457
3.
Рахмонов.Я. “Ўқувчиларнинг ақлий меҳнат
фаолиятининг
самарадорлигини ошириш шартлари”. “Халқ таълими” журнали.
2000 й, №6.
4.
Рахмонов.Я. “Ўқувчиларнинг ақлий меҳнат фаолиятини ташкил
этишнинг назарий ва амалий омиллари”. “Халқ таълими” журнали.
2001 й, №1.
BOSHLANG’ICH SINF SAVOD O’RGATISH DAVRIDA XALQ
OG’ZAKI IJODIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK
ASOSLARI
Qurbonova F.M.– ADU magistranti
Annotatsiya:
aqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida ayni
fundamental bilim olish jarayonida xalq og’zaki ijodiyoti na’munalari
bilan tanishtirilishi, ularni oqko’ngillilik, rostgo’ylik, mardlik,
oliyjanoblilik,
hislatlarini
shakllantirishida
muhim
ahamiyati,
o’quvchilarni kelajakda ana shunday tuyg’ularni ruhiyatida aks
ettirilishida xalq og’zaki ijodiyoti na’munalarining o’rni beqiyos ekanligi
haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar:
xalq og’zaki ijodi, rivoyatlar, maqol, topishmoq,
ertaklar, latifa folklore,mifologiya
Har bir inson umri davomida xalq og’zaki ijodidan bahramand bo’lib
ulg’ayadi. Bolalikda ertak eshitib katta bo’lmagn bu dunyoda yo’q desak,
mubolag’a bo’lmaydi. Chunki har bir odam dunyoga kelgach, turli
darajadagi ertak,rivoyat, afsonalrni eshitadi va aynan o’shalar
orqali
dunyoni o’rganadi. Ularda xalq badiiy tafakkurining eng sara mevasi
yashiringan. Buni anglash va ularni qayta kashf etish kishiga hayotni
tushunish, odam va olam munosabatlarini o’rganishga yordam beradi.Shu
ma’noda o’zbek xalq og’zaki ijodining tur va janrlarini o’rganish, ular
ustida ishlash va ularning turli davrlarda turli ijtimoiy vazifani bajarishini
o’rganish adabiyotshunoslikning dolzarb muammolaridan biridir.
Ana shunday yuksak ma’naviyatimizning asosi hisoblangan xalq
og’zaki ijodini tom ma’noda anglash uchun esa uning g’oyaviy-badiiy va
janr xususiyati,
poetik strukturasi, tarixiy ildizlari hamda mifologik
asoslari atroflicha tadqiq etilishi lozim bo’ladi.Xalq og’zaki ijodini
o’rganishda bunday kompleks yondashuv uning jonli og’zaki ijro
458
sharoitida o’ziga xos ravishda yaratish, tarqatish xususiyatlarini, uzoq
asrlik taraqqiyot jarayonida xalq dunyoqarashi va ruhiyati bilan bog’liq
ayrim hodisalarning
aks etish darajasi, konkret asarlar syujeti, obrazlar
tizimida turgan o’rni, badiiy vazifasi hamda mohiyatini alohida-alohida
tadqiq etishni talab etadi.[4]
Ma’lumki, boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim tarbiya berishdagi
muhim vazifalarning asosiy qismi o’qish darslarida amalga
oshiriladi.Boshlang’ich sinf “O’qish kitobi” darsligi ham “O’qish va nutq
o’stirish” dasturi davlat ta’limi standarti
talablariga javob beruvchi
konsepsiya asosida tuzilgan. Unda g’oyaviy,tematik, estetik qisman
mavsumiy tizimlar hisobga olingan.U o’z navbatida bolaning tevarak
atrofdagi voqealikni idrok etishni ko’zda tutadi.
Boshlang’ich sinf o’quv dasturlari o’qish darslari oldiga
o’quvchilarni yaxshi o’qish sifatlariga ega etishdek murakkab vazifani
qo’yadi. Bunday vazifalarni to’laroq amalga oshirishda xalq og’zaki ijodi
materiallari katta axamiyatga ega. O’quvchilar tabiatan maqol, topishmoq
va
ertaklarni sevadilar, ularni zo’r qiziqish bilan o’qib o’rganadilar.
Bundan tashqari xalq og’zaki ijodi qadimdan tarbiya manbai hisoblangan
Xalqning asrlar davomida shakllangan badiiy zavqi, didi bor.Ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotning xalq estetikasiga ko’rsatadigan ta’siri folklordagi
an’anaviylikni harakatga soladi.Masalan,ijtimoiy tafakkur taraqqiyoti xalq
e’tiqotida yasagan tub burilishlar oqibatida badik, kina,burey-burey
janrlari shuningdek, “Sust xotin”, “Choy momo”, “Barot keldi”
marosimlari so’nib, iste’moldan chiqib ketdi.
XX-asrning ikkinchi
choragidan boshlab yangi voqealikning yuzaga kelishi tufayli doston
yaratish an’anasi ham so’nish sari yuz tutdi.Qo’shiq maqol,askiya, og’zaki
hikoya davom etmoqda. Ayrim shakl- janr jumladan tarixiy qo’shiq
yuzaga keldi.Shuningdek, An’anaviy qo’shiq mativlari o’zgardi. Yangi
voqealik mazmuniga mos obrazlar va qarashlar evaziga to’lishdi.[5]
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki o’quvchilar xalq og’zaki ijodi
na’munalaridan bahramand bo’lgach , o’rtoqlari, aka-uka, opa-singillariga
aytib beradi, muhimi o’quvchi o’zi sevib qolgan ijobiy qaxramonlardan
o’rnak
olishga , halollikda, to’g’ri so’zlikda, mehnatsevarlikda, ularga
o’xshashga xarakat qiladi. Salbiy qaxramonlardan esa, nafratlanib, ularga
o’xshamaslikka xarakat qiladi.
Demak, o’quvchilarning ham bilimga qiziqishini oshirishda , ham
komil inson qilib tarbiyalashda xalq og’zaki
ijodiyotidan foydalanish
ijobiy natija beradi.