O‘xshashini top» mashqi
.
Bolalarga avval namunadagi rasmlar ko‘rsatiladi, so‘ng ularni
berkitib quyidagi variantlardan namunada ko‘rsatilganini topish talab
qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning Oliy
Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 29 dekabr 5-6 bet.
2.Mirziyoyev.Sh.M. “Erkin va farovon, demokratik o’zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga
kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy majlis palatalarining
qo’shma majlisidagi nutq.T.”O’zbekiston” NMIU. 2016 y.13-bet.
3.Nishonova
Z.T.,
Alimova
G.K.
Bolalar
psixologiyasi
va
psixodiagnostikasi. -T.: TDPU, 2017.
4. G‘oziyev E. Ontogenez psixologiyasi. Nazariy - eksperimental tahlil. -
T.: Noshir, 2010.
5. Do‘stmuhamedova Sh.A., Nishonova Z.T. va boshqalar. Yosh
davrlari va pedagogik psixologiya. -T.: Fan va texnologiyalar, 2013.
6. G‘oziyev E.G‘. Umumiy psixologiya. -T.: O‘qituvchi, 2010.
JISMONIY ISH QOBILIYATINING ENERGETIK OMILI
Odasheva F.M. - ADU, Umumiy pedagogika kafedrasi o’qituvchisi;
Оbidova G. D.- ADU, Pedagogika fakulteti tyu’tori
Annotatsiya:
maqolada jismoniy ish qobiliyati, yetakchi jismoniy
sifatning ustuvor namoyon bo‘lishi, sport tibbiyoti amaliyotida yurak
qisqarish chastotasi, kasbiy faoliyatni bajara olish qobiliyati, organizmning
muayyan yuklamaga nisbatan reaksiyasi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar:
jismoniy ish, sifat, kasbiy faoliyat, qobiliyat, yuklama,
energiya, mexanizm, asab- mushak
.
405
“…bizning eng katta boyligimiz - bu xalqimizning ulkan
intellektual va ma’naviy salohiyatidir. Bu salohiyatni yaratish va yanada
ko‘paytirishda hurmatli ziyolilarimiz - ilm-fan va texnika
namoyandalari, birinchi navbatda qadrli va hurmatli akademiklarimiz,
madaniyat, adabiyot va san’at, sport sohalarining vakillari butun
vujudini berib, fidokorona mehnat qilayotganlarini biz yaxshi bilamiz va
yuksak qadrlaymiz…”[1]
Jismoniy ish qobiliyatining bir qancha ta’riflari mavjud: «Bu
insonning muayyan jismoniy faoliyatni bajarish imkoniyatidir». U gavda
tuzilishiga, energiya mahsuloti shiddati va mexanizmlariga, asab-mushak
koordinatsiyasiga, tayanch-harakat apparatining holatiga bog‘liq. Tor
ma’noda mualliflar jismoniy ish qobiliyati deganda kardiorespirator
tizimning funksional holatini tushunishadi. Jismoniy ish qobiliyatining
energetik omilini (aerob va anaerob tarkiblarini) ajratishni taklif
etganlar.[2]
U ushbu omilning yuqori darajada chidamlilikni talab qiluvchi
mashqlardagi alohida ulushni ta’kidlab o‘tgan. Organizm aerob
imkoniyatlarining eng muhim mezoni sifatida kardiorespirator tizimning
funksional holati ko‘rsatkichi sanalgan kislorodni maksimal iste’mol qilish
(KMIQ) ko‘rsatkichini ajratish qabul qilingan.
Aerob mahsuldorlikni bilvosita baholash maqsadida ish shiddati
kattaligidan foydalaniladi. Unga tomir urishi minutiga 170 zarba bo‘lganda
erishish mumkin. Bu muammo bir qator olimlar ishlarida keng rivoj topdi,
Olimlar jismoniy ish qobiliyati deganda berilgan parametrlarda va
muayyan sharoitlarda insonning kasbiy faoliyatni bajara olish qobiliyatini
tushunishni taklif qiladilar.[3]
Organizmning muayyan yuklamaga nisbatan reaksiyasi bo‘lib, bu ish
individga qanday fiziologik qiymatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Undan
tashqari, mualliflar haqli ravishda e’tirof etadilarki, ish qobiliyatining
bilvosita ko‘rsatkichlari uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri mezonlariga nisbatan
faoliyat jarayonida ancha erta pasayadi. Shu sababli ular bashoratlovchi
axborot berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
“…Yurtimizda ilm-fan, sogliqni saqlash, madaniyat va san’at,
sport kabi muhim sohalar faol tarzda rivojlanmoqda. Davlatimiz
rahbari xalqimizning ma’naviy qadriyatlariga ehtirom bilan
munosabatda bo‘lish, muqaddas dinimiz, an’ana va urf-odatlarimiz,
bebaho tarixiy merosimizni saqlab qolish va rivojlantirishni davlat
siyosati darajasiga ko‘tardi...” [4]
406
Sport tibbiyoti amaliyotida yurak qisqarish chastotasi (YuQCh)
bo‘yicha jismoniy ish qobiliyatini testlash keng tarqalgan. Ushbu tanlov,
bir tomondan, ushbu fiziologik parametrning qulay qayd etilishi bilan
bog‘liq, boshqa tomondan YuQCh bajariladigan mexanik ish shiddati
hamda yuklama paytida iste’mol qilinadigan kislorod miqdori bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.
Har xil sport turlari vakillarining faoliyati uchun kuch, tezkorlik,
chaqqonlik kabi jismoniy sifatlar, shuningdek, tezlik-kuch, kuch
chidamliligi, tezlik-kuch chidamliligi kabi sifatlar uyg‘unliklarining
namoyon bo‘lishi xosdir. Bunda har bir jismoniy sifat va bu sifatlar
kombinatsiyalarining ulush qiymati har xil sport turlari vakillari uchun bir
xil emas.
“…Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va
san’at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur
bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash doimiy
ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi…”[5]
YEtakchi jismoniy sifatning ustuvor namoyon bo‘lishiga qarab sport
turlarining tasnifi taklif qilingan. Bu tezlik-kuch sport turlari, chidamlilik
ustuvor bo‘lgan siklik sport turlari, murakkab koordinatsiyali sport turlari,
sport yakkakurashlari, o‘yin sport turlari. Tezlik-kuch sport turlari vakillari
uchun harakatlarning maksimal shiddati xosdir. U kuchlanishlarni
oxirigacha shiddat bilan namoyon qilishni va harakatlarni yuqori sur’atda
bajarishni, qisqa vaqt ichidagi harakat reaksiyasini harakatni maksimal tez
sur’atda boshlash qobiliyatini taqozo etadi.
Biroq bitta sport turi guruhining o‘zida umumiy sifatlar bilan bir
qatorda ba’zi farqlarni ham e’tirof etish mumkin. Ular, birinchi navbatda,
ularning maxsus jismoniy tayyorgarligining tuzilmaviy modeliga
taalluqlidir. Masalan, Sprinterning tuzilmaviy modeli uloqtiruvchilar yoki
sakrovchilarning shunday ma’lumotlaridan farq qiladi.[6] Birinchilar va
ikkinchilar esa og‘ir atletikachilardan ajralib turadi, garchi ularda yetakchi
sifat bir-biriga mos kelsa ham, yakuniy maqsad - maksimal shiddatni
rivojlantirish.
“…har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta’minlaydigan
yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi hal qiluvchi
o‘rin tutadi. Shu sababli biz islohotlarimiz ko‘lami va samarasini yanada
oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta
egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz…”[7]
407
Murаkkаb koordinаsiyali sport turlаriга bаdiiy va sport gimnаstikаsi,
konьkidа figurаli uchish, suvgа sаkrаsh, chаng‘i va еlkаnli sport turlаri
kirаdi. YAkkаkurаshchilаr гuruhini kurаsh turlаri, boks, qilichbozlik
birlаshtirадi. Bu гuruh sport turlаri uchun hаrаkаt sifаtlаrininг komplеks
holда nаmoyon bo‘lishi xosдir.
Yakkаkurаshchilаrning hаmmа turlаri uchun vаziyatning doimiy
rаvishdа o‘zgаrib turishi xos, shu sаbаbli ish shiddаti va enеrgiya sаrfi
doimo o‘zgаrib turаdi. Bokschilаrning fаoliyati o‘zgаruвchаn shiddаtli,
аsiklik xususiyatgа egа tеzlik-kuch dinаmik ishdаn iborаt. U mаxsus
chidаmlilikni, аsаb jаrаyonlаrining yuqori qo‘zg‘аluvchаnligini, mos
hаrаkаtlаrni dаsturlаshtirishdа tаrqаlishni tаqozo etаdi. Jаng sаmаrаdorligi
hаrаkаt аppаrаtining propriorеsеptorlаrigа vа ko‘z to‘r pаrdаsi
rеsеptorlаridаn olinаdigаn аxborotgа bog‘liq. Muvozanatni sаqlаsh va
hаrаkаtlаrni аniq bаjаrish uchun веstibulyar аppаrаtning yuqori dаrаjаdаgi
funksionаl turg‘unligi zаrur bo‘lаdi. Tаnа qismlаrigа muntаzаm ravishdа
zаrbа bеrish bilаn bаjаrilаdigаn yuklаmаlаr shungа olib kеlаdiki,
bokschilаrdа, odаtdа, hujumlаrni tеz-tеz qаbul qilib olаdigаn tеri
qismlаrining og‘riqni sezuvchаnligi hаmdа bаdаn sеzgilаri birmunchа
pаsаyadi. Bokschining mаshg‘ulotlаri kuch, tеzkorlik va mаxsus
chidamlilikning rivojlanishiga yordаm bеrаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |