Odamlar tomonidan turli moddiy va ma’naviy boylik va xiz-
matlarning
qimmatiga baho berilishi, bu ularni ishlab chiqarishga
ijtimoiy zaruriy mehnat sarflangani uchun emas, balki bu buyum-larning
foydalilikka ega bo’lgani sababidandir. Odamlar foyda-lilikka ehtiyoj
sezganligi uchun ham u yoki bu tovarni
ishalab chiqarishga mehnat
sarflarini amalga oshiradilar. U yoki bu mehnat sarflarining ijtimoiy
zaruriyligini kim yoki nima aniqlab beradi. Oddiy qilib bozor desak – bu
to’g’ri, lekin u juda umumiy tushuncha, shuning uchun etarli emas.
Me’yorli foydalilik nazariyasi tarafdorlari fikri bo’yicha, faqat tovarning
foydali-ligi mehnat sarflariga ijtimoiy zaruriylik xarakterini beri-shi
mumkin. Me’yorli foydalilik
nazariyasi namoyandalari, qim-matni
foydalilikdan keltirib chiqarar ekan, foydalilikni ikki turga bo’lib
ko’rsatishni zarur deb hisoblaydilar.
Birinchisi tovarlarning (don, olmos, neft) o’z xususiyatiga ko’ra –
umumiy foydaliligi. Ikkinchisi iste’molchi ehtiyoj sezadigan tovarning
konkret foydaliligi. Konkret foydalilik doimo bir xil bo’lavermaydi, u
har xil baholanadi. Bu erdagi farq unga bo’lgan yondashuvda. Agar u
yoki bu buyumlarni erkin va xoh-lagancha olish mumkin bo’lsa, unda
ularning
foydaliligi, chek-langan miqdordagi bunday buyumlarning
foydaliligichalik baho-lanmaydi («Smitcha ziddiyat»ni yana bir bor
eslang).
Buyumning umumiy (yalpi) foydaliligi bilan konkret (me’yor-li)
foydaliligi o’rtasidagi farq iste’molchilar xatti-harakatini tahlil qilish
uchun zarur.
Me’yorli foydalilik muammosini tushunish uchun marjina-listlar
ko’rsatib bergan o’rmonda yashovchi qariya-darvish qo’lidagi
besh qop
donni misol qilib olamiz. Qariya uchun ularning ahamiyati qanday?
Birinchi qopdagi don ochdan o’lmaslik uchun kerak, ikkin-chisi oziq-
ovqat sifatini yaxshilash uchun ishlatiladi, uchinchisi - uy parrandalarini
boqish uchun, to’rtinchisi
- pivo tayyorlash uchun, beshinchisi esa
vaqtxushlik (to’ti qushlarga ovqat berish) uchun ishlatiladi. Barcha
qoplar bir xil qimmatga ega. Ammo lekin ularni qariya uchun foydaliligi
pasayib borish tartibida joy-lashtirsak, unda birinchi qopdagi bug’doy
eng yuqori qimmatga ega: u qariyaning hayot kechirishi uchun zarur.
Qariya
uchun oxirgi, to’tiqushlarni boqish uchun mo’ljallangan qop eng
kam qimmatga ega. Agar unga ayirboshlash taklif qilinsa (aytaylik, bir
qop don boltaga) u aynan shu beshinchi qopning foydaliligiga qarab ish
tutadi.
Shunday qilib, iste’mol qilinadigan tovar (don) ning miq-dori
6
ko’payib borishi bilan uning oxirgi, me’yorli
foydaliligi pasayib boradi
(me’yorli foydalilikning pasayish qonuni). Mazkur tovar miqdorining
ko’payib borishi bilan me’yorli foy-dalilikning (TU) pasayib borishini
quyidagi grafik ko’rinishida aks ettirish mumkin (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: