Z. T. Karabayeva



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

3)    Safro    ajralishida    buzilish.    Organizmdagi  eng  yirik  temir  moddasi 
sifatida,  jigar  safro  ajratish  qobiliyati  orqali  organizmni  turli  endogen  chiqindi-


 
 
140 
 
laridan hamda begona ksenobiotiklar va ularning metabolitlaridan tozalaydi. Safro 
tarkibida  xolesterol  natijasi  bo‘lgan  tozalovchi  suyuqlik  bo‘lib,  organizmga 
tushgan  yog‘larni  parchalashga  yordam  beradi.  Ayrim  gepatotoksik    kimyoviy 
moddalar jigarning asosiy funksiyasi bo‘lgan bu vazifani bajarishga xalaqit beradi, 
ular  safroning  qisman  yoki  to‘liq  chiqib  ketishiga  to‘sqinlik  qiladi.  Bu  jarayon, 
albatta,  fiziologik  oqibatlarga  olib  keladi,  chunki  safro,  zaharli  xromogen 
pigmentlari bo‘lgan bilirubin va biliverdinlarni tashuvchi asosiy vosita hisoblanadi. 
Jigarning me’yordagi faoliyati davomida bilirubin va biliverdinlar doimiy ravishda 
quvur tarmog‘iga charilib, undan esa safroga qoshilib chiqib ketadi.  
Ayrim  kimyoviy  moddalar  bu  pigmentlarni  tashuvchi  membrana 
tashuvchilariga to‘sqinlik qilgani sababli  biliverdin  va bilirubin  bilan  zaharlangan 
jigar,  ularning  qon  va  organizm  to‘qimalariga  to‘planishiga  olib  keladi,  bu  esa 
bemor terisining sariq tusga kirishida namoyon bo‘ladi. Sariq kasali - bilirubinning 
ko‘payib  ketishi  holati  bo‘lib,  yangi  tug‘ilgan  chaqaloqlar  jigarida  konyugativ 
almashinuvning  sustligi  sababli  chaqaloqlarda  ko‘p  uchraydi.  Sariq  kasali  yana 
giyohvand  moddalar  bilan  bog‘liq  gepatotik  sindromlar  bilan  birga  keladi 
(masalan, anabolik steroidlarni ko‘p iste’mol qiluvchilarda orasida keng tarqalgan). 
Sariq kasali tez tibbiy aralashuvni taqazo qiladi, sababi bilirubinning to‘qimalarda, 
ayniqsa miyada yig‘ilishi hujayralarning lat yeyishiga olib keladi. 
4)  Jigar  fibrozi.  Gipototoksikantlarga doimiy ta’sir o‘tkazish hujayra tash-
qarisida oqsillarning haddan tashqari ko‘payib ketishiga olib keladi. Bu oqsillarga 
kollagen  moddasini  misol  qilish  mumkin,  u  esa  jigar  fibrozi  kabi  jiddiy  holatni 
keltirib  chiqaradi.
33
  Tuzilish    jihatdan    turli-tuman  bo‘lgan  gepatotoksikantlarga 
fibroz    ta’siri  gistologiyasi  bir  xil  bo‘lishiga  qaramasdan,  jalb  qilingan 
mexanizmlar  turli xil    va  murakkabdir. Miofibroblastlar  muhim  quvvatlash  roliga 
ega  bo‘lishiga  va  ayniqsa,  jigarning    ko‘p    kesimlarida    kollogen  tolalarining 
to‘planishida  muhim  rol  o‘ynashiga  qaramay,  jigarning  faol  yulduzsimon 
hujayralari (JYH) fibrozning asosiy  qo‘zg‘atuvchilari  hisoblanadi.  
                                                           
33
 
Liu  ZX,  Kaplowitz  N.  Role of  innate  immunity  in  acetaminophen-induced hepatotoxicity.  Expert  Opin  Drug  MetabToxicol. 
2006;2:493–503. 
 


 
 
141 
 
Jigar  tashqarisidagi  to‘qimalarda  paydo  bo‘ladigan    fibroblastlar    ham 
fibrogenez    kelib    chiqishi    sababchisi  bo‘lishi  mumkin.  Fibrozning  kelib  chiqi-
shiga  sababchi  bo‘lgan  molekulyar  omillar  tadqiqotchilarning  diqqat  markaziga 
ko‘p  marta  tushgan.  Sitokin  va  boshqa  mediatorlarning  murakkab  birlashmasi 
jigarning  yulduzsimon  hujayralari  (JYH)  ni  qozg‘atib,  profibrogen  zavodlariga 
aylantirsa  ham,  Kupfer  hujayralaridan  holi  trombotsidlardan  olingan  o‘sish  omili 
(TOO‘) ning ahamiyati kattadir. Fibroz asosida yotgan biologiyadagi muammolar, 
afsuski,  uning    yechimida  ksenobiotiklar  ta’sirini  to‘xtatishdan  tashqari  samarali 
usullarning  kamligini  anglatadi.  Spirtli  ichimliklar  ta’siridagi  fibroz,  surunkali 
ravishda spirtli ichimliklar ichishni davom ettirilgan holda, jigar serrozi kasalligiga 
aylanadi,  bu - jigar tolalari ish faoliyatining nazoratdan chiqishi va  o‘z  vazifasini  
bajara olmaydigan kichik to‘qimaga aylanishi demakdir. 
5)   Jigar  saratoni.  Birlamchi  jigar saratoni G‘arb mamlakatlarida nisbatan 
kam uchraydi, ammo Afrika va sharqiy Osiyo mintaqasi aholisida keng tarqalgan. 
Oziq-ovqat  mahsulotlarining    zamburug‘    kanserogenlari    bilan    zaharlanishining 
ham  bunda  o‘z  hissasi  bor.  Jigar  saratoni  hujayralar  yig‘indisidan  hosil  bo‘lgan 
shishdan  paydo  bo‘lib,  kelib  chiqishi  jihatidan  monoklon,  ya’ni  hujayralarda 
genetik  o‘zgarishlar    yuz  berganda  va  avlodlarda  o‘sishga  moyillik  tug‘ilganda 
hosil bo‘ladi.  Jigarda  shish safro yo‘llari hujayralarida yoki jigar qon tomirlarida, 
ammo  ko‘p  hollarda  gepatotsitlarda  paydo  bo‘ladi.  Jigar  saratoni  aniqlangandan 
keying    istiqbolni    aytib    berish,    odatda,    juda  qaltis,  sababi  bu  saratonning 
agressiv  ko‘rinishi    hisoblanadi.    Kasallik  to  tashxiz  qo‘yilgunga  qadar  ancha 
chuqur    ko‘rinish    olib    ulguradi.    Jigar  saratoni  spirtli ichimliklar  natijasi hamda 
ish  sharoiti  bilan  bog‘liq  bo‘lishi  mumkin,  ya’ni  zaharli  metall  -  margimush  va 
sanoat  reagent  vinil  xloridi  kabi  moddalar.   
 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish