IV. 2-§. Maxsus maktabda pretmet-amaliy ta’lim darslarida sо‘zlashuv nutqini rivojlantirish bо‘yicha ish turlari
Kar o‘quvchilarning so‘zlashuv nutqga o‘rgatish hamma darslarda, barcha predmetlar bo‘yicha va sinfdan tashqari vaqtlarda olib boriladi. Karlar maktabda o‘qitishning asosiy tamoyilliga muvofiq maktab dasturida so‘zlashuv nutqiga o‘rgatishning mazmuni va ketma-ketligi ko‘zda tutilgan.
Kar bolalar maktabida I-IV sinflarda o‘qitishning asosiy maqsadi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni og‘zaki nutqni muloqot quroli sifatida shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi. Har bir o‘quv fani bo‘yicha dasturda so‘zlashuv nutqini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan, ushbu predmet uchun spesifik bo‘lgan talablar bayon etilgan.
Dastur talablarini murakkablashi bir necha bosqich davomida amalga oshiriladi. O‘qituvchining ish faoliyatida boshqarish jarayoni miqdori kamaytirilib, ko‘proq o‘quvchilarning nutqi yildan yilga faollashtiriladi. Ikkinchidan nutqning iborali strukturasiga talab oshiriladi. Tipik iboralar o‘qituvchi va o‘quvchining nutqida ishlatilishida leksik tartibi va sintaksiz strukturada ishlatishi tavsiya qilinadi.
Tayyorlov sinflarning dasturi kabi I-IV sinf dasturlari eksperessiv iboralar shakllantirishni bir xil talab qiladi. Dialoglarni o‘zlashtirish talablari uchinchi planda turadi. Dialog ustida ishlash tayyorlov sinflarda mukammal savol va javob orqali boshlanadi. I-IV sinflarda dialoglar nafaqat ikki o‘quvchi orasida, balki butun sinf ishtiroki orqali ishlanadi. S.A.Zikov nafaqat o‘rganilgan iboralarni takrorlamasdan, balki yangi xayotiy misollar orqali dialoglar tuzishni kerakligini ta’kidlaydi iboralar mazmuni xayotiy bo‘lsa, o‘quvchilar boshidan qiziqa boshlaydi va ko‘proq so‘rab savol beradilar.
So‘zlashuv nutqini shakllantirish jarayonida o‘quvchilarning talaffuz ustida ko‘proq ishlash talab etiladi. So‘zlashuv nutqini shakllantirish uchun o‘qituvchi og‘zaki nutqni daktil bilan qo‘shib olib boradi. Kar o‘quvchi yangi so‘zni og‘zaki formada ifoda qilishga qiyinalganda daktil nutqidan foydalaniladi. Oson o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan iboralar daktil nutqi orqali ishlatilmaydi. So‘zlashuv nutqini mustahkamlash va o‘zlashtirish V-VII sinflar uchun dasturda o‘qituvchini og‘zaki nutq orqali muloqot qilishini talab qiladi. V-VII sinflarda so‘zlashuv nutqini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
Boshlang‘ich sinflarda o‘tilgan mavzularni mustahkamlash va aniqlash;
Yangi material bilan nutqni boyitish;
Monologik va dialogik nutqni yanada rivojlantirish va mustahkamlash.
Eng avvalo, dasturda gap turlarini mustahkamlash va leksik lug‘atni boyitish ko‘zda tutiladi. Shuningdek, o‘quvchilarni diolog va suhbatlarni tuzishga o‘rgatish va mustahkamlash eng asosiy maqsadlardan biri bo‘lib kelmoqda.
119
V-VII sinf o‘quvchilaridan turli faoliyatlarda so‘zlashuv nutqini shakllantirish asosiy talablardan biridir. Shuning uchun o‘quvchilar o‘z fikrlarini to‘g‘ri va mustaqil ifoda qila olishlari va lug‘at boyligidan o‘z ehtiyojiga ko‘ra foydalana olishi asosiy omillardan biridir.
Shunday qilib, dasturda asosiy maqsad o‘zlashtirish kar bolalarning so‘zlashuv nutqini rivojlantirish, ibora va so‘zlardan o‘z maqsadiga ko‘ra mustaqil, keng qamrovda foydalanish, o‘zaro savol-javobni turli mavzularda olib borishni ko‘zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |