Z madraximova k. Ishonqulova ekologiya va atrof-muhit


Biosferadagi tirik moddalarning funksiyalari va geoximik sikllari



Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/119
Sana10.03.2022
Hajmi2,96 Mb.
#488150
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119
Bog'liq
ekologiya va atrof-muhit muhofazasi

Biosferadagi tirik moddalarning funksiyalari va geoximik sikllari.
Biosferadagi jamiki kimyoviy o'zgarishlarni tirik moddalar boshqarib turadi. 
Sayyoradagi tirik moddalaming 5 ta asosiy funksiyalari bo'lib, ular quyidagilardan 
iborat: 
I. Energetik funksiya - bu biosferaning boshqa sayyoralar bilan bog'liqligidir, 
ya'ni o'simliklar quyosh nurini qabul qilib, fotosintez jarayoni o'tishi, quyosh 
energiyasi to'plashi, organik moddalar hosil qilishi va uning biosfera 
komponentiari o'rtasida taqsimlanishi; ikkinchi tomondan qushlar va boshqa 
hayvonlarning Oy, yulduzlarga oriyentatsiya qilib, migratsiya jarayonini o'tishidir; 
II. Gazli funksiya, bunda gazlarning migratsiyasi va ularning almashinishi 
natijasida biosfera gaz tarkibi ta'minlanadi. Tirik moddalarning funksiya qilishida 
azot, kislorod, CO
2
, vodorodsulfid, metan va boshqa gazlar hosil bo'ladi;
III. Konsentratsiyalash funksiyasida tirik organizmlar atrof-muhitdan biogen
mineral elementlarni oladi va o'z tanalarida to'playdi. Shu sababli azot, kalsiy, 
kaliy, natriy, magniy, alyuminiy va boshqa elementlarning miqdori muhitga 
qaraganda organizmlar tanasida yuqori bo'lganligi sababli biosferaning kimyoviy 
tarkibi bir xil emas; 
IV. Oksidlanish va qaytarilish funksiyasi. Oksidlanish jarayonida moddalar 
kimyoviy o'zgaradi, ularning atomlari o'zgaradi, ko‘pchilik kimyoviy birikmalar 
oksidlanadi, bir formadan ikkinchi ko‘rinishga o'tishda biogen moddalarning 
oksidlanishi va qaytarilishi ko‘proq kuzatiladi; 
V. Destruksiya funksiyasi, bu tirik moddalar (organizmlar)ning o'lgandan 
keyin chirish, parchalanish va organik moddalarning mineralizatsiyalanishidan 
iboratdir, ya'ni tirik moddalardan biosferaning biogen va biokos moddalari hosil 
bo'ladi.
Biosferaning geokimyoviy sikllari
. Yerga keladigan energiyaning 99 foizini 
Quyosh nurlari tashkil etadi. Bu energiya biosferada bo'lib o'tadigan turli fizik-
kimyoviy jarayonlarga ya'ni: havo va suv to'lqinlari, tog'-toshlarning yemirilishi, 


35 
bug'lanish, tirik moddalarning hosil bo'lishi va taqsimlanishi, mineraliarning erishi, 
gazlarning yutilishi va ajratilishi kabi holatiarga sarf bo‘ladi. Biosferada turli 
mikroorganizmlar faoliyati natijasida oksidlanish va qaytarilish kabi kimyoviy 
jarayonlar bo'ladi.
V.R. Vilyamsning fikriga ko‘ra, Quyosh energiyasi Yer yuzida ikki xil 
moddalar almashinishini ta'minlaydi: geologik (katta almashinish) va biologik 
(kichik) moddalar aylanishi yuzaga keladi. Har yili Quyoshdan 21*10
20
kj 
yorug'lik energiyasi Yerga keladi. Shu energiyaning 50 foizi bug'lanishga sarf 
bo'ladi. Biosferada suvning aylanishi - Yer yuzi, suv havzalaridan suvning 
bug'lanishi va namlik sifatida qaytib yerga tushishidir. Bu geologik moddalar 
aylanishidir. 
Biosferada tirik moddaning yuzaga kelishi bilan atmosfera, suv va geologik 
aylanishlar asosida organik moddalar almashinishi paydo bo'lgan.
Tirik materiya - organizmlar o'zlarining hayot-faoliyati uchun kerakli 
elementlarni geologik aylanishdan oladi va shu elementlar yangi biologik 
aylanishga kirishadi. Bunda organik moddalarning sintez bo'lishi va parchalanish 
jarayonlari katta rol o'ynaydi.
Biosferada geologik moddalar aylanishiga 50 foizga yaqin, biologik 
moddalar aylanishida esa 0,1-0,2 foiz Quyosh energiyasi sarflanadi. Biologik 
aylanishga juda kam energiya ketsa ham biosferadagi bu jarayonda birlamchi 
mahsulot yaratiladi.


36 
5-rasm. Tabiatda azotning aylanishi. 
Organizmlar DNK tipidagi oqsillar va genetik jihatdan muhim nuklein 
kislotalarni hosil qilish uchun turli xil azotli kimyoviy shakllarga muhtoj. Ko'pgina 
yashil o'simliklar nitrat-ionlar (NO
3
-
) va ammoniy ionlari (NH
4
+
) shaklida azot 
talab qiladi.
Yer atmosferasi hajmining 78% ni tashkil etuvchi azot gazi (N
2
) dan
o'simliklar, odamlar boshqa organizmlarning ko'pchiligi to'g'ridan-to'g'ri foydalana 
olmaydilar. 
Biosferada kimyoviy elementlar doim sirkulyatsiya qilinib, tashqi muhitdan 
organizmga, undan esa yana tashqi muhitga o'tib turadi. Bu holat biogeokimyoviy 
sikl deb aytiladi. Bunda O
2
CO
2
H
2
O, azot, fosfor, oltingurgut va boshqa 
elementlar aylanib turadi. Biogeokimyoviy siklda moddalar migratsiyasini CO
2
misolida kuzatish mumkin, jumladan, o'simlik CO
2
ning fotosintezda 
o'zlashtirilishi, CO
2
va suvdan uglevod (organik modda) hosil bo'ladi va O
2
ajralib 
chiqadi, hosil bo'lgan uglevodni hayvonlar o'zlashtiradi, ular nafas olganda CO
2
gacha oksidlanadi va CO, ajralib chiqadi.


37 
6-rasm. Tabiatda uglerodning aylanishi. 
Aylanada ishtirok etgan uglerodning aksariyati okeanlarda joylashgan. 
Atmosferadagi karbonat angidrid miqdori asosan karbonat shaklida okeanlarda 
mavjud bo'lgan uglerodga bog'liq. Okean havodan ortiqcha karbonat angidridni 
yemiradi, natijada karbonat va bikarbonat ionlari hosil bo'ladi. Bundan tashqari, 
karbonat angidrid okeanlardan atmosferaga chiqadigan teskari jarayon ham 
mavjud. Shunday qilib, atmosferadagi CO
2
konsentratsiyasini doimiy darajada 
qo'llab-quvvatlaydigan okeanlar bir xil himoya rolini o'ynaydi. Ushbu mexanizm 
sanoatlashtirish omili aralashmaguncha atmosferada karbonat angidrid tarkibining 
nisbiy barqarorligini ta'minladi. 
Atmosferadagi kislorod fotosintez hisobiga to'planadi. Uning to'planishiga 
ikkinchi manba suv molekulasidir. O'simliklar tomonidan ajratilgan O
2
ning 
molekulalar soni CO

ning molekulalar soniga proporsionaldir. O'simlik nafas 
olishida ajratilgan O
2
o'z navbatida uglerodning oksidlanishida foydalaniladi va 
geterotrof organizmlar nafas olishiga ishlatiladi, ma'lum qismi atmosferada qoladi. 
Atmosferadagi erkin O
2
ning fondi 1,60*10
15
g bo'lib, yashil o'simliklar 10000 
yilda yaratadi. Har bir kimyoviy element katta va kichik sikllarda o'ziga xos tezlik 
bilan migratsiya qiladi. Jumladan, atmosferadagi jami O
2
tirik moddalar tanasidan 
2 ming yilda aylanib o'tsa, CO
2
300 yilda o'tadi, boshqa elementlar tezroq o'tadi.


38 
7-rasm. Tabiatda fosforning aylanishi. 
Fosfat ionlari shaklidagi fosfor (PO
4
3 -
va HPO
4
2-
) o'simliklar va hayvonlar 
uchun muhim oziqaviy element hisoblanadi. U genetik ma'lumotni olib boruvchi 
DNK molekulalarining bir qismidir; ATF va ADF molekulalari, unda organizm 
uchun zarur bo'lgan kimyoviy energiya hujayra nafas olish uchun ishlatiladi; 
o'simlik va hayvon hujayralarida hujayra membranalarini hosil qiluvchi yog' 
molekulalari; shuningdek, hayvonlarning suyaklari va tishlarini tashkil etuvchi 
moddalar. 
Tirik organizmlar tanalarida atomlar har qanday kichik biologik aylanishda 
ko‘p martalab qatnashadi va tashqi muhitga chiqadi, u yerdan organizmlar yana 
o'zlashtiradi va hokazo. Biologik aylanish quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: 
1) Biologik aylanishning hajmi, bu ma'lum ekosistemada tirik moddalar 
tanasidagi kimyoviy moddalarning miqdori; 2) Biologik aylanishning tezligi - 
ma'lum vaqtda hosil bo'lgan va chirigan tirik moddaning miqdori bilan ifodalanadi. 
Biologik moddalar aylanishining quruqlikdagi tezligi - yillar, o'n yillar, suvda 
esa bir necha kun, haftadir. Lekin kislorodsiz vodorodsulfidli botqoqliklarda ming-
ming yillardan ham ortiqdir. Biosferada ayrim elementlarning hamma sikllari bir-
birlari bilan juda mahkam bog'langan. 

Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish