Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

Modul o‘qitish tizimi,
bu – ta’limni tashkil etish jarayoni bo‘lib, 
o‘qitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida 
baholash modeli hisoblanadi. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy 


669 
masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash; 
talabalar bilimini reyting asosida baholash. 
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning (ZPT) innovatsion tarkibiy 
qismi bo‘lgan modul ta’lim texnologiyalarining asosiy ustunligi uning 
shaxsga yo‘naltirilganligidir. Bu, bir tomondan, o‘qitish jarayonining bir 
butunligini ta’minlashga, ikkinchi tomondan esa, ta’lim oluvchilarning 
bilish va shaxsiy sohasini rivojlanishiga mos holda uni optimallashtirishga 
imkon beradi. Modul ta’lim texnologiyalarining (MTT) boshqa afzalliklari 
orasida quyidagilarni e’tirof etish lozim:
- MTT faoliyatlilik tamoyiliga asoslanadi, unga muvofiq 
o‘rganilayotgan didaktik kontentning ongli tarzda o‘zlashtirilishi faqatgina 
ta’lim oluvchilar tizimli faol harakatlarga manfaatdor bo‘lganlaridagina 
sodir bo‘ladi.
- MTT da rivojlantiruvchi ta’lim g‘oyasi amalga oshiriladi, bunda 
o‘rganilayotgan didaktik kontent hajmi uni o‘rganish sur’atlarini 
o‘zgartirish orqali tabaqalashtiriladi;
- MTT ta’limning turli shakllarda tashkil qilinishini nazarda tutadi 
(individual, guruhli, masofaviy, juftliklarda (uchlik, to‘rtlik va h.k.), 
doimiy va almashib turuvchi tarkib bilan);
- MTT asosida elektron ta’lim resurslari va zamonaviy pedagogik 
texnologiyalar yordamida dasturlashtirilgan ta’lim yotadi; 
- MTT jadal o‘qitish xususiyatiga ega, bu ushbu jarayonni 
optimallashtirishga va kam kuch, vaqt va vositalarni sarflagan holda 
maksimal natijaga erishishga imkon beradi.
MTT ning yana bir qator ijobiy tomonlari bor: ta’lim oluvchilar 
harakatlarining aniq belgilangan ketma – ketligi; o‘rganilayotgan didaktik 
kontent modullarining tugallanganligi, uni o‘rganishda ta’lim oluvchi 
yangi bilimlar hajmiga asta-sekin kirib boradi; individual ta’lim sur’atidan 
foydalanish imkoniyati, u yangi bilimlar hajmini ta’lim oluvchilarning 
bilimlari va o‘zlashtirish sur’atini dastlabki tashxislash hisobiga ularning 
individual xususiyatlariga mos ravishda moslashtirishga imkon beradi; 
ta’lim oluvchining o‘z harakatlarini majburiy mustaqil nazorat qilib 
borishi; refleksev yondashuvning qo‘llanilish imkoniyati, uning yordamida 
mutaxassislarning adekvat individuallashtirilgan darajada ko‘p marta 
takrorlanuvchi mustaqil ta’limi ko‘nikmalarni malakalarga aylantiradi. 
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar doirasida MTT yordamida 
ta’lim dasturlarini samarali amalga oshirish uchun o‘qitishni uchta 
fundamental konsepsiyalar: komunikatsiyalar nazariyasi, muhit nazariyasi 
va faoliyat nazariyasi asosida qurish maqsadga muvofiq. Aynan shuning 


670 
asosida ishlab chiqarish – texnologik va ilmiy sohalarda innovatsiyalarni 
izlab topish, transfer qilish va boshqarish faoliyati uchun mutaxassislarni 
tayyorlash hamda qayta tayyorlashga qaratilgan kasbiy ta’lim dasturlarinig 
uyg‘un mazmunini ishlab chiqish mumkin. 
O‘quv rejasining ayrim fanlari hamda ta’lim dasturlarining 
innovatsion ahamiyatli maqsad va vazifalarini ifodalash uchun quyidagi 
yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy tadqiqotlar va amaliy ishlar zarur:
- ZPT larning innovatsion tarkibiy qismlarining strategik resurs va 
global raqobatning xarakatlantiruvchi omili sifatidagi ahamiyatini tahlil 
qilish;
- ZPT lar doirasida innovatsion texnologiyalarni tashkil etish, 
virtuallashtirish 
va 
innovatsion 
ishlanmalarni 
transmilliylashtirish 
tendensiyalari, jismoniy tarbiya bilimlaridan foydalanish amaliyotini tahlil 
qilish;
- O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida va xorijda 
ZPT doirasida MTT laridan foydalangan holda innovatsion tarkiblar 
asosida yuqori texnologik fanlarni o‘qitish tajribasini tahlil qilish;
- MTT yordamida o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilarning mustaqil 
ijodiy ishi samaradorligini oshirish uslublarini tadqiq qilish; 
O‘rganilgan ilmiy uslubiy manbalar tahlili va xulosalar MTT 
yordamida o‘qitish dasturlariga ta’lim oluvchi mutaxassislar egallab olishi 
kerak bo‘lgan mutlaqo yangi malakaviy talablar kiritilishi kerakligi 
to‘g‘risida imkon beradi. Ular quyidagilar:
- inteleektual faoliyatning innovatsion turlari uchun maxsus sifatlarga 
kiruvchi kognitiv sifatlar;
- innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha amaliy bilimlar; 
- ZPT larning innovatsion tarkibiy qismi sifatida MTT yordamida 
o‘qitishda rivojlantirilgan, lekin umumiy xususiyatga ega hamda ishlab 
chiqarishning boshqa sohalari va tarmoqlarida qo‘llaniladigan qo‘shimcha 
kasbiy sifatlar.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti yuzasidan ilmiy uslubiy 
adabiy manbalarni o‘rganish tahlili shuni ko‘rsatadiki, jismoniy tarbiya 
ta’limi jarayonlariga zamonaviy axborot kommunikatsion va pedagogik 
texnologiyalarni joriy qilinishi darajasi hali yetarli darajada emas. Buning 
sabablaridan biri pedagogik faoliyatda ta’lim texnologiyalarining nazariy – 
metodologik asoslarining yetarlicha ishlab chiqilmaganligidir. Jismoniy 
tarbiya sohasi o‘qituvchi va murabbiylari axborot kommunikatsion
texnologiyalari bilan ishlashni o‘zlashtirib olmas ekan, jismoniy tarbiya va 


671 
sport ta’limi darajasini zamon talablari darajasida oshirishni imkoni 
bo‘lmaydi [2]. 
Hozirgi vaqtda ta’lim oldida muayyan vazifa turibdi, bo‘lajak 
mutaxassisni asosiy axborot bilan ta’minlash, undan amaliy vazifalarni hal 
etish uchun foydalanish ko‘nikma va malakalarini singdirish, bo‘lajak 
mutaxassisda mustaqil ravishda kasbga xos yangi axborotlarni butun 
kasbiy faoliyati davri davomida olish zarurligi to‘g‘risida tasavvur 
shakllantirish [3,4]. 
Pedagogik faoliyatning ta’lim hududi sifatidagi zamonaviy holatni 
qayta anglash, mamlakatda uni modernizatsiya qilish yo‘llarini belgilash 
imkonini beruvchi zamonaviy metodologik yondashuvlardan biri 
innovatsion faoliyat hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim 
texnologiyalarni ishlab chiqish amaliy pedagogik faoliyatda to‘liq joriy 
etilmagan va shu sababli jismoniy tarbiya ta’limini modernizatsiya qilish 
va innovatsion yondashish ishlanmalar zarur. Bu shuni ko‘rsatadiki, 
jismoniy tarbiyada innovatsion texnologiyalar yetarlicha metodologik 
ta’minotga ega emas va buning oqibatida ularning amaliyotga joriy etilishi 
sust kechmoqda. 
Xulosa o`rnida aytish mumkinki, hozirgi paytda talaba yoshlarning 
jismoniy tarbiya jarayonining hamma tomonlarini optimallashtirish ushbu 
muammolar maydonida markaziy masalalardan biri hisoblanadi. Shu 
sababli mazkur muammoni hal etish yo‘llarini faol izlab topish zarur. 
Jismoniy 
tarbiya 
jarayonining 
yuqori 
samaradorligini 
xususan 
talabalarning 
jismoniy 
tayyorgarligi 
samaradorligini 
oshirishni 
ta’minlovchi turli xil jihatlar va yondashuvlar ishlab chiqilmoqda. 
Jismoniy tarbiyaning mohiyati va vazifalariga nisbatan zamonaviy 
qarashlarga 
mos 
holda 
ushbu 
jarayonning 
biologik 
tarkibini 
rivojlantirishga asosiy diqqatni qaratish lozim, shug‘ullanuvchilarning 
jismoniy 
salohiyatini 
oshirish, 
xususan 
talabalarning 
jismoniy 
tayyorgarligi 
darajasini 
oshirishga 
qaratilgan 
zamonaviy 
texnologiyalarning ishlab chiqish dolzarb ekanligini belgilab beradi. 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish