V.1-§. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni bog‘langan nutqni rivojlantirish mazmuni va maqsadi
Hozirda kar o‘quvchilarning bog‘langan nutqini rivojlantirish zamonaviy maxsus ona-tili o‘qitish metodikasini eng dolzarb muammolaridan biridir. Bog‘langan nutq mantiq, grammatika, kompozitsiya qonunlari asosida tuzilgan bo‘lib, o‘zida bir butunlikni aks ettiradi, u mavzuga ega ma’lum vazifani bajaradi. Yozma va og‘zaki nutqni tuzilishi va vazifalari ularni rivojlantirish yo‘llari haqidagi psixologik ma’lumotlar kar bolalarni o‘qitish jarayonida o‘qituvchi tomonidan qo‘llanilishi shart.
Karlar maktabida bog‘langan (monologik) nutqni rivojlantirishni asosiy vazifasi - bolalarni o‘z fikrlarini, his-tuyg‘ularini istaklarini bir nechta gaplarda ifodalab berishga o‘rgatish, shuningdek bolalarni o‘z taasurotlari, kechinmalari, ko‘rgan filmini, bajargan ishlari va hayotlaridagi barcha hodisalar haqida bir muncha kengaytirilgan monologni qurishga, ya’ni matn tuzishga, fikr bildirishga o‘rgatishni ko‘zda tutadi.
Bunda monologik nutqni asosiy 3 turi ishlatiladi. Bayon etish tasvirlash, mulohaza. Ommaviy maktablarda ham maxsus maktablarda ham boshlang‘ich sinflarda aralash shakl ustunlik qiladi, unda tasvirlash va bayon etish elementlari, bayon etish va mulohaza elementlari birgalikda uchraydi, chunki kichik o‘quvchilardan faqat tasvirlash yoki mulohazani talab qilib bo‘lmaydi, bayon etish, tasvirlash mulohaza bir-biridan tuzilishi, mazmuni va tili bilan farq qiladi.
Bayon etishda o‘zaro bog‘langan izchil voqealar haqida gapiriladi. Lavhaga ega voqealar bayonining izchilligini odatda ularning tabiiy yo‘nalishi bilan aniqlanadi. Asosiy diqqat faktlarga, ishtirok etayotgan shaxslarning harkatlariga ajratiladi, shuning uchun bayon etish matn fe’l va ot turkumiga oid so‘zlarga, insho boy bo‘ladi. Bolalar uchun eng hayotiy va eng qulay bog‘langan fikrlar janridir. Shuning uchun Thomas Arnold e’tiroficha, voqeani bayon etishdan ishni mustaqil yozma insholardan boshlashini tavsiya etadi.. Tasvirlashda - lavha, ishtirok etayotgan shaxslar, voqealar bo‘linmaydi. Ularda tabiat rasmlari, alohida predmetlar va hodisalar, harkatlar va jarayonlar tasvirlanadi. Tasvirlash ma’lum kompozitsion sxema asosida quriladi: avval odatda predmetga nisbatan umumiy taasurot beriladi, so‘ng uning alohida belgilari nomlanadi, ular bu umumiy taasurotni tasdiqlaydi va nihoyat baho beriladi. Muallifni tasvir ob’ektiga nisbatan munosabati bildiriladi. Tasvirlash uchun iboralarning, sifatlarning mavjudligi, ko‘pligi xosdir.
Mulohaza - bu matn, unda biron bir ta’kidni isboti uchun mulohaza ishlatiladi, misollar keltiradi solishtirish va xulosa amalga oshiriladi, yangi mulohazalarga yetaklovchi va oxir tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi boshlang‘ich ta’kid tezis nomi bilan keladi. Mulohaza - bog‘langan matnni ancha qiyin murakkab shaklidir24.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikr bildirishda mulohaza faqatgina
Thomas Arnold A method of teaching the deaf and dumb speech, lip-reading, and language – London , 2010. -66 p.
127
predmetlarni, hodisalarni, qilmishlarni, taqqoslaganda va solishtirganda, sabablarni tushintirganda, xulosa qilganda uchraydi.
Fikr bildirish, iboralarni turli turlari bilan tanishuv boshlang‘ich maktabdan aynan amaliy yo‘l bilan mos topshiriqlarni bajarish jarayonida amalga oshiriladi. Shunday qilib, bayon xarakteridagi matnni analizida o‘qituvi o‘quvchilar diqqatini voqealar ketma-ketligiga qaratadi: "Avval nima bo‘ladi? Keyinchi? So‘ngidachi?" tasvirlashni analiz qilib (masalan qo‘g‘irchoqni) u diqqatini qo‘g‘irchoqni qandayligiga jamlaydi. Mulohaza - o‘zida mujassamlashtirgan matnni tahlilida (masalan "Mening sevimli faslim") pedagog bolalarni voqealarni sababi va o‘zaro bog‘liqligini aniqlashga o‘rgatadi, Bolalar diqqatini "chunki", "shunga asoslanib" va hokazo so‘zlarga qaratadi.
T.A.Ladijenskaya, N.I.Jimkinning bog‘langan nutq nazariyasiga tayanib o‘quvchilar matn tuzish jarayonida egallab olishlari zarur bo‘lgan quyidagi bilimlarni ajratadi:
Matn mavzusini yoritish.
Matnning asosiy fikrini yoritish
Matn uchun ma’lumot yig‘ish
Yig‘ilgan ma’lumotlarni tizimlashtirish.
Ma’lum kompozitsion shaklga ega matnlar qurish Fikrlarini to‘g‘ri ifodalash
Adabiy til normalariga ko‘ra aniq tushunarli va iloji boricha yorqin matn tuzish uchun birinchi uchta bilimlarni shakllantirish matn mazmuni ustida ishlash bilan bog‘liq, qolgan uchtasi esa - uning tuzilishi va nutqiy "bezatilishi" ishlari bilan bog‘liq.
Mavzuni va matn (iboralarni) asosiy mazmuni yoritib berish bilimlari kar bolalar maktabida nutq rivojlantirish dasrlarida shakllantiriladi va shu birinchi navbatda matn sarlovxasi mazmuni bilan bog‘langan bo‘ladi. So‘zlab berish va bayon etish ishlarida o‘quvchilar matn mazmunini uning sarlavxasi bilan solishtiradi va nima uchun bunday nomlanganini aytishadi bu bilan ular matnning asosiy mazmunini umumiy ajratib beradilar so‘ng uning qismlarini ham. Insho yozishda o‘quvchilar mavzuni nomini o‘qib, unda mo‘ljal olishi, uning chegaralari va mazmunini aniqlashni asosiysini ajratib uni yoritib berishi o‘rganiladi. Matnlar uchun ma’lumot yig‘ish bilimlarini shakllantirish bolalarini faol fikrlash va nutqiy faoliyati bilan bog‘liq. Rasmlar mazmunini yoki o‘qib bo‘lingan matnni, o‘zlarining tabiati kuzatishlari natijalari va hokazolarni analiz qilib, ular bilimlar, taasurotlar bilan boyishadi bularning bari esa ularga mavzuni yoritishda yordam beradi. Ammo birgina ma’lumot to‘plash bilimlarini o‘zi kamlik qiladi, chunki hali kar o‘quvchilarning mustaqil monologik nutqi rivojlanmagan. Aynan shuning uchun kar bola material to‘plab ham, "atrof-muhit haqida ko‘p narsani tushinib, uni so‘zida ifodalab bera olmaydigan" holatiga tushib qoladi. Kar va eshita oladigan uquvchilarni bog‘langan nutqini rivojlantirish bo‘yicha olib oriladigan ishda eng qiyini va eng asosiysi - umumiy hikoyaga taaluqli bo‘lgan fikrni yetkazishga o‘rgatishdir. Hikoyaning mazmuni rejalashtirish jarayonida boshi, asosi va oxiri ajratib olinadi. Ma’lumotlarni tizimlashtirish bilimlari va ma’lum kompozitsion shaklga ega matnlarni tuzish reja
128
ustida ishlash bilan bog‘liq, reja matnning turiga ko‘ra tuziladi (tasvirlash bayon etish, mulohaza).
Matnda gaplarni va ularni alohida qismlarini bog‘lashda leksik va morfologik vositalar ishlatiladi (bog‘lovchilar qo‘shimchalar, so‘zlar va kirish o‘rnida keluvchi iboralar va uzining ahamiyatiga ko‘ra bog‘lovchilarga yaqin bo‘lgan so‘zlar).
Fikrlarni taqqoslashda pedagog doimiy ravishda bolalar diqqatini hikoya qismlarini, gaplarni o‘zaro bog‘lanishga qaratadi, ikkita gapni o‘zaro to‘g‘ri bog‘lash uchun gaplardagi so‘zlarni qanday joylashtirish kerakligiga ham loqayd bo‘lmaydi, sintaksis tuzilmalarni boyitishga e’tibor qaratadi, chunki bir turdagi gaplar tuzilishi bog‘langan nutq uchun xos bo‘lgan mantiqni chegaralaydi. O‘quvchilar ishlarini analiz qilayotganda, olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llanilishi inobatga olinadi. Natijada bularning bari matn tuzishda o‘quvchilarga bir vaqtning o‘zida bir necha gaplarni o‘ylab olishga va ikki gaplar orasidagi bog‘liqlikni aniqlashga matnni to‘g‘ri tuzishga yordam beradi.
L.M.Bikova boshlang‘ich sinflardagi kar o‘quvchilarni bog‘langan nutqini xususiyatlari tavsiflab beradi.
Bu alohida xususiyatlarni sanab o‘tamiz:
Matnning asosiy mazmuni va mavzusini to‘liq yoritilmasligi yoki umuman yoritilmasligi, ayniqsa yozma bayonlarda ko‘zga tashlanadi.
Reja tuzishda va unga asosan matn tuzishda mantiqni buzilishi (voqea bayonidagi uzilishlar, voqealar izchilligi buzilishi, sabab oqibat bog‘liklarini o‘rnatishdagi xatoliklar); matnni asosiy elementlari orasidagi munosabatlarni buzilishi; rasmdagi mavjud komponentlarni ajratishda bilimlarni yetarli emasligi namoyon bo‘ladi. Individual va guruh fikrlashlari bu o‘quvchilarni tayyorgarligiga va nutqiy rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘z fikrlarini ifoda etishda o‘ziga xos sintaksis tuzilmalarni eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolaning ishlatilishida ko‘p miqdorda nutqiy va grammatik xatolarni mavjudligi ko‘zatiladi.
Bog‘langan matnni yozilganlarni mukammalashtirishda o‘zini nazorat qilish va o‘zini tekshirish bilimlarini mavjud emasligi ko‘riladi.
Mustaqil ishlar yozma ishlarning sifat saviyasining pastligi ularni bajarishda individual va guruhlarda mustaqillik darajasida farqlanishlarning mavjudligi namoyon bo‘ladi.
O‘quvchilarni bog‘langan nutqini rivojlantirishdagi guruh va individual farqlanishlar o‘qitish jarayonida differensiallashgan yondashuvni tashkil etishni talab etadi, bu esa har bir o‘quvchiga qulay ish tempini yaratishga, uning mazmunini mustaqillik darajasini, shuningdek birinchi bosqichdan keyingisiga o‘tishini, rivojlanishini ta’minlaydi. Bog‘langan nutqni rivojlantirishish tizimlashtirilgan bo‘lishi va bilim beruvchi tusda bo‘lishi kerak, faqat shundagina o‘quvchilar yuqorida sanab o‘tilgan bilimlarni egallab olishlari mumkin. Kar bolalar maktabida o‘qitish predmet faoliyat va ehtiyojlar asosida Ushbu faoliyatdan kelib chiqib amalga oshiriladi. Kar bolalar maktabida tilga o‘rgatishning amaldagi tizimini talablariga ko‘ra bog‘langan nutqni rivojlanish dasturi uning uch xususiyatini inobatga olgan holda quriladi.
129
Birinchi xususiyati shundan iboratki unda bog‘langan nutqni shakllantirish asosida kommunikatsiya tamoyili yotadi. Bog‘langan nutqni muloqot quroli sifatida rivojlantirish avvalambor predmet amaliy ta’lim darslarida amalga oshiriladi, bu
darslarda o‘quvchilar tayyorlov I-sinfdanoq konkret ishni bajarilganligi haqida bitta-ikkita to‘liq tuzilmali gaplar orqali hisobot beradilar. Keyin ular tugallangan bajarib bulingan qism haqida ma’lumot berishga o‘rgatiladi, so‘ng esa ishning umumiy bajarilgani haqida bayon etadilar. Natijada biron-bir bo‘limni tayyorlash jarayoni tasvirlangan hikoya vujudga keladi. Bu hisobotlar aniq odamga yo‘naltirgan bo‘ladi (O‘qituvchiga, brigadirga, yetakchi o‘quvchiga). Avval o‘quvchilar navbatma-navbat og‘zaki-daktil shaklida hisobot beradilar. Ularning mustaqilligini va o‘quv soatidan to‘laqonli foydalanishni oshirish uchun hisobotning yozma shakli kiritiladi. Hisobotni tayyorlashga o‘quvchilarni diqqatini jalb qilish uchun, o‘qituvchi ularga bajarilgan ish natijalarini u yozma hisobotga ko‘ra baholanishini aytadi. Yo‘llovchi odamni mavjudligi hisobotni yozishga, bolalarni berilgan vazifani bajarilishini zarurligini tushunishlari uchun oson bo‘ladi bu esa ularni ko‘zida bog‘langan nutqni ahamiyatini oshiradi.
Kar o‘quvchilarni bog‘langan nutqini rivojlantirishni xususiyati rejalashtirilgan vazifalarni amalga oshirish zarurligidan iboratdir.
Kar o‘quvchilarni nutqiy faoliyatini rejalashtirishga mavjud dasturlarda ham ko‘p ahamiyat berilgan. Ammo 1972 yilgacha ya’ni PAT ni joriy etilishiga qadar karlar maktabida rejalashtirish faqat II-sinfdan ko‘zda tutilgan. Mustaqil reja tuzishga o‘rgatish faqat V-sinfdan boshlangan u tasvirlash, hikoyalar, bayonlar rejasini boshlangan.
T.S.Zikova kar bolalarni reja tuzishga o‘rgatishni amaliy faoliyatdan boshlash maqsadga muvofiqligini isbotlab berdi. Kar bola mantiqan o‘zi bajaryotgan harakatlarni ketma-ketligini ko‘rsatib aytib turadi, Bunda PAT darslari katta ahamiyatga ega. Bunda bolalar brigadir boshlovchi rolida chiqishadi, o‘z o‘rtoqlari faoliyatini tashkil etishadi, deyarli ular ishini rejalashtirishadi. Reja tuzishga o‘rgatish tayyorlovchi sinfidan, jamoa va individual ravishda kerakli ma’lumotga topshiriq vazifalar tuzishdan boshlanadi.
Reja tuzish bo‘yicha asosiy ish birinchi sinfning birinchi choragidan boshlanadi. Bu davrda bolalar jamoa bilan ish ustida reja buzishga kirishadilar. I-sinf o‘quvchilari bir-biri bilan mantiqan bog‘langan ko‘rsatmalar, faoliyatining rejani va hisobot tuzishni o‘rganadilar. Ushbu reja asosida ular ishni bajarishadi va bajarilganligi haqida hisobot berishadi. Ushbu tarzda predmet faoliyati rejasi nutqiy faoliyat rejasiga aylanadi.
Shunday qilib, boshlang‘ich maktabning har bir sinfida reja tuzishga o‘rgatish o‘zida o‘zaro bog‘langan bir necha yo‘nalishlarni ko‘zda tutadi. Ko‘rsatmalarni tuzish va bajarish zaruriy material va asbob-uskunalar uchun ariza yozish, kelayotgan faoliyatning rejasini tuzish, bajarilgan ish haqida hisobot yozish, kar o‘quvchilarni bog‘langan nutqini birinchi turi hisoblanadi.
Bog‘langan nutqni rivojlantirishni uchinchi xususiyati shundan iboratki, u boshidanoq nutqiy faoliyatning spesifik shakli sifatida rivojlana boshlaydi.
Predmet-amaliy faoliyatning kiritilishiga qadar bog‘langan nutqni rivojlantirish
130
asosida so‘zlashuv nutqi vositasida bolalarga savollar berilgan (masalan rasm yoki rasmlar to‘plami yuzasidan) ular javob berishgan. Javoblar yozuvlari shakliga ko‘ra hikoyaga o‘xshash bo‘lgan, haqiqatda esa bu bog‘langan hikoya emas edi, chunki monologik nutq tuzilishidan ancha farq qiladi. Matn savollarga olingan javoblar yig‘indisiko‘rinishida bo‘lib, faqat ustki ko‘rinishidan bog‘langan nutqni eslatadi. Aslida esa bu yerda bog‘langan bayon bilan hech qanday umumiylik yo‘q. Axir, bolaning fikri avvalambor ma’lum savollarga javob axtarishda to‘planadi, u ular orasida mos bog‘lanishlarni o‘rnatmaydi va bir butunlikdagi hikoyani tuzish kerakligini ko‘zda tutiladi. 1972 yildan e’tiboran kar o‘quvchilarni bog‘langan P.A.T. darslarida reja asosida bajarilgan ishga hisobot tuzishda mantiiqiy izchillikka rioya qilishga o‘rgatiladi. shakllangan bilimlardan boshqa darslarda ham foydalaniladi, bular qatoriga bog‘langan nutqni rivojlantirish darslarini ham kiritishimiz mumkin. Masalan III-sinfda o‘quvchilar velosiped rasmini chiziladi so‘ng uni konstruktor detallaridan yig‘ib berishlari kerak. Rasmni tahlil qilib ular velosipedni yig‘ish rejasini tuzadilar, shuningdek ish uchun zarur bo‘lgan kerakli konstruktor detallarni oladilar. Bunda o‘quvchilar mazmuni keng yoritilgan gaplardan foydalanishlari zarur.
Keyinchalik nutqni rivojlantirish darslarida bolalarga jamoa bilan rasmga qarab reja tuzishni taklif etish mumkin, so‘ng hikoyaniham rasm mazmunini ham savollarga ko‘ra ajratmasdan amaliyotda qo‘llaniladigandek tuzish taklif etiladi.
Demak, hozirda mavjud bo‘lgan amaldagi maktab dasturi kar o‘quvchilarni bog‘langan nutqini rivojlantirish bo‘yicha olib beriladigan ishlarini maqsadga yo‘naltirilishini nazarda tutadi. Birinchidan P.A.T. darslarida va ikkinchidan nutqni rivojlantirish darslarida. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bog‘langan nutqi rivojlanadi.
Maxsus darslarda bog‘langan nutqni rivojlantirishda dastur talablarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ish turlarining barchasini ikki guruhga ajratishimiz mumkin:
Kommunikativ vazifani amalga oshiruvchi ishlar. (voqealarni tasvirlash, kundalik tutish, devoriy gazetaga xat va lavhalarni yozilishi)
Bog‘langan nutq bo‘yicha olib boriladigan barcha ishlar. (predmetni tasvirlash, rasm ustida ishlash, bayon, insho …).
Kichik sinflarda nutqni rivojlantirish darslarida asosiy e’tiborni birinchi guruh
ishlariga ajratish lozim, chunki aynan ularni bajarish jarayonida bolalar keyingi o‘qish uchun zarur bo‘lgan nutqni egallab boradilar.
Dastur shunday tuzilganki unda o‘quvchilarga bo‘lgan talab asta sekinlik bilan oshib boradi, ya’ni yildan-yilga nutqni rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan ish turlarining soni oshib boradi, ularning mazmuni va tuzilishi murakkablashadi. Masalan agar birinchi sinfda voqealarni tasvirlash, rasmlar ustida ishlansa, IV sinfda ularga devoriy gazeta maqola yozish, tasvirlash va mulohaza yuritish elementlari bilan insho yozish kabi ish turlari qo‘shiladi.
Bundan tashqari IV-sinf o‘quvchilari sinf majlisi, maktab bo‘yicha navbatchilik raportlarini tuzadilar hamda o‘qituvchidan mamlakatda bo‘layotgan qiziq voqealar haqida so‘rashadi so‘ng ularni tasvirlashadi. Shuningdek IV sinfga kelib o‘quvchilarni bog‘langan nutqini shakllantirish borasida ishlashdagi mustaqillik darajasi ortadi.
131
V-VII sinflarda nutqni rivojlantirish ishlarida asosiy o‘rin bog‘langan monologik nutqni shakllantirishga qaratilgan, bu keyingi diologik nutqni shakllantirishga asos yaratadi. Karlar maktabining o‘rta sinflarida boshlang‘ich sinflaridagi kabi tilga o‘rgatishni asosiy samarador sharti bo‘lgan kommunikativ tamoyil amalga oshiriladi. Bunda nutqiy rivojlanishni boshqa faoliyat turlari bilan uzviy bog‘langanligi ko‘zda tutiladi, bu o‘z navbatida muloqotga bo‘lgan ehtiyojni charxlab turadi va bog‘langan nutqni egallashni tezlashtiradi. Lekin agar kichik sinflarda nutqni rivojlantirish ishlari predmet faoliyatini tashkillashtirish sharoitida o‘tsa, V-VII sinf o‘quvchilari keyingi faoliyat turlari uchun ishning natijalarini ma’lum qilish uchungina zarur bulgan nutqiy materialni o‘zlashtiradilar. Bunda boshlang‘ich sinflarga qaraganda yangi ish turlari kiritiladi: Nutqning kommunikativ vazifasini amalga oshiruvchi e’lonlar, kitoblar asosida yozuvlar olib borish (V-sinf), bayonnoma, ariza, tushuntirish xati yozish (VI-sinf) avtobiografiya yozish, anketa va poso‘lka blanklarini to‘ldirish (VII-sinf) yozma nutqning ayning shu shakllari maktab bitiruvchilarining keyingi hayotida zarur bo‘ladi.
O‘rta sinflarda boshlang‘ich nutqni monologik shaklini shakllantirish davom ettiriladi (savollarga tayangan holda) ammo talablar nisbatan ortadi. Bayon ustida ishlashni mazmuni va turi mukammallashadi. V-sinfda o‘quvchilar va tasvirlash turidagi hikoyalar bayonini tayyor yoki jamoa bilan tuzilgan rejaga asosan yozishadi. Hikoya hajmi 80-100 so‘z, VII-sinfda 150 ta so‘zgacha bo‘lgan hajmdagi hikoya beriladi. Unda metaforalar, solishtirishlar, iboralar ishlatiladi, bu berilgan yoki mustaqil reja asosida amalga oshiriladi. V-sinfda o‘quvchilar matnni asosiy fikrini aniqlashga o‘rganadilar, matn tuzilishi o‘zlashtiriladi (boshi-kirish, asosiy qism, oxiri) O‘rta sinflarda o‘qilgan kitoblar yuzasidan (6-sinfda) erkin va adabiy mavzudagi (VII-sinf) adabiy qahramonlarning fe’li haqidagi insholar yozish ko‘zda tutiladi (VI-sinf), o‘rta sinflarda yangi ish turlari birga boshlang‘ich sinfda foydalanilgan ish turlari ham qo‘llaniladi: tasvirlash, predmetlarni solishtirish, ish va dam olish kunlarini voqealarni, ekskursiyalar o‘quvchilar hayotiga yaqin bo‘lgan mavzular yuzasidan (tabiat, o‘yin, bayramlar, tag‘til va hokazo haqida) seriyali rasmlar ustida insho yozish amalga oshiriladi.
Kar o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilgan barcha talablar bog‘langan nutqga ham aloqador shuningdek bu talablarni amalga oshirish uchun ish turlari zarurdir. Ularning bari maktab dasturida bayon etilgan. Kar o‘quvchilarni bog‘langan nutqga o‘rgatishning barcha bosqichlari asosiy maqsadga bo‘ysunadi: ularda mustaqil, ijodiy mantiiqan qurilgan fikrlashni va shu asosida aniq ifodali bog‘langan nutqni rivojlantirish (og‘zaki va yozma). Bunday katta va murakkab maqsadga erishish yo‘lida o‘qituvchi bog‘langan nutqni rivojlantirish bo‘yicha butun ish tizimini chuqur va oldindan o‘ylab olish lozim, uni rejalashtirishi talab etiladi (yarim yilga yoki bir yilga) Tizim o‘z ichiga bolalarni yosh xususiyatlariga ega bo‘lgan barcha ish turlarini olishi lozim. Bog‘langan nutqni rivojlantirish bo‘yicha ishlarini rejalashtirishda o‘qituvchiga insholar klassifikatsiyasi (tasnifi) yordam beradi.
132
V.2-§. Insholar tasnifi
Maktabdagi insholar – bu og‘zaki yoki yozma ijodiy ish bilan bo‘lib unda o‘quvchi o‘zining xayollari va qiziqishlarini bayon etadi, o‘z tasavvurlariga yoritadi. Shu bilan birga bu o‘quv ishi bo‘lib matn tuzishda, bog‘langan nutqni rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan mashqdir.
Insholar keng turkumdaligi bilan ajralib turadi. Insholarning har bir turi alohida metodik tayyorgarlikni va qo‘llanilishini talab etadi, to‘g‘ri metodikani tanlash uchun esa ular tasnifini bilish zarurdir. Ona tiliga o‘rgatish metodikasida quyidagi insho tasniflari mavjud. M.R.Lvov insholarni to‘rt xususiyati bo‘yicha tasniflaydi. Kelib chiqishiga ko‘ra, mustaqillik darajasiga va insholarni yozuvga tayyorgarlik usullariga ko‘ra, matn turiga, uslubiga ko‘ra insholar tasniflanadi.
Kelib chiqishiga ko‘ra:
Aynan o‘quvchilarni tajribalariga asoslanib – o‘quvchilarni boshdan kechirganlari, o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganlari ya’ni sayohatlar, sayrlar, ekskursiyalar, mehnat jarayonlari va kuzatuvchilari haqidagi insholar.
Kitobdan olingan ma’lumotlarga yoki o‘qituvchining hikoyalariga asoslanib,
shuningdek diafilm, kinofilmlarga, spektakl, o‘qilgan kitoblar asosidagi insholar.
O‘quvchilarning tasavvurlariga asosan – bitta yoki rasmlar to‘plami bo‘yicha insho yozish. Bunga tayanch so‘zlar asosida yozilgan insholarni kiritishimiz mumkin.
Kelib chiqishi turlicha bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra masalan, o‘quvchi o‘zining kuzatishlari natijalarini kitoblardan olingan ma’lumotlarni jamlagan insholar.
2. Mustaqillik darajasiga, insholarni yozuvga tayyorgarlik usullariga ko‘ra:
Jamoa insholari, ular butun sinf bir mavzu bo‘yicha o‘tkaziladi, ular umumsinfiy tayyorgarlikni talab etadi.
Individual, mustaqil insholar.
Matn tiplari yoki janriga ko‘ra a) Bayon inshosi.
b) Tasvirlov inshosi. v) Mulohaza inshosi.
M.R.Lvov kuzatuvlarida shunga ahamiyatini qaratadiki, insholar ko‘p hollarda
aralash janrda uchraydi: bayonda tasvirlash elementlari bo‘lishi mumkin, tasvirlashda mulohaza elementlari uchrashi mumkin.
Uslubiga ko‘ra.
emotsional – obrazli, badiiy asarlarni eslatuvchi; bu turli voqealar tabiatni tasvirlashda insholar.
ishchi maqola tipidagi insholar. (ishchi ilmiy uslubiga yaqinlik) bu rejalar, bajarilgan ish haqida hisobot berish, e’lonlar va hokazo. Boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari hikoyalar va insholar ustida ishlashda uslubni va janr xususiyatlarini ularning nazariy anglamasdan egallaydilar. Aytib o‘tilgan to‘rt guruhdan tashqari insholar og‘zaki va yozma, sinf va uydagi va sinf-uydagi (bajarish shartlariga ko‘ra) o‘rgatuvchi va tekshiruvchi (o‘tkazilish maqsadiga ko‘ra) bo‘linadi. Va, nihoyat insholar mavzular guruhlari bo‘yicha tasniflashi mumkin. («Vatanimizning tabiati»
133
«Kattalar va bolalar mehnati va hokazo») Har bir inshoga Lvov tomonidan ishlab chiqilgan tasnifni qo‘llashimiz mumkin. Masalan: «Bizning qishki o‘yinlarimiz» mavzusidagi inshoda bolalar o‘zining shaxsiy taasurotlari va kechinmalari haqida ma’lumotlarni olishimiz mumkin, u individul va jamoa bilan ishlanishi mumkin. (bu o‘quvchilarni tayyorgarligiga o‘qituvchini mahoratiga, o‘yinlar shartlariga bog‘liq. Aynan shular insho uchun ma’lumot bo‘la oladi) tuzilishiga ko‘ra emotsional obrazli, chunki inshoning g‘oyasi yoqimli xursandchilik voqealarini ko‘rsatish, janri bo‘yicha esa tasvirlash mavjud bo‘lgan bayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |