Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet295/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

Kalit so`zlar:
mamlakat, ta`lim, tajriba. xorijiy tajriba, tuzilma, 
xalqaro baholash, Finlandiay ta’lim tizimi.
Аннотация:
в статье кратко анализируются структура, опыт и 
современные образовательные программы передовых зарубежных 
систем образования. Особое внимание было уделено финской 
системе 
образования, 
которая 
согласно 
международным 
исследованиям отличается высоким уровнем знаний. Было отмечено, 
что Узбекистану в настоящее время необходимо работать в этом 
направлении. 
Ключевые слова:
страна, образование, опыт. зарубежный опыт, 
структура, международная оценка, финская система образования. 


663 
“Xalq ta'limi sohasidagi ta'lim standartlari va o’qitish uslublarini 
ilg’or xorijiy tajribalar asosida, o’quvchining individual qobilliyatini 
ro’yobga chiqarish nuqtai nazaridan qayta ko’rib chiqish lozim. 
Farzandlarimizning qobiliyatini ro’yobga chiqarishga bolalikdan e'tibor 
bеrib, ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, 
yurtimizdan yana ko’plab Bеruniylar, ibn Sinolar, Ulug’bеklar еtishib 
chiqadi” deb ta’kidlagan edi muhtaram yurtboshimiz. 
Darhaqiqat, har bir millat uchun yosh avlod ta'lim-tarbiyasi masalasi 
hamma davrlarda ana shu millatning ertangi kunini bеlgilovchi bosh omil 
bo`lib hisoblanadi. Bugungi tеxnika taraqqiyoti davrida voyaga yеtayotgan 
yoshlarni bir xil qolipdagi an'anaviy usuldagi darslar bilan ta'lim 
jarayoniga jalb qilish, ularni fanga bo`lgan qiziqishini oshirib bo’lmaydi.
Ta'lim sifatini oshirish, har tomonlama rivojlangan shaxsni 
shakllantirishga e'tibor berish pedagogikaning eng muhim vazifalaridir. 
Shu munosabat bilan mashg'ulotlarning ta'lim, rivojlantirish va tarbiyalash 
funksiyalarining o'zaro bog'liqligini ta'minlaydigan yangi usullarni tanlash 
va izlash alohida ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari yetakchi 
o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlar maktablar 
tizimini, ta’lim mazmunini o’rganish, ularni mamlakatimiz maktablariga 
tadbiq qilish zaruratga aylandi. 
Xalqaro tajribalarini sinchkovlik va qunt bilan o’rganish orqali ta’lim 
tarbiyada qotib qolgan, o’z dolzarbligini yo’qotib borayotgan ish shakllari, 
uslublaridan xalos bo’lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda 
qo’shimcha boy manbalarga ega bo’lishimiz uchun barcha shart-sharoitlar 
mavjud. 
Bugungi dunyo hamjamiyatida iqtisodiy jihatdan rivojlangan 
davlatlar tarixiga nazar solsak, ularning taraqqiy etishida birinchi navbatda 
ta’lim tizimlarida olib borilgan samarali va uzluksiz isloxatlarning juda 
muhim rol o’ynaganini ko’rishimiz mumkin. Bunga misol sifatida 
Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya, Finlandiya kabi ko’pgina 
mamlakatlarni keltirish mumkin. Nufuzli Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot 
tashkiloti tomonidan uch yilda bir o‘tkaziluvchi xalqaro tadqiqotlarga 
ko‘ra, finlyandiyalik maktab o‘quvchilari dunyodagi eng yuqori bilimlar 
darajasini namoyish etishadi.
Finlyandiya oxirgi yillarda PISA (Programme for International 
Student Assessment) ta’lim reytingida top 10 da, lekin u yerda kuniga 4 
soatdan (tushlik vaqti bilan) o’qishar ekan va uy vazifa ham ko’p emas. 
Chunki 70-yillarni o’zida ular tushunishdi - o’quvchilarni emas, ustozlarni 
o’qitish kerak. Ular shuningdek dunyodagi eng ko‘p kitob o‘quvchi bolalar 


664 
hamdir. Bundan tashqari, finlyandiyalik maktab o‘quvchilari tabiiy fanlar 
bo‘yicha - dunyoda ikkinchi, matematika bo‘yicha esa beshinchi o‘rinni 
egallashadi. Biroq pedagogik jamiyatni quvontiradigani birgina bu 
natijalar 
emas. 
Shunisi 
ajablanarliki, 
dunyo 
miqyosida 
yuqori 
ko‘rsatkichlarni qayd etishlariga qaramay, finlyandiyalik maktab 
o‘quvchilari darslarga u qadar ko‘p vaqt ajratishmaydi. Bir fanning 
boshqalaridan chuqurroq o‘rgatilishi maqsadga muvofiq emas. U yerda, 
masalan, matematika san'atdan muhimroq hisoblanmaydi. Aksincha, 
qobiliyatli bolalar uchun alohida sinflar tashkil qilinishiga yagona sabab 
ularning tasviriy san'at, musiqa va sportga moyilligi bo‘lishi mumkin.
O‘qituvchi o‘quvchisining ota-onasi kim bo‘lib ishlashini oxirgi 
navbatda, zarurart tug‘ilgandagina biladi.
O‘qituvchilarga ota-onalarning ish joyiga doir savollar berish 
taqiqlangan. Har bir bola uchun individual ta'lim va rivojlanish rejasi 
tuziladi. Individuallik o‘quvchilar tomonidan foydalanilayotgan darsliklar 
mazmuni, mashg‘ulotlar, sinf va uy ishlari soni hamda ularga 
ajratilayotgan vaqt, shuningdek ta'lim materialiga ham tegishli. 
Bir sinfning o‘zida darsda bolalar turli murakkablikdagi mashqlarni 
bajarishadi. Baholash tizimi ham personal darajaga muvofiq. Agar 
"odatiy" mashq a'lo bahoga bajarilsa, ertasiga yuqoriroq darajali mashq 
beriladi, mobodo uddasidan chiqa olmasa, hechqisi yo‘q, yana oddiy 
mashq beriladi. 
Finlandiyaning ta’lim tajribasini o’rganish va uni O’zbekistonda 
keng joriy etish bo’yicha yurtimizda ko’plab islohatalr olib borilmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarning ta’lim tizimini o’rganish va uni 
Respublikamiz miqiyosida qo’llash borasidagi mavjud sharoitlar va 
muammolarni aniqlab, shu soxada ilmiy ishlarni olib borish orqali 
mamlakatimiz ta’lim tizimida ham yuqori natijalarga erishish mumkin. 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish