665
UZLUKSIZ TA`LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA
AXBOROT-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARINI JORIY
ETISHNING AHAMIYATI
Mullajonova M. D.- Andijon Davlat Universitetining Pedagogika
Instituti, Chet tili va adabiyoti fakulteti talabasi
Annotatsiya:
XX asr oxirlariga kelib texnologiya tizimi rivojlana
boshladi va bu rivojlanish o`z o`rnida ta`lim tizimiga ham yangiliklarni
olib keldi hamda juda katta o`zgarishlarga sabab bo`ldi. Zamonaviy
axborot-kommukatsiya texnologiyalari ya`ni AKT ta`limga keng
qulayliklar va imkoniyatlar olib kirdi, shu boisdan ta`limni raqamlashtirish
masalasi olg`a surildi.
Каlit so’zlar:
masofaviy ta`lim, raqamli texnologiyalar, HEMIS
dasturi
.
Аннотация:
в конце ХХ века начала развиваться система
технологий, а это развитие, в свою очередь, привнесло инновации в
систему образования и привело к существенным изменениям.
Современные информационно-коммуникационные технологии, то
есть ИКТ, привнесли в образование
широкий спектр удобств и
возможностей, поэтому встал вопрос о цифровизации образования.
Ключевые
слова:
дистанционное
обучение,
цифровые
технологии, программа HEMIS.
Mamlakatimizda
so`nggi
yillarda
aholi
o`rtasida
tele-
kommunikatsiya vositalardan foydalanish shiddat bilan ortib bormoqda.
Tele-kommunikatsiya vositalari orqlali hozirda eng tezkor usulda
yangiliklardan xabardor bo`lish va barchaga kerakli bo`lgan narsa va
ma`lumotlarni topishimiz mumkin. Shu bilan birga Oliy ta`limda ham
pandemiya sharoitida barcha o`quvchi va talaba yoshlar uzoq masofadan
turgan holda Zoom, Telegram hamda boshqa saytlar orqali darslarini o`z
vaqtida o`zlashtirish imkoniyatiga ega bo`ldi.
666
Masofaviy ta`lim jarayonining keng imkoniyatlaridan biri barcha
xohlagan vaqtida o`zi qatnasha olmagan dars va ma`ruzalarini
qayta
ko`rishlari mumkin. Bu bilan bir qatorda aholi salomatligini o`z me`yorida
ushlab turishga ham erishildi. Agarda kimda kim chet davlatida tahsil
olayotgan bo`lsa masofaviy ta`lim tizimi orqali o`z vatanida, oilasi
bag`rida berilgan topshiriqlarni amalga oshirishi mumkin.
Kundan kunga hayotimizda raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyot
tushunchalariga duch kelamiz , aslida bular qanday ma`nolarni anglatadi?
Raqamlashtirish deganda
bu tizimni ichiga tadbirkorlik, aholi turmush
tarzi, ta`lim va shu kabi ko`plab masalalarni o`z ichiga oladi. Asosan
raqamlash deganda ketma-ketlik, ya`nikim mamlakatni har sohada
yetakchi o`rinlarga olib chiqish ilgari suriladi. O`zbekiston Hukumat
Qarori bilan “raqamli iqtisodiyot’’ni rivojlantirishning “Aqilli uy”,
“Buyumlar interneti”, “Xavfsiz yo`llar”, “Aqilli shahar”, “Aqilli tibbiyot”
kabi yangi raqamli’ fuqarolarimiz uchun qulay muhit yaratilishini nazarda
tutadigan loyihalarni keng miqyosda amalga
oshirishni tayanchi barpo
etilmoqda. Kelgusi besh yillikdagi muhim vazifalar qatoriga axborot
telekommunikatsiya texnologiyalarni raqamlashtirish yo`lida “elektron
hukumat”, “Elektron boshqaruv”, “telekommunikatsiya”, “internet”, “veb-
sayt” kabi iboralar kiritilgan. AKT ni raqamlashtirishdan asosiy maqsad
ta`lim sohasini va aholi bilimdonligini oshirish asosiy maqsad qilib
olingan. Bunda IT sohasi ham muhim rol o`ynaydi.
Oliy ta`lim haqida gap borarkan avvalo talabalar kredit ta`lim
tizimiga o`tdilar ya`ni baholash sistemasining o`rniga kredit ball to`plash
yangilik sifatida kiritildi. Bu orqali talabalar har oy, har semestrda o`zlari
uchun kredit to`plab ketadilar va yakuniy nazorot jarayonida barchani
kreditlari hisoblanadi. Buni esa talabalar elektron jurnalida hisoblanadi,
ya`niki talabalarning har olgan baho va
minus ballari shu sistemada
hisoblanadi. Bu sitema-HEMIS axborot tizimidir. Hemis dasturi yangi
yo`lga qo`yilgan bo`lib talaba va ustozlarga keng yordam berib kelmoqda.
Oldingi qog`ozbozchilik va chalkashliklarni oldini olish maqsadida bu
tizim yangilik sifatida kirib keldi. Bu tizimda barcha talabalarning
ma`lumotlari: darsda bo`lgan bo`lmagani, har darsda qancha kredit
yig`ayotgani, imtixonlar ro`yxat va sanalari, shartnoma, dars jadvallari, fan
o`qituvchilari va shu kabi ma`lumotlar kuzatilib boriladi. Bu tizimga kirish
uchun har bir o`quvchiga alohidadan kodlar taqdim etilgan bo`ladi va shu
qatorda hemis dasturi ishonchli dastur ekanligini isbotlaydi. Biz faqat bir
dasturninggina imkoniyatlari
haqida gapiryabmiz, bundan tashqari ta`lim
jarayonida foydalanish mumkin bo`lgan boshqa dasturlar ham mavjud.
667
Dars jarayonlarini sifatini yaxshilash, talabalarni darsga jalb etish
kani masalalar doimiy masala bo`lib kelgan. Hozirgi kunga kelib
an`anaviy tizimga o`qitish tizimiga o`zgartirishlar kirgizilib, dars
jarayonlarida AKT dan foydalanish keng olib borilmoqda. Taqdimotlar,
mustaqil ishlar va boshqa yangi loyihalar taqdim
qilish hozirda yangicha
uslubda amalga oshirilmoqda. Elektron doskalar, talabalar ma`lumotlar
topishi uchun wifi tarmog`i hamda tanaffus paytlarida radio eshittirish kabi
harakatlar yo`lga qoyilgan. Buning barchasi ta`lim tizimini tubdan
o`zgartirish, o`quvchi yoshlarga kerakli shart-sharoitlarni yaratib berish va
kelajakda yetuk kadrlar bo`lib yetishishi uchun amalga oshirilmoqda.
Ta`limni raqamlashtirishda AKT dan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Elektron hujjat, kutubxona , jurnal bo`lishi baholash shaffoflikda amalga
oshirilishini ta`minlaydi.
Ta`lim tizimini raqamlashtirish orqali kelgusida rivojlangan davlatlar
qatorida bo`lishi va ta`lim sifati yuqori darajaga chiqishi ko`zda
tutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: