Z. T. Karabayeva


 Fanning  yuzaga  kelishi



Download 5,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/178
Sana31.12.2021
Hajmi5,6 Mb.
#278279
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   178
Bog'liq
toksikologiya

1.5. Fanning  yuzaga  kelishi 
 
Talidomidning  ijobiy  tarafi  toksikologiya  fanining  yuzaga  kelishi  va 
rivojlanishiga  turtki  bo‘lishi  mumkin.  Talidomid  ofat  cho‘qqisi  dunyodagi  eng 
katta  toksikologiya  tashkilotlaridan  birining  yaratilishiga  sabab  bo‘ldi. 
Toksikologiya  jamiyati (SOT), 1962-yilning aprel oyida Atlantika shahrida birin-
chi  anjumanni  o‘tkazdi.  Asosiy  maqsad  universitetlar  tizimli  ravishda  toksiko-
logiya  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  oquv  dasturini  qo‘llab-quvvatlash,  shuningdek, 
zaharlanish holatlari ustida ilmiy izlanish ishlarini olib borilishini tadbiq etish edi. 
O‘n yil o‘tib huddi shunday jamiyat Britaniyada ham paydo bo‘ldi va keyinchalik 
Britaniya  toksikologiya  jamiyati  deb  nomlandi.  1960-1970-yillarda  bir  qator 
oynomalar tashkil etildi va zaharlanish holatlari  bo‘yiсha tadqiqot ishlarini yoritib 
bordi.  
1988-yilga    kelib  toksikologik  holatlardagi  kimyoviy  asosga  nisbatan  ortib 
borayotgan  qiziqish  sababli,  dunyodagi  eng  katta  ilmiy  tashkilot  Amerika  Kimyo 
Jamiyati  ahamiyatli  ravishda  yangi  bo‘lgan  oynomani  yaratishiga  turtki  bo‘ldi, 
oynoma  toksikologiyadagi  kimyoviy  tadqiqot  ishlarini  yorita  boshladi. 
Toksikologiya  -  mavzusiga  oid  jurnallar  soni  osib  borishi  kimyoviy  moddalar 
ta’sirida kelib chiqgan kasalliklar bo‘yiсha tadqiqot ishlari olib borilishini qollab-
quvvatlash  uchun  davlat  va  xususiy  moliyalashtirish  tizimini  o‘sishida  aks  etdi. 
AQShda,  inson  salomatligiga  xavf  solayotgan  omillarni  baholashga  ajratilgan  
federal  sarmoya’ning  kengaytirilishi,  zamonaviy  toksikologiya  fani  bo‘yicha 
tadqiqotlarni yanada o‘sishiga yordam berdi. 1978-yilda Jozef A. Kalifano, hozirgi 
kunda  Sog‘liqni  saqlash  va  inson  xizmatlari  departamenti  kotibi,  Milliy 
Toksilogiya  Dasturi  (MTD)  tuzishga  hissa  qoshib,  oliy  oquv  yurtlari  va 
toksikologiya  tadqiqot  tekshiruv  muassasalarida  tadqiqotlarni  qo‘llab-quvvatlash 
uchun federal moliyalashtirishni AQSH bo‘ylab va horijiy davlatlarda boshqardi. 
Bundan tashqari Milliy Toksilogiya Dasturi 1966-yil Shimoliy KARolinada 
tashkil etilgan  Ekologik  Fanlar  Milliy  Instituti tomonidan nazorat qilina boshladi. 
Tez    orada    Merilandda    joylashgan    Ekologik    Fanlar    Milliy  Instituti  toksiko-


 
 
28 
 
logiya  boyicha  tadqiqot  ishlari  uchun  etakchi  xalqaro  markaziga  aylandi. 
Markazning vazifasi insonlarda kasalliklarning rivojlanishi va omillarning ta'sirini 
o‘rganish,  insonlarda kasallikni oldini olish va nogironlik yukini kamaytirish edi. 
Shuningdek,  toksikologiya  bo‘yiсha  yirik  yutuqlar  boshqa  tadqiqot 
institutlari  kashshoflari  Bernard  Brodie  va  Yuliy  Axelrod  boshchiligidagi  va 
keyinchalik  J.R  Mitchell,  D  Jollov  va  J.R  Gillette  kabi  tadqiqotchilar  tomonidan 
davom ettirildi.  Bu tadqiqot  jamoalari tomonidan kiritilgan inqilobiy o‘zgarishlar 
kimyoviy zaharlanishni baholashda yordam berdi. 1970-yillarning boshida yana bir 
muhim  voqea  sodir  bo‘ldi,  Arkanzas  shtatining  Jefferson  okrugida  Toksikologik 
Tadqiqotlar  Milliy  Markazi  tashkil  etildi.  Bu  markaz  bugungi  kunda  dunyodagi 
eng  yirik  farmatsevtik  boshqaruv  organi  bo‘lgan  AQSh  Oziq-ovqat  va 
Farmatsevtika Idorasi bo‘lib qolmoqda.  
1969-yilda,  Vetnam  urushida  AQSh  tomonidan  qo‘llanilgan  defoliant 
kimyoviy  moddasi  jamoatchilikni  tashvishga  soldi,  Prezident  Nikson  bunday 
harbiy tadqiqotlarni ma’n etdi, oqibatda Pine Bluff operatsiyasi ortga surildi. Turli 
kimyoviy  ishlab  chiqarish  kompaniyalari  o‘rtasidagi  hamkorlik  1974-yilda 
Toksikologiya  Kimyo  Sanoati  Institutini  yuzaga  kelishida  ahamiyat  kasb  etdi  va 
keyinchalik bu institut  Hamner  Tibbiy  Fanlari  Institutiga  aylandi  (2007).  Bu davr 
ham  zaharlanish  hodisalarni  o‘rganish  bo‘yiсha  izlanishga  bag‘ishlangan  kuchli 
tadqiqot markazlarining tashkil etilishiga zamin yaratdi, etakchi oliy oquv yurtlari 
ichida toksikologiya boyicha markazlar ochilishiga guvoh bo‘ldi. Yevropaning eng 
nufuzli  tibbiyot  oliy  oquv  yurtlarining  birida,  Shvetsiya  shahrida  KARolinsk 
Instituti  ochildi  va  zaharli  sindromlar  mexanizmlarini  ochib  berishda  muhim  rol 
o‘ynadi.  Buyuk  Britaniya  universitetlari  Liverpul,  Lester,  Surrey  va  boshqalar 
fanning  yo‘lga  qo‘yilishiga  yordam  berdi,  AQSHda  molekulyar  toksikologiyasi 
kabi  markazlar  Kanzas  shtatining  Vinderbilt  universitetida  yangi  avlodga 
toksikologiya  bo‘yiсha  dasturni  yangi  tadqiqotlar  asosida  o‘zlashtirishlariga 
ko‘maklashdi. 
Yigirmanchi  asr  oxiriga kelib  biologiya  va  informatikada  bo‘layotgan  jadal 
o‘zgarishlar    toksikologiya  va  u  bilan  bog‘liq  havfni  baholashni  ilgari  surilishiga 


 
 
29 
 
turki  bo‘ldi.  Bu  asrda  toksik  moddalarni  tarkibini  aniqlashda  qo‘llaniladigan 
instrumentlar  yuzaga  keldi  va  skriningga  imkon  beruvchi  tarkibiy  biologiya 
ahamiyat    kasb    etdi.  Bunday  hodisalar  zaharlanish  bo‘yiсha    tadqiqot    ishlarini 
olib  borishda  sut  emizuvchilar,  mollyuskalar  va  qurtlarga  bo‘lgan  ehtiyojni 
kamaytirdi.  Evropa  Ittifoqi  doirasida  bu  kabi  tendentsiyalar  sun’iy  kimyoviy 
moddalardan  doimiy  ravishda  foydalanishni  nazorat  etuvchi  yangi  qonun 
qoidalarni kiritish orqali amalga oshiridi;  bularni  qayd  etish, baholash, kimyoviy 
moddalarni  ma’n  etish  va  ularga  ruhsat  berish  bilan  bog‘liq  edi.  Xelsinki, 
Finlyandiyadagi  Evropa  Kimyo  Agentligi  nazorati  ostida  amalga  oshirilgan 
muqobil  testlar  targ‘ib  qilib  kelinmoqda.  AQSh  doirasida  tadqiqot  va  taraqqiyot 
idorasi  virtual  va  muqobil  test  yondashuvlarni  rivojlantirish  maqsadida  shunga 
o‘xshash  tashabbuslarni  yaratdi.AQSh  doirasida  tadqiqot  va  taraqqiyot  idorasi 
qollab-quvvatlashi tufayli Shimoliy  Karolina universiteti qoshidagi Toksikologiya 
Markazi bu sohada faoliyat markaziga aylandi.  
Toksikologiyaning  yanada  o‘sishi  zamonaviy  sanoat  va  qishloq  xojaligida 
sintetik  kimyoviy  moddalardan  foydalanishda  atrof-muhitga  bo‘lgan  ta'sirni 
yaqindan  o‘rganishga  bo‘lgan  talab  zarur  ekanligini  anglash  bilan  bog‘liq  bo‘ldi. 
1962-yilda  Rachel  Karson  tomonidan  nashr  etilgan  Sukunatga  cho‘mgan  Bahor 
nomli  nashrida  tabiatni  zaharlanishidagi  sanoatdagi  ishlab  chiqarishga  e’tiborni 
qaratish  kerakligi  hususida  ogohlantirdi.  XX  asr  o‘rtalarida  Yaponiyada  yuzaga 
kelgan  dahshatli  Minamata  Bog‘i    ozidagi  kimyoviy  zavod  tufayli  sodir  bo‘lgan 
ofat  oqova  suvni  zaharlashi  bilan  minglab  insonlar  va  jonzotlar  sog‘lig‘iga  ziyon 
yetkazdi.  Biroz  vaqt  otib,1976-yil  Shimoliy  Italiya,  Servesodagi  kimyo-sanoat 
zavodida  sodir  bo‘lgan halokat sababli atmosferaga katta hajmda dioksin moddasi 
chiqib ketib, keng ko‘lamdagi jamoatchilik e’tiborini oziga jalb etdi. 
Minamatadan  farqli  o‘laroq,  Serveso  sanoat  ishlab  chiqarish  zavodi  aholi 
yashash  punktlaridan  geografik  omillarni  hisobga  olgan  holda  uzoqda  qurilgan 
bo‘lsada  jamoat  havotiri  kuchayib,  e’tibor  muhim  omillarni  hisobga  olish 
zarurligiga  qaratildi.  AQShda  uy-joy  qurilish  maskanlari  hususida  munozaralar 
1970-yillar  oxirida  boshlandi.  Toksikologiya  hamjamiyati  doirasida  bu  kabi 


 
 
30 
 
muammolar  ekologik  toksikologiya  sohasida  globallashuv  va  sanoatlashtirish 
tufayli atrof-muhitga bo‘lgan ta'siri  bilan bog‘liq masalalar bilan bog‘liq oynoma-
lar yaratilishiga sabab bo‘ldi.  

Download 5,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish