Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида


TARBIYACHI NUTQIGA QO’YILGAN PEDAGOGIK



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

 TARBIYACHI NUTQIGA QO’YILGAN PEDAGOGIK 
TALABLAR 
Boltaboyeva G. R.- Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar 
instituti talabasi
.
 

Annotatsiya:
ushbu maqolada pedagog tarbiyachi shaxsiga 
qo’yiladigan muhim talablar tasnifi bayyon qilingan


Kalit so’zlar
:
ta'lim, tarbiya, bilish faoliyati, fan, shaxs, til, tafakkur, 
nutq, mantiqiy, ijodiy fikrlash, usul, og’zaki usul, o’zaro hamkorlik, 
kuzatish, suhbat. 
Аннотация:
в данной статье представлена классификация 
важных требований к педагогу-воспитателю. 

Ключевые слова:
 
обучение, воспитание, познавательная 
деятельность, наука, личность, язык, мышление, речь, логическое, 
образное мышление, метод, устный метод, наблюдение, беседа. 

 
Pedagog-tarbiyachi 
bolalarga 
kundalik 
hayotda, 
o’yinlarda, 
mashg’ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular biim bo‘ladigan 
muomalada ta’sir ko’rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o’rganishi, 
uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini 
namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy 
baholashi kerak, ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli 
bilan qiziqishi zarur. 
Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga 
sadoqatliligi, g‘oyaviy e’tiqodliligi, o’z kasbini sevishi va bu kasbga 
bo’lgan cheksiz sadoqati bilan o’qituvchi -tarbiyachi boshqa kasb 
egalaridan ajralib turadi. Pedagog – tarbiyachi shaxsiga qo’yiladigan 
muhim talablardan biri shuki, u o’z predmetini, uning metodikasini chuqur 
o’zlashtirgan bo’lishi zarur. 
Tarbiyachi nutqiga qo’yilgan pedagogik talablar. Tarbiyachi 
maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalaming 
mehnati haqida boshlang’ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy 
axloq, o’z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli munosabatda bo’lish, 
yaxshilik, haqiqatgo’ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat 
bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o’simlik va hayvonlarga 


425 
g’amxo’rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalaming mehnati natijalarini 
asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlami tarbiyalaydi. Xalq san’ati, musiqa, 
ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san’atga muhabbat tarbiyachini 
madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. 
Pedagog kerakli bilim, malaka va ko’nikmalami ma’lum bir izchillik bilan 
egallab borsagina bolalarnitarbiyalash va ularga ta’lim berish ishida yaxshi 
natijalarga erishadi. 
Tarbiyachi o’z kasbining mohir ustasi boiish uchun maxsus 
tayyorgarlik ko’rishi, quyidagi shartlarga amal qilishi kerak: 
- pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, kerakli 
bilimlami egallab, kerakli adabiyotlami tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar 
bilan ishlay oladigan, ilg‘or tajribali 
pedagoglaming tajribasini o‘rganib, o’z ishiga tatbiq eta oladigan kishi 
bo’lishi kerak. 
- pedagog bolalarni kuzata oladigan, ulaming xulqi, xatti-harakati 
sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ijobiy ta’sir etuvchi vositalami topa 
olishi kerak. 
- yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish 
uchun
pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bo‘lishi lozim. Ta’lim 
berishda
texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, 
malaka, ko‘nikmalami yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun faollashtiruvchi 
savollardan foydalanishi kerak. 
- tarbiyachi о’ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda faoliyatiga 
nisbatan qiziqish uyg‘ota olish, ulaming diqqatini jalb qilib, faolligini 
o’stirish, ularning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi kerak. 
- har bir faoliyat uchun kerakli materiallami oldindan tayyorlab qo‘yishi 
kerak. 
- kun tartibini to’g’ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir 
a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish. 
- bolalaming ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar 
bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga olishi 
lozim. 
Bundan tashqari, tarbiyachining nutqi nafaqat bolalarga nisbatan, balki 
maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlariga nisbatan ham osuda, doimo 
bosiq, xushmuomala bo’lishi shart. 
Shunday qilib, bolalar bilan ishlash orqali pedagog quyidagilarga e’tiborini 
qaratishi lozim: 


426 
• ona tilidagi barcha tovushlami to’g’ri talaffuz qilish, nutqdagi mavjud 
kamchiliklami bartaraf etish; 
• aniq, tushunarli nutqqa, ya’ni yaxshi diksiyaga ega bo‘lish; 
• o’z nutqida adabiy talaffuzlardan foydalanish, ya’ni orfoepik qoidalarga 
rioya qilish; 
• ifodalilikning intonatsion vositalaridan bildirilgan fikrlami hisobga olgan 
holda to’g’ri foydalanishga intilish; 
• bolalar bilan muloqotda biroz sekinlashtirilgan sur’atda, ovozni sal 
pasaytirgan holda nutq so’zlash; 
• matnlar mazmunini so’zlar va grammatik tuzilmalardan foydalangan 
holda ravon hamda imkonli shaklda hikoya qilish va bolalarga yetkazish; 
• bolalar va xodimlar bilan suhbatda ovozni balandlatish va qo’pol 
muomalaga yo’l qo’ymaslik. 
Ta’lim muassasasi tarbiyachisi uchun namunali nutqqa ega bo’lish uning 
kasbiy tayyorligi ko’rsatkichidir. Shuning uchun o’z nutqini 
takomillashtirish haqida qayg’urish bo’lajak pedagogning axloqiy 
burchidir. U o’zida keyinchalik bolalarga beradigan nutqiy ko’nikmalami 
mukammal rivojlantirishi shart. 
Tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo’lishi, uning nutqi quyidagi 
xususiyatlami o’zida aks ettira olishi kerak. 
a) nutqning to’g’riligi; 
b) nutqning aniqligi; 
d) nutqning ifodaliligi; 
e) nutqning sofligi; 
f) nutqning ravonligi; 
g) nutqning boyligi. 
Tilshunoslik bolalar nutqni kattalarga taqlid qilish yo’li bilan
egallab olishlarini isbotlab berdi. Tarbiyachining nutqi ona tilini
endigina o'rganayotgan bolalar uchun namuna va ularga ta’sir etish
vositasidir. Bolalar hali tajribalari yo'qligi, nutqlari yaxshi
rivojlanmaganligi sababli kattalar nutqidagi yaxshi jihatlarga ham, yomon 
tomonlarga ham bir xilda taqlid qilaveradilar. Tarbiyachi uchun namunali
nutqni egallash — bu uning o’z kasb-koriga tayyorligini belgilovchi
ko‘rsatkich hisoblanadi. Taniqli pedagog, bolalarni ona tiliga o’rgatish
uslub va uslubiyotlarini ishlab chiqqan uslubiyotchi, maktabgacha
tarbiya bo’yicha mashhur mutaxassis, professor Y.I.Tixeyeva
tarbiyachi nutqiga yuksak baho berib, shunday degan edi: Bog’chada 
bolalar beixtiyor taqlid qiladigan namuna tarbiyachining tilidir, 
tarbiyachining tili bolalar tiliga g’oyat samarali va nihoyatda kuchli ta’sir


427 
ko‘rsatadigan hamma narsalarni o’zida birlashtiradigan bo‘lishi kerak.
Bog’bonning tili bekam-u ko’st, adabiy talaffuzning har qanday
nuqsonlaridan xoli bo‘lishi lozim“.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, har bir tarbiyachi o‘z
nutqidagi nuqsonlami aks ettiruvchi daftar tutishi, unga
kamchiliklarini belgilab borishi, so‘ngra ularni bartaraf etish bo‘yicha
reja tuzib, ishni tashkil etishi kerak. Har bir tarbiyachi-pedagog
nutqiga qokyilgan talablami juda yaxshi bilgan holda o‘z nutqidagi
kamchiliklarm bartaraf etib borishi kerak.

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish