Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 19,33 Mb.
bet8/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

Bo’yash. Mikroorganizmlarni bo’yashning oddiy, murakkab va differentsial usullari mavjud. Oddiy bo’yash usulida bitta bo’yoq ishlatiladi va barcha hujayralar bo’yaladi. Murakkab bo’yash usulida ikki yoki bir nechta bo’yoqlardan foydalanish ko’zda tutiladi. Masalan, bakteriyalarning Gram bo’yicha bo’yashga munosabatini diagnostik aniqlash. Differentsial bo’yash usuli hujayra biologik tuzilmalarining turli bo’yoqlarga nisbatan individual munosabatiga asoslangan (sporalarni, qobiqni, xivchinlarni, yadroni, kapsulani va h.k ni bo’yash).
Fiksatordan yuvilgan surtma vannacha ustiga o’rnatilgan ko’prikchaga joylashtiriladi. Surtma ustiga bo’yoq eritmasi tomizg’ich bilan quyiladi. Bo’yash davomiyligi har xil bo’ladi: suvli fuksin uchun – 1-2 min, ko’k metilen uchun – 3-5 min. Bo’yash jarayoni tugagandan keyin preparat oynaning chetidan ushlagan xolda olinadi, qiya xolatda tutiladi va kuchsiz suv oqimi yordamida bo’yoq yuvib tashlanadi. Yuvish oqib tushayotgan suvda bo’yoq deyarli qolmagunga qadar davom ettiriladi. SHundan keyin preparat havoda yoki oynaga ehtiyotlik bilan filьtr qog’ozini tegizib quritiladi. Bo’yalgan surtma immertsion ob’ektiv orqali mikroskopda ko’riladi. Puxta tayyorlangan va to’g’ri bo’yalgan preparatda ko’rish maydoni toza bo’lib, faqat hujayralar bo’yalgan bo’ladi xolos. Toza fon hosil qilish uchun byoq eritmasini surtma ustiga qo’yilgan filьtr qog’ozga qo’yish yoki oldindan tegishli bo’yoq singdirilgan filьtr qog’ozdan foydalanish mumkin. Fiksatsiya qilingan surtma ustiga bir necha distillangan suv tomchisi tomiziladi, uning ustidan esa surtma o’lchamiga moslab qirqib olingan va tegishli bo’yoq bilan bo’yalgan filьtr qog’oz qo’yiladi, u oyna sirtiga bosiladi va belgilangan muddatda shunday ushlab turiladi. SHundan keyin qog’oz olib tashlanadi, preparat suv bilan yuviladi, quritiladi va immertsiya orqali mikroskopda ko’riladi.
Elektron mikroskopni yaratilishi bilan oddiy yorug’lik mikroskoplar ham o’z mavqeini yo’qotgani yo’q. Hozirgi zamon mikroskoplari 2000–2500 ga qadar kattalashtirib berganligi uchun turli ayrim bakteriyalarning morfologiyasini oson aniqlanadigan bo’ldi. Eng kattalashtirish 90x15 immersion ob’ekt qobiliyati deyiladi. Uni ko’paytirish va ozaytirish ikki usulda qilinadi.

  1. Eng katta operturali ob’ektlardan foydalanish. Bu esa har bir ob’ektivga yozilgan. Eng katta operturali ob’ektiv bu MI–90 yoki OI–90, bundan morfologlar foydalaniladigan ob’ektivlar hisoblanadi.

  2. Ikkinchi usuli esa ob’ektga kelayotgan nurni to’lqin uzunligini qisqartirish. Bunda ultrabinafsha nurlardan foydalaniladi. Buning uchun maxsus moslama UF mikroskopidan foydalaniladi. Ya’ni nurni to’lqin uzunligi 1/3 ga qisqartiradi. Bu degani oddiy yorug’lik mikroskopida 0.2–0.3 mkm kattalikga ega bo’lgan mikroorganizmlarni ko’rish mumkin.

Biologik mikroskoplar yordamida har tomonlama o’rganish uchun mikroorganizmlarni fiksatsiyalab bo’yash orqali erishiladi.
Mikroorganizmlarni tirik xolida o’rganish uchun mikroskopga turli moslamalar o’rnatilib o’rganiladi.
Biz shulardan Koller yorug’ligini xususiyati va undan foydalanish usullaridan birini ko’rib chiqamiz.


Koller yorug’ligi.
1. Hozirgi zamon biologik mikroskoplarni to’la imkoniyatdan foydalanish uchun Koller usulida yoritishdan foydalanish kerak.
2. Yoritgich OI–19 yoki OI–9 ni mikroskop oldida o’rnatish uchun shotivga maxkamlanib mikroskop va yoritgich orqali bir xil masofada bo’lishi kerak. Yoritkichni burab mikroskop oynasini o’rtasiga tushuriladi.
3. Mikroskop kondensatori to’la tepaga ko’tarilib uni diafragmasi to’la berkitiladi.
4. Maydon diafragmasini yoritgich maydon diafragmasi 1,0 – 1,2 sm diametrli qilib olinadi.
5. Yoritgich lampasini burab uzoq yaqinlashtirish bilan oynadagi speralni aniq ko’rinishiga olib keladi. Buning uchun yorug’lik tushayotgan oynaga oq qog’oz qo’yib to’g’rilab olinadi.
6. Mikroskopni oynasidagi yorug’likni ko’rish maydoniga to’g’rilab olinadi. Zarurat tug’ilganda yorug’lik kuchini transformator yordamida pasaytirib kuchaytirish mumkin.
7. Mikrokopni buyum stolchasiga preparatni joylashtirib kichik ob’ektiv orqali yorug’likni aniq yo’nalishini topib oladi.
8. Mikroskop oynasini burash yordamida ko’rish maydonini diafragma yoritgichga to’g’rilab moslanadi.
9. Mikroskopni immersion ob’ektividan foydalanish usullari.
Hozirgi zamon mikroskoplari ichida o’quvchilarga moslangan qulay mikroskop markalaridan MBI–1; MBI–3; va biolama modeli hisoblanadi.
Mikroskopni qimmatini oshiradigan qismi bu uni ob’ektivi hisoblanadi. Ob’ektiv xususiyatlarini bilish uchun quyidagi tomonlarini eslatib o’tamiz: ob’ektivlar quruq va moyli guruhga bo’linadi. Quruq ob’ektivlar (8x40x) bunda uncha katta bo’lmagan ob’ektlar ko’rinib 400–600 marta kattalashgan. Bunda preparat va ob’ektiv oralig’ida havo qatlami bo’ladi. Mikroskopni buyum oynasi va havoni yorug’lik singdirish xususiyatlari har xil bo’lganidan yorug’lik kuzatuvchini ko’ziga to’g’ridan–to’g’ri tushmaydi.
Mikroorganizmlar morfologiyasini va xususiyatini o’rganishda doimo immertsion ob’ektivdan (90x) foydalaniladi, 950 dan 1350 martagacha kattalashtirib beradi.
Immertsion ob’ektivdan quyidagicha foydalaniladi: kuzatiladigan ob’ekt oldin fiksatsiyalanib, bo’yab kichik ob’ektlarda ko’riladi. Ob’ektni eng yaxshi kuzatiladigan nuqtasini topgach so’ng preparat oynasi stolchaga maxkamlanadi (qisqichlar yordamida). Mikroskop tubusi tepaga ko’tarib turib revolverdagi ob’ektlar almashtiriladi yani immertsion ob’ektga. Preparat ustiga bir tomchi kedr moyi tomizilib ob’ekt sekin–asta kedr moyiga tekkizilgandan so’ng mikrometrik vinit yordamida foks to’g’rilanib ob’ekt tomonlari o’rganiladi.
Kuzatish tugagach ob’ektdagi moyi olib tashlash kerak. Buning uchun oldin filьtr qog’ozida sekin artiladi. Butunlay tozalash uchun yumshoq lattani benzinga botirib turib artiladi. Bunda kislol, spirtdan foydalanishni tavsiya etilmaydi. CHunki bular ob’ektiv linzalarini eritib yuborishi mumkin.
Mikrobiologik preparatlarni va toza kulьtura olish uchun xonalarni bir chetiga oynalangan burchak (boks) qilinadi. B xonani sterillash uchun BUF–15, BUF–30 markali Lyumentset lampalarni yerdan 2 m balandlikka o’rnatiladi.
Mikrobiologik laboratoriyani derazalari shimol tomoniga o’rnatilgan bo’lib, laboratoriyadagi tabiiy yorug’lik 110 Lyuksni tashkillash kerak. Xona oq belila emulьtsiya bo’yog’i bilan bo’yalgan bo’lib, poli linolium bilan qoplangan bo’ladi. Laboratoriya stollariga elektr energiya va gaz o’tkazilgan bo’lishi kerak chunki har bir talabaga mikroskop yoritgich va fiksatsiya qilish uchun gaz yonilg’isi bo’lish kerak.
Ishchi stol ustida birorta ham ortiqcha narsa bo’lmasligi kerak. Mikroskoplar polietilen plyonkalar bilan o’ralgan bo’lishi kerak, ish joyida asosan: yoritkich, bo’yoqlar yig’indisi, bakteriologik ilmoq, shpatel, chiziqchali va chiziqchasiz pipetkalar, buyum oynasi, qoplag’ich oyna, vannochka, dizenfektsiyalovchi suyuqlik, paxta, doka, voska, qalami, immersion moy, qum soat, spirtovka, sirka va gugurt laboratoriyada doimo bo’lishi shart.
Laboratoriyada ishlatilgan buyumlarni bir idishga to’plab (1% li xloramin, 3% li fenol eritmasida yuviladi). Metall asbob uskunalar ishlatilgandan so’ng alangada quydirib sterillanadi. Xalatga yoki kiyim boshga tegib qolgan preparat dizenfektsiyalovchi moddalar bilan yuviladi. Laborant yoki talaba mikrobiologik ishni qo’lini sovunlab yuvib spirt bilan artib tozalaydi va ish boshlaydi.Mikrobiologik laboratoriya mashg’ulotlaridan oldin va keyin 30 minut lyumentset lampani yoqib qo’yiladi.
Yuqoridagi buyumlarni tozalash yetarli bo’lishni laborant nazorat qilib boradi.
Mikrobiologik laboratoriyada non yoki boshqa ovqat, tamaki bo’lmasligi kerak, u yoqdan bu yoqqa yurish man etiladi.

Nazorat uchun savollar


1. Mikroorganizmlar kulturasi faqat bir turdan iborat bo’lsa ular qanday nomlanadi.
2. Bakterial ilmoqda ekish qoidalari.
3. Mikroskopning optik qismini tuzilishi.
4. Mikroskopning mexanik qismini tuzilishi.
5. Mikroskopning kattalashtirilishi deb nimaga aytiladi.
6. Fiksirlangan preparat tayyorlash
7. Gram usulida bo’yash
8. Mikroorganizmlarni o’stirishda ishlatiladigan oziqa muxitlari
9. Elektiv oziqa muxitlar.
10. Sof kultura olish usullari.

Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish