Recept: zuvala hamir uchun: ta tuhum,800gr suv,ta`bga ko`ra tuz. 1kilo ot goshti,1 kilo mol goshti,zira. 600gr yog`.



Download 0,54 Mb.
bet1/3
Sana19.01.2017
Hajmi0,54 Mb.
#613
  1   2   3

OVQATLAR
TENQRI - sen uchun speczakaz

NORIN


Recept: 4 zuvala hamir uchun: 2 ta tuhum,800gr suv ,ta`bga ko`ra tuz.1kilo ot goshti,1 kilo mol goshti,zira.600gr yog`.(rekomenduyu olivkovoe).
Tak,hamirni yupqadan sal qalinroq yoyib,15x15 hajmda kesiladi,hamda,qazi va (ikki kun oldfin ziralab ,tuzlangan) goshtlar pishgan suvda pishiriladi.(Goshtlarni sovuq joyga olib qoyish kerak,goshtni rangi toq bo`ladi,norin chiroyli chiqadi.)
Pishgan kulchatoylarni sovutib,har birini yuziga yog` surtib ustma-ust tahlanadi.Va taomning eng qiyin processi tog`rashga otiladi,nihoyatda maida va mayin tog`ralgan hamirga huddi shunday ravishda tog`ralgan go`sht ni aralashtiriladi,Ozgina yanchilgan zira va ta`bga kora murch qoshishni tavsiya etaman.Shunday qilib norin tayyor ustiga qazi kesib ,dasturhonga tortsa bo`ladi....

Ajabsanda

Mayda tog`ralgan 3/1 dimba va charvi yog`larini har bir kosaning tagiga bir qator terasiz, ustiga haligi qo`y go`shtining yumshoq joyi ila qovurg'alarini , so`ng parrak qilib togralgan pamidorning 3/1 qismini,piyoz, keyin savzi, yana dunbaninq bir qismi, (har bir qavatini orasiga tuz, zira va sevgan ko`katingizni qoshish esdan chiqmasin,( selderni , kashnich , petrushka yoki ukropni ) ) so`ngra bir qatlam (bo`lib tashlasa ham bo`ladi, ammo maydalab emas) karam bargining ustiga tortburchak kesilgan kartoshkani tahlaysiz, ta`bingizga qarab( bazilar umuman kartochka qoshishmaidi). yana shu sabzavotlarni ustma ust tartib bilan kosa to`lguncha tahlab chiqasiz. Dumba yog har bir qatlamning orasida bo`lsa dimlama kabi bo`lmaidi. Chunki asosiy ajralib turuvchi jihati ajabsanda manti qasqonda pishiriladi. Ya`ni qasqon laganchalarini ogirsangiz kattasiga 4 ta kosa , kichigiga har bir laganga 2 tadan kosa teriladi (sig`imiga qarab).
Bir pishirsangiz upload qilib yuborarsiz..

oshho`rda

(moshkichir-Anjonchasiga) taomini tayyorlash uchun sizga 200 gr yo`g,500 gram gosht,200 gram mosh,200 gram loviya,400 gram guruch,bir bosh piyoz, 4 dona sabzi,ikki dona kartoshka,ikki dona pomidor kerak bo`ladi! (ziravorlar tabga qarab)
1.yog` qizdiriladi
2.mayda qilib to`rg`algan go`sht besh minut davomida qovuriladi
3.bir bosh to`rg`algan piyoz tashlanadi va gosht bilan birga 7-8 min qovuriladi
4.4 dona to`rg`algan sabzi tashlaanadi qozonga va qovurish davom ettiriladi 10 min atrofida
5.sabzi qovurilishi paytida to`rg`lgan pomidor tashlanadi
6.2 litr miqdorida suv quyiladi va darhol mosh ham qozonga tashlanadi
7.mosh 15-20 minut qaynatilgandan keyin loviya va kartoshka ham tashlanadi
8.20-25 minut qaynatilgandan so`ng guruch ham tashlanadi(guruch 15-20 minut oldin suvga uvitilib qo`yilishi kerak)
9.Guruch suvni shimib olguncha qaynatiladi so`ng olovni o`chrib 5-10 minut taomni qozonda qoldiriladi shundan keyin tayyor!
Tuz va ziravorlar hamda salat tabga qarab!!!
Mastava 1

Masalliq
500 gr go’sht


100 gr yog’
2 bosh piyoz 
1 dona sabzi o’rtacha kattalikdagi
2 dona kartoshka o’ratacha kattalikdagi qizartirish uchun 1 choy qoshiq tomat
150 gr yoki 1 piyola guruch
Ko’katlar 1 bog’ (ukrop eki kashnich)
1 choy qoshiq tuz
Ziravorlar
2 litr suv
Gostni mayda kubik kilib to’graladi piyozni parrak qilib to’g’raladi kartoshka kattaroq kubik sabzi maydarok kubik qilib to’graladi. 

Uog’ qizdirilib goshtni solib qovuriladi piyoz solinadi piyoz yumshab o’lgandan keuin so’ng sabzi qovuriladi va tomat solib bitta qovurilib suvini quyasiz 30-40 minut mildirab qaunagandan so’ng kartoshka va uvitilgan guruchni solasiz 10-minutlarda pishib chiqadi. Qoyiqligi o’rtacha bolishi kerak, botqa bo’lmasligi kerak. Agar qo’yiq b-sa 1 kosa qaynagan suv quying. Ana ovqat xam pishdi. 

Ustiga 1 qoshiq qatiqmi yoki smetanami, qaumoqmi solib to’gralgan ukropni solib dasturxonga tortiladi . HAMMAGA Yo’qimli ishtaxa.
Ikkinchi hil Mastava (Tefteli bilan)

Masalliq
500 gr qiyma (farsh)


1 ta tuxumning yarmi (qolganini mastavaning sho’rvasiga solsangiz xam bo’laveradi)
Tefteli uchun 1 piyola guruch
Mastavasiga 0.5 piela guruch bo’ladi
Tuz
Ziravorlar
2.5 litr suv chunki ko’proq qaynaydi teftelini hisobga olish kerak

200 gr (go’shtni o’rniga) qiyma solinadi 1nchi mastavadek piyoz, sabzi, tomat solib qovuriladi. Va 2, 5 litr syv quyiladi.

Teftelini tayorlash 

300 gr qiyma, 1 piyola guruch, 1 dona tuxum sarig’ini (hammasi solinsa ko’plik qiladi) tuz ozgina dorivorlar solasiz yaxhilab aralashtirib, yong’oqday –yong’oqday dumaloq qilib qaynayotgan suvga solsangiz qozonga tushgan zaxoti dumaloq bo’lib qotib qoladi . 30 minutdan keuin guruch soling yana 10 minut qaunating.

Teftelini qoshiqqa olib ko’rsang guruchlari cho’zilib pishgan boladi.

Endi ovqatni syzsak xam bo’ladi.

Xammasi 1- mastavadek 2-da qiymali va tefteli bor.


izzali non 
 
Uy nonining to'q tutarligini orttirish va lazzatini yaxshilashga qaratilgan bu non unitilib bormoqda. Sababi, hamma vaqt ham har bir xonadonda jizzaning bo'lavermasligidir.

Jizzaning kuyganlarini terib tashlab, (saralab) shunday dona donaligicha xamirga qo'shiladi. Xamirturush bilan tuzni iliq suvda eritib, un va suvni qisim – qisimlab qo'shib qattiq – yumshoqligi o'rtacha bo'lgan xamir qorasiz va oshirish maqsadida o'rab, issiqroq joyga olib qo'yasiz. Ko'pchigan xamirni tog'oraning o'zida mushtlab, so'ngra taxta ustiga olib, qo'l bilan qalinligini 1,5 – 2 sm qilib yoyasiz. Yoymaning yuziga tekis qilib jizzani soling va xamirning bir chekkasidan rulet qilib o'rang.

O'ralgan xamirga jizza yaxshi aralashishi uchun ruletning ikki chekkasidan kaftlar bilan eshasiz, bunda o'ng kaft orqaga, so'l kaft esa oldga bir necha bor harakat qildiriladi. Ana shundan so'ng 150- 200 gr keladigan zuvalalarga bo'lib chiqasiz. Shar shaklida dumalatilgan zuvalalarni o'ng qo'lning mushti bilan, so'ng har ikkala qo'lning kafti va barmoqlari bilan ezib doira shaklidagi non yasaysiz. Nonning chetlari 2 – 3 sm, o'rtasi esa 1 sm qalinlikda bo'lsin. Har bir nonning o'rtasida chakich urib, tandirga yopib to singiguncha pishirasiz. Dasturxonga tortishdan oldin bir oz tobini chiqarib, mustaqil taom sifatida choy bilan keltirib qo'yasiz.

Masalliq: 1 kg un, 50 gr xamirturush, 2 stakan suv, 300 gr jizza, 2 choy qoshig'ida tuz olinadi.

Do'st istasang Alloh yetar, 
Ulfat istasang Qur'on yetar, 
Mol istasang Qano'at yetar, 
Dushman istasang Nafs yetar, 
Nasihat istasang O'lim yetar



























Go'shtli non 
 
Jizzali non uchun tayorlagandek, xamir tayorlanadi, farqi xamirga jizza o'rniga go'sht qiyma solib yo'g'riladi. Buning uchun 200 gr lahim go'shtni qiymalagichdan o'tkazilib, 200 gr to'g'ralgan piyoz va 0,5 choy qoshig'ida tuz sepib yaxsilab mijiqlanadi. Qolgan jarayonlar yuqorida “Jizzali non” da aytilganidek amalda oshiriladi.

Masalliq: 1 kg un, 50 gr xamirturush, 2 stakan iliq suv, 1,5 choy qoshig'ida tuz solinadi, 200 gr go'sht, 200 gr piyoz va 0,5 choy qoshiqida tuz solib, qiyma tayorlanadi. 


 
Do'st istasang Alloh yetar, 
Ulfat istasang Qur'on yetar, 
Mol istasang Qano'at yetar, 
Dushman istasang Nafs yetar, 
Nasihat istasang O'lim yetar























Obi non 
 
Tog'oraga iliq suv solib xamirturush va tuzni eritasiz, unni va suvni qisim – qisimlab solib o'rtacha qattiqlikda xamir qorasiz, yaxshilab mushtlab pishitib tog'oraning o'zida qoldirib yuziga sochiq yopib, ustidan ko'rpacha bilan o'rab, issiqroq joyga olib qo'yasiz.

Ko'pchigan xamirni yana mushtlab, 250 – 300 grammli zuvalalar yasab, ko'p urvoq berib doirasimon – chetlarining qalinligi 2 sm, o'rtasini esa 0,5 sm qilib yasaymis. Har bir nonning o'rtasiga chikich urib, yuziga dasturxon yopib qo'ysangiz qanzimaydi va xamir yaxshi tinadi. 15 – 20 minutdan so'ng nonning orqasini namlab, qizitilgan tandirga yopib pishirasiz. Tandir devorida akkumulyatsiya bo'lgan issiqlik va cho'gdan taralgan infraqizil nurlar ta'sir etganligi uchun non g'oyat xushbo'y va lazzatli chiqadi.

Dasturxonga butunligicha patnisda qo'yiladi va bevosita yeyish oldidan sindiriladi. 
Xamiri ushbu retsept hisobida olinib, keragicha ko'paytirilib, istalgan miqdorda non yopib oilsh mumkin.

Masalliq: 1 kg un, 50 gr xamirturush, 2 stakan iliq suv, 2 choy qoshiq tuz. 


 
Do'st istasang Alloh yetar, 
Ulfat istasang Qur'on yetar, 
Mol istasang Qano'at yetar, 
Dushman istasang Nafs yetar, 
Nasihat istasang O'lim yetar























Sutli non 
 
Tayorlash usuli xuddi obi non kabi amalga oshiriladi, faqat retseptida xamirga suv o'rniga sut qo'shib qoriladi. Achigan sutni ishlatsa ham bo'ladi, qattiq zardobida xamir qorish ham yaxshi natija beradi. 
Masalliq: 1 kg un, 40 gr xamirturush, 2 stakan iliq sut, 1,5 choy qoshiqida tuz kerak bo'ladi. 
 
Do'st istasang Alloh yetar, 
Ulfat istasang Qur'on yetar, 
Mol istasang Qano'at yetar, 
Dushman istasang Nafs yetar, 
Nasihat istasang O'lim yetar









Patir non 


 
Qadim zamonlardan to hanuzgacha yetib kelgan bu non ramziy ma'nolarni ham anglatib aziz mehmon va to'y dasturxonining ko'rki hisoblangan. Dasturxonda patir bo'lsa mehmondorchilik uchun maxsus tayorgarlik ko'rilganini anglatgan. Uni katta qilib yasab, yopilishi ko'pchilik tomonidan iste'mol etilishiga mo'ljallanganligini bildiradi. Nikoh to'ylari oldidan kuyov tomon – qudalar albatta patir yopib kelganlar. Dastuxonda patir ushatilishi, qiz tomonning to'yga rozilik alomatini bildirgan. 
Iliq sutda xamirturush va tuzni eritib, dog'lab sovutilgan qo'y yog'i yoki sariyog' qo'shib yaxshilab aralashtirasiz. So'ngra oz – ozdan un solib qattiq xamir qorasiz, uzoq muddat mushtlab pishitganingizdan so'ng o'rab issiqroq joyda oshguncha qoldirasiz. Ko'pincha xamirdan 500 grammli bo'laklar uzib olib, zuvalalar yasaladi. Har bir zuvalani taxta ustiga qo'yib bir yonidan chap qo'l bilan o'zingizga qaratib burab aylantirib, o'ng qo'lda qirg'og'ini pichoq bilan tilib kungura solasiz, tepasini ham kesishma chiziqli qilib tilib chiqasiz. Ana shunday tayorlangan zuvalalarning tepasidan musht bilan ezib, so'ng barmoqlarni chaqqon ishlatib lagan kattaligida non yasaysiz. Nonning chetlari 3 – 4 sm qalinlikda, o'rtasi esa 1 sm keladigan bo'lsin. O'rtasiga juda zich qilib chikich urasiz va yuziga sedana sepasiz. Hamma zuvalalardan patir yasab bo'lgach, yuziga dasturxon yopib 15 – 20 minut tindirib qo'yasiz. Shu muddat ichida tandirga o't qo'yib qizigach, cho'g'ni o'rtaga to'plab, ustiga kul tortasiz, tandir devorlariga va patirning teskari tomoniga xiyol namakob surtib, chaqqonlik bilan yopishtirasiz. Patir tandirda obi nonga qaraganda uzoqroq ushlanadi. 
Yopilgan nonning sirti bir oz qotganda bug' hosil bo'lishi uchun suv sevalaysiz va cho'g'ning yuzini ochasiz, ba'zan tandirning qopqog'ini bir oz muddat berkitib dimlanadi. Pishganligi sirti qizarganidan aniqlanadi. Tandirdan uzib olgach, issig'ida yuziga bir bo'lak eritilmagan dumba yog'i surtsangiz chiroyli chiqadi. 
Masalliq: 1 kg oq un, 1 stakan iliq sut, 40 gr xamirturush, 150 gr eritilgan qo'y yog'i yoki sariyog', 2 choy qoshig'ida tuz, yuziga sepish uchun 1 choy qoshigida sedana kerak. 
 
Do'st istasang Alloh yetar, 
Ulfat istasang Qur'on yetar, 
Mol istasang Qano'at yetar, 
Dushman istasang Nafs yetar, 
Nasihat istasang O'lim yetar























Lochira non 
 
To'y, bayram va aziz mehmon dastuxoniga atab Toshkentda pishiriladigan qadimiy nonning bir xili. 
Sut bilan tuxumni iylab, bunga tuz va eritilgan qo'y yog'I yoki sariyog' qo'shasiz. Ana shu suyuqlikka qisim – qisimlab un solib xamir qorasiz. Xamirni zuvala qilib, sochiqqa o'rab 10 -15 minut tindirib olasiz. So'ngra 200 grammli bo'laklarga bo'lib, qalinligi 1 sm, tekis qilib juvada yoyasiz, hoshiyasini esa bo'rttirmaysiz. Qirg'oqlarini pichoqda shesteryonkaga o'xshatib kesib chiqasiz, yuziga goh chikich urib, goh chimchilab gul solasiz. 
Sopsiz cho'yan tovani yog'lab, lochirani solasiz, chetini tovaning chetiga moslab bukasiz, toki non tova shaklini olsin. Duxovkani 300 gradusgacha qizdirib, nonni tovasi bilan qo'yib sirti qizarguncha pishirasiz. Yuzi yaltiroq chiqishi uchun iylangan tuxum surtsangiz ham bo'ladi. Dasturxonga tortganda tova shaklida bo'lgan nonga qand -qurs yoki meva – cheva solib keltirasiz. 
Masalliq: 1 kg oq un, 1 stakan sut, 1 dona tuxum, 1 stakan eritilgan qo'y yog'i yoki sariyog', 2 choy qoshiqida tuz solinadi. 
 
Do'st istasang Alloh yetar, 
Ulfat istasang Qur'on yetar, 
Mol istasang Qano'at yetar, 
Dushman istasang Nafs yetar, 
Nasihat istasang O'lim yetar








SuperBoY___Дата:_Понедельник,_23.11.2009,_12:25_|_Сообщение__23'>SuperBoY___Дата:_Понедельник,_23.11.2009,_12:21_|_Сообщение__22'>SuperBoY


Дата: Понедельник, 23.11.2009, 12:21 | Сообщение # 22






Ishonchga Kirgan



Группа: Super Moder

Сообщений: 24

« 105 »




Статус: Saytda Emas







Qatlama patir 
 
Bu xil patir non Buxoro, Qashqadaryo, Surxandaryo, vohalaridagi qishloq joylarda to'y va mehmon dasturxoni uchun qadimdan tayorlab kelinadi. Bular orasida eng mashhuri “Qarshi qatlamasi” bo'lib, ancha katta, diametri 50 – 60 sm qilib yasaladi. 
Suv yoki sutda xamir qorasiz, zuvala qilib o'rab olib qo'yasiz. 12 – 15 minutlardan so'ng tingan xamirni jova hamda o'qlov yordamida 1 – 2 mm li qilib yoyasiz. yoymaning yuziga qaymoq (sariyog', maska yog' yoki eritilgan qo'y yog'i) surib o'qlovga o'raysiz – da, uzunasiga pichoq bilan tortib kessangiz, eni 4 – 5 sm keladigan tasmalar hosil bo'ladi. Tasmalarning 4 – 5 tasini bir – biri ustiga qatlab, serpantin qilib yumalatib (o'rab) taxtaga qo'yib, jo'va bilan qalinligi 1 sm keladigan qilib yoyasiz. Yuziga bir tekis chakich urib, tandirda boshqa nonlar kabi pishirasiz. 
Masalliq: 1 kg oq un, 2 stakan suv, 2 choy qoshig'ida tuz, xamir yuziga surtish uchun 300 gr qaymoq yoki 200 gr sariyog' kerak bo'ladi. 

 
Do'st istasang Alloh yetar, 
Ulfat istasang Qur'on yetar, 
Mol istasang Qano'at yetar, 
Dushman istasang Nafs yetar, 
Nasihat istasang O'lim yetar





















SuperBoY


Дата: Понедельник, 23.11.2009, 12:25 | Сообщение # 23






Ishonchga Kirgan



Группа: Super Moder

Сообщений: 24

« 105 »




Статус: Saytda Emas







Qozon patir 
 
O'zbekistonda ilgari chorva bilan mashg'ul bo'lgan aholi muhim bir joyda turmaganliklari uchun uy ham qurishmagan, nonni esa o'zlari bilan olib yurgan, qozonda pishirishgan. Bu unitilgan non endilikda tiklangan hisoblanadi va aziz mehmon dasturxoniga ko'kr beradi. 
Iliq sutga xamirturush va tuz solib eritasiz. So'ng qisim - qisimlab un qo'shib qorgan qatiqqina xamiringizni oshirish uchun issiq o'rab qo'yasiz. Ko'pchigan xamirdan 500 grammli zuvalalar qilib, taxtaga qo'yib kaftlar bilan ezib – tekislab qalinligi 1,5 – 2 sm keladigan patir yasaysiz. Ushbu patirning yuzi chakichlanmaydi hamda boshqa nonlar kabi hoshiyasi ham qalin qilinmaydi. Qozonni quruq qizdirasiz va haligi tekis qilib yasalgan patirni solsangiz qozon shaklida kiradi. 
Qo'l bilan, kapgir bilan qo'zg'atib, qizigan qozon devorlariga surkab tursangiz bir tomoni qotadi, so'ng aylantirib ikkinchi tomonini ham qozon devoriga ishqab,olovini o'rtacha berib qizartirasiz.Qozon shaklini olgan kosasimon non hosil bo'ladi Uni yanada singdirish uchun cho'g' taftida aylantirib, batamom pishirasiz. Dasturxonga tortishda patirni ichiga sariyog' solib keltirasiz.Uni bir chekkadan sindirib, ichidagi sariyoqqa botirib yeyiladi. 
Masalliq: 1 kg oq un, 2 stakan iliq sut, 1,5 choy qoshiq tuz, 30gr. xamirturush, 200gr. sariyog'. 
 
Do'st istasang Alloh yetar, 
Ulfat istasang Qur'on yetar, 
Mol istasang Qano'at yetar, 
Dushman istasang Nafs yetar, 
Nasihat istasang O'lim yetar





















SuperBoY


Дата: Понедельник, 23.11.2009, 12:27 | Сообщение # 24






Ishonchga Kirgan



Группа: Super Moder

Сообщений: 24

« 105 »




Статус: Saytda Emas







Piyozli qatlama 
 
5-6 kishiga Un - 600 g, margarin - 100 g, o'simlik moyi - 200 g, piyoz - 200 g, tuz ta'bga ko'ra

Tuzli iliq suvga un solib o'rtacha yum shoqlikda xamir qoriladi. Tindiril gach. 2-3 mm qalinlikda yoyiladi. Eri tilgan margarin surtib, yuziga to'g'ralgan piyoz solib ,o 'rama qilib o'raladi. Bo'laklarga kesib jo'va yordamida yoyiladi va tovadagi yog'da ikki tomoni qizar tirib qovuriladi. 











Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish