5-rasm
Bu erda A.Marshall shunday xulosaga keladi: qisqa muddatli
davrda bahoni shakllantiruvchi asosiy kuch talab (negaki taklif
o’zgaruvchan emas), uzoq muddatli davrda esa taklif hisoblanadi. Tovar
qiymati qisqa muddatli davrda, haqiqatan ham, eng avvalo
xaridorlarning xatti-harakati bilan aniqlanadi (marjinalizm). Lekin uzoq
muddatli davr mobaynida baho o’rtacha ishlab chiqarish xarajatlari
miqdoriga yaqinlashadi va taxminan bir xil darajada bo’ladi (klassik
maktab). Klassiklarning bu nazariyasi faqat uzoq muddatli davr
mobaynida to’g’ri amal qilishini ularning o’zlari ham yaxshi
anglamaganlar va bu haqda o’z tadqiqotlarida qayd qilib o’tmaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |