1-sinflarda «Nutq о‘stirish» fanidan bir soatlik dars namunasini keltiramiz
Mavzu: Haqiqiy dо‘st mavzusida rasmlarni majmuasi va tayanch sо‘zlar asosida
suhbat
Mavzu: Harakatning predmetga о‘tishini bildirgan sо‘z va sо‘z birikmalari
ishtirokida gaplar tuzishni о‘rgatish.
Maqsad: Ta’limiy: О‘quvchilarni rasmlar majmuasi asosida suhbatga о‘rgatish, lug‘at boyligini oshirish, bog‘langan nutqni rivojlantirish, hodisalar mohiyatini aniqlash, haqiqiy dо‘st, qо‘rqmas, ishonchli tushunchalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy: О‘quvchilarda sо‘zlashuv nutqiga qiziqish hissini uyg‘otish.
Korreksion: Nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish, о‘quvchilarni tо‘g‘ri gapira olishga о‘rgatish.
Darsning jihozi: mazmunli rasmlar, tablichkalar, tarqatma materiallar, doskaga osiladigan maxsus moslama, darslik.
Nutqiy material: о‘qituvchi, buvi, navbatchi, qiz bola, о‘qiyapti, olyapti, yuvyapti, bobo, artyapti, tikyapti, tikuvchi, ona, gazeta, doska, idishlar, kо‘ylak, mevalar, konfet, sabzavotlar, qog‘oz, soch, uzum, hovli, mix, olma, о‘tin, bolalar, о‘quvchi, dehqonlar, bog‘bon, …)
Darsning borishi :tashkiliy qism, salomlashish, davomatni aniqlash, о‘quvchilardan kichik guruhlarni tashkil etish.
Asosiy qism: aqliy hujum, klaster, epednayzer, yelpig‘ich, bbb kabi strategiyalarni qamrab oladi.
Darsni yakuniy qismida о‘quvchilarni
baholash, rag‘batlantirish kо‘zda tutiladi.
Darsning borishi
51
I Tashqiliy qismda о‘quvchilar bilan salomlashiladi, davomat aniqlanadi. О‘quvchilar miqdoriga kо‘ra uchga bо‘linadi. О‘quvchilarni dо‘st haqidagi tushunchalarni aniqlash maqsadida aqliy hujum, klaster metodidan foydalaniladi. О‘quvchilardan о‘qituvchi dо‘st haqidagi tushunchalarga klaster metodi asosida ta’rif berishini sо‘raydi.
О‘quvchilar dо‘stga quyidagicha ta’rif
beradi.
-
ishonchli
a’lochi
g‘amhо‘r
Mehnat
kash
О‘qituvchi: Dо‘stlik qanday bо‘lishi kerakligini bilib oldik.Endi rasmlarni diqqat bilan kо‘rib, haqiqiy dо‘st haqida suhbat quramiz.
О‘quvchilar rasmlar majmuasini diqqat
bilan kuzatib, hodisalar ketma-ketligini aniqlaydi. Rasmlar mantiqan tо‘g‘rilab,
joylashtiradilar.
Lug‘at ishi
Doskada har bir rasm tagida tayanch sо‘zlar
1 rasm
Ilk bahor, quyosh, yorqin, nurlari, sochdi, daryo. Xakim, iti, sayr, chiqdi, qoplon. 2 rasm
Tо‘satdan Xakim daryo yoqasida yurib suvga tushib ketdi. U suzishni bilmaydi, yordam, sо‘rab baqira boshladi.
3 rasm
Qoplon, dо‘st, о‘zini, suvga, tashladi. U Xakimni qutqardi. Qoplon Xakimni dо‘sti
О‘qituvchi: Hozir lug‘at ustida ishlaymiz. Men rasmlarni kо‘rsataman siz rasmlarga ta’rif berasiz. Doskadagi sо‘zlardan foydalaning. О‘qituvchi rasmdagi detallar va tayanch sо‘zlarga kо‘rsatib yordam beradi. О‘quvchilar javob beradilar.
Baholash harakteridagi suhbat.
52
Qoplonni haqiqiy dо‘st deyish mumkinmi? U qanday bо‘lishi kerak? Hikoyani qanday nomlash mumkin? Hozir dо‘stni salbiy va ijobiy jihatlarini yelpig‘ich strategiyasiga yozasizlar
Dо‘st
Salbiy jihatlari
Ijobiy jihatlari
Qо‘rqoq
yuraksiz
beparvo
odobsiz
ishonchsiz
Qо‘rqmas
aqlli
ishochli
odobli
g‘amxо‘r
mehribon
О‘quvchilar yelpig‘ich strategiyasi asosida, dо‘stni salbiy va ijobiy jihatlarini aniqlab, og‘zaki javob beradilar
Dam olish daqiqasi
Guruhlar epednayzer metodi asosida qо‘llarini ushlagan holda doira, uchburchak, tо‘rtburchak shaklini hosil qiladilar.
Dars sо‘ngida BBB metodidan foydalangan holda о‘quvchilar haqiqiy dо‘st qanday bо‘lishi haqidagi tushunchalarni jadvallarga yozadilar.
-
Bilaman
|
Bilmayman
|
Bilmoqchiman
|
|
|
|
Haqiqiy dо‘st aqlli
|
Haqiqiy dо‘st haqida
|
Haqiqiy dо‘st
|
mehribon ishonchli
|
bilmayman. Qanday
|
qanday bо‘lishligi
|
bо‘lishi kerak
|
asarlar bor?
|
haqidagi she’r,
|
|
|
hikoya va
|
|
|
kinofilmlarni
|
|
|
bilmoqchiman
|
|
|
|
Birinchi grafasiga mavzu yuzasidan mavjud bilimlarni, ikkinchi grafasiga, uchinchi grafalarga mavzu yuzasidan qiziqayotgan, bilmoqchi bо‘lgan ma’lumotlarni yozadilar. О‘qituvchi о‘quvchilar о‘rnini tо‘ldiradi. Kо‘rilgan muommolar yuzasidan hal qilingan natija e’lon qilinadi., Uyga vazifa Haqiqiy dо‘st haqida beshtadan gap
53
tuzib kelish.Dars sо‘ngida guruh faoliyatini baholash mezonida kо‘rsatilgan ball asosida baholanadi va e’lon qilinadi. Tо‘plangan ballar о‘zaro guruh a’zolari о‘rtasida taqsimlanadi.
Taklif etilayotgan interfaol dars ishlanmalari aynan mana shu maqsadlarga yо‘naltirilgan, ya’ni har bir yо‘nalishdagi maxsus maktab, maktab-internatlar о‘quvchilarining imkoniyatiga moslashtirilgan bо‘lib, ularning faolligini oshirish, ijodiy fikrlashini rivojlantirish, hamkorlikda ishlash va ijod qilishga о‘rgatish, yetakchilik qilish, mustaqil fikr bildirish, muloqot о‘rnata olish, hamkorlikda ishlash hamda qator hayotiy kо‘nikmalarning shakllanishiga qaratilgan.
Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab о‘rganish о‘quvchilarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning tо‘g‘ri yechimini topishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi, ularning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Demak, ta’lim metodlarini tо‘g‘ri tanlash va ularni amalga oshirilishi har bir о‘tkazilgan о‘quv mashg‘ulotlarining sifati bilan bir qatorda tahsil oluvchilarning ilmiy – intellektual salohiyatini oshirishga, erkin fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga olib keladi.Ta’lim tizimidagi keng qamrovli tarkibiy islohatlarni amalga oshirish ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qо‘llash bilan belgilanadi. Zero, hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar о‘quv jarayonining asosiy komponentiga aylanib bormoqda. Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish mashg‘ulotlarni rag‘batlantirish, qiziqarli tashkil etish bilan birga о‘quvchilarni fikrlashi doirasini, tafakkurini kengaytiradi, о‘quv materialini chuqur о‘zlashtirish imkonini yaratadi.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bog‘langan nutqini rivojlantirish texnologiyasi - bu butun o‘qitish va bilimlarini o‘zlashtirish jarayonida o‘z oldiga ta’lim shakllarining samaradorligini oshirish vazifasini qo‘yuvchi texnik hamda shaxs zaxiralari va ularning o‘zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarini yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli uslubidir.Predmetli amaliy ta’lim darslarida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bog‘langan nutqini rivojlantirish texnologiyasi o‘qitishga o‘ziga xos bo‘lgan yangicha yondashuv (innovatsiya)dan iborat bo‘lib, o‘yin usullarini ta’lim tizimi, dars jarayonida tatbiq etilishi muhim va samarali natija beradi. Yangi pedagogik texnologiyalarni maxsus maktab ta’lim tizimiga kiritish, tatbiq etish, qiziqarli usullardan foydalanish, o‘zining samarasini bermokda. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar hozirgi kunda maxsus maktab uchun o‘quv jarayonining zaruriy va asosiy komponentiga aylanib bormoqda. Ta’limni motivlash o‘quv faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.. Quyida shu maqsadga yo‘naltirilgan bir necha usullarni keltirib o‘tamiz.
Kubik
Maqsadi
Bu usul ko‘rilayotgan masalani turli tomondan, qadamba-qadam, oddiydan murakkabga tomon yo‘nalishda tasavvur etish; Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;
Eshitishda nuqson bo‘lgan o‘quvchilarni faollikka undash; Tafakkurni operatsiyalarini rivojlantirish;
54
Og‘zaki nutqini rivojlantirish;
Idrok etish qobiliyatini rivojlantirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |