II.4-§. Maxsus maktabda og‘zaki nutq darsi
Og‘zaki nutq darsi faqat tayyorlov sinflarining o‘quv rejasida mavjud. U birinchi sinflarda o‘tkaziladigan nutq o‘stirish darslaridan farq qiladi, farqlanishlar og‘zaki nutq shakllantirish vazifalaridan kelib chiqqan. Ushbu darslarda ish o‘quvchilarda eshitadiganlarning asosiy muloqot quroli bo‘lgan va kar o‘quvchilarni egallashlari ancha qiyin bo‘lgan nutq shaklini shakllantirishdan boshlanadi. Og‘zaki nutq darsini birinchi navbatdagi vazifasi kichik kar o‘quvchilarda og‘zaki nutq shaklini muloqot quroli sifatida shakllantirish hisoblanadi. Aynan shuning uchun dars mazmuni, uni tashkil etish unda qo‘llaniladigan mashqlar, vazifalar, masalalar, ish turlari barii ushbu masalani xal etishga yo‘naltiriladi. Biroq og‘zaki nutq darslari bolalar tomonidan so‘zlarni, iboralarni, ularni muloqotda qo‘llash ko‘nikmasidan tashqari, nutq tovushlarni, talaffuzning turli tomonlari ustida maqsadga yo‘naltirilan ishni nazarda tutadi.
Shuningdek, nutq ustirish darslarida talaffuzga o‘rgatish ishlari o‘tkaziladi (to‘g‘ri talaffuz mashqlari, uni korreksiyalash) ammo asosiy diqqat bunga emas, balki turli nutqiy malakalarni shakllantirishga qaratiladi. Savollarga javoblar, hikoyalarni, rasmlarni turli tasvirlash, suhbat va boshqalar. Tayyorlov sinfi o‘quvchilari og‘zaki nutq darslarida ish ko‘p hollarda ovoz chiqarish, tovush qo‘shishdan boshlanadi. Ilk tovushlar – “a”, “o” darhol so‘zga kiritiladi. Ushbu tovushlar mavjud so‘zni o‘quvchilar ko‘ruv-eshituv idrok etishga va og‘zaki talaffuz etishga o‘rganishadi. Keyinchalik har bir yangi tovush bolalarga so‘zlarda beriladi. Darsda so‘z ma’nolari ochib chiqiladi (yuqorida keltirilgan ish turlarini qo‘llab) va o‘quvchilar uni talaffuz etishni o‘rnaishadi. Shu maqsadda qayta ishlashni talab etuvchi tovushni ajratib olish bilan so‘z analizi o‘tkaziladi. O‘quvchilar uni alohida talaffuz etishga, so‘ng bo‘g‘inlarda va keyin yana butun so‘z tarkibida talaffuz etishga mashq qildiriladi. Darsdagi keyingi barcha ishlar yangi so‘zni anglab yetishga yo‘naltiriladi (uni ma’nosi va talaffuzi, uni nutqda qo‘llash sharoitlariga ko‘ra amalga oshiriladi). Og‘zaki nutq darslarida og‘zaki, yozma va daktil nutq shakllari qo‘llaniladi, biroq daktil nutqi ushbu darslarda asosiy emas balki yordamchi vosita hisoblanadi. U o‘qituvchi tomonidan yangi so‘zni ma’lum qilishda (agar u daktil nutqi darslarida ishlatilmagan bo‘lsa). Shuningdek o‘quvchilar nutqiy materialni ko‘ruv-eshituv orqali qabul qilishga qiynalganlarida qo‘llaniladi. o‘quvchilar daktil nutqini yangi so‘zni tovush, xarf tarkibini anglashda va uni talaffuz etishga qiyinchiliklarga duch kelganlarida qo‘llashadi. Yozma nutq yangi so‘zni ma’lum qilishda (odatda tablichkadagi yozuvlarda) o‘qishga asoslangan mashqlarda (so‘zlarni, iboralarni o‘qishda, so‘zlardagi tushirib qoldirilgan xarflarni to‘ldirishda, so‘z juftliklarini tanlashda va boshqalarda) qo‘llaniladi. Biroq yozma nutqni qo‘llashga ko‘p kirishib ketmaslik kerak. S.A.Zikovning e’tirof etishicha, o‘qish orqali talaffuzga o‘rganuvchi bolalar artikulyatsion jihatdan juda kam tayyorlangan bo‘ladi. Axir ular so‘zlaganlarida, ularning ko‘z o‘ngida yozilgan matn bo‘lmaydi.
Ishning bunday usuli biz keltirgan tizimda ayniqsa maqsadga muvofiq emas.
104
Bu jarayon keyinchalik nutq xarakat analizatorini rivojlantirish bilan kechadigan qo‘lning xarakat analizatorini dastlabki qo‘llash va rivojlantirish asosida namoyon bo‘ladi. Og‘zaki nutq darslarida qo‘llaniladigan ish turlari orasidan so‘zlarni o‘qish emas balki mustaqil ifoda etishga asoslangan maqsadga muvofiqdir. Shu maqsadda quyidagi ish turlari keng qulmanilmoqda: predmetlarni, ularni modellarini, rasmlarni, ularning ko‘rsatish bo‘yicha xarakatlarni namoyish etish, savollarga javoblar va boshqalar. Og‘zaki nutq darslarida turli xil o‘yinlar, og‘zaki nutqiy muloqotda qo‘llashi o‘rgatish uchun sharoit yaratuvchi vaziyatlar qo‘llaniladi. Daktil nutqiga o‘rgatishda qo‘llanilgan o‘yinlar, og‘zaki nutq darslarida ham qo‘llanilishi mumkin. Og‘zaki nutq darslarida materialni qayta ishlashni umumiy sxemasi quyidagicha:
O‘qituvchi so‘zni ma’lum qilishi (mikrofonda, og‘zaki daktilda, so‘zli ifodani ko‘rsatib);
O‘quvchilar tomonidan so‘zni ifodalanishi (og‘zaki daktilda, og‘zaki);
Uning talaffuzini qayta ishlash (so‘z, bug‘in, tovush);
So‘zlarni ifoda etishdagi mashqlar.
Daktil nutqini qo‘llanilishi so‘zning analizini uning sintezini ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun og‘zaki nutq darslarida so‘zni to‘liq talaffuz etishga, alohida va so‘z iboralarda qo‘shib va ritmik talaffuzini ishlab chiqishga urg‘u berish maqsadga muvofiqdir. Talaffuzga o‘rgatish metodi analitik-sentetik, konsentrik deb nomlanishi mumkin. Ishning umumiy sxemasi og‘zaki nutq darsining qurilishida o‘z aksini topadi. Dars mavzusi dasturga ko‘ra belgilanadi. Dars maqsadi uning vazifalariga ko‘ra aniqlanadi. Yangi so‘z bilan tanishtirish, tovushni so‘zlarda talaffuz qilishni mashq qildirish va boshqalar. Darsni jihozlashda kerakli predmetlar kiritiladi: rasmlar, o‘yinlar uchun jihozlar, so‘zli ifodalar, “Talaffuz”, nutq o‘stirish, “Alifbe” darsliklari.
Do'stlaringiz bilan baham: |