Terapiyaga qiziqish IX asrning oxiri X asrning boshlaridan boshlangan. Shu davrda Misr, Hindiston davlatlarida kasalliklar tana haroratiga, Xitoyda esa tomir urishiga qarab aniqlanar edi. Kasal a’zolarni aniqlash uchun eshitib va paypaslab ko’rish usullaridan foydalanganlar.
Gippokrat — eramizdan avvalgi V asrda yashab o’tgan qadimgi yunon hakimi, tibbiyot asoschisi hisoblanadi. Gippokrat diagnostikasi bemorning o’zini qanday tutayotganini sinchiklab o’rganish, uni diqqat bilan kuzatish, uning ahvolini tartib bilan so’rab-surishtirish, shuningdek, bemor a’zo va sistemalarining holatini, badan terisi va shilliq pardalarini ko’zdan kechirish, paypaslab ko’rish, qisman dukkullatib ko’rishga asoslangan bo’lib, u, asosan, o’zining sezgisiga suyanardi, xolos. Gippokrat odamning orqa ichagini ko’rishda naychadan, ayollar bachadonini ko’rishda esa naychali uskunadan foydalangan.
Gippokrat o’pka va yurak kasalliklarida uchraydigan tovushni, shuningdek, kasalliklarning o’ziga xos belgilarini o’rgangan.
Abu Bakr al-Roziy (865 —925) sharqning mashhur tabibi, qomuschi olimi. Uning tabobat sohasidagi asarlari jahon tabobati rivojlanishida ulkan ahamyat kasb etadi. Roziyning tabobatga oid eng yirik asari „Kitob alhoviy“ („Qamrab oluvchi kitob“) deb ataladi. Bu kitob Roziygacha tib ilmi sohasida ma’lum bo’lgan barcha ma’lumotlarni o’z ichiga oladi va hajmi jihatdan Ibn Sinoning „Qonun“ kitobidan ham katta. Abu Bakr alRoziyning shogirdi Robi ibn Ahmad al-Ahavaniy al-Buxoriy „Hidoyat al- muta’lliminfi-t-tibb“ („Tabobatni o’rganuvchilar uchun qo’llanma“) nomli kitobini yaratib, Roziygacha bo’lgan va Roziy bayon etgan fikrlarni umumlashtirdi va mukammal asar — qo’llanma yaratdi.
Abu Ali ibn Sino (980—1037) Buxoro shahri yaqinidagi Afshana qishlog’ida tug’ilgan. Ibn Sino adabiyot, musiqa, falsafa, matematika kabi fanlar ustida ko’p izlanishlar olib borgan. U Xorazm va Eronda saroy tabibi bo’lib xizmat qilgan, tibbiyotdagi beqiyos xizmatlari, kashfiyotlari uni butun dunyoga mashhur qildi. „Tib qonunlari“ Ibn Sinoning shoh asari hisoblanib, beshta kitobni o’z ichiga olgan.
Birinchi kitobida tabobatning nazariy hamda amaliy masalalari, tabobat ilmining ta’rifi, uning vazifalari, mijoz haqiadagi ta’limotlar yoritilgan.
Ikkinchi kitobida o’sha davrda qo’llanilgan dori-darmonlar haqida ma’lumot berilgan.
Uchinchi kitob inson tanasining barcha a’zolarida yuz beradigan „xususiy“ yoki „mahalliy“ kasalliklarda, ya’ni xususiy patologiya va terapiyaga bag’ishlangan.
To’rtinchi kitobda inson a’zolarining birontasiga xos bo’lmagan „umumiy“ kasalliklar ta’riflanadi.
Beshinchi kitob farmokoterapiyaga bag’ishlangan bo’lib, unda murakkab tarkibli dori-darmonlar tayorlash va ulardan foydalanish usullari bayon qilingan.
M.Y. Mudrov (1776—1831) Moskva universiteti professori. U bemorni tekshirish sxemasini yaratdi va bemor to’g’risidagi ma’lumotlarni tartib bilan qayd qilib borish imkonini beradigan hujjat — kasallik tarixini amaliyotga joriy etdi. U tibbiyotda profilaktik yo’nalishning asoschisi hisoblanib, parhezning muhumligini ta’kidlab o’tgan, kasallikning vujudga kelishida tashqi muhitning ta’sirini aniqlagan.
M. Y. Mudrov Peterburgdagi vabo epidemiyasi paytida shu kasallikka qarshi kurashda faol ishtirok etib, o’zi shu kasallikdan halok bo’lgan.
G.A.Zaharin (1829—1897) — Moskva universiteti professori, iste’dodli klinitsist va pedagog. U kasalliklarni aniqlashda xastalik tarixiga alohida e’tibor bergan, turmush tarzini o’rganish metodini ishlab chiqqan G. A. Zaharin kasalliklarni davolashda tabiiy omillar (mineral suvlar, shifobaxsh balchiqlar va boshqalar) dan foydalanish to’g’risidagi ta’limot — kurortalogiyani rivojlantirishda ko’p foydali ishlar qilgan.
O’zbekistonlik olimlardan professor A.N.Kryukov, uning shogirdlari Z.I.Umidova, A. N. Nazarova , N.I.Ismoilov, T.X.Najmiddinov, professor E.I.Otaxonov va boshqalar terapiyani o’rganishga katta hissa qoshdilar.
Hozirgi kunda respublikamizda terapiya bo’yicha mutaxassislar barakali ijod qilib, yangicha davolash usullarini kashf qilmoqdalar. Bulardan professor K.Y.Yo’ldoshev, A.B.Bohodirov, A.M.Ubaydullayev, I.R.Fatxullayev, U.K.Vahobova, S.Y.Tursunovlar yurak-qon tomirlari va o’pka kasalliklarining oldini olish hamda davolash yo’llari ustida, R.A. Abdullayev, A.J.Jalolov, K.B.Bahodirov, U.A. Asqarov, U.I.Yo’ldoshev, N.M.Kamolov va boshqalar hazm a’zolari kasalliklarining kelib chiqish sabablari, xastaliklarni zamonaviy usullarda aniqlash hamda davolash ustida ishlamoqdalar.
REFERAT
Mavzu: Terapiyaning rivojlanish tarixi
Bajardi: Jo’rayeva Ruxsora
Tekshirdi: _____________________
Do'stlaringiz bilan baham: |