Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Mirziyoyev Shavkat Miromonovich. Erkin va farovon, demokratik 
o‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy 
Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi.– T: O‘zbekiston, 2016 
2. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. 1qism. Pedagogika 
nazariyasi. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik.G` M.X.Toxtaxodjaevaning 
umumiy tahriri ostida. “Iqtisod-moliya”, 2007
3.G’aybullaev N., Yodgorov R., Mamatqulova R. Pedagogika. Oliy o’quv 
yurtlari uchun qo’llanma.-T.: 2005 


564 
 
BOSHLАNGʼICH SINF OʼQUVCHILАRIDАGI OʼZАRO 
ZIDDIYATLАR VА ULАRNI BАRTАRАF ETISH USULLАRI 
Mamajonova M.B.- ADU, Pedagogika fakulteti, BTSTI ta’lim 
yo’nalishi talabasi
 
Annotatsiya: 
hozirgi kunda oʼquvchilar jamoa asosidagi munosabat 
va mulohazalar yuqori darajada rivojlangan boʼlsa ham lekin uning 
ichidagi ayrim kamchiliklar, salbiy xususiyatlar yaqqol koʼzga 
tashlanmoqda. Bir-birini tushunmaslik natijasida bolalar orasida 
ziddiyatlar (kelishmovchiliklar, janjallar) kelib chiqadi.Bu ziddiyatlar 
masalasini pedagogik va psixologik nuqtai-nazardan puxta oʼrganish va 
tegishli tavsiyalar ishlab chiqish gʼoyat zarurdir.
Kalit sozlar:
janjal, ziddiyatlar, maktab, oila, obyekt asosida, dars, 
subyekt. 
Yosh avlodni tarbiyalash jamiyatimizdagi murakkab, nozik, koʼp 
qirrali va gʼoyat maʼsuliyatli vazifa boʼlib, uni muvaffaqiyatli amalga 
oshirishning birinchi sharti maktab, oila va keng jamoatchilikning shu 
sohaga hamkorligidir. Kishilik jamiyatida jamoa muhim ahamiyat kasb 
etadi. Jamoa – bola hayotiga tarbiyaviy taʼsir koʼrsatishning asosi boʼlib, 
undan tashqarida va jamoatchiliksiz shaxsning garmonik kamol topishi 
mumkin emas. Lekin bundan har qanday jamoatchilik ham bolaga 
quvonch bagʼishlaydi, degan xulosa chiqmaydi. Maktabga endigina kelgan 
oʼquvchi xohlagan jamoasini oʼzi tanlamaydi, balki bolaning yoshiga 
qarab tashkil etilgan guruhning aʼzosiga aylanadi. Аna shu guruhdagi 
bolalar bilan xilma-xil tarbiyaviy va taʼlimiy ishlarni amalga oshirishga, 
ular oʼrtasida ijobiy munosabatlarni, oʼzaro yordam, jamoatchilik 
xislatlarini tarkib toptirishga alohida eʼtibor psixologik hamda pedagogik 
nuqtai-nazardan juda muhim boʼlib, maktab jamoalarining asosiy 
vazifalaridan biridir.
Hozirgi kunda oʼquvchilar jamoa asosidagi munosabat va 
mulohazalar yuqori darajada rivojlangan boʼlsa ham lekin uning ichidagi 
ayrim kamchiliklar, salbiy xususiyatlar yaqqol koʼzga tashlanmoqda.
Bir-birini tushunmaslik natijasida bolalar orasida ziddiyatlar 
(kelishmovchiliklar, janjallar) kelib chiqadi. 


565 
Bu ziddiyatlar masalasini pedagogik va psixologik nuqtai-nazardan 
puxta oʼrganish va tegishli tavsiyalar ishlab chiqish gʼoyat zarurdir.
Maktab yoshidagi bolalar oʼz xulqlarini tartibga solishga, oʼzlari va 
oʼrtoqlarining yurish-turishini, muomalasini, jamoat ishiga boʼlgan 
munosabatini baholashga harakat qiladilar. 
Ularda ongli va ixtiyoriy hatti-harakatlar rivojlanib, bir-birini 
kuzatishlar, oʼz faolyatini boshqarish takomillashib boradi. Shu tariqa 
jamoat fikri va oʼzaro talabchanlik vujudga keladi. Shularni hisobga olib, 
asosan, shu kabi bolalar taʼlim olayotgan, Аndijon shahridagi 6-
umumtaʼlim maktabida olib borgan kuzatishlar jarayonida anchagina 
maʼlumot toʼplandi. Oʼquvchilar orasidagi janjal, ziddiyatlar paydo 
boʼlishi asosiy sabablarini aniqlash uchun obʼekt asosida dars, subʼekt 
asosida darsdan tashqaridagi munosabatlar oʼrganildi.
Obʼekt asosida bir necha darsni kuzatdik. Ikkinchi sinfdagi 
matematika darslarida quyidagi voqeaning guvohi boʼldik. Mubina ismli 
qiz ogʼzaki tezkor misol yechish musobaqasida “Diloromdan oldin men 
aytaman”, deb turib oldi. Buning uchun unga tanbeh berildi. Mubina oʼzini 
navbatini sabrsizlik bilan kuta boshladi. Dilorom misolning javobini 
aytishi bilan “nega mening misolimni javobini aytding?”, deb janjal 
chiqardi. 
Subʼekt asosida oʼquvchilarning darsdan tashqari paytdagi oʼzaro 
munosabatlarini kuzatdik. Masalan: sinfdagi Shokir tabiati boʼyicha 
hamma istaklarini bajartirar ekan. U ana shu “odatini” tengqurlariga ham 
qoʼllamoqchi boʼladi.
Oʼquvchilar “Shokir buyruq berishni yaxshi koʼradi, bizni hatto 
oshxonadan ovqat keltirishga, sumka va kitoblarini koʼtarishga, hatto, 
kiyimlarini changini qoqishga majbur qiladi. U bilan birga yurish qiyin”, 
deb oʼzlarini chetga oladilar. 
Shunga koʼra bunday sabablarni aniqlashga yordam beradigan 
faolroq eksperiment qoʼllashni lozim topdik. Bu eksperiment mohiyati 
shuki, bu kabi bolalarni jamoa asosida oʼrtaga nihoyatda ehtiyotkorona 
olinadi.
Didaktik oʼyinlarda maʼsuliyat ularga tashlanadi. Natijada bunday 
ziddiyatlarga sabab boʼluvchi bolalar oʼz feʼl-atvorini payqay boshlaydilar 
yoki ularga shu jarayonda holat sezdiriladi. Umuman olganda bola 
tarbiyasi oʼqituvchi zimmasiga nihoyatda sezgirlikni, adolatparvarlikni, 
mohir tarbiyachi boʼlishni vazifa qilib qoʼyadi. Ota-ona uqituvchiga eng 
aziz, eng qimmatli, boʼlmish farzandlarni, oʼz umidini, oʼz kelajagini 


566 
ishonib topshiradi. Shunday ekan, biz kelajagimiz uchun oʼz 
faoliyatimizning fidoyisi boʼlmogʼimiz zarurdir. 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish