Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


-MAVZU: MIKROBIOLOGIYA TADQIQOTLARINING ASOSIY METODLARI



Download 19,33 Mb.
bet5/143
Sana28.03.2022
Hajmi19,33 Mb.
#513982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143
Bog'liq
микробиология мажмуа (2) (2)

2-MAVZU: MIKROBIOLOGIYA TADQIQOTLARINING ASOSIY METODLARI


Reja:
1. Mikroorganizmlar bilan ishlashda rioya qilinadigan aseptika qoidalari
2. Laboratoriyada foydalanadigan elektr va boshqa asbob – uskunalar bilan ishlashni xavfsizligi ta’minlanadi. MBR-I mikroskopining tuzilishi
3. Laboratoriya ishlarini bajarishda talabalar qanday xolatda ish boshlashlari tushuntiriladi
4. Fiksirlangan bo’yalgan preparat tayyorlash

Tirik mikroorganizmlar populyatsiyasiga bakteriya kulturasi deyiladi. Laboratoriyada mikroorganizm kulturalari turli shaklda o’stiriladi (suyuq oziqa muxitlarida, agarli "qiyshiq agar” (“kosyak")larda (sterillangan agarli oziqa muhit ma’lum burchak ostida qiyshaytirilib qotiriladi), Petri likopchalaridagi qattik oziqa muxitlarida). Mikroorganizmlar kulturasi faqat bir turdan iborat bo’lsa u sof kultura deyiladi. Mikrobiologlar deyarli hamma vaqt sof bakteriya kulturalari bilan ish olib boradilar. Agar kultura bittadan ortiq mikroorganizmlar turini tutsa, u kultura aralash yoki iflos kultura deyiladi. SHuning uchun sof kulturalarning tozaligini saqlash mikrobiologlarning asosiy vazifalariga kiradi. Aks holda tadqiqodlarda olingan natijalar noto’g’ri bo’ladi. Mikroorganizmlarning atrof muhitda keng tarkalganligi tufayli ularning sof kulturalarga tushmasligini ta’minlash uchun muhofaza choralarini ko’rish muhim, ya’ni aseptika texnikasiga amal qilish lozim.


Demak, aseptika texnikasiga ko’ra, mikroorganizmlar sterillangan oziqa muxitida o’stiriladi va bu muxitni atrofdan mikrorganizmlar tushishidan muhofaza qiliinadi. Sof kultura oziqa muxitga ekilganda quyidagi aseptika texnikasi qoidalariga amal kilinadi: 1) sof kulturaga tegishi mumkin bo’lgan barcha buyumlar oldindan sterillanadi; 2)ozikli muxit sterillanadi; 3) ekish va qayta ekish vaktlarida kultura ifloslanishidan saklanishi uchun extiyot qilinadi. Buning uchun quyidagi choralar amalga oshiriladi: a) barcha idish va oziqli muxitlar tayyor bo’lishi bilan darxol sterillanadi; b) havodagi mikroblar tushmasligi uchun oziqli muxitlar yopiq idishlarda saqlanadi. Bunda paxta va dokadan tayyorlangan tiqinlardan foydalaniladi va ular faqat ekish vaktida olib turiladi, lekin hech qachon stol yoki boshqa buyumlarga qo’yilmaydi; v) sterillangan idishlarni ichki va ulardagi steril oziqli muhitlarga hamda sof kulturalarga tegishi mumkin bo’lgan barcha vositalar avvaldan sterillanadi, masalan, bakteriologik ilmok; g) ekish va kayta ekish vaqtida ishlatiladigan probirka va kolbalarni og’zi ishdan oldin flambirlanadi va iloji boricha kam vakt davomida ochiq holda qoldiriladi: d) ish joyini mikroorganizmlar bilan ifloslanishdan saqlanadi, bakterial ilmoqlar ishlatilgandan so’ng ham sterillanadi, pipetkalar esa dezinfeksiya qiladigan suyuqliklarga solinib ko’yiladi.
Laboratoriya sharoitida probirkadagi suyuq muhitdan boshqa probirkadagi muhitga ekish yoki Petri likopchasidagi agarli qattiq muhitga ekish kabi ishlar tez-tez amalga oshirilib turadi. Talabalar bunday mashg’ulotlarni bajarib, aseptika texnikasi qoidalarini amalda ko’llashni o’rganishlari lozim. Probirkadan probirkaga ekishda quyidagi ishlar bajariladi:
1. Mum qalam yordamida ekiladigan probirkalarga talabaning ismi, guruxini raqam soni yoziladi.
2. Ilmoq alanganing yuqori qismida cho’g’ holatigacha flambirlanadi va 10 daqiqa davomida sovutiladi, lekin stolga qo’yilmaydi.
3.CHap qo’l bilan kulturali probirka olinadi va ilmoq ushlagan qo’lni bo’sh barmoqlari bilan probirkani tiqini olinadi, lekin tiqin stolga qo’yilmay ushlab turiladi. Probirkaning og’zi alangada qisqa vaqt qizdiriladi.



1-rasm 2-rasm

3-rasm 4-rasm





5-rasm

4. Ilmoqdan foydalanib probirkadagi suyuqlikdan olinadi, bunda ilmoq probirkaning ichki tomoniga tegmasligi kerak.


5. Probirkani og’zi va tiqini alangada qizdirilib, probirka yopiladi va shtativga qayta qo’yiladi.
6.Bo’sh qo’l bilan ekiladigan probirka olinadi va yuqoridagidek ochilib, og’zi sterillash uchun qizdiriladi.
7. Ilmoqdagi suyuq kultura probirkaga asta solinadi so’ng aralashtiriladi.
8. Ilmokdagi tomchilarni probirkani ichida qoldirish uchun ilmoq probirkani ichidagi suyuqlik tugagan joyiga tegiziladi.
9. Ilmoq asta chiqariladi va probirkani og’zi bilan tiqin flambirlanadi, probirka yopiladi va shtativga qo’yiladi.
10. Ilmoq cho’g’ holatigacha qizdiriladi.

Probikadan Petri likopchasiga ekishda qo’yidagi ishlar amalga oshiriladi:


1. Petri likopchasining ustiga mum qalam yordamida talabaning ismi, guruhining raqam soni, sana yoziladi.
2. Yuqorida aytilganday, probirkadan ilmok bilan kultura solinadi.
3. Bo’sh qo’l bilan Petri likopchasining qopqog’i ochiladi, lekin stolga qo’yilmaydi va likopcha ustida ushlab turiladi.
4. Petri likopchasidagi oziqli muhitga ilmoqdagi kultura "shtrix" usulida ekiladi. Bunda agarni o’ymasdan extiyot qilib ekish lozim.

6-rasm

5. Petri likopchasi yopiladi.


6. Ilmoq flambirlanadi va joyiga qo’yiladi.Ekmalar 28 gradus0S da keyingi darsgacha o’stiriladi.

1) Yorug’lik va elektron mikroskoplprning bakterialarning tadqiq qilishdagi roli.


2) Prokariotlarning mikroskop ostida kuzatish:
a) fiksirlangan, bo’yalgan preporat tayorlash.
b) ezilgan tomchi usulida bakteriya preparatlarni tayorlash.
v) bakterialarni boyitilgan va sof kulturalarini tayyorlash.
g) sterilizatsiya usullari.

Download 19,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish