Bosqichlarda qo‘llanishi: Bu usul yangi mavzu bayonida, mustahkmlash bosqichlarida qo‘llaniladi.
Maxsus ta’lim tizimidagi o‘quv jarayoni darslarini shu tipda tashkil etish kar bolalar mexnat malakasini shakllantirishga qulay shart-sharoit yaratadi. Zero, bu metodlar samarali va effektiv metod ekanligi tajribalarda o‘z isbotini topmoqda. Ayni paytda har bir o‘qituvchi pedagogik texnologiyalarga ko‘r-ko‘rona emas, balki ijodiy yondashish kerakligini ta’kidlab o‘tish joiz
Ona tiliga о‘qitish jarayonida interfaol darsni tashkil etish
Interfaol dars va uni tashkil etish jarayonidaquyidagi qoidalarga rioya qilish maqsadga muofiq:
-auditoriyaning doska osilgan tomonida о‘qitishning texnik vositalaridan foydalanish uchun maxsus ekran yoki oppoq devorda yetarli darajada bо‘sh joy bо‘lishi kerak;
-о‘qituvchi stoliga oldi bilan tirab bir
parta qо‘yiladi. Bundan ekspertlar, sardorlar, konsultatsiya olishga, uy vazifasini
topshirishga kelgan о‘quvchilar bilan suhbatlashishda foydalaniladi;
56
-xonadagi boshqa har ikki parta bir-biriga
oldi bilan tirab qо‘yiladi. Oqibatda tо‘rt о‘quvchi bir-birlariga yuzma-yuz
о‘tirishadigan, doskaga yon tomonlaridan qaraydigan bо‘lishadilar. Partalari yonma-
yon turgan ikki kichik guruh birlashtirilib kichik guruhlar hosil qilish mumkin.
Bunda о‘qituvchi mehnati ikki marta qisqarib, о‘quvchilarning hamkorlikda
ishlashlari yanada kuchayadi. Natijada butun о‘quv yili davomida doimiy ravishda
hamkorlikda ishlaydigan kichik guruhlar shakllanadi;
-har bir kichik guruhda kamida bitta
yaxshi о‘zlashtiruvchi о‘quvchi (sardor, ekspert) bо‘lishi kerak;
-sardorlar bir-birlari va о‘qituvchi-trener
bilan maslahatlashishga borishlari uchun partalarning qulay tomonida о‘tirganlari
ma’qul;
-о‘qituvchi taklif etmagan holda uning
huzuriga konsultatsiya uchun faqat bir о‘quvchining kelishiga ruxsat etiladi;
-bunday darsda bir kishi hamma uchun,
hamma bir kishi uchun, aqliy hujum, sinektika, nima uchun kabi texnologiyalardan
komleks foydalanish kerak;
-yangi pedagogik texnologiyalardan har
darsda sistematik foydalanilmasa kutilgan natijani bermaydi;
-о‘qituvchi-trener masala sharti va
yechimini ekranga tushirib tushuntirgach, shunga о‘xshash bir xil topshiriqni barcha
kichik guruhlarga hamkorlikda bajarishlari taklif etiladi;
-yekranga tushirilgan masala sharti va
yechimini tushuntirish jarayonida aqliy hujum, sinektika, nima uchun kabi interfaol
metodlardan foydalanish qulay va yaxshi samara beradi. Bunda о‘quvchilarga
notо‘g‘ri bо‘lsada о‘z fikrlarini bildirishlari, qо‘rqmasliklari, har qanday noо‘rin
fikrlarga ham tanqidiy munosabat bildirilmasligi oldindan aytilishi kerak.
О‘quvchini, umuman bolani fikrlashdan tо‘xtatish jamiyat taraqqiyoti oldiga tо‘siq
qо‘yish bilan barobar;
-о‘qituvchi о‘quvchilardan navbatdagi
dars mavzusiga doir nazariy materiallarni uyda о‘rganib kelishlarini qat’iy talab etishi
zarur;
-topshiriqni bajara olmagan ayrim kichik
guruh sardorlarining boshqa kichik guruhlardan va о‘qituvchi-trenerdan yordam
olishlariga ruxsat etiladi;
-agar bitta kichik guruh ishni bajara
olmasa, kuchli sardorlardan birining ularga yordam berishi uyushtiriladi;
-topshiriq birorta ham kichik guruh
tomonidan bajarilmasa, oldin о‘rgatilgan masala yechimi yana ekranga chiqarilib,
о‘qituvchi-trener tomonidan qayta tushuntiriladi. Shu tartibda о‘quvchilar
hamkorlikda mustaqil ishlashga о‘rgatiladi;
-sardor sust о‘zlashtiruvchi sheriklarining
о‘z imkoniyatlari darajasida о‘qishlariga mas’ul;
57
-sust о‘zlashtiruvchi о‘quvchilar
о‘qituvchi-trener va sardorlarning doimiy e’tiborida va kо‘magida bо‘lishlari,
ularning har qanday kichik muvaffaqiyatlari rag‘batlantirilishi zarur;
-qо‘yilgan topshiriqning qaysi kichik
guruh sardori tomonidan birinchi bajarilganligi, qaysi sardorning boshqa kichik
guruhlar sardorlariga necha marta yordam berganligi belgilangan bir о‘quvchi
tomonidan yozib boriladi. Bu yozuvlar va о‘qituvchining shaxsiy kuzatishlari
natijalari bо‘yicha kichik guruhlar va sardorlar rag‘batlantiriladi.Darslarning
texnologik xaritasini yaratish -murakkab kо‘p bosqichli jarayondir.Bu faoliyat kim
tomonidan va qanday obyektga tadbiq etilishiga qaramay, qator ketma-ket, bir-biri
bilan bog‘liq bosqichlarda amalga oshiriladi, oldinda turgan umumiy g‘oyalardan
aniq ta’sirlangan harakatlar ishlanmasiga yaqinlashadi: Darslarning texnologik
xaritasini loyihalashtirishning 3 ta bosqichi farqlanadi:
1-bosqich. Modellashtirish.
2-bosqich. Proyektlashtirish.
3-bosqich. Konstruksiyalash.
Pedagogik loyihalashtirish (loyiha yaratish) – keyinchalik yaratilgan modellarni qayta ishlash va ularni amalda qо‘llash darajasiga yetkazish. Pedagogik modellashtirish (model yarati) – bu pedagogik tizim, jarayonlarni yaratishdagi, maqsadlar (umumiy g‘oyalar) va ularga erishishning asosiy yо‘llarini ishlab chiqarish.
Pedagogik konsultatsiyalash (konstruksiya yaratish)-bu yaratilgan modelda ish olib borilsa, u pedagogik faoliyatni о‘zgartirish uchun qо‘llash darajasiga olib boriladi pedaggikada model xayolan yartilar va о‘rnatish funksiyasini bajarar ekan, demak loyiha о‘quv tarbiyaviy jarayon va muhitni qayta shakllantirish mehanizmi bо‘lib qoladi.
Loyihalashning uchinchi bosqichi – bu konstruksiyalash. Konstruksiyala. Konstruksiyalash loyixani yanada kо‘proq detallashtiradi, uni konketlashtiradi va haqiqiy faoliyat xolatiga yaqinlashtiradi.
Konstruksiyalash – о‘quv va pedagogik faoliyat bо‘lib – bu metodik vazifadir. Pedagogik loyihalashtirish shakllari bu pedagogik tizim, jarayonlar va
holatlarni faoliyatlarni turli darajada aniq yaratishni tavsiflovchi xujjatdir. Konsepsiya loyixalashtirishning shakllaridan biri bо‘lib unda pedagogik tizim
va jarayonlarni qurish, nazariy tomoyillar, yetakchi g‘oyalar, asosiy nuqtai nazarni kо‘zda tuuvchi vositalar orqali bayon etiladi.
Qoidaga kо‘ra konsepsiya ilmiy izlanishlar natijalari asosida quriladi. U yetarlicha umumiy va abstrakt bо‘lishiga qaramay katta amaliy axamiyatga ega. Shu tariqa, har qanday konsepsiya amalda u yoki bu tizim yoki jarayonda qо‘llash mumkin bо‘lgan holat g‘oya, qarashlarni о‘z ichiga oladi.
Darslarning texnologik xaritasini yaratish tamoyillari
1.Insoniy ustunlik tamoyili insonga nisbatan mо‘ljal olish tamoyili sifatida, tizim ostidagi ishtirokchi, jarayonlar va xolatlar asosiy hisoblanadi.
58
О‘z tarbiyalanuvchilaringizni haqiqiy ehtiyojlari, qiziqishlari va imkoniyatlarini loyihalashtirilgan pedagogik tizim, jarayonlar holatlarga bо‘ysо‘ndiring.
О‘quvchilarni о‘z loyihalaringiz, konstruksiyalaringizni bajarishga bog‘lab qо‘ymang, chekina oling va ularni boshqalari bilan almashtira oling. Qat’iy va detalli loyihalashtirmang, о‘quvchilarga va о‘zingizga xususiylashtirish uchun imkoniyat qoldiring.
Loyihalashtirish mobaynida pedagogga о‘zini о‘quvchi о‘rniga qо‘yish va hayolan uni xulq-atvorini, xislarini, unga yaratilgan izimlar, jarayon yoki xolatdagi ta’sirini eksperement qilish taklif etiladi.
2.loyihalashtirilayotgan tizim, jarayonlar, holatlarni о‘zicha rivojlanish tamoyili-ulaning dinamik, qat’iy, rivojlanish jarayonidagi о‘zgarishlarga, qayta qurishga, murakkablikka yoki soddalashtirishga mos yaraish degani.
Bita loyiha bilan tо‘xtab qolmang, zaxirada yana bir ikkita maqsadga erishishni ta’minlaydigan loyihalarga ega bо‘ling. Xayot har doim turli uman va kutilmagan loyihalardir.
Ayniqsa bu pedagogikada yuzaga keladi. Qandaydir reja, kо‘rgazma, ssenariy, kuch bilan tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishiga, uni erkini sindirishiga uni idealiga bog‘lab qо‘yishga yо‘l qо‘ymasligi kerak. Pedagog aynan uni tabiyalanuvchilarni о‘sish va rivojlanishiga yordam beradigan yetarlicha metodlar, vositalar va shakllarni tanlaydi, shuningdek turli mazmunlarni kо‘zda tutadi.
Didaktik ijodkorlik-bu о‘qitish sohasida turli xil vositalarni tanlash va о‘quv materialini tizimlashtirish, uni bilish metodlari va о‘quvchilarning о‘zlashtirish metodlarini yaratish bо‘yicha faoliyati.
Didaktik-ijod eng keng tarqalgan va pedagog va о‘quvchilar uchun oson faoliyat.
Bunda variantivlik kо‘p: о‘quvchilar faoliyatini kombinatsiyalash, о‘zaro о‘tish; qо‘shimchalar, yangi yaratilgan usullarni qо‘llash. Musiqa fonidan foydalanish, ota-oanalar bilmini baholash, о‘z-о‘zini baholash, rangli musiqa о‘yin avtomatlar, sо‘rov qurilmalaridan о‘quv maqsadida foydalanish – ularning hammasi didaktik ijoddir. Amaliyot uni chegarasizligini kо‘rsatadi. Texnologik madaniyat bu pedagogik texnologiyalar va loyihalashtirish sohasidgi faoliyat bо‘lib, unda yangi pedagogik tizim izlash va yaratish, pedagogik jarayonlar va о‘quv pedagogik holatlarni, о‘quvchilarni tarbiyalashning natijaviyligini oshirishga mos yangi tizimlar yaratish.
Bu pedagogik ijodning eng murakkab turidir. U pedagog va о‘quvchilar faoliyatini tо‘la qamrab oladi. Ijodning bunday turiga kollej, litsey о‘quvchilarni guruhli shaklda о‘qitish. О‘qitishda informatsion texnologiyalaridan foydalanish, interfaol darslar yaratish va boshqalar kiradi.
Tashkilotchilik ijodi- bu о‘quvchilar va pedagoglar orasidagi о‘zaro oloqa, muxit bilan aloqa resurslarni mobillashtirishning kuchini taqsimlash, yangi nazorat usullarini yaratish bо‘yicha faoliyatni tashkil etish va boshqarishdir.
Tashkilotchilik ijodi mehnatni ilmiy tashkil etishni hamma omillarni tо‘g‘ri qо‘llashni maqsadga erishishning osonyо‘llarini a’minlaydi. Kо‘rib tuganimizdek
59
pedagoga о‘z ijodini kо‘rsatadigan joylar bor. О‘quv tarbiyaviy jarayondagi о‘qitish vositalari va usullari haqidagi bilimlar yig‘indini “о‘quv jarayoni texnologiyalari” deb atash mumkin.
Darslarning texnologik xaritasini ishlab chiqishda о‘qituvchi va о‘quvchining mutlaqo aniq faoliyati zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qо‘llab yoki ularsiz loyihalashtiriladi. Aniq pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish jarayonini pedagogik loyihalashtirish jarayoni deb altash mumkin. Ular quyidagicha amalga oshiriladi:
-О‘quv rejasi va о‘quv dasturida kо‘zda tutilgan о‘qitish mazmunini tanlash;
-о‘qituvchi mо‘ljal olishi lozim bо‘lgan ustun maqsadlarni tanlash; loyihalashtirilayotgan ta’lim jarayonida о‘quvchilarda qanday kasbiy va shaxsiy sifalarni shakllantiradi;
-kо‘zda tutilgan maqsadlar yig‘indisi yoik biinchi о‘rinda turadigan bir maqsad uchun texnologiyalar tanlash;
-о‘qitish texnologiyalarini ishlab chiqish.
О‘qitish texnologiyalarini loyihalatirish fan mazmunini, о‘quv jarayonini, о‘qitish vositalari va metodlarini tanlab loyihalashni kо‘zda tutadi.
О‘qitish texnologiyasi – tizimli kategoriya quyidagi strukturalardan tashkil topgan:
-о‘qitish maqsadlari;
-о‘qitish mazmuni;
-о‘quv jarayonini tashkil etish;
pedagogik ta’sir etish vositasi (о‘qitish vositasi va motivatsiya)
-faoliyat natijasi (shu Bilan birga kasbiy tayyorgarlik natijasi ham) shu bilan birga о‘qiish texnologiyasi о‘quv jarayonini tashkil etish, bshqarish va nazorat qilishni, kо‘zda tutadi. Bu jarayonning hamma tomoni о‘zaro bog‘liq va bir-biriga ta’sir etadi. Bita bо‘g‘inga kuch berib, shu zahoti boshqalari haqida ham bilash mumkin.Butun tizimni samarali harakatlantirish uchun uni tashkil etuvchi hamma qismi puxta va sozlangan bо‘lishi kerak.
Darslarning texnologik xaritasini yaratish yо‘nalishlari bir qancha umumiy holatlar pozitsiyasida kо‘rish mumkin.
1.Bevositalik asosida о‘qituvchi va о‘quvchilarning о‘zaro ta’siri aloqali va masofali о‘qitish shakliga ajratilishi mumkin, birinchi guruhga о‘qitishning an’anaviy ishlab chiqarishning hamma yо‘nalishi kiradi, ikkinchisiga faqar hozirgi kunda о‘qitishda masofali ta’sir kо‘rsatuvchi maxsus texnik vositalar orqali yaratilgan о‘qitishyо‘nalishi kiradi.
2.Onglilik tamoyili asosida о‘qitish intuativ о‘zlashtirish mos malaka va onglilikka bо‘linadi.Onglilik tamoyiliga asoslangan ta’lim nazariyasini kо‘rib
chiqishda о‘quv jarayonida о‘quvchilarning anglash obyekti nima ekanligi tо‘g‘risidagi savolga javob berish muhim hisoblanadi.Agar faqat qoida vositalar angalansa, bu shakl ananaviy tarzda N.F.Talzina fikriga kо‘ra “dogmatik, habar beruvchi” deb ataladi.Agar bu aniq bir qoidaga bо‘ysunadigan harakatlarni anglash bо‘lsa, unda bu aqliy faoliyatlarni shakllantirish nazariyasidir. (P.Y.talperin,
60
N.F.Talzina)Agar bu dasturlar algoritmlar faoliyatlarini atash bо‘yicha, unda bu
о‘qitishni dasturlashtirish, algoritmlashtirish nazariyasidir. (N.F.Talzina, N.L.Landa)Agar bu vosita usullar, yо‘llarni о‘zlashtirish uchun zarur masalani yechish, muammolarni anglash bо‘lsa bu muammoli о‘qitishdir. (V.Okon, M.M.Maxmutov, A.M.matyushkin, I.Y.Lerner)
3.Mavjud о‘quv jarayonini boshqarishga asosan, u unga asoslangan (masalan: ananaviy о‘qitishga ) va о‘zlashtirish mexanizmining asosiy sifatini kо‘zda tutuvchi boshqaruvga aralashishi mumkin. (aqliy faoliyatlarni bosqichma bosqich shakllanishi nazariyasi, dasturlashtirilgan, algoritmlashtirilgan о‘qitish).
4.Ta’lim va madaniyatning о‘zaro bog‘liqligiga asosan о‘qitish, asosiy ta’limda madaniyatni loyihalash о‘rni va о‘quvchilarda loyihalashtirish faoliyatini shakllanishi (loyihali о‘qitish nazariyasi) va fan tamoyillariga asoslanib о‘qitish (ananaviy о‘qitish) bilan chegaralanishi mumkin.
5.О‘qitishning kelajak faoliyat bilan aloqasiga asosan, “Belgili-kontekstli” yoki kontekstli ta’lim (A.A.Verbiskiy) va ananaviy kontekstdan tashqari о‘qitish turlariga ajratish mumkin.
6.О‘qitishning tashkil etish vositasiga kо‘ra о‘qitishning faol shakllari va metodlari va ananaviy axborotli ma’lumotli о‘qitish shakllari farqlanadi.
Yuqorida nomlari keltirilganlarga mos tarzda ananaviy о‘qitish asoslari aloqali (masofali bо‘lishi mumkin), xabar beruvchi, onglilik tamoyiliga asoslangan (fanni о‘zini ongli о‘zlashtirish bilim) boshqarmasdan maqsadga qaratilgan, fan tomoiyllari asosida qurilgan konspektdan tashqarida (oliy ta’lim tizimida kelajakdagi kasbiy faoliyatni о‘quv jarayonida maqsadga yо‘naltirmasdan moslashtirish) aniqlanishi
mumkin.N.F.Talzina tomonidan aniflangan ananaviy о‘qitish, axborotli xabar beruvchi, dogmatik sifatida yuqorida keltirilgan tavsifda passiv aks etadi.Bunda
shuni ta’kidlash kerakki, bu “yomon-yaxshi” turdagi baholovchi belgilash emas, bu ta’kidlovchi belgilash bо‘lib, ananaviy о‘qitishda bilish о‘zlashtirishning hamma shart sharoitlariga va samarali amalga oshirilishi asoslarini о‘z ichiga oladi., ular kо‘pgina omillar bilan о‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlariga bog‘liq bо‘ladi. M.K.Kabardov tadqiqotlarining kо‘rsatishicha, intelektual faoliyati turini xarakterlovchi odamlar-“mutafakkir”, qobiliyatlidir, masalan chet tiliga ananaviy о‘qitish shaklida, о‘yindagiga kо‘ra faolroqdir. Ta’limda ananaviy о‘qitish bilan bir qatorda yuqorida keltirilgan nomlar asosida boshqa yо‘nalishlar ham shakllanadi: muammoli о‘qitish, dasturlashtirilgan о‘qitish, aqliy faoliyatlarni bosqichma bosqich
shakllantirish nazariyasiga asoslangan (P.Y.Galperen, N.F.Talzina) algoritmlashtirilgan о‘qitish (N.L.Landa) belgini kontekstli turiga asosan
rivojlantiruvchi о‘qitish (A.A.Verbeskiy) loyihali о‘qitish.Hozirgi kunda V.Okoning ta’kidlashicha, о‘qitishda kо‘p tomonlama jarayon mavjud bо‘lib, u о‘z ichiga uni turli yо‘nalishlarning turli xil elementlarini oladi. Bu о‘qitishdagi kо‘p tomonlamalik ta’lim tizimining har bir bosqichida, о‘qitishning har bir holati uchun, о‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlari va imkoniyatlariiga mos, shuningdek о‘qituvchining о‘ziga, о‘qitishning u yoki bu yо‘nalishda qо‘llashi imkoniyatini beradi. Darslarning texnologik xaritasini yaratishni umumiy tarzda
61
V.Okon tomonidan quyidagicha tasvirlangan. jarayoni deb atash mumkin. Uni
ketma-ketligi quyidagicha bо‘ladi:
-о‘quv rejasi va о‘quv dasturida kо‘zda tutilgan о‘qitish mazmunini tanlash;
-о‘qituvchi mо‘ljal olishi zarur bо‘lgan birlamchi maqsadlani tanlash:
loyihalashtirilayotgan fani о‘qitish mobaynida о‘quvchilarda qanday kasbiy va xissiy
sifatlar shakllantiriladi;
-maqsadlar yig‘indisini yoki birlamchi ustun maqsadlardan birini kо‘zda
tutuvchi texnologiyalar tanlash;
-о‘qitish texnologiyalarini ishlab chiqish.
Shaxsni jadal rivojlanishi individni taraqqiyotini kо‘zda tutadigan jismoniy va
psixik о‘zgarishlari uni hamma bosqichlarida kichikdan katta, soddadan
murakkabga, pastdan yuqoriga о‘tishidir.
Shaxs rivojlanishining maxsus xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi:
-immanentlik: tabiat tomonidan berilgan shaxs xususiyatlarini daxlsiz
rivojlanishi;
-biogenlik: kо‘p jihatdan nasliy belgilanadigan shaxsni psixik
rivojlanishi;
-sodiogennlik; ijtimoiy muhit ta’siri.
-psixologik: inson-о‘z-о‘zini tuzatuvchi va о‘z-о‘zini boshqaruvchi
tizim;
-individuallik: shaxs о‘zida noyob hodisalarni, individual sifatlar tо‘plami va о‘ziga xos rivojlanish varianti bilan farq qilishini kо‘rsatadi;
-bosqichlilik; shaxs rivojlanishi umumiy davriylik qonuniga buysо‘nadi;
chiziqlilik: har bir shaxs о‘zicha tempda tasodifiy tezlashish vaqtini taqsimlanishini va qarama qarshiliklarni ortishini sezib rivojlanadi;
Jismoniy yosh psixik rivojlanishining imkoniyatlari, sifat va son tavsifini belgilaydi.
Darslarning texnologik xaritasini yaratish qonuniyatlari individning darajasi va xususiyatlaridan foydalanadi va xisobga oladi.
Darslarning texnologik xaritasini yaratish shaklida о‘quvchi faoliyatining hamma bosqichlarida tо‘laqonli subyekt bо‘ladi. Har bir bosqich shaxs rivojlanishiga maxsus xissa qо‘shadi. Maqsadni kо‘zlash faoliyatida erkinlik, maqsadga intilish, g‘urur, tо‘g‘rilik, qadr qimat, mustaqillik tarbiyalanadi; rejalashtirishda –tashabbus ijod, tashkilotchilik, mustaqillik, iroda; maqsadni amalga oshirishda – mehnatsevarlik, intizom faollik, maxorat; taxlil qilish bosqichida munosabat, javobgarlik, baholash kategoriyalari shakllantiriladi. Zamonaviy pedagogikadagi hamma shaxs sifatlari guruhlari:
BMK-bilim, malaka, kо‘nikma;
AFU-aqliy faoliyat usullari;
SHО‘BM-shaxsni о‘zini boshqarish mexanizmi HAD – hissiy axloqiy doira
Pedagogik loyihalashtirish va pedagogik texnologiyalar PFM-pedagogik faoliyat muhiti-murakkab dinamiy rivojlanuvchi butun
tizimni aks ettiradi va о‘zaro bog‘laydi. Individual farqlar u yoki bu guruh
62
sifatlarini rivojlanish darajasini belgilaydi. Rivojlantiruvchi о‘qitish texnologiyasi shaxsni hama sifatlari majmui yuzaga keladigan butun garmonik
-
rivojlanishiga
|
yо‘naltirilgan
|
RО‘-rivojlantiruvchi
|
о‘qitish.
|
RО‘=BMK+AFU+SHО‘BM+HAD+PFM
|
|
|
Rivojlantiruvchi
|
о‘qitish о‘quvchi о‘qituvchi yordamida
|
bajaradigan
|
faoliyatda “yaqin rivolanish zonasi”ni kо‘zda tutadi.
|
|
Rivojlantiruvchi о‘qitish yaqin rivojlantirish zonasidan о‘tadi
|
(L.S.Vigotskiy bо‘yicha)
|
rivojlantiruvchi
|
ta’lim texnologiyalari ichidan
|
tadqiqot
|
uchun
|
L.V.Zankov
|
tizimi,
|
D.B.Yelkonin-V.V.Davidov
|
texnologiyalari, G.S.Altshullerning rivojlantiruvchi ta’lim tizimini shaxs ijodiy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan tizimi qiziqishi uyg‘otadi. Oxirgisidan tashqari , kо‘rsatilgan bu innovatsion texnologiyalar-maktab pedagogikasi texnologiyalaridir, lekin ularga oliy maktab pedagogikasi didaktik tamoyillarini kiritish mumkin va ular oliy bilim yurti modifikatsiyasini qayta ishlash ba’zasi bо‘lib xizmat qilishi mumkin.
L.V.Zankovning konseptual didaktik vaziyatlari qiymati mazmunini tо‘liqligi va butunligida , о‘qitishda qiyinchiliklar yuqori darajada, xarakatning tezligida, anglangan motivatsiyalarda, variantlilikda, individuallikda, induktiv metodni qо‘llashda, mazmunni muammolashtirishda va о‘qitish jarayonida ratsional va xissiy tafakkurni kiritishdadir.
D.B.Yelkonin-V.V.Davidov texnologiyasi “mazmunini boyitish” asosiga qurilgan bо‘lib, unga ilmning, sabab oqibat aloqasi va qonuniyatlarini chuqur aks ettiradigan umumiy tushunchalari, fundamental genitik birlamchi tasavvurlar (son, sо‘z, energiya, metall) ichki aloqalar ajratilgan tushunchalar, mavxumlashtirish yо‘li bilan olingan nazariy obrazlar kiradi.
Mualliflar maqsad urg‘usini quyidagi texnologiyalarda keltirilgan:
-nazariy anglash va tafakkurlashni shakllantirish;
-bilim malaka kо‘nikmalarni qancha shakllantirsa, aqliy faoliyat usullari shuncha shakllanadi;
-о‘quv faoliyatiga ilmiy tafakkur mantig‘ini kiritish;
Bu metodikalar xususiyati о‘quv faoliyatini maqsadga yо‘naltirilganligi, ongli rivojlantirish maqsadi, sube’ktni-sube’ktga munosabati pedagogni о‘quvchiga nisbatan munosabati, metodologiyalarni bilim malaka kо‘nikmani va aqliy faoliyat usullari, ijodiy refleksni shakllantirishga qaratilganligi
hisoblanadi. Bu metodikaga о‘quvchini maqsad va vazifalar qо‘yishi, о‘zi о‘zgartiritishlar kiritishi va ijodiy yechadigan maqsadga yо‘naltirilgan о‘quv faoliyati sifatida qarash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |