669
masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash;
talabalar bilimini reyting asosida baholash.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning (ZPT) innovatsion tarkibiy
qismi bo‘lgan modul ta’lim texnologiyalarining asosiy ustunligi uning
shaxsga yo‘naltirilganligidir. Bu, bir tomondan, o‘qitish jarayonining bir
butunligini ta’minlashga, ikkinchi tomondan esa, ta’lim oluvchilarning
bilish va shaxsiy sohasini rivojlanishiga mos holda uni optimallashtirishga
imkon beradi. Modul ta’lim texnologiyalarining (MTT) boshqa afzalliklari
orasida quyidagilarni e’tirof etish lozim:
- MTT faoliyatlilik tamoyiliga asoslanadi,
unga muvofiq
o‘rganilayotgan didaktik kontentning ongli tarzda o‘zlashtirilishi faqatgina
ta’lim oluvchilar tizimli faol harakatlarga manfaatdor bo‘lganlaridagina
sodir bo‘ladi.
- MTT da rivojlantiruvchi ta’lim g‘oyasi amalga oshiriladi, bunda
o‘rganilayotgan didaktik kontent hajmi uni o‘rganish sur’atlarini
o‘zgartirish orqali tabaqalashtiriladi;
- MTT ta’limning turli shakllarda tashkil qilinishini nazarda tutadi
(individual, guruhli, masofaviy, juftliklarda (uchlik, to‘rtlik va h.k.),
doimiy va almashib turuvchi tarkib bilan);
- MTT asosida elektron ta’lim resurslari va zamonaviy pedagogik
texnologiyalar yordamida dasturlashtirilgan ta’lim yotadi;
- MTT jadal o‘qitish xususiyatiga ega, bu ushbu jarayonni
optimallashtirishga
va kam kuch, vaqt va vositalarni sarflagan holda
maksimal natijaga erishishga imkon beradi.
MTT ning yana bir qator ijobiy tomonlari bor: ta’lim oluvchilar
harakatlarining aniq belgilangan ketma – ketligi; o‘rganilayotgan didaktik
kontent modullarining tugallanganligi, uni o‘rganishda ta’lim oluvchi
yangi bilimlar hajmiga asta-sekin kirib boradi; individual ta’lim sur’atidan
foydalanish imkoniyati, u yangi bilimlar hajmini ta’lim oluvchilarning
bilimlari va o‘zlashtirish sur’atini dastlabki tashxislash hisobiga ularning
individual xususiyatlariga mos ravishda
moslashtirishga imkon beradi;
ta’lim oluvchining o‘z harakatlarini majburiy mustaqil nazorat qilib
borishi; refleksev yondashuvning qo‘llanilish imkoniyati, uning yordamida
mutaxassislarning adekvat individuallashtirilgan darajada ko‘p marta
takrorlanuvchi mustaqil ta’limi ko‘nikmalarni malakalarga aylantiradi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar doirasida MTT yordamida
ta’lim dasturlarini samarali amalga oshirish uchun o‘qitishni uchta
fundamental konsepsiyalar: komunikatsiyalar nazariyasi, muhit nazariyasi
va faoliyat nazariyasi asosida qurish maqsadga muvofiq. Aynan shuning
670
asosida ishlab chiqarish – texnologik va ilmiy
sohalarda innovatsiyalarni
izlab topish, transfer qilish va boshqarish faoliyati uchun mutaxassislarni
tayyorlash hamda qayta tayyorlashga qaratilgan kasbiy ta’lim dasturlarinig
uyg‘un mazmunini ishlab chiqish mumkin.
O‘quv rejasining ayrim fanlari hamda ta’lim dasturlarining
innovatsion ahamiyatli maqsad va vazifalarini ifodalash uchun quyidagi
yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy tadqiqotlar va amaliy ishlar zarur:
- ZPT larning innovatsion tarkibiy qismlarining strategik resurs va
global raqobatning xarakatlantiruvchi omili sifatidagi ahamiyatini tahlil
qilish;
- ZPT lar doirasida innovatsion texnologiyalarni tashkil etish,
virtuallashtirish
va
innovatsion
ishlanmalarni
transmilliylashtirish
tendensiyalari, jismoniy tarbiya bilimlaridan foydalanish amaliyotini tahlil
qilish;
- O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida va xorijda
ZPT doirasida MTT laridan foydalangan
holda innovatsion tarkiblar
asosida yuqori texnologik fanlarni o‘qitish tajribasini tahlil qilish;
- MTT yordamida o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilarning mustaqil
ijodiy ishi samaradorligini oshirish uslublarini tadqiq qilish;
O‘rganilgan ilmiy uslubiy manbalar tahlili va xulosalar MTT
yordamida o‘qitish dasturlariga ta’lim oluvchi mutaxassislar egallab olishi
kerak bo‘lgan mutlaqo yangi malakaviy talablar kiritilishi kerakligi
to‘g‘risida imkon beradi. Ular quyidagilar:
- inteleektual faoliyatning innovatsion turlari uchun maxsus sifatlarga
kiruvchi kognitiv sifatlar;
- innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha amaliy bilimlar;
- ZPT larning innovatsion tarkibiy qismi sifatida MTT yordamida
o‘qitishda
rivojlantirilgan, lekin umumiy xususiyatga ega hamda ishlab
chiqarishning boshqa sohalari va tarmoqlarida qo‘llaniladigan qo‘shimcha
kasbiy sifatlar.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti yuzasidan ilmiy uslubiy
adabiy manbalarni o‘rganish tahlili shuni ko‘rsatadiki, jismoniy tarbiya
ta’limi jarayonlariga zamonaviy axborot kommunikatsion va pedagogik
texnologiyalarni joriy qilinishi darajasi hali yetarli darajada emas. Buning
sabablaridan biri pedagogik faoliyatda ta’lim texnologiyalarining nazariy –
metodologik asoslarining yetarlicha ishlab chiqilmaganligidir. Jismoniy
tarbiya sohasi o‘qituvchi va murabbiylari axborot kommunikatsion
texnologiyalari bilan ishlashni o‘zlashtirib olmas ekan, jismoniy tarbiya va
671
sport ta’limi darajasini zamon talablari darajasida oshirishni imkoni
bo‘lmaydi [2].
Hozirgi vaqtda ta’lim
oldida muayyan vazifa turibdi, bo‘lajak
mutaxassisni asosiy axborot bilan ta’minlash, undan amaliy vazifalarni hal
etish uchun foydalanish ko‘nikma va malakalarini singdirish, bo‘lajak
mutaxassisda mustaqil ravishda kasbga xos yangi axborotlarni butun
kasbiy faoliyati davri davomida olish zarurligi to‘g‘risida tasavvur
shakllantirish [3,4].
Pedagogik faoliyatning ta’lim hududi sifatidagi zamonaviy holatni
qayta anglash, mamlakatda uni modernizatsiya qilish yo‘llarini belgilash
imkonini beruvchi zamonaviy metodologik yondashuvlardan biri
innovatsion faoliyat hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim
texnologiyalarni ishlab chiqish amaliy pedagogik faoliyatda to‘liq joriy
etilmagan va shu sababli jismoniy tarbiya ta’limini
modernizatsiya qilish
va innovatsion yondashish ishlanmalar zarur. Bu shuni ko‘rsatadiki,
jismoniy tarbiyada innovatsion texnologiyalar yetarlicha metodologik
ta’minotga ega emas va buning oqibatida ularning amaliyotga joriy etilishi
sust kechmoqda.
Xulosa o`rnida aytish mumkinki, hozirgi paytda talaba yoshlarning
jismoniy tarbiya jarayonining hamma tomonlarini optimallashtirish ushbu
muammolar maydonida markaziy masalalardan biri hisoblanadi. Shu
sababli mazkur muammoni hal etish yo‘llarini faol izlab topish zarur.
Jismoniy
tarbiya
jarayonining
yuqori
samaradorligini
xususan
talabalarning
jismoniy
tayyorgarligi
samaradorligini
oshirishni
ta’minlovchi turli xil jihatlar va yondashuvlar ishlab chiqilmoqda.
Jismoniy tarbiyaning mohiyati va vazifalariga nisbatan zamonaviy
qarashlarga
mos
holda
ushbu
jarayonning
biologik
tarkibini
rivojlantirishga asosiy diqqatni qaratish lozim, shug‘ullanuvchilarning
jismoniy
salohiyatini
oshirish,
xususan
talabalarning
jismoniy
tayyorgarligi
darajasini
oshirishga
qaratilgan
zamonaviy
texnologiyalarning ishlab chiqish dolzarb ekanligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: