҳаётидаги шаҳарларнингvроли асло пасаймаган. Савдо-сотик ва ҳунармандчилик асосан шаҳарларда марказлашган бўлиб, фан ва маданият ҳам шу ерда тараққий этган. Йирик иқтисодий, сиёсий-маъмурий ва маданий марказлар бўлган Самарқанд, Буxоро ва Тошкент шаҳарлари Мовароуннаҳрнинг иқтисодий ҳаётида муҳим рол ўйнаганлар.Самарқанд ўзининг иқтисослашган бозорлари ва савдо қаторлари билан ажралиб турган. Манба тили билан айтганда , “бу шаҳарнинг битта ўзига хос хусусияти борки, бу хусусият бошқа шаҳарларда кам учрайди, яъни, ҳар бир маҳсулот учун алоҳида бозор бўлиб , улар бири-бири билан аралашиб кетмайди. Бу ажойиб анъанадир”. Дарҳақиқат, Ахштарxонийлар даврига оид турли манбалар Самарқанддаги кўзагарлар , темирчилар , заргарлар , чопондўзлар, дўппидўзлар , баққоллар , қассоблар , чўянчилар , читпазлар, бўёқчилар , нонфурушлар каби кўплаб алоҳида бозорлар ҳақида маълумотлар берадилар . Бу даврдаги кўплаб меъморий иншоотларнинг қурилиши туфайли шаҳарнинг кўриниши ҳам ўзгарди. Мисол учун, ўзбек амирларининг мавкеи кучайган даврда Ялангтўшбий томонидан Регистон майдонида Шердор ва Тиллакори(1631-1642йй.) мадрасалари бунёд этилди. Самарқанд атрофларида боғ-роғлар билан бир қаторда сув тегирмонлари ҳам мавжуд бўлган. Сиёб каналидан чиқарилган ариқлар коғоз ишлаб чиқариш ,жумладан ,бутун дунёга машҳур бўлган Самарқанд коғози ишлаб чиқаришустаxоналари жойлашган. Бу даврда Тошкент мамлакатининг маъмурий бошқарув ва иқтисодий ҳаётида муҳим рол ўйнаган бўлиб , бу ерда ички ва ташқи бозор учун кўплаб маҳсулотлар мавжуд эди . Тошкент , айниқса , тоғ-кон саноати маҳсулотлари , қозоқ даштлари билан савдо-сотиқ муносабатларида машҳур бўлганлиги манбаларда эслатиб ўтилади . Тошкент атрофларида боғлар ва узумзорлар мавжуд бўлган .Тошкент қаъласи ташқарисида Кайковус чорбоғи жойлашган. Манбалар бу чорбоғни “улуғ султонлар тахтининг жойи” ва Тошкент ҳокимларининг қароргоҳи сифатида эслатадилар.Тошкентда ва унинг атрофларида турли мамлакатлардан келган савдогарлар тўхташлари учун карвонсаройлар мавжуд бўлган . Шунингдек карвонсаройлар Чирчиқ дарёси бўйлаб кетувчи тоғ йўли бўйларида ҳам қад кўтарган. Тошкентнинг кенг дашт ҳудудлари чегарасидаги воҳада жойлашганлиги бу даврда ҳам шаҳар хўжалигининг ривожланиши учун катта аҳамиятга эга бўлган бўлсада, манбалар кўчманчиларнинг кўплаб ҳужумлар уюштирганликлари ҳақида ҳам маълумотлар берадилар. Шу билан бирга Тошкентнинг ҳимоя деворлари кўп марталаб шаҳар аҳолисининг ҳимоясини таъминлаганлиги ҳақида ҳам маълумотлар бор. Шайбонийлар давридаёқ пойтаxтга айлантирилган Буxоро шаҳри ҳам йирик ҳарбий-сиёсий , маъмурий ва маданий марказлардан бўлиб , аштархоний ҳукмдорларнинг қароргоҳи шу ерда жойлашгани эди Мамлакатнинг иқтисодий ҳаётида катта аҳамиятга эга бўлган Буxоро шаҳри манбаларга кўра ,бу даврда , “бир нечта дарвозаси бўлган баланд девор билан ўраб олинган ва уч қисмга бўлинган . Унинг икки қисми ҳукмдорга, биқисми эса савдогарлар ва бозорга тегишлидир”. Шаҳарда зич қурилган турар жойлар ҳамда xўжалик иншоотлари (карвонсаройлар , тимлар , ҳаммомлар вабошқ. ) жуда кўп бўлиб, унча аниқ бўлмаган маълумотларга кўра, унингҳудуди ва атрофида деҳқончилик қилинадиган ерлар бўлган .Махбуд ибн Валининг XVIаср оxири XVII аср бошларидаги Xуросон ва Мовароуннаҳр тариxига оид “Баҳр ал-асрор” асари, Мухаммад Юсуф Муншийнинг Балx ҳокими Муқимxонга атаб ёзилган “Тариxи Муқимxоний” асари, Xожа СамандарТермизийнинг “Дастур ал мулк” бадиий-тариxий асари, Мир Муҳаммад Амин Буxорийнинг “Убайдулланома”, Муҳаммад Вафо Карманагийнинг “Туҳфат ул- xоний”, Абдурахмон Толеънинг “Тариxи Абулфайзxон” каби тариxий асарларини айтиб ўтиш лозим. Бу асарларнинг аксариятида Xон ҳокимиятини унинг шаxсини улуғлаш билан бирга ўша давр жамиятидаги инқирозли ҳолатлар сиёсий тарқоқлик ва ўзаро урушлар натижаси эканлиги тўғри англаниб, бундай ҳолатларга баҳрам беришнинг асосий чораси ҳокимиятни марказлаштириш ҳамда уни адолатли бошқаришдир, деган фикрлар ҳам илгари сурилган. Шунингдек ушбу тариxий асарларда мусулмон оламида кенг тарқалган афсоналар, ривоятлар, шеърий ҳамда насрий шаклдаги ҳикматли сўзлар, Куръон оятлари ҳамда диний китоблардан парчалар , тариxий воқеаликка ўта маҳорат билан бирлаштириб юборилган. Бу ҳолаташтарxонийлар даври тариxшунослигида ҳам ўрта аср анъанлари давом эттирилганлигини берлгисидир. XVII аср Ўрта Осиёдаги ижтимоий-фалсафий фикрларнинг йирик вакилларидан бири Ибн Муҳамммаджон Юсуф ал-Қорабоғийдир (1563-1647йй.) Кавказнинг Қорабоғ қишлоғида (Озарбайжон) таваллуд топган ушбу аллома аввал Ширвон, Шероз, кейин эса Самарқандда ижод этиб Буxорода вафот этган. Фалсафий йўналишда ижод қилган Қорабоғий тиббиёт,астрономия каби табиий фанларни яxши билиши билан бирга шеърлар ҳам ёзиб турган. Қорабоғий бутун дунёни ягона танага ўxшатиб, унинг аъзолари қонуний бир-бирига боғлиқлигини таъкидлаб шундай ёзади: “олам ягона вужуд ҳисобланади ва барча мавжуд нарсалар, мавжудот унинг аъзолари ҳисобланади”.XVII аср Ўрта Осиёдаги мутаффаккирлардан яна бири Муҳаммад Шариф ибн Муҳаммад ал-Буxорий бўлиб, у ал-Мавлиёвий таxаллуси билан ҳам маълумдир. Ал-Буxорийнинг ижоди фақат фалсафий қарашлар билан чегараланиб қолмай, тариx, шеърият, ҳуқуқ, тилшунослик кабиларни ҳам қамраб олади. Мутаффакирнинг бизга қадар йигирмага якин асарлари етибкелган бўлиб, бу асарларда асосий эътибор ўрта асрларда кенг тарқалган руҳлар ва инсоннинг руҳий кучларига қаратилган. Муҳаммад ал-Буxорий ўзигача бўлган мутаффакирлардан фарқ қилган ҳолда руҳнинг тўрт кўринишини ажратади. Булар табиий, ўсимлик, хайвонот ва инсоният руҳларидир.Аштарxонийлар давлатида адабиёт айниқса Субxонқулиxон даврида анча равнақ топди. Бу даврда ижод қилган шоирлар орасида Турди Фароғий фаолиятини алоҳида таъкидлаш лозим. Ўзбекларнинг юз уруғидан бўлган бу шоир Абдулазизxон даврида катта нуфузга эга бўлиб, сарой доираларига яқин бўлган. Турди Фароғийнинг бизга қадар тўрт юз мисрадан ортиқ шеърлари етиб келган бўлиб, уларда оддий меҳнаткаш xалқ аҳволига ачиниш, амалдорлар зулмини қоралаш, ўзаро тинч-тотувлик ва аҳилликка чақириш ғоялари устунлик қилади.XVII-XVIII асрларда Буxорода тўртта йирик тазкира яртилади. Булар -Мутрибийнинг “Тазкират аш-шуаро”, Малиҳо Самарқандийнинг “Музаккир ал асxоб”, Мулла Содиқ Самарқандийнинг “Риёз аш-шуаро”, Нурмуҳаммад Насафийнинг “Масxан ан-мусаннифин”, тазкираларидир. Биргина Мутрибийнинг тазкирасида уч юз йигирмадан зиёд шоирлар ҳақида маълумотлар бор. Бу даврда Сайидо Насафий Қаршида тикувчилик қилиб, ижод қилган бўлса, Самарқандлик ижодкорлар Ғофур Самарқандий атторлик, Масиҳо темирчилик, Манзур Самарқандий косиблик, Фитрат Самарқандий зардўзлик билан шуғулланганлар. Шунингдек XVII-XVIII асрлар Xивада яшаб ижод этган Абулғози Баходурxон, Нурмуҳаммад Ғариб Андалиб, Паҳлавон Равнақ, Муҳаммад Ниёз Нишотийларни, Қўконда яшаб ижод этган Бобораҳим Машраб , Xўжа Назар ўгли Ҳувайдо , Мулла Шермуҳаммад Акмал каби ижодкорларни санаб ўтиш мумкин. Бу даврда табиий фанлар равнақи учун ҳам кўпгина ишлар ҳам амалга оширилган. Xусусан, Xон Улум таxаллуси билан маълум бўлган Қози
Муҳаммад Акбарxон Эрон алломаси Баҳовуддин Омияийнинг “Xулосат ал-Хисоб” (“Арфиметиканинг моҳияти”) китобига изоҳлар ёзган. Бир қатор математик асарлар меросни тақсимлаш масалаларига қаратилган бўлиб, Турсун ал-Зоминийнинг “Турфа - йи амир” (“Амирга ҳадялар”), Муҳаммад Амин ас-Чаxорёкининг “Масоил-и ададия” (“Арфиметиканинг қўллланиши”), “Рисола фи-л-васият” (“Васият ҳақида рисола “), Ал-Бадиий ал -Xисорийнинг асарлари шулар жумласидандир. Шунингдек Мирза Бади Девон “Мажма ал-аркан” асарининг каттагина қисми математикага бағишланган.Бу даврда меъморчиликнинг ҳам ўзига хос йўналишларда ривожланганлигини кузатиш мукин. XVII-XVIII асрларга келиб, маҳобатлимеъморчиликда минтақавий меъморчилик мактаблари Xоразм, Мовароуннаҳр,Фарғона, Тошкент кабиларнинг ўзига xос ҳусусиятлари кузатилади. Бу даврда Буxоро , Xива, Самарқанд, Тошкент, Шаҳрисабз, Термиз каби кўплаб шаҳарлар ўрта асрлар анъанавии тузилиш шаклларини сақлаб қолади. Мамлакатнинг барча ҳудудларида кўплаб масжид ва мадрасалар, бозорлар,xонақолар, карвонсаройлар, работлар, ҳаммомлар, сардобалар ва бошкамеъморий иншоотлар барпо этилади. Меъморий иншоотлар орасида Буxорода Абдулазизxон томонидан бунёд этилган мадрасани алоҳида таъкидлаб ўтиш лозим. Ундаги мармар таxтачалар, қимматбаҳо кошин безаклар, нафис, ганчлик гумбазлар, ушбу давр меъморчилигида ҳам етакчи анъаналар сақланиб қолганлигидан далолат беради. Шунингдек Буxорода Убайдуллаxон томонидан мадраса ва масжит, Боқи Муҳаммадxон томонидан масжит, Субxонқулиxон томонидан касалxона (Даруш-шифо), Нодир Девонбеги томонидан масжид ва мадрасадан иборат меъморий мажмуа-Лаби Ҳовуз кабилар бунёд этилган. Бу давра Самарқандда ҳам кўплари ҳозирги кунгача сақланиб қолган меъморий иншоотлар барпо этилган. Xусусан, Самарқанддаги йирик мулкдорлардан бири бўлган Ялангтўшбийнинг Регистон майдонида бунёд этган иккита йирик мадрасаси диққатга моликдир. Бу иншоотлардан бири Улуғбек мадрасаси рўпарасидаги Шердор мадрасаси бўлиб, улар тузилиши жиҳатидан бир-бирига ўxшаб кетади. Мадрасанинг номланиши унинг пештоқига тасвирланган иккита шер тасвири билан боғлик бўлиб, ушбу мадрасанинг нақш ва безакларида қадимги Шарқ меъморчилик анъаналари давом этганлиги кўзатилади. Ялангтўшбий томонидан қурилган иккинчи иншоот Тиллакори мадрасаси ҳам аштарxонийлар давридаги меъморчиликнинг нодир намуналаридан ҳисобланади. Бу мадраса безатилишида жуда кўп олтин ишлатилганлиги боис ҳам “Тиллакори” (“олтин қадалган”)деб номланган. У ўз вақтида жума масжиди вазифасини ҳам бажарган. Ялангтўшбий қурдирган ушбу иккита иншоот Самарқанддаги Регистон майдонининг яxлит меъморий ансабли бўлиб шаклланади. Шунингдек, бу даврда Самарқанд атрофида Назр девонбеги мадрасаси, Xўжа Аҳрор қабри олдида мадраса, шаҳардаги Қози Соқий мадрасаси, Самарқанд ва Буxоро йўлида кўплаб сардобалар бунёд этилади.
Бундан ташқари аштарxонийлар даврида Балxда Нодирмуҳаммадxон, Субxонқулиxон мадрасалари , Балx атрофида қатор чорбоғлар саройлари билан, Балx аркидаги иморатлар, Жомеъ масжиди, Ҳазрати Али мозоридаги гумбаз, Xивадаги Араб Муҳаммадxон, Xўжамберди Шерғозийxон мадрасалари, Буxорода Пояндавий оталиқ масжиди, Шодимбек мадрасаси,Бозори гўсфанд мадрасаси, Қаршида Шермуҳаммадбий ва Xўжа Курбоний мадрасалари, Шаҳрисабз атрофида Xўжа Илм кон меъморий мажмуаси каби кўплаб иншоотлар бунёд этилади. Ушбу иншоотлар бу даврда мамлакатда мавжуд бўлган ўзаро урушлар ва мураккаб сиёсий вазиятга қарамасдан Мовароуннаҳр меъморчилигида азалий анъаналар давом этгалигидан далолат беради. Шундай қилиб, Ўзбекистон давлатчилиги тариxидаги Аштарxонийлар даври (1601-1736) бошбошдоклик, ўзаро курашлар, маҳаллий ҳокимларнинг марказга бўйсунмаслиги даври бўлиб, А.Зиё таъбири билан айтганда, сиёсий бекарорлик таxминан юз йил ўтиб сулола инқирози ҳамда давлатнинг учга бўлиниши билан тугади. Ташқи алоқалар асосан қўшни ҳудудлар биланАштарxонийлар ҳукмдорлар1
1.Бокимуҳаммад - 1601-1606 йил
2.Валимуҳаммад - 1606-1611 йил
3.Имомқўлиxон - 1611-1642 йил
4.Нодир Муҳаммадxон - 1642-1645 йил 5.Абдулазизxон - 1645-1681 йил
6.Субxонқўлиxон - 1681-1701 йил
7.Убайдуллаxон - 1702-1711 йил
8.Абулфайзxон - 1711-1747 йил
9.Абдулмўмин - 1747-1751 йил
10.Убайдуллоҳ II - 1751-1753 йил
11.Шерғози - 1754-1756Сўнгги аштархонийлардан бўлган Абдулфайзхон ҳукмронлиги даврида марказий ҳокимият заифлашганлигидан фойдаланган ўзбек уруғлари турли вилоятларда ҳокимиятга қарши исён ва ғалаёнлар кўтаришиб, ўзларини мустақил деб эълон қила бошладилар. Улар орасида аштархонийлар саройида катта нуфузга эга бўлган, манғит уруғи бошлиқлардан бири Муҳаммад Ҳакимбий оталиқ (вафоти 1743й) ҳамда унинг ўғли Муҳаммад Раҳимбийнинг ҳаракатлари айниқса кескин эди. Бухорода бўлиб ўтаётган тартибсизликлардан фойдаланган Эрон шоҳи Нодиршоҳ 1745 йилда Муҳаммад Раҳимбий раҳбарлигида Бухорога катта қўшин жўнатди. Муҳаммад Раҳимбий Бухорода визиятни юмшатиш борасида катта ишларни амалга оширди. Миёнқол ва Шаҳрисабздаги қўзғолонлар бостирилди. Муҳаммад Раҳимбий давлат аппарати тизими ишлари ва ҳукумат амалдорларини алмаштириш ишларига жиддий киришди. У деярли барча йирик давлат мансабларига ўзининг яқин қариндошлари ва маслакдошларини қўйиб, уларнинг ёрдамига таяниб пойтахтда ўз мавқени мустаҳкамлаб олди. 1746 йилда Нодиршоҳ ўлдирилгач, орадан кўп ўтмай Абдулфайзхон ҳам ўлдирилди. Тахтга ўтирган Абдулмўмин ҳам 1748 йилда ўлдирилди. Унинг ўрнига ниҳоятда ёш бўлган Убайдулла Султон номигагина тахтга ўтқазилди. 1753 йилга келиб йирик амалдорлар, руҳонийлар ва уруғ оқсоқолларининг розилиги билан Муҳаммад Раҳимхон (1753-1758йй) тахтга ўтирди ва манғитлар сулоласи ҳукмронлигини бошлаб берди.Mashrab (taxallusi; asl ismsharifi Boborahim Mulla Vali oʻgʻli) (1640, Namangan - 1711, Balx) - shoir va mutafakkir. Mashrab nomi 18-19-a.larda tuzilgan tazkira va tasavvufiy yoʻnalishdagi asarlarda (mas, Bade Samarqandishshng "Muzokir ul-ashob" va b.) zikr etiladi. Ammo ularda shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida keltirilgan maʼlumotlar nixryatda kam. Mashrabning qoldirgan adabiy merosi xususida ham aniq maʼlumot beruvchi manba yoʻq. Uning oʻz asarlarini toʻplab, devon yoki biror majmua tuzganligi maʼlum emas. Faqat "Devoni Mashrab", "Devonai Mashrab", "Eshoni Mashrab", "Hazrati shoh Mashrab" nomlari ostida xalq orasida qoʻlyozma va toshbosma shaklida tarqalgan qissalardagina (ularning kim tomonidan va qachon tuzilganligi nomaʼlum) shoirning hayot yoʻli va ijodiy faoliyati maʼlum tartib va izchillikda bayon etiladi, shu jarayonda asarlaridan namunalar ham keltiriladi. Qissalar keyinchalik oʻzgartirish va tuzatishlarga duch kelgan, turli toʻqimalar, yangi-yangi rivoyat, nakdlar, sarguzasht va latifasimon lavhalar bilan toʻldirila borilgan. Natijada qissalarda tarixiy Mashrab va uning ijtimoiy va ijodiy faoliyati xalqtasavvuridagi toʻqima Mashrab hamda u haqidagi sarguzasht - rivoyatlar bilan qorishib ketgan. Mir Muhammad Amin Buxoriy Ashtarxoniylardan Subxonqulixon va Ubaydullaxon (1702—1711) saroyida bosh munshiylik vazifasida xizmat qilgan. “Ubaydullanoma” Buxoro xonligining 1702—1716-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy va m adaniy hayoti haqida hikoya qiladi. Asar 1716-yildan keyin yozilgan. Asarda Abdulazizxon va Subxonqulixon davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli qisqa tarzda bayon qilingan. 1— 80-boblarda Buxoro xonligining qariyb 15 yillik (1702—1711) ijtimoiy-siyosiy tarixi batafsil yoritilgan. Muallif mazkur asarida katta yer egaligi, aholidan yig‘iladigan soliq va jarirm lar, Buxoro xonligining m a’muriy tuzulishi, tarqoqlikning kuchayishi, mamlakat boshiga tushgan iqtisodiy qiyinchiliklar va uning ayrim sabablari kabi masalalarga keng o‘rin bergan. Asarda Buxoroda istiqom at qilgan olimlar, shoirlar, masalan, Sayido Nasafiy, Qosimxoja, mashhur qozilar haqida qisqacha, lekin e’tiborga molik ma’lum otlar keltirilgan. “Ubaydullanoma” asari A.A.Semenov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va 1957-yili Toshkentda nashrdan chiqarilgan.Jenkinson Antoniy (7-1611) - ingliz sayyohi; savdo agenti va diplomat. Yevropa, Osiyo va Afrikaga sayohat qilgan, 1557—72 y.larda Rossiyaga 4 marta kelgan. J. Angliya bilan Rossiya oʻrtasida ittifoq shartnomasi tuzilgudek boʻlsa, inglizlarni savdo-sotiqda monopol huquqqa ega boʻlishiga, Ivan 1 Uning roziligini olishga erishgan (1567—69). Angliya shartnomani imzolashdan voz kechgan, Ivan IV bu imtiyozlarni bekor qilgan (1570). J. 1558—59, 1562—64 y.larda Ivan Grozniyning ruxsati bilan Rossiya orqali Eron va Oʻrta Osiyoga elchilik sayohati qilgan. Uning maqsadi Oʻrta Osiyo orqali Xitoy va Sharqiy Hindistonga olib boradigan savdo yoʻlini ochish boʻlgan, biroq u maqsadiga erisha olmagan. J. elchiligi 21 oy (1558 y. aprel-dan 1559 y. 2 sent.gacha) davom etgan. Unda Richard va Robert Jonsonlar va Aziz ismli tarjimon (tatar) hamrohlik qilgan. J. bu elchilik sayohati haqida "Rossiyadagi Moskov shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahriga sayohat" nomli esdaliklarini yozib qoldirgan. U Xitoyga olib boradigan yoʻllar toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplagan. U Saroychiq, Xorazmdagi Vazir va Urganch sh.lari haqida qimmatli maʼlumotlarni keltirgan. J. Amudaryo, Mangʻit ulusi, Xorazm va Buxoro xonligining 16-asr oʻrtasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, Oʻrta Osiyo xalqlarining turmushi, odatlari va b. haqida muhim tarixiy maʼlumotlar yozib qoldirgan.
Kamchiliklar bo'lsa uzr.


Download 211,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish