396
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA
SOG’LOMLASHTIRISH MASHQLARI
Raximova S. - Asaka pedagogika kolleji
Annotatsiya:
maqolada maktabgacha ta’lim
tizimidagi islohatlar,
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan sog’lomlashtirish ishlari olib
borish, mashqlar haqida fikrlar bayon etilgan.
Kalit so’zlar
: umuminsoniy qadriyatlar, ertalabki gimnastika,
mashqlar majmuasi, jismoniy tarbiya va sport.
Аннотация:
в статье рассматриваются реформы в системе
дошкольного образования, оздоровление
детей дошкольного
возраста, упражнения.
Ключевые слова
: общечеловеческие ценности, утренняя
гимнастика, комплекс упражнений, физическая культура и спорт.
Maktabgacha ta’lim-ta`lim tizimining eng quyi, ammo ta’limning
eng asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Barcha sohalar qatori maktabgacha ta’lim
ham jadal taraqqiy etib, yangi bosqichga ko’tarilayotgani barchaga ayon.
Darhaqiqat olib borilayotgan keng qamrovli islohatlar zamirida
maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori
malakali mutaxasislar bilan
to’ldirish,
maktabgacha
ta’limni
boshqarishning
zamonaviy
mexanizmlarini joriy etish ustivor vazifalardan biriga aylandi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning kelgusida maktab bilimini yaxshi
o’zlashtirishi, maktabga moslashuvining yengil o’tishi, qiyinchiliklarni
bartaraf etishda ularni maktabgacha ta’limga jalb etilganligi alohida
ahamiyatga ega.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bola dunyoni anglaydi, ona tilini
grammatik qoidalarini o’zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri
uyg’onadi, bilimlarga zamin hozirlaydi. Bu sog’lomlashtirish ishlarining
debochasidir. Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga jalb etish,
maktabga tayyorlash masalalari ustivor vazifalardan biridir. Albatta bu
boradagi islohatlar samarasini soha talablariga to’liq javob bera oladigan
kadrlarsiz tasavvur qilish qiyin. Shu sababli
tizimdagi pedagog xodimlar
mahoratini muntazam oshirib borish mexanizmlarini yaratish, uzluksiz
xizmat ko’rsatish ishlarini takomillashtirish zarur. Maktabgacha ta’lim
tizimida sog’lomlashtirish ishlari zamonaviy pedagogik texnologiyalar
asosida, interfaol metodlar yordamida takomillashtirilishi kerak.
397
Tarbiyalanuvchilarni intellektual, jismoniy, axloqiy jihatdan tarbiyalash,
ularni umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish, sog’lom fikr yuritishga
o’rgatish sog’lomlashtirish ishlarining bir ko’rinishidir. Kitobga, san’atga,
ilmga, muayyan kasbni egallashga bo’lgan
qiziqish ayni shu davrda
shakllanadi. Bolalarni to’garaklarga jalb etish, ular bilan ekologik
burchaklar, kichik muzey va kutubxonalar tashkil etish an’analari
tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Tarbiyalanuvchilar o’rtasida sog’lom
turmush tarzini targ’ib qilish bo’yicha aniq tadbirlar belgilanishi kerak.
Farzandlarimizda jismoniy tarbiya va sportga mehr uyg’otish kerak.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang’ich qismi
hisoblanadi. U bolani sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini
ta’minlab beradi. Shunday ekan bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish
zarur.
Ertalabki gimnastika bog’chadagi kundalik rejimning majburiy
qismidir. U kattalar rahbarligida o`tkazib turiladi.
Bolalar asta-sekin
yoqimli mushak sezgisi, ijobiy emotsiyalar xushchaqchaqlik kayfiyatini
o`yg’otadigan jismoniy mashqlarga nisbatan ko`nika boshlaydi. Ertalabki
gimnastikaning ahamiyati rang-barang: u organizmning hayot faoliyatini
yaxshilaydi, uyqudan so’ng nerv tizimini harakatga keltiradi, bedorlikka
o`tish vaqtini qisqartiradi, ijobiy hislar o`yg’otadi. Uyqudan so`ng maxsus
tanlangan jismoniy mashqlardan iborat ertalabki
gimnastika bolani butun
organizmini asta-sekin faoliyat holatiga jalb etadi. Jismoniy mashqlarni
bajarish bosh miya tizimi faolligini kuchaytiradi. Ko`rish, eshitish, tayanch
harakat, teri kabi barcha retseptorlardan bosh miyaga keladigan butun
impulslar oqimi nerv tizimi ish qobiliyatini va organizmining xayot
faoliyatini tiklaydi. Ertalabki gimnastika to`g’ri qad-qomatni tarbiyalashga
ta’sir etib, nafas olishni chuqurlashtiradi, qon aylanishini kuchaytiradi,
modda almashishiga yordam beradi.
Ertalabki gimnastika bolalarda diqqatni,
maqsadga intiluvchanlikni
tarbiyalaydi, aqliy faoliyatining oshishiga yordam beradi, emotsiya va
quvonch tuyg’ularini uyg’otadi. Bolalarning jismoniy mashqlarni ochiq
havoda yoki darcha derazalari ochiq xonada suv muolajalari (artinish, suv
qo`yish, dush) bilan o’tkazishlari juda sog’lomlashtiruvchi samara beradi,
nerv tizimining umumiy holati va funksional imkoniyatlarini yaxshilaydi,
uni mustahkamlaydi va chiniqtiradi qo’zg’alish va tormozlanish
jarayonlarining
muqobillashuviga
yordam
beradi,
almashinish reaksiyalarini
yaxshilaydi,
shamollash
va
yuqumli
kasalliklarga nisbatan immunitet hosil qiladi,
bolalarda tetiklik, yengillik,
quvonch sezgilarini o`yg’otadi.
398
Ertalabki gimnastikani o`tkazish uchun avval o`rganilgan mashqlar
ichidan tanlanib, mashqlar majmuasi tuziladi.
Mashqlar quyidagi tartibda o`tkaziladi
:
1.
Yelka kamari mushaklarining rivojlantiruvchi va mustahkamlovchi,
yelka bo`g’imlari, ko`krak qafasi harakatchanligini rivojlantirishga,
umurtqa pog’onasini rostlashga xizmat qiluvchi mashqlar;
2.
Orqa mushagi va umurtqa pog’onasi egiluvchanligini rivojlantirish
va mustahkamlashga mo`ljallangan, ichki organlarga massaj kabi ta’sir
etuvchi, oyoq bo`g’imlarini
rivojlantiruvchi mashqlar;
3.
Qorin va oyoq mushaklarini rivojlantirishga mo`ljallangan mashqlar.
Mashqlar majmuasini tuzishda har bir yosh guruhining yosh va indiyidual
xususiyatini hisobga olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: