Z. N. Mamarajabova ona tili o’qitish maxsus metodikasi


II.3-§. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni ekspressiv og‘zaki nutqga о‘rgatish



Download 3,53 Mb.
bet28/70
Sana13.07.2022
Hajmi3,53 Mb.
#790358
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
Bog'liq
ona tili Mamarajabova

II.3-§. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni ekspressiv og‘zaki nutqga о‘rgatish

Og‘zaki nutqni mustaqil qo‘llashga o‘rgatish yuqorida keltirilganidek ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi. Birinchi yo‘l butun o‘quv tarbiyaviy jarayon davomida o‘qituvchi nutqini eshitish va eshituv-ko‘rish asosida idrok etish bilan amalga oshadi. Bu holatda talaffuz malakalarini shakllantirish maxsus o‘qitishlarsiz informal tarzda amalga oshiriladi. Talaffuzga o‘rgatish informal yo‘li – nutq xarakat organlarini faollashtirishga xizmat qiladi, ba’zi talaffuz malakalarini egallashga zamin yaratadi. O‘qituvchi bolalarni o‘zining og‘zaki nutqini eshituv-ko‘rish asosida idrok etib unga taqlid qilishga undaydi, tasdiqlaydi, to‘g‘ri artikulyatsion xarakatlarni qo‘llaydi, noto‘g‘ri artikulyatsiyadan ogoh etadi. U o‘z diqqatini nafaqat bolaning nutq tovushlarini talaffuziga emas, balki ovoziga bolalar nafasiga, nutqning bog‘liqligiga qaratadi. Ushbu ishda katta yordamni ovoz kuchaytirgich apparatlari ko‘rsatadi, ular


101
o‘quvchilarga o‘qituvchi nutqini qabul qilish imkonini va individual mikrofonlarni qo‘llash orqali o‘zlarini eshitish imkonini beradi. O‘qituvchi bilan birga yoki uning ortidan barcha materialni ko‘rish eshitish orqali qabul qilib bolalarni gapirishga doimiy undash nafaqat ularning nutqiy apparatini faollashtiradi, balki ularda og‘zaki nutqni qo‘llashni doimiy malakasini tarbiyalaydi.


Biroq nutqni talaffuz tamoyili shakllantirish uchun birgina informal yo‘lning o‘zi kifoya emas. Ikkinchi yo‘l ham – talaffuz malakalarini maxsus, rejali shakllantirish zarur. Ushbu ish og‘zaki nutq darslarida, yakka mashg‘ulotlarda, fonetik mashqlar davomida amalga oshiriladi va o‘z ichiga tovushlarni, so‘z iboralarni ishlab chiqishni normal ovoz va to‘g‘ri nutqiy nafasni ishlab chiqishni qamrab oladi. Talaffuzni shakllantirish nutqni ifodalashni aniqligini rivojlantirishda katta o‘rni musiqiy-ritmik mashg‘ulotlarga ajratiladi.


Og‘zaki nutq darslarining mazmuni nafaqat talaffuz ustidagi ishlarni, balki ushbu nutq shaklidan muloqotda foydalanishga o‘rgatishni nazarda tutadi. O‘qitish materiali og‘zaki nutq dasturiga ko‘ra ajratilgan va Rau, Slezinalar tomonidan ishlab chiqilgan talaffuzni o‘rgatishni konsentrik metodida ko‘rsatilgan nutq tovushlarini ishlab chiqishlarini ishlab chiqishni ma’lum izchilligini hisobga oladi.


Og‘zaki nutq darslarida so‘zning tovush tarkibi ustida ish olib boriladi. Shuning o‘zida so‘zning ma’nosi yoritiladi, bolalar uni talaffuz qilishni muloqotda qo‘llashni o‘rganishadi. So‘zning talaffuz ustidagi ish uning ma’nosini yoritib berilgandan so‘nggina boshlanadi. Shu maqsadda og‘zaki nutq darslarida daktil nutqiga o‘rgatish metodik usullarda qo‘llaniladi. Bu sharoitlarda kerakli so‘z qo‘llanilishi shart.


Aniq ahamiyatga ega so‘zlarni ma’nosi turli ish turlarini qo‘llash yo‘li bilan ochiladi. Predmetni rasmini ko‘rsatish, rasmni nomlash, so‘zning grafik elementlariga ko‘ra so‘zni og‘zaki shaklda ifoda etish (xarf, bo‘g‘in, so‘zlarni o‘qish, xarakatga ko‘ra so‘zni ifodalash). So‘zni berish uslubiyati (metodikasi) quyidagicha:


O‘qituvchi predmetni (rasmni) ko‘rsatadi, uni og‘zaki daktilda nomlaydi, o‘quvchilarni birgalikda talaffuz etishga undaydi. Bolalar uni eshituv-ko‘ruv orqali idrok etadilar, og‘zaki – daktilda ifodalaydilar. So‘ng har bir o‘quvchiga so‘zni mikrafon orqali talaffuz etish imkoni beriladi va o‘qituvchi ishlab chiqilayotgan tovushning talaffuzini baholaydi. O‘quvchilar so‘zning tovush tarkibini o‘zlashtirib olganlaridan so‘ng ular so‘zni daktillashsiz talaffuz etadilar. Olingan talaffuz malakalari yakka mashg‘ulotlarda mustahkamlanadi. Shuunday qilib, tovush talaffuzi ustidagi ishning boshlang‘ich materiali uchun butun so‘z xizmat qiladi. U avval butunligicha so‘ng qismlarga bo‘lib talaffuz qilinadi. O‘qituvchi bolalar diqqatini fonemalarni bug‘inlarda va yakka talaffuz etishga qaratadi. Bunday analizdan so‘ng so‘zni sintez qismi ustida ish boshlanadi ya’ni fonemalarni bug‘inlarga, bug‘inlarni so‘zlarga bog‘lash. Talaffuz ustida ishlashni bunday yo‘li talaffuzga o‘rgatish analitiko-sintitik metodiga mos tushadi.


Og‘zaki ekspressiv nutqga o‘rgatish qisqartirilgan fonemalar tizimida qabul qilingan tovushlarni qo‘yish tartibiga ko‘ra tanlangan materialda olib boriladi. Talaffuzga o‘rgatishni konsentrik metodi qisqartirilgan fonemalar tizimini qo‘llashga asoslanadi. Talaffuzni barcha bo‘limlari bo‘yicha talablarni ortib borish izchilligini


102
nazarda tutadi. Boshlang‘ich (ilk) o‘qitish ikki konsentrdan iborat, ularning birinchisi tayyorlov sinfi bilan mos tushadi, ikkinchisi bir va ikki sinflarni qamrab oladi. Tayyorlov sinfida o‘quvchilar asosiy 17 fonemani aniq talaffuzini egallaydilar: “a”, “o”, “y”, “e”, “u”, “p”, “t”, “k”, “f”, “s”, “sh”, “x”, “v”, “m”, “n”, “l”, “p” – va ikki jarangli tovushlarni: “b”, “z”. Ushbu tovushlardan tuzilgan so‘zlarni bolalar aniq talaffuz etishadi. Shu tovushlarning o‘zi artikulyatsiya bo‘yicha yaqinlarni o‘rindoshi hisoblanadi, masalan, “s” tovushi “s’” – “z”-“z’”. Tovush ustidagi ish izchilligi dasturda keltirilgan, darslik betlarida o‘z ifodasini topgan. Tayyorlov sinfini 4-choragiga kelib kar o‘quvchilar asosiy tovushlarni talaffuzini egallashadi. Og‘zaki nutq darslarini bu davrdagi materiali bo‘lib daktil nutqida egallangan ibora, so‘zlar hisoblanadi. Bu esa 4 chorakka kelib darslarning nutqiy mazmuni ancha kengayishini anglatadi va bu bolalarga og‘zaki nutqni muloqot quroli sifatida o‘qitish ishlarini ancha jadal kechishi imkonini beradi. Bu davrda o‘qituvchi talaffuzni ikki turlanishlari ifodalovchi bolalar nutqini sinchkovlik bilan kuzatib borishi kerak. Birinchisi – 17 asosiy tovushlarni so‘zlarda aniq talaffuz etish (og‘zaki va daktil nutqining dasturidagi so‘zlar), ikkinchisi – qisqartirilgan fonemalar tizimiga ko‘ra asosiylari bilan almashtiriladigan tovushlarni o‘z ichiga oluvchi so‘zlarni talaffuz etish. To‘rtta chorakka qadar bolalar nutqida talaffuzni uchinchi turi ham mavjud bo‘ladi. Hali egallanmagan asosiy fonemalar va tovushlar imkon darajasida talaffuz etiladi. Bu holatda kerakli tovush o‘rnida o‘quvchilar faqatgina artikulyatsiya elementini berishadi yoki tovushni butkul tushurib qoldirishadi, qisqartirilgan fonemalar tizimida keltirilmagan tovush bilan almashtiradilar. Nutqni talaffuz tomoni ustidagi ish uslubiyatini kengaytirilgan tavsifi F.F.Rauning “Ustnaya rech gluxix” (M. 1973), o‘quv qo‘llanmasida berilgan. Talaffuzni shakllantirish va eshituv idrokini rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan yakka mashg‘ulotlarni tashkil eti shva o‘tkazish masalalari T.R.Sakolovskayaning “Razvitie sluovogo vospriyatiya gluxix


uchashixsya” (M. 1987) o‘qituvchilar uchun qo‘llanmasida yoritilgan. Bu masala bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni mavjudligi uni kengaytirib ko‘rmaslikka imkon beradi.


Og‘zaki nutq darslarida va yakka mashg‘ulotlar soatlarida shakllangan talaffuz malakalari barcha o‘quv-tarbiyaviy jarayon mobaynida takomillashib boradi. Shu maqsadda o‘qituvchi bolalar bilan muloqotda og‘zaki nutqiy material qo‘llashga ishlatiladi. Xatto bolalar o‘zlashtirilgan elementar so‘zlar ham (“ana”, “shu yerda”) ular nutqiga kiritilishi lozim. Bundan tashqari og‘zaki nutqni chegaralangan materialida shakllangan talaffuz malakalarini daktil nutqida egallangan so‘z va iboralarga yoyish lozim. Karlarni og‘zaki nutqini shakllantirish bo‘yicha o‘qituvchining maqsadga yo‘naltirilgan sistematik ishi yaxshi natijalarga olib keladi.


Shunday qilib, og‘zaki nutqni talaffuz malakalarini shakllantirish o‘zaro bog‘langan ikki yo‘l orqali amalga oshiriladi. Birinchisi – informal (maxsus o‘qitishsiz) – butun o‘quv tarbyaviy jarayon mobaynida o‘z o‘rniga ega va barcha darslarning nutqiy materialida amalga oshiriladi. Ikkinchi yo‘l fonetik tamoyilga ko‘ra tanlangan materialda talaffuz malakalarini ravon ishlab chiqishni nazarda tutadi va yakka mashg‘ulotlarga o‘tkazish bilan og‘zaki nutq darslarida amalga oshiriladi. Tovushlarni qo‘yishda bolalarning barcha saqlangan analizatorlari mavjud eshituv


103
qoldig‘idan foydalaniladi





Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish