Xuddi shunga o’xshash o’yin — mashg’ulotni boshqa uslubiyotdan foydalanib ham o’tkazish mumkin. Avval bolaga o’iinchoq ko’rsatiladi. Tarbiyachi uning xususiyatlari bilan tanishtiradi, u bilan harakatlarni bajaradi. Masalan: „Mana qo’g’irchoq. Qara, qanday chiroyli qo’g’irchoq. Uning chiroyli ko’ylagi, sochida lentasi bor. Qo’g’irchoq Odina bilan salomlashyapti: „Assalomu alaykum, Odina opa". Bu harakatlar 2 — 3 marta takrorlanadi: Endi qaragin, qo’g’irchoq qanday yuradi (raqsga tushadi). Shundan so’ng qo’g`irchoq yashiriladi: „Qo`g’irchoq qani? — Qo’g’irchoq yo’q". Bolalar uni qidirishadi. Qug’irchoq paydo bo’ladi: „Voy, mana qo’g’irchoq. U yuradi, raqsga tushadi". Mashg’ulot oxirida tarbiyachi qo’g’irchoqni olib borib joyiga qo’yadi va bolalardan bir necha marta: „Qo`g’irchoq qani?" deb so’raydi. Bolalar uni ko’z bilan qidirib topadilar. Katta kishilarning ismlarini va narsa-buyumlarning nomlarini bildiruvchi so’zlarni bilib olishni rivojlantirish maqsadida „Bekinmachoq" o’yini o’tkaziladi. Masalan: „Mana, Gavhar xola!" (2 — 3 marta takrorlaydi). Uni yashiradi yoki ustiga katta ro’mol (choyshab) yopib, „Gavhar xola qani? (2 — 3 marta takrorlaydi) deb so’raydi. Bola aytilgan odamni ko’zi bilan qidiradi. Ustidan ro’molni olib (yoki yashiringan joidan chiqib kelgan odamni ko’rsatib, „Mana, Gavhar xola" (ushbu so’z ham 2 — 3 marta takrorlanadi) deydi.
Harakatlarga taqlid qilish va bu harakatlarni tushunib olishni rivojlantirish uchun: „Chapak-chapak", „Xayr-xayr", „Qo’lingni ber" „Assalom" va boshqa o’yinlar o’tkaziladi.
Bolalarni bu o’yinga o’rgatishdan avval kishilar so’z bilan harakatni birga qo’shib olib borishlari kerak. Masalan, „Chapak-chapak" o’yinida bolaning ikkala qulini ushlab, uni chapak chaldiradi, bola chapak chalayotganda „chapak-chapak" so’zini aytib turadi. Bu harakat so’z yerdamida bir necha marta takrorlangach, bolaga bu harakatni mustaqil bajarish taklif etiladi. Kattalar faqat so’zni takrorlaydilar, xolos.
9—10 oylikdan 1 yoshgacha bo’lgan davr. Bu davrdagi tarbiyaning eng muhim vazifasi nutqni o’stirishdir. Bolada yaqin kishilarning va bolalarning ismini bir-biridan farq qilish malakasini hosil qilish, uni tevarak-atrofdagi ba’zi buyumlar, o’yinchoq, hayvonlar va eng oddiy harakat nomi bilan tanishtirish, bolaning passiv lug’atini boyitish zarur. Bolani kattalarniig unga aytgan va uning uchun tushunarli bo’lgan iltimosini, nomi aytilgan kishini yoki buyumni topish, ma’lum bir harakat, amalni bajarish kabi iltimoslarni ijro etishga o’rgatish lozim. Nima qilish, o’yinchoqdan qanday foydalanish kerakligini bolaga ko’rsatish, esiga solish kerak. Bola yoshiga to’lganda uning mumkin emas degan so’zning ma’nosini tushu-nishiga erishish va bu so’zni unga o’rgatish kerak. Bola bir yoshga to’lganda dada, buva, buvi, oyi, opa, nanny, umma, kuku, miyov-miyov, vov-vov kabi 8 — 10 ta so’zni bemalol ayta olishiga erishish kerak.
Bu yoshda (9 — 10 oylikdan 1 yoshgacha) nutqni rivojlantirish bo’yicha vazifalarni bajarish uchun bolani parvarish qilish vaqtlaridan unumli foydalanish kerak. Bu yoshga kelib bola hayoti ancha murakkablashadi: ovqatlanish tarkibiga turli xildagi oziq-ovqatlar kiritiladi, kiyim-kechaklarning yangi turlaridan foydalaniladi, madaniy-gigiyenik odatlar shakllantiriladi. Eng muhimi shundaki, endi kattalar kundalik tartib jarayonida yeyish, kiyinish va boshqalar bilan bog’liq bo’lgan harakatlarni shakllantirish maqsadida bolalarni sekin-astalik bilan faollashtirib boradi. Endi kattalarning so’zlari harakatga aylanadi. Avval harakatni kattalarning o’zlari bajarib ko’rsatadilar, so’ngra bolani ushbu harakatni bajarishga o’rgatadi. („Halima, mening oldimga kel, hozir ovqatlanasan, „Halima hozir nima yeydi?" „Sho’rva ichadi, kotlet yeydi, kisel ichadi"). Bola tomonidan bajarilgan ish kuzatib boriladi va rag’batlantiriladi. („Yasha, Halima, sen piyolani to’g’ri ushlading. Kisel juda mazali, uning hammasini ichib qo’yish kerak")- „Halima yaxshi qizcha, sho’rvaning qammasini ichib qo’ydi, kotletni ham yeb qo’ydi, kiselning hammasini piyoladan o’zi ichdi" kabi.)
Bir harakatni ko’p marta takrorlash natijasida bola kattalarning birgina so’z orqali ko’rsatmasi bilan turli harakatlarni mustaqil bajara boshlaydi.
Endi unda turli xildagi predmetlarni (narsa-buyumlarni), harakatlar nomini (soat, stol, qo’g’irchoq, kuchuk, ko’ylak, botinka, shippak, yech, kiyin, ber, olib kel va hokazolar) bildiruvchi so’zlarni tushunish rivojlanadi. Ular o’zlarining harakatini kattalar tomonidan qanday baholanayotganligini tushunib boradilar. O’z tushunchalarini avval harakatlarda, imo-ishoralarda, ovoz ohanglarida aks ettiradilar. Keyinchalik esa ma’lum ahamiyatga ega bo’lgan ayrim umumlashtiruvchi so’zlarni ishlatadilar.
1 yoshdagi bolalar bilan nutqni rivojlantirish bo’yicha turli xildagi mashg’ulotlar o’tkaziladi. Bu yoshda bolalar nutqini rivojlantirish vositalari kengayadi. Syujetli o’yinchoqlar, qo’g’irchoq va hayvon o’yinchoqlar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarga katta ahamiyat beriladi, birinchi marta predmetlarni aks ettiruvchi rasmlarni ko’rsatish mashguloti kiritiladi, ya’ni o’yin-ovutmachoqlardan foy-dalaniladi („Chapakka ho-chapakka" va boshqalar). Qisqa ashulalar, she’rlar aytib berish ham kiritiladi.
Nutqni tushunish tevarak-atrofdagi predmetlarni idrok qilishning kengayishi jarayonida rivojlanadi. Ushbu yoshda mashg’ulotda foydalaniladigan uslubiyot, bu nomi aytilayotgan narsa-buyumni ko’rsatishdan, shuningdek, harakatni predmet bilan ko’rsatishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |