Z. T. Karabayeva



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

3)    Yulduzsimon    hujayralar.    Sinusoidlar  tomonidan  egallangan  hujayralar 
hajmining beshdan bir qismini yulduzsimon hujayralar tashkil etadi. Bu hujayralar 
etanol  kabi  kimyoviy  mod-dalarga  surunkali  toksik  javob  qaytarishda  muhim 
ahamiyatga  ega.  Yog‘ni  o‘zida  saqlab  turuvchi  (Ito  hujayralari  nomi  bilan  ham 
taniqli)  bu  hujayralar  sinusoidlar  va  gepatotsidlar  o‘rtasidagi  kichkinagina 
perisinusoid oralig‘ida joylashgan. Bu oraliq  Disse  bo‘shlig‘i  deb  ham  ataladi  
(6.2-rasm).  
Yulduzsimon  hujayralar    jigardagi    umumiy    hujayralar  sonining  taxminan 
5% ni tashkil qiladi va odatda sokin holatda bo‘ladi. Bu holatda ularning fiziologik 
vazifalari  yaqqol  ko‘rinmaydi,  ammo  ular  A  vitamini  hamda  boshqa  yog‘ni 
parchalovchi  vitaminlarni  o‘zida  saqlaydi,  bundan  tashqari  immun  tizimi  uchun 
katta  hissa  qo‘shadi.  Yulduzsimon  hujayralarni  biriktiruvchi  to‘qimaning  asosiy 
shakli bo‘lgan hujayradan tashqari  eritmaning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Bu 
eritma jigar hujayralarini butun organism tuzilishidagi holatiga “yelimlaydi”. 
 Zararli  kimyoviy  moddalar,  shular  qatorida  spirtli  ichimliklar  ta’sirida, 
yulduzsimon  hujayralar  xavfli  faol  holatga  o‘tadi  va  kollagen  moddasi  ishlab 
chiqarishga  yo‘naltirilgan  samarali  fabrikaga  aylanadi.  Shunday  qilib,  ko‘p 
gepatotoksikantlar, jumladan, og‘ir metallar, spirtli ichimliklar va parhez mikotok-
sinlarining  umumiy  surunkali  ta'siri  kollagen  chandiq  to‘qima  cho‘kmasiga  olib 
keladi, bu  esa  jigar fibroziga  xos  xususiyati. 
4)    Kupfer    hujayralari.      Jigardagi  yana  bir  hujayra  turi  makrofag  immun 
hujayrasi  -  Kupfer  hujayrasidir.  Jigardagi  Kupfer  hujayrasining  soni,  odatda, 
boshqa a’zolardagi doimiy fagositoz hujayralari sonidan oshadi va markaz qismiga 
nisbatan  o‘tish  zonalarida  ko‘proq  joylashgan.  Kupfer  hujayralari  yuza  qismdagi 
qabul  qiluvchi  sifatida  yutilgan  endotoksinlar  ta’sirida  qozg‘aladi  va  qondagi 
toksikantlarni  hamda    jigarga  tushgan  qattiq  moddalarni  parchalashga  yordam 


 
 
136 
 
beradi.  Qozg‘algan  Kupfer    hujayralari  turli  vositachilarni  ajratib  chiqaradi,  ular 
esa  o‘z  o‘rnida  atrofdagi  hujayralar  (prostaglandinlar,  sitokinlar,  interferonlar, 
trombotsitlar qo‘zg‘atuvchilar, lizasomal fermentlar va kislorodning faol shakllari) 
vazifasiga ta’sir qiladi.  
Ko‘p  toksik  belgilarda, bu o‘zgarishlar doimiy  yallig‘lanish holatini kelti-
rib  chiqaradi.  Bunda  yon-atrofdagi  to‘qima  zararli  oksidlovchilar  va  yallig‘lan-
tiruvchi  sitokinlarning  doimiy  tahdidiga  uchraydi.  Bu  shafqatsiz  jarayon  ko‘p 
hollarda  stellat  hujayralarining  faollashuviga  hamda  fibrozlarning  gepatotoksi-
kantlarga  barqaror  javobiga  olib  keladi.  Kupfer  hujayralari  stress  holatida  
patogenlar  yoki  toksikantlarga  hujum  qiladigan  hujayralarga  nisbatan  ko‘p 
kuzatishlar  natijalari  shuni  ko‘rsatadiki,  organizamni  himoya  qilish  jarayonlarida  
bu  hujayralar  ham  faol ishtirok etadi.  
Jigarning  toksikantlarga  qarshi  kurashi.  Odatda  jigarga zarar yetkazadi-
gan  kimyoviy  moddalar    ko‘plab    insonlarda  jigarga  yetadigan  zarar  miqdorini 
bashorat  qilib  bo‘ladigan  hollarda,  ichki  gepatotoksikantlar  deb  atalgan.  Boshqa 
tomondan  esa,  idiosinkratik  gipoto-toksikantlar,  odatda,  nurlanish  olgan 
odamlarning kam qisnini tashkil etadi (taxminan, 100000/1 kishi). Oxirgi paytlarda 
o‘tkazilgan kuzatuvlar jigardagi o‘zgarish  uning dori-darmonlarga  allergik  javobi 
emasligini ko‘rsatsada, jigar-ning  idiosinkratik  gipototoksikantga  javobi kamdan-
kam  hollarda  yuborilgan  hajm  bilan  bog‘liq.  Gepatotoksik  javobni  belgilaridan 
aniqlash  mumkin,  ya’ni  ularni  kemiruvchilarda  amalga  oshirish  mumkinmi  yoki 
yo‘q:  odatda,  ichki  gepatotoksikantlar  laboratoriya  sharoitidagi  hayvonlarda 
solishtirma 
gepato-toksiklikni 
keltirib 
chiqarsa, 
idiosinkratik 
toksiklikni 
kemiruvchilarda amalga oshirishning ilojisi yo‘q.  
Bu  taqsimlashning  gepatotoksik  kimyoviy  moddalarni  gurhlarga  ajratishda 
foydasi  bor  ekan,  immun  mexanizmlarining  mavjudligi  yoki  bo‘lmasligining 
ahamiyati  yoqligi  haqida  taxminlar  paydo  bo‘ladi.  Immunologik  mexanizmlar 
bugungi    kunga    kelib,  ko‘plab    gepatotoksik  sindromlar  patogenezisiga  o‘z 
hissasini    qoshadi, degan  fikrga  kelinmoqda.    Jigar  gistologiyasi  gepatotoksikant-
lari  natijalarini  o‘rganish  ajablanarli  chegaralangan  toksik  oqibatlar  yig‘indisini 


 
 
137 
 
kashf  qildi.  Shunday  qilib,  kimyoviy  jihatdan  turli-tuman  bo‘lgan  yuzlab 
gepatotoksikantlarga  toksik  reaksiyalar,  odatda,  bir  qancha  aniq  belgilangan 
patologik javoblarga ega bo‘ladi. 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish