Z madraximova k. Ishonqulova ekologiya va atrof-muhit



Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/119
Sana10.03.2022
Hajmi2,96 Mb.
#488150
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119
Bog'liq
ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

Biosferaning turg'unligi.
Biosfera katta va murakkab ekosistema bo'lib, 
uning qismlari undagi jarayonlar orqali boshqariladi. Biosferaning turg'unligi, 
undagi tirik organizmlar xilma-xilligining buzilmasligiga asoslangan. Uning ayrim 


39 
guruhlari turli funksiyalar, moddalar umumiy oqimi va energiyaning 
taqsimlanishini bajaradi. Bu xususiyatlar biogen va abiogen jarayonlarning 
hamjihatligidan kelib chiqadi. Biosferada murakkab orqaga qaytar va biri-biriga 
bog'liq sistemalar harakat qiladi. Kembriy davridan boshlab, bundan 600 mln. yil 
avval, Yer yuzida hosil bo'lgan asosiy modda almashishlar keyingi yillarda 
o'zgargan emas. Karbon davridan boshlab tirik moddalarning massasi o'zgarmay 
qoladi, ya'ni biosferada shu davrdan boshlab aylanishlar ma'lum rejimda boshqarib 
turiladi. Bu boshqarish Quyosh energiyasidan foydalanib, organik moddalar hosil 
qiluvchi tirik moddalar faoliyati orqali yuzaga keladi. 
Yerdagi hayot o'z-o'zini, yashovchanligini turg'unlashtiradi va u uzoq 
rivojlanadi. Ammo Yer qobig'i ustida inson, jamiyat, sotsial-iqtisodiy qonunlar 
harakat qiladi. Insoniyat biosfera boyliklaridan foydalanish jarayonida unga ta'sir 
qiladi, o'rmonlar kesiladi, daryo va ko‘llar quriydi, tuproq, havo, suv ifloslanadi, 
tirik moddalar genofondiga zarar yetkaziladi. Bunday muammolar inson, aql-
zakovati bilan hal qilinishi, biosfera turg'unligini ta'minlashi kerak. 
Biosfera hayoti.
Inson - tabiatning bir qismi, tirik organizmdir. Boshqa tirik 
komponentlar tabiat qonunlari asosida yashaydi, inson esa yangi texnika va 
texnologiyalami qo'llab, tabiat ustidan hukmron bo'lishga harakat qiladi. Ammo 
inson tabiat biologik sistemalarining ajralmas qismidir. U tabiatni buzishi mumkin, 
lekin inson biosferaning ekologik aylanishidan chiqib ketolmaydi, tabiatsiz yashay 
olmaydi. Inson tabiatning eng yuqori mahsuloti, uning yashashi uchun atmosferada 
yetarli darajada kislorod, yer yuziga kerakli quyosh nuri tushishi va suv bo'lishi 
shart. Tabiatdagi asosiy to'rtta element (kislorod, uglerod, vodorod va azot) ning 
quyosh energiyasi ta'sirida va suvning ishtirokida ekologik aylanib turishi 
hayotning asosini tashkil qiladi va inson uchun tirik modda yaratiladi. 
Yer yuzining turli joylarida yuzaga kelayotgan ofatlar avlodlarga xavf 
tug'dirmoqda. Zaharli moddalarning eng oz miqdori ham inson va boshqa tiriklik 
uchun xavflidir, vaholanki, oldindan to'planib qolgan, minglab tonna zaharli 
kimyoviy moddalar dalalarda, shiyponlarda ochiq saqlanmoqda. Ularni tezda 


40 
zararsizlantirish va inson hayotiga ziyon keltirmaslik chora-tadbirlarini ko‘rish 
lozim. 
Har bir inson tug'ilguniga qadar ma'lum miqdorda zararli moddalar 
mahsulotini ona orqali olib (DDT, gerbitsid, pestitsid, qo'rg'oshin, simob, 
uglevodorodlar va bosh.) tug'iladi. Keyinchalik uning tanasida shu moddalar 
to'planib boradi. Chunki inson yashagan muhitda zararli moddalar, gazlar, og'ir 
metallar changi yetarlicha to'plangan. Muhitning ekologik holati inson 
ekologiyasini aniqlaydi. Buning natijasida inson tabiatning ajralmas qismi, uning 
abiotik va biotik omillari bilan uzviy munosabatdagi komponent ekanligi 
tasdiqlandi.
Inson evolutsiyasi insoniyat tarixi, insonning yer, atrof-muhit, o'simlik va 
hayvonga bo'lgan munosabatlar tarixidan iboratdir. Million yillar davomida yuzaga 
kelgan biologik sistemalar o'zgarishiga faqat insongina sabab bo'lgan, endilikda 
uning hayoti o'zi egallagan tabiat va o'zi yaratgan jamiyat o'rtasida turg'unlik 
munosabatini o'rnatishiga bog'liqdir.
Charlz Darvinning ―Turlarning kelib chiqishi‖ va ―Odamning paydo bo'lishi‖ 
haqidagi ilmiy asoslari odamning atrof-muhit bilan munosabatlarini aniqlashda 
«ibtidoiy» xalqlar evolutsiyasini o'rganishga yo'l ochadi.
Bu yerda ―Odam‖ tushunchasini izohlashda birinchi navbatda uning intellekt 
darajasini ya'ni bosh miya rivojlanishini inobatga olish lozim. Bizning hozirgi 
yuksak rivojlangan bosh miyamiz evolutsiyaning ancha keyingi mahsulotidir. 
Odam turkumi (Homo)ni past tabaqalari bo'lmish avstralopiteklar miyasi hajmi 
428 dan 530 sm) gacha bo'lib, hozirgi maymunlar miyasidan ozgina ortiqroq 
bo'lgan, xolos. Ayrim tadqiqotchilar ma'lumotlariga ko‘ra, insonning qadimgi 
ajdodlari bo'lmish ramapiteklar va avstralopiteklar so'zlash qobiliyatiga ega 
bo'lmagan va olovdan foydalana olishmagan.
Insonni odamsimon maymunlardan aniq chegaralaydigan belgi ish qurolini 
tayyorlash va undan foydalanishidan iboratdir. Bu borada ibtidoiy odamlar 
tasodifan tayoq yoki toshdan foydalanib, keyinchalik ishlab chiqarish asboblari 
(tosh, yog'ochdan), qurol yasagan bo'lishi mumkin.


41 
«Qadimgi odamlar» ochiq maydonlarda, dashtlarda paydo bo'lgan degan 
nazariyani olimlar isbotladilar. Keyingi ma'lumotlar bo‘yicha qadimgi gominidlar 
bundan 6 mln. yil avval, avstralopiteklar esa 5 mln. dan 1 mln. yil avval Yer yuzida 
yashagan (Vendt, 1988). Ramapiteklar hayoti to'g'risidajuda kam qoldiqlar 
topilgan, taxmin qilinishicha, ular ochiq savannalarda yashab, tosh va tayoqlardan 
foydalangan bo'lishi mumkin. 
Sharqiy va Janubiy Afrika hududlarida topilgan ko‘p ashyolar avstralopiteklar 
madaniyati va shu vaqtning atrof-muhiti haqida ancha ma'lumotlar beradi. 
Masalan, Janubiy Afrika avstrolopiteklarini birinchi marta markaziy Transvaalda 
topgan Raymond A. Dartdir. U ko‘plab pavianlar bosh, bel suyaklarini topadi va 
olimning fikricha, avstralopiteklar ildiz, meva va o'simlik tanasi bilangina 
oziqlanmasdan, ular oddiy uchli, qirrali yog'och, tosh qurollar bilan katta 
hayvonlarni ham ov qilganlar. Sharqiy Afrikada tosh qurollar topilgan. 
Inson evolutsiyasida ovchilik va tabiat mahsulotlarini yig'ish borgan sayin 
takomillashib boradi. Bundan 0,5 mln. yillar avval Afrika va Osiyoda ibtidoiy 
odamlar (Homo erectus) yashagan, ayniqsa, xitoy odami (sinantrop) yashagan 
joylarda ko‘plab toshga aylangan mevalar, urug'lar hayvon suyaklari, kul, tosh 
qurollar topishgan. Demak, inson rivojlanishining ilk davrida olovdan foydalangan. 
Olovdan foydalanish ma‘lum darajada odam anotomoyasiga ham ta‘sir ko‘rsatgan.
Homo sapiensga yaqin ajdodlarda yangi, takomillashgan, olovda kuydirilgan 
uchli qurollar paydo bo'ladi. Ishlab chiqarish va ov qurollarining takomillashgan 
shakllari neandertal odamlar davrida paydo bo'lgan va ular turli hayvonlarni 
ovlashgan. 
Neandertallar katta o'txo'r g'or ayiqlarini ovlaganlar, chunki uning goshti
yog'i ozuqa bo'lib, terisi odamlarni sovuqdan saqlagan. Qishki sovuqlarda 
neandertal odamlar ayiqlar uxlaydigan g'orlarga kirib jon saqlagan va shu yerdagi 
ayiqni o'ldirib, ulardan foydalangan. Shunday yo'llar bilan inson o'zidan 10 barobar 
kuchli hayvonlarni yengib, tabiatning ayrim komponentlari ustidan hukmronlik 
ham qila boshlagan. Ayiqning bosh va boshqa suyaklari Markaziy Yevropa 
g'orlarida, Shimoliy Yaponiya, Amur va Shimoliy Saxalin, Osiyo hududlari, 


42 
shuningdek, mamlakatimizning Zarafshon g'orlari, Surxondaryo Teshiktosh 
g'orida Surxon neandertali ham topilgan. 
Osha davrdagi odamlarda turli ibodat, topinish marosimlari g'orlar ichida yoki 
ko‘pchilik topa olmaydigan joylarda bo'lgan, ular hayvonlar suratlari bilan 
bezatilgan, bunday joylarda yosh erkaklar yoki ovchilar guruhlari to'planishgan, 
ovdan oldin turli urf-odatlar va udumlarni bajarishgan. Bunday hollar Yer yuzining 
turli joylaridagi g'orlar, tosh qoyalardagi chizmalarda o'z aksini topgan. 
Ibtidoiy insonlarning tasviriy san'atni rivojlantirish tarixi bundan 40 ming 
yillar oldin boshlangan va oxirgi muz davrigacha davom etgan. Bunday suratlarni 
Turkiston, Osiyo, Afrika hududlaridagi g'or va qoyalarda uchratish mumkin. 
Zarafshon g'orlarida skafandrli odamlar rasmi bundan 4 ming yil avval toshga 
chizilgan.
Qadimgi odamlar ovchilik va urug', mevalarni terib oziqlanishgan, yerdagi 
yovvoyi donlarni terib olishgan, keyinchalik tuproqni o'zlashtirib, ayrim 
o'simliklarni madaniylashtirib dehqonchilik kelib chiqishiga sabab bo'lgan. Shu 
sababli inson atrof-muhitga boshqacha munosabatda bo'lib, inson yovvoyi hayvon 
va o'simlikdan foydalanishni asta-sekin kamaytirib, uy hayvonlari va 
dehqonchilikka katta ahamiyat beradi. Natijada, yerlar o'zlashtirilishi sababli 
muhitning ekologik turg'unligi buzilib boradi. Migratsiya qilgan qabilalarning ko‘p 
ov qilishi va ular olib kelgan dingo itlari Avstraliya kontinentida xaltali 
bo'rilarnillg yo'qolib ketishiga sabab bo'ladi. Iqlim o'zgarishi Avstraliya katta 
maydonlarining cho'lga aylanishi va hayvonlar (Diprotodon optatum)ning 
yo'qolishiga olib keladi. 

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish