Savol va topshiriqlar
Og‘zaki nutqga o‘rgatish mazmunini yoriting.
Tayyorlov sinflarida og‘zaki va yozma nutqqa o‘rgatish uslubiyatini o‘xshash va farqli jihatlarini ko‘rsating.
Og‘zaki nutqqa o‘rgatish bo‘yicha ish turlarini tavsiflang.
Og‘zaki nutqqa o‘rgatish bo‘yicha dastur talablarini yoriting.
Og‘zaki nutq darslarida materialni qayta ishlashni umumiy sxemasi qanday bо‘ladi?
Og‘zaki nutq dars maqsadi uning vazifalariga ko‘ra qanday aniqlanadi?
Maxsus maktabda og‘zaki nutq darsi mazmunini yoriting.
Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni og‘zaki nutqni idrok etishga
о‘rgatish turlarini tavsiflang
9. . Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni ekspressiv og‘zaki nutqga о‘rgatish turlarini tavsiflang
105
III -BOB. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni savodga о‘rgatish uslubiyati
III.1-§. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni savodga о‘rgatishning zamonaviy usuli
Savodga o‘rgatish tayyorlov sinfida nutq ustida ishlashni uchinchi bo‘limidir. Ushbu bo‘limning maqsadi kar o‘quvchilarda o‘qish va yozishni boshlang‘ich bilimlarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Og‘zaki nutqdagi singari bu yerda impressiv o‘qish va ekpressiv yozish shakllari ajratiladi. U yoki bu nutq shakllarini egallash nafaqat karlar balki, eshitadigan bolalar uchun ham sezilarli qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu qiyinchiliklar o‘qish texnikasi va o‘qilganni anglash bilan bog‘liq.
O‘qish va yozish malakalari – bu nutqiy malakalar, o‘qish va yozishni o‘zi esa nutqiy faoliyatni shunday turishi namoyon etadiki, ularni egallashda motiv va ehtiyojlar katta ahamiyatga ega. Agar og‘zaki nutqni eshitadigan bolada atrofdagilar bilan munosabatda bo‘lish jarayonida deyarli qiyinchiliklarsiz egallansa, yozma nutqni egallash uni anglab o‘rganishni talab etadi. O‘zbek yozuvi – tovushli, fonemali, har bir fonema o‘z belgi va grafikani xosligidir. O‘qish mexanizmi yozma bosma belgilarni, ularning xayoliy birlik komplekslarini qayta kodlashdan iborat. Yozish mexanizmi mazmunini, birliklarni shartli birliklarga ko‘chirilishida ifodalanadi. Yozuvda tovushlar harflarga, o‘qishda esa tovushlari qayta kodlanadi. Psixologlar, tilshunoslar, metodistlar o‘qish va yozish jarayonini psixologo – fiziologik asoslarini yoritib borib, bolalar tomonidan ushbu nutqiy faoliyatlarini egallash, ulardan irodaviy, aqliy, jismoniy malaka ko‘nikmalarni shakllantirishni talab etishini belgilab o‘tganlar. O‘qitish boshida o‘qish jarayoni shoshmasdan amalga oshiriladi, chunki bolaning «o‘qish maydoni» bir harfni tashkil etadi, u harfni qabul qilishi, tushunishi uni kerakli tovushga o‘girishi lozim. So‘zda nechta harf bo‘lsa shuncha bosqichlarni o‘tash zarur. So‘ng tovushlarni bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inlarni so‘zlarga qo‘shish kerak. o‘qishni texnik tomoni katta e’tibor va diqqatni, kuchni talab etadi. Ammo o‘qilgan so‘z doim ham bola tomonidan tez tushunilmaydi. O‘qilganni ahamiyatini tushunish o‘qish jarayoni bilan bir vaqtda kechmaydi. O‘qishdagi katta qiyinchilik tovushlar birlashuvida sodir bo‘ladi. Bolalar alohida tovushni talafuz etadi, ammo ularni bo‘g‘inlarga birlashtira olmaydi.
Hozirda ommaviy maktablarda savodga o‘rgatishda tovushlarni analetik – sintetik metodi qo‘llanilmoqda. U o‘qituvchilar amaliyotida yig‘ilgan va yetakchi metodikaga ko‘ra ishlab chiqilgan barcha yaxshi narsalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu metodga ko‘ra o‘qituvchi bolalarni nutqda so‘zlarni, so‘zlarda bo‘g‘inlarni, ularda tovushlarni ajratishga o‘rgatish lozim. Tovushni talaffuz etilishi ajratgandan so‘ng o‘qtuvchi ushbu tovushning belgisini, ya’ni harfni ko‘rsatadi. So‘ng bolalar yangi harf bilan bo‘g‘in va so‘zlar tuzishni o‘rganadilar.
Surdopedogogikada mavjud bo‘lgan nutqga o‘rgatish tizimda savodga o‘rgatish masalasi turlicha hal qilingan. Mimik sistemada karlarni mimik nutqini rivojlantirish asos sifatida amalga oshiriladi. Ularni yozma nutqga o‘rgatishda mimik belgilarini grafik belgilarga o‘tkazilishidan foydalanilgan. Yozuvga o‘rgatish jarayoni
106
quyidagilarda ifodalangan: predmet va u haqidagi tushunchani – mimik belgiga undan yozuvga, o‘qishda – grafik obrazdan mimik belgiga undan predmet haqidagi tushunchaga o‘tilgan.
Tilga o‘rgatishni yozma tizimida og‘zaki nutqning bazasi sifatida ko‘riladigan yozma nutq asos qilib olindi. Yozishda tushunchadan uning grafik belgisiga o‘qishda esa grafik obrazdan – tushunchaga o‘tilar edi. Ushbu ikki tizimni qo‘llanilishida savodga o‘rgatish grafik obrazlarni va ularni tushunchalar bilan bog‘liqligini aks ettirardi. Savodga o‘rgatish yozma nutqni rivojlantirish bilan bir vaqtda kechgan, shuning uchun nutqga o‘rgatish haqida so‘zlaganda, savodga o‘rgatishni ham nazarda tutilgan18.
Sof toza og‘zaki tizimda o‘qish va yozish og‘zaki nutqga o‘rgatish yordamchi vositalari sifatida qo‘llanilgan va bu masalani hal qilishda asos bo‘lgan. Thomas Arnold shunday degan: «kar o‘quv muassasalarida, yozish va o‘qishga o‘rgatiladi. Kar o‘quvchilarni yozma nutqini shakllantirishni og‘zaki nutqga o‘rgatish bilan bir vaqtda boshlash lozim deya ta’kidlagan. Thomas Arnold o‘qish va yozishga o‘rgatishda tovush – sintetik metodidan foydalanishni tavsiya etgan: tovush talaffuziga o‘rgatish, so‘ng mos harfning o‘qilishi va yozilishi, undan so‘ng esa bo‘g‘in va so‘zlarni talaffuzga o‘rgatishni samarali usul deb ko‘rsatgan19.
O‘qish va yozishga o‘rgatish metodikasi rivojlanishida F.A.Rau va N.A.Rau tomonidan ishlab chiqilgan alifbolar katta ahamiyatga ega edi. Birinchi alifbo 1903 yilda nashr etilgan edi. Unga ko‘ra savodga o‘rgatishni tovush-sintetik metodikasi amal qilib o‘qituvchilar bolalarni og‘zaki nutqga o‘qitishga o‘rgatib borganlar, o‘quvchilar o‘qib talaffuzni o‘rganishgan. 19-20 yillarda karlar maktabiga o‘sha vaqtda ommaviy maktablarda tarqalgan butun so‘zlar metodi kirib kelgan. Kar bolalar maktablari dasturlarida maktabni barcha ishlari, shuningdek savodga o‘rgatish ham og‘zaki nutqni rivojlantirishga xizmat qilgan. Va o‘qish va yozish materiali sifatida ma’nosiz tovushlar birlashmasi emas balki so‘z va iboralar xizmat qilishi ko‘rsatilgan. Ammo o‘quvchilarga so‘zning tovush tuzilishini anglash taklif etilmagan. Shuning uchun so‘zlarni grafik obrazli eslab qolish va ularni o‘qishda eslash rasmiy o‘lik holda bo‘lgan. Yozishda bolalar harflarni birin-ketin ko‘chirib olishgan.
1939 yilda F.A.Rau va N.A.Raularning yangi «alifbe»si paydo bo‘ldi. Unda savodga o‘rgatish metodlarini rivojlanishini keyingi bosqichi ifodalangan edi. Uni asosini tovushni analitik-sintetik metodi tashkil etdi. Ushbu savodga o‘rgatish metodini ommaviy maktabda qo‘llanilishini bolalarda eshitish va nutq tovushlarini ajratish, so‘zlarni, bo‘g‘inlarni va ularni umumlashtirishni sintez malakalarini rivojlanishini nazarda tutgan. N.A.Rau va F.A.Raular tomonidan «Alifbe» so‘z boshisida keltirilgan savodga o‘rgatish bo‘yicha ish tartibi ham ishni so‘z va uni talaffuzdan boshlanishi nazarda tutgan, ammo keyingi analiz og‘zaki so‘zga emas yozmaga keltirilgan ya’ni uning harf tarkibi. Analiz kechishida bolalar talaffuziga
Thomas Arnold A method of teaching the deaf and dumb speech, lip-reading, and language – London , 2010. -45 p.
Thomas Arnold A method of teaching the deaf and dumb speech, lip-reading, and language – London , 2010. -52 p.
107
o‘rganganlar. Ushbu «Alifbe» kitobi bo‘yicha savodga o‘rgatish metodikasi Zikovni quyidagi xulosaga yo‘naltirdi: bu metodni tovush emas balki, harf analitik-sintetik metod deya nomlash to‘g‘ri bo‘lar edi, chunki analiz sintez jarayoni so‘zli ifoda asosida amalga oshiriladi.
Kar o‘quvchilarni o‘qitish amaliyotini keyingi rivojlanishi savodga o‘rgatishni analitik – sintetik metodini tarkib topishiga olib keldi. 1940 yilda S.A.Zikov tomonidan «Kar - soqov bolalar alifbe»si tuziladi. Bu metod og‘zaki nutqni rivojlantirish, savod o‘rgatishdan oldin boshlashni ko‘zda tutadi. Ushbu metod asosida o‘quvchilar tovushni alohida va so‘zda talaffuz qilishni o‘rganganlaridan so‘ng, bu tovushning grafik belgisini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bunda o‘qish va yozishga o‘rgatish bir vaqtda amalga oshiriladi.
Savodga o‘rgatish tovushlarni qo‘yish, og‘zaki nutqni rivojlanishidan so‘ng kelgani sababli savodga o‘rgatish muddati 1,5 yilgacha cho‘zilgan. Savodga o‘rgatishni Ushbu metodikasi 50 – yillar oxiriga karlar maktabida tilga o‘rgatish tizimida nutqiy muloqot prinsipini kiritilishiga qadar saqlanib qolgan.
Nutqga o‘rgatishni «kommunikativ» tizimi savodga o‘rgatishni, tayyorlov sinflarida III – IV choraklarda o‘qish va yozishga o‘rgatishni nazarda tutadi. Nutqga o‘rgatishda daktil nutqi boshlang‘ich omil hisoblangan sharoitlarda savodga o‘rgatish jarayoni o‘ziga xoslikka ega bo‘ladi. Yuqorida keltirib o‘tilganidek, o‘qish va yozishga o‘rgatish asosida so‘zning analazi va sintezi yotadi. Kar bolalar bu jarayonlar bilan savodga o‘rgatishda emas, balki nutqni daktil shaklida egallashda duch keladilar. So‘zni daktillab, uni analiz va sintezini o‘tkazadilar. Daktil so‘ziga o‘rgatish o‘rgatilayotgan so‘z yozilgan jadvalni ko‘rsatish bilan kechsa, uni so‘zlash uchun o‘quvchi jadvalni o‘qishi lozim. Daktillab gapirayotganda bolalar daktillarni birin-ketin ko‘rsatadilar. Ular harflar izchilligiga qat’iy bo‘ysunadilar, ushbu metod yozishga yaqin jarayonni bajaradilar. Datil nutqiga o‘rgatish bolalarni savodni egallashga tayyorlaydi. Shuningdek harf tarkibini ular bu jarayon yo‘sinida egallaydilar. Daktil nutqiga o‘rgatishda o‘quvchilar daktil alifbosida foydalanadilar, ammo ikkinchi chorakdan bolalar daktilni egalab bo‘lgach ularga alifbo yangi ko‘rinishda beriladi. Unda daktillar bosma harflar bilan birga keladi. O‘quvchilarga harflarni maxsus o‘rgatilmaydi ammo kesma alifboga doimiy murojaat etish, daktil nutqi darslarida qo‘llash harflarni xotirada saqlanib qolishiga zamin yaratadi. Uchinchi chorakda alifbodagi harflar ularga mos daktilsiz beriladi va uni qo‘llash bolalarni bosma harf borasidagi bilimlarini mustahkamlaydi. Birinchi chorakdan harf alifbosini qo‘llash mumkinligi tavsiya etilmaydi (Individual va jamoa bilan qo‘llanuvchi daktil alifbosini mavjud bo‘lmaganida). Chunki bu holatda bolalarda so‘zlarni daktil orqali qabul qilishda, daktil belgilari tizimini anglashda qo‘shimcha qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin.
Og‘zaki nutq darslari ham harf tizimini o‘rganishda katta hissa ho‘shadi. Bolalar bilan so‘zni tovush almashinuvi o‘tkazgach o‘qituvchi qayta ishlashni talab etadigan tovushni ajratadi va bu tovushga mos harfni jadvalchadagi tasvirini ko‘rsatadi. Og‘zaki nutq dasturi talablariga rioya qilib, kar o‘quvchilar birinchi chorakda 11 ta harfni biladilar, ikkinchi chorakda ular soni 20tadan oshadi. Uchinchi chorakda bolalar barcha harflarni bilishadi, ularni daktil va og‘zaki talaffuzi bilan
108
solishtiradilar (17 ta tovushni aniq talaffuz etadilar qolganlarini yaqin qabul qilish, o‘rin almashtirishga ko‘ra talaffuz qiladi).
Shunday qilib o‘quvchilar so‘zni analiz, sintez jarayonlarini egallab borishi birinchi chorakdan boshlanadi. Yozuvga o‘rgatishga o‘qishga o‘rgatish bilan bir vaqtga emas keyinroq kirishiladi. O‘qish va yozishga o‘rgatishni bunday yondoshuvi ommaviy maktabda qabul qilingan uslubiyatdan sezilarli farq qiladi. Nutqiy materialni analiz sintez bo‘yicha propedevdik ishi bilan, o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish ishlarini bir vaqtda boshlamasligi bilan. Yozuvga o‘rgatish yondoshuvi o‘zgartirilgan bo‘ladi. Karlar maktabida savodga o‘rgatish asosan og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun qo‘llangan nutqiy material asosida amalga oshadi. Bu savodga o‘qish darslarida so‘zlarni ma’nosini bo‘yicha ish olib borilmaydi, ammo bu holat o‘quvchilar tomonidan o‘qilayotgan va yozilayotganlarni tushunish ishlarini mustasno etmaydi.
Nutqga o‘rgatishni kommunikativ tizimi uchun xos bo‘lgan savodga o‘rgatishni bunday yondoshuvi S.A.Zikov tomonidan yaratilgan «alifbo»da o‘z aksini topdi. Unda nutqning uch shakli (daktil, og‘zaki va yozma) orasidagi o‘zaro bog‘liqlik yaqqol kuzatilgan va nutqiy muloqot quroli sifatida o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Alifbo betlarida daktil nutqi darslarida egallangan so‘zlarni daktil yozuvi materiali berilgan bo‘ladi. So‘ng harf shiriftida yozilgan so‘zlar qo‘llaniladi. Bu berilgan so‘zlar bola tomonidan og‘zaki nutq darslarida egalanayotganini va og‘zaki talaffuz mumkinligini anglatadi. Darslikni keyingi betlari ham daktil bosma shirftiga ega bo‘ladi, bu o‘qituvchiga bola nutqiga qanday talablar qo‘yish mumkinligini aniqlashga yordam beradi. «Alifbo»ni oxirgi betlari daktil belgilari berilmagan matnlar bilan tugallanadi. Bu barcha material bolaga og‘zaki talaffuz qilish lozimligini anglatadi. «Alifbe»da shuningdek yozishga o‘rgatish uchun ham material berilgan, u bolalarni asta-sekin oson harflarni yozishdan keyinga o‘tishni namoyon etgan. «Alifbe» daktil nutqiga o‘rgatish, og‘zaki nutq va savodga o‘rgatish dasrlarida qo‘llanilgan.
S.A.Zikov «Alifbe»si maktabgacha tayyorgarliksiz, tayyorlov sinfiga boradigan, nutqi mavjud bo‘lmagan bolalarni savodga o‘rgatish uchun mo‘ljallangan edi. Chunki savodga o‘rgatishni nutq rivojlanishini ma’lum darajasisiz amalga oshirish mumkin emas. S.A. Zikov boshchiligidagi 60 – yillar oxiridagi ilgari surgan kar o‘quvchilarni yangi didaktik tizim bo‘yicha o‘qitish predmet amaliy faoliyatini keng qo‘llanilishiga asoslangan bo‘lib, savodga o‘rgatishga yondashuv tamoyillarini o‘zratira olmadi. Ammo P.A.T. qo‘llanilishi o‘qish va yozishga o‘rgatish samaradorligini oshirdi. O‘quv jarayonida P.A.F. qo‘llanilishi, tayyorlov sinfiga P.A.T. darslarini kiritish nutqni muloqot sifatida egallash jarayonini faollashtirdi, o‘quvchilarni nutq boyligini sezilarli kengaytirdi, savodga o‘rgatishda zarur bo‘lgan nutqiy negizni ertaroq yaratishga yo‘l ochdi. P.A.T. darslarida o‘quvchilar birinchi chorakda va xususan keyingi choraklarda yozma ko‘rsatmalar bo‘yicha ishlashadi. Bu esa o‘quvchilar o‘qilganlarni tushunishi o‘qish va yozishga o‘rganayotganlarini anglatadi. Bu sharoitlarda o‘qituvchiga ularni o‘qishlarini anglanganligini, yozma nutqini tushunishlarini nazorat qilish ishlarini tashkillashtirish osonroq kechadi. Bundan tashqari P.A.T. darslarida o‘quvchilar ishlari haqida hisobot beradilar.
109
Birinchi chorakdayoq ular kesma alifbodan tayyorlangan predmet nomini keyinroq esa tarkibida aniqlovchi, to‘ldiruvchi, xoll, kesim kabi bo‘laklarni olgan butun gaplarni yig‘adilar. O‘quvchilar yozma shiriftni egallab borgan sari harflar kassasi bilan ishlash yozma hisobot bilan almashiniladi. P.A.T. darslariga kiritilgan bunday mashqlar bolalar tomonidan o‘qish va yozish malakalarini anglab egallashga zamin yaratadi. Savodga o‘rgatish darslariga yorituvchi P.A.F turli ko‘rinishlarini qo‘llaydi, bu o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Pedagogik jarayonga P.A.F. kirib kelishi bilan bog‘liq holda kar bolalarni o‘qitishni yangi sharoitlari, ularni nutqiy rivojlanishini, savodga o‘rgatish ishlarini boshlashi uchun qo‘lay imkoniyat tug‘iladi. Karlar maktabi uchun tuzilgan ona tili dasturining «tushuntirish xatida» savodga o‘rgatish darslarini tayyorlov sinfi birinchi choragidan kiritish imkoniyatlari haqida ma’lumot mvjud. Bu alfabegacha davr bo‘lib, unda bolalarni yaqin atrof bilan tanishnadilar, predmetlarni, rasmlarni nomlashga o‘rganadilar, ularni nomini kesma alifbodan yig‘ilishi, yozuvga tayyorlaydigan mashqlar bajarishga o‘rganadilar. Ikkinchi chorakdan alifbe davri boshlanadi uning jarayonida bolalar yozishga o‘rganishni boshlaydilar, o‘qishga o‘rgatish davom etadi. To‘rtinchi chorakda alifbedan keyingi davrda o‘qish va yozish malakalari mustahkamlanadi.
Dasturni yangi talablari 1985 yili chop etilgan «Alifbe»da o‘z aksini topgan. Alifbening muallif jamoasini (F.A.Rau, Z.G.Kas, N.A.Moreva, N.F.Slizinsa) bu kitob og‘zaki nutqga va savodga o‘rgatish uchun qo‘llanilishi mumkinligini e’tirof etadi. Darslikda og‘zaki nutqni o‘qitish uchun konseptrik metod talablariga mos talaffuzni shakllantirish uchun boy material mavjud. Shu yerning o‘zida o‘qish va yozisha qrgatish uchun material kar o‘quvchilarni nutqga o‘rgatishni zamonaviy tizimida qabul qilingan savodga o‘rgatishning asosiy metodik yo‘llarini aks ettiradigan vazifalar berilgan.
Turli davrlarda o‘qish va yozishga o‘rgatish ishlarini mualliflar tomonidan «Alifbe»ga berilgan metodik ko‘satmalarida sanab o‘tilgan. Kommunikativ tizim shart sharoitlaridagi savodga o‘rgatish metodi analiz-sintetik deya nomlanishi mumkin, ammo u amalga oshirilishi uchun nutqga egallash daktil nutq shaklida boshlanishi, og‘zaki nutqni o‘rgatishda konsentrik metod qo‘llaniladigan sharoit zarur bo‘ladi. Bu faktorlar savodga o‘rgatish jarayonlariga o‘ziga xoslik kiritadi: boshlang‘ich nutqiy rivojlanish sharoitlarida o‘qish va yozishga o‘rgatish; bolalar tomonidan o‘qish va yozishni bir vaqtda egallanmasligi; so‘zlarni to‘g‘ri grafik obrazini aniq yoki taxminiy talaffuz sharoitida anglash. Tayyorlov sinflarida o‘qvchilar o‘qish va yozishni ilk malakalarini egallaydilar. I chorakda savod darsining taxminiy tuzilishi (alifbegacha davr) quyidagicha bo‘lishi mumkin (Savodga o‘rgatish darslari tarkibiga bolalarga dakti nutqi, og‘zaki nutq PAT darslarida tanishtirilgan nutqiy material kirishini esalatib o‘tish joiz).
Do'stlaringiz bilan baham: |