6.2-rasm. Jigar sinusoidi (qon tomiri) orqali tog‘ri kesishuv, qon tomirlari
devorlari ichidagi SEH (sinusoid endotel hujayralari) ga parallel o‘tadigan
gepatotsidlar qatlamini ko‘rsatadi. Gepatotoksik reaksiyalarda ishtirok etadigan
boshqa jigar hujayralari turlariga Kupfer hujayralari va yulduzsimon hujayralar
kiradi.
Jigarning tengi yo‘q to‘qimasi bo‘lgan gepatotsidlar jigarning eng muhim
vazifalarini bajaradi (5.1-jadval), ya’ni qon tarkibidagi ozuqa moddalarini ajratib
oladi, ovqat hazm bo‘lishi va yog‘larning parchalanishi uchun safro ajratadi,
metabolik chiqindilarni safroga o‘tkazadi, jigar uchun oqsillarni tozalab beradi
hamda yog‘ va glikogen kabi quvvatga to‘la moddalarni jigarda saqlab turadi.
134
Gepatotsidlar endokrin chiqindilari va begona kimyoviy moddalarning membrana
(safro quvurlari) orqali chiqib ketishiga ko‘maklashadi. Bu quvurlar bir-biriga
yaqin gepatotsidlar oralig‘ida bo‘lib, ajralgan safroni yig‘adi, keyinchalik bu safro
qisqa safro yo‘llari orqali o‘tadi va nihoyat jigar safrodan xoli bo‘ladi.
Toksikologiya fani nuqtai-nazaridan, gepatotsidlarning asosiy vazifasi –
lipofil ksenobiotiklarni zaharsizlantira olish qobiliyatidir: bu bilan gepatotsidlar
ksenobiotiklarni metabollashtiradigan fermentlarning yuqori darajasini ko‘rsatadi,
bular qatoriga CYP lar, UGT lar, SULT lar, NAT lar va GST larni kiritish
mumkin.
Gepatotsidlarning bu xususiyati ularga ko‘p ksenobiotiklar taqdirini hal
qilish imkonini beradi: nomzod dori dorishunoslik tajribasida qanday xususiyat-
larini namoyish qilmasin, gepatotsidlar metabolik jarayonda har qanday moyillik
zararli metabolitlarga aylanishiga olib keladi, bu esa olim bilan tugaydi.
Laboratoriya
sharoitida
hayvon
va
inson
jigarlari
namunalarida
gepatotsidlarni yaratish va muvofiqlashtirish tajribalari toksikologiya fani
rivojlanishi tarixida katta rol o‘ynadi. Kerakli ozuqa moddalari va qo‘shimcha
moddalrni qo‘llash orqali, birlamchi gepatotsid namunalari keng ko‘lamli
ksenobiotik biotransformatsiya vazifalarni bajarishi mumkin. Tabiiy muhitda
jigarda ham bu birikmalar bilan metabolik o‘zgarishlarni kuzatish mumkin.
Gepatotsidlar ksenobiotiklar toksikligini o‘rganishda tadqiqot va skrining soha-
sida keng qo‘llanladi.
2) Sinusoidlar. Butun jigar ichida, gepatotsidlar yupqa qatlam yoki
plastinkalar ko‘rinishida joylashgan, bu qatlamlar uch qavatli panjara hosil qilish
uchun bir-biri bilan o‘zaro birlashgan. Bu katta parenxima to‘qimasi sinusoidlar
deb nomlangan mayda qon tomirlari bilan qoplangan, bu sinusoidlar gipototsid-
larni oziqlantirib, metabolik chiqindilarni tashqariga chiqaradi (6.2-rasm). Jigar
perfuziyasi murakkabligi sababli, vena va arteriya qon tomirlaridagi qonlardan
tashkil topgan sinusoidlardagi qon miqdori, tomirlar qisqarishi natijasida o‘zgarib
turadi. Sinusoidlar endotelial hujayralar (EH) bilan qoplangan va ular sinusoidlar
miqdorining deyarli yarmini tashkil qiladi. Endothelial hujayralar nooddiy to‘siq
135
hosil qilib, u o‘z o‘rnida elak vazifasini bajaradi va eritrotsidlar hamda immun
hujayralarining gepatotsidlar bilan o‘zaro aloqasini chegaralab turadi. Bu jarayon
qon tarkibidagi lipofil ksenobiotiklarini va boshqa mayda moddalarning so‘rilish
imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |