1.3-rasm. Ilk zamonaviy davrda Paraselsning kon sanoatida ishchilar giriftor
bo‘ladigan kasalliklarning ilk klinik belgilariga ta’rif berishi konchilarni himoya
qilish bilan birgalikda, ularning hamiyatiga ham tekkan.
Konchilar yomon ish sharoitlarida uzoq soat ishlab, kam haq olib yomon
sharoit tufayli erta hayotdan ko‘z yumganlar, bunga jiddiy nafas olish kasalliklari
sabab bo‘lgan. Parasels "Konchining kasalligi» (masalan, pnevmoniya, sil, bronxit
14
va fibros) ehtimol mikroblar va havodagi zaharli moddalar orqali o‘pkaga ta’sir
ko‘rsatgan va kasallikni keltirib chiqargan, deb bildirgan fikri ekologik omillar
muayyan bir tizimlarda faoliyat yurituvch kishilar sog‘lig‘iga putur yetkazishini
tibbiyotga anglatdi.
2) Feliche Fontana. Toksikologiya’ning ilmiy fanga aylanishi uchun,
eksperimentalistlar kasal-liklar sababini ko‘rsatuvchi bir qator noto‘g‘ri bo‘lgan va
qotib qolgan g‘oyalarni yo‘qotishlari zarur bo‘ldi. XVII asrning oxiriga kelib ilon
zahari va boshqa zahar turlari „muvofiqlik nazariyasi“ deb atala boshladi. Bu
nazariya zaharlarning ikkilamchi organlarga asab tolalari orqali ta’sir qiladi,
degan g‘oya’ni ilgari surdi. Bu nuqtai-nazar asosan zaharlanish belgilari
zaharlangandan so‘ng tezlik bilan asab tizimi orqali paydo bo‘lishini bayon etadi.
Toksikologiya amaliyotida ilon zahari va dafna mevasi zaharida eksperimental
tajriba o‘tkazgan italiyan fizigi va amaliyotchisi Felike Fontana bu nazariya’ni
oqlamadi (1730-1805). Ma’muriy hodim kiyimida tajribalarni amalga oshirgan
dindor katolik Fontana „asab muvofiqligi“ nazariyasining ilk tanqidchilaridan biri
bo‘ldi. U tajribalarida hayvonlardan foydalangan holda zahar qon tomirlari
orqali, ya‘ni qon aylanish tiizmi orqali tarqalishini isbotlay oldi. Bu istedodli
italyan olimi biz 3-bobda duch keladigan ko‘pgina nazariy asoslarni ilgari surgan.
3) Matye Orfila. Bir necha kimyoviy moddalar asrlar davomida kimyoviy
ro‘yxatida margimushdan ustun bo‘lib kelgan va ulardan ba’zi kishilar yomon
niyatlarni amalga oshirishda foydalanganlar. Margimushning rangsiz va ta’msiz
uchvalentlik oksidi mashhur bo‘lib, u sharob, bo‘tqa yoki ovqatlarga qo‘shilgan
degan ehtimol mavjud. Ishchi sinflar afzal ko‘rgan zahar, yuzlab, balki minglab
qurbonlarni Evropa bo‘ylab erta hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lgan, Helen
Jegado (1803-1854) va Maryam Enn Kottn kabi ashaddiy qotillar bundan keng
ko’lamda foydalanganlar (1832-1873).
Margimushni qo‘lga kiritish juda oson edi, chunki margimushdan tufayli
turli iste'mol va qishloq xo'jaligi mahsulotlarida keng ko‘lamda foydalanilar edi.
Tarixchi Peter Bartrip ta'kidlanganidek, "Pardalar, mebel jihozlari, mato,
yoritgichlar, bezaklar, sun'iy gullar, gilamlar, linoleum, bo‘lalar o‘yinchoqlari va
15
kitoblar tarkibida bo‘yoq sifatida margimush mavjud edi. Viktorian uylarining
son-sanoqsiz xonalari margimush qo‘shilgan boyoq bilan rang berilgan devor
qog‘ozi bilan qoplangan edi; davr aholisi esa margimush qo‘shilgan boyoq bilan
rang berilgan kiyimlarni kiyganlar; kechalari esa tarkibida margimush bo‘lgan
shamlar bilan binolarni yoritganlar. Shunday qilib, turmush tarzida margimushdan
keng ko‘lamda foydalanilgan "hayot yoki o'lim“ ya’ni o‘limni oldini olish mushkul
edi. Surunkali margimush ta'siri ehtimol Viktorian davridagi kasalliklarni
ko‘payishiga sezilarli darajada hissa qo‘shgan. XVIII va XIX asrlar davomida
kimyo taraqqiyoti va qonun targ‘ibotchilari tomonidan margimush mahsulotlarini
sotish bo‘yiсha cheklashlar margimush yordamida odam o‘ldirish va qasos olish
kabi holatlarga nuqta qo‘ydi. Kishilarni zaharlanishida gumon qilingan toksik
zarralarni aniqlash usullari rivojlanib sud tibbiy ekspertizalarida qo‘llanila
boshladi.
Britaniya kimyogari Jeyms Marsh (1794-1846) tomonidan ixtiro etilgan
"Marsh sinovi“ tibbiy sud ekspertiza toksikologiyasini vujudga kelishida muhim
rol o‘ynadi: uning usuli siydik yoki qon namunalarini oltingugurt vodorodida
qaynatish orqali margimushni aniqlash bo‘lib - sariq margimush oltingugurt
vodorodi cho‘kmasida sariq margimushning paydo bo‘lishi intoksikatsiya belgi-
sini bildirar edi.
1787-yilda Ispaniya sohilbo‘yi oroli Minorkada dunyoga kelgan va kimyo
sohasiga margimushni kirib kelishiga o’z hissasini qo‘shgan shaxs Matie Jozef
Bonavenche Orifladir. Parasels Toksikologiya’ning dahosi sanalsa, Orifla o’n
to‘qqizinchi asr boshlarida fanni tizimlashtirishga qilgan sayi-harakatlari tufayli
shubhasiz toksikologiya “ota”sidir. Orifla bir ishlarini (quyida qarang) nashrdan
chiqarish bilan birgalikda zaharlanish qurbonlarining yorilgan jasadlarini
tekshirishda margimushni aniqlash uchun tashxis qo‘yish jarayoni tartibini ham
ishlab chiqgan. Orfila Parij universitetida kimyo va anatomiya fanlaridan
ma'ruzalar o‘qidi va keyinchalik tibbiy huquqshunoslik (1819) va kimyo (1823)
fanlarining bir biriga juda yaqin bo‘lgan kasbiy yo‘nalishini yaratdi.
Orfilaning 1813-1815 yaratilgan sudga oid 2 jildli „Traitè des toxikology“
16
(Toksikologiya risolasi) da zaharlanish orqali paydo bo‘ladigan kasalliklarning
ilmiy jihatdan yoritilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Zamonaviy davrdagi ilk keng
qamrovli toksikologiya matni shakllandi,birinchi marotaba kimyoviy, kimyoviy-
fiziologik va toksik elementlarga batafsil to‘htalib o‘tildi, klinik toksikologiya va
hayvonlar ishtirokidagi amaliy tajribalardan misollar keltirildi. Material zaharli
moddalarni olti toifaga ajratdi, ya’ni o‘yuvchi, biriktiruvchi, sarmast qiluvchi,
o‘tkir va septik zaharlardan iborat moddalar.
Shunisi taqsinga loyiqki, professor Orfila toksikologiya amaliyoti boshqa
fanlar bilan uzviy bog‘liqligini aytib o’tgan, u o’zining mashhur kitobi
muqaddimasida shunday yozgan „kimyo, tabiiy fanlar, tarix, fiziologiya fanlarisiz
hech qanday zaharli moddani aniqlash mumkin emas“. Bu kitob toksikologiya
sohasida muhim rol o’ynadi, uning yordamida zaharlarni ajrata bilishga imkon
tug’ildi.
2
4) Robert Kristison. Toksikologiya sohasida shogirdlarning paydo bo‘la
borishi sohani yanada yetuklashtira bordi. Ingliz tili dunyosi doirasida Matie
Orfilaning eng nufuzli talabalaridan biri Shotlandiya shifokori Robert Kristisondir
(1797-1882). Edinburg universiteti bitiruvchisi, Kristison analitik kimyo va
toksikologiya’ni Professor Orifla va etuk fransuz bioximigi Pyer Jan Robike
(1780-1840) lardan o'rganib Parijda yashadi. U Shotlandiyaga qaytgach o‘n yil
davomida tibbiy huquqshunoslikda faoliyat yuritdi, keyinchalik 1877 yilga qadar
Britaniya Tibbiyot Birlashmasi Prezidenti vazifasini bajardi. Kristison Britaniya
zamonaviy toksikologiyasi asoslariga ulkan hissa qo‘shdi, 1829 yilda „ Zaharning
tibbiyot va jismoniy fiziologiya amaliyoti bilan bog‘liqligi“ nomli katta
monografiyasini nashr etdi. Bu nashrda oksalat kislotasi, mishyak, qo’rg‘oshin,
afyun va boshqa zaharli moddalar tufayli yuzaga keluvchi intoksikatsiya’ning
diagnostikasi va davolash usullarini ko‘rib chiqilgan. Mate Orfila kabi, Ktistison
ham XIX-asrda Evropada mishyak osonlikcha qo‘lga kiritish imkoniyati
mavjudligidan bezovta bo‘lib, o‘zining ushbu kitobida bu muammoga jiddiy e'tibor
2
Orfi la M. A general system of toxicology. (This abridged English translation of Orfi la’s 2-volume text was published M.
Carey & Son (Philadelphia) in 1817 and is available for download from Google Books), 1812.
17
qaratgan. Uning qattiq say-harakatlari va toksikologiyaning izchil suratda targ‘ib
etishi tufayli, mishyak-ga oid Qonun 1851 yilda ishlab chiqildi. Birinchi marotaba
Angliyada qonun o’ta zaharli moddani sotish bo‘yiсha cheklash kiritdi. Shu bilan
bir qatorda Kristison buyrak fiziologiyasi, buyrakning toksik moddalarga nisbatan
reaktsiyasini o‘rgandi, xususan su tajribaning ishlab chiqilganligi sababli u tibbiy
nefrologiyaning ilk kashshoflaridan biriga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |