Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. I.A.Karimov. "Yuksak manaviyat yengilmas kuch" 
2. Ayollar islom nigohida. Jaloliddin Hamroqulov Toshkent Islom Instituti 
"Tahfizul Qur’on" kafedrasi mudiri "Novza" jome masjidi imom xatibi. 
3. Islom Karimov Ilmiy-Marifiy Majmuasi. Ayolni ulug’lamoq-vatanni, 
hayotni ulug’lamoq deganidir. 
4. Manba www.xorazmiy.uz internet sayti. 
MODUL TIZIM – O‘QITISHNI LOYIHALASHTIRISHDA VA AKT 
IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISHNING MUHIM SHARTI 
 
Abdunabiyeva M. S.-Аndijon davlat universitetining Pedagogika 
instituti, Ta’limda axborot texnologiyalari yo`nalishi magistranti 
 
Anotatsiya: 
bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda 
yoshlarni intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarish va ularni har 
tomonlama rivojlangan shaxs etib voyaga yetkazish 
Kalit so`zi: 
intelektual salohiyat, modulli ta'lim,
 
operativ nazorat, 
kompyuter savodxonligi, pedagogik kadrlar. 
Аннотация: 
реализация 
интеллектуального 
потенциала 
молодежи в воспитании гармонично развитого поколения сегодня и 
развитии их как всесторонне развитой личности 
Ключевые слова:
интеллектуальный потенциал, модульное 
обучение, оперативное управление, компьютерная грамотность, 
педагогический коллектив. 
O`zbekiston Respublikasida demokratik va huquqiy jamiyat barpo 
etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay 
olishi ro`y berayotgan voqea-hodisalarga shaxsiy munosabtini bildirishga 
imkon beradi. Ijtimoiy borliqda kechayotgan o`zgarishlarga nisbatan 
shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi shaxs faolligini ko`rsatuvchi muhim 
jihatlardan biridir. Qolaversa, mustaqil fikr egasi bo`lgan shaxs o`z 
imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta oladi. Muvaffaqiyatli 
ravishda olib borilayotgan ta'limiy islohotlarning ham asosiy maqsadi 
erkin, mustaqil fikriga ega barkamol shaxs va malakali mutaxassisni 
tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir.


659 
Insoniyat sivilizatsiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, 
unga ta'lim berishga yo`naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar 
asosida tashkil etilgan bo`lsa, bugungi kunga kelib ta'lim jarayonini tashkil 
etishga nisbatan o`ta qat'iy hamda murakkab talablar qo`yilmoqda. Bu 
borada o`quv axborotlarining mazmundorligi muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. Shu bois ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib 
borayotgan pedagogika fanining vazifalari doirasi kengayib bormoqda.
Tabiiy ravishda zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan samarali va 
unumli foydalana olish vazifasi mazkur fan oldiga ham qo`yilgandir. Ayni 
vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi 
kirib kelmoqda va keng ko`lamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor 
sur'atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan 
umumlashtirish, xulosalash hamda o`quvchiga yetkazib berishni yo`lga 
qo`yish ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri 
hisoblanadi.
Modulli ta'lim dunyo tajribasida qo`llanilib kelayotgan (Buyuk 
Britaniya, Gollandiya, AQSH, Rossiya) ta'limning samarali shaklidir. 
Lekin uning didaktik ta'minoti to`liq ishlab chiqilmaganligi sababli keng 
tarqalmayapti. 
Modulli texnologiya umumlashgan universal tizim bo`lib, ta'lim-
tarbiya maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan barcha optimal va 
mos texnologiyalarni o`z ichiga oladi. 
Bu texnologiya quyidagi g`oya, printsip va qoidalarni amalga 
oshiradi: 
1. O`quv materialini, uni o`zlashtirish uchun taklif va topshiriqlar 
bilan birgalikda yirik blokli qilib tashkil etish. 
2. O`quvchilar tomonidan o`quv materialini mustaqil ishlab 
chiqilishini mo`ljallash. 
3. O`quv faoliyati algoritmi (modul deb nom olgan o`quv-metodik 
kompleks) va dastur (o`quv ishining ketma-ket topshiriq va bosqichlari) 
yordamida o`quvchilar faoliyatini boshqarish. 
4. O`qituvchi metodik tizimining ochiqligi (o`quvchilarga darsda 
bajariladigan ishlar rejasi va materialni o`rganish dasturi oldindan aytib 
o`tiladi). 
5. Materialni o`zlashtirish darajasi, uni o`rganish shakli, joyi va 
tempini o`quvchilar o`zlari tanlab olishlari mumkin. 
6. Uyga vazifa ixtiyoriy. 
7. Har bir o`quvchining samarali bilim olish faoliyati uchun sharoit
yaratish. 


660 
8. Nazorat me'zoni va mazmuniga o`quvchilarni perspektiv 
yo`naltirish. 
9. O`quvchiga va uning qobiliyatiga ishonch ko`rsatish. 
10. Darsdan ish jarayonida erkin o`z-o`zini nazorat qilish va o`zaro 
yordam. 
11. Bahosiz operativ nazorat. 
12. Yakuniy nazoratga qarab natijani baholash (joriy natijalarning 
o`rta arifmetik hisobi emas). 
13. Har bir o`quvchiga yakuniy natijani yaxshilash imkoniyatini
berish. 
14. Ijodiy faoliyatda o`z imkoniyatlarini amalga oshirish. 
15. O`quv jarayoni samaradorligini baholashda o`quvchilar ishtirok 
etadi. 
Modul lotincha “modulus” so`zidan olingan bo`lib me'yor, o`lchov 
degan ma'noni anglatadi. Ta'limda modul o`rganilayotgan predmetni 
ma'lum qismlarga bo`lib, uni o`rganishning aniq tizimini yaratadi. 
O`quvchilarning o`qishini tashkil etish vositasi sifatida modullar 
tayyorlashning har xil usullari mavjud. 
Modul dasturi, mustaqil o`qishga o`rgatadigan o`quv qo`llanma 
sifatida o`quvchiga o`quv moduliga kiritilgan o`quv materiali blokini 
o`qish vaqtida doimiy foydalanish uchun berilsa ta'lim samaradorligi 
oshadi. 
Bu texnologiyani qo`llash natijasida o`quvchilarda o`qishga
qiziqishi va faolligi oshadi. Kishi har bir oqilona faoliyatni shu faoliyatni 
bajarish metodikasi haqida oldin o`zlashtirilgan axborotlar asosida 
bajaradi. Oldin bilib olingan axborotlarga bevosita tayanmay, tusmol va 
xatoliklar yo`li bilan bajarish - ta'lim-tarbiya ishi uchun xarakterli 
bo`lolmaydi. Kishining mahorati qandayligi faoliyat haqidagi axborotlarni 
o`zlashtirish darajasiga bog`liq, faoliyatga doir axborotlarni ishlata bilish 
esa ayrim o`quv elementlari va butun o`quv predmeti mazmunini 
o`zlashtirish sifatiga, ya'ni harakatnng mo`ljal asosini o`zlashtirish sifatiga 
bog`liq. Bunda bilib olingan harakatnng mo`ljal asosi yo aynan o`zlashtirib 
olinganidek yoki faoliyatning shart-sharoitiga qarab o`zgartirilgan holda 
ishlatilishi ham mumkin.
O`tkazilgan tadqiqotlar va ularning natijalari qo`yilgan farazlarni 
to`la tasdiqlaydi hamda quyidagilarni xulosalashga imkoniyat yaratadi: 
1. XXI asr ta'lim jarayoniga global texnologiyaning kirib kelishi 
bilan ham xarakterlanadi. Chunki bozor iqtisodiyoti talablari o`z-o`zidan 
ta'lim jarayonini dunyo standartlari darajasida takomillashtirishni taqozo 


661 
etadi. O`z-o`zidan ma'lumki, dunyoga yuz tutayotgan O`zbekiston uchun 
ham bu ta'lim turi uzoq kelajak emas. Shuning uchun ham O`zbekiston 
o`quv yurtlarida ham ba'zi bir islohotlarni amalga oshirish davr talabi.
O`qitishdagi axborot texnologiyalar bu o`qitish faoliyatida qo`llaniladigan 
elektron vositalar va ularni ishlatish usullari majmuidir. Elektron vositalar 
tarkibiga apparatli, dasturli va axborotli komponentlar kiradi. Ularni 
qullash ko`rsatmalari o`qitishdagi axborot texnologiyalarni metodik 
(uslubiy) ta'minotida keltiriladi. 
2. Ta'lim jarayoni ta'lim texnologiyasining asosini, yadrosini tashkil 
etadi hamda ta'lim maqsadi, ta'lim mazmuni, o`quvchi, ta'lim shakli, 
metod, vositalari va ta'lim beruvchi kabi unsurlardan iborat tizim sifatida 
namoyon bo`ladi. Tarkibiy unsurlar o`z navbatida o`quv axborotlarning 
mazmundorligini ta'minlashda o`zaro birlik va aloqadorlikda ta'lim 
jarayonining umumiy mohiyatini yoritishga xizmat qiladi. 
3. Ta'lim jarayonida o`qitish vositalaridan foydalanish - dars 
jarayonida tabiiy yoki tasviriy ko`rgazmali materiallar (predmet, sxema, 
diagramma, surat va boshqalar; laboratoriya yoki namoyish etishga 
asoslanuvchi mashg`ulotlar jarayonida qo`llaniladigan asbob-uskunalar, 
o`quv qurollari, mikroskop va boshqa apparatlar, shuningdek, mavzuga oid 
dalillar (tsitata, ta'rif, qoida, formula va boshqalar)ning qo`llanilishini 
anglatadi. 
4. Ta'lim jarayonining mazmuni shaxsga ta'lim berish, uni tarbiyalash 
va rivojlantirish kabi vazifalarning ijobiy hal etilishini ta'minlashga xizmat 
qiladi. Tezkor daraja ta'lim maqsadini shakllantirish mazmuni, ta'lim 
jarayonini tashkil etuvchi alohida fanlarni o`rganishdan iboratdir. 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish