Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

Фойдаланилганадабиётлар: 


431 
1. Эволюция ценностей высшого педагогического образование: 
историко-теоритический аспект,- дисcертация- Булынин А.М. 
Москва, 1998. 
 
2. Маҳмудхўжа Беҳбудий.- Танланган асарлар.- Т: Маънавият 1999.
3. Ҳошимов Ў. И.Ёқубов. Инглиз тили ўқитиш методикаси.-
Тошкент:2003. 
PEDAGOGLARNING JAMIYAT HAYOTIDAGI TUTGAN ÒRNI 
Mamatova Sh. S. - Buloqboshi tumani 8-umumiy o’rta ta’lim maktabi 
o’qituvchisi;
Turģunova M. Z.- ADU talabasi
 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada pedagog tushunchasini kelib 
chiqishi, pedagoglar ning jamiyat hayotidagi tutgan òrni, mavqei, pedagog 
xodimlarning huquqiy maqomi ochib berilgan.
 
Kalit sozlar: 
pedagog, jamiyat, davlat, tarix, ta’lim, tarbiya, jadallik.
 
Bugungi kunga kelib, respublikamizda oqituvchi –pedagoglarga katta 
e’tibor qaratilmoqda. Chunki oqituvchi – pedagoglar jamiyat va uning
barcha sohalariga talim tarbiya berish orqali katta xissa qoshadilar.
Olis tarixga nazar tashlasak, o’qituvchi – pedagoglar jamiyatda va 
uning hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Pedagog atamasi ham tarixiy 
tushuncha bo’lib, qadimgi Yunonistonda òz xòjayining bolalarini sayr 
qildirgan,ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni òrgatgan tarbiyachini,ya'ni 
qullarni "pedagog"(bola yetaklovchi ) deb atashgan. Yillar òtib esa maxsus 
òqitilgan va pedagoglikni òziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb 
atay boshlashgan. Mana bugungi kunda pedagoglarning òrni katta va 
ularga katta imkoniyatlar yaratilib berilgan,huquqiy jixatdan ham ularning 
huquqiy maqomlari yuksak, nafaqat xuquqiy maqomlar balkim, xalq 
orasidagi maqomlari ham yuksak.
Respublikamizda Pedagog xodimlarning maqomi huquqiy asoslarda 
mustaxkamlab qoyilgan. Pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat 
tomonidan tan olinadi. Pedagog xodimlar ijtimoiy qollab-quvvatlanadi, oz 
kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro‘sini 
oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek oz 
huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi. 
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-


432 
qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida boladi
35
. Bundan 
ko’rinib turibdiki, pedagog xodimlarni ularning lavozim majburiyatlari 
bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday boshqa ishga jalb qilish taqiqlanadi. 
Pedagoglarimiz bundan unumli foydalanishyapti. Jamiyat rivoji 
uchun sezilarli hissalarini qòshishayapti. Pedagoglarimiz bugungi kunda 
òz kasbiga masuliyat bilan yondashishyapti, òz kasbi doirasida pedagogik 
mahoratlarini ishga solib, jamiyatga va uning rivojiga xissa qoshmoqdalar. 
Pedagoglarni takror-takror onaga qiyoslasak maqsadga muvofiq boladi. 
Pedagoglar òz shogirdlariga ,òquvchilariga òzining bolasidek mehr va 
e'tiborni, tarbiyani qolaversa ta'limni ham berib kelishmoqda. Shu 
jumladan L.Tolstoyni fikrlariga e'tibor qaratsak, maqsadga muvofiq bòladi.
Buyuk rus adibi L.N.Tolstoy pedagog fazilatining mukammalligini 
oz mutaxassisligiga nisbatan ijobiy munosabatda bolishi bilan bir vaqtda 
bolalarga bolgan munosabatida, ularni xuddi oz farzandlaridek jon-dilidan 
sevishida ekanligida ko’rgan. Uning ta’kidlashicha, agar oqituvchi faqat 
ishiga havas qoygan bolsa, u yaxshi pedagog boladi. Agar pedagog bolaga 
faqat otasi va onasi kabi havas qoygan bolsa, u oldingi pedagogdan 
yaxshiroq boladi. Bordiyu, ikkala xislatni ham ozida mujassamlashtirsa, 
u holda u mukammal va mahoratli pedagog boladi-deya takidlagan edi. 
Shuningdek jamiyat rivoji pedagoglar bilandir.Ular bugungi kunda 
yosh kelajak avlodni vatanga muhabbat, unga jon fido qilish, òzidan keyin 
yetuk kadrlarni tayyorlash, yurtimizni ravnaq toptirish, xullas, barmoq 
bilan sanab bòlmas buyuk ishlarni bajarishmoqda. Jamiyat kishilarini 
ma’naviy-madaniy jixatdan tarbiyalash ishlari ham pedagoglar bilan 
amalga oshmoqda. 
Bugungi kunda òzim ham bòlajak pedagogman. Men bugungi 
kundagi imkoniyatlarni kòrib shu davr, shu yurt farzandi ekanligimdan 
faxrlanaman. Kelajak bizning qòlimzda. Bizga ta'lim-tarbiya berayotgan 
pedagoglarimiz ya’ni ustozlarimiz mana hozirgi kungacha bizni har 
tomonlama qòllab,yetuk kadr bòlishimiz uchun òzlarini fido qilishyapti. 
Biz ham yaqin kelajakda ulardek bòlishga harakat qilayapmiz. Shu orinda 
aytish joizki, qaror va farmoyishlarda pedagoglarning orni va vazifalari 
aniq belgilab berildi. Faxr bilan aytishim mumkinki, biz – yosh pedagoglar 
uchun keng imkoniyatlar hamda izlanishlar olami ochildi. Zero, 
Prezidentimiz oz nutqlarida “men muallimlarning jamiyatimizdagi 
35
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari 
milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son. 45-moddaning beshinchi qismi. Birinchi bandi.


433 
obro`sini oshirish haqida ko`p o`ylayman. Chunki o`zim ko`p yillar 
oliygohda domla bo`lib ishlaganim uchun bu sohaning qanchalik qiyin va 
mashaqqatli ekanini yaxshi bilaman.
Biz endi jamiyatimizda o`qituvchilarni «siz»lab, ularning sha'ni va 
hurmatini boshimizga ko`taradigan, ularni tom ma'noda kelajak 
bunyodkorlari, deb ulug’laydigan muhitni yaratishimiz zarur. Jamiyatda 
o’qituvchi kasbi eng nufuzli va obroli kasb bolishi lozim. Davlatimiz, 
millatimiz taqdiri muhtaram muallimlarimizga bog’liq ekanligi hech kim 
hech qachon inkor qilolmaydi. Muallimlarimiz bolalarga sifatli talim 
berish va o`z ustida ishlashdan boshqa narsa haqida o`ylamasligi uchun 
davlat barcha sharoitlarni yaratib berishi zarur. Bugundan boshlab eng
hurmatli, e’zozli inson – muallim. Biz sizlarni el-yurtning tayanchi va 
suyanchi deb bilamiz. Sizlar bilan doimo faxrlanamiz”- deb alohida 
ta’kidladilar. Pedagoglar uchun bu sozlar qadrli va qimmatlidir.
Talim - tarbiyada tanaffus bo’lmaydi deganlaridek, o’z kasbiga 
fidoyi o’qituvchilarimiz sharaf bilan saboq berishlari hamda biz yoshlar 
yanada ko’p muvaffaqiyatlarga erishishimiz yo’lida birgalikda harakat olib 
borishimiz lozim. Shuningdek, buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan 
taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi” ya’ni millat taraqqiysi hayoliy orzu-
havasda emas, farzandlar kamolotidadir-degan jumlani ham aytib o’tdilar. 
Zotan, o’qituvchining yuksak madaniyati, teran bilim doirasi ta’lim-tarbiya 
ishlarining muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi. O’qituvchi 
tomonidan qo’yiladigan maqsad aniq bo’lsa va bu maqsadga 
erishish uchun astoydil harakat qilsa, kutilgan natijalarga erishiladi. Eng 
katta boylik bu aql, zakovat va ilm; eng katta meros bu yaxshi tarbiya; eng 
katta qashshoqlik bu – ilmsizlikdir- deb bejizga aytilmagan. 
Yurtboshimizning aniq va keng yoritilgan qaror va qonunlar biz yosh 
kadrlar uchun juda ahamiyatlidir.
Hulosa sifatida shuni aytish joizki, jadallik bilan rivojlanayotgan 
dunyodan òrnak olgan holda biz bòlajak pedagoglar ham jadallik bilan tez 
suratda rivojlanishimiz kerak. Shu kunga kelib pedagogning jamiyatdagi 
òrni juda yuqori, shunday ekan biz bòlajak pedagoglar, bu mavqeni saqlab 
qolishimi, nafaqat saqlab qolishimiz balki sayqallashimiz va pedagog 
sifatida òz tog’imizni zabt etishimiz kerak. 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish