Z. T. Karabayeva



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

 
 
Taqrizchilar:  Rahimova  T.U  -  O‘zMU    “Ekologiya  va  evolyutsion     
biologiya”  kafedrasi  professori, b.f.d. 
Rahimova  L.S.  -  ToshDTU  “Ekologiya  va  atrof-muhit 
muhofazasi”  kafedrasi dotsenti, t.f.d.  
 
 
 
 


 
 

 
Kirish 
 
Toksikologiya    to‘liq    shakllangan  va  mustaqil  fan  hisoblanadi.  Uning 
tashkil    topishi,  rivojlanishi  va  ahamiyatining  ortishiga,  bir  tomondan,    kimyoviy 
fanlar  va  kimyo  sanoatining  turli  tarmoqlarining    muvaffaqiyatli  rivojlanishi, 
boshqa tomondan, sanoat zaharlari  bilan bog‘liq atrof-muhit ifloslanishini yomon 
nazorat qilish va kasb kasalliklari sonining ortishi sabab bo‘lmoqda.  
Kimyogar  va  farmakolog  olimlarning  samarali    mehnatlari  tufayli  toksi-
kologiya    katta    nazariy    fundament    va    keng  tarmoqlarda  amaliy  qo‘llanilishiga  
imkoniyat    yaratilmoqda.    Muhandislik  va  ekologiya  yo‘nalishlarida  yangi 
mutaxassisliklarning    paydo  bo‘lishi  sanoat  toksikologiyasining  zamonaviy 
holatini aks ettiruvchi ilmiy adabiyotlar bazasini yaratishni talab etadi. 
Taxminan  besh-olti  o‘n  yilliklar  ilgari  tug‘uruq  jarayonida  normal  holat 
hisoblanadigan  havf-hatar  Germaniya,  Kanada,  Avstraliya  va  Buyuk  Britaniya 
davlatlari  onalarini  larzaga  soldi.  1950-yil  oxirilarida  boshlanib  bir  necha  yil 
davom  etgan  mudhish  epidemiya  natijasida  ota-onalar  ularning  farzandlari  jiddiy 
oyoq-qo‘l    nuqsonlari  bilan  dunyoga  kelayotganidan  aqldan  ozayozdilar.  Buning 
sababi  tinchlantiruvchi  dori  vositasi  “talidomid”  ekanligi  aniqlangunga  qadar 
chamasi  10000  go‘dak  bundan  aziyat  chekdi.  Go‘daklar  bachadondaligi  davrida 
dori vositasi oqibatida zaharlanib bir umr nogironlikga mahkum bo‘ldilar. 
Talidomid  ofati  olimlar,  nazoratchilar  va  shifokorlarni  ogohlikka  chaqirib, 
havfsizlik  va  kutilmagan  zararli  ta’sirlarni  oldini  olishda  yangi  dori  vositalarini 
to‘laqonli  sinovdan  o‘tkazish  kerakligini  anglatdi.  Bunday  keng  ko‘lamdagi  ofat 
ta’siri  ostida  butun  bir  boshli  zamonaviy  toksikologiya  sohasi  yuzaga  keldi.  Tez 
orada  ishlab-chiqarishdagi  kimyoviy  moddalar  va  dori  vositalari  zararli  ta’siri 
bo‘yiсha  izlanish  ishlari  olib  boruvchi  yangi  ilmiy  jamiyatlar  tashkil  topdi.  O‘z 
ilmiy-izlanishlari  bo‘yiсha  ishlarini  nashr  etish  hohishida  bo‘lgan  toksikologlar 
uchun  yangi  jurnallar  paydo  bo‘ldi.  Butun  dunyo  bo‘ylab  toksikologiya  sohasi 
dasturi  ta’limini  taklif  etuvchi  innovatsion  ilmiy  muassasalar  va  shuningdek 
universitet bo‘limlari barpo etildi. 


 
 

 
Jadal  ravishda  ilgari  borayotgan  bugungi  kun  ilmiy-izlanish  va  tadqiqot 
sohasi  uchun  50  yil  uzoq  muddat,  biroq  so‘nggi  yillardagi  hodisalar  toksikologik 
ekspertiza  ishlariga  bo‘lgan  talab  jamiyatda  avvalgidek  katta  ekanligidan  dalolat 
beradi.  Ko‘plab  jiddiy  ahamiyatga  molik  zaharlanish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
hodisalar yangi mingyillikning birinchi o‘n yilligida jahon jamiyatini larzaga soldi.     
Bu  baxtsiz  hodisalar  o‘z  ichiga  kardiotoksik  tashvishga  sabab  bo‘lgan 
“Vioxx artrit” dori vositasining ziyoni; go‘daklar o‘limiga sabab bo‘lgan melamin 
(melamin oqsil moddasi deb yolg‘on tarzda qo‘shilgan); bolalar o‘yinchoqlarining 
tarkibida  qo‘rg‘oshin  bo‘lgan  bo‘yoqlar  yoki  1,4-butandiol  bilan  ifloslanishi; 
qovurilgan    kartoshkadagi    ko‘p    miqdordahi  akrilamid;  qo‘rg‘oshin  va  margu-
mush  (mishyak)  tufayli  yuzaga  kelgan  Bangladesh  va  Nigeriyadagi  bir  qator 
zaharlanish  hodisalari  kabilar  shular  jumlasidandir.  AQSh  da  hamon  davom 
etayotgan Deepvater Horizondagi neft to‘kilishini atrof muhit va kishilarga bo‘lgan 
ta’siri bo‘yiсha tortishuvlar, shuningdek, katta miqdordagi pastifikator Bisfenol A 
va  gerbisit  artazin  kabi  sun’iy  moddalarning  surunkali  tarzda  davom  etayotgan 
ta’siri, toksikologik muammolar hamon jamiyatni havotirga solayotganidan dalolat 
beradi.  Ijtimoiy  tarmoqlar  bilan  shakllangan  bugungi  kunda  kimyoviy  moddalar 
tufayli yuzaga kelayotgan kasalliklarni chuqur o’rganish dolzarb masalalardan biri 
bo‘lib qolmoqda. 
Bu  kitob  zamonaviy  toksikologiya  sohasi  asosiga  umumiy  tarzda  nazar 
solish imkonini  beradi. Asosiy maqsad kimyoviy moddalar tufayli yuzaga keluv-
chi  kasalliklar  zamirida  yotgan  mexanizmlar  hususida  umumiy  tushuncha  berib 
o‘tish.  Bunda  so‘nggi  yillarda  hujayra  va  tana    a’zolariga  kimyoviy  moddalar 
tufayli  yetkazilgan  ziyonni  ifoda  etishga  urg‘u  berilgan.  Asosiy  e’tibor  toksiko-
logiya sohasidagi “birlamchi g‘oya” hisoblangan biofaollashuvga qaratilgan bo‘lib, 
ko‘pgina  unchalik  zararli  hisoblanmagan  kimyoviy  moddalar  organizmda  zararli 
metabolitlarga aylanishi ko‘rsatib  o‘tilgan.  Bu  jarayon kimyoviy  moddalar  tufayli 
kelib  chiquvchi  kasalliklar  belgilarini  keng  ko‘lamda  tushuntirib  beradi  deb  umid 
qilamiz.  Chunki  butun  bir  bakalavrlik  va  magistrlik  bosqichlari  dasturi  biologik 
kimyo,  biokimyo  va  hujayra  biologiyasini  qamrab  olsada,  biofaollikga  bog‘liq 


 
 

 
toksiklik  holati    tushunchasi  uchramaydi,  shu  ma’noda  ushbu  mavzu  quyidagi  
kitobning  asosini  tashkil  etadi. 
Bizning  sayohat  zamonaviy  toksikologiya  sohasining  yuzaga  kelish  tarixi 
bilan  boshlanadi  (1-bob),  kimyoviy  mihit  ta’siri  bilan  bog‘liq  ba’zi  kasalliklar 
hususida umumiy tushuncha (2-bob).  Organizmda kimyiviy moddalar haraka-tini 
nazorat etuvchi turli toksikokinetik  jarayonlar 3-bobda ko’zdan kechiriladi.  
4-bobda  kimyoviy  biofaollik  hususida  umumiy  tushuncha  berilgan  bo’lib,    5-bob 
sut  emizuvchilar  tizimida  ro’y  beruvchi  tashqi  muhitdan  kirib  keluvchi  kimyoviy 
moddalar  ta’siriga  qarshi  turli  adaptiv  reaktsiyalarni  qamrab  olgan.  Keyingi  
bo’limlarda saraton, tug‘ma nuqsonlar, organlar zararlanishi kabi toksik holatlarda 
biofaollashuvning ahamiyati borasida so‘z yuritiladi (boblar 6,7 va 8). So‘ngra qay 
tarzda  toksikologik  paradigmalar  insonlardagi  asosiy  kasalliklar  hususidagi  tibbiy 
tushunchalarni  boyitishini  ko‘rsatib  berish  maqsadida  kitob  ikki  katta  “Kimyoviy 
aralashma” ya’ni alkogol ichimliklar (9-bob) va tamaki tutuni  (10-bob),  iste’mol-
chilar guruhi duch keluvchi asosiy mexanik asoslar bo‘yiсha olib borilgan tadqiqot 
ishlari bilan nihoyaga yetadi.  
Bu  kitob  zamonaviy  toksikologiya  sohasining    rivojlanish  davrida  boshdan 
kechirgan  ba’zi  hayajonli  hodisalarni  yoritib  berishga  harakat  qiladi.  Kitobxonlar 
bugungi  kunda  minglab  tadqiqotchilarning  sayi  harakatlari  tufayli  talidomid  kabi 
ko‘plab  zaharlanish  ofatlatining  qaytarilish  holatlarini  oldi  olinganligi  va 
yutuqlarga  erishilganligi  uchun  bildirilgan  minnatdorchilikga  sherik  bo‘ladilar. 
Bizning  ilmiy  izlanishlarimiz  qay  bir  ma’noda  endigina  ilmiy  izlanish  sohasiga 
qadam bosayotgan yosh olimlar uchun toksikologiya sohasida izlanish ishlari olib 
borishlari uchun turtki bo‘lgan bo‘lsa, bu loyiha samarali bo‘ldi deb hisoblaymiz. 

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish