Фойдаланилган адабиётлар.
1.Н.Назарова “Клиник лабаратория текшириш усуллари” фанидан
услубий қўлланма. Тошкент. Абу Али ибн Сино номидаги тиббиёт
нашриёти. 1999 й
414
2.А.Қосимов. Қ.Қўчқаров. Биохимя Тошкент. “Ўқитувчи” 1988 й
3.Д.Д.Шарипова ва бошқ. Келажак авлодни соғлиқни сақлаш сизнинг
қўлингизда. Қўлланма. Тошкент,2011
4.Д.ДШарипова ва бошқ. Ёш авлодни маънавий-ахлоқий ва маданий
ривожлантириш мақсадида узлуксиз таълим тизимида соғлиқни
сақлаш- технологияларидан фойдаланиш.Тошкент, 2014
BOSHLANG’ICH SINFLARDA INTEGRATSIYALASHGAN
TA'LIM TIZIMIDAN FOYDALANISH
Abdumutalipova M.A.- ADU, BTSTI yo’nalishi talabasi
Annotattsiya:
maqolada boshlang'ich sinflarda integrativlikning
mohiyati, integratsiya - o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalashga yangicha
yondashuv ekanligi, bugungi kunda eng dolzarb muammo yosh avlodni
har tomonlama barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ijtimoiylashtirish,
ularning dunyoqarashlarini kengaytirish va bu muammo yechimining ildizi
bevosita maktabgacha va boshlang'ich ta'lim tizimiga borib taqalishi
haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar:
integratsiya, DTS, modullashgan integratsiya,
mavzulararo integratsiya, innovatsiya, qiziqish, bola psixologiyasi
Аннотация:
в статье освещается сущность интегративности в
начальных классах, интеграция как новый подход к обучению и
воспитанию учащихся. Наиболее актуальным вопросом на
сегодняшний день является воспитание подрастающего поколения
как всесторонне развитой личности, его социализация, расширение
его мировоззрения. Корень решения этой проблемы лежит
непосредственно в системе дошкольного и начального образования.
Ключевые слова:
интеграция, ДТС, модульная интеграция,
междисциплинарная интеграция, инновации, интерес, детская
психология
Ta'lim tizimini tartibga solish, rivojlantirish va yo'l-yo'riqlar
ko'rsatish uchun davlat ta'lim standartlari qabul qilindi va shundan so'ng,
ta ’lim mazmuni qisman yangilandi. Davlat ta’lim standarti talablari
asosida yangi o'quv dasturlar va darsliklar ishlab chiqildi. Lekin,
kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, o'quv rejasida o'quv predmetlarning soni
ortib ketgan. Shu o'rinda ko'p fanlarning alohida-alohida o'qitilishi yaxshi
samara beryaptimi, ular o'quvchilarning bilim darajasini yetarlicha
oshiryaptimi degan savol tug'iladi. Menimcha, yo'q.
415
Hukumat tomonidan qabul qilingan boshlang‘ich ta’lim Davlat ta’lim
standartida 4 ta ta’lim sohasi, ya'ni “Ona tili“, “Matematika“, “Tabiat“,
“Inson va jamiyat“ ta’lim sohalari berilgan holda bugungi kunda o'quv
rejasida o'rtacha 10 ta o'quv predmeti mavjud. Bu sohada jahon tajribasiga
nazar tashlaydigan bo‘lsak, Singapur ta’lim tizimida boshlang‘ich sinflar
uchun bor-yo‘g'ii 4 ta o‘quv predmeti mavjud ekan. Ular: “Ona tili“,
“Matematika“, “Estetika“ hamda “Jismoniy tarbiya“. Bizga ma'lumki,
bolalar maktab darsliklarida o'zlari uchun kerakli barcha bilimlarni
oladilar, ko'pincha ularning barchasini o'zlashtira olmaydilar, hayotga
tatbiq qilmaydilar. Buning sababi bu materiallar o'ta qiyin yoki oson.
Murakkab bo'lsa, uni eslab qolish muammo tug'diradi. Agar sodda bo'lsa,
bir xil oddiylikdan bola zerikadi. Shuning uchun har bir fan, har bir
ma’lumot bir-biriga bog'liq, har safar innovatsiya asosida o'tkizilishi
lozim.
Bugungi kunga kelib jahondagi mamlakatlarning 70 foizi ta’lim
tizimida integrativ xarakterdagi o'quv dasturlari va darsliklardan
foydalanib kelmoqda. Har bir mamlakat ayni shu davlatning ta’lim
tizimiga qo'yilgan buyurtmaning tabiatidan kelib chiqqan holda
integratsiyaning turli darajalarini ishlab chiqqan va joriy qilib kelmoqda.
Masalan, Buyuk Britaniya ta’lim tizimida asosan integrativ fanlar joriy
qilingan bo'lsa, Koreya va Shveytsariyada integratsiyalashgan fanlar yoki
alohida o'quv predmetlari, Avstraliyada integratsiyalashtirilgan fanlar,
Yaponiya, Shimoliv Irlandiya, Uels, Gong-Kong va Germaniyada ham
alohida fanlar, Vengriyada madaniyat yo'nalishidagi o'quv predmetlari,
inson va tabiat, integrativ fanlar, Niderlandiyada alohida o'quv
predmetlari, Irlandiyada fan va texnika kabi bloklarda barcha o'quv fanlari
mujassamlashtirilgan holda o'qitiladi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev tashabbuslari bilan bizda ham bu sohada dastlabki qadamlar
qo'yilmoqda.
Jumladan, boshlang‘ich ta’lim Davlat ta’lim standartlarida “Ona tili”
va “O'qish” fanlari o'zaro bog'lanib, birlashtirildi va “Ona tili va o'qish
savodxonligi” deb nomlangan yangi darslik ishlab chiqildi. Ushbu darslik
oldingi darsliklardan tubdan farq qiladi. Avvalgi adabiyotlarda nazariy
ma’lumotlar berilib, misollar, namunalar bilan mustahkamlangan bo'lsa,
ushbu darslikda oldin namunalar, misollar keltirilib, mohiyatan bolaga
tushuntirilib, so'ng nazariya bilan isbotlanmoqda. Chunki, bola o'zi
hayotda qo'llab ko'rgan, anglagan narsasini tez eslab qoladi. Shuningdek,
fanlar qatoriga yana bir yangi fan “Tarbiya” ham kiritildi, “Odobnoma”
darsligining kengaytirilgan varianti sifatida. Ushbu yangi darsliklarda
416
keltirilgan mavzular juda keng qamrovli, matnlar tanlashda nafaqat o'zbek
adabiyotiga balki jahon adabiyotiga ham murojat qilingan. Ular bolalarni
har tomonlama fikrlashga,ko'proq o'zi ustida ishlashga o'rgatadi. Kitobda
takroriylik yo'q, har safar yangicha tushuncha, bilimlar beriladi va o'sha
bilimlar tez-tez takrorlanib, mustahkamlanadi. Asta-sekin qolgan barcha
darsliklar ham o'zaro shunday integratsiyalandi va bir mavzuga turlicha
yondashish orqali bolalarda turli xil fikrlar paydo bo'ladi, dunyoqarashi
kengayadi.
Integratsiya fanlararo aloqalarni, turli ta’lim dasturlari o‘rtasidagi
o‘zaro aloqalarni o‘rnatish orqali ta’lim mazmunining yaxlitligiga erishish
jarayoni va natijasidir. Uning turli darajalari mavjud.
1.
Mavzularni izchillikda bayon qilish, mavzulashtirish. Bunda har bir
mavzu bir-birini to'ldiradi. Ikkinchi mavzu oldin o‘tilgan mavzuga bog'liq
bo'ladi, lekin aslo uni takrorlamaydi. Bunday integratsiya natijasida bilim,
malaka va ko'nikmalar muntazam ravishda rivojlanib boradi.
2.
O'quv fanlari o'rtasidagi uyg'unlik. Bunda hamma fanlarda masalan,
o'qish, ona tili va tabiatshunoslikda ham bitta kuz mavzusini takror
o'tavermasdan bitta kitobda batafsil kengroq o'tish maqsadga muvofiq.
3.
Modullashgan integratsiya. Bunday integratsiyada o'zaro turdosh
fanlar, matematika, geometriya, algebra kabi fanlar bir me'yor, qolip
asosida ketma-ket bir-birini to'ldirib o'tiladi.
Integratsiyalangan darslarning tuzilishi o‘rganishning barcha
bosqichlarida o'rganilayotgan mavzularning aniqligini va izchilligini,
puxta o'rganilganligini va o‘zaro mantiqiy aloqalarini talab qiladi. Bunga
dasturdagi o'quv materialining ixcham va yig'iq ekanligi, undan tashqari,
o‘quv materialini o'rganishni tashkil etishning ba’zi zamonaviy usullarni,
ya'ni innovatsion texnologiyalarni kiritish orqali erishish mumkin. Hozirgi
kunda darslar qiziqarli bo'lishi uchun turli xil ta'limiy o'yinlar, mashqlar,
texnologiyalardan foydalanilmoqda. Mavzuni o'quvchilarga yaxshi
tushuntirish uchun mavzuga mos qulay metodlar tanlanilmoqda. Bunda
o'qituvchining kreativlik qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Innovatsiya qilishda mavzular o'zaro boshqa fanlar bilan integratsiyalansa,
yanada maqsadga muvofiq bo'ladi. Darsning qanday bo'lishi o'qituvchining
pedagogik mahoratiga bog'liq. Darsni tashkil qilishda o'quvchilarning
qiziqishlarini ham inobatga olish, ularni mavzuga qiziqtirish lozim.
Buning uchun barcha fanlarni hayotga bog'lab, tabiiy misollar bilan
tushuntirish kerak. Masalan, Matematika darsini oladigan bo'lsak,
raqamlashni o'rgatish darsini o'tishda turli xil geometrik shakllardan,
hayvonlarning rasmlaridan, tabiiy materiallardan foydalanish mumkin. Va
417
ular, albatta, biror bir rangda bo'ladi. Birgina sonni o'rgatishda biz
matematikani tasviriy san’at, geometriya, tabiatshunoslik, ularni nomlarini
aytish uchun ona tili yoki biror bir chet tilidan ham foylanishimiz mumkin.
Aslida hayotda hamma narsa o'zaro integratsiyalangan, hamma narsa bir-
birini to'ldiradi. Ta'lim tizimida yaratilayotgan barcha yangiliklar ham ana
shu tizimining kamchiliklarini to'ldirish, yanada mukammal qilish uchun
xizmat qilmoqda. Boshlang’ich sinflarda ushbu integratsiyalashgan
darsliklarni kiritish orqali bolalarning nutqini o'stirish, jahondagi
tengdoshlari bilan bemalol bahslasha oladigan, jahon standartlariga mos,
mustaqil erkin fikriga ega va o‘zining fikriga boshqalarni ergashtira
oladigan yosh avlodni tarbiyalash maqsad qilib olingan.
Integratsiyaning u yoki bu darajasini ta'lim jarayonida qo‘llashning
qulayliklari:
-
o'quvchining vaqti va kuchi tejaladi, uning bilish imkoniyatlari
kengayadi;
-
ota-onalarning hamda davlatning o‘qish jarayoniga sarflaydigan
mablag‘ini iqtisod qilish imkoniyati vujudga keladi;
-
mavzulararo integratsiya asosida o‘quv-bilish jarayoni natijalarini
istiqbolli qilish mexanizmlari yaratiladi;
-
integratsiyalashtirilgan
ta’lim
jarayonini
boshqaradigan
o'qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yish uchun
huquqiy metodik imkoniyatlar yaratiladi;
-
integral dasturlar asosida o‘quv-biluv jarayonining iqtisodiy jihatdan
samaradorlik darajasi aniqlanadi;
-
o'quv-biluv jarayonini integral dasturlar asosida tashkil etish
sohasidagi xalqaro tajribalardan keng foydalanish uchun qulay
imkoniyatlar tug'iladi;
Xulosa qiladigan bo’lsak, boshlang’ich sinflar yuqori sinflar uchun
poydevordir. Integratsiyalashgan ta'lim tizimidan ko’zlangan maqsad
to'laqonli amalga oshsa, yuqori sinflarda bu davom ettiriladi va yanada
ko'proq natijalarga erishiladi. Har tomonlama barkamol shaxslar
Vatanimiz gullab-yashnashi uchun o‘zining hissasini qo'shadi va
taraqqiyotimiz yanada jadallashadi. Yaratilayotgan o'zgarishlar ham o'zini
oqlaydi. Buning uchun barchamiz birga harakat qilmog'imiz shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |