Bolaning hayotidagi yaqin mavzudagi suhbatlar – bu qiziqarli voqealar, bajarilgan ishlar, dam olish kunlari, bayramlar, ta’til haqidagi suhbatlardir. Bu suhbatlarni quyidagi turlari mavjud:
Bolalar ta’tildan kelgach o‘qituvchi dars boshlangunga qadar ta’tilni kim – qaerda o‘tkazganini aniqlaydi. Masalan: Kimdir Farg‘onada dam olgan. Darsda esa o‘qituvchi shu o‘quvchiga savol berishni va u qanday, qaerda ta’til
122
o‘tkazganini belgilab olishni taklif etadi. Pedagog bolalarni oldindan, shu suhbat asosida rasm chizishlarini ta’kidlab o‘tadi.
O‘qituvchi ekskursiya haqida suhbatni tashkil eta turib, ekskursiyaga borolmagan o‘quvchilarni borgan o‘quvchilarga savollar berishga undaydi. Shunga o‘xshash suhbat maktabda o‘tkazilgan bayram haqida, ko‘rilgan film yoki diafilm va hokazolar haqida bo‘lishi mumkin. Suhbatni bu shaklda tashkil etilishida o‘quvchilar bilmagan va bilishni istaydigan narsalar haqida savol berishadi. Ularning savollari aniq harakterga ega bo‘lib, motivlashtirilgan xususiyatga ega.
Kar bolalar notanish bo‘lgan predmet, hodisa bilan duch kelganida ko‘p savollar paydo bo‘ladi. Ular shu narsa haqida bilishni istaydilar, ammo savol berishni bilmaydilar. Aynan shu vaqtda o‘qituvchi yordam bera olsa, bolalarning suhbati yuqori nutqiy faollikda o‘tadi. Kar bolalarni so‘zlashuv nutqini rivojlantirishda o‘qish darslarida o‘tkaziladigan o‘qilgan hikoya yuzasidan suhbatlar juda samarali hisoblanadi. O‘quvchilarni fikrlash va nutqiy faoliyatini faollashtirish ularni tasavvurlarini rivojlantirish, matn bo‘yicha savollar berishga o‘rgatishda bir necha ususllardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
1. O‘qituvchi o‘quvchilarga matnga doir savolli kartochkalarni tarqatadi, ularda savollarning tartib raqamlari yozilgan bo‘ladi. Kerakli vaqtda o‘qituvchi “Birinchi savol kimda?” deb so‘raydi. Bola buni kartochkaga qo‘yilgan tartib sonlar orqali aniqlaydi. O‘qituvchi bolalarga savol berishni taklif etadi, o‘quvchilardan biri savolni qaytaradi, qolgan o‘quvchilar esa unga javob berishadi. Qolgan savollar ustidagi ish ham xuddi shunday amalga oshiriladi. Masalan: 1-sinfda o‘qish darsida “Qorbobo” matnini o‘qish jarayonida bolalar (dars boshlangunga qadar) to‘rtta o‘quvchiga quyidagicha savollar beriladi.
Bolalar qorboboni nimadan yasashgan?
Qorboboni burni nimadan yasalgan?
Uning ko‘zi nimadani yasalgan?
Bolalar savatga nimalarni solishdi?
Bunday ishni 2-3 marotaba takroran o‘tkazgandan, so‘ng o‘qituvchi savolli
kartochkalarni raqamlarni ko‘rsatmasdan beradi. Bolalar asosan ularning mazmunini, ketma-ketligini aniqlashadi. Suhbatlarni bunday tashkillashtirish bolalar uchun qiyin bo‘lgan, matn yuzasidan savol berishga o‘rgatadi.
2. O‘qituvchi vazifa qilib bir o‘quvchiga – hikoyani o‘qib kelishni beradi, tarbiyachi yoki ota-onasidan yordam berishlarini so‘raydi yoki o‘zi bolani matn mazmunini ifodalab berishga tayyorlaydi. Darsda shu o‘quvchi bilan qolgan o‘quvchilar orasida suhbat tashkil etiladi, bu jarayonda o‘quvchilar savollar orqali hikoya mazmunini aniqlashadi (Hikoya muallifi kim?, Nima sodir bo‘ldi?, So‘ng nima bo‘ldi? va hokazo). O‘qituvchi suhbatda faol ishtirok etadi, savollar tuzishda yordam beradi. Savollar mantiqiyligini nazorat qiladi. Suhbat jarayonida zarur bo‘lgan lug‘at ishlarini ham o‘tkazish mumkin. Bunday suhbatdan so‘ng o‘quvchilar hikoya larni mustaqil o‘qishadi va uning mazmunini oson o‘zlashtirishadi. Bu esa matn bilan tanishining birinchi darsidayoq murakkab bo‘lgan ish turlarini qo‘llashga yordam beradi. Applikatsiya yoki konstruktiv rasm asosida
123
matn mazmunini mustaqil ifodalash, qaxramonlarni tasvirlashda matndan so‘z va iboralarni tanlab olish yaxshi natija beradi.
3. Bir vaqtni o‘zida ikki hikoya ni o‘qish bolani faolligini oshiradi. Sinf ikki guruhga ajraladi. Birinchi guruh bitta hikoyani, ikkinchi guruh boshqa hikoyani o‘qiydi. O‘qib bo‘lishgach, bolalarda tabiiyki savollar tug‘iladi:
-
|
Sizlar qanday hikoya ni o‘qidingiz?
|
|
Sizlarchi?
|
|
|
|
|
Sizning o‘qigan hikoya ngizni muallifi
|
kim?
|
|
|
|
|
|
|
Siznikichi?
|
|
|
|
|
Sizning o‘qigan hikoya ngiz kim haqida?
|
|
Yana
|
hikoya
|
ngizda
|
nimalar
|
haqida
|
bayon etilgan?
|
|
|
|
|
|
Bolalarga o‘rtoqlari
|
hikoyasida nima
|
haqida
|
bayon
|
etilganini
|
bilish
|
xaqiqatdan ham qiziq. Suhbat yo‘nalishini istalgan yo‘ldan olib borish mumkin. Masalan: Hikoyada kim haqida so‘zlangan deb savolga javob bergandan so‘ng “U nima qilayapti?” va hokazolarni so‘rash mumkin, hikoya mazmuni aniqlanadi. Shundan so‘ng bolalarga o‘z yozuvlariga tayanib rasm chizish taklif etiladi, so‘ng o‘z rasmlarini yoki do‘stlarini rasmlarini nomlash taklif etiladi. Rasmlar almashinishi birinchidan muloqot o‘rnatish, ikkinchidan matn mazmunini tushunish maqsadida amalga oshiriladi. Shunday qilib bir vaqtning o‘zida ikki hikoyani o‘qish sinfdagi barcha o‘quvchilarni o‘zaro muloqotlari uchun maksimal real sharoitni yaratib beradi. Suhbatni tashkil etish va uni mazmuniga qo‘yilgan talablar yildan-yilga o‘sib boradi, suhbat mavzulari kengayadi, savollarning tuzilishi va mazmuni murakkablashadi, bolalarni mustaqilligi oshib boradi.
Birinchi sinfda asosan o‘qituvchi bolalar bilan frontal suhbatlar o‘tkazadi. Ikkinchi sinfda tanish mavzular bo‘yicha “Kichik muallim” suhbatlarni brigada va juftlik shakllarida o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Lug‘atdagi so‘zlarni va iboralarni ishlatishda ham o‘quvchilarni mustaqil ishlash darajasi ham oshadi. Agar birinchi sinfda o‘qituvchi tayyor savol va javoblarni doskada yoki kartochkada berib, keyin murakkab bo‘lgan so‘zlarni va iboralarni ajratib yozib olgan bo‘lsa, 3-4 sinfga kelib o‘qituvchi bolalardan namunaga ko‘ra mustaqil bajarishlarini talab etadi.
Didaktik o‘yinlar. Kar bolalarning dialogik nutqini rivojlanishini turli didaktik o‘yinlar orqali ham samarali kechishi mumkin. Eng samarali o‘yinlar topishmoqli o‘yinlar bo‘lib, ular bolalarda qiziqish uyg‘otadi va faolligini oshiradi. “Nima o‘ralganini (berkitilganini) top” o‘yini birinchi safar o‘qituvchi tomonidan olib boriladi, keyin esa kichik muallim tomonidan ham olib borishi mumkin. U o‘ralgan narsani ko‘rsatib “Bu nima” – deb so‘raydi – “O‘ram”, “O‘ramning ichida nima borligini toping” so‘ng bolalar bir-birlariga savollar berishadi “Kattami yoki kichik?”, “Rangi qanday?”, “Shakli qanday?”, “Kimniki?”, “Shirinmi, achchiqmi, nordonmi?”, “Eyish mumkinmi?”, “Nima uchun ishlatiladi?”. Javoblarga asoslanib, bolalar berkitilgan jismni topishadi. O‘qituvchi bolalarga savol tuzishda yordam
124
beradi, ehtiyoj tug‘ilsa ularni doskaga yozadi, “Kichik muallim”ga javoblarni to‘g‘ri tuzish uchun bo‘lgan zarur so‘zlar berish mumkin.
Uchinchi sinfdan boshlab “Kimligini top” didaktik o‘yinini o‘tkazish mumkin. Pedagog bolalar men hozir orangizdan biringizni o‘yladim. Kimni o‘ylaganimni aytmayman. O‘zingiz savollar berish orqali toping deb aytadi. O‘yin jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarni savollarini izchillikda berishga o‘rgatish lozim. 1. Qiz bola yoki o‘g‘il bola haqidaligini aniqlash va keyingi savollarni shunga asoslanib berish.
Tashqi ko‘rinish va yoshi haqidagi savol. 3. O‘qish, xulqi va fe’l atvori haqidagi savollar. Taxminiy savollar: “O‘g‘il bolami qiz bolami?”, “Buyi qanday?”, “To‘laroqmi yoki ozg‘in?”, “Sochlarini rangi qanday?”, “Ko‘zlarini rangi qanday?” “Sochlari kaltami yoki uzun?”, “Yoshi nechada?”, “Do‘sti kim?”, “Ozodami yoki yo‘q?”, “Do‘sti kim?”.
Bu o‘yinni “Kichik muallim” ham o‘tkazishi mumkin. Dialog o‘quvchilar bilan o‘qituvi yoki “Kichik muallim” bilan to kim o‘ylanganini topmagunlariga qadar o‘tkaziladi. O‘yinning murakkab shakli adabiy qaxramonning kimligini topish topshirig‘iga asoslangan bo‘lishi mumkin. O‘yinni o‘tkazishda biror adabiy qaxramon tasvirlangan rasm olinib, uni faqatgina o‘yinni olib boruvchi ko‘rish mumkin. Bu o‘yinni o‘qituvchi, “Kichik muallim” va brigadir olib borishi mumkin. O‘quvchilar unga qaxramonning tashqi ko‘rinishi, fe’li, odatlari xulqiga tegishli savollar berishadi. Agar o‘yin guruhlarda, jamoalarda o‘tkazilsa har bir guruhga alohida rasm beriladi. Birinchi guruh vakillari ikkinchi guruh vakillariga ular tomonidan o‘ylangan qaxramon haqida savollar berishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |