562
- milliy qadriyatlar;
- milliy urf-odatlar;
- milliy-maʼnaviy boyliklar;
- milliy madaniyat;
- milliy gʼurur;
- milliy iftixorlar;
- milliy ong;
- milliy psixologiya kabilar.
Biz boshlangʼich sinf oʼquvchilari faoliyatida yuqorida sanab
oʼtilgan jihatlarini tarkib toptirishimiz uchun taʼlim-tarbiya jarayoniga oila
va maktab hamkorligi asosida oʼquvchilar ongi va tafakkurini rivojlantirish
mumkin.
Bugungi kun boshlangʼich sinf oʼquvchilarini bilimli, salohiyatli,
iqtidorli qilib tarbiyalashda ongi va tafakkurini rivojlantirish kerak.
Bunday xislatlarni rivojlantirish uchun oila
va maktabning hamkorligi
beqiyos ahamiyatga ega. Maktab bilan oila oʼrtasidagi mukammal tarzda
tuzilgan hamkorlik, boshlangʼich sinf oʼquvchilarini ongi va tafakkurini
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini eʼtiborga
olgan pedagogik
jamoa har bir ota-onalarni pedagogik bilimlar bilan qurollantirishi mazkur
tizim faoliyatiga ijobiy taʼsir etadi.
Ota-onalar bolalar psixologiyasini bilishadimi? Ota-onalar oʼz
bolalarining mayli, qiziqishi, extiyojlari bilan qiziqib koʼrishganmi?
Maktab oʼqituvchisidan oʼz bolasi toʼgʼrisida maʼlumotlar olib turganmi?
Har bir ota-ona boshlangʼich sinf oʼqituvchisi oʼtkazgan tadbirlarda faol
ishtirok etganmi? - degan savollarga toʼliq javob bera oladigan tarzda bu
jarayon ishtirokchisi boʼlsa – gina, shunda biz oiladan mukammal tarbiyali
oʼgʼil
qizlar yetishib chiqadi, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Аks
holda, esa tarbiyasi ogʼir bolalarni ham uchratishimizga toʼgʼri kelib
qoladi. Bunday holat boshlangʼich sinf oʼqituvchilariga alohida masʼuliyat
yuklaydi.
Maktab va oila hamkorligi jarayonlarida qiz bolalar tarbiyasiga ham
alohida eʼtibor qaratiladi. Shirin soʼzlik, samimiylik, sermulohazalik,
goʼzal xulq, yaxshi muomala, saramjon-sarishtalik qiz bolaning koʼrkidir.
Uning koʼrkiga koʼrk qoʼshuvchi, odamiylik
fazilatlarini zebo qilib
boruvchi ota-onadir. Ota-onaning pand-nasihatlarini dillariga jo qilgan
yigit - qizlar hayotda qoqilmaydilar, qiyinchiliklarga sabrli,
bardoshli
boʼladilar. Ularning kelgusi hayot yoʼllari ham porloq boʼladi.
563
Demak, oilada ota-ona, bobo-buvilari tomonidan yoshlikdan boshlab
ertak, hikoya, maqollardan aytib berib oʼquvchilar ongi va tafakkurini
rivojlantirishi mumkin.
Oila aʼzolaringni birovga yomonlama, ziyrak, dono, aqlli boʼl!
Kuyovingni hurmatini joyiga qoʼy, koʼchadan kelganida kutib ol!
Ketganida kuzatib qoʼy. Salomni kanda qilma. Shundagina baxt sening
yoʼldoshing, gʼam-tashvish esa kundoshing boʼladi» debdi.
Shunda
Luqmoni hakim «Onasini koʼrib qizini ol!» deganlari shu boʼlsa kerak deb,
yoʼllarida davom etgan ekanlar.
Bundan tashqari, insonni axloqiy tarbiyalashda eng kuchli tarbiyaviy
vosita sifatida:
-
oʼgit-nasihatlar;
-
ibrat koʼrsatish;
-
maʼqullash va maqtash;
-
mukofotlash kabilardan foydalanilsa samarali natijalar berishi
kuzatishlardan maʼlum.
Maktab va oila hamkorligining yaxshi yoʼlga qoʼyilishi
oʼqituvchilarga;
-
oʼquvchining maktabga kelishida;
-
oʼquvchining yaxshi oʼqishida;
-
oʼquvchining tarbiyasida;
- oʼquvchining darslarni yaxshi oʼzlashtirib faol ishtirokchiga
aylanishida oila bilan hamkorlik oʼqituvchiga
qulayliklar yaratadi va
oʼquvchi bilan ishlashda oʼqituvchi qiynalmaydi.
Maktab va oila hamkorligining yaxshi yoʼlga qoʼyilishi ota-onalarga:
-
farzandlari yaxshi oʼqishini;
-
yaʼni qarovsiz qolmasligini;
-
mustaqil aqlli, dono fikrlashlarida ota-onalarga qulayliklar
yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: